Date: Payshanba, 13/01/10, 11:05:33 AM | Message # 271
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7161
Status:
Қозоғистонлик аёл ўғлига “Арча” деб исм қўйди ))
Қозоғистоннинг Темиртау шаҳрида истеъқомат қилувчи Олмагул Райхон исмли аёл ўзининг янги туғилган чақалоғига Арча деб исм қўйди. Бу бежиз эмас, албатта! Райхоннинг айтишича, унинг чағалоғи шу йил 31 декабрдан 1 январга ўтар кечаси, яъни Янги йил байрами нишонланаётган вақтда дунёга келган. Шу сабабли аёл ўғлига байрам билан боғлиқ исм қўйишга қарор қилган. "Биз турмуш ўртоғим билан ўғлимизни Янги йил байрамининг кўрки бўлган ўрмон маликаси номи билан аташни маъқул кўрдик", -дейди аёл. Олмагулнинг фикрича, инсон исмининг маъноси унинг ҳаёт тарзига таъсир қилади. - Арча яхшилик тимсоли, шундай экан боламнинг умри ҳам яхшиликларга бой бўлади, дейди она. Арча оиланинг иккинчи фарзанди бўлиб, тўнғич қиз фарзандга анъанавий қозоқча исми қўйилган.
Японияда 3,5 мингга яқин киши тунни Токионинг Нарита халқаро аэропорти кутиш залларида ўтказишга мажбур бўлди. Шу кунларда мамлакатда кузатилаётган кучли қорбўрон сабаб, аэропортлар махаллий рейсларни вақтинча тўхтатиб туришга мажбур бўлмоқда. Самолёт парвозини кутиб турган йўловчиларга ичимлик суви ва кўрпа тўшаклар тарқатилмоқда. Асосан махаллий рейсларни амалга оширадиган Токионинг Ханэда аэропортида ҳозир 30 дан ортиқ рейслар бекор қилинган. Бугун об-ҳаво бироз яхшилангани айтилмоқда, аммо шаҳар транспорт йўлларидаги тартибсизлик ҳали бартараф этилганича йўқ. Токио тезюрар автомобиль трассасида бутунлай ёпиб қўйилган ва бу ерда қордан тозалаш ишлари олиб борилмоқда. Йўловчи ташувчи кемалар ва асосий темир йўл поездлари ҳам аста-секин меъёрида ишлашни бошлади. Душанба куни темир йўлнинг ишдан чиқиши оқибатида 800 мингдан ортиқ киши ўз манзилига вақтида етиб бора олмаганди. Йўл транспорт ҳодисалари оқибатида ва сирпанчиқ йўлларда юзага келган ноқулайлик натижасида 360 дан ортиқ киши турли даражада жароҳат олган.
Avstraliyalik Uilyam Kennivell 26 yoshidayoq tish protezlaridan foydalanishga majbur – uning “Koka-kola”ga bo‘lgan muhabbati sabab, tish shifokorlari Uilyamning barcha tishlarini olib tashlashga majbur bo‘lishdi.
Hammasi atigi 3 yilda sodir bo‘ldi – u o‘shanda mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanishni boshlagan va ichimlikni qo‘lga kiritishi uchun hech qanday to‘siq bo‘lmagan. Shu sabab u har kuni olti litrdan sakkiz litrgacha shirin ichimlik ichib yuravergan.
“Stomatologning aytishicha, mening yoshimdagi sog‘lom odamda kamida 23ta tish bo‘lishi kerak, menda esa atigi 13ta qolgandi, ularni ham juda yomon bo‘lib ketgani uchun olib tashlashga majbur bo‘lishdi”, – deydi Kennivell.
Hozirda avstraliyalik shifokorlar shirin ichimliklarning zararini bildirishda Kennivellni namuna qilib ko‘rsatishmoqda, uning o‘zi esa tishlaridan ayirgan kolani ichishda hamon davom etmoqda.
Shvetsiyaning Saltshebaden shahrida, farrosh ayolning ehtiyotsizligi sabab yurg‘izib yuborilgan poyezdni turar-joy binosidan ajratib olish operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
The Local nashri xabariga ko‘ra, poyezd 1-yanvar kuni besh kishi istiqomat qiladigan uyga kelib urilgan, biroq uni ehtiyotkorlik bilan binodan ajratib olish yo‘li faqat bir oy o‘tganidan so‘ng topilgan.
Xabarlarga ko‘ra, to‘qnashuvdan so‘ng farrosh ayol, tan jarohatlari olgani uchun, shifoxonaga yotqizilgan. Noodatiy falokatdan so‘ng oshxona va mehmonxonalari vayron bo‘lgan uy egalariga esa sog‘-salomat.
Santa-Krus orolida yanvar oyining oxiridan kichik yer qimirlashlari kuzatilayotgan edi. Kiyev vaqti bilan soat 3:12 da Tinch okeanining g‘arbida joylashgan ushbu orolda 8 magtitudadagi zilzila sodir bo‘ldi.
AQSh geologiya xizmati qimirlash 33 metr chuqurlikda bo‘lganini qayd etmoqda. Zilzilaning epimarkazi aholi yashaydigan Kira-Kira (Solomon orollari tarkibida) orolidan 348 kilometr uzoqlikda qayd etildi.
RKB-Ukraina tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida hech qanday xabar yo‘q.
Date: Chorshanba, 13/02/13, 6:40:30 AM | Message # 276
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1547
Status:
Shimoliy Koreya yadro bombasini sinab ko'rdi. 5 kilotonnalik portlash (rus razvedkasi ma'lumotlaridan)
Rossiya maxfiy xizmatlaridan yuqori lavozimdagi manbaning bildirishiga ko'ra, RIA Novosti --- Shimoliy Koreya seshanba kuni olib borgan yadroviy sinovidagi portlash kuchi 5 kilotonnaga yetganini ma'lum qildi.
RIA Novosti agentligining manbasi "Hozircha qo'limizdagi ma'lumotlarga ko'ra, Shimoliy Koreya sinab ko'rgan yadroviy bombaning quvvati besh kilotonnaga yaqinlashdi" deb ko'rsatdi.
Bu manbaga ko'ra, bir nechta boshqa davlatlar qatori, Rossiya ham Pyongyangning yangi yadroviy bomba sinovi olib borish niyatidan xabardor qilingan.
Shimoliy Koreya sinovini kuzatib borish uchun Rossiyaning qo'lida bo'lgan barcha nazorat vositalari qo'llanildi. Rasvedka xismatlari, shuningdek, koinotdan kuzatish kuchlari holatni kuzatib bordilar", deya ta'kidladi manba.
Shu kuni, Pyongyang rasmiy holda katta quvvatli yadro bombasi sinovini o'tkazganligini tasdiqladi.
Date: Yakshanba, 13/02/17, 6:07:04 AM | Message # 277
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1547
Status:
Dunyo Matbuot Fotosuratlari tanlovida g'olib chiqqan fotosurat: Isroil hujumlari qurboni bo'lgan bolalar.
2012-yil noyabr bosqinida Isroil raketalaridan halok bo'lgan ikki bola
13-Fevral, shanba.
Shvedsiyallik jurnalist Paul Hansen ning ushbu fotosurati o'tgan juma kuni Dunyo Matbuoti Eng yaxshi Fotosuratlarining katta tanlovida g'olib bo'ldi. Bu ikki kichik qurbonlar - Suhaib Hijazi, 2 yashar, va uning akasi Muhammad, 3 yashar. Ularning tobutlarini amakilari ko'tarib bormoqda, chunki, ularning otasi, Fuad ham o'sha Isroil bombardimonida o'ldirilgan, onasi esa haliyam shifoxonada o'ta og'ir holatda yotibdi. Bu Xalqaro Konkursning jyurisi hammasi bo'lib 124 o'lkadan kelgan 5 666 professional fotograflar tomonidan olingan 103 481 ta fotosuratlarni ko'zdan kechirdi. Hansen o'zining 10 000 yevrolik sovrinini aprel oyining oxirida Amsterdam yillik fotosuratlar ko'rgazmasi ochilishida oladi. Bu har holda Isroil qirg'inlarining vaqt o'tgan sayin har turli sohadagi mutaxassislarning diqqatini o'ziga tortayotganining belgisi.
Date: Yakshanba, 13/03/10, 9:02:24 AM | Message # 278
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1547
Status:
5 Mart 2013 - yil Seshanba kuni Venesuela Prezidenti Hugo Chavez olamdan o'tdi. Dunyoning barcha qit'alarida odamlar bu kamtar, jasur, adolatli rahbarning motamini tutmoqdalar. Qaharamonlarning o'limi ularning afsonasining boshlanishi, uning yangi izdoshlarining ko'payishiga sabab bo'ladi doim. Millionlab janubiy yarim sharda yashayotganlar uchun u imperializm, kapitalizm, chayqovchi finans, zamonaviy kolonializmga qarshi kurashchi bo'lib xotiralarda qoladi.
Venesuelaning Prezident o'rinbosari Nicolas Maduro Ministrlar Amerika Qo'shma Shtatlarini rasman Prezident Chavezni rak kasaliga chalintirganlikda aybladi. Milliy televideniyeda to'g'ridan-to'g'ri namoyish qilinayotgan Ministrlarning navbatdan tashqari Kengashida u " Biz Kommandante Chavezning ushbu kasallikka ataylab chalintirilganiga hecham shubhamiz yo'q. Vatanimizning eski dushmanlari shu yo'l bilan uning sog'lig'iga zarar yetkazishga harakat qilishdi." deb aytdi.
Shu bilan birga Prezident o'rinbosari o'lkadan Venesueladagi AQSH elchixonasida ishlovchi Amerika Harbiy Havo Kuchlari harbiy attashesi David Del Monaconing majburan chiqarib yuborilishini ham e'lon qildi. David Del Monaco Venesuela Harbiy Kuchlari orasida fitna chiqarishda ayblangan.
Vice-Prezident marhum Hugo Chavezning o'limi va 2004-yilda Isroil maxfiy agentlari tomonidan zaharlanib o'ldirilgan Yasser Arafat o'limi o'rtasida oxshashlik borligini bildirdi.
Message edited by LOLA - Yakshanba, 13/03/10, 9:03:58 AM
Nega Amerika Qo’shma Shtatlari Afg’oniston, Iroq, Liviya va Yamanga hujum uyushtirdi? Nega Qo’shma Shtatlar agentlari Suriyada notinchlik paydo qilishda qatnashyaptilar? Nega AQSH Eronni yo’qotishga harakat qilyapti, holbuki Eron 1789-yildan buyon hech qaysi o’lkaga birinchi bo’lib hujum qilmagan. Ro’yxatda endi qaysi davlatni bosib olinish navbati keldi? Qayoqqa qarab ketilyapti o’zi? Biz hozirda yo’nalgan yo’lga boqib, maktabda o’rgangan bilimingiz bilan fikr yuritsangiz, bulardan hech qanaday ma’no-mantiq topolmaysiz. Agar dunyoqarashingiz zamonaviy ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan yangiliklarga asoslangan bo’lsa, bu holda ham hozirgi voqealardan hech qanaqa ma’no chiqarolmaysiz. Lekin mamlakatni boshqarayotganlarning asl maqsadlarini bilib oldingizmi, dunyodagi voqealarni tushunish kundek ravshan bo’lib osonlashadi. Ularning asl maqsadlarini tushunish uchun esa, tarixga nazar solishimiz lozim. 1945-yilda Bretton Woods shartnomasi Dollarni Dunyo Zahira valyutasi darajasiga ko’tardi. Ya’ni xalqaro tijoratda olib-sotish uchun dollar qo’llaniladi, ma’nosida. Bu shartnoma Qo’shma Shtatlarga molilyaviy ustunlik beradi, lekin shu shart bilanki, dollarlar istalgan payt doimiy bir xil narxda , (one ounce of gold for 35 dollars) taxminan 28 gramm oltin – 35 dollarga qarshi almashtirilib berilishi kerak. Qo’shma Shtatlar ko’p pul chop etmaslikka va’da berdi, ammo bu shunchaki og’zaki va’dalar edi. Haqiqatda, FED (Federal Reserve , ya’ni AQSHda pulni chop etadigan, davlatga tegishli bo’lmagan xususiy bank, davlat dollarlarni undan qarzga oladi) dollarlarni chop etish jarayonida har qanday nazorat va tekshiruv olib borish uchun davlatga ruxsat bermadi.
70-yillardan avvalgi yillarda olib borilgan Vyetnam urushida AQSH armiyasining sarflagan xarajatlariga qarab ko’pchilik o’lkalar Amerikaliklar xazinalaridagi oltin qiymatidan ham oshib ketadigan miqdorda pul chop etayotganlarini payqab qolishdi. Amerika istalgan vaqtda dollarni oltinga aylantirib berishga so’z berib o’z valyutasini xalqaro valyutaga aylantirgandi, esingizdami? Demak, xazinasidagi oltindan ham ko’p dollar chiqarishga haqqi yo’q edi. Zarar ko’rishdan qo’rqib ba’zi o’lkalar o’zlarining zahiradagi dollarlarini oltinga aylantirib berishni talab qilishdi. Tabiiyki, bu dollarning qiymati tushib ketishiga olib keldi. 1971-yilda holat juda zo’rlashdi, shu yil Fransiya AQSHdan dollarlarni oltinga aylantirishni talab qildi, lekin AQSH Prezidenti Nikson bu talabni rad etdi. 1971-yil, 15-avgustda, AQSH Prezidenti Nikson televideniyeda quyidagi nutqni so’zladi: “Men davlat Xazinasi Kotibidan Dollarni spekulyantlarga qarshi qo’riqlash uchun choralar ko’rishni so’radim. Kotib Connally ga dollarning oltinga yoki boshqa zahiradagi aktivlarga konvertatsiya qilinish xususiyatini vaqtinchalik to’xtatib turish ishini yukladim. Qo’shma Shtatlar manfaatlari va valyuta barqarorligi uchun manfaatli bo’lgan summalar va holatlar bundan mustasno.
Albatta, bu Nikson e’lon qilganidek, vaqtinchalik dollarning oltinga konvertatsiya qilinishining to’xtalishi emas edi, aksincha doimiy o’zgarish bo’lib , AQSHga o’z oltinini omonat qilgan dunyoning qolgan davlatlari nazdida soddagina qilib aytganda bir o’g’irlik va qalloblikdan boshqa narsa emasdi. 1973-yilda Nikson Saudiya Arabistoni qiroli Faysaldan neft sotayotganda pul to’lovini faqat dollarda qabul qilish, foydalarni Amerika davlat Xazinasi Obligatsiyalari va Amerika bank biletlariga investitsiya qililshni so’radi. Buning evaziga Nikson Saudiya Arabistonining neft zahiralari harbiy himoyasini o’z kafolati ostiga olishni taklif etdi. Ayni taklif dunyoning hamma eng katta neft chiqaruvchi davlatlariga ham kengaytirildi. 1975-yilda Organization of Petroleum Exporting Countries (OPEC – Neft Eksport Qiluvchi Davlatlar Tashkiloti) ning har bir a’zosi o’zlari chiqarayotgan neftni faqat va faqat dollarda sotishga rozi bo’lishdi. Dollarni oltinga tenglashtirishdan chiqarib, uni xorijiy neftga bog’lash harakati neft import qiluvchi, sotib oluvchi barcha mamlakatlarni AQSH Federal Rezervi valyutasining doimiy zahirasiga ega bo’lishga majburladi. Va ushbu yashil qog’oz zahirasini qo’lga kiritish uchun ular Amerikaga moddiy mol-mulk yuborishlari kerak. Mana shunday qilib, petrodollar dunyoga keldi. Neft sotib olish uchun boshqa davlatlar jismoniy-moddiy boyliklarini AQSHga berib dollarni qo’lga kiritishlari kerak. Amerika esa, dunyo boyliklarini qo’lga kiritish uchun qog’oz va rangdan foydalanib qog’oz dollarlarni millionlab chop etishi kifoya. Amerikadan qog’oz ketar va Amerikaga nima kerak bo’lsa, hammasi o’lka ichiga kelar edi. Shunday qilib Amerika Qo’shma Shtatlari juda-juda boyib ketdi. Bu dunyo tarixidagi eng buyuk moliyaviy qalloblik , hiyla edi. Sovuq Urush davridagi qurollanish poygasi shunchaki poker o’yini edi. Harbiy xarajatlar poker jetonlari deb faraz qilsak, AQSHning jetonlari soni cheksiz edi. Petrodollarga ega bo’lishlaridan foydalanib, kimoshdi savdosini kundan-kunga oshirib bordilar, ya’ni har yil harbiy xarajatlarga ajratilgan mablag’lar yuqoriga ko’tarilib boraverdi. Borib-borib AQSHning yillik harbiy xarajatlari dunyoning boshqa hamma davlatlarining harbiy xarajatlarini qo’shib hisoblaganda ham umumiy summasidan yuqorida edi. Sovet Ittifoqining bu poygada hech qachon ustunligi bo’lmagan. 1991-yilda communist davlatlar blokining yiqilishidan so’ng, Amerika harbiy qudrati qarshisidagi eng katta raqib ham yo’qoldi. Endilikda, Amerika raqibsiz, shubhasiz superqudratli davlatga aylandi. Ko’pchilik endi yangi tinchlik va barqarorlik davri boshlanadi, deb umid qilardi.
Inqilob olib borishning uchta bosqichi bor, birin-ketin :
1-Bosqich: Allaqachon amalda boshlangan : Bu ideologik qarshilik, fikrlar bilan qarshilik ko’rsatish. Bu bosqichda aktiv ishlab iloji boricha ko’proq odamlarni uyg’otib, hozirda nimalar bo’layotgani va qaysi tomonga ketayotganimiz haqida bildirishimiz kerak. Hamma revolyutsiyalar aholining dunyoqarashidagi o’zgarishlardan boshlangan. Busiz sezilarli qarshilik hosil qilish mumkin emas . “o’yinning bu bosqichida muvaffaqiyat fikrlarning yoyilishiga qarab o’lchanadi. Bir fikr muhim og’irlikka ega bo’lgach, jamiyatning barcha qavatlarida o’z-o’zidan yoyiladi. Bu fikrlar “yuqishiga” erishish uchun bizga bu kurashda ko’proq odam kerak. Bu mavzuda milliy va xalqaro miqyosda fikrini ifodalaydigan, videolar qiladigan, maqolalar yozadigan, ma’lumotlarni tarqatadigan ko’pdan-ko’p odamga ehtiyojimiz bor. Xususan Politsiya va Armiyaga kirib borishimiz kerak.
2-Bosqich: Fuqarolik bo’ysunmasligi, ko’proq kuch ishlatmasdan qarshilik ko’rsatish nomi bilan taniladi. Bu bosqichda pulingizni manfaatingiz qayerda bo’lsa o’sha yerda saqlaysiz. Aniqrog’i, pulingizni va hukumatga bo’lgan ishonchingizni qaytib olasiz. Va davlatni to’xtatish uchun qo’ldan kelgan hamma ishingizni qilasiz. Aholining katta qismi buni qilsa, ko’pincha bir hukumatni yerga cho’ktirish uchun shuning o’zi yetadi. Agar bular yetarli bo’lmasa, uchinchi bosqichdan qochib bo’lmaydi.
3-Bosqich: Bevosita jismoniy qarshilik. Bu oxirgi o’rinda bo’lishi, chetlatilishi va q’oldan kelgancha kechiktirilishi, hamma usullar qo’llab ko’rilgandan keyin tilga olinishi kerak. Erkakdek gapirib, vaqti kelganda qarshilik ko’rsatamiz, deb e’lon qiluvchilar bor. Lekin ba’zilar o’ylagandek, birinchi, ikkinchi bosqichlarda kuchini asrab, uchinchi bosqichda qarshilik ko’rsatishni boshlasa, mag’lubiyatga uchraysiz. Germaniyada fashistlar uydan-uyga o’tib odamlarni uylaridan tashqariga sudrab chiqqanlarida, o’sha vaqtda jismoniy kurash olib boorish kerak edi. Lekin bundan avval ideologik qarshilik va fuqarolik bo’ysunmasligi bo’lmaganligidan baribir qurolli qarshilik ham o’sha davrda yengilgan bo’lardi. Agar odamlar aktiv qarshilik ko’rsatish holida bo’lmasalar, qurolli qo’zg’olon ko’zlangan maqsadga erishmaydi. Aktiv qarshilik odamlarning aqli-fikri hukmron propagandadan ozod bo’lgandan so’nggina mumkin. Kurashmoqchi bo’lsangiz, bu hozir yoki hech qachon. Keyinchalik bunaqa imkoniyatingiz bo’lmaydi. Kurashimizning maqsadi Fashist Germaniya davridagi kurash maqsadidan ko’ra buyuk muhimlikka ega.
Haqiqat ekstrem - haddan tashqari og’ir, uni o’rtacha holda aytish yolg’on gapirishdir!
Date: Chorshanba, 13/05/22, 3:38:21 AM | Message # 281
Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status:
Краснодардан Самарқандга биринчи авиарейс йўлга қўйилади.
Россиянинг «Донавиа» компанияси Краснодардан Тошкент ва Самарқандга парвозларни амалга оширади. Бу хақда Россия федераль ҳаво транспорти агентлиг (Росавиация) хабар берган.
Росавиация маълумотларига кўра, «Донавиа» авиакомпанияси Краснодар—Тошкент ва Краснодар—Самарқанд орасида йўловчилар, юклар ва почта ташиш хизматларини мунтазам амалга ошириш учун рухсат олди.
Россия ташқи ишлар вазирлиги шу муносабат билан Ўзбекистоннинг Москвадаги элчихонасига тегишли хабар юборди.
Ҳозирда «Якутия», «Уральские авиалинии» ва «Ўзбекистон хаво йўллари» авиакомпаниялари Краснодардан Тошкентга рейсларни амалга ошириб келмоқда. Краснодар - Самарқанд ўртасида эса тўғридан-тўғри парвозлар мавжуд эмасди.
Jazoir davlati (Aljeriya) Iroq va Yaman davlatlarining o'zidan olgan qarzlardan voz kechdi . 01/06/2013
Arab Davlatlari Ligasining ikki a'zosi bo'lmish Iroq va Yaman davlatlarining Jazoirdan olgan 500 million dollardan ortiq qarzlarini Jazoir hukumati bekor qildi.
Bu e'lon shanba kuni Jazoir Tashqi Ishlar Vazirligining so'zchisi Amar Belani tomonidan aytildi. U shunga aniqlik kiritib o'tdiki : Bu Jazoirning ayniqsa arab xalqlarini qo'llab-quvvatlashidagi doimiy harakatining davomidir. Bulardan darhol yordam ishlariga ehtiyoj bo'lgan holatlarda, xususan, qayta qurish va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish urinishlariga Jazoir yordam qo'lini cho'zadi.
Jazoir bu yangi qarzlarni bekor qilish qaroridan bir necha kun avval ham Afrika Ittifoqining 14 ta a'zo davlatlariga qarshi qarzlarini to'lashni talab qilmaslik haqida yordam qarorlari chiqargandi.
FBIga Googl klientlarining xususiy ma'lumotlarini ko'rishga ruxsat berildi.
AQSHning Federal Investigatsiya Byurosiga (FBI) internetni qo'llanuvchilarning xususiy ma'lumotlariga ko'z tashlashga alohida haq berildi, bu ayniqsa Googl klientlariga tegishli.
Bundan buyon Googl Byuroga o'z xizmatlaridan foydalanuvchilarning barcha nomlari, adreslari, qaysi saytlarga borgani haqidagi statistik ma'lumotlar va boshqa shaxsiy informatsiyalarni yetkazib berishga majburdir.
Qirg'izistondagi to'polonlarda 50 kishi yaralandi. 01.06.2013
Qirg'izistonda Kumtor konidagi oltin qazib chiqaruvchi xorijiy firma bilan o'tkazilgan shartnomaga norozilik bildiruvchi miting paytida to'polonlar boshlanib, 55 kishi yaralandi, shulardan 13 tasi xavfsizlikni saqlash organlari a'zolari edi.
Qirg'izistonning eng katta oltin koni mavzusidagi kelishmovchiliklar seshanba kuni boshlandi. Juma kuni xavfsizlik organlari bilan to'qnashuvlarga aylandi, bu davlat kuchlari odamlarga qarshi maxsus isyonni bostirish usullariga bosh urgandilar.
Prezident bu viloyatda favqulodda holat va cheklangan soatlarda ko'chaga chiqishni joriy qildi. Muhim nuqtalarni qo'riqlash uchun armiya askarlari chaqirildi.
Date: Shanba, 13/06/15, 1:49:05 AM | Message # 285
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 1547
Status:
Лукашенко об убийстве Каддафи
4 ноября 2011, Гродненская область /Владимир Матвеев - БЕЛТА/. Президент Беларуси Александр Лукашенко считает операцию НАТО в Ливии актом вандализма XXI века. Об этом он заявил сегодня журналистам в Гродненской области, передает корреспондент БЕЛТА.
Представители СМИ попросили главу государства высказать свое мнение о дальнейшем развитии ситуации в Ливии, учитывая то, что на руках у людей находится большое количество оружия, высказываются предложения о введении на территории страны законов шариата, в Ливию проникают террористические группировки. "Как мы можем расценивать? Крайне негативно. Как мы можем расценивать действия войск НАТО в Ливии? Как нарушение мандата Совета Безопасности ООН, - подчеркнул белорусский лидер. - Я не преувеличиваю этот безголовый и бестолковый Совбез. Я не преувеличиваю их роль и Организации Объединенных Наций - она уже в какую-то ширму превратилась. Смотрите: Ирак, Афганистан, целая арабская дуга. Где это ООН? Почему не предотвратили все это?"
Более того, по словам Александра Лукашенко, ООН и непосредственно Совет Безопасности даже подыграли агрессорам. "Вроде бы написали одно, мандат был один, а вооруженные силы НАТО пошли на нарушение этого мандата", - отметил Александр Лукашенко.
Как отметил Президент, о том, что НАТО нарушило мандат ООН, сегодня многие заявляют, в том числе министр иностранных дел России Сергей Лавров. "Он в открытую говорит о том, что это не предполагали, а НАТО нарушило этот мандат. Я с ним абсолютно согласен", - сказал глава государства.
"Совершена агрессия, убито руководство страны, не только Муамар Каддафи, - подчеркнул Александр Лукашенко. - Притом, как убито? Ну, застрелили бы, в бою погиб бы человек. Так это же с помощью спецслужб (не думайте, что его, главу государства, пацаны задержали. Как его охраняли, вы знаете), захват руководителя страны осуществили натовские спецподразделения. Над ним издевались, измывались, стреляли, раненого насиловали, выкручивали и ломали руки, а потом замучили. Хуже, чем фашисты в свое время".
"Не дай бог, чтобы эта политика и эти действия возобладали на нашей планете. Беда будет всем", - уверен белорусский лидер.