A resized and cropped image
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
sher yozamiz
DovudDate: Yakshanba, 13/01/20, 1:14:20 PM | Message # 301
Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status:

QIYOMATDAN NISHONA
O'TAYOTGAN KUNIMIZ
HOTIRJAMLIK DEGANI UNUTDI
HAR TUNIMIZ
BILMAM ERTAMIZ QANDOQ
HAROPTUR BUGUNIMIZ
TOG'LAR TURGAN JOYIDAN
KO'CHMAGANIGA SHUKUR
QIYOMAT O'Z ESHIGIN
OCHMAGANIGA SHUKUR


 
DovudDate: Yakshanba, 13/01/20, 1:14:45 PM | Message # 302
Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status:
Qalb Islom dardida to'lg'oq
bilmasa,
Amriga shamoldek uchib
yelmasa,
Muzlatgich to'lmasa uyqu
kelmasa,
Din uchun shu bugun nima
qildingiz?


 
OishaqizDate: Yakshanba, 13/01/20, 1:40:46 PM | Message # 303
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
BENAMOZLIK

Mo‘minlikka da’vo bo‘lmas
benamozlik,
Bir kunga ham ravo bo‘lmas
benamozlik,
Bu dunyo-ku besh mahaldek
o‘tar - ketar,
Lek qabrda xavo bo‘lmas
benamozlik,
Jazolarga davo bo‘lmas
benamozlik.
Qur’onda ham uning misli kelgan
qavm bu,
G’iybat-la o‘z do‘sti go‘shtin
yegan qavm bu,
Rosululloh "Bizdan emas" degan
qavm bu,
Peshonasin qoraytirmish -
benamozlik,
Qabrini ham toraytirmish -
benamozlik!
Bu gunohki, ko‘ngillarni mast
qilguvchi,
Inson degan sharafni-da past
qilguvchi,
Boshga balo kunni haqqi rost
qilguvchi
Gunohlarning kabirasi -
benamozlik,
Asli shirkning nabirasi -
benamozlik!
Joynamozlar sarpolarga
joylanadi,


 
OishaqizDate: Yakshanba, 13/01/20, 1:41:15 PM | Message # 304
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
Ayting, qo‘llar qachon Haqqa
boylanadi,
Nahot inson do‘zax sari
shaylanadi?!
Shayton tuhfa etgan tug‘yon -
benamozlik,
Yaratganga eng zo‘r isyon -
benamozlik,
Besh mahalga beparvodir "Alloh
- bir!" deb,
Og‘ir kunda tag‘in aytar "panoh
ber!" deb,
Shuni aytsa kerak-da, "haq,
gunoh bir", deb
Muhrlanmish qalbi mangu -
benamozlik,
Namozshomda go‘yo uyqu -
benamozlik!
Bobolari sajdadan bosh
ko‘tarmagan,
Yaratgandan o‘zga iloh
axtarmagan,
Ox bu farzand, nechun desang
ko‘karmagan -
Daryo qurib o‘rnida cho‘l -
benamozlik!
Do‘zax sari eng qulay yo‘l -
benamozlik!
Taxtdan tushib besh vaqt namoz
qilgan el bu,
Har kunini Allohdan deb bilgan
el bu,
Dini bois bu dunyoga kelgan el
bu


 
DovudDate: Yakshanba, 13/01/20, 1:41:31 PM | Message # 305
Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status:
«Рамазон» сўзи
арабча сўз
бўлиб, луғатшуносларнинг
айтишларича, у «қаттиқ
иссиқ»,
«жазирама», «қизиб чўғ
бўлиш», «куйдириш»
маъноларини англатувчи
калимадан олинган. Бу
ойнинг
айнан ушбу номни олиши
сабаби ҳақида турлича
фикрлар бор. Жумладан,
аллома Жавҳарий:
«Айтишларича, араблар
ойларнинг номларини эски
тиллардан ўгиришганида
ойларни ўша пайтда тўғри
келган вақтига кўра
номлашган. Ўшанда ушбу ой
иссиқнинг энг жазирамасига
тўғри келган экан», дейди.
Иккинчи бир фикрга кўра,
«Рамазон ойи гуноҳларни
куйдириб ташлагани учун шу
ном билан аталган. Чунки, бу
ой
жоҳилият даврида «Нотиқ»
деб
аталар эди». Бошқалар
айтишадики, «Бу ойдаги
ибодат – рўза кишиларни
ташналикдан ичини
қиздиргани учун ой Рамазон
деб номланган».
Нима бўлганда ҳам, Рамазон
ойини Аллоҳ хоссатан
уммати
муҳаммадия учун алоҳида
баракотли, фазилатли қилиб
қўйган.


 
OishaqizDate: Yakshanba, 13/01/20, 1:42:04 PM | Message # 306
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
Yelkasida uning bugun
benamozlik,
Hech yechilmas jirkanch tugun -
benamozlik!
Payg‘ambari kelib-da, bir o‘rnak
olmas
Bu millatning buguniga qilmang
havas.
Saroylari qulab, o‘rnin topsa
abas
Biling, asl sabab erur
benamozlik,
Haq sizlarga javob berur
benamozlik!
Buxoriylar, Termiziylar,
Naqshbandlar
Shu o‘lkadan chiqqan edi,
jigarbandlar,
Ularni-da odam qilgan labda
hamdlar,
Ular uchun eng katta or -
benamozlik,
Bugun bizni aylagan xor -
benamozlik,
Sinolari namoz o‘qib tabib
bo‘lgan,
Navoyisi sajda chog‘i habib
bo‘lgan,
Qodiriysi tergovda ham namoz
qilgan,
Bu millatga katta uyat -
benamozlik,


 
DovudDate: Yakshanba, 13/01/20, 1:42:12 PM | Message # 307
Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status:
Sahobalar!

Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Hamza,
Muoviya, Abu Sufyon, ibn Umar...
Qorong‘u yo‘l yoqasida nurli sho‘‘la -
To Qiyomat bizga hujjat - sahobalar!

Men sizlarni yaxshi ko‘rdim, yaxshi bildim.
Hayotingiz hayotimga o‘rnak qildim.
Rasululloh manhajiga qalbi salim,
Yo‘llarimga nuri himmat sahobalar.

Siz-la islom siyratini ushlab qoldi,
Munofiqlar barmoqlarin tishlab qoldi.
Siz ketdingiz - bu ummatdan nur yo‘qoldi,
Siz-la birga ketgan izzat, sahobalar.

G’orda qolgan birodarin uyg‘otmay deb,
Abu Bakr ilon chaqsa, turdi chidab.
Me’roj kuni Siddiq bo‘ldi aylab xitob:
"Tasdiqlayman barin faqat", sahobalar.

Ayol haq so‘z aytsa, uni to‘g‘ri bilib
Umar o‘tdi adolatni shior qilib,
Bir umrga bir libosin dorga ilib
Qalbi birla ko‘rsatib xad, sahobalar.

Farishtalar hayo qilgan Usmon o‘tdi,
Tilovati payti boshdan qalqon o‘tdi.
Shuning bilan saodatli zamon o‘tdi
Shundan keyin ketdi nusrat, sahobalar.

Xolid o‘tdi badanida tig‘ yemagan
Joyi qolmay, biror jangda yengilmagan.
Zohid Salmon ibodat-la tong bilmagan
Ajratmagan jihod, toat, sahobalar.

Abu Zarning ko‘zlarida yondi yolqin,
"La ilaha illa Alloh"ni aytish uchun
Rozi bo‘ldi bu dunyoning xor va chirkin
Hayotiga ulkan jannat, sahobalar.

Qo‘lda bayroq, Makkadagi chiroyli qalb,
Rosulining vafotidan qo‘rqib, yo rab
Vafot etgan yuztuban va yerga qarab
Mus’ablardek ko‘ngli hijrat sahobalar.

"Rasululloh tuyasiga taqlid qilgan
Tuyam mening markabimdir, bilsang", degan
Abdullohlar o‘tdi bosib ming bir tikan,
Lek oyoqqa yetmay zahmat, sahobalar.

Abu Sufyon, Hamzaga bosh egmoq zarur.
Un-da sharaf, un-da faxr, un-da g‘urur.
Olam sizga bosh egsa ham, qalbi mag‘rur
Boqmadingiz biror soat, sahobalar.

Poyingizda oltin oltin dunyo oqdi,
Rumdan tortib Erongacha mamnun boqdi.
Vale sizning poyingizda xo‘p uloqdi
Bir qiymati yo‘q saltanat, sahobalar.

Muhojirlik bo‘ldi nasib sizga og‘ir,
Ansoriy deb nom olgan ham sizsiz, ahir.
Qon-qoniga singib ketgan ming bir tomir
Bir-biriga nur va rahmat, sahobalar.


 
DovudDate: Yakshanba, 13/01/20, 1:43:38 PM | Message # 308
Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status:
Bosgan qadamimni xato desalar,
Muhabbat dardiga gado desalar,
Nima bo'pti meni yomon ko'rsalar
Faqat Alloh meni yomon ko'rmasin.
Mayli xazon bo'lay inson poyiga,
Mayli botib ketay g'amning loyiga,
Sho'ng'ib ketay charxning armon soyiga,
Faqat Alloh meni yomon ko'rmasin.
Taqdirim armonidan qocha olmayman,
Xayot chigalini yecha olmayman,
Xammaning ko'ngliga kira olmayman,
Faqat Alloh meni yomon ko'rmasin.


 
OishaqizDate: Yakshanba, 13/01/20, 1:47:56 PM | Message # 309
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
BOMDODLARINI QAZO
QILGANLAR!
Turoldilar uyqidan qolib,
Qiyomatni jazo bilganlar,
Yig'lasinlar dod faryod solib,
Bomdodlarini qazo qilganlar.
Go'yo kesib tomirlarini,
Unitib haq amrlarini,
Yeb qo'ydilar umrlarini,
Bomdodlarini qazo qilganlar.
Yo'l adashgan oqir so'qirlar,
Endi qanday sabab to'qirlar,
Peshinlarda yig'lab o'qirlar,
Bomdodlarini qazo qilganlar.
Gar his qilsak ko'rmog'in mavlo,
Yotolmasdik qiliblar yallo,
Tatimagay uyqusi aslo,
Bomdodlarini qazo qilganlar.
Oz rohatlik uyqu qurboni,
Endi hodiy bo'lmas qur'oni,
Ahvoli ne uyg'ongan oni,
Bomdodlarini qazo qilganlar.
Ketkazolmas ko'ngilda dog'in,
Unitolmas namoz firog'in,
Haqir ko'rar ayol quchog'in,
Bomdodlarini qazo qilganlar.
Bu nafratga men ham arziman,
Qachon nafsim g'amini yeyman,
Shu on o'lib qolmasin deyman,
Bomdodlarini qazo qilganlar.
Hitobim shu ketar onlarin,
Hazillashmang qadrdonlarim,
To'rt mahhallik namozhonlarim,
Bomdodlarini qazo qilganlar.


 
OishaqizDate: Yakshanba, 13/01/20, 1:49:06 PM | Message # 310
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
Uyat holatlardan qizarmadi yuz.
Gunoh masiyatdan bo'lolmadim sil.
Hohish nigolardan uzolmadim ko'z.
Halok bo'lgum Robbim o'zing rahm qil.
* * *
Go'zal jumlalarni aylabon qamal.
Zohirim ko'rsatib daho bir oqil.
O'zim gapirdimu qilmadim amal.
Halok bo'lgum Robbim o'zing rahm qil.
* * *
Payg'ambarim dedim Payg'ambaringni.
Ammo yo'llarini tutdiku hazil.
Yo'qotdim iymonlar bergan zaringni.
Halok bo'lgum Robbim o'zing rahm qil.
* * *
Shuncha gunohlardan so'ng ham bemalol.
Faqat senga ochtim tilanib bu qo'l.
Men uchun QIYOMAT emas homhayol.
Halok bo'lgum Robbim o'zing rahm qil.


 
AsadullohDate: Yakshanba, 13/01/20, 3:40:50 PM | Message # 311
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Boshlagin sen har bir ishni bismillohdan
Tasbehlardan, zikrlardan, ibodatdan
Tilovatga shayla do`stim zaboningni
Namozingni o`qi ukam namozingni.

Ihlos bo`lsa ibodating mohiyati
Go`zal bo'lur insoniyat oxirati
Eng muhimi yo'qotmagin iymoningni
Namozingni oqi ukam namozingni .

Duolarda so`ragin sen Ollohimdan
Panoh bersin qaynab turgan do`zaxidan
O`rnak qilgin Sahobiylar hayotini
Namozigni o`qi ukam namozingni.

Namoz erur iymoningning ustunlari
Ibodatda bo`lgin mudom sen tunlari
Sabrsizlik bilan kutgin ramazonni
Namozingni qoldirmagin namozingni.


 
AsadullohDate: Yakshanba, 13/01/20, 3:41:09 PM | Message # 312
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
YIG`LA"
Musulmonlik undoq ish ermas,
Munofiqlik unga berar zeb.
Gar da`vatlar quloqqa kirmas,
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Farq yo`qolsa ne harom, halol,
Yig`lar ko`kda holingga hilol.
Bomdod qazo bo`lsa bemalol
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Hayolingni shahvat band qilsa,
Bundan vujud zavq shavqqa to`lsa,
Sunnat ishga qalbing gar kulsa
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Mol-dunyo deb uhlay olmasan,
Din deb yurak tig`lay olmasang,
Qur`on o`qib yig`lay olmasang,
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Jaholatni qolsang sog`inib,
Hayolingda behol yo`g`rinib,
Zakotingni bersang og`rinib,
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Ramazonda ro`zani tutsang,
Ammo anda nadomat yutsang.
Tamaki deb Iftorni kutsang
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Chin o`rnida bilib hazilni,
Ishlatib ko`r har-hil usulni,
Ko`rolmasang tushda Rosulni,
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Osiylikka tutinsang sarmast,
Balki qadim dardinr tuzalmas.
Yolg`on so`zga yuzing qizarmas,
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Yurmasang Rob muddaosiga,
Talpinmasang ishq sadosiga.
Seskanmasang Haq nidosiga
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Do`stingga gar Islomni ravo
Ko`rmayotgan bo`lsang , bil, aslo
Mo`minlikka qilmagin da`vo
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Gar qalbingga da`vatdan g`urur,
Yo`llaringni yoritmagay nur.
Ey Xayrulloh, shodlanmayin tur
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!
 
AsadullohDate: Yakshanba, 13/01/20, 3:41:47 PM | Message # 313
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
OLLOH BOR.
Ko'ringan guyohdan ifor izlama,

Shabnamga termulib g'ubor izlama,

O'ziga yukunib yig'lasang goh-goh,

Nasibang berguvchi Olloh bor ,Olloh

Tiriksan ,tugamas sira armoning,

Mehnating,tuzingdan topgan darmoning,

Gullab ketmasa bas tilda yolg'oning,

O'zingni o'zingdan etolsang ogoh

Seni qo'llaguvchi Olloh bor ,Olloh

Odamzod azaldan tomoshaga o'ch,

Yo'bars yo'llaringda har kun kelmas duch,

Himoyaga topsang vujudingda kuch,

O'zing o'zgalarga qazimasang choh,

Seni asraguvchi Olloh bor Olloh.

Kunduz quyosh ,oqshomda oy arzanda,

Yo'lga yarashasan yursang Vatanda,

Nogoh chaqib olsa bitta gazanda,

Dod solma, axir bor boshingda panoh,

Shifoni berguvchi Olloh bor Olloh.

Kelibsan ayo do'st ,ketishdan qo'rqma,

Bobong o'tgan yo'ldan o'tishdan qo'rqma,

Mangu makoningga etishdan qo'rqma,

dildan chiqsa LA ILAHA ILLALLOH,

Bandamsan deguvchi OOLOH bor OLLOH.


Mahmud Tour qalamiga mansub
 
AsadullohDate: Yakshanba, 13/01/20, 3:42:02 PM | Message # 314
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
GO`ZAL QAVM

Odamlar bir-birin hech xafa qilmas
Do`sti go`shtini eb qornin to`yg`izmas
Dilozorlik bo`lmas, haqorat bo`lmas
Mehr-oqibat kuchli bo`lgan qavmda

Namoz unutilmas, hech qazo bo`lmas
Tahajjud vaqti bandaning uyqusi kelmas
Jum`a kuni masjidda bo`sh joy topilmas
Ibodat-amal kuchli bo`lgan qavmda

Tarozidan hech kim gumon ham qilmas
To`ng`iz go`shti va aroq also topilmas
Issiq non sovug`idan qimmat sotilmas
Bozorida halollik bo`lgan qavmda

Kindiklar ko`rinmas, tizza ko`rinmas
Ayol qaddu-qomati hech ham sezilmas
Buqa ham ipini qaerda uzishnin bilmas
Zaifalari hijobda bo`lgan qavmda

Etimlar ota-onasin yo`qligin sezmas
Norasida ko`chada tilamchi bo`lmas
Saharlab etim oshini kimsa ham yemas
Etimning haqqidan qo`rqqan qavmda

Pora olib odamlar farzandin boqmas
Qarz berganda also foiz so`ramas
Bir parcha qog`ozga hecham sig`inmas
Iymoni mustahkam bo`lgan qavmda

Farzni ado etar, haromni qilmas
Savob ishdan keyin minnati bo`lmas
Inshaalloh bundaylar do`zahga tushmas
Allohga muhabbat bo`lgan qavmlar
 
AsadullohDate: Yakshanba, 13/01/20, 3:42:34 PM | Message # 315
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:

Poyingda "oshiqlar" bir-birin
Visolin topadi bemahram,
Avratdan ayrilgan sochlaring
Ularning gunohin yopgan dam.

Sevgiga yo`g`rilgan gunohlar
Qilinar etkazib maromga.
Allohga osiylar, gumrohlar
Poyingni to`lg`azdi haromga.

Hali o`n gulidan bir guli
Ochilmay, "sevgi" deb turganlar
Qaddingni uy bilib, poyingni
Gunohga ma`qul joy ko`rganlar.

"Milliy bog` ko`rki!" - bu ta`rifing,
Bul shior aslida kazzobiy
Hazrati Umarlar seni-da
Kesishni sanardi ijobiy.

Har kuni ko`raman poyingda
Alamli dunyoning hasrati -
Maktabni bitirmay, poyingga
Sevgi deb yo`l olgan la`nati!!!

Uning ham qaydadir akasi,
G`ururli ukasi bor ahir...
Afsuski ana shu kaslar ham
Poyingda bajargan nenidir...

Bo`lmasa ne deyin, ho`sh, ayting,
YOshligim o`tgan bul maskanda
Nikohsiz tortinmay, uyalmay
Kimnidir tortqilar gazanda.

Kazzoblar madh qildi tinmayin
So`z ochib sevgi, muhabbatdan.
Gunohlar qaddingni dol qilgan,
Egilib qolgansan UYATdan!


Hayrullo Hamidov
 
Search: