HIKMATLAR HAZINASI
|
|
OSIYO | Дата: Juma, 16-Sen-2011, 14:50 | Сообщение # 61 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| - 48 -
Ayo do’stlar, ketmak uchun munda kelduk, Kelib ketmak boisini bildingizmu? Asli vatan uldur, munda musofirsan, Savdo uchun kelib savdo qildingizmu?
Karvonboshi xabar berdi kulli jong'a, Savdo qil deb buyurdilar har qayong'a, Savdosini qildi ziyon ko’b nodong'a, Sudu ziyon qilg'onini bildingizmu?
Oqil qullar savdosini qildilar taxt, Savdosini qilg'on qullar bo’lur nekbaxt. Bozorini qilib bog'lar yuklarin saxt Tayyor bo’ldi, siz ham tayyor bo’ldungizmu?
Sardori karvonboshi qilsa xabar, Savdo qilg'on, ozuq olg'on qilur safar, Yuk tongug'lig' shodu xandon (yo’lg'a tushar), Jahdu jadal qilib yukni tongdungizmu?
Ba’zi nodon kirdi bozor oldi do’kon, Hamroh bo’ldi ul nodong'a anda shayton, To qurug'lig' o’lturdilar shodu xandon, O’shal do’kon dunyo erur, bildingizmu?
Savdo qiloy desa shayton qo’ymas, bilgil, Oytur anga qo’yg'il bugun, tongla qilg'il. Umrung uzoq, dam g'animat, ishrat qilg'il, Oytur anga, ishrat qilib to’ydungizmu?
Bu so’z birla naqdi umrin qo’ldin bergoy, Umrung bo’ldi bu do’kondin chiqqil degoy. Vo darig' deb qo’lin tishlab afsus yegoy, Savdo uchun emdi afsus yedingizmu?
Bu holatda amir karvon kelgoy yetib, Yurugil deb asl vatan hukmin oytib. Savdo qilmay muncha o’tdung netak yotib, Ozuq olmay yo’lg'a kirib yeldingizmu?
Qul Xoja Ahmad, savdo qilg'il bozor o’tmay, Umrung kuni bitmas, ajal kuni yetmay. Nogahon(da) ajal kelib yaqong tutmay, Ajal kelur vaqtin, do’stlar, bildingizmu?
|
|
| |
OSIYO | Дата: Juma, 16-Sen-2011, 14:50 | Сообщение # 62 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| - 49 -
Ayo shayxo, toliblarga yo’lni ko’rguz, Shariatning bayonini qilmasmusan? Tariqatda qulovuzsiz yo’lg'a kirsa, Haqiqatning yo’llarini oytmasmusan?
Shayxman teyu ulug' tutding o’zing doim, Ko’nglung kibru manlik bilan, tiling soim. Nafsing uchun uzun tunlar turub qoim, O’qub Qur’on hech o’zungga kelmasmusan?
Shayxman teyu zolimlarga xizmat qilding, Mulozamat pesha aylab izzat qilding. Ne’mat bersa joning birla hurmat qilding, Johil bo’lub zolim sifat bo’lmasmusan?
Ma’ni Qur’on tuz bilmading havo birlan, Toat qilding xalq ichinda riyo birlan, Zangor bosg'on ko’ngul yo’qtur ziyo birlan, Ma’no o’qub riyo qurin solmasmusan?
Faqir bo’lub malomatni to’sha qilg'on, Dunyo solur oxiratni pesha qilg'on. Dil ayvonin xilvat qilib go’sha qilg'on, Ondog' erning xizmatida bo’lmasmusan?
Qul Xoja Ahmad, kimga oyding ushbu so’zni, Xo’b bilursan, hech bilmassan rohi tuzni. Bilur qarib yo’l bilguchi qulovuzni, Gardi poyin qaro yuzga surtmasmusan?
|
|
| |
OSIYO | Дата: Juma, 16-Sen-2011, 14:51 | Сообщение # 63 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| - 50 -
Umrung o’tti, ayo g'ofil, zoe’ munda, G'aflat ko’zin ochib bedor bo’lmasmusan? Yotur yering tor lahaddur yalg'uz go’rda, O’lmas burun fikrin munda qilmasmusan?
Ajab yo’ldur borur yering, xatar bisyor, Qaroqchilar doim anda turur tayyor, Himmat qilib bu dunyodin aylab guzor, Oxiratning yarog'ini qilmasmusan?
Yurdung doim shodu xurram, surur birlan, Mag'rur bo’ldung hoyu havas, g'urur birlan, Yeding shubha-haromlarni makruh birlan, Do’zax ichra jazosini tortmasmusan?
Mo’min degon bo’lur doim tafakkurda, Fikr aylab zikrin oytur uzoq tunda, Bo’lmas manlik bir zarrae vujudinda, Ondog' erni etogini tutmasmusan?
Aro yo’lda paydo bo’lur ikki manzil, Ondog' qulg'a qilg'il munda joning sabil, Solg'oy sani yaxshi yo’lg'a yori qobil, Xizmat qilib jannat mulkin olmasmusan?
Jon olg'oni bir kun kelur malakul-mavt. O’lmas burun o’lum birla bo’lg'il ulfat, Uzoq yo’lg'a ozuq olg'il - tort riyozat, Izzat raxtin sotib, xorliq olmasmusan?
Oshiq bo’lsang, malomatdin qilg'il vatan, G'am tig'idin zaxm aylasun mulki badan, Ham ochilsun botiningda turluk chaman, Jondin kechib diydorini ko’rmasmusan?
Rohat topar mehnat sori qadam qo’yg'on, Zoe’ qo’ymas xizmat qilsang piri mug'on, Xizmat qilmay da’vo qilsang bari yalg'on, Qul Xoja Ahmad, pir oldida o’lmasmusan?
|
|
| |
OSIYO | Дата: Juma, 16-Sen-2011, 14:51 | Сообщение # 64 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| - 51 -
Ayo do’stlar, bu yo’llardur qorong'uluq, Shayton yo’lin o’zdin yiroq solmasmusan? Band etibon shayton sani gumroh qilur, Haq qoshida yuzi qaro bo’lmasmusan?
Tama’ qilma xojaman deb eshiklarda, Aql yo’qtur ixlos qilg'on kishilarda. Sharmu hayo ketti ulug'-kichiklarda, Oxir zamon nishonasin bilmasmusan?
Shayxman teyu ma’rifatni qildi bayon, Zohir-botin, avval-oxir qilsa ayon. Shunqor yanglig' ruhi aning qilsa tayron, Mundog' bo’lub murid yo’lg'a solmasmusan.
Tuni-kuni toat qildi Sayyid abror, Yemay-ichmay yoshlig'ida yaxshi kirdor. Ummat uchun qayg'u birla bo’ldi bedor, Rasululloh tab’iyatin bilmasmusan.
Tong otquncha ikki ayoq tamom shishti, Oto-ono, Ibrohimdin taqi kechti. Tilab ummat qayg'u birlan aqli shoshti, Ayo shayxo, ko’rub ibrat olmasmusan?
Qul Xoja Ahmad, bu yo’llarni oson bilma, Haq rahmati bisyor yetib mag'rur bo’lma. Xavfu rajo ichra turg'il, ko’ngul qo’yma, Qahr ichinda lutfin anglab yurmasmusan.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Juma, 16-Sen-2011, 14:51 | Сообщение # 65 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| - 52 -
Na muhabbat ermish, man o’torimni bilmasman, Shaydo qildi ishq mani, qoyda borg'um bilmasman.
Kuyor bag'rim toshlari, oqor ko’zum yoshlari, Ayo Haqning do’stlari, qoyda borg'um bilmasman.
O’t na bo’lur yolinsiz, suv na bo’lur jilosiz, Mani dardim davosiz, izlab doru tobmasman.
Dardim bilar tabib yo’q, holim so’ror rafiq yo’q, Mandek munglug' g'arib yo’q, mungu zorim oymasman.
O’tlarni suv o’chirur, bu o’t suvni kuydurur, O’tlar o’ti bu erur, yalg'on teyu oymasman.
Kim kish kiyar, kim chopon, kim podshohdur, kim cho’pon, Kim tuz yurur, kim yamon, muni aslo bilmasman.
Qul Xoja Ahmad, haqirman, yozuqumni o’qurman, Do’stum guhar, faqirman, faqirliqdin tonmasman.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Juma, 16-Sen-2011, 14:52 | Сообщение # 66 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| - 53 -
Yo ilohim, ishqing solib oshiq etgil, Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar. Oshiq bo’lsang, ayo tolib, mehnat tortgil, Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.
Mehnat tortgon oshiqlardin Xudo rozi, Oshiqlarni Arshga yetgoy, bil, ovozi. Ul oshiqdin Alloh o’zi bo’ldi rozi, Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.
Ayo tolib, oshiq bo’lsang, bo’zlab yurgil, Dargohiga yetgung oxir izlab yurgil. San sirringni nodonlardin asrab yurgil, Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.
Oshiqlarni ko’zlaridin qoni oqar, Ko’zni qonin ko’rub anda ma’shuq boqar. Ma’shuq o’zi oshiqlarg'a o’tlar yoqar, Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.
Alloh suygon oshiqlari ingrab yurar, Oriflarni suhbatig'a o’zin urar. Mehnat tobsa oshiqlari javlon qilar, Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.
Oshiqlarni ma’shuq o’zi chorlag'usi, Qoydasan deb, qoydasan deb ingrang'usi. Alloh dardin tortib oshiq bo’zlag'usi, Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.
Alloh suygon oshiq tongla Buroq minar, Buroq minib mahshargohda javlon qilar. Huru qusur ko’zlamaslar, diydor tilar, Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.
Mahshargohda oshiqlarni bo’ynida g'ul, G'ul toqilg'on oshiq ishi Haqqa maqbul. Ul oshiqqa Alloh o’zi ko’rsatur yo’l, Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.
Maloyiklar zanjir toqib olib yurgoy, Ul oshiqni ahvolini Alloh so’rgoy. Allohimga oshiqligi maqbul bo’lgoy, Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.
Mehnat tortgon oshiqlarni Alloh suydi, "Kel beri" deb ul oshiqqa sharob berdi. Sharob ichgon oshiqlarni Alloh suydi, Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.
Qul Xoja Ahmad, oshiqlarga o’zungni qot, Kecha-kunduz mehnat qilib alamlar tort. Oriflarni bozorida o’zungni sot, Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Juma, 16-Sen-2011, 14:52 | Сообщение # 67 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| - 54 -
Oshiqlarga Tangrim o’zi qilg'oy rahmat, Qabr ichra partav solib qilg'oy shafqat. Jannat kirib, diydor ko’rub, ayshu rohat, Lutfu karam ato qilib yurur bo’lg'oy.
Oshiqlari qoyda borsa xilvat istar, Erga hojat ermas yaxshi bolin bistar. Haqni topmay yig'lab yurub bo’lub muztar, Ishq bog'ida navo qilib yurur bo’lg'oy.
Oshiq kuyor, jondin to’yor, Haqni sevor, Alloh uchun dunyo, uqbo taloq qo’yor. Bag'rin teshib, boshdin ayoq qong'a bo’yor, Oshiq o’zi yakto bo’lub yurur bo’lg'oy.
Ey yoronlar, ishq elini somoni yo’q, Davo so’rmang, ishq dardini darmoni yo’q. Bu yo’llarda oshiq o’lsa, tovoni yo’q, Jonin tandin judo qilib yurur bo’lg'oy.
Joni judo o’tda kuygoy tani o’zga, Kimni ko’rsa, izin olib surtor ko’zga. Hikmat o’qub, tolib bo’lub, yetsa so’zga, Aqlu hushin dono qilib yurur bo’lg'oy.
Bulhavasni tani kuysa, joni kuymas, Ani uchun ishq qadrig'a yetib bo’lmas. Yaxshilarni suhbatidin bahra olmas, Rizqi duo riyo qilib yurur bo’lg'oy.
Bu olamdin sivo qilg'on Alloh o’zi, Ey ummatlar, Haq Mustafo oyg'on so’zi. Ro’zi mahshar ravshan bo’lg'oy xalqg'a yuzi, Dillarini safo qilib yurur bo’lg'oy.
Chin oshiqlar tirik o’lg'on joni bejo, Parvoz qilib uchay desa saxlar Xudo. Ichmish-emish, talablari dardu balo, Ishqin boshqa balo qilib yurur bo’lg'oy.
Qul Xoja Ahmad, darvish bo’lsang, bedor bo’lgil, Javru jafo, dardu mehnat, g'am istagil. Yuz ming balo boshg'a tushsa, ingronmagil, Alloh o’zi jafo qilib yurur bo’lg'oy.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Juma, 16-Sen-2011, 14:52 | Сообщение # 68 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| - 55 -
Haqni tobgon devonalar behush so’zlar, Dardu holat paydo qilib yurur bo’lg'oy. Maqomlari baland maqom, Arshni ko’zlar, Xalqqa o’zin rasvo qilib yurur bo’lg'oy.
Eldin qochib tog'u cho’lni qilg'oy vatan, Cho’llar aro hamrohlari zog'u zag'an. Ketor bo’lsa churuk egni anga kafan, Tuyur vahshiy hamroh qilib yurur bo’lg'oy.
Mundog' bo’lmay jon ma’shuqin tanib bo’lmas, Bu yo’llarni uqbasi ko’b, oshib bo’lmas. Jondin kechmay vahdat maydin totib bo’lmas, May no’sh etib, samo’ qilib yurur bo’lg'oy.
Jononani tobgon kishi o’zi bilmas, Omi xalqi tolib bo’lsa, qochib kelmas. Yuz ming nosih bo’lsa, andin pandin olmas, Elga o’zin gumroh qilib yurur bo’lg'oy.
Yuz ming oshiq kuysa-yonsa bo’lur xurram, Haq yodini har kim oytsa bo’lur hamdam. Ro’zi mahshar diydorig'a bo’lur mahram, Joni imon fido qilib yurur bo’lg'oy.
Alloh uchun jonin bergon zoe’ qolmas, Ikki olam anga bo’ston hargiz bo’lmas. Chin oshiqni sirri nihon xalq bilolmas, Ko’z yoshini guvoh qilib borur bo’lg'oy.
Oshiq o’lmas, qurbi so’lmas, ishqi javon, Xalq ichida og'zi xandon kuyar pinhon. Cho’llar kezib bo’zlab yurur Haq lomakon, Haq ishqini sano qilib yurur bo’lg'oy.
Ishq bog'ini kezgon oshiq o’zin bilmas, Kecha-kunduz mastu hayron o’zga kelmas. Go’sha istar xaloyiqqa ulfat bo’lmas, Haq vaslini fano qilib yurur bo’lg'oy.
Chin dardliklar dardsizlarni ko’zga ilmas, Zohid, obid, soliklarni tilga olmas. Qayda ko’rsa ishqsizlarni nazar qilmas,
Chin dardlikka davo qilib yurur bo’lg'oy. Oshiqlarni bilgonlarin xalq bilolmas, Huru g'ilmon jumla malak xayl kelolmas. "Saqohum rabbuhum"ni orzu qilmas,
Diydorig'a vafo qilib yurur bo’lg'oy. Huru qusur an-tahurdin olib kelgoy, Rizvon malak qadah sunub, ta’zim qilg'oy. Oshiqlari ko’zin yumub behush bo’lg'oy,
"Voshuqo!", deb qir ichinda yurur bo’lg'oy. Haq tomosha qilib, anga rahmat qilg'oy, Nur ichinda partav solib, shafqat qilg'oy. Yetmish fariq maloikni ulfat qilg'oy, Lutfi karam ato qilib yurur bo’lg'oy.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Juma, 16-Sen-2011, 14:53 | Сообщение # 69 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| - 56 -
Odam o’g'li o’lgusi, er ostig'a kirgusi, Kim yaxshidur kim yamon, anda ma’lum bo’lg'usi.
Munda o’zin bilgonlar, Haqqa qulluq qilg'onlar, Haq yo’lig'a kirgonlar, yorug' yuzluq bo’lg'usi.
Manman, qulman degonlar, er yuziga kelgonlar, Harom-harish yegonlar bir-bir javob berg'usi.
Munda o’zin bilmagon, nasihatni olmagon, Besh vaqt namoz qilmag'on, anda rasvo bo’lg'usi.
Agar oqil bo’lsangiz, nasihatni olsangiz, Besh vaqt namoz qilsangiz, anda foyda bo’lg'usi.
Qullug' qilg'il qulig'a, kirgil Haqni yo’lig'a, Yorliqog'on qulig'a, hurlar qorshu kelgusi.
Haqdin farmon bo’lg'onda, Azroil jon olg'onda, So’rug'-savol qilg'onda, anda hayron qolg'usi.
Hayron bo’lmas ul kishi, oqsa ko’zini yoshi, Haq bilan bo’lsa ishi, javob oson bo’lg'usi.
Toat qilg'il qishu yoz, Qul Xoja Ahmad, bo’l gudoz, Yuzi qaro benamoz, anda rasvo bo’lg'usi.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Juma, 16-Sen-2011, 14:53 | Сообщение # 70 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| - 57 -
Shariatning sharoitin tark etmayin, Tariqatning ishlarini ado qilsun. Tariqatda parhez qilib taqvo qilg'on, Ko’rub, bilib, halolidin judo qilsun.
Haqiqatning daryosidin guhar olg'on, Ma’rifatning maydonida javlon qilg'on. Kuyub-pishib ich bag'rini o’tqa solg'on, Ondog' oshiq alif qaddin duto qilsun.
Qiyomatning shiddatidin motam qursang, Nav tolibdek halqa ichra o’zung ursang. Qiyomatning shiddatidin na’ra tortsang, Mahshargohda ko’z yoshini guvoh qilsun.
Ushbu yo’lg'a kirgon oshiq jondin kechor, Jondin kechib shavq sharobin to’yo ichor. Rihlat qilsa churuk egnin kafan bichor, Faryod urub eshiklarda sado qilsun.
Qiyomatning shiddatini bilmagonlar, G'arib, faqir ko’rsa ko’zga ilmagonlar. Amri ma’ruf, nahy munkar qilmag'onlar, Xos bo’zurglar sani na deb duo qilsun?!
Haq zikrini oyg'onlarni dushman tutqon, Manlik qilib yaxshilarni bosib o’tgon. Halol-harom farqin qilmay olib yutqon, Ul fosiqni dilin na deb safo qilsun.
Takabburu manlik bilan havo qilg'on, Xalq ichinda harna qilsa riyo qilg'on. Kecha-kunduz dunyo uchun savdo qilg'on, Ul bandani oxiratda gado qilsun.
Xalq ichinda tasbeh qo’lg'a olib yurgon, Shayxmen teyu nodonlarg'a va’zin oyg'on. Nazrin olib kelgoymu deb qarab turg'on, Pir ul turur zohir, botin safo qilsun.
Kecha-kunduz Haqdin qo’rqub turg'on kishi, O’zin bilur o’zga bilan yo’qtur ishi. Ondin so’ngra nurg'a to’lur ichu tashi, Haqdin qo’rqub ko’zda yoshin ravon qilsun.
Qulman teyu Haq amrini qilmag'onlar, Nasihatni quloqig'a olmag'onlar. Sudu ziyon bo’lg'onini bilmagonlar, Ul fosiqlar Haqqa na deb vafo qilsun.
Hikmat eshtib, yig'lamag'on odam emas, Ko’ngli qattig', ko’zi aning namlig' emas. Beshak biling, dini aning mahkam emas, Qon yig'lag'il, ko’zing yoshi davo qilsun.
Ayo g'ofil, nodon bilan ulfat bo’lma, Nodonlarni suhbatig'a o’zung urma. Haq qahridin qo’rqub yig'la hargiz kulma, Qul Xoja Ahmad oshiqlardek navo qilsun.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Juma, 16-Sen-2011, 14:53 | Сообщение # 71 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| - 58 -
Haq taolo tavfiq bersa himmat qilib, Saharlarda tinmay yodin oyg'um kelur. Junbush qilib a’zolarim dard aylasa, Tavba qilib hazratig'a yong'um kelur.
Tolib bo’lub, ixlos qilib yo’lg'a kirsam, Bedor bo’lub, Haq diydorin to’yo ko’rsam, Parvonadek sham’in ko’rub o’zum ursam, Yo’q ersa tiriklikni otqum kelur.
Oshiqlarni davosidur Haqni yodi, Zokirlarni murodidur Haq diydori, Kecha-kunduz yig'lab qilur Haqqa dodi, Chin dardlikdin dardu mehnat tortqum kelur.
Tariqatga kirgon oshiq Haqni izlar, Na so’zlasa hol ilmini so’zin so’zlar, Saharlarda yodin oytib Arshni ko’zlar, Boyaziddek bir kun o’zum sotqum kelur.
Haqiqatni daryosig'a cho’mg'on oshiq, Ul daryodin guhar olib chiqqon oshiq, Guhar olg'on dargohig'a bo’lur loyiq, Loyiq bo’lub guhar olib chiqqum kelur.
Fano bo’lub bu dunyodin yig'lab o’tsam, Haq sharobin ichorman deb tashna ketsam, Shibliy yanglig' oshiq bo’lub, samo’ qilsam, Mundog' bo’lub shavq sharobin ichgum kelur.
Qul Xoja Ahmad, oshiqlardek jondin kechgil, Jondin kechib shavq sharobin to’yo ichgil, Toliblarga hikmat oytib, durlar sochqil, Piri mug'on etogini tutqum kelur.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Juma, 16-Sen-2011, 14:53 | Сообщение # 72 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| - 59 -
Ayo do’stlar, tavakkulni qilichini, Belga bog'lab yo’lg'a qadam qo’yg'um kelur. "La taqnatu" rahmatidin umid tutub, Mavaddatning gulzorinda yelgum kelur.
Oshiqlari javlon qilor ul maydonda, Ilon qamchi qilib minor ul arslong'a, Sir so’zini oytib bo’lmas har nodong'a, Sir so’zini donolarg'a oyg'um kelur.
Orif bo’lub oshiq bo’lsa dono ketor, Ondog' oshiq diydor uchun jonin beror. Ondog' qulg'a tongmi otor, kunmi botor, Tuni-kuni tinmay zori qilg'um kelur.
Nishonasi uldur, ani rangi sorig', Ondog' kishi bu dunyodin bo’lur forig'. Mosivodin yig'ib, o’zni ko’ngli yorig', Ma’rifatlar anga raxtin sotqum kelur.
Ayo do’stlar, tariqatda bozor ko’rdum, Raxtim tobib ul bozorda do’kon qurdum. G'ofil ko’nglum, o’zum anda bedor bo’ldum, Ro’zi bersa, tun-kun savdo qilg'um kelur.
Oshiqlari O’zi birla bozor qilur, Johil qullar mo’min ko’nglin ozor qilur. G'ofillardin Xudo, rasul bezor bo’lur, Hozir bo’lub, Haq zikrini oyg'um kelur.
Sidq birlan g'ofil hargiz tavba qilmas, Essiz umrin g'ofil kechrur hargiz to’ymas. Foniy umrung ming ishonsang boqiy bo’lmas, Tavba teyu tavba to’nin kiygum kelur.
Qul Xoja Ahmad, kechti umrung, g'ofil bo’lma, Nafsing so’zin qilibon botil yurma. Jahd etibon tun-kun zinhor johil yurma, Hozir bo’lub, Haqqa qulluq qilg'um kelur.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Juma, 16-Sen-2011, 14:54 | Сообщение # 73 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| - 60 -
"Yo Ahmadu, abdi" degon Subhon Izim, Bordur ani sharbatlari sonsiz telim. Oshiq qullar ichsun dedi ani Mavlim, Oshiq bo’lub ul sharbatdin ichgum kelur.
Kecha-kunduz ushbu jondin oshiq bo’lmas, Oshiqlarni ko’zda yoshi hargiz tinmas. Jon ayasa yaxshi yo’lg'a kirsa bo’lmas, Jondin kechib jononag'a borg'um kelur.
Himmat qurin mardonlardek belga bog'lab, Mansur sifat jondin kechib dorda o’ynab. Oshiqlar(dek) suhbat ichra qonlar yig'lab, Subhon Izim dargohiga borg'um kelur.
Qoldin kechmay hol tilini bilsa bo’lmas, Muhabbatni sharobidin ichsa bo’lmas. Ma’rifatni bozoriga kirsa bo’lmas, Qoldin kechib bo’ston ichra kirgum kelur.
Oshiq bo’lmay vafo nayni cholsa bo’lmas, Hozir bo’lmay Haq zikrini oytsa bo’lmas. Changu rubob sozlarini tuzsa bo’lmas, Sozin tuzub hamdu sano oygum kelur.
Sadaf yanglig' ishq o’rnida guharlaring, Mo’min qulga yaqin turur rahmatlaring, Oshiq qulga rohat turur zahmatlaring, Mehnat tortib, Xojam, sanga borgum kelur.
Oshiqlari har go’shada g'avg'o qilur, Qatra-qatra ko’z yoshini daryo qilur, Ul daryoda ishq guhari sonsiz turur, G'avvos bo’lub ul guhardin olgum kelur.
Qul Xoja Ahmad, uzun tunlar uyg'oq bo’lgil, Johillardin doim yiroq qocho ko’rgil, Ko’z yoshingni sorig' yuzga socho ko’rgil, Yoshim sochib hamdu sano oyg'um kelur.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Juma, 16-Sen-2011, 14:54 | Сообщение # 74 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| - 61 -
Haq taolo habibi, yo Mustafo Muhammad, Dardliklarni tabibi, yo Mustafo Muhammad. Izhor qildi Odamg'a, Odamdin to Xotamg'a, Nuri to’ldi olamg'a, yo Mustafo Muhammad.
Mahbubi pok sirdon, matlubi shohi mardon, Maxdumi kulli inson, yo Mustafo Muhammad. Me’roj yo’lig'a oshqon,..... dek ulashqon, Ummat uchun talashqon, yo Mustafo Muhammad.
Yetim qoldi otodin ham mehribon onodin, Taqdir bo’ldi Xudodin, yo Mustafo Muhammad. Yetim boshin siladi, teva bo’ldi Muhammad, Jonni jong'a uladi, yo Mustafo Muhammad.
Yetti yoshar yosh o’g'lon, dur qadrini bildi, Olti yong'oqqa sotti, yo Mustafo Muhammad. Teva bo’ldi "af" dedi, ummatini tiladi, Jabroil yetib keldi, yo Mustafo Muhammad.
Bu dunyoni suymadi, farcha nong'a to’ymadi, Haq qullug'in qo’ymadi, yo Mustafo Muhammad. Tilamadi otosin ham mehribon onosin, Qildi ummat duosin, yo Mustafo Muhammad.
Tangri(si)g'a talabgor, kecha-kunduz yig'lar zor, Bo’ldi ummatga muxtor, yo Mustafo Muhammad. Muhit daryoga tushti, Arshi a’lo(ni) oshti, Mavlosiga rozlashti, yo Mustafo Muhammad.
Shariatni so’zladi, tariqatni izladi, Haqiqatni ko’zladi, yo Mustafo Muhammad. Sabr ayladi qanoat, taqvo aylab qilovat. Kecha-kunduz ibodat, yo Mustafo Muhammad.
Ichib kavsar suyini, uzub jannat gulini, Izlab ani yo’lini, yo Mustafo Muhammad. Qul Xoja Ahmad, qil toat, tinmay oytgil salovot, Rasululloh bo’lg'oy shod, yo Mustafo Muhammad.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Juma, 16-Sen-2011, 14:54 | Сообщение # 75 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| - 62 -
Ayo do’stlar, yurak bag'rim bo’ldi kabob, Ishqsiz odam ishq qadrini bilgon bormu? Tuni-kuni g'urbat tortib ishq yo’lida, Bevosita Haq diydorin ko’rgon bormu?
Toshqin turgon daryolardek qaynab yurgon, Dunyo molin ko’rub, anga mag'rur bo’lg'on. Hoyu havas, moumanlik da’vo qilg'on, Qorun yanglig' dunyo molin ko’rgon bormu?
Ishq shiddati boshqa tushsa oshiq bilar, Begonalar toshlar otib anga kular. Devona deb boshin yorib qong'a bo’yar, Mansur yanglig' ishq dorig'a mingon bormu?
Oshiq Mansur "Analhaq" deb yoshi oqti, Chiltan birla hamroh bo’lub qabug' qoqti. Yurak bag'ri kabob bo’lub erib oqti. G'or ichinda chiltanlarni ko’rgon bormu?
Shayx Shibliy samo’ qilib doim yurdi, Taxtu baxtin tashlab Adham do’kon qurdi, Parvonadek sham’in ko’rub o’zin urdi, Parvonadek axgar bo’lub kuygon bormu?
Layli teyu sahrolarda Majnun o’tti, Laylini ko’rgan zamon hushi ketti. Hayron bo’lub, sarson bo’lub, boshi qotti, O’tgon oshiq eranlarni ko’rgon bormu?
Shirinni deb tog'lar qazib oshiq Farhod, Shirinni ko’rgon zamon qildi faryod. Aqlu hushin taroj qilib berdi barbod, Oshiq bo’lub o’lmay turub o’lgon bormu?
Zunnun Misriy o’z shahridin chiqib ketti, Shayx Boyazid yetmish yo’li o’zin sotti. O’zin bilmay vola bo’lub boshi qotti, Ondog' erlar da’vosini qilg'on bormu?
Ibrohim o’z o’g'lini qurbon qildi, Ismoil diydor teyu jonin berdi. Ko’zin ochib Haq jamolin hozir ko’rdi, Ismoildek Haq jamolin ko’rgon bormu?
Ko’b oshiqlar bu dunyodin o’tub ketti, Go’ruston manzilig'a borib yetti. Ahlu iyol, xonumonin toshlab otti, Ibrat olib qizil yuzi so’lg'on bormu?
Qul Xoja Ahmad, dardsiz o’tti umrung, angla! Xizmat qilib, eranlarni so’zin tingla. Nadomatda yoshing to’kub, tinmay yig'la, Munda yig'lab oxiratda kulgon bormu?
|
|
| |