RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Страница 1 из 8
  • 1
  • 2
  • 3
  • 7
  • 8
  • »
HIKMATLAR HAZINASI
RiderДата: Juma, 15-Yan-2010, 23:31 | Сообщение # 1
Admin yordamchisi
Группа: Usta
Сообщений: 2650
Статус:
Нафсга энг оғир келадигани бу – ихлосдир. Чунки, унда нафснинг насибаси йўқ.
Саҳл ибн Тустарий

=====================
Сизлардан олдинги қавм 3 сабаб туфайли: кўп гапиргани, кўп егани ва кўп ухлагани туфайли инқирозга юз тутди.
Иброҳим Наҳаий

=====================
Олимлардан ташқари ҳамма – ўликдир. Илмига амал қилувчилардан бошқа барча олимлар – сархушдирлар. Ихлослилардан бошқа барча амал қилувчилар – алдангандирлар. Ихлосли киши эса оқибати нима билан тугашини билгунича хавфдадир.
Саҳл ибн Тустарий
 
RiderДата: Juma, 15-Yan-2010, 23:35 | Сообщение # 2
Admin yordamchisi
Группа: Usta
Сообщений: 2650
Статус:
Ўғлим, диннинг боши ва охири бўлмиш бир нарсани бой бериб қўйма! Бу – намоздир. Уни барпо этиш билан динга кирилади, ташлашлик билан диндан чиқилади.
Умар ибн Ҳаттоб р.а.
-----------------------------------------------------------------------------------------
Аллоҳни чин севган киши одамларга танилмасликни яхши кўради.
Муҳаммад ибн Аъло
-----------------------------------------------------------------------------------------
Темирни, тошни кўтариб кўрдим, бироқ қарздан кўра оғирроқ нарсани кўтара олмадим.
Луқмони Ҳаким
-----------------------------------------------------------------------------------------
Ҳар кишики, Пайғамбарни суннатини ўзига ҳакам қилса – унинг сўзи ҳикматдир. Ҳар кишики, нафснинг ҳохишига тобеъ бўлса – унинг сўзи бидъатдир.
Абу Усмон Жаририй
-----------------------------------------------------------------------------------------
Қабрда ётаётганларни пушаймон қилаётган ишлар устида тириклар бугун бир-бирлари билан қирпичоқ бўлмоқдалар. Имом Ғаззолий
 
RiderДата: Payshanba, 22-Apr-2010, 21:00 | Сообщение # 3
Admin yordamchisi
Группа: Usta
Сообщений: 2650
Статус:
Olim kishi kechalari qoyim, kunduzlari ro‘zador mujohiddan afzaldir. Olim vafot etsa, Islomda bir yoriq paydo bo‘ladi. U yoriqni faqat olimning o‘rinbosarigina to‘ldiradi.
Ali ibn Abu Tolib
 
RiderДата: Juma, 23-Apr-2010, 23:09 | Сообщение # 4
Admin yordamchisi
Группа: Usta
Сообщений: 2650
Статус:
Qalb kasallarini davolash besh ish bilan bo‘ladi:
Qur’onni tadabbur bilan (ma’nosini anglab) tilovat qilish,
Kechasi tahajjud namozi o‘qish,
Saharlarda Allohga yolvorish,
Do‘stlar bilan suhbat
va kam yeyish.

Ibrohim Havvos
 
RiderДата: Yakshanba, 25-Apr-2010, 22:09 | Сообщение # 5
Admin yordamchisi
Группа: Usta
Сообщений: 2650
Статус:
Alloh taolo Islomdan nasiba olgan kishini Islomdan benasib kishi kabi qilib qo'ymaydi.
Ibn Ma'sud

Olimlar yulduzlarga o‘xshaydi. Agar ko‘rinib tursa, odamlar ular bilan yo‘l topishadi. Agar ko‘zdan yo‘qolib, zulmatda qolsalar, qayoqqa yurishni bilmay hayron qolishadi.

Hasan Basriy

Har bir narsaning chegarasi bo‘ladi. Islomning chegaralari quyidagilar: taqvo, kamtarlik, sabr, shukr. Taqvo - ishlarning asosi, kamtarlik -kibrdan uzoq bo‘lish, sabr - do‘zaxdan najot topish, shukr - jannat bilan mukofotlanishdir.

Abu Muso al-Ash’ariy

Amallarning eng og'iri to'rttadir: g'azab kelganida yutib yubormoq, qiynalgan vaqtda sadaqa qilmoq, holi qolganda ham pok bo'lmoq va o'zi qo'rqadigan yoki biror narsa tama' qiladigan kishisiga haq so'zni aytmoq".

Ali ibn Abu Tolib r.a.
 
RiderДата: Yakshanba, 25-Apr-2010, 22:11 | Сообщение # 6
Admin yordamchisi
Группа: Usta
Сообщений: 2650
Статус:
Taqdirga rozi bo‘lishlik Allohning eng katta eshigidir. Dunyoning jannati, obidlar va ahli rizolarning halovatidir. Ular o‘zlariga yetgan balolardagi savob va yaxshiliklarni mulohaza qiladilar. Qazoga zarracha shubha bildirmaydilar. Gohida taqdirga rozi bo‘lishning savobini o‘ylab, musibatlarning alamini ham unutadilar. Gohida balo yuborayotgan Zotning ulug‘ligiga, kamolotiga qaraydilar. Shunda bu ulug‘vorlikni yanada chuqurroq his qiladilar, hatto alam va sitamlarni sezmay qoladilar. Aksincha, o‘zlari suygan Zotni qalblarida yaqinroq tuyganlari uchun lazzat oladilar
Abdulvohid ibn Yazid
 
RiderДата: Dushanba, 26-Apr-2010, 22:19 | Сообщение # 7
Admin yordamchisi
Группа: Usta
Сообщений: 2650
Статус:
Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofaza qiladi, molni esa sen qo‘riqlaysan. Ilm hokim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan kamaysa, ilm ziyoda bo‘ladi
Ali ibn Abu Tolib
 
RiderДата: Dushanba, 26-Apr-2010, 22:21 | Сообщение # 8
Admin yordamchisi
Группа: Usta
Сообщений: 2650
Статус:
Hushu'siz o'qilgan namozda, bekorchi so'zlardan tiyilmay tutilgan ro'zada, tafakkursiz o'qilgan qiroatda, parhezsiz ilmda, ehson qilinmagan molda, bir-birini himoya qilinmagan birodarchilikda, doimiy bo'lgan ne'matda, ihlossiz qilingan duoda hech qanday yahshilik hayr yo'qdir.
Ali ibn Abu Tolib r.a.
 
RiderДата: Yakshanba, 09-May-2010, 21:08 | Сообщение # 9
Admin yordamchisi
Группа: Usta
Сообщений: 2650
Статус:
Qur’on amal qilishingiz uchun nozil bo’lgandir. Faqat o’qib yurishingiz uchun emas.

Ali ibn Fuzayl
 
RiderДата: Payshanba, 20-May-2010, 21:32 | Сообщение # 10
Admin yordamchisi
Группа: Usta
Сообщений: 2650
Статус:
Ўлим дунёнинг бор-йўғини очиб ташлади, ақл эгаси учун унда бирор-бир қувонч қолдирмади.
Ҳасан Басрий

Дўстингизни тез-тез зиёрат қилиб туринг, зеро юрилмаган йўллар устини тикан ва бўталар қоплайди

Ҳаким

Одамлар билан оловга муомала қилгандек муносабатда бўл. Фойдалилардан баҳраманд бўлгину, куйдирадиганларидан огоҳ тур.

Шақиқ Балҳий
 
RiderДата: Payshanba, 20-May-2010, 21:37 | Сообщение # 11
Admin yordamchisi
Группа: Usta
Сообщений: 2650
Статус:
Ҳақиқатни одамларга қараб танима, балки, аввал ҳақиқатни топиб ол, шундан кейин уни ахлини танийсан
Ҳазрати Али р.а.

Эй одам фарзанди, агар сенга намозинг қадрсиз бўлса, у ҳолда динингдаги қайси нарса сен учун азиз? Ҳолбуки, сен Қиёмат кунида биринчи бўлиб намозингдан сўраласанку!

Ҳасан Басрий

Нафсга энг оғир келадигани бу – ихлосдир. Чунки, унда нафснинг насибаси йўқ

Саҳл ибн Тустарий
 
RiderДата: Chorshanba, 02-Iyun-2010, 22:14 | Сообщение # 12
Admin yordamchisi
Группа: Usta
Сообщений: 2650
Статус:
Одамларга ҳам, ўзимга ҳам ҳайронман. Ҳудди ҳеч нимани билмагандай, ҳудди жаннат калитини чўнтагмизга солиб қўйгандай бемалол ухлаяпмиз, бемалол тунни ўтказаяпимиз, буюк ҳақиқатни ичимизга ютиб.
Маҳмуд Носир

Игна билан тоғни қазимоқ – кибрни кўнгиллардан чиқармоқдан осонроқдир

Абдулҳошим Суфий

Ким дунё муҳаббати билан ҳолиқнинг муҳаббатини бир қалбда жамладим деса, аниқки у ёлғон сўзлабди.

Имом Шофеъий
 
RiderДата: Seshanba, 31-Avg-2010, 22:38 | Сообщение # 13
Admin yordamchisi
Группа: Usta
Сообщений: 2650
Статус:
Инсон гапиришдан олдин ўйлаши, ҳеч қандай зарар бўлмаслигига кўзи етгач, сўзлаши лозим. Агар сўзлашдан зарар бўлиш эҳтимоли бўлса, сукут сақлагани маъқул.
Имом Шофеъий

Ким ичкарисин ўнгласа, Аллоҳ таоло унинг ташқарисини ўнглайди.

Умар ибн Ҳаттоб р.а.

Одамларнинг ким билан юрганларига эътибор беринглар. Улар ўзларига ўхшаганлар билан бирга бўладилар.

Абдуллоҳ ибн Масъуд р.а.
 
OSIYOДата: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:33 | Сообщение # 14
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
DEVONI HIKMAT
Xoja Ahmad Yassaviy

- 1 -

Ayo mo’min, kirgil yo’lg'a murod istab,
Jon bahridin o’tgin Rahim Rahmon uchun.
Gunohingga pushaymon bo’l sidqing birla,
Tavba qilg'il rahm etguvchi G'ufron uchun.

Tanda joning mehmon erur necha kunlar,
Qon yig'lag'il qayg'u birla uzoq tunlar.
Nechuk bo’lg'oy holim debon yiroq yo’llar,
Shoyad qabul qilg'oy sandek hayron uchun.

Lutf aylasa, mushkul ishlar bo’lur oson,
Ug'on Izim bandam desa qolmas armon,
Ne’mat berur dunyo ichra turluk alvon,
Bino qildi sakkiz behisht mehmon uchun.

Zohid qullar taqvo qilib namoz o’qur,
Nasib qilsa anda borib hurlar quchur,
Oshiq qullar Mansur yanglig' jondin kechur,
Qurbon bo’lur dor ustida jonon uchun.

Harom erur oshiqlarg'a g'ayr az Xudo,
Xato erur talab qilsa har du saro.
Muhabbatsiz toatlaring - bodi havo,
Mag'rur bo’lma dunyo, uqbo, rizvon uchun.

Yo Rabbano, xo’b bilursan jumla asror,
Ko’btur munda jurmu isyon, qilma izhor,
Qahr aylama man osiyga Izim Jabbor,
Bag'ishlag'il ul hurmati Furqon uchun.

Qul Xoja Ahmad, lof urubon ayding muni,
Lof urursan muhabbatdin, ahding qani?
Na eranlar bu dunyodin bo’ldi foniy,
Nafs ilgida o’ldung misli hayvon uchun.
 
OSIYOДата: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:34 | Сообщение # 15
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
- 2 -

Oshiqlari zikrin oytib hormas ermish,
Borg'on sori yigit bo’lur, qormas ermish.
Halqa topsa, oshiq ishga hormas ermish,
Kahf itidek orif so’ngidin qolmas ermish.

Orif so’ngig'a erishgonlar mazo topti,
Mazo topib, Haq yo’lida rizo topti.
Jismu jonin fido qilib g'izo topti,
Chin oshiqlar ursa-so’ksa tonmas ermish.

Qitmir itdin ibrat olg'il oshiq ersang,
Oqsoqlanib yo’ldin qolma sodiq ersang.
Erlar sevur yaxshi qulg'a loyiq ersang,
Loyiq bo’lg'on qullar yo’lda qolmas ermish.

Tavfiq tilab eranlarg'a yovuqlang'il,
Ko’ngul uzub taalluqdin sovuqlang'il.
Dunyo qo’yub, oxiratg'a ozuqlang'il,
Ozuq olg'on aro yo’lda qolmas ermish.

Oshiq qullar jafo tortsa, qonlar yutar,
Harna jafo tegsa, oni rohat tutar,
Mehnat tortmay, jafo chekmay qachon yetar,
Bu holatda bo’lg'on oshiq qolmas ermish.

Oshiq qullar ingroyurlar tun-kun tinmay,
Zor ingrabon na’ra uror bag'ri tolmay,
Zokir qullar arra tortor doim hormay,
Suhbat topsa jon o’ynotib hormas ermish.

Ergashgonlar yaxshilarg'a zoe’ qolmas,
Sidqi birla chin ixloslig' topmay qolmas,
Chin yo’llarg'a qadam qo’yg'on ursa qoytmas,
Tolib qullar matlubidin qolmas ermish.

Qul Xoja Ahmad, oriflarg'a moyil bo’lgil,
Harna desa, bo’yunsunib qoyil bo’lgil,
Xizmat qilib yugrub yurub soyil bo’lgil,
Xizmat qilg'on murodina yetor ermish.
 
  • Страница 1 из 8
  • 1
  • 2
  • 3
  • 7
  • 8
  • »
Поиск:
Этот сайт использует файлы cookies для более комфортной работы пользователя. Продолжая просмотр страниц сайта, вы соглашаетесь с Политикой использования файлов cookies.
UzigaBek online