A resized and cropped image
/ Sayt yangiliklari / Umumiy xabarlar / 4 daqiqalik o‘g‘rilik: Luvr muzeyidan qanday taqinchoqlar o‘g‘irlandi?
25/12/04

4 daqiqalik o‘g‘rilik: Luvr muzeyidan qanday taqinchoqlar o‘g‘irlandi?

Parijning Luvr muzeyidan o‘g‘rilar 19-oktyabr kuni fransuz imperatorlariga tegishli 9 ta buyumni o'g'irlab ketdi. Ulardan biri o‘g‘rilar tomonidan qochib ketayotganda tashlab yuborilgan. O‘g‘rilik 4 daqiqa ichida sodir etilgan, jinoyatchilar muzey xodimlari formasida binoga kirgan.

Fransiya ichki ishlar vaziri Loran Nunes “bebaho qiymatga ega” taqinchoqlar o‘g‘irlanganini tasdiqlagan. U tunash chet elliklar tomonidan sodir etilganini inkor etmagan. Elle jurnali o‘g‘irlangan taqinchoqlar haqida batafsil ma'lumot berdi

O‘g‘rilar muzeyda saqlangan qimmatbaho taqinchoqlar qiymatidan bexabar bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Sababi ular dunyodagi eng mashhur olmoslardan biri — Regent (Qirol toji olmosi)ni umuman e’tiborsiz qoldirgan. Bu olmos o‘g‘rilik sodir bo‘lgan Apollon galereyasida saqlanadi va 60 million yevrodan ortiqqa baholangan.

“Men bunga izoh bera olmayman. Faqat ular qo‘lga olingachgina, qanday buyruq olganini va nega aynan o‘sha vitrinani nishonga olmaganini bilamiz”, dedi tergovni olib borayotgan fransuz prokurori Lore Bekkua.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, niqobli o‘g‘rilar 19-oktyabr kuni soat 09:30 atrofida qurilish krani yordamida deraza oynalarini sindirgan, so‘ngra mototsikllarda Parij ko‘chalari bo‘ylab qochib ketgan.

“O‘g‘rilar ularning javohirlarini butun saqlamoqchi emas, ularni sindirib, qimmatbaho metalni eritishadi, qimmatbaho toshlarni ajratib olib, dalillarni yashiradi”, deydi Art Recovery International bosh ijrochi direktori Kris Marinello

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya politsiyasi zargarlik buyumlarini topishi uchun 24 soatdan 48 soatgacha vaqt kerak bo‘ladi. Bundan keyin taqinchoqlarning yo‘q qilinishi ehtimoli yuqori.

“Ular bu vaqtdan keyin jinoyatchilarni qo‘lga tushirishi mumkin, ammo javohirlarni qaytarib olisholmaydi”, deydi u.

Luvrdan o‘g‘irlangan buyumlar

  • Imperatritsa Yevgeniya toj

Napoleon III ning rafiqasi imperatritsa Yevgeniyaning toji 1300 dan ortiq olmos va yirik zumradlar bilan bezatilgan. U oltin burgut naqshlarga ega. Jinoyatchilar qochish chog‘ida uni shikastlab qo‘ygan, biroq toj keyinchalik muzey tashqarisida topilgan.

  • Imperatritsa Yevgeniya diademasi

Bu ajoyib toj 212 ta marvarid, 1 998 ta olmos va 992 ta pushti qirrali olmos bilan bezatilgan. Ispaniyalik grafinya sifatida tug‘ilgan Imperatritsa Yevgeniya Fransiya saroyida ta’lim olgan va u yerda Napoleon Bonapartning e’tiborini tortgan. 1853-yilda Tyuilri saroyi va Parij Notr-Dam ibodatxonasida o‘tkazilgan ularning to‘yi imperatorlik dabdabasining cho‘qqisi bo‘ldi.

Yevgeniya Fransiyaning so‘nggi imperatritsasi edi. 1870-yilda imperiya qulashi bilan, Yevgeniya o‘g‘li shahzoda Lui-Napoleon bilan birga surgunga ketdi va keyingi hayotining ko‘p qismini Angliyada o‘tkazdi. Uning kiyinish uslubi ham, fe’l-atvori ham marhum qirolicha Mariya Antuanettaga taqlid qilingan.

  • Imperatritsa Yevgeniyaning olmosli bant-broshi

$IMAGE5$

Bu yaltirab turgan bant 2 438 ta olmos va 196 ta pushti qirrali olmos toshlardan iborat edi. Uning osma ipli shakli Ikkinchi imperiya davridagi hashamat ramzidir. Bant dastlab 4 000 dona qimmatbaho tosh bilan bezatilgan kamar tarkibiga kirgan, ammo asl kamar tasvirlari saqlanib qolmagan.

  • Imperatritsa Yevgeniyaning yodgorlik to‘g‘nog‘ichi

Imperatritsa Yevgeniyaning yodgorlik to‘g‘nog‘ichi

Olmos bilan bezatilgan, muqaddas yodgorlikni saqlash uchun mo‘ljallangan relikvar to‘g‘nog‘ich Yevgeniyaning katolik e’tiqodiga sadoqatini eslatib turuvchi ramz bo‘lgan.

  • Sapfir komplekti: Toj, marjon va sirg‘alar

Sapfir komplekti: Toj, marjon va sirg‘alarZargarlik buyumlari komplekti XIX asr saroylarining ajralmas belgisi bo‘lgan. 1800-yillarning boshlariga oid bu sapfir va olmos to‘plamini Lui Bonapartning rafiqasi qirolicha Gortenziya ham, Lui Filipp I ning rafiqasi qirolicha Mari-Ameli ham taqqan.

Sapfir komplekti: Toj, marjon va sirg‘alarTojda 24 ta Seylon sapfiri va 1 083 ta olmos, marjonda esa oltin qobiq ichida olmoslar bilan o‘ralgan 8 ta sapfir mavjud. To‘plamdagi sirg’alardan faqat bittasi o‘g‘irlangan, ikkinchisi esa Luvrda saqlanib qolgan.

Sapfir komplekti: Toj, marjon va sirg‘alarAsl komplekt uchta to‘g‘nog‘ich, taroq va ikkita bilaguzukni ham o‘z ichiga olgan. Ular muzey tomonidan “Parij zargarlik buyumlarining qimmatli guvohi” deb ta’riflangan.

  • Napoleon I ning Fransiya imperatritsasi Mari-Luizaga to‘y sovg‘asi

Napoleon I ning Fransiya imperatritsasi Mari-Luizaga to‘y sovg‘asi

Bu to‘plam imperator Napoleon I tomonidan rafiqasi Mariya-Luizaga uylanish marosimi munosabati bilan taqdim etilgan. Unda zumradlar va olmoslar bilan bezatilgan nafis marjon, sirg‘alar va bilaguzuklar mavjud bo‘lgan. Ushbu to‘plam o‘z davrida imperatorlik hashamati va muhabbat ramzi sifatida tan olingan.

1810-yilda imperator Napoleon I Avstriya malikasi Mariya-Luizaga uylangan. U mashhur Mariya-Antuanettaning jiyani va Muqaddas Rim imperatori Frants II’ning qizi edi. Napoleonning oldingi nikohi — Jozefina de Bogarnye bilan — kuchli his-tuyg‘ularga boy bo‘lgan, biroq farzandsiz yakun topgan. Mariya-Luiza bilan turmush esa siyosiy ittifoq bo‘lib, imperatorga voris — Napoleon II (keyinchalik Rim qiroli)ni taqdim etdi.

Napoleonning yangi rafiqasiga sovg‘a qilgan zargarlik to‘plami, 2004-yilda Luvr muzeyi tomonidan qabul qilingan. Komplektga 32 ta zumrad va 1 138 ta olmos, murakkab romb va marvarid shakllarda joylashtirilgan marjon hamda unga mos sirg‘alar kiradi. Imperatritsa uchun, shuningdek, opal va olmoslardan iborat ikkinchi shunga o‘xshash to‘plam ham yasalgan. Fransiyaning go‘zallik va qudratga bo‘lgan hayratini tarix davomida aynan shu imperatorlik taqinchoqlari ifodalab kelgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring-Поделитесь в социальных сетях

Izoxlar0

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilargina izox qoldira olishadi
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Azolik | Kirish ]
Saytga kirish
Reklama uchun joy
Kategoriya
Shtat xabarlari [8]
Chicago shtati bo'yicha yangililar
Umumiy xabarlar [11]
Umumiy har hil xabarlar uchun bo'lim
Truck olami [0]
Trucklar olamidagi yangiliklar va o'zgarishlar haqida bo'lim
Amazon yangiliklari [2]
Amazon kompaniyasida sodir bo'lyotgan va yangiliklar uchun bo'lim
Sayohat/Travel [1]
Amerikaning go'zal maskanlariga sayohat
Amerika shok xabarlari [6]
USA bo'yicha bo'lgan shok xabarlar
Tehnalogiya yangiliklari [2]
Tehnaloiya olamidan yangiliklar
O'zbekiston xabarlari [2]
O'zbekiston hayoti va faoliyati xabarlari uchun bo'lim
Instagram
View this profile on Instagram

Uziga Bek (@uzigabekcom) • Instagram photos and videos

YouTube kanalimiz
Shtatlarda Dizel Narxlari
 
200
Kalendar
«  Oktyabr 2025  »
Yak Du Se Cho Pa Ju Sha
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Kalendar
Barcha azolar: 2518
Hozir saytda: 2
Mehmonlar: 2
Azolar: 0
Bugun tashrif qilganlar!

6ta forum ilgorlari!
  • DURDON
  • MASTER
  • OSIYO
  • BAXOR
  • CryGirl
  • SANJAR80