RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Meva- sabzavotlarni shifobahsh hususiyatlari
OSIYODate: Chorshanba, 19-Okt-2011, 08:08 | Message # 1
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
SHAFTOLI



Xalq tabobatida shaftoli mevalaridan tashqari revmatizm va oshqozon-ichak kasalliklarida barglari va gullaridan tayyorlangan qaynatma ham qo‘llaniladi. Shaftoli gullari siydik haydovchi ajoyib vosita hisoblanadi, urug‘lari esa gijjalarga qarshi ta’sir qilish xususiyatiga ega.

Shaftoli ajoyib parhez mahsuloti hamdir. 100 gr shaftolida bor-yo‘g‘i 40 kkal mavjud. Shu bois ozishni istagan kishilar uchun shaftoli iste’mol qilish juda foydali. Xususan, shaftoli mavsumi kelganida kuniga hech bo‘lmaganda 3-4 ta shaftolini iste’mol qilsangiz, ortiqcha vazningizdan xalos bo‘lishingiz va bir paytning o‘zida organizmingizni foydali vitamin va minerallar bilan boyitishingiz mumkin.
 
BAXORDate: Chorshanba, 19-Okt-2011, 08:53 | Message # 2
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


Anor

Anor yer yuzidagi eng foydali mevalardan biri hisoblanadi . Uni qadim zamonlardan beri sevib iste'mol qilishadi. Tarkibida turli-tuman vitaminlar, biriktiruvchi to'qimalar, mikroelementlar mavjud Anor daraxtini yetishtirish hamma tomondan yoqimli va foydali. Uni n g po'sti, po'chog'i va ildizlari shifobaxsh, barglarini damlab ichish mumkin, mevasi juda shirin. Quritilgan anor gullari choy sifatida damlab ichilsa, gipertoniklarga katta foyda beradi.

Anor donalarining sharbati askorbin kislotasiga (14 %gacha), boshqa meva kislotalariga, qand va taninlarga juda boy. Undan musallas, punsh va mevaning lotincha nomi sharafiga qo'yilgan grenadin ichimligi tayyorlanadi. Grenadin - bu anorning oddiy sharbati.

Anor sharbati vitaminlarga boy mahsulot hisoblanadi, shu bois uni organizmning sillasi quriganida, kamqonlikda, aterosklerozda, nafas olish yo'llari infeksiyalarida, bronxial astmada, anginada, radioaktiv nurlanishida ichish tavsiya etiladi.

Anorning shirin navlaridan olinadigan sharbat infeksiya kasalliklari va jarrohlik operatsiyalaridan keyin, buyrak sanchiqlari va oshqozon-ichak buzilishlarida samarali tiklovchi vosita sifatida yaxshi foyda beradi.

Anorning nordon navlaridan olinadigan sharbat esa, diabet kasalligida yordam beradi. Agar maxsus tavsiyalar bo'lmasa, ichiga bir osh qoshiq asal solingan anor sharbatini kuniga bir stakandan ichish tayinlanadi. Diqqat: anor sharbati oshqozon yarasi kasalligida, oshqozon shirasining kislotalilik darajasi katta bo'lgan gastritda tavsiya etilmaydi ! Tabiiy anor sharbatiga biroz suv qo'shish lozim, chunki uning tarkibidagi kislotalar tish emalini yemirishga qodir.

Anor mevasi po'chog'idan tayyorlangan qaynatma ichak yoki oshqozon yallig'lanishi holatida yordam beradi, dizenteriya va gemorroyga qarshi kurashda qo'shimcha samara beradi. Tarkibida C vitamini juda ko'p miqdorda bo'lgan anor suvi organizmni mustahkamlaydi hamda ko'plab virusli kasalliklarning oldini olishda sitrusli mevalar sharbatidan qolishmaydi. Shuningdek anor ishtahani ochadi, uning urug'lari esa yurak mushaklarini mustahkamlaydi.

Anorning hamma qismlari foydali: po'chog'i ham, donalari ham, sharbati ham, danaklari ham, gullari ham, ildizi ham... U xo'l meva sifatida ham, murabbo ko'rinishida ham shifobaxsh hisoblanadi . Anor o'z tarkibi va foydali xususiyatlariga ko'ra shu darajada noyobki, uni ham tibbiyotda, ham kosmetologiyada qo'llashadi.

Anorli surtmalar va vannalar kosmetologiyada pigment dog'lar, sepkillar, husnbuzarlarni yo'q qilishda, yuz terisini oqartirishda, tirnoq va sochlarni mustahkamlashda faol ishlatiladi.

Anor suvi organizmdagi moddalar almashinuvini rag'batlantirishga qodir. Agar uni uchga bir nisbatda smetanaga aralashtirib, har kuni krem sifatida qo'llanilsa, u terini oziqlantiradi va yoshartiradi.

Ammo esingizda bo'lsin, anor mevasi va po'stlog'idan tayyorlangan damlama va qaynatmalarni ko'p miqdorda iste'mol qilish bosh aylanishiga, umumiy darmonsizlikka, ko'ngil aynishiga, qusishga va hatto tomir tortishishiga olib kelishi mumkin.


 
BAXORDate: Chorshanba, 19-Okt-2011, 08:59 | Message # 3
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


Qiz-ayollarga maslahatlarning supperlari

* To'g'ralgan piyozni qovurib, biroz tuz sepib, suvi qochgan non bilan yeb turilsa, kamqonlikni oldi olinadi
* Ovqatga meyorida qora murch qo'shib tanovul qilinsa, ishtaxani, ochadi va shamollashdan saqlaydi.
* Anjir yegan kishi balg'amdan xalos bo'ladi
* Erta tongda qaynagan isiriq suvi ichilsa qorin og'rig'iga davo bo'ladi
* Olmani artganingizda po'stlog'ini tashlab yubormang, qaynatib ichilsa oshqozonga davo bo'ladi
* Tomoq shamollaganda ezilgan piyoz va olmani aslga aralashtirib yeyish tavsiya etiladi
* Og'izdagi sarimsoq hidini ketkazish uchun petrushka bargini chaynash kerak
* Oq atirgulni xo'lligida peshonaga surtilsa bosh og'rig'iga davo bo'ladi
* Qaynagan isiriq suviga oyoqni vanna qilinsa oyoqdan noxush hid yo'qoladi
* Isitiladigan palovning guruchi ezilib ketmasligi uchun qozonga ozgina qora choy qo'shib yuboring.
* Sabzavotlarni bug'da dimlab pishirsangiz, undagi vitaminlar va kerakli moddalar yahshi saqlanib qoladi.
* Olma, bexi,limon va apelsin kabi mevalarni dasturhonga tortishdan avval qaynoq suv bilan chayib yuborsangiz , hushbo'y hida gurkirab ketadi.
* Jazirima issiq kunlarda muzlatgich ishdan chiqsa, sifati tez buziladigan mahsulotlar-pishloq bilan yog'ni darhol shisha yoki chinni idishlarga solib, qopqog'ini mahkam yopish zarur.So'ng suv quyilgan tog'oralar ichiga solib,bankalarning yuqori tomonini ho'l sochiqlar bilan o'rab qo'yish kerak.
* Jun ipdan to'qiligan kiyimni issiq suv bilan emas, sezilar-sezilmas iliq suv bilan yuviladi.Oldin biron hil kir yuvish uchun kukun ko'pirtirib olinadi.Buyumni shu suvga botirib qattiq ishqamay yuviladi.Sovuq suvda 2-3 qayta chaygandan so'ng, jindakkina kukun ko'pirtirilgan toza suvga botorob olinsa, yumshoq va sertuk chiqadi.Suvini sochiq yoki toza choyshabga shimdirib olib, tekis joyga toza choyshab to'shab, quritishni unutmang.
* Tukli sochiqni yuvib, chayib bo'lgandan keyin, bir oz tuz qo'shilgan suvga solib qo'ying, yaxshilab siqib, qoqilgandan so'ng yoyilsa tuklari pahmayib, yumshoq chiqadi.
* Rangi chiqadigan engil-bosh, yostiq jildlari kabi buyunlarni, juda kir bo'lib ketgan deraza pardalarini bir necha daqiqa tuzli suvga ivitib qo'yib, so'ng yuvsangiz aynamaydi, yahshi ochiladi.Tuz bir chelak suvga bir osh qoshiq miqdorida solinadi.
* Kir sovunda ishqor va har hil kislotalar ko'p bo'ladi.Uni ishlatganda, ayniqsa kir yuvganda qo'llar dag'allashib, teri yorilishi mumkin.Shuning uchun bu sovunda kir yuvib bo'lgach, qo'lga biron hil krem yoki vazelin surting.
* Qo'l kirmaydigan chinni va shisha buyumlar ichiga qaynoq suv quyib,g'ijimlangan qog'oz soling va yahshilab chayqating. Buyumingiz toza emas top-toza bo'ladi.
* Mabodo dazmol qilayotganda ipli gazmol ko'ylagingizni , dasturhon, sochiq kabi buyumlarni kuydirib qo'ygan bo'lsangiz, suv qo'shilgan qatiqqa bir stakan suv miqdorida o'sh yerning o'zini tuni bilan ivitib qo'ying. Chayib tashlasangiz dog'dan asar qolmaydi.
* Kiyimga tekkan qizil yoki sariq dog'larni limon kislotasi yoki oksalat kislotasi bilan oson ketkazsa bo'ladi.
* Benzin va moyli bo'yoq ishlatganingizda qo'lingizdan uni hidini yo'qotish ancha qiyin. Sovun bilan yuvish ham hidni yo'qotmaydi.Lekin qo'lingizni yuvadigan suvga ozgina quruq hantaldan qo'shsangiz teringizda hech qanday dog' ham hid ham qolmaydi.
* Sirli idishda ovqat pishirayotganda tagiga olsa, idish iste'mol sodasi solingan (ikki litr suvga bir choy qoshiq miqdorida) suv bilan qaynatilsa oson ketadi.Agar iste'mol sodangiz bo'lmasa uning o'rniga 2-3 dona bosh piyoz ishlatishingiz ham mumkin.
* Dazmol bosishdan qolgan sariq dog'lar vodorod peroksidi bilan (yarim stakan suvga bir choy qoshiq solinadi), rangdor ipak va jun gazlamalardagi dog'lar denaturant spirti bilan artiladi.Yoki piyozning o'rtasidan kesib , undan chiqqan suvni matoning sarg'aygan joyiga tomizing va sovuq suvda chayib tashlang.
* Shokoladdan kolgan dogni ketkazish uchun kiyimni Shur suvga botirib kuyish kerak
* Kumush takinchoklarni tozalash uchun limon sharbatiga yumshok matoni botirib arting
* Balikni Yangi tutilganligini tekishirish uchun uni suvga solib kuyish kerak. Agar balik chuksa, demak Yangi tutilgan.
* Pirog tovaga yopishib, tushishi kiyinlashsa, tovani bir-ikki dakika suvga kuyib turish kerak. Shunda pirog osongina kuchadi.
* Tort va pirojniylarga yongok kushmokchi bulsangiz uni oldin gaz pechida kizdirib oling. Pishirik yanada xushbuy buladi.
* Pirog pishirayotganda gaz pechi eshigini karsillatib yopmang. Aks xolda kutarilayotgan pirog «utirib» kolishi mumkin.


 
OSIYODate: Shanba, 10-Dek-2011, 18:52 | Message # 4
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Гўзаллик ҳадя этувчи мевалар

Ўрик – мевалар маликаси

Косметик махсулотлар дўконида «ўрикли молочко» деган ёзувга кўзингиз тушган бўлса керак. У - ўрик мағзи ва сувдан тайёрланган махсус эмульсиядир. Восита юз терисини яхшигина тозалаш ҳамда унга соғлом кўриниш ҳадя этиш хусусиятига эга. Шунингдек, ўрикнинг янчилган мағзидан қўл ва оёқлар терлаши ва сепкилларга қарши самарали фойдаланиш мумкин.
Ўрик мағзидан олинган мой, сметана ва табиий ўрик меваси аралашмасидан тайёрланган ниқоб ёрдамида эса юздаги ажинлар сонини сезиларли даражада камайтириш мумкин. Ниқоб юз терисига 15-20 дақиқага суртилади.
Бу ниқоб соч илдизига суртилиб, 1 соатдан сўнг ювиб ташланса, қазғоқни йўқотади, соч тўкилишининг олдини олади.
 
BAXORDate: Dushanba, 09-Yan-2012, 10:27 | Message # 5
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


МИНГ ДАРДГА ДАВО ОШҚОВОҚ
Ошқовоқнинг фойдали хусусиятларидан бохабар бўлган халқимиз қадимдан буён ошқовоқли манти, сомса, димлама, ширгуруч ва бошқа таомларни тайёрлаб келади. Бу гал саҳифамизда тайёрланиши осон, мазали, янгича ошқовоқли таомлар билан танишишингиз мумкин. Ошқовоқли қовурма чучвара
Керакли маҳсулотлар: яримта ошқовоқ, 3-4 ош қошиқ майонез, 200 гр пишлоқ, 3 стакан ун, таъбга кўра туз, ярим стакан сув, 2 та тухум, қовуриш учун ўсимлик ёғи, 1 пиёла толқон.
Тайёрланиши: Ун, туз, сув ва тухумдан хамир қорилади. Бир оз тингач, хамир юпқа ёйилади ва кичик айланачалар кўринишига келтирилади. Тозаланган ошқовоқ бўлаги сувда чала пиширилади. Сўнг миксер ёки блендер ёрдамида ошқовоқ пюреси тайёрланади. Пюрега туз, тўртбурчак шаклида тўғралган пишлоқ ва майонез қўшилади. Айлана шаклидаги хамир ичига ошқовоқли пюре солиниб, ярим ой шаклида чучваралар тугилади. Чучвара обдон аралаштирилган тухумга беланиб, толқон сепилгач, қиздирилган ёғда қовурилади. Ошқовоқли нонушта
Керакли маҳсулотлар: 200 гр ошқовоқ, 100 гр.дан сариёғ ва сметана, таъбга кўра туз.
Тайёрланиши: Пўстидан тозаланган ошқовоқ бўлаги таъбга кўра тузланиб, сариёғ суртилади ва фольга қоғозга ўралади. Ошқовоқ қиздирилган газ печида 10-15 дақиқа давомида пиширилади. Таомни сметана билан дастурхонга тортиш мумкин. Товуқ ва ошқовоқли манти
Керакли маҳсулотлар: хамир учун 1 стакан ошқовоқ шарбати, туз, 2 стакан ун; қийма учун 500 гр товуқ гўшти, 2-3та пиёз, кўкатлар, зираворлар.
Тайёрланиши: Ошқовоқ шарбати, таъбга кўра туз ва ун аралашмасидан хамир қорилади ва 20 дақиқа тиндирилади. Товуқ гўштининг лаҳм қисми, кўкатлар, тозаланган пиёз майда тўғралади. Тайёрланган масаллиқлар, шунингдек, зираворлар аралаштирилади. Хамир юпқа ёйилади ва кичик айланачалар шаклида кесилади. Ҳар бир айлана хамир ичига товуқли қийма солиниб, учи очиқ мантилар ясалади. Манти ёғ суртилган қасқон палласига жойланиб, 45 дақиқа давомида пиширилади.


 
OSIYODate: Juma, 10-Fev-2012, 05:35 | Message # 6
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Британиялик олимлар сабзавотлар ўзаро “мулоқот қилиши” мумкинлигини аниқлашди

Сабзавотлар турли сигналларни, масалан хавф тўғрисидаги сигнални узатган ҳолда, бир-бири билан “мулоқот қилиши” мумкин экан.

Карамлилар оиласига мансуб сабзавотлар билан бир қатор тажрибаларни ўтказган британиялик олимлар ана шундай хулосага келишди.

Эксетер шаҳри университети мутахассислари сабзавотлардан бирининг баргини озроқ кесишади. Шундан сўнг ўсимлик жароҳатланмаган қўшни новдаларни хавф ҳақида огоҳлантирувчи газни чиқаради. Улар эса ўз навбатида ички ҳимоя механизмини ишга туширади.

Ушбу тажриба юқори таъсирчанлик даражасига эга бўлган фотонлар камера-детекторининг плёнкасига ёзиб олинди. Ўсимликларнинг ўзаро “мулоқот қилиш” жараёнини газга ялтироқ қўнғизнинг фотофор генини қўшиш туфайли қайд этишга умваффақ бўлинди. Келгусида тадқиқотчилар ўсимликлар томонидан чиқариладиган газда айнан қайндай кимёвий бирикмалар борлигини ва ўсимликлар нега айнан шундай таъсир кўрсатишини аниқлашни режалаштиришган.

Тажриба BBCнинг “Қандай қилиб сайёрани ўстириш мумкин” ("How to Grow a Planet") илмий-оммабоп сериали муаллифларининг буюртмасига кўра ўтказилди.
 
OSIYODate: Seshanba, 25-Sen-2012, 03:33 | Message # 7
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:


АҚШнинг Манчестер университети олимлари ошқозон яраси ва жиғилдон қайнашини картошка ёрдамида бутунлай даволаш ва олдини олиш мумкин, деган фикрга келдилар.

Маълумотларга қараганда, ушбу сабзавот таркибида ноёб антибактериал молекула бўлиб, ошқозондаги бактерияларни бартараф этиш хусусиятига эга. Уни хомлигича шарбат шаклида ичиш тавсия этилаётир.

Мутахассислар антибиотик воситалардан фарқли ўлароқ, картошка шарбати зарарли оқибатлардан холи эканини таъкидламоқда. «The Daily Mail» нашрининг ёзишича, картошка, шунингдек, қон босимини тушириш имконини ҳам беради.
 
OSIYODate: Chorshanba, 21-Noya-2012, 08:22 | Message # 8
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:


Апельсин пўстлоғи танадаги ёғни эритишга қодир экан.
Олимлар апельсинлар тана вазнини нормалаштиришга ёрдам беришини аниқладилар.
Хабарингиз борки, цитрус мевалар бир қатор фойдали моддалар, жумладан, С витаминига бойдир. Бироқ сўнгги изланишлар бундан-да қизиқроқ натижаларни кўрсатди.
Олимлар сичқонларда тажрибалар ўтказиб кўрдилар. Натижада апельсин пўстлоғини истеъмол қилиш тўладан келган сичқонларда вазннинг нормал ҳолатини тиклашга ёрдам беришини аниқладилар. Маълум бўлишича, бу мева пўстлоғининг оқ рангли томонида нарингенин моддаси бўлиб, у қондаги триглицерид, холестерин ва қанд миқдорини нормаллаштириш хусусиятига эга экан. Шунингдек, жигар фаолиятини яхшилаб, ортиқча ёғларни эритишга ёрдамлашар экан.
 
OSIYODate: Juma, 11-Yan-2013, 03:34 | Message # 9
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
ЛИМОННИНГ ХУСУСИЯТЛАРИ



Турли таом, пишириқ ҳамда ичимликлар тайёрланишида лимон кенг қўлланилади. Негаки у ҳар бир таом ва пишириқларга ўзгача таъм ва ифор бахш этади. Аммо лимон бир қанча фойдали ҳамда доривор хусусиятларга ҳам эга.

Дунёдаги лимон турлари 30дан ортиқ. Лимоннинг доривор хусусияти унинг пўстида мужассам. Лимоннинг доривор хусусиятлари қадимдан маълум бўлиб, маълумотларга қараганда лимон илон заҳрига қарши восита сифатида қўлланилган. Буюк бобомиз Абу Али ибн Сино юрак уришида нуқсони бўлган беморларга лимон ейишни тавсия этарди. Шунингдек, ҳомиладор аёлларнинг кўнгил айнишини бартараф этувчи, ҳазм қилишни яхшиловчи, сариқ касаллигини даволовчи воситалардан бири сифатида лимоннинг ўрни беқиёслигини билдирган. Бугун тиббиёт ходимлари томонидан лимон шарбати бир қанча касалликларга қарши профилактика тарзида қўлланиб келинмоқда. Жумладан, ҳомиладор аёлларда варикоз қон томирларининг кенгайишининг олдини олишда, жигар хасталиклари, бўғим ва мушаклардаги оғриқни йўқотишда, бурун қонашининг бартараф этилишида ва кўплаб бошқа касалликларда тавсия этилади. Дори воситаларининг ишлаб чиқарилишида ҳам лимон эфир мойлари ҳамда спиртли дори воситаларининг нохуш ҳидини йўқотувчи омил сифатида қўлланилади.
 
SAKINADate: Juma, 11-Yan-2013, 10:28 | Message # 10
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Тарвуз истеъмол қилиш орқали қон босимини тушириш мумкин

Америкалик олимлар тарвуз қон босимини меъёрда сақлаб турувчи баъзи дориларнинг ўрнини босишини аниқлашди. Тарвуздаги модда қон босимини тушириш хусусиятига эга.
Ўтказлиган тадқиқотда ёши 58 дан юқори бўлган 40 нафар киши ўз хохиши билан иштирок этди. Олти ҳафта давомида уларнинг ярми тарвуз экстрактини, қолганлари эса плацебо дори моддасини истеъмол қилишди.
Натижа эса ёмон эмас. Тарвуз экстрактини истемол қилганларнинг қон босимни 11,5 дан – 15,1 пунктгача тушган бўлса, дорини истеъмол қилганларда бу кўрсаткич анча кам 7,6-7,8 ни ташкил қилган.
Олимларнинг таъкидлашларича, қон босимининг тушишида тарвуздаги аминокислоталар - аргинин ва цитруллин иштирок этади.
 
