SUPER ADMINKA
Guruh:
Admin yordamchisi
Xabarlar:
10166
Holati:
|
Payg'ambarimz s.a.v: "Misvok tutib öqilgan bir namoz misvoksiz öqilgan 70 namozdan afzaldir" dedilar. Misvokning qalinligi jimjiloq qalinligicha uzunligi esa bir qarich bölgani ma'qul. Misvokni hamisha tik holda saqlash kerak. Misvokni yotqizib qöyib bölmaydi. Paygambarimz a.s "Kimki misvokni yerga yotqizib qöysa va shu amaldan jinnilikka yöliqsa,özidan boshqa hechkimni malomat qilmasin" deganlar. Rayhonning pötlog'idan misvok tutishlik makruh.chunki u mohov kasalini harakatga keltiradi.
Eng afzali zaytun yoki arok daraxtlarining tomiridan tanlanganidir. Rosululloh s.a.v:"Muborak zaytun daraxtining tomiridan bölgan misvok qandayam yaxshi misvokdir,vaholanki,bu mening va mendan oldingi payg'ambarlarning misvokidir" deganlar. Misvok besh holatda mustahabdir. 1. Tish sarg'ayganda 2. Og'iz hidlanganda 3. Uyqudan turilganda 4. Namozdan oldin 5. Tahorat vaqtida. Misvokning juda köp foydalari mavjud. Og'izni pok qiladi, Allohning roziligiga,farishtalarni hursan qilishga sabab böladi,közni ravshan qiladi,tishni oqartiradi,milkni qattiq qiladi,hazmni yaxshilaydi,balg'amni köchiradi,namozning savobini köpaytiradi,ovozni chiroyli qiladi,hozirjavob qiladi,oshqozonni baquvvat qiladi,shaytonni gazablantiradi,har bir amalda savobni köpaytiradi,achchiqni qirqadi,bosh miya va asab tomirlarini tinchlantiradi,tish og'rig'ini töxtatadi,ölim farishtasi kelganda jon chiqishining oson kechishiga sabab böladi,tez soch oqarishidan saqlaydi,közni nurli qiladi,ölimdan boshqa hamma dardga shifo böladi,qiyomat kuni Sirotdan tez ötilishiga sabab böladi. Misvokning fazilatlari 33ga yaqin bölib,ularning eng kichkinasi birovlarga ozor berishlikni yöqotishi bölsa,enga kattasi ölim vaqtida bandaning kalimai shahodatni eslashiga sabab bölishidir.
|