Bolalar uchun she'rlar
|
|
ilyosbek | Date: Yakshanba, 23-Dek-2012, 10:25 | Message # 31 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
| OTA
Dunyo teskari ketsaxam otam yonimda, Osmon tushsa xam suyanchim bag'rimda, Nega yetmaymiz vaxtida otamizning qadriga, Yo'llar ayro bo'lsa xam yo'lboshchim oldimda.
|
|
| |
ilyosbek | Date: Yakshanba, 23-Dek-2012, 10:59 | Message # 32 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
| Ustozlarga she'r
Qadri bilinadi menga endi goh, Olis maktabimning o’sha behasham… Navoiy-ku bizga ustazdir, biroq Kimgadir o’qitgan-ku Navoiyni ham. Shunday buyuk zodga xarf o’rgatgan kim?... Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor, bezota jonlar, Ammo qanotida tog’dek ulug’vor, Ammo Temurdayin Sohibquronlar Firim deb , etgain o’pgan bor. Qaysar joxongirda yo’l ko’rsatgan kim? Odddiy muallim-da, oddiy muallim. Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan, Mashrafni mashhuri dunyolar qilgan, Husaynni – Ibn Sinolar qilgan, Iloh so’z o’rgatgan kim? Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan, Qoqlinsa ko’targan qo’ltiqlaridan, Otadek ezilgan g’usaga botsa, Boladek quvongan yutuqlaridan, Uyqida shogrdin o’ylab yotgan kim?... Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh — Halim topolmadim undan halimroq. Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh, Olim topolmadim undan olimroq. Bola yuragimda bеbaho tilsim — Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa — Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa, So’nggi safar sari otlangan chog’im, Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim, Oddiy muallim-da, oddiy muallim!
|
|
| |
ilyosbek | Date: Yakshanba, 23-Dek-2012, 11:00 | Message # 33 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
| O'QUVCHIGA ESDALIK. Bo'lay desang bog'bon, Yo Vatanga posbon, Yo osmonda uchuvchi, Yo dengizda suzuvchi, Nimaki qilsang tilak— Bariga o'qish kerak. O'quvchi, sendan talab: Maktabga bor ertalab. O'qi berib mehringni, Qo'yib ko'ngil, zehningni
Message edited by ilyosbek - Yakshanba, 23-Dek-2012, 11:01 |
|
| |
ilyosbek | Date: Yakshanba, 23-Dek-2012, 11:01 | Message # 34 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
| MUALLIMIM. Ko’z o’ngimda Ochdi dunyo Muallimim. Yo’llarimga Sochdi ziyo Muallimim. Go’dak edim Ona kabi Parvarishlab, Ulg’aytirdi Meni dono Muallimim. Shagirdmanki Taxt turaman Xizmatiga, Qilsa agar Bitta imo Muallimim.
|
|
| |
ilyosbek | Date: Yakshanba, 23-Dek-2012, 11:02 | Message # 35 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
| O'QITUVCHIM. «Alifbe»dan o'rin olgan, Bir kam o'ttiz harflarni «Alla», «Anor», «Bahor», «Bayroq»— Kabi oddiy gaplarni — O'rgatgan kim? — O'qituvchim.
Sodda, ziyrak, biroz sho'xmiz, Qiziquvchan, sertalab. «Lo-la», «Osh-ol» so'zlarini, Toqat bilan erkalab — Yozdirgan kim? — O'qituvchim.
Harf tanitib, burro qilgan, Anvarni, Sanobarni. Kim o'rgatgan karralarni, To'rt amal, barobarni? Ayt-chi, Azim! — O'qituvchim.
Kitobni shar, o'qir Hulkar, Rosti gap ishonmadik. Biz «Alifbe» bayramini, Juda zo'r nishonladik. — Ustozing kim? — O'qituvchim.
Bizlar shaymiz: — Labbay, — deb Ustozlar xitobiga. Bolajonlar navbat keldi, Endi «O'qish kitobi»ga. — O'rgatar kim? — O'qituvchim.
|
|
| |
ilyosbek | Date: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:04 | Message # 36 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
| USTOZIMGA Sof ezgulik tilagi,
U ham bizga onadir.
Ilm-u hikmat qasrida
Ilk ustoz yagonadir.
Tunlar sizga hamnafas,
Qog'oz, kitob uyulgan.
Qo'lingizda siyohdon
Dil mehringiz quyilgan
Baholar a'lo, yaxshi,
Ayamaysiz maqtovni.
Charchamaysiz, hormaysiz
Sabringiz baland tog'mi?!
Yillar o'tib ulg'ayib,
Bergan so'zim oqlayman
Yuz yoshda ham shu holda
Turishingiz xohlayman
|
|
| |
ilyosbek | Date: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:05 | Message # 37 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
| USTOZ Yodimda maktabga kelgan ilk kunim
Hayajon yoshlarim oqqandi qator.
Bilimlar eshigin ochmoqlik uchun,
Hali qo'llarimda yo'q edi mador.
Shirin tabassum-la
mehrda cheksiz,
Bir inson yo'limga
chiqqandi peshvoz.
Bugun chin yurakdan
etayapman his,
O'shal siz edingiz,
mehribon ustoz.
O'sha siz edingiz, tanidim, suydim,
Siz sabab kitobga qunt, mehr qo'ydim.
Qo'lga qalam tutib, tug'yonga to lib,
"Vatan " deb yozdim-u, yurt mehrin tuydim
|
|
| |
ilyosbek | Date: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:06 | Message # 38 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
| USTOZGA Ustoz! Dili bahorim,
Buloqday beg'uborim,
Ishongan suyanch tog'im
Omon bo'ling, ustozim.
Aqlimizga nur ziyo,
Mehribon padar go'yo,
Berib ta'lim-tarbiya
Omon bo'ling, ustozim.
Komil avlod bog'boni,
Yuksaltuvchi Vatanni,
Millatning sharaf-shoni
Omon bo'ling, ustozim
|
|
| |