|
sher yozamiz
|
|
| Asadulloh | Date: Yakshanba, 13/01/20, 3:43:00 PM | Message # 316 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| YOVUZ KUN Dunyo bir seskandi, dunyo bir to‘zdi, Iymon har tomonga sochilgan kuni, Xilqat ummonida vajohat suzdi Ayollar avrati ochilgan kuni.
Qahrdan tug‘ilgan bu yovuz dillar Faqat ma’siyatga cho‘zmishlar qo‘llar - Hamma gunohlarga ochildi yo‘llar Ayollar avrati ochilgan kuni.
Allohga har qancha to‘kmasin ko‘z ashk, Erlarning qalbidan ko‘tarildi rashk. Kufr, shirk yo‘lida boshlandi kurash Ayollar avrati ochilgan kuni.
Saltanatlar ketdi, quladi yurtlar, Bo‘y ko‘rsatdi ko‘ngli chirkin beburdlar Oldlar yig‘ladilar, chinqirdi ortlar Ayollar avrati ochilgan kuni.
Qushlar parvozida halovat yo‘qoldi Baliqlar ovozsiz faryodlar soldi. Ko‘zimiz o‘ngida g‘urur toptaldi Ayollar avrati ochilgan kuni.
Silkindi og‘riqdan go‘dak beshigi, Yopildi mehrning so‘nggi teshigi. Yopildi iymoning so‘nggi eshigi Ayollar avrati ochilgan kuni.
Endi fisq yurmaydi, unda bor qanot... G’urabo faxshga berildi hayot. Ming yillik qonunga darz ketdi xayxot Ayollar avrati ochilgan kuni.
Boshqa amallarni qilsang-da tinmay, Endi gunohlardan ketding og‘rinmay - Eng so‘nggi fitnaning oldi olinmay Ayollar avrati ochilgan kuni.
Bu katta gunohning avvali qani? Bu jirkanch gumrohning avvali qani? Savollar javobsiz qolgan hamisha, Javob izlab hamma tolgan hamisha.
Chunki bu savolning javobi yo‘qdir, Erkaklarning ko‘ngli gunoh-la to‘qdir. Islomga ilk daf’a otilgan o‘qdir - Ayollar avrati ochilgan kuni.
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Yakshanba, 13/01/20, 3:43:22 PM | Message # 317 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Рўмолингни ёп жон синглим Рўмолингни ёп жон синглим, рўмолингни Номахрам кўрмасин сани жамолингни, Намоён қил мусулмонлик тақвоингни Ҳурлар кўриб ҳавас қилсин жамолингни. Рўмолингни ёп жон синглим, рўмолингни Йигитлар кўрмасин қошу камонингни, Юзинг гулгун сани ғунча даханингни Раҳми керак санга шунда АЛЛОҲ ингни.
Рўмолингни ёп жон синглим, рўмолингни Узун сочинг сийпалаган товонингни, Унутгин сен нафсу ҳавас ҳавоингни Эслаб қўйгин бир кун борар маконингни.
Рўмолингни ёп жон синглим рўмолингни Қаро қилма ажру савоб дафтарингни, Жаханнамга ўтин қилма баданингни Оқлагин сен онажонинг нон тузини. Нонкўр бўлсанг билиб қўйгин хатоингни
Рўмолингни ёп жон синглим, рўмолингни, Йиғлаб эсла рўмол ёпган миллатингни Юракдан ҳис қилгин сен хам фарзларингни. Излагин сен ўтган чашмон чимматингни
Рўмолингни ёп жон синглим, рўмолингни, Ғайридинга алмаштирма миллатингни Даюс қилма довюрак эр, ўғлонингни. Ҳақ йўлида чиқар шаърий саводингни
Рўмолингни ёп жон синглим, рўмолингни, Фаришталар ёзиб борар савобингни Қиёмат кун кийгин нурдан либосиигни Осон килар хакка бирдан жавобингни
Рўмолингни ёп жон синглим, рўмолингни, Рози қилгин Пайғамбаринг, АЛЛОҲ ингни Тинглаб тиловат қил Қуръон каломингни Ҳижобланиб қувватла сен ИСЛОМ ингни Рўмолингни ёп жон синглим, рўмолингни.
Barcha-barchamizga, nasib qilsin, Alloh farzlarini to'la-to'kis ado qilmoqlik...
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Yakshanba, 13/01/20, 3:43:46 PM | Message # 318 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Фарзанд сўраб дуо қилдим… Рахмдил Оллох номи билан бошлайман.
Хайрон этиб икки дунё ғалвасига, Ошиқ қилдинг бу дунёнинг бандасига. Эй Оллоҳим, мурувватинг этма дариғ, Зор қилмагин бир фарзанднинг жандасига.
Онам меҳрин олиб қўйдинг, кўндим нетай? Отам савдо солса кўндим, қайга кетай? Фақат сендан паноҳ сўрар бўлдим Эгам, Тирноққа зор қилма, мен ҳам ният етай.
Сурур бердинг, кўз-кўз қилдим этиб зийнат, Шуур бердинг, этдим эҳсон, гохи миннат. Тавба қилдим, кеч гуноҳим энди Оллоҳ, Фарзанд бергин, бу ҳам менга бир омонат.
Гуноҳларим ўзим билдим, ўзга билар, Кимдир менга фарзанд тилар, ким ёв тилар. Ижобат қил ҳар икки дил тилак қилса, Ёв дўст бўлса, Фарзандимнинг бошин силар.
Ёлғизлатиб қўйма мени, зурриёд бер! Бу дунёдан кетар бўлсам, ахли ёд бер! Исминг айтиб бир мўминга бир ном берай, Менга берсанг, унга мендан ҳам зиёд бер!
Овмин, Оллоҳу Акbar
ALLOHIM
Аллоҳни танирсан Раҳмон деб, Ажратиб яхши деб, ёмон деб, Яшарсан ўткинчи замон деб, Бандасан, кимлигинг билдингми?
Қиларинг қилгансан, қиларсан, Айбингни ўзинг ҳам биларсан, Гунохинг кечишин тиларсан, Бандасан, тавбангни қилдингми?
Ўтмишни тақдир деб айтайсан, Келажак, умид деб яшайсан, Савобни ортингга ташлайсан, Бандасан, қиёмат қўйдингми?
Тўярсан, шукрона айтасан, Кун келар, ёмондан қайтасан, Қиларсан бир савоб, қайдасан, Бандасан, гунохдан тўйдингми?
Ишқи деб илохий, ёнарсан, Ибодат висолга қонарсан, Дунёнинг ишқидан тонарсан, Бандасан, бандасин суйдингми?
Бандаман сен каби, тинмаган, Осийман, ажримни билмаган, Тавбам кўп, тилимда қилмаган, Бандасан, менга ҳам куйдингми
Оллохга илтижо, калбим пок айлаб, Иймонга бошласа Намозга йуллаб, Тилагим берса бас хидоят килиб, Сабримни берса бас Рахмоним куллаб.
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Yakshanba, 13/01/20, 3:44:26 PM | Message # 319 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| OLLOHINGNI UNUTMA
Ey, do‘st, unut g‘amingni, In’om bil har damingni. O‘lchab bos qadamingni, Guvohingni unutma!
Ey, do‘st, qo‘rqma yomondan, Yo hiylagar shaytondan, Shart shuki, har zamonda Panohingni unutma!
Ey, do‘st, andak ko‘kdan tush, Kelmagay Tangrimga xush. Savobingni qilmay pesh Gunohingni unutma!
Ey, do‘st ber bir qultum may, Ko‘ngling yig‘laydi tinmay. Kimsam yo‘q deb xo‘rsinmay Hamrohingni unutma!
Ey, do‘st, xushlaring qayda? Izg‘ivermay har joyda, Otangdan qolgan uyda Chirog‘ingni unutma!...
Ey, do‘st, sezmaysan, esiz! Ortingda yo‘q bitta iz... Kim bo‘pti Abdulaziz, Ollohingni unutma!...
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Yakshanba, 13/01/20, 3:44:55 PM | Message # 320 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Nafsni jilovingga olmoq bo’lsang gar, Qorning to’ymasidan taomga to’ygil. Gullarni hidlashdan to’xta birodar, Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Ajal o’qi aniq, bir kun yetgusi, Shoshmasdan, xotirjam halok etgusi, Otang bor, onang bor – ertan ketgusi… Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Bitgan gulzorlaring so’lar ertaga, Umr kosasi ham to’lar ertaga, Baland minoralar qular ertaga, Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Birov horma demas, tolsang yugurib, Yordam ham berolmas ahvoling ko’rib, Mard bo’l-da, o’rningdan bir sapchib turib, Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Mayli, ko’chat ekkin ertani ko’zlab, Mayli hosilin ham totgil yolg’izlab, Lek qolmayin desang qabrda bo’zlab, Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Ko’rding, dosh berolmas, ming-minglab tuzum. Bir shamol uchirdi barisin yuzin. Elga suv chiqargan mahaling bir zum. Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Duolar tilagan qo’llaring ila, Elaklar elagan qo’llaring ila, Ayoling silagan qo’llaring ila Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Otan yer chopganda, qarashib yubor Uning yuragidan yo’qolsin g’ubor. Shunda ham birodar aytaman takror Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Yakshanba, 13/01/20, 3:45:16 PM | Message # 321 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Mo'min mo'minga ko'zgu Hayot degan maktabda, Ham ahloq, ham adabda, Go'zal suhbatda,ta'bda, Mo'min mo'minga ko'zgu.
Yuzlarda nur porlasa, Yahshilikka chorlasa, Ko'ngilni bahorlasa, Mo'min mo'minga ko'zgu.
Ham kuchda,adolatda, Har kungi ibodatda, Jon chiqar bir holatda, Mo'min mo'minga ko'zgu.
Taqvoda,olimlikda, Poklikda,salimlikda, Rasul (s.a.v)day halimlikda, Mo'min mo'minga ko'zgu.
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Yakshanba, 13/01/20, 3:45:58 PM | Message # 322 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| QALBINGA O'RNASHDI IYMONIG NAQSHI UL OLIY FARMONGA SADOQATDA QOL SENING VAZIFANGDUR KIM OLSA QARSHI OLLOHIM HIDOYAT BERSIN DEYA OL --------------------------------------------- BIR BIRIGA AKA UKADUR ODAM IJRO ETMASADA BU ISHNI HARDAM SANGA ENG TAHQIRLI SO'ZLAR AYTSA HAM OLLOHIM HIDOYAT BERSIN DEYA OL --------------------------------------------- NE AYLASA AYLAR ZALOLAT ZAYLI SEN UCHUN OSIYALR AZONLAR SAYLI QO'LINI YOQANGDAN TORTMASIN MAYLI OLLOHIM HIDOYAT BERSIN DEYA OL --------------------------------------------- RANJIMA KO'NGLINGA YOQASA YOQMASA DARYOLAR IZMINGA QARAB OQMASA BIRORBIR YAQINING SENGA BOQMASA OLLOHIM HIDOYAT BERSIN DEYA OL --------------------------------------------- SENGA HOZ EMASDUR DAG'DAG'AYU DO'Q BILSANG HARBIR SHIRIN SO'ZING ASLI O'Q OLLOHNING ISHIGA ARALASHUV YO'Q OLLOHIM HIDOYAT BERSIN DEYA OL --------------------------------------------- TINMASDAN HAYQIRDIN KELMADI HECHKIM HAQNING BILSANGDA BILMADI HECHKIM MAYLIDA NAZARGA ILMADI HECHKIM OLLOHIM HIDOYAT BERSIN DEYA OL --------------------------------------------- ISLOM OLIY BO'LUR HARBIR MAKONDA BUNDAN HOTIRJAM BO'L HAR BIR ZAMONDA IYMONINGA HUJAD ENG MUSHKUL ONDA OLLOHIM HIDOYAT BERSIN DEYA OL --------------------------------------------- DUNYU POYDEVORI KETGANDA NURAB SEN YOLG'IZ OLLOHDAN PANOHIN SO'RAB ROSULILLOH KABI OSMONGA QARAB OLLOHIM HIDOYAT BERSIN DEYA OL
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Yakshanba, 13/01/20, 3:46:14 PM | Message # 323 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| TUSHIMGA KIRADI BUHORIY BOBOM TUR DEYDI NAMUNCHA UHLADIN BOLAM JON TIKIB TO'PLAGAN HADISIM O'QI SHER YOZSANG TUZUKROQ SATIRLAR TO'QI
MUNCHAHAM BO'LMASANG AYOLINGA MAST AYOLIN PAST QILGAN HAYOLINGA MAST TUR DEYDI O'RNINDAN MUNCHA UHLAYSAN BUGUN YEG'LAMASANG ERTAN YEG'LAYSAN
NAMUNCHA DUNYONING QULIGA DO'NDING OZGINA ZO'RLASA INDAMAY KO'NDIN QO'Y ENDI YOT ELDAN QAHIRLANISHNI BUHORIY BOBOMDE FAHIRLANISHNI
UNDAN KO'RA TAFSIR KITOBLARNI TIT ARZIMAS MATONI EGNINDAN IRG'IT RASULIM RASULIM DEYSANU AMMO AMALLARIN RIYO KO'ZLARIN A'MO
QANDOQ MANGA SIRDOSH DEGAYSAN BILOL TUSHINDA ZINOLAR QILSANG BEMALOL TERMIZIY YURTIDA TUG'ILDIM DEMA G'AMDAN TASHKIL DUNYO G'AMINI YEMA
AGAR AJRATMASANG OQU QORANI YOTLAB O'TIRIMAGIN 30 PORANI CHIROYLI SO'ZLARNI CHIROYLI SO'ZLAB CHIRANDIN CHIQOLMAY CHIROYNI KO'ZLAB
GULDAN HAYKAL BITMA O'ZINGA O'ZIN QILGAN AMALINGA MOS KELSIN SO'ZING INAMA LAMANU MINIYA DEBON HOHLAGAN ISHINGA QO'L URMA NODON
USHBU HADIS ASLI MANOSI O'ZGA SIRAHAM MOS KELMAS SEN AYTGAN SO'ZGA AMALGA INTILGIN HADISLAR YOTLA TUNLARI GUNOHIM KO'P DEYU DODLA
KO'NGLIN HOHISHINI HOHISH DEMAGIL FARQI YO'Q HOH GUNOH HOH ISH DEMAGIL AGAR BOLAM BO'LSANG BOBONGA MOS BO'L YOLG'ON TANA BO'LMA OZGINA ROST BO'L
HECHKIM KO'RMAS JOYDA AYLAGIN TAQVO SUKUNAT RIYOVI TAQVODAN AQVO TUSHIMGA KIRADI BUHORI BOBOM HALQIMGA BIR SO'ZNI YETKAZGIN BOLAM
TUNUKUN QABRIMGA BORIBDI HALQIM MAQSADI ZIYORAT QASTIDA BALKIM TURLI MAROSIMLAR UYISHTIRIBDI YOSHIMNI FALON DEB SANAB YURIBDI
YO'Q HAYHOT BU HOLAT DINDA BIDADUR BIDADSIZ YASHAMAK CHIN SAODADUR QABRIMDA MUQADAS NARSA YO'Q ASLO BU HOLNI HIS QILAR HAR AQLI RASO
BU ISHLAR O'RNIGA AHLI FAROSAT GO'ZAL HADISLARDAN IZLAR NAFOSAT RASULI AKRAMNING HARBIR SO'ZLARIN SHIYOR AYLAGAYVA SURTGAY KO'ZLARIN
GARCHI UL ZOT UCHUN BORIM BERGANMAN PAYG'AMBAR QABRIGA TOPINMAGANMAN JAMMIY QUDUSIYAT OLLOHGA MUTLAQ BU YO'LDAN O'ZGASIN ISTAGAN NO HAQ
QABRIMGA KO'ZMUNCHOQ KELGANLAR TAQIB JAHOLAT QARIGA KETGAN ULOQIB HALQIM TURKI ZABON ISTASA JAVOB HADISNI O'QISIN MENGA SHU SAVOB
O'TGAN KUNLARINI AYLABON NO SIQ SAHIHGA ERGASHSA HAYOTI SAHIH TUSHIMGA KIRADI BUHORI BOBOM KO'CHADA GULABDI NIHOYAT BODAM TUR DEYDI BOLAMA UHLADIN KO'PAM BUGUN HADISGA YOT MEN O'SGAN SUPAN
BORIB UL SUPANI SIDIRIB QAYTKIN KAM SONLI MO'MINGA SALOMIM AYTGIN BUHORONI NOMI BU HOR O MIDI MEN KO'RGAN SHAHAR SHU BUHOROMIDI
HADIS YOTLO'CHIGA SIG'MAGAN SHAHAR BUGUN BIR HADISTAN TAMOM BE HABAR QIZLARI YALANG'OCH ERLARI BE OR YO O'ZGARIB KETDI ILOHI SHIYOR
AGARCHI ISLOMNING DARDIN YEMASLAR BUHORIY NOMIGA HAQLI EMASLAR O'ZLARIN BUHORIY YURTIDANMIZ DEB TANISHTIRMASINLAR O'ZIDAN KETIB
UNDAN KO'R DINGA BO'LSINLAR TOBE ILOHI AMIRGA HAMISHA SOME AYTGAN SO'ZLARIMGA BOLAM AMAL QIL SHUNDA MEN ULARDAN ROZI BO'LGUM BIL
ISTASALAR RUHIM BO'LISHINI SHOD HADISGA MUNOFIQ KECHIRSIN HAYOT BOLAM BOLAGINAM TURKISTON KEZGIN ABU ABDULLOHNI SO'ZIN YETKIZGIN
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Yakshanba, 13/01/20, 3:46:31 PM | Message # 324 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Jonsiz toshga sig'inarmish odamlar! Alloh buyuk! Kim bo'libda sanamla Jonimizdan aziz bilib iymonni, Yaratganga yaqin bo'lin odamlar!
Siz aslida kimligingiz unutmang, Yolg'iz zotga qulligingiz unutmang, Iymoningiz - boyligingiz unutmang, Yaratganga yaqin bo'ling odamlar!
|
| |
|
|
| Oishaqiz | Date: Yakshanba, 13/01/20, 3:53:49 PM | Message # 325 |
|
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status: 
| Gunoxlarni Qilarsan bot bot, Iymon esa bo'lar begona-yu yot, Deysan yana aybdor Xayot, Oxirating o'ylagin bir bora odam... Namoz, sajda neligin bilmay, Ro'za ramazonga parvo xam qilmay, Xatto o'z diningdan xabaring bo'lmay, Oxirating o'ylagin bir bora odam... Xiyonatlar qilasan xech kim bilmas deb, Quvasan mol dunyo ortidan mudom. Boriga shukur demagaysan xech, Oxirating o'ylagin bir bora odam... Ko'zlaring ko'r, Iymoning xam yo'q, Boyliging ko'p, Vijdoning xam yo'q, Bu Dunyodan bu ko'ngling xam to'q Oxirating o'ylagin Bir bora odam... Qiyomat kunini tan olmagaysan, Bilgin savol javobsiz qolmagaysan, So'nggi dam Savob ololmagaysan, Oxirating xozirdan o'ylagin odam..
|
| |
|
|
| Oishaqiz | Date: Yakshanba, 13/01/20, 3:54:24 PM | Message # 326 |
|
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status: 
| Xayot ertak, umr afsona. Bunda yashar shoxu devon, Tug'iwganlar yovdek begona Yulduzi yöq tunday yawaymiz, Qa4onga4a wunday yawaymiz? Xisobli döst ayrilmidi deb, Kun köramiz vijdonni sotib, Murdalardek g'aflatga botib, Yulduzi yöq tunday yawimiz, Qa4onga4a bunday yawaymiz? A4inmaymiz öz jonimizga, Qarwi borib iymonimizga, Osmon yig'lar yolg'onimizga, Yulduzi yöq tunday yawimiz, Qa4onga4a bunday yawaymiz. Iwon4ni ham garovga qöyib, Munofiqlik libosin kiyib. Savob iwdan qöllarni tiyib, Yulduzi yöq tunday yawaymiz, Qa4onga4a bunday yawaymiz?
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Yakshanba, 13/01/20, 3:56:20 PM | Message # 327 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| ALLOHIM
Аллоҳни танирсан Раҳмон деб, Ажратиб яхши деб, ёмон деб, Яшарсан ўткинчи замон деб, Бандасан, кимлигинг билдингми?
Қиларинг қилгансан, қиларсан, Айбингни ўзинг ҳам биларсан, Гунохинг кечишин тиларсан, Бандасан, тавбангни қилдингми?
Ўтмишни тақдир деб айтайсан, Келажак, умид деб яшайсан, Савобни ортингга ташлайсан, Бандасан, қиёмат қўйдингми?
Тўярсан, шукрона айтасан, Кун келар, ёмондан қайтасан, Қиларсан бир савоб, қайдасан, Бандасан, гунохдан тўйдингми?
Ишқи деб илохий, ёнарсан, Ибодат висолга қонарсан, Дунёнинг ишқидан тонарсан, Бандасан, бандасин суйдингми?
Бандаман сен каби, тинмаган, Осийман, ажримни билмаган, Тавбам кўп, тилимда қилмаган, Бандасан, менга ҳам куйдингми
Оллохга илтижо, калбим пок айлаб, Иймонга бошласа Намозга йуллаб, Тилагим берса бас хидоят килиб, Сабримни берса бас Рахмоним куллаб.
|
| |
|
|
| Oishaqiz | Date: Yakshanba, 13/01/20, 3:59:22 PM | Message # 328 |
|
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status: 
| Аллохим ташафкур борлигинг учун, Бошимга тизинсиз гамлар ташадинг. Бехат хурсанд булдим азобларинга , Бандалар ичидан мени танладинг. Ташафкур тишимни - тишимга куйдим, Рухимда товушсиз нурли куласан. Гамлар юборасан бешак дунеда , Менинг борлигимни узинг биласан
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Yakshanba, 13/01/20, 4:00:53 PM | Message # 329 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Nafsni jilovingga olmoq bo’lsang gar, Qorning to’ymasidan taomga to’ygil. Gullarni hidlashdan to’xta birodar, Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Ajal o’qi aniq, bir kun yetgusi, Shoshmasdan, xotirjam halok etgusi, Otang bor, onang bor – ertan ketgusi… Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Yakshanba, 13/01/20, 4:01:10 PM | Message # 330 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Bitgan gulzorlaring so’lar ertaga, Umr kosasi ham to’lar ertaga, Baland minoralar qular ertaga, Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Birov horma demas, tolsang yugurib, Yordam ham berolmas ahvoling ko’rib, Mard bo’l-da, o’rningdan bir sapchib turib, Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Mayli, ko’chat ekkin ertani ko’zlab, Mayli hosilin ham totgil yolg’izlab, Lek qolmayin desang qabrda bo’zlab, Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Ko’rding, dosh berolmas, ming-minglab tuzum. Bir shamol uchirdi barisin yuzin. Elga suv chiqargan mahaling bir zum. Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Duolar tilagan qo’llaring ila, Elaklar elagan qo’llaring ila, Ayoling silagan qo’llaring ila Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
|
| |
|
|