A resized and cropped image
  • Page 1 of 1
  • 1
Abdulla Oripov she'rlari
@Shaxona0423Date: Shanba, 25/10/18, 2:19:01 PM | Message # 1
Orta tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 48
Status:


Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida, ya’ni Yilboshi bayrami kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko’z qishlog’ida tug’ildi. Qishloq Qo’ng’irtov etagiga o’rnashgan bo’lib, oqar suv taqchil bo’lsa-da, seryomg’ir kelgan yillarda ko’kat-u maysalarga ko’milib qoladigan kengish joy edi. Bu haqda shoirning o’zi: “Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yog’in ko’p tushar, Qo’ng’irtov etaklari ming xil o’t-o’lan, chuchmoma-yu qizg’aldoqlar bilan, quyonto’pig’-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qo’zigullar bilan qoplanar, atrof-tevarak jannatiy bir manzara kasb etardi. Sel suvlari to’planib qolgan kichik-kichik ko’llarni “qoq” deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola-baqra chuchmomay-u ismaloq, zamburug’ terib, Qo’ng’irtov etaklarida kunlarini kech qilar edi”, — deb yozadi. Ana shunday go’zal maskanda tug’ilib o’sgan Abdulla Oripovning otasi Orifboy Ubaydulla o’g’li ishbilarmon dehqonlardan bo’lib, jamoa xo’jaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo ko’pchilik o’zbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, g’oyat ta’sirchan va ezgulikka tashna ayol bo’lgan. Oilada to’rt o’g’il, to’rt qiz bo’lib, Abdulla o’g’illarning kenjasi edi. Bolaligi qishloqdagi boshqa tengdoshlariniki qatori o’tdi: qo’y boqdi, suv tashidi, pichan o’rdi, yantoq chopdi, somon to’pladi. Ayni vaqtda, u boshqacharoq ham edi: qandaydir xayolchan, serta’sir, o’ychil, kitobga haddan tashqari ko’ngil qo’ygan. Abdulla hali maktabga bormay turib, qandaydir so’zlarni bir-biriga uyqash qilib aytib yurishni xush ko’rar, so’zning mazmunidan ham ko’ra ohangi uni rom etardi. Buni shoir keyinchalik shunday eslaydi: “...birinchi she’rlar yoza boshlaganimga nima turtki bo’lganini aniq bilmayman. Har holda so’zlarni qofiyalashga ishqiboz bo’lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqim toshib, nimadir yozgim kelaverardi. Fikr esa yo’q. Yozmaslikning ham iloji yo’q”.   Abdulla Oripov o’z qishlog’idagi yetti yillik maktabda o’qiy boshladi. 1958- yilda qo’shni Tayzan ovulidagi o’rta maktabni oltin medal bilan bitirgan yigit Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU) “O’zbek filologiyasi” fakulteti jurnalistika bo’limiga o’qishga kirib, uni 1963- yilda imtiyozli diplom bilan bitirdi. Abdulla Oripov oliy maktabni tugatgach, Toshkentdagi sobiq “Yosh gvardiya” nashriyotiga muharrir bo’lib ishga kiradi. Bu yerda to’rt yil ishlagach, 1967—1974-yillarda G’afur G’ulom nomidag’i nashriyotda muharrir, katta muharrir bo’lib xizmat qiladi. 1974—1976- yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida bo’lim boshlig’i bo’ladi. Olovli she’riyati bilan muxlislarining mehrini qozongan shoir 1976—1982- yillar orasida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy maslahatchisi sifatida adabiyotga endi kirib kelayotgan yosh ijodkorlarga rahnamolik qildi. 1982—1983- yillarda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat bo’limida mas’ul kotib bo’lib faoliyat ko’rsatdi. 1983- yilda shoir o’quvchilarning jurnali “Gulxan”ning bosh muharriri bo’ldi va u yerda 1985-yilgacha, ya’ni O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi lavozimiga o’tguncha ishladi. Uyushmaning kotibi sifatida uch yil ishlagan Abdulla Oripov 1988-yilda O’zbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish qo’mitasi raisi vazifasiga o’tkazildi. 1996-yilning mart oyidan 2009 yilga qadar shoir O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi vazifasida mehnat qildi. Abdulla Oripov 1983- yilda Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. Shu yili unga “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi. 1994-yilda Alisher Navoiy nomidagi respublika davlat mukofotiga loyiq ko’rildi, 1998-yilda esa shoir “O’zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. Abdulla Oripov O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining muallifidir. Birinchi marta respublika matbuotida “Qushcha” deb atalgan she’ri chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi. Shoirning birinchi she’rlar to’plami “Mitti yulduz” esa 1965-yilda chop etilgan. Undan keyin “Ko’zlarim yo’lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “O’zbekiston”, “Qasida” (1972), “Xotirot” (1974), “Yurtim shamoli” (1974), “Jannatga yo’l” (1978), “Hayrat” (1979), “Hakim va ajal” (1980), “Najot qal’asi” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Haj daftari” (1992), “Saylanma” (1996), “Sohibqiron” (1996), to’rt tomlik “Tanlangan asarlar” (2000—2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi. Abdulla Oripov xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan. U Dantening “Ilohiy komediya” asarini, L.Ukrainka, T.Shevchenko, N.Nekrasov, Q.Quliev, R.Hamzatov singari shoirlarning she’rlarini mahorat bilan o’zbekchaga o’girgan. O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 2016-yil 5-noyabr kuni ertalab AQShning Xyuston shahrida 75 yoshida vafot etdi.


Manba https://tafakkur.net/abdulla-oripov.haqida
Attachments: 04524077.jpg (79.2 Kb)


❤️Tillaqoshlar
❤️zebigardon.
❤️Abadoklar.
❤️Munchoglar.
❤️acsesuarlar.
 
@Shaxona0423Date: Shanba, 25/10/18, 2:21:40 PM | Message # 2
Orta tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 48
Status:
BOBUR


Men-ku, oddiy odam,
Shundoq bo‘lsa ham
Shukr, bas, degancha g‘animlarim bor.
Shart emas ularga ta’rif chinakam,
Biri jununsifat, birovi hushyor.

Biroviga yoqmas jindek jur’atim,
Biroviga yoqmas men yurgan yo‘lak.
Nogoh biror joyda chiqsa suvratim
Biri uxlay olmay qiynalsa kerak.

Biz shunday o‘tamiz,
Ya’ni kun ko‘rib...
Maydagina kuchsiz, maydagina zo‘r.
Hayotning mana shu burjidan turib,
Men Sizni o‘yladim, hazrati Bobur.

Siz - zobit, dastini cho‘zgan dunyoga,
Siz - shoir, mangu bir alanga yoqqan.
Nainki bandalar, Sizning siymoga
Ne-ne saltanatlar kek bilan boqqan.

Bahodirlik ichra yor Sizga Humoy,
Siz ulug‘ zotlarning izin bosgan er.
Nazmiy sajdagohda Sizga, hoynahoy,
Imomlikka o‘tgay faqat Alisher.

Ha, yolg‘iz she’r qoldi, boshqasi, abas,
Yetti iqlim aro doston naqlingiz.
Ne baxt, parchin bo‘lib toj degan qafas,
Bizga yetib keldi olmos aqlingiz.

Ayting, ne topdingiz Siz kezib dunyo,
Hanuz boqisharlar sho‘rishga to‘lib.
Shoirsiz, yaxshisi, qolingiz, Mirzo,
Mushfiq yurtingizda bir shoir bo‘lib.
1983

Abdulla Oripov


❤️Tillaqoshlar
❤️zebigardon.
❤️Abadoklar.
❤️Munchoglar.
❤️acsesuarlar.
 
MarsDate: Shanba, 25/10/18, 2:26:54 PM | Message # 3
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 14
Status:
СОЗИМ


Мен шоирман,
Истасангиз шу,
Ўзимники эрур шу созим,
Бировлардан олмадим туйғу,
Ўзгага ҳам бермам овозим.

Мен куйладим — гоҳ дилда кадар,
Гоҳ севиниб шеър тўқийман мен.
Тингламаса ўзгалар агар,
Ўз-ўзимга шеър ўқийман мен.

Мен куйладим ушбу оламда
Инсон бўлиб туғилганимни.
Мен куйладим баъзан аламда
Йиғлаб-йиғлаб бўғилганимни.

Мен куйладим бу олам аро
Собит турган халқимни фақат,
Мен куйладим ўтмишнинг қаро
Зулматида йўқлигин шафқат.

Керак бўлса, амр этса юрак,
Келтирурман умримга имон.
Менинг учун на таъзим керак,
На ҳалвойтар каби шуҳрат-шон.

Шайдо бўлиб юрганда бирдан
Хаёлимга ташламанг каманд.
Мижғов ва паст, ғийбат гаплардан
Жажжи шеърим қўюрман баланд.

Хаёл каби кенг эрур олам,
Майда гапни кўтармагай шеър.
Керак бўлса менинг учун ҳам
Жавоб берар бобом Алишер.

ABDULLA ORIPOV
 
Red-skinDate: Shanba, 25/10/18, 2:28:39 PM | Message # 4
Yahshi tajribali
Group: Мoderator
Messages: 308
Status:
SHAROF RASHIDOV XOTIRASIGA


Marhumlar hayotdan erurlar yiroq,
Demakki, yiroqlar xushomaddan ham.
Makru nayranglarin qo‘ymaydi biroq,
Toki hayot ekan Nobakor Odam.

Ularning turfa xil odatlari bor,
Avval ganjlarini ko‘mgay tuproqqa.
So‘ng birdan o‘zlarin his etib nochor,
Gavharim qayda deb tushgay titroqqa.

Dunyoda har kimga qismat yor emish,
Kimdir toj kiygaydir, kimlardir kuloh.
Go‘yoki Alisher sizga ham dermish:
“Siyrating darveshu suvratingdir shoh”.

Ezgulik niqobin yuziga tortgan
Manfur bir maydonda surgandingiz ot.
Kimdir o‘z padarin bir pulga sotgan,
Qo‘l-oyoq kishanda, talangan bisot.

O’ychan ko‘zingizda ne g‘am bor edi,
Kelajakmidi yo moziyning shoni?
O’zbek-ku, bir erkka intizor edi,
Sizni ado qildi ming bir armoni.

Erksevar ellarning orzusin yoqlab,
Xayol dengizida tunlar suzgansiz.
Istiqlol so‘zini yurakda saqlab,
Siz qafas ichida gullar tuzgansiz.

Shoirman, bo‘ynimda she’rning gunohi,
Sohibin asraydi Saltanat makkor.
Ochko‘z, amalparast kimsalar gohi
Adolat menman deb topgay e’tibor.

Ularning dastidan notinch el, zamon,
Tanimay qolursan oq-qorani ham.
Chalg‘itib kelganlar topganda imkon,
Hattoki Temuru Boyqaroni ham.

Odildir - kim elni boshlagan baxtga,
O’zi o‘tda yonib, yo‘lni ochganlar.
Lekin intilarkan toj ila taxtga,
Vo ajab, ko‘pincha dordan qochganlar.

Qulluq, Sharof ota, ming bora qulluq,
Boqiy O’zbekiston sizga ham yodgor.
Bugun u istiqlol shavqiga to‘liq,
Xizmatingiz eslar takror va takror.

Ilohi, har kimga bersinu to‘zim,
But bo‘lsin Vatanning metin qo‘rg‘oni.
Sizni qo‘llab turar O’zbegim - o‘zim,
Va, yurtning posboni - jasur o‘g‘loni!

Sulton bo‘lmasangiz, Sharof ota, gar,
Yashardingiz qalam qo‘ldoshi bo‘lib.
Poklikka, vafoga timsol muqarrar,
Xursanoy ayaning yo‘ldoshi bo‘lib.
1992 yil 2 noyabr

Abdulla Oripov


Message edited by Red-skin - Shanba, 25/10/18, 2:29:35 PM
 
@Shaxona0423Date: Juma, 25/11/07, 5:16:36 PM | Message # 5
Orta tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 48
Status:
Savob

Avji saratonda hansirab, yonib,
Qovrilib olovli yo'llar taftida,
Muzdayin buloqdan suv ichgan qonib,
Hordiq olganmisan chinor tagida?

Ruhingni safoyu taningda mador,
Umidbahsh ko'shiqlar kuylaganmisan?
O'sha payt, o'sha on hech qursa bir bor
Chinorni kim ekkan o'ylaganmisan?

Ro'baro' kelding sen toshqin daryoga,
Qolding sohil uzra chorasiz, giryon,
Lekin yuliqqanday ajib ro'yoga,
Qarshingda bir ko'prik bo'ldi namoyon.

Bamisli uzala tushgan xor vujud,
Ko'targay u turfa insonlar korin.
O'tding sen daryodan salomat va but,
Lekin o'yladingmi ko'proq me'morin?

O'rmonlar bag'rida sayr etgan sayyoh,
Changalzor qo'ynida sargardon ovchi,
Mo'jaz boshpanani ko'rdingmi nogoh,
Uni qoldirmishdir qay bir yoТlovchi.

Qoldirmish u senga qaro kun uchun,
Bir chimdim tuz bilan juft chaqmoq tosh.
O'ylab ko'rganmisan, bu himmat nechun,
O'ylab ko'rganmisan, kimdir u g'amdosh?

Ha, inson umrining kechmishi ajab,
Goh, to'ng'ar, goho u yashnar qulf urib Е
O, balki qaysi bir fidoyi sabab,
Yuribsan sen hayot nash'asin surib.

Ayt, axir o'zing ham to borsan sobit,
Kimsaha nasiba uzatganmisan?
Ko'changdan lapanglab oТtganda tobut,
Sen uni to'rt qadam kuzatganmisan?

Chorasiz bir inson uchragan damda,
Unsiz so'rog'iga qildingmi javob?
Ayt-chi, bilarmisan, yorug' olamda
Bularning barchasi atalgay savob.

Yo'q, yo'q, o'zga erur bid'at va karam,
Himmatu saxovat tiriklarga xos.
Bobolar beta'ma qurgan dunyo ham
Asli savob uchun qolgan bir meros

Kimdir tuzar uni, kimdir buzadi,
KImdir borini ham qiladi barbod.
Kimdir ta'ma bilan dunyo kezadi,
Kimdir o'ksuk dilni etadi obod.

Savob deb ungraydi dunyomiz behold,
Zordir u najotbaxsh hislar sehriga.
Janglarda toliqqan majruh zot misol,
Suyanib yashar u inson mehriga.

To hayot ekanmiz savobga zormiz,
Yilt etgan shu'ladan dillar fayziyob.
Goh ga'mgin, goh esa umidga yormiz,
YoТqolmasa deymiz dunyoda savob.

Axir uning bilan gullagay ochun,
Axir uning bilan umrlar shoyon.
Faqat savob borki, ajahon bus butun,
Faqat savob borki, azizdir Inson!

✍Abdulla Oripov


❤️Tillaqoshlar
❤️zebigardon.
❤️Abadoklar.
❤️Munchoglar.
❤️acsesuarlar.
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: