A resized and cropped image
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
sher yozamiz
OishaqizDate: Yakshanba, 13/01/20, 12:33:06 PM | Message # 271
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
Dema…
Amal daftaringda sonsiz
gunohlar,
Qiyomat Tongida yuzlaring qaro.
Axtargan bo’lsang gar soxta
ilohlar,
Men ham yashagandim demagin
aslo.
Otangning haqqiga qilmay
duolar,
Onagga bir xayrni ko’rmay
ravolar.
Safsatadan boshqa emas
de’volar,
Men ham yashagandim demagin
aslo.
Moling osmonlarga yetay deb
zo’rg’a,
Vale ilma-teshik iymoniy to’rva.
Qo’shningga chiqmagan bir kosa
sho’rva…
Men ham yashagandim demagin
aslo.
Sen uchun ziynatga talpinishlik
baxt,
Nasiya qiziqtirmas, faqat bo’lsin
naqd.
Bir bor Qur’on uchun
ajratmasang vaqt,
Men ham yashagandim demagin
aslo.


 
OishaqizDate: Yakshanba, 13/01/20, 12:33:41 PM | Message # 272
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
Kezsang, atrof javon, yurtu
elingda,
Diyonat sharafi tushmas tilingda.
Mo’minni sevmagan bo’lsang
dilingda,
Men ham yashagandim demagin
aslo.
Tinmay lof ursangu, pisand
qilmasang,
Osh yo’q joylarga ham bir bor
kelmasang.
Allohning yuzi deb ehson
qilmasang,
Men ham yashagandim demagin
aslo.
Dunyo kasod bo’lsa, yig’lasa
qlabing,
Mansab orzuyida tig’lasa qalbing.
Lek Qur’on o’qilsa, uxlasa
qalbing,
Men ham yashagandim demagin
aslo.
Ortingdan yig’labon qolsa ham
dunyo,
Tursa ham qo’lingda yetti qat
samo.
Farzanding orqangdan bilmasa
duo,
Men ham yashagandim demagin
aslo.
Ot hurkir kirsa gar, qabring
marmartosh,
O’-xo’-v, bu kelbatga kim berar
berdosh.


 
OishaqizDate: Yakshanba, 13/01/20, 12:34:21 PM | Message # 273
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
Bolangning niyati faqat elga osh,
Men ham yashagandim demagin
aslo.
Dunyo senikidir o’ynasang,
kulsang,
Yetmish yil umringni chin baxt
deb bilsang.
Alloh aytganiga ko’nmagan
bo’lsang,
Men ham yashagndim demagin
aslo.
Minglab oyat turar, olmading
saboq,
Zulmatli kechada izlama chiroq.
Sening haqqing yo’qdir
so’zlashga bundoq,
Men ham yashagndim demagin
aslo.
Yig’lash kerak yo’lda otib
xandona,
Ketar bo’lsang haqda qo’rqmay
mardona.
O’limng sen uchun eng zo’r
tantana,
Men ham yashagandim demagin
aslo.


 
DovudDate: Yakshanba, 13/01/20, 12:35:20 PM | Message # 274
Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status:
Дузах утини учиргай ла илаха
иллаллох Огох килгай гофилни
ла илаха иллаллох Айтса агар
хар золим ла илаха иллаллох
Кунгли булгай муслим ла
илаха иллаллох Килгай омини
олим ла илаха иллаллох Дона
булгай хар нодон ла илаха
иллаллох Хар ким айтса хар
сахар ла илаха иллаллох
Оллох узи курсатир ла илаха
иллаллох Васлин килгай хак
ином ла илаха иллаллох Эй
ёронлар айт зинхор ла илаха
иллох Мухаммадин
Расулиоллох.


 
DovudDate: Yakshanba, 13/01/20, 12:35:47 PM | Message # 275
Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status:
Tunlar osoyishta olarman rohat,
Tong chog’i uyg’onsam tanimdir
sihat, Shukrona qilmog’im
lozimdir behad, Baxtli hayot
bergan Parvardigorga.Dunyo
ekan dilni o’rtaguvchi sir, Iqbolga
yetish bor qilinsa sabr, Shukrona
qilmasam gunoh-ku axir, Menga
sabot bergan Parvardigorga.


 
DovudDate: Yakshanba, 13/01/20, 12:36:09 PM | Message # 276
Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status:
Borsan birsan Allohim, Sensan
mening panohim. Birligingga
shubha yo'q , Bunga dalil,burhon
ko'p. Hop samolar yaratding,
Yulduzlarni taratding. Er yuzida
har qudrat, Sendan olar kuch
quvvat. Tuproqqa jon berarsan ,
So'ngra inson etarsan. Kecha
kunduz bu nizom, Jahonda bu
intizom. Rabbim sening asaring,
Albatta yo'q o'xsharing.
Sanoqsizdir ne'mating, Hech
tuganmas Rahmating. Sen har
narsani ko'rarsan, Qalblarni ham
bilarsan. Kechir meni Allohim ,
Ko'pdir mening gunohim.


 
OishaqizDate: Yakshanba, 13/01/20, 12:40:04 PM | Message # 277
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
ҚАБРИСТОНДАН КЕЛАЁТГАН
ОВОЗ.
Бу дунёдан бегона, ёт кўрдик
ўзни,
Жон берсак-да, унинг учун
ботиб терга.
Оқ осмонга тикилганча юмдик
кўзни,
Қаро ерга кирдик, дўстлар,
қаро ерга.
Зор ўтсак ҳам оддийгина
кулбамизга,
Дунё зир-зир титраса-да
нағмамизга
«Малакул мавт» келиб кетди
ҳаммамизга,
Қаро ерга кирдик, дўстлар,
қаро ерга.
Бугун сизлар юрибсиз шод,
кўзда кулгу.
Бўйингиздан бўй чўзгандир
минг бир орзу.
Биз ҳам ўзни ўйлар эдик гўё
мангу...
Қаро ерга кирдик, дўстлар,
қаро ерга.
Ўзимизча, дунёларга устун
бўлдик,
Фиръавнлар диёрига мафтун
бўлдик.
Охир ўлим чангалига тутқун
бўлдик,
Қаро ерга кирдик, дўстлар,
қаро ерга


 
OishaqizDate: Yakshanba, 13/01/20, 12:40:44 PM | Message # 278
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
Шу заминда нафас олдик,
ўйнаб кулиб,
Ўзимизни ўлмайдиган махлуқ
билиб
Устида кўп зулмларни одат
қилиб,
Қаро ерга кирдик, дўстлар,
қаро ерга.
Кучлиларнинг зулми ила умри
тахир
Заифимиз йиғлаб-йиғлаб
ўтди оғир,
Баъзимизга баъзимиз панд
бериб охир,
Қаро ерга кирдик, дўстлар,
қаро ерга.
Орамизда жой излабон толди
қадр,
Ҳеч кимсага ёр бўлолмай ўтди
сабр,
Искандар не, машраб ўтган
Машраб недир...
Қаро ерга кирдик, дўстлар,
қаро ерга.
Бахтли бўлди ким яшади
даъват ила,
Илм-у динга холис туриб
рағбат ила.
Биргалашиб, тартиб ила, навбат
ила
Қаро ерга кирдик, дўстлар,
қаро ергa


 
OishaqizDate: Yakshanba, 13/01/20, 12:41:10 PM | Message # 279
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
Туғилган бор унга ўлим бўлди
нася.
Ҳаёт ўн беш дақиқалик гўзал
ҳадя.
Орамизда бирортамиз
қолмади-я
Қаро ерга кирдик, дўстлар,
қаро ерга.
Кеча тирик эдик, бугун саф-
саф ўлган
Одамлардан кошки битта суяк
қолган.
Ким бор яна ўзни худо даъво
қилган?!
Қаро ерга кирдик, дўстлар,
қаро ерга.
Мусо айтгач, Қорунни ер
буткул ютди,
Нуҳ қавмини тўфон урди,
лаънат тутди.
Фиръавндек малъун дод-вой
солиб кетди.
Қаро ерга кирдик, дўстлар,
қаро ерга.
Баъзимизга азиз бўлди оддий
дирҳам.
Айримимиз дунё учун чекмади
ғам.
Кетди ҳатто Аллоҳ суйган
элчилар ҳам...
Қаро ерга кирдик, дўстлар,
қаро ерга.


 
OishaqizDate: Yakshanba, 13/01/20, 12:41:57 PM | Message # 280
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
Бугун тандан руҳ айридир, ҳол
бемажол,
Қаро ерга кирдик, дўстлар,
қаро ерга.
Эй тириклар, бўлолмассиз ҳеч
музаффар,
На тонгда-ю на оқшомда ва на
саҳар,
Ёзилгандир сизга ҳам шу
қутлуғ сафар
Қаро ерга кирдик, дўстлар,
қаро ерга


 
DovudDate: Yakshanba, 13/01/20, 12:47:43 PM | Message # 281
Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status:
Nega nolib yashaysan, berganiga
shukr qil, Ko'zing yorug' dunyoni
ko'rganinga shukur qil.
Shivirlagan maysalar qilam bo'ldi
yo'lingga, Oqar suvlar uyinga
kelganiga shukr qil. Boshin egib
daraxtlar, yuz ming nozu
ne'matlar, Dasturxonni to'ldirib
turganiga shukr qil. Bahor bilan
qo'shilib, darvozangga urilib,
Ayvoningga qaldirg'och
kirganiga shukr qil. Jajjigina
qo'lida yurt tuprog'i bolangning,
Ohista qadam tashlab, yurganiga
shukr qil. Ahtamquli ogoh bo'l,
olamda yoq bunday yurt, Qalam
qog'ozga ko'ngling yozganiga
shukur qil


 
DovudDate: Yakshanba, 13/01/20, 12:48:17 PM | Message # 282
Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status:
Nafsu-kibr dil-xasratdog'
xidoyatga qaytar meni O'zing
meni kutqar OLLOX ibodatga
qaytar meni . SHayton tinmay
yoqlagan chog' dilda uchsa
umidchiroq Iymonim darz ketsa
cho'loq diyonatga qaytar meni .
O'zga yurtni vatan desam
jondo'stlarim duwman desam
Asli kimligim unutsam sadoqatga
qaytar meni . Tinglamay ko'ngil
arzini eslamay do'stlar qarzini
Unutsam vofo darsini oqibatga
qaytar meni . Botib qolsam
jaxolatga til erkberib xaqiqatga
Uchramayin falokatga adolatga
qaytar meni.


 
OishaqizDate: Yakshanba, 13/01/20, 12:48:43 PM | Message # 283
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
RASULULLOH SIZNI QATTIQ
SOG’INDIM
Yashashga mador yo’q, ho’p
toldim yo’ldan.
Saodat davriga hosdir sog’inchim,
Yo’lboshchi axtarib adashdim
yo’ldan
Rasululloh sizni qattiq
sog’indim!!!
Nasihat olmagach, dilbandim
farzand,
Biror bir go’zallik qilolmas
hursand.
Otam ham tuzukroq berolmadi
pand,
Rasululloh sizni qattiq
sog’indim!!!
Galakaz ichida tentirab, horib.
O’zimni sezyapman tamoman,
g’arib
Oisha onamni tushimda ko’rib
Rasululloh sizni qattiq
sog’indim!!!
Hech qanday foyda yo’q, ming
bir ta’birlar
Hatto to’shagimda ilon g’imirlar
Xiyonatning boshi bugun amirlar
Rasululloh sizni qattiq
sog’indim!!!
Tamom gunohkorman, qo’ysam
bir qadam,
Shahrimda topolmam tuzik bir
odam


 
DovudDate: Yakshanba, 13/01/20, 12:48:59 PM | Message # 284
Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status:
Bandasidan bo'lma umidvor,
Umid qilgin yolg'iz ollohdan.
Hamisha, har joyda, dindoshim,
Asrab qol o'zingni gunohdan.
Aslo og'ritmagin biror bir qalbni,
Seni deb to'kilmasin ko'zida
yoshi. Ko'ngilni musaffo
osmondek sof tut, Hech qachon
botmasin qalbing quyoshi. Eng
muhimi bilgin dunyoda, Butun
bo'lsin dilda iymoning. Suysang,
suygin olloh yo'lida, Istaging pok
bo'lsin, bo'lmay gumoning.
Hammamiz ham gunohkor
banda, Bazida noliymiz, ba'zan
noshukur, Boshingga ne qismat
tushsa hamki sen, Ollohga shukur
qil, ollohga shukur.


 
OishaqizDate: Yakshanba, 13/01/20, 12:49:41 PM | Message # 285
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
Dalda bo’lolmagay, hatto
volidam,
Rasululloh sizni qattiq
sog’indim!!!
Ahlimda ko’rinmas, haqning
talabi,
Yopilib is bosgan ISLOM maktabi.
Quchib qo’yvormagan ukkoshi
kabi,
Rasululloh sizni qattiq
sog’indim!!!
O’ttiz yil teran bir nigohla o’sdim,
Ohir do’stlik o’yin ko’nglimla
buzdim.
Dushmanga aylandi eng yaqin
do’stim.
Rasululloh sizni qattiq
sog’indim!!!
Omon-omon yurti deganlar
balli?!
Og’ir kun tushganda yo’qdir
tasalli.
“Ustoz” deb nom olmish
munofiq fe’lli
Rasululloh sizni qattiq
sog’indim!!!
Sizning boshingizga nurin sochib
bir,
Ajabki shams nechun
yig’lamayotir,
Bugungi kunimdan ketib havotir.
Rasululloh sizni qattiq
sog’indim!!!
Sezdim buyog’iga omadim
kulmas,
Qolgan umrimdan ham yuragim
to’lmas.
Sal toza iymonda ketmasam
bo’lmas
Rasululloh sizni qattiq
sog’indim!!!


 
Search: