Sizni nima bezovta qilyapti?
|
|
DURDON | Date: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:45 | Message # 1 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Sizni nima bezovta qilyapti? Har xil kasalliklar tabiiy usulda davolash usuli..
Sizlarga bugundan boshlab har xil kasalliklarni davolash usullarini yozib boramiz albatta ming xil doridan ko'ra tabiiy uy sharoitida davolash haqida yozamiz agarda sizlarda yana biror bir kasallik bezovta qilyatgan bo'lsa to'liqroq ma'lumot kerak bo'lsa bizga izohlar orqali yozing albatta darddan tezda halos bo'lish usullarini o'rgatamiz avval Davo Allohdan so'rab Sayt Adminlari
"Agar boshingiz og'risa" Bosh og'rig'i turli sabablar asosida sodir bo'ladi. Jumladan kuhna shaqiqa yani migren kasalligi shamollash turli zaharlanishdan (jumladam is tegishi, favqulodda kimyoviy moddalardan zaharlanish va hokazo) diqqatlikdan o'ta charchashdan toliqishdan havoning ifloslanishidan shovqindan va yana boshqa "sabablardan bosh qattiq siqilib og'rishi mumkin. Unda avvalo bosh og'rig'iga sababchi omillardan xoli bo'lishga harakat qilinmog'i darkor. Yong'oqning toza ko'k qobigi xina bilan aralashtirshtib, boshga surtilsa, og'riqni qoldiradi. Oshqovoqni xomligida xidlang yoki suvini quloqqa tomizing. Moychechak (romashka) gulini choy kabi damlab, ichib tursangiz miya va bosh og'rig'ini qoldiradi. Akasning (akasiya) pokizalangan bargi va gulini qaynatib ichilsa, bosh og'rig'i qoladi. Boshi ogrigan kishi boshiga atirgul yog'ini surkash kerak. Gul yog'ini qo'yidagi usullarda ajratib olish mumkin: 1. Qizil gulning soyada quritilgan gul bargidan yarim siqim olib, bir piyola suvda suvning yarmi qolgunga qadar qaynatiladi. So'ngra qaynatma dokadan o'tkazilib, yarim piyola kunjut yog'i qo'shiladi. Aralashmani past olovga qo'yib, yog'ning o'zi qolguncha qaynatiladi. 2. Qizil gulning xo'l bargidan 1,5 misqol, kunjut yog'idan 100 misqolni shishaga solib, 40 kun quyosh tigida saqlanadi (bir misqol 4.25 grammga teng). Agar boshingiz qattiq og'riyotgan bo'lsa, bu kishining ichidagi qabziyatdan darak beradi. Shunda bemor ichini muloyimlashtiruvchi omillardan bo'lmish xom sut, suyuq, ovqatlarni iste'mol etishi, beozor surgi vositalardan bo'lmish turshak ivitib ichishi tavsiya etiladi. Boshning qattiq og'rishi hafaqon asorati bo'lishi mumkin. Mabodo sizda hafaqonlik mavjud bo'lsa, limon, purtaxol, qovoq, iste'mol etish, anor ne'matlarini yeyishingiz, kiyiko't va ko'k choylardan ichishingiz tavsiya etiladi. Nahorga xech narsa emasdan yantoq suvini burunga tomizsangiz va bir soatdan so'ng binafsha yog'idan burunga tomizilsa bosh og'rig'idan xoli bo'lasiz. 4,5 misqol xina gulini 75 misqol asal va suv bilan ichsangiz bosh og'rig'idan qutilasiz. Xantal (gorchisa)ni asal bilan qo'shib, hamir qilib, manglayingizga qo'ysangiz, darddan xalos bo'lasiz. Oq atirgulni gulini xo'lligida peshonangizga sursangiz, bosh og'rig'iga davo bo'ladi. Itqovunning suvini quyoshda bug'latib, quyuq, qilib sutga aralashtirib, burun ichiga surtsangiz, bosh og'rig'idan xalos qiladi. Mabodo bosh og'rig'i qon bosimining pastligi yoki kam qonlik asorati bo'ladigan bo'lsa u xolda quvvat, darmon bag'ishlovchi vositalar bo'lmish asal va mayiz qo'shib yanchilgan yong'oq mag'zidan kuniga bir choy qoshiqdan iste'mol qilib turish tavsiya etiladi. Boshingiz gangib og'rishi kamqonlikdan bo'lsa u xolda olma, behi, uzum, bodomni qand bilan istemol etish, navvotli choy ichish dardni yengillashtiradi. Bedarmonlikdan chaklarning gung bo'lib og'rishida uzum shinnisidan iste'mol qilib turish foyda beradi. ismaloq sharbatidan 1-2 qoshiq, miqdorida ichish miyaning qattiq og'rishidan xalos etadi. Agar bosh qattiq yoki zirq'irab og'risa, binafsha gulini boshga qo'yib bog'lansa, dardni yengillashtiradi.
"Agar tishingiz og'risa" Odam o'zining tabiiy tishlarini qadriga yetishi va unga bepisand bo'lishi yoxud kasallanishiga yo'l qo'ymasligi lozim. Mutaxassis shifokorlar ham yilda ikki bor ko'rikdan o'tkazib turishni ma'qul deb biladilar. Tish og'rig'ini keltirib chiqaradigan juda ko'p salbiy omillar mavjudligi qayd qilinadi. Tishni "qurt yeyishi" asab tolalarining ochilib qolishi tishlarning og'rig'iga sababchi bo'ladi. Yanchilgan murch yoki xantaldan (gorchisa) olib, teng miqdorda tuz qo'shib aralashtiriladi va og'riyotgan tishga qo'yiladi. Semiz o'tning bargini chaynasangiz, milklaridan qon ketishini to'xtataydi. Yong'oq ustidagi po'stning bir bo'lagini og'riyotgan tishga qo'ysangiz, og'riq tuxtaydi, milklar mustahkamlanadi. Tish milklari bushashib ketsa, har kecha qizigan va anor gullarini ezib, milklarga oz-oz qo'yib turing. Oshqovoq xom "go'shti" dan olingan suvga limon suvidan aralashtirib, g'arg'ara qilinsa, tish taskin topadi. Tishingizning o'ng tomoni og'risa, chap qo'lingiz tomiriga, aksincha bo'lsa, o'ng qo'lingiz tomiriga qirgichdan o'tkazilgan sarimsoq, bog'lang. Shunda iztirobli darddan qutilasiz. Sholg'om ildiz mevasi qirg'ichdan o'tkazilib 1 piyola suv bilan 15 daqiqa davomida qaynatiladi. Suzib olingach sharbati bilan og'iz bo'shlig'i chayiladigan bo'lsa, zirq'irab og'riyotgan tishga malhamlik qilib taskinlik beradi. Anjir mevasi asosida qaynatma tayyorlanib, iliqligida og'iz bo'shlig'ida tutib turiladigan bo'lsa, milklarning pilla bog'lashiga malham beradi. Qattiq og'riyotgan tishga yarimta komfora (dorixonada bo'ladi) qo'yilib, uni chaynab yumshatilgan qog'oz bilan mustahkamlab qo'yilsa, aziyatdan xoli bo'lasiz. Tish nish olib milkni qirqib chiqqanida sodir bo'luvchi og'riqdan xalos bo'lish uchun milklar kuniga bir necha marotaba nugruni (soda) bilan chayib turiladi. Tish zirq'irab og'riyotgan tomondan quloqqa bargizubni ezib, uning suv tomchisi tomizib turilsa, og'riq yarim soat ichida yo'qoladi. Qattiq og'riyotgan tishning yuqorisidan uch barmoq vositasida qattiq bosib turiladigan bo'lsa azobi asta-sekinlik bilan yo'qoladi. Tish simillab yoki qattiq og'rib qoladigan bo'lsa, marmarak qirqbug'in, g'ozpanja buymadoron kabi o'tlarning birontasini qaynatma bilan iliq xolida og'iz chayiladi, iloji boricha qaynatmani og'riyotgan tish agrofida tutib turishga harakat qilinishi kerak bo'ladi. Og'iz bo'shlig'ida sovugan qaynatma 30 daqiqa ichida 5 martaga qadar almashtirilishi mumkin. Qattiq og'riyotgan tish tarafi (lunj matoga o'ralgan xolda qurida pishirilgan kartoshka tashqari tomonidan tutib turilsa, dardni yengillashtiradi.
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:46 | Message # 2 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| "Agar ko'zingiz og'risa" Yong'oq mag'zini ko'zga surtsangiz, ko'zdan yosh oqishini qoldiradi. Quyon qonini ko'zga tortilsa, ko'zdagi yosh oqishini va uning qichishini qoldiradi. Odamzod sochini kuydirib, kulini kichigan ko'zga surtilsa, dard qoladi. Qaldirg'och go'shtini tanavvul qilsangiz ko'zingiz ravshan bo'ladi. Loviyani havonchada yanchib surma kabi ko'zga surtsangiz, kiprikning ichga usishini yo'qotadi. Loviya asal bilan aralashtirilib ko'zga bog'lansa, ko'z milklarining qizarishini va shishini yo'qotadi. Sunbula (ferula) ni qaynatib suvi bilan yuvilsa, kizilligini yo'qotadi. Moychechak (romashka) gulidan suv bilan ko'zga tomizsangiz ko'z og'rig'i qoladi. Lola suvidan ko'zga tomizilsa ko'z og'rig'ini va yarasini tuzatadi. Chayonni kuydirib kulini ko'zga surtilca ko'z zaifligini yo'qotadi. Oq echkining buyragini kabob qilib kabobdan oqqan qatra selini ko'zga tomizilsa, ko'z illatini quvadi, ko'zni musaffo va nurli qiladi, ko'z qorong'uligini va shabkurlikni ketkazadi. Ko'zning yallig'lanishiga qarshi hamda zararsizlantiruvchi beozor omil sifatila bo'tako'z gullari asosida tayyorlanadigan damlamalardan foydalanish mumkin. Buning uchun 1-2 choy qoshiq miqdordagi bo'tako'z gullari yarim choynak (200 g) qaynoq suv bilan 1 soat davomida (Birorta mato bilan o'ralgan xolda) damlanadida ko'zga malham sifatida foydalaniladi. Mabodo ko'z yallig'lanadigan bo'lsa moychechak giyohi hamda gullari asosida tayyorlanadigan damlama bilan yuvish yaxshi natija beradi. Buning uchun 2 osh qoshiq miqdorida giyoh mahsulotlaridan olib yarim choinak qaynoq suv bilan 1 soat davomida damlanadi so'ngra sharbatni suzib olib ko'zni yuvish uchun foydalaniladi. Ko'z silliq pardasining yallig'lanishiga qizil maymunjon bargini pokizalangan xolda qo'yilishi dardni yengillashtiradi. Yumshoq xom zira suvida bir necha marotaba ko'zga surtilsa ko'z oqi tuzaladi. Har kim saharda besh dona sholg'om pishirib yesa ko'zi ravshan bo'ladi. Lola suvi bilan asalni aralashtirib surtsangiz ko'zdagi oq tuzaladi. Oq piyozni ezib emizikli ayol suti bilan qo'shib uch marotaba ko'zga tomizilsa, ko'z oqi ketadi. Tuya jigariga murch, qalampir sepib kabob qilib pishirayotganda kabobdan oqayotgan suvdan ko'zga surtilsa shabkurlikni yo'qotadi. Pati endi chiqayotgan kabutar bolasi qonini ko'zga surtsangiz shabko'rlikdan qutilasiz. Xantal (gorchisa) ning xo'l urug''ini xovanchada yanchib, suvini siqib olib quritilsa, so'ng surma kabi ko'zga surtilsa, ko'zning barcha dardlariga davo bo'ladi. Anjir ko'karib turgan paytda shoxi sindirilsa yoki bargi yulinsa, shira chiqadi. Usha shiradan ko'zga surtilsa yoki tomizilsa, ko'zni qoraytirib turgan pardasini yo'qotadi.
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:47 | Message # 3 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| "Agar qulog'ingiz og'risa" Xantal (gorchisa) suvidan yoki yog'idan tomizilsa darddan forig'' bo'linadi. Agar quloqda qurt bo'lsa, yalpiz bilan shaftoli bargi suvidan tomizish kerak. Aloe bilan mol yog'ini qizdirib quloqqa tomizilsa azob berayotgan og'riqqa shifo bo'ladi. Yong'oq bargining isitilgan suvi quloqqa tomizilsa, og'riqni qoldiradi. Quloq ichidagi kirlarni chiqaradi. Agar qulogingizda suv bo'lsa g'oz yog'ini tomizing suv chiqadi. Xantal urug''i xavonchada yanchiladi va ezilgan anjir bilan aralashtiriladi. So'ng quloqqa qo'yilsa shifo bo'ladi. Tol bargini ezib, suvini ilitib quloqqa tomizsangiz, quloqdagi kirni tozalaydi. Shaftoli mag'izining yog'ini iliq holda quloqqa tomizsangiz, quloq og'rig'iga shifo bo'ladi. Lavlagi suvini shirin bodom yog'i yoki asal bilan aralashtirib quloqqa tomizsangiz shifo bo'ladi. Achchiq danakli o'rikning bargidan suv olib quloqqa tomizsangiz dardga malham bo'ladi, quloqqa kirib qolgan xashoratlarni o'ldiradi. Quloqqa kamfora moyidan (dorixonada bo'ladi) 1 -2 tomchi tomizilsa dardga malham bo'ladi, quloqqa kirib qolgan hashoratlarni o'ldiradi.
"Burun dardiga shifo bo'luvchi tavsiyalar" Agar burningiz ichi qurib qolgan bo'lsa po'sti artilgan o'ttiz misqol bodom mag'zini oq qand bilan qo'shib havonchada yanchasiz. Yanchilgan aralashmaga bir necha tomchi suv tomizib olov ustiga qo'yasizda aralashtirib turasiz. Undan ajralib chiqqan yog'ni burun ichkarisiga surtsangiz, uni muloyimlashtiradi (bir misqol 4.25 grammga teng). Moychechak (romashka) guli burundan suv oqishini yo'qotadi. Qizg'aldoqning quritilgan gulini maydalab, naycha orqali burunga puflansa, undan qon oqishini shu lahzada to'xtatadi. Kartoshka po'sti bilan qaynatilib, suvi bilan yuboriladi. Qaynoy kartoshka nafas yo'liga to'g'rilanib, bosh biror mato bilan burkab olinadi, qattiq tumovda ijobiy natija beradi. Bitib qolgan burunni ochadi. Semizak (xona sharoitida o'stiriluvchi kalanxoe) o'simligining yangi uzilgan bargidan sharbati ajratib olinib burun kataklariga 3-5 tomchidan tomizilsa yoki surtilsa (kuniga 2-3 mahal), burunni bitib qolishi, tumovdan xalos bo'lishiga yordam beradi. Qizilcha navli lavlagi xomligidagi navi yangi sharbatidan burun kataklarining har biriga 5-6 tomchidan tomizilsa, sharbatga namlangan piliq qo'yilsa burun bitish tumov asoratidan xoli qiladi. Agar lavlagining yangi sharbatiga 30 foiz miqdorida asil asal qo'shib burunga tomiziladigan bo'lsa natijasi yanada a'lo bo'ladi.
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:49 | Message # 4 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| "Og'izingiz birdan dardga chalinsa" Sunbulni qaynatib, suvi bilan og'iz chayilsa og'iz ichidagi yara-chaqalarni tuzatadi. Yasmig' suvi bilan og'iz chayilsa, yalliglanish va og'iz yarasini yo'q qiladi. Agar ogzingizdan so'lak oqib tursa, turpni tuz bilan yeb turing. Agar og'zingiz kuysa, ukrop bilan g'arg'ara qiling. Agar og'zingizda yomon xid bo'lsa, sarimsoq va qalampirmunchoqni ezib, asalga aralashtirib iste'mol qiling. Anjirni suvda qaynatib, suvi bilan g'arg'ara qilinsa, til shishlarini yo'qotadi.
"Agar tomog'ingiz og'risa" Erqalampir ildizlarini maydalab, undan damlama tayyorlanadi. So'ng u bilan tomoq chayilib g'apg'ara qilinadi. Maymunjon barglari yohud to'rt choyqoshigida olib, uning ustiga 2 stakan miqdorida qaynoq suv solinib, og'zi yopilgan xolda bir soat davomida damlanadi. Iliq xolida sharbatidan yarim piyola miqdorida to'rt mahal ichiladi. Tomoq og'rig'ini qoldirish maqsadida bir stakan suvga bir choy qoshiq ichimlik sodasi to'rt qoshiq tuz, to'rt tomchi yod tindirmasi (yod nastoykasi) solib og'iz bo'shlig'i, tomoq g'arg'ara qilinadi. Xantal (gorchisa) suvi bilan og'iz bo'shlig'i g'arg'ara qilinadigan bo'lsa, tomoq og'rig'idan forig'' bo'linadi. Tomog'i og'riyotgan bemor moychechak (romashka) hamda qonchup (chistotel) aralashmasidan quyuq damlama tayyorlab, iliq xolida og'iz chayib, g'arg'ara qilib tursa tomoq og'rig'ini butunlay tuzatadi. Murtak bezlari yalliglanish arafasida bo'lsa, tozalangan kerosinga paxta piliqchasini namlab, tomoqqa har yarim soatda surtib turiladigan bo'lsa, bir kun orasida darddan forig' bo'lasiz. Nilufar ildizidan ozginasini og'izga solib tursangiz, tomoq dardidan qutulasiz. Turpni suvda qaynatib, u suvni sirka solingan asal bilan qo'shib ichilsa, eng og'ir tomoq kasalini ham tuzatadi. Sarimsoqning boshpiyozini bir kecha-kunduz sirkada ho'llab, usha sirka bilan g'arg'ara qilinsa, tomoqning og'ir dardini ham xolos qiladi. Anjir mevalarining qaynatmasidan ichib turiladigan bo'lsa, murtak bezlarining yallig'lanishiga xotima beradi. Boshpiyozning maydalangan quruq po'stlogidan uch choy qoshiq olinib, bir stakan suv bilan to'rt soat davomida damlangach suzilib sharbati bilan og'iz chayiladigan bo'lsa, tomoq og'rig'iga tasalli beradi. Bir chimdim achchiq tosh suvda eritilib iliq holda tomoq g'arg'ara qilib turilsa tez orada tomoq og'rishi to'xtaydi. Bir choy qoshiq barot kislotasini 1 stakan suvda eritib, iliq xolda tomoq g'arg'ara qilib turilsa, tez orada tomoq og'rishi to'xtaydi.
"Yaralar davosi" Agar tuyaning yungini kuydirib, kulini jarohatga sepsangiz, tuzatadi. Ayollar ko'kragidagi yaraga gulxayri bargidan bog'lansa, shifo bo'ladi. Sigir shoxini kuydirib, sirka bilan eski yaraga bog'lansa, tuzatadi. Tovuq qanoti patini kuydirib, kulini maydalab jarohatga uch kungacha sepib turilsa, yara tuzaladi. Qo'y suyagani kuydirib, kulini ayol suti bilan qorishtirib, qurt tushgan yaraga qo'yilsa, qurtlarni o'ldiradi. Odamzod sochini kuydirib, kulini bosh yarasiga sepsangiz, tuzaladi. Ukropni kuydirib, eski yaraga sepsangiz yara tez tuzaladi. G'ozning oyoq suyagi kuydirib kulini yaraga bog'lansa, tuzaladi. Rayxon urug''ini yegan bemor ichak yarasidan qutiladi. Quyonning qonini biron narsa chaqqan joyga bog'lansa, og'riqni qoldiradi. Jayra qonidan surkalsa yoki bog'lansa, yiringli yaralarni yo'qotadi. Tipratikanning kuydirilgan terisi yuqumli yara, tanadan o'sib chiqqan ortiqcha go'shtlarni quritib yuboradi. Quritilgan oshqovoq po'sti yara va kesib olingan joylarga sepiladi, qon oqishini to'xtatadi. Qurigan sumbulni yara ustiga sepilsa, tuzatadi. Tirnoq gulning bargi arpa uni bilan aralashtirib qo'yilsa, yiringli yaralarga davo bo'ladi. Yalpizning xo'l bargini bir necha soat qaynagan suvga solib qo'yib, teri yarasiga bog'lang, davo bo'ladi. Xo'l shivitni (ukrop) ezib shishgan joylarga bog'lasangiz, ularni pishiradi, agar zaytun yog'i bilan aralashtirib bog'lasangiz yana foydasi kuchliroq bo'ladi.
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:50 | Message # 5 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| "Qabziyat davosi" Qabziyat yoki ichni qotishi qator xastaliklarni asorati bo'lishi yoxud notug'ri ovqatlanishdan kelib chiqqan xolda ham bo'lishi mumkin. Qabziyat oqibati yomon dardlarga olib keladi. Shu boisdan ichni me'yorida tutishga harakat qilmog' darkor. Qo'yida ichni me'yorlashtiruvchi sodda va beozor amallar keltiriladi. Sholg'om urug''ini havonchada yanchib, asal bilan aralashtirib yesangiz, ichingizni yurishtiradi. Surunkali ravishda qabziyatdan ozorlanuvchi kishilar olxo'ri yoki so'li donlari qaynatilgan suvdan iste'mol qilib turishlari tavsiya etiladi, Bu borada turp sharbati iliq xoldagi tuzlangan karam sharbati iste'mol qilish ham ijobiy natija beradi. Ichni yurishtiradigan, qabziyatdan xoli etadigan tabiiy davolardan ravoch ildizi sharbati, sabzi ildiz mevasi, kungaboqar moyi (engil surgi kuchiga ega) kiradi. Agar kungaboqar moyidan chorak piyola miqdorida ichilsa, ichni suradi. Utkir turshak ivitmasi ichni yengil suruvchi ne'matlar hisoblanadi. Shivit (ukrop) mevalari, shuningdek, arpa urug'lari asosida tayyorlanadigan damlamalar iching, yurishtiruvchi beozor ne'matlardir. Yong'oq mag'zini xavonchada yanchib, ezilgan anjir bilan aralashtirib, undan 45 gramm iste'mol qilib tursangiz ichingiz yurishadi. Oq atirgul gul barglarini ezib (3,5-4g) yesangiz ichingiz rostmana muloyimlashadi. "Agar ichingiz o'tsa" Ichingiz o'tib bezovtalanayotgan bo'lsangiz, rayxon urug'i yoki pista mag'zini ivitib suvini iching shifo topasiz. Yuvilgan guruch suvini ichish ham ich o'tishiga em bo'ladi. Anor po'sti va gulini qaynatib iste'mol qiling. Sizni qiynayotgan ich o'tishidan forig' bo'lasiz. Jiyda bargi va quruq bargini iste'mol qiling, ich o'tishiga shifodir. Shovul (qo'ziquloq)ni pishirib, zaytun moyiga qovurib, uning ichiga ozgina kashnich, zira va anor suvidan solib ichilsa ich ketishini to'xtatadi.
"Agar bodga - belangiga (radikulit) giriftor bo'lsangiz" Buri terisini belingizga bog'lab yuring. Asalarining bolalaridan olib, og'riyotgan joyga qo'ysangiz darxol chaqadi. Ikkinchi kuni avvalgi chaqqan joydan 4-8 sm qoldirib, ikkinchi asalariga chaqtiring. 2-3 kun o'tkazib 5,4,3,2,1 asalariga yana besh kun chaqtiring, og'riyotgan joyingizda og'riq asta-sekin yo'qoladi. Bemorni (og'riyotgan joyiga a'lo sifat kerosinga lattani ho'llab qo'ying va ustidan yupqa sochiq bilan mahkam bog'lang. Hamda 30 daqiqa shu xolda ushlang. Agarda bemor chidolmasa sochiqni ozgina bo'shating yoki olib tashlang. Bir necha chayonni shishaga solib, ustidan zaytun yog'ini quying. Shisha og'zini mahkamlab, bir necha kun quyosh nuri qizdiradigan joyga qo'ying, to chayonning quvvati yog'ga o'tsin. Belingizning og'riyotgan joyiga shu yog'dan surtib, yaxshilab uqalab, yog'ni badanga singdirib yuboring. Bu muolajani bir necha kun davomida qilsangiz ajab emas, radikulit og'riridan shifo topgaysiz.
"Yuz davosi" Pishirilgan ot sutini iste'mol qilsangiz yuzingizni rangi qizil bo'ladi. Baqlajon suvidan yuzingizga sursangiz yuzdagi dog'lar kamayadi. Kuy tezagini teng miqdorda arpa uni bilan qorishtirib qozonga soling va uni kumadigan miqdorda suv qo'yib, suvi qolmaguncha qaynating. So'ng aralashmani quritib, havonchada yanchib, sirka bilan aralashtiringda, yuzning dog' tushgan joyiga surting. Bir necha kun davomida bu muolajani qilingan yuzdagi dog' yo'qola boshlaganining guvohi bo'lasiz. Yuz falajiga uchragan odam musicha go'shtini yesa tuzaladi. Ravoch ildizini maydalab sirka bilan qo'shib surtilsa, yuz chiroyli bo'ladi. Yuz falajiga uchragan odam mushuk go'shtidan bir necha kun yesa, tuzaladi. Yuzingizda dog' bo'lsa, quyon suti iching, agar topilmasa, turp urug'ini yeb turing. Yuzingizda dog' bo'lsa, turp urug'ini maydalab sirka bilan aralashtirib surting. Yuz falaji bor odam qo'shjiyda gulini xidlasin va sarimsoq yeb tursin. Yasmig'ni pishirib, qovun urug'ini maydalab, unga aralashtirib yuzga surtsangiz, rangu ruxsoringizni ochadi. Yuz sariqligini bartaraf qiladi. Mirt mevasini loviya uni bilan hamir qilib yuzga surtilsa, yuz dog'ini yo'qotadi. Yong'oqning po'stlog'ini randalab, uni sirka bilan hamir qilib, yuzga surtsangiz? yuzingizni qizartiradi. Achchiq bodomni havonchada yanchib, sirka bilan aralashtirib, yuzga surtsangiz, yuzdagi barcha dog'larni ketkazadi. Daraxt tanasidagi qo'ziqorindan 0,8 gramm yesangiz yuzingiz go'zal bo'ladi.
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:52 | Message # 6 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| "Sil (tuberkulez) davosi" Arpa suvi bilan 20 gr eshak sutidan takror ichib turish kerak. Otning sutidan (qimiz) takror va takror ichib turish kerak. Tipratikan go'shtidan yeb turing. Quyon go'shtidan qovurib yeb turing. Behi mevasidan darcha ochib ichini tozalaysiz. Unga qo'y quyrug'i va asal to'ldirib, ustini kesib olingan bo'lagi bilan yoping. Bugda pishirib, bir necha oy yeb tursangiz sil xastaligiga shifo bo'ladi. Qaragay daraxtining buqoqlari (g'udda) aroqqa solib, tindirma qilib, uni ichib yurgan kishi sil kasalligidan qutiladi.
"Agar jigaringiz og'risa" Sirka bilan asalni qaynatib yeng, jigar dardidan qutilasiz. Tovuq go'shti, anor, mayiz, nuxat iste'mol qilib, qatiq ichib turish kerak. Oshqovoq sariq kasalligi bilan xastalanganlarning haroratini pasaytiradi va jigar faoliyatini yaxshilaydi. Sedanadan yetti dona olib maydalab, ayol sutiga biror soat ivitib, undan burunga tomizilsa, sariq xastaligiga foyda qiladi. Makkajuxori pishgan paytida popugi ajratib quritiladi. Usha popuklar olti oy davomida choy kabi damlab ichsangiz, jigaringiz tuzaladi. Isiriqni suvda kunjut yog'i bilan qaynatib ichilsa, jigar illatlarini daf qiladi. 10,5 gramm zigir urug'ini xavonchada yanchib yesangiz jigarga ham davo bo'ladi. Ravoch ildizini olib mayda kesib quritib va xavonchada yanchib shisha idishda saqlang. Agar jigarda kamquvvatlikni sezsangiz, undan yeb turing.
"Agar sariq suv kasali (istiko)ga uchrasangiz" Suv o'rniga tuyaning sutidai ichib turish kerak. Tuya siydigidan kuniga 40 misqol qand bilan qo'shib ichilsa darddan xalos bo'lasiz (bir misqol 4,25 grammga teng). Anor daraxtinint po'stlog'i, mevasida gulini qaynatib, suvidan ichib turilsa, dardga davo bo'ladi. Sarimsoqni pishirib, asal bilan qirq kun esangiz, darddan shifo topasiz. Sigir siydigiga xantal (gorchisa) qo'shib ichib tursangiz, darddan qutulasiz. Yosh bola siydigini nuxat suvi yoki asal bilan ichsangiz, davo topasiz. It qovun (o'simlik) tomiridai suv olib, 1 gramm ichsangiz shifo topasiz.
"Agar badaningiz og'risa" Badan og'riqlariga ko'knor yelimi surtilsa, og'rig'i qoladi. Yong'oqning bargini yoki po'stlogini ezib, og'rigan joyga surtsangiz og'riqni qoldiradi. "Biron yeringiz qonasa" Agar burun qonashdan to'xtamasa, kabutar bolasining burunga tomizilsa darxol qon oqishi to'xtaydi. Biron yeringizdan qon oqib tursa, lola suvidan unga surkang, qon to'xtaydi. Agar ichingizdan qon ketib tursa, 50 gramm yong'oq po'stini olib, bir litr suvda qaynating, so'ng iliqligida xukna (klizma) qiling. Toza bargizubdan iste'mol qilinsa, oddiy yoki qonli ich ketishga shifo bo'ladi.
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:54 | Message # 7 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| "Buyrak davosi" Temirtikan suvi bilan tok kuli aralashmasini nahorda ichib turilsa, buyrakdagi tosh tushadi. Buyrakda bod bo'lsa, tuz bilan kepakni qizdirib, ustidan bosish kerak. Chayonni olovda kuydiring, so'ng kulini iste'mol qilsangiz buyrakdagi tosh tushadi. Zulukni quritib, asalga solib yalansa buyrakdagi toshlarni maydalaydi. Sarimsoqni pishirib turp urug' bilan yesangiz, buyrak toshidan qutilasiz. Yasmig' istemol qilsangiz buyrak toshlarini maydalab, tashqariga chiqaradi. Quyonni butunlay biron idishda kuydirib, uning kulidan 15 gramma yeb tursangiz buyrakdagi toshlarni tushiradi. Sabzi, sholg'om urug'idan oz-oz olib ichi olingan turpga solasiz. Teshik ogzini turp po'stlogi bilan yopib, chug'da pishiring. So'ng urug'larni yesangiz buyrak va qovuqdagi toshlarni maydalab chiqaradi. Qora nuxotni pishirib yeb turing, buyrakdagi toshlarni maydalab chiqaradi. Buni xomilador xotinlar yemasin chunki bolani tushiradi. Uzum poyasini kuydirib kulidan ichsangiz buyrak peshob xaltasidagi toshlarni maydalab chiqaradi. 5-6 kun har kun 50-60 gramm shivitni (ukrop) 5-6 daqiqa qaynatasiz. 5-6 kun qaynatmadan ichib, shivitni yeb turasiz. Siydik yo'llaridagi va buyrakdagi toshlardan xalos bo'lishingizga yordam beradi. Xurmo urug'ini suvda qaynatib, suvini ichsangiz, buyrak, siydik yo'lidagi toshlarni maydalab chiqaradi.
"Agar ovozingiz bug'ilsa" Tutning ildizi va mevasini ezib, uning sharbati bilan tomog'ingizni bir oycha g'arg'ara qilsangiz, ovozingiz ochiladi. Qo'y suti yoxud turp suvi bilan g'arg'ara qilib turing, shifo bo'ladi. 25 gramm shakarni iliq suv va shirin bodom yog'i bilan ichsangiz, ovozingiz ochiladi.
"Yurak (dil) dardiga davo"
O'rikdan tayyorlangan kompotni har kuni nahorda bir stakandan ichib turish kerak. Tovuq tuxumini pishirib, sarig'ini yeb tursangiz yuragingiz baquvvat bo'ladi.
"Agar nafasingiz siqilsa" Nahorda bir grammdan mumiyo, asal va aloedan tayyorlangan aralashmani ichib turish kerak. Arpa suvini ichsangiz, nafas olishni yaxshilaydi. 25 gramm isiriqni maydalab, 100 gramm suvda qaynatib, dokadan o'tkazing. So'ng uni 75 garmm asal va 50 gramm kunjut yog'i bilan aralashtirib ichilsa, nafas kisishga davo bo'ladi. 100 gramm isiriqni yanchib, 100 gramm zig'ir va 1,5 kg asalga aralashtirasiz. Tayyor aralashmadan kuniga uch marta bir qoshiqdan yeb turing. Shunda nafas qisishdan qutilasiz. Xaftada bir marotaba hammomga tushib, so'ng binafsha yog'idan 7 grammdan ichilsa nafas qisishini yo'qotadi. Binafsha yog'ini olish usuli: 300 gramm kunjut yog'i bilan 135 gramm binafshaning yangi gulini shishaga solib quyoshga qo'yiladi. Binafsha gulining rangi va hidi yog'ga o'tgach, gullarni siqib olib o'rniga boshqa gullar solinadi. Bu xol 3-4 marotaba takrorlanadi.
"Agar qovugingiz og'risa" Echki yog'ini qovug'i bush bolaning ostiga tutilsa qovug'ni mustahkamlaydi. Petrushka urug'i, nuxot, asal iste'mol qilib tursangiz qovug'ingiz mustahkam bo'ladi.
"Siydik (peshob)dan aziyat cheksangiz" Agar odam uxlaganda siyib qo'ysa, shakar va isiriqni yog'ga aralashtirib yeyish kerak. Agar bu xodisa yozda ro'y bersa, 1 diram kashnich, to'rt diram shakarni mayda qilib yanchib, yeb turish kerak (bir diram 2,995 grammga teng). Agar siydigingiz tomchilab tursa, chigirtka pishirib yeng. 5-10 gramm binafsha gulini 200 gramm suvga qaynatib ichilsa siydikni xaydaydi. Chilonjiyda yesangiz, siydik yo'llarini tozalaydi. Tuzlangan tipratikan go'shtini yegan odam uyqusida siyib qo'ymaydi. Sarv bargini suvda qaynatib ichilsa, shoshadon kasalligiga shifo bo'ladi. Behi suvidan olotning teshigiga tomizsangiz, siydikni kuydirib chiqarishni va siydik yo'lidagi zahillarni yo'qotadi. Sarimsoqning bargi va tanasini suvda qaynating. So'ng belgacha usha suvda o'tirsangiz, siyyolmasdan qiynalgan bo'lsangiz darddan qutulasiz.
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:55 | Message # 8 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| "Jinsiy aloqada sustlik sezsangiz"
Yong'oq mag'zi va kunjutni yeb turing. Shaxvatingizni ko'zgaydi. Sunbul o'simligining tomirini pora-pora qilib, soyada quriting, havonchada yaxshilab yarching va mayda ko'zli elakdan o'tkazing. Unga baravariga shakar qo'shib, har kuni ertalab bir kaft miqdorda yutib yuring. Bu muolajani qilayotganingizda sho'r narsalarni iste'mol qilishdan o'zingizni tiying. Sher yog'ini belga, songa, son tagiga surtsangiz, shaxvoniy quvvatni kuchaytiradi. Toshbaqa go'shtini yeb tursangiz, erlik quvvatingiz oshadi. Nuxatni bir kecha-kunduz suvda ivitib yeng. Suvi bilan esa asal tanavvul qiling. Shaxvoniy kuch-quvvatga kirasiz. Murchni sut va shakarga qo'shib yesangiz, foyda qiladi (murchni yeyish miqdori bir kunga 4.5 gramm). Guruchni yuvib, suvda pishirib, uni dokadan o'tkazib, suvini ichsangiz, olotni baquvvat qiladi. Kimda-kim jinsiy aloqadan mahrum bo'lgan bo'lsa, uch kunda bir marotaba, 1,75 tog kiyiko'ti urug'ini maydalab, unga 10.5 gramm qovun urug'ini, 3,5 gramm qo'y dumbasini, 70 gramm asal bilan qo'shib esa davo topadi. 17,5 gramm nargis urug'ini tuyib, endi sog'ib olingan sut bilan ichilsa, olotni harakatga keltiradi. Anzur piyozning (tog piyozi) yog'ini kechasi ikki oyog'ingizning tagiga surting va ertalabgacha oyoqlaringizni yerga tekkizmang. Bir xafta davomida shu muolajani qilsangiz, jinsiy mayilga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Anjirni yong'oq mag'zi bilan teng tuyib, kuniga 90 grammdan yeb turing. Erligingizga quvvat qo'shadi. Sarimsoqni qo'y sutida pishiring. So'ng sigir moyiga qovurib asal bilan aralashtirib yesangiz, olotingizni ko'zgatadi.
"Yo'tal davosi" Yo'tal xastaligiga turli omillar sababchi bo'lishi mumin. Kishining shamollashi, allergiyaga moyilligi shuningdek, silliq pardalarga u yoki bu ko'rinishdagi ta'sirchan moddalar tushishi shular jumlasidandir. Har xolda yo'tal tutishi ma'lum bir dardning nishonasi bo'lib, agar u surinkali tus oladigan bo'lsa, albatta shifokorning o'rinli maslahati va tavsiyasi bilan davo hamda muolaja choralarini ko'rish lozim. Orasiga saryog' va dumba qo'yilib pishirilgan behi, shunga o'xshash sholg'omning orasiga chuqurcha qilinib, uning ichiga dumba bo'lagi yoxud saryog' solinib, bug'latilib yoki dimlab pishirilgan mahsulot ham quruq yo'talga malham bo'ladi. Balg'amni osonlik bilan ko'chishiga yordam beradi. Shivit (ukrop) urug'laridan tayyorlangan damlama balg'amni yengilgina ko'chishiga yordam beradi. Iztirobli yo'talni qoldiradi. Buning uchun bir choy qoshiq miqdoridagi shivit urug'i yarim choynak qaynoq suv bilan damlanadi. Damlama o'z tafti bilan sovugach, doka vositasida suzilib, osh qoshiq bilan sharbat kuniga uch-to'rt mahal ichiladi. Yog'i olinmagan sutni sariyog' bilan qaynatilib, issiq holda ichilishi, tomoqni yumshatib qirilishi va yo'taldan holi bo'lishga yordam beradi. Kishini qiynaydigan iztirobli yo'talga barham beradigan tabiiy bir vaqtning o'zida mutloq bezarar bo'lgan davolardan bargizub (zubturum, buzchi) asosida tayyorlanadigan damlamani kiritish mumkin. Buning uchun bargizub barglaridan damlama tayyorlashga ogzi yopiladigan sirli, chinni yoki haroratga bardoshli shisha idishga bir piyola (200gr atrofida) miqdorida qaynab turgan suv qo'yilib, uning ustiga bir qoshiq kuritib maydalangan bargizub bargi solinadi, ikki soat davomida uni burkab damlab qo'yiladi. So'ngra doka vositasida sharbat suzib-olinib, ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin ichiladi. Har xil (yangi) oqbosh karamning sharbati shakar bilan birgalikda balg'am ko'chiruvchi hamda tomoq xirillashidan xoli qiluvchi vosita sifatida foydalaniladi. Buning uchun shakarni karam sharbati bilan choy qoshigida kuniga bir necha bor ichib turiladi. Shuningdek karamni asl asal bilan qaynatmasi nafas yo'li xastaliklarida ijobiy natijasini ko'rsatadi. O'tloq yungichkasi (qizil boshchalar)ning gullaridan 1 osh qoshiq olib, 1 piyola (200 gramm) qaynoq suvga solinadi, o'rab 1 soat davomida 4 mahal ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin ichiladi. Mazkur muolaja shamollaganda, ko'k yo'talda, ziqnafasda (bronxial astma) davolik qiladi. Kartoshka ham o'z yo'li bilan iztirobli yo'talga malhamlik qila oladi. Chunonchi kartoshka po'sti bilan qaynatilib suvi tashlab yuboriladi. Qaynoq kartoshka nafas yo'liga to'g'rilanib, bosh biror mato bilan burkab olinadi. Bunday amal yuqori nafas yo'llari shamollaganda, qattiq tumovda, tomoq qirilib og'rishida ijobiy natija beradi. Kartoshkani po'sti bilan yaxshilab qaynating. So'ng ugirchada ezing va 1 osh qoshiq miqdorida usimlik yog'i, 2-3 tomchi yod aralashtiring. Tayyorlangan aralashmani birorta matoga qo'yib, ko'krakdan tomoqqa qadar bosiladi. Ustidan bozillatma (kompress) sifatada o'raladi. Bunday amal odatda kechqurun qilinadi. Ko'krakka bosilgan aralashma soviganidan so'ng olinadi. Mazkur muolaja bronxit, yuqori nafas yo'llarining shamollashida foyda beradi. Sholg'omning ildiz mevasi sharbati ham iztirobli yo'tal bilan borliq xastaliklarda bezarar davo hisoblanadi. Pokiza qilib tozalangan sholg'omning ajratib olingan sharbatidan osh qoshigida bir qoshiqdan kuniga 3-4 marta ichib turiladi. Katta kishilar esa sholg'om sharbatidan 2 qoshiq kuniga 5-6 marta ichishlari tavsiya etiladi. Shuningdek 2 qoshiq maydalangan sholg'om ildiz mevasi 1 stakan qaynoq suv bilan o'rab, 1-2 soat davomida damlanadi. Tayyorlangan damlama sharbatidan chorak stakan kuniga 4-5 mahal ichiladi. Bunday tadbir nafaqat o'tkir iztirobli xirillashi (bug'ilishi) surunkali bronxit ziqnafasga davolik qiladi. Olma asosida tayyorlangan damlama yoki qaynatma shamollash bilan bogliq bo'lgan yo'talga malhamlik qiladi. Tomoqni yumshatadi. Anjir mevasi va uning qoqisidan tayyorlangan damlama tomoqni yumshatadi, isitmani tushiradi, ter xaydash xususiyatiga ega. Balg'am kuchiradi. Kechqurun xuruj etadigan iztirobli yo'taldan forig' etuvchi sinalgan qo'yidagi amal mavjud: yangi tuxumdan 1 dona, 1 osh qoshiq shakar, 1 choy qoshiq saryog' va toza asal pichoq uchida ichimlik nutruni (sodasi) olinib, barchasi obdon aralashtiriladi. Tayyorlangan aralashma 1 stakan qaynoq suvga qo'shilib, yaxshilab aralashtiriladi. Mazkur tarkibli dorivor qaynoq issiqlik paytida qultumlab, shoshilmasdan ichiladi. Xonaki bu dorivorni tomoq qirilib yo'talishda, bolalar hamda kattalar 1 stakandan 3 mahal ichishlari mumkin. Arpabodiyon mevasi (urug'i) dan tayyorlanadigan damlama quruq yo'talni qoldirish bilan birga yuqori nafas yo'llarining shamollashi (traxsit, loringiz, yiringli bronxit), shuningdek, o'pka qorasoni, qizamiq kabi kasalliklarga emlik qilib, dardni yengillashtiradi. Arpabodiyon mevalaridan uy sharoitida damlama tayyorlash uchun 1 choy qoshiq o'simlik mevasi 1 stakan qaynoq suvga solinadi va bir soat davomida damlab qo'yiladi. Damlama sovigandan so'ng suzilib, sharbati ajratib olinadi. Sharbat uchga bo'linib kun mobaynida ichiladi. Yantoqni qaynatib suvidan ichib turing. Bu muolaja ham yo'talga shifo bo'ladi. Sutga anjirni solib qaynatib ichsangiz, yo'taldan xalos bo'lasiz. Qonli yo'talga navruzgul giyohidan 25-30 gramm damlab ichib turing. Darddan xalos bo'lasiz. Quruq yo'talingiz bo'lsa, 60 gramm qalampirni 250 gramm oq uzum vinosiga solib, qaynatib, dokadan o'tkazing. Ushbu aralashmani bir kunda issiqligida 3 marotabadan ichib turing. Turpni suvda qaynatib ichsangiz, eski yo'talni ham davolaydi.
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 10-Dek-2012, 14:58 | Message # 9 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| "Teri kasalliklari ustida qilinadigan muolajalar" Qo'tir qichimasi bo'lgan odam ravoch urug'ini havonchada maydalab yanchib, kunjut yog'i bilan aralashtirib, xastalangan joyga belgilangan vaqtlarda surtib tursa, shifo topsa ajab emas. Sedanani havonchada yanchib, ilon qoni bilan aralashtirib teringizdagi dog'lar ustiga surtsangiz, terining asli xoliga qaytishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Arpani ezib, dog' qo'tir joylarga bog'lasangiz kasallikdan qutilasiz. Xandon pista daraxtining po'stlog'i va bargi qaynatilib, surkalsa yo ichilsa, qo'tir va qichimani daf qiladi. Chilonjiyda bargining qaynatilgan suvidan har kuni yarim litrda besh kungacha ichilsa, badan qichishini yo'qotadi. Qo'tir va suvli ekzemani yo'qotish uchun yong'oq bargi yoki tanasidagi po'stini eman daraxtining po'sti bilan qaynatib, uni suvidan foydalansangiz tezda tuzalasiz. Qora tovuqning xo'l axlatini bog'lasangiz, badandagi dog'lar va pesga shifo bo'ladi. Pilla qurtining gungini maydalab, dog'larga bog'lasangiz, shifo bo'ladi. Zog' go'shtining quritilganidan 3 kun davomida 0,6 gramm iste'mol qilsangiz, badandagi oq dog'lardan qutilasiz. Lavlagining xom bargini ezib bog'lasangiz, badandagi oq dog'larni ketkazadi. Guruch unini qovun suvi bilan aralashtirib surtsangiz, badandagi dog'larni ketishga davo bo'ladi. Qovun urug'i po'sti bilan ezib bog'lasangiz badandagi dog'larni tozalaydi. Anjir sutini arpa uni bilan yaxshilab aralashtiring. So'ng xo'l va quruq qo'tir, oq dog'lar ustiga suring. Shifo topsangiz ajab emas. Sarimsoq kulini asal bilan hamir qilib, bog'lansa, qo'tir, pes va badandagi oq dog'larga shifo bo'ladi.
"Agar qorningizda qurt bo'lsa" 20 misqol shirin anor tomirini sopol idishga soling. Ustidan 4 kosa suv solib qaynating. Tayyor aralashmani yarim misqol qand yeb, iching (so'ng xech narsa yemang) va 4-5 qadam yuring. Shunda qovoq urug'simon gijjalarni tushiradi (1 misqol 4,75 grammga teng). Shaftoli bargini ezib suvini ichsangiz, qorindagi qurtlarni o'ldiradi. Ichakdagi qurtlarni yo'qotish uchun yong'oq bargi yoki po'stini chayqab suvini yuting. Oshqovoq urug'i 25-50 gramm iste'mol qilib, ustidan ichni suradigan dori ichilsa, qorin qurtlari batamom halok bo'ladi.
"Agar sizda sugal bo'lsa" Xurmo suvi bilan ilon po'stining talqoni sugal ustiga qo'yilsa, 2-3 kunda darddan xalos bo'lasiz. Lavlagi bargidan siqib olingan suv sugalni quritadi. Sarimsoqni pishirib, sugal chiqqan joylarga qo'ysangiz, undan qutilasiz. Anjir sutini usimlik yog'i bilan aralashtirib bog'lansa, sugalni quritib tashlaydi.
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 10-Dek-2012, 15:01 | Message # 10 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| "Qusish davosi" Behi suvidan ichib tursangiz, qusishni hamda kekirishni to'xtatadi. Pistani ivitib, suvini ichsangiz, qusishdan qutilasiz. Tirnoqgulning qurimagan bargi shirasidan 2 osh qoshiq ichilsa, qusish qoladi. Xandon pisani yeb tursantiz, qayd qilish va ko'ngil aynishini qoldiradi. Agar qayd qilgingiz kelsa, qovun tomirlaridan 2 gramm yeng (1 dramm 2,975 grammga teng). Ozgina achchiq qovoqni (tojiklar buni chubkadu deb atashadi) yesangiz, qayd qilasiz. Bu qayd eski nafas va yo'talni davolashda shifo bo'ladi. Yalpizning qaysi qismi bo'lishidan qatiy nazar yesangiz, qon qusishni, umuman ichki a'zolardan qon kelishini to'xtatadi.
"Me'da davosi" Oshqovoqning quritilgan po'stini yesangiz, me'dadan qon oqishini qoldiradi. Semizutning 60-120 grammini maydalab, suvga solib ichilsa, me'da qurtlarini o'ldiradi. Tut tomirining 35 grammini suvda ichsangiz qorindagi qurtlarni tushiradi.
"Agar isitmangiz bo'lsa" Petrushkanint mevasini va tanidagi buqoqlaridan olib qaynatib, bir kunda 2 stakan ichsangiz, yarasini tuzatadi. Yasmig' donidan 30 tasini olib, po'stini tushirib yesangiz, buzilgan me'da faoliyatini izga soladi. Moychechak (romashka) gulini choy kabi damlab ichilsa, me'da yarasini yo'qotadi. Me'dada dard bo'lsa, tovuq shurvasini, yuvilayotgan guruch suvini iching va qushjiyda mevasini iste'mol qiling. 10,5 gramm archa mevasini "yanchib yesangiz, me'dadagi qurtlarni batamom o'ldirib chiqaradi. Binafsha gulidan damlab ichilsa, kuchli isitmani ham bartaraf qiladi. Yasmig'ni bodom yog'i bilan qilingan ovqatga qo'shib yesangiz, xech qachon isitmangiz chiqmaydi. Petrushka urug'i, rovoch, esangiz isitmangiz tushadi.
"Agar sizda sepkil bo'lsa" Achchiq bodomning mag'zini havonchada yanchib, sharob qo'shib, dog' sepkilga surting. Shifo bo'lsa ajab emas. Ravoch ildizini ezib, sirka bilan yaxshilab aralashtirib, sepkil va dog' ustiga surting, ular yo'qoladi. Sepkil bor joyni soda bilan yaxshilab yuving. Keyin ustiga lavlagining bargini qo'yib bog'lang. Sepkilni ketkazadi.
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 10-Dek-2012, 15:03 | Message # 11 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
|
"Agar qoningiz kasallansa" Qo'y sutidan bir ozini qozonga solib, shuncha miqdorda suvdan qo'shib qaynatib, suv ketib sut qolgach, o'nta oq shakardan qo'shib uch kun nahorda ichib turing. Shunda hafaqon (gipertoniya) kasaliga yo'liqqan bo'lsangiz, shifo topasiz. Sabzini suvga pishirib, asal bilan yesangiz, qoningiz toza bo'ladi. Chilonjiyda yeb tursangiz, qon bosimingizni pasaytiradi, qonni tozalaydi. Qand kasalligida uchragan va qonida yog' miqdori ko'paygan kishilar oshqovoq suviga ozgina limon suvi qo'shib, kunda bir stakan ichsinlar. Arpa qondagi qand moddasini me'yorida saqlaydi. Sunbuldan yeb tursangiz qand kasalligini bartaraf qiladi. Binafsha gulini damlab ichsangiz, qon bosimini pasaytiradi. Tirnoqgulning guli kamqonlikka barham beradi, asablarni mustahkamlaydi, sariq kasalining oldini oladi. Navruzgul giyohining barcha qismlari iste'mol qilinganida qonni tozalaydi, yallig'lanishini yo'qotadi. Qoningizda qand ko'paysa, g'ur uzum bilan oshqovoq yeb turing. Arpani yanchib, po'stidan ajratiladi, uni suvda qaynatib, suvini dokadan o'tkaziladi. Shu suvdan ichib turilsa, qon bosimi baland bo'lsa, uni me'yorlashtiradi.
"Bavosil (gemoroy) davosi" Zulukni quritib, aloe bilan qo'shib bavosilga qo'yilsa, yaraga shifo bo'ladi. Semizutni qaynatib, suviga o'tirsangiz, naf ko'rasiz. Bargizubning tomir va bargidan 50-100 gramm olib, bir chelak suvda qaynating. Qaynatmadan uch stakan ichsangiz, bavosildan qon oqishini to'xtatsa, ajab emas. Yantoqni qiymalab yesangiz yoki ezib aziyatlangan joyingizga bog'lasangiz, kuydirib tutuniga aziyatlangan joyni tutsangiz, bavosilni yo'q qiladi, gulini maydalab bog'lasangiz, bavosilni quritadi. 7 gramm kunjutni 3,5 gramm qo'ygan yong'oq mag'zi bilan yesangiz bavosildan qon ketishini to'xtatadi. Oq atirgulni tuyib bog'lansa, bavosil yaralarini tuzatadi. Shirin oshqovoq po'stini kuritib, uni xavonchada yanchib yegan odamning bavosili tuzaladi. Pishmagan it qovunning suvini kunjut yoki zigir moyida suvi ketguncha qaynatib, qolgan moyini bavosilga surtsangiz shifo bo'ladi.
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 10-Dek-2012, 15:05 | Message # 12 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
|
"Agar tumov bo'lsangiz" Zigirni shuningdek sedanani kuydirib, tutuniga burningizni tutib chuqur nafas oling.
"Asab davosi" Bodom va shakar yeb turing. Miyaga quvvat beradi, aqlni ziyoda qiladi, fikrni ravshanlashtiradi. Chirmovuq miya va asab kasalliklariga doridir, asosiy istemol qiladigan kismi bu har tomonga tarmoqlovchi "iplari" va urug'laridir. Uni murch bilan qo'shib yesa yana yaxshi. Uch misqolni (bir misqoli 4,25 gramm) uzoq qaynatmasdan, urug'ini ezmasdan yeyish kerak. Semiz o't, sunbul, qoqi asabda yuz beradigan har qanday kasallikni uyqusizlikni, iztirob, tashvish va yurak siqilishini yo'qotadi. Asab kasaliga yuliqqan bemor yong'oq bargini qaynatib, uch yuz gramm suvini badanlariga surtsa, shifo topadi. Lavlagi ildizidan suv olib, asal bilan qorishtirib, burunga tomizsangiz miyaning zararli mikroblarini o'ldiradi. Achchiq oshqovoqning gulini suvidan burunga tomizsangiz, miya illatlarini ketkazadi. Oqatirgul yog'idan 4,5 gramm ichgan odamning miyasi baquvvat bo'ladi. Atirgul yog'i qo'yidagi usulda olinadi, yarim shisha kunjut moyi ustiga oq atirgulni to'ldirib quyoshga qo'ying, 6-7 kunda gulning rangi, hidi va quvvati yog'ga o'tadi. So'ngra u gullarini siqib olib tashlab, yangi gullar bilan shishani to'ldiring. Bu jarayonni 40 kun davomida takrorlang. Natijada gul yog'i paydo bo'ladi. Oshqovoqni yosh xo'roz go'shti bilan yoki oshqovoq urug'ining mag'zi bilan shurva qilib ichilsa, xushdan ketish dardiga shifo bo'lsa ajab emas. Agar arpaning xo'l bargini ezib boshga bog'lasalar miyani va uning pardalarini (meningitni) davolaydi.
"Agar biron yeringiz kuysa" Semiz o'tning bargini ezib yoki shirasini olib, ko'ygan joyga surtsangiz, tez tuzaladi. Shirin oshqovoq po'stini quritib xavonchada yanching, so'ng mol yog'i bilan yaxshilab aralashtirib bog'lasangiz, olovda qo'ygan joylarga shifo bo'ladi, oq dog'larga barham beradi.
"Agar qo'lingiz, yoki oyog'ingiz terlasa" Qo'lingiz va oyog'ingizni yong'oq bargi yoki mevasining po'sti qaynatilgan suv bilan yuvib, bir oz upa sepib tursangiz, bu darddan albatta qutulasiz. "Agar biror yeringizni sovuq ursa" Sirka bilan ukrop suvini aralashtirib, sovuq urgan joyga surtilsa, shifo bo'ladi. Moshni maydalab, sovuq urgan joylarga bog'lasangiz, davo bo'ladi.
"Agar biron yeringiz uchsa" Tuzni qizdirib, uchgan joyga bosing, darddan qutulasiz. Uchgan a'zoingizga baliq moyi surting.
"Agar sizni ilon, chayon chaqsa yoki quturgan it tishlasa" Chayon chaqqan joyga sarimsoqni ezib surting va usha yerga tuz sepib turing. Agar it tishlasa, sarimsoqni ezib tok kuli va sirkaga qo'shib bog'lang. Ilon chaqqan joyga sigirning tezagini issiq-issiq bog'lab turilsa, zahar ta'sir qilmaydi. Ilon chaqqan joyga suvdagi baqaning qornini yorib, bosish kerak. Qo'ng'izni majag'lab, chayon chaqqan joyga qo'ysangiz, zahrini yo'q qiladi. Zirani sharob bilan ichsangiz ilon zahrini ketkazadi. Shirin bodom mag'zini anjir bilan yesangiz yoki ikkisini qovushtirib bog'lasangiz, quturgan it qopganda shifo bo'ladi. Uch kun piyoz suvidan 200 grammdan ichib tursangiz, quturgan it tishlagan bo'lsa, zahri tandan ketadi.
"Hiqichoqqa davo" Hiqichoq tutishi bilan og'izga bir bo'lak qand solib, tugaguncha so'rish kerak.
"Agar yosharay desangiz" 100-200 gramm tozalangan sarimsoqni maydalang va shuncha miqdorda spirt solingan shishaga solib og'zini mustahkamlang. Qorong'u joyda 10 kun saqlang. So'ng uni olib dokadan o'tkazing yana uch kun usha joyga qo'ying. Keyin qo'yidagi jadvalga qarab 50 gramm sovuq sutga kuniga 3 bor tomizib, doridan 21 kun iste'mol qilsangiz butun vujudingiz yosharadi. Dori iste'mol qilinadigan kunlar Naxordan oldin, tomchi Tushlikdan oldin, tomchi Kechki ovqatdan oldin, tomchi 1-21 2 2 2 2-20 4 5 6 3-19 7 8 9 4-18 10 11 12 5-17 13 14 15 6-16 15 14 13 7-15 12 11 10 8-14 9 8 7 9-13 6 5 4 10-12 3 2 1 11 кун 25 25 25 1.
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 10-Dek-2012, 15:08 | Message # 13 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| "Soch tadbiri" Agar qamish tomirining kulini xina bilan qorishtirib boshga bog ' lansa , sochni o ' stiradi va mustahkamlaydi . Lavlagini qaynatib , suviga soch yuvilsa , sochni qora qiladi . Qizg ' aldoq gulini xo ' l yontoq mevasining po ' sti bilan ezib bog ' lasangiz , sochingizni qoraytiradi . Archa mevasini yanchib , sirka bilan hamir qilib , soch tushgan joylarga surtsangiz , soch qaytadan chiqadi . Shotut, tok va qora anjir barglarini suvda qaynatib surtilsa, sochga rang beradi. Anjir bargini ezib, suvga solib, atalaga uxshatib, boshga surtsangiz, soch tuqilishining oldini oladi. Kishi har oyda bir marta boshni limon sharbati bilan artib tursa, u bosh terisidagi qon tomirlarining faoliyatini yaxshilaydi, sochni mustahkamlanishiga yordam beradi hamda sochda mavjud bo'ladigan ayrim kasalliklarni kelib chiqishidan saqlaydi. Odatda limon surtma foydalanilgandan 20 daqiqa o'tib, soch chayiladi. Oqidan holi qilingan tuxum sarig'i aralashtirilgan suv bilan bosh yuviladigan bo'lsa, u soya ildizini mustahkamlashi bilan birga, quruq tabiatli sochni mayinlashtirib, chigil tortishdan saqlaydi. Agar teri juda yog'li bo'lsa, qatiqni yog'siz suvida ivitiladi yohud boshiga surtishdai oldin sirt qismidan bir enlik olinadi. Sababi qatiq ivishi jarayonida yog'i yuzasiga chiqib qoladi. Agar teri juda quruq bo'lganida yog'li sutdan ivitilgan yarim litr qatiqqa bir osh qoshiq qaymoq yoki smetana aralashtirish lozim bo'ladi. Soch ildizini mustahkam bo'lishi ko'p jixatdan uni ozuqa moddalari bilan yetarlicha ta'minlanishiga bog'liq. Qariqiz hamda igir ildizlarining kukunidan teng miqdorda olib qaynatma tayyorlanadi. Buning uchun 6 osh qoshiq aralashmaga 1 litr suv qo'yib, 15 daqiqa davomida qaynatiladi. So'ngra tindirilib, dam berib qo'yiladi. Sharbatdan bosh terisiga haftasiga 2-3 marta surtib turiladi. Agar soch barvaqt tuqiladigan bo'lsa qo'yidagi amaldan foydalanilsa bo'ladi. Buning uchun qulmoq (xmel) g'uddalari erta kuzda terib olinadi (mevalar yetilib pishishi kerak). G'uddalarni bir osh qoshig'i ustiga bir stankan qaynoq suv qo'yilib, 30 daqiqa davomida qaynatiladi. Qaynatma sovuganidan so'ng, uning sharbati bosh terisiga ishqalanadi.
"Tutqanoq (pripadka) davosi" Eshak ustida o'tirilsa, tutqanoq tutish to'xtaydi. Kimda tutqanoq bo'lsa, buyniga tillo zanjir osib yursin. Moshni kuydirib tutatsangiz, tutqanoqqa naf bo'ladi. Kaklik jigarini issiq holda yeyilsa, tutqanoqdan omon qutilasiz. Tutqanog'i bor odam it terisi ustida o'tirsa, tutqanoq tutishini to'xtatadi. Tutqanoqqa yuliqqanlar echki go'shtidan yemasliklari kerak. Sahro toshbaqasi qonini 0,6 grammdan ichgan odam tutqanoqdan qutiladi. Qora sholg'omni maydalab, dokadan o'tkazib, 1 litriga 400 gramm suyuq asal qo'shib iching, davo bo'ladi. Murchni iste'mol qilib turing. U o'pkadagi balg'amni yo'qotadi (bir kunda ichish miqdori 4,5 gramm).
"Agar kim falaj bo'lsa" Yong'oq mag'zini qora zira bilan yaxshilab tuyib, asalga aralashtirib, falaj kasaliga yo'liqqan kishilarning bosh va oyog'lariga hammomda surtsalar, ajoyib natija beradi. Tipratikanning kuydirilgan tikani, terisini sharob bilan ichilsa, foyda bo'ladi. Chayon yog'ini falajlangan a'zoga muntazam surtsangiz shifo topasiz. Murchni moyda qaynatib, falajlangan a'zoga muntazam bog'lang.
Agarda sizda haddan ziyot kasallik bezovta qilsa shifokor xuzuriga boraniz maquldir. Chunki Ular aynan qanday kasalga chalinganizni aniqlab berishadi.
Eslatib o'tamiz: bu yerdagi ba'zi bir giyoh nomlarini tabiblardan so'rab topishilar mumkin.
Yana qaysi kasallik haqida ko'proq ma'lumot kerak? Bizga izoh orqali yozib yuboring albatta saytga kiritib qo'yamiz.
|
|
| |
SAKINA | Date: Dushanba, 11-Fev-2013, 14:52 | Message # 14 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Uyqusizlik
Uyqusizlik. Uyqusizlikning sabablari har xil. Haddan ziyod charchasa, hayajonlansa, og’ir ruhiy kechinmalarni boshdan kechirsa sog’lom kishi ham uyqusiz bo’lishi mumkin. Nerv sistemasi o’ta qo’zg’aluvchan kishilarda esa arzimas sabablar bilan bir oz hayajonlanish ham uyquni buzadi. Uyqusizlik ba’zan har xil umumiy kasalliklarda, harorat ko’tarilganda, qon aylanishi buzilganda, nafas yo’llari kasallanib yo’tal tutadigan va nafas siqib turadigan paytlarda, nevrozlarda kuzatiladi. Uyqusizlikda ko’pincha odam uzoq vaqt uxlolmay yotadi yoki uxlasa ham tez orada uyg’onib, qayta uxlolmaydi yohud uyqusi tun mobaynida bir necha marta bo’linadi. Uyqusizlikka qilinadigan davo uning sabablariga bog’liq. Sog’lom kishilarda dori-darmon qilmay turib ham uyqusi asliga keladi. Faqat shovqin-suron, yorug’likni bartaraf etish, xonani yaxshilab shamollatib qo’yish kifoya. Uyqusizlikning oldini olish uchun yotish oldidan ovqat yeyish, shuningdek, achchiq choy va kofe ichmaslik kerak. Nerv sistemasi ortiqcha qo’zg’aluvchan odamlarga dam olish, uyqu oldidan sayr qilish, umumiy va oyoq vannalari qabul qilish tavsiya etiladi. Ba’zan vrach buyurgan tinchlantiruvchi yoki uxlatuvchi dorilarni qabul qilishga to’g’ri keladi. Uyqusizlik umumiy kasalliklarga aloqador bo’lsa, avvalo o’sha kasalliklarni davolash kerak. Uyqusizlik uzoq davom etsa, vrachga murojaat qilish zarur.
Uyqusizlik – ruhiy zo‘riqish sababchisi
Kuzatuvlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda insonlar uyqu uchun tobora ko‘p vaqt ajratishyapti, biroq yoshlar orasida buning aksini kuzatish mumkin. Bu holatni avstraliyalik professor Nik Glozer bugungi yoshlar yotog‘i turli elektron qurilmalarga to‘lib ketgani bilan izohlaydi. 17 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan 20 ming nafar kishi o‘rganilganda shu narsa aniqlandiki, besh soat atrofida uxlaydigan yoshlarda ularning 8-9 soat uxlaydigan tengqurlariga nisbatan ko‘proq asab buzilishlari kuzatilgan. Sutkasiga olti soatdan kam uxlaydiganlarning yarmidan ko‘pi u yoki bu ko‘rinishdagi ruhiy zo‘riqishlardan aziyat chekadi.
Uyqusizlik sababi aniqlandi
Olimlar inson miyasidagi neyrokimyoviy farqlarni solishtirish orqali nega yaxshi uxlay olmasligi sababini aniqlashdi. Mutaxassislar uyqusizlik azobini tortayotgan odamlar miyasini o‘rganishar ekan, inson va sut¬emizuvchilar miya faolligida gamma-aminomoy moddalari (GABA)ning kamayib ketishi uyqusizlikka asosiy sabab ekani ma’lum bo‘ldi. Proton magnit-rezonans spektroskopiya yordamida olimlar gamma-aminomoy kislotalarning sinovchanlik kontsentratsiyasini va GABA darajasini uyqusi yomon insonlar miyasidagi holat bilan taqqoslashdi. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, GABA miqdorining pasayib ketishi simptomlari asabiy-ruhiy tartibsizlik natijasida ham sodir bo‘ladi.
Uyqusizlik haqida
Barchamizga ma’lum, agar kechasi mazza qilib to'yib uhlab olsak, ertasi kuni kayfiyatimiz a'lo bo'lib, aqliy va jismoniy faoliyatimiz oshadi. Bo'shashishlik alomatlaridan holi bo'lib, o'zimizni yaxshi his etamiz. Ammo uyqusizlik bizni bezovta qilayotgan bo'lsachi? Quyidagi maslahat uyqusizlikka chalingan insonlar uchun.
1. Kechga yaqin ko'p ovqat iste’mol qilmaslikka harakat qiling. Agar qorin judayam och bo’lsa yotishdan 2 soat oldin yengil taom yeyish mumkin.
2. Uyquga yaqin vaqtda choy, kofe, alkogol mahsulotlarini iste'mol qilmaslikka harakat qiling.
Uning urniga iliq sut yoki o't damlanmasi qo'shilgan suv ichgan ma'qul. Chunki bu ichimliklar nerv sistemasini tinchlantiradi va uyquga ketishda yordam beradi.
3. Uhlashdan oldin har xil faol, harakatchan, qo'rqinchli filmlarni ko'rish tavsiya etilmaydi. Uning o'rniga o'zingiz yoqtirgan tinchlantiruvchi musiqa eshiting, rasmlar ko'ring yoki kitob o'qing.
4. Iloji bo'lsa, uyqudan oldin ko'chaga chiqib, 10-15 daqiqa aylanib keling.
5. Agar uyqu moyilligini oshiruvchi dorilarni ichayotkan bo'lsangiz, ularni kamaytirishga va u dorilarsiz uxlashga harakat qiling. Chunki bu dorilar ularga ko'nikmangiz oshishiga olib kelishi mumkin.
6. O’zingizga qulay, toza o'rinda, qorong'i, tinch va kislorod bor xonada yoting.
7. Yotgan mahalda muammolar haqida o’ylamang.
Yuqoridagi maslahatlardan foydalansangiz uyqingiz osuda bo’ladi.
|
|
| |