Konnor MakGregor 18 oyga diskvalifikatsiya qilindi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni irlandiyalik Konnor MakGregor antidoping qoidalarini buzgani uchun 18 oyga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda tashkilotning matbuot xizmati xabar berdi.
MakGregor 2024 yilda doping testlari uchun uchta urinishni o'tkazib yuborgan: 13 iyun, 19 va 20 sentyabr. Uning harakatlari o'z joylashuvi haqida ma'lumot berishdagi buzilik sifatida baholandi. Diskvalifikatsiya muddati 2024 yil 20 sentyabrdan hisoblanadi va 2026 yil 20 martda tugaydi.
Bunday buzilik uchun standart diskvalifikatsiya muddati ikki yil, ammo MakGregorga bir qator yengillashtiruvchi sabablar tufayli jazo qisqartirildi. Sportchi aybini tan oldi va tergov davomida tegishli organlar bilan hamkorlik qilib, zarur ma'lumotlarni taqdim etdi, shuningdek, janglarga tayyorgarlik ko'rmay, jarohatini davolattirdi.
Avvalroq MakGregor Oq uy hududida UFC jangini o'tkazish uchun shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edi. Keyinroq AQSh prezidenti Donald Trump jang 2026 yil 14 iyunda bo'lib o'tishini e'lon qildi.
MakGregor 37 yoshda, aralash jangovar san'atlar bo'yicha uning hisobida 22 g'alaba va 6 mag'lubiyat bor. Ilgari u tashkilotning yarim yengil va yengil vazn toifalarida chempion kamarlariga ega edi. 2024 yil iyun oyida irlandiyalik amerikalik Maykl Chandlerga qarshi UFC turnirida jang o'tkazishi kerak edi, biroq jang MakGregor jangga tayyorgarlik ko'rayotgacha oyog barmagini sindirib olganidan keyin bekor qilindi. Amerikalik Dastin Poryega qarshi so'nggi jangda, 2021 yil iyul oyida bo'lib o'tgan jangda, irlandiyalik sportchi oyog'ini sindirib oldi.




