Yetkazib berish xizmati xodimi ICE agentlarini dog'da qoldirdi
Amerikaning Chikago shahrida bir nechta ICE agentlari ko‘chada yetkazib berish xizmatida ishlaydigan erkakni ushlamoqchi bo‘ldi. Biroq erkak velosipediga o‘tirgan holda ulardan qochib ketishni uddaladi.
Tarmoqlarda xodimlardan qochib ketgan “dostavka”chini olqishlab, “uni darhol olimpiadaga yuborish” kerakligini yozishgan. Shuningdek, u hech qachon buyurtmalani yetkazib berishda kechikmasligini qayd etib hazil ham qilishgan. Boshqalar esa xodimlar atayin unga qarshi kuch ishlatmay, qochib ketishiga yo‘l berganini ta’kidlagan.


BBC’ning yozishicha, AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xodimlari reyd o‘tkazib, ko‘chada bir nechta kishini “tashqi ko‘rinishiga qarab” ushlagan.
Qayd etish joiz, bunday reydlar prezident Donald Trampning qattiq immigratsiya siyosati sabab ro‘y bermoqda.