EsmaDate: Yakshanba, 09-Mar-2014, 05:33 | Message # 11
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 4
Status:
Yesang piyoz yurasan soz!
Piyozning shifobaxsh xususiyatlari bundan taxminan to’rt ming yil muqaddam Sharq xalqlariga ma’lum edi. Ko’xna Yunon, Qadimiy Misr xalqlaripiyozga bo’lgan chuqur hurmat-ehtiromlarini bo’yniga shoda qilib osib yurish bilan ifoda etganlar. Ma’lumotlarda keltirilishicha, piyoz har qanday havfli va tasodifiy kasalliklardan muhofaza etuvchi “sexrgar” deb e’tiqod qilinar ekan.

Xalq tabobatida piyozning shifobaxsh xususiyatlaridan atroflicha foydalaniladi. Uni ichakning qattiq og’rig’ida, kolit, ateroskleroz, gipertoniya, avitaminoz kasalliklarida, manqa, tumov, chipqon, xo’ppoz, sizlog’ich, xatto yumaloq gijjani tushirishda ham ishlatiladi.

Bodomcha bezlarining yallig’lanishida (angina) va nafas yo’llari shamollaganida kosaga yoki likopchaga piyoz suvini quyib, boshni katta sochiq yoki boshqa narsa bilan o’rab, har kuni 10 minut davomida uni hidlash lozim ko’riladi. Bunday tadbir biro y davomida o’tkaziladi, zarur bo’lganda biro y dam olib, muolajani yana davom ettirish mumkin.

Piyoz kishi organizmidagi qand miqdorini kamaytirish qobilyatiga ham ega. Shu tufayli, ko’proq piyoz soling suyuq ovqatlar qand kasali bilan og’rigan bemorlarga tavsiya etiladi.

Piyoz bo’tqasi teri kuyganida va sovuq urganida ijobiy natija beradi: bo’tqani toza chit matoga o’rab jaroxatga qo’yilsa uni illatdan xalos qiladi. Chala pishirilgan piyoz xo’ppoz va chipqonning tezroq yetilishiga yordam beradi, bavosilga ham malham bo’ladi. Shuningdek boshpiyoz bo’tqasi yuzdagi dog’, sepkil va xusnbuzarlarni yo’qotishda ham yordam beradi.

Iztirobli yo’talga qarshi piyozli amal mavjud. Buning uchun bir stakan sutga 2 dona o’rtacha kattalikdagi piyozboshi mayda to’rg’ab solinadi va qaynatiladi, 4 soat tinch qoldiriladi. So’ngra dokadan o’tkazib suziladi. Qaynatmadan kuniga bir osh qoshiqdan har 2-3 soatda ichib turiladi. Piyoz bilan asal omixtasi miya skleroziga davo sifatida tavsiya qilinadi. Buning uchun bir stakan piyoz sharbatini bir stakan asal bilan aralashtiriladi. Tayyorlangan dori osh qoshiq yoki choy qoshiqda kuniga uch mahal ovqatdan bir soat oldin yoki ovqatdan ikki-uch soat keyin ikki oy davomida iste’mol qilinadi. Bunda ikki haftalik tanafusdan keyin yana ikki oy yeyilishi tavsiya etiladi.

Piyozning xushxo’r ziravor ekanligi barchaga ma’lum: sabzi bilan piyoz ko’pgina taomlarni tatimli va ko’rkam etilishiga odatlanib qolganmiz. Kuzda ekilgan piyozning barrasini erta bahorda ko’plab iste’mol qilamiz. Piyoz barglari yorilgan teriga, qalinlashayotgan qadoqqa qo’yiladi. Barra piyoz taomni xazm bo’lishini yaxshilaydi, soch to’kilishidan asraydi. Uning sharbti va qanddan tayyorlangan organizmni mustahkamlaydi.
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: