A resized and cropped image
/ Sayt yangiliklari / O'zbekiston xabarlari / O‘zbekiston AQShga 135 milliard dollar investitsiya qiladi
25/12/04

O‘zbekiston AQShga 135 milliard dollar investitsiya qiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston bilan umumiy qiymati 135 milliard dollarlik savdo-iqtisodiy shartnoma imzolanganini ma’lum qildi va ushbu kelishuvni ajoyib deb baholadi. Unga ko‘ra, keyingi uch yil davomida O‘zbekiston AQSh iqtisodiyotiga qariyb 35 milliard dollar sarmoya kiritadi, kelgusi o‘n yil davomida esa ushbu ko‘rsatkich 100 milliard dollardan oshadi.

Bu sarmoyalar AQShning muhim sohalarini, jumladan, nodir foydali qazilmalarni qazib olish, aviatsiya, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. O‘zbekiston, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, axborot
texnologiyalari, kimyo sanoati va energetika sohalariga ham sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Oq uy rahbari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, Vashington va Toshkent o‘rtasidagi hamkorlik yanada samarali bo‘lishiga umid bildirdi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining AQShga tashrifi davomida tomonlar bir qator hujjatlar imzolashdi.

Ular orasida amerikalik Denali Exploration Group va Re Element Technologies kompaniyalari bilan nodir yer elementlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlari mavjud. Bundan tashqari, O‘zbekiston Boeing samolyotlarini, soya loviyasi va shroti xarid qiladi.

 

Shuningdek, tomonlar sun’iy intellekt va suvni tejovchi texnologiyalar sohalarida ham hamkorlik qilishni rejalashtirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring-Поделитесь в социальных сетях

Izoxlar0

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilargina izox qoldira olishadi
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Azolik | Kirish ]
Saytga kirish
Reklama uchun joy
Kategoriya
Shtat xabarlari [8]
Chicago shtati bo'yicha yangililar
Umumiy xabarlar [11]
Umumiy har hil xabarlar uchun bo'lim
Truck olami [0]
Trucklar olamidagi yangiliklar va o'zgarishlar haqida bo'lim
Amazon yangiliklari [2]
Amazon kompaniyasida sodir bo'lyotgan va yangiliklar uchun bo'lim
Sayohat/Travel [1]
Amerikaning go'zal maskanlariga sayohat
Amerika shok xabarlari [6]
USA bo'yicha bo'lgan shok xabarlar
Tehnalogiya yangiliklari [2]
Tehnaloiya olamidan yangiliklar
O'zbekiston xabarlari [2]
O'zbekiston hayoti va faoliyati xabarlari uchun bo'lim
Instagram
View this profile on Instagram

Uziga Bek (@uzigabekcom) • Instagram photos and videos

YouTube kanalimiz
Shtatlarda Dizel Narxlari
 
200
Kalendar
«  Noyabr 2025  »
Yak Du Se Cho Pa Ju Sha
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Kalendar
Barcha azolar: 2518
Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Azolar: 0
Bugun tashrif qilganlar!

6ta forum ilgorlari!
  • DURDON
  • MASTER
  • OSIYO
  • BAXOR
  • CryGirl
  • SANJAR80