DURDON | Date: Yakshanba, 12-Yan-2014, 03:08 | Message # 1 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| AXLI DO'ZAX AYOLLAR
Hazrati Ali (r.a.) aytdilar: "Fotima ikkimiz Rasulullohning huzurlariga kirdik, u kishini yig‘layotgan ekan. "Sizni nima yig‘latdi?" deb so‘raganimizda, u zot: "Men Isro kechasida do‘zaxda qattiq azoblar bilan azoblanayotgan bir necha guruh ayollarni ko‘rdim, dedilar.
1. Bir ayolga qarasam, sochidan osib qo‘yilgan, halqum- dimog‘i qaynab turibdi.
2. Yana bir ayol tilidan osilib, qo‘li orqasidan chiqarib qo‘yilgan.
3. Yana bir ayol siynasidan osilgan va zahar-zaqqum tomog‘idan quyilmoqda. 4. Bir ayol oyoq-qo‘li peshonasiga bog‘lab osib qo‘yilgan, ilonu chayonlar chaqib yotibdi.
5. Bir ayol o‘zining jasadini o‘zi yemoqda, do‘zax olovi ostidan uni kuydirmoqda.
6. Bir ayol esa o‘z jasadini olovli qaychi bilan qirqmoqda. Yana bir ayolni ko‘rdim, yuzi qorayib ketgan, o‘z ichak-chavoqlarini yemoqda.
7. Bir ayol kar, ko‘r, o‘tdan bo‘lgan tobutda soqov holda yotibdi, uning badani peslar va maxovlarning badanidan ham iflos va sassiq edi.
8. Bir ayolni ko‘rdim, boshi cho‘chqaning boshiga, badani eshakning badaniga o‘xshaydi, ming xil azoblar bilan azoblanmoqda.
9. Yana bir ayol ko‘rdim, it suratida, ilonu chayonlar og‘zidan kirib, orqasidan chiqmoqda. Maloikalar uning boshiga o‘tdan bo‘lgan gurzi bilan urmoqdalar".
Shu vaqt Fotima sapchib o‘rnilaridan turib: "Ey otajon! Bu toifa ayollarning amallari qanday bo‘lganini gapiring. Ular bu dunyoda qanday ayollar bo‘lgan?" dedilar.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Fotima! Birinchi toifadagi ayollar sochlarini nomahramlardan yashirmasdan, ochiq-sochiq qilib yurgan ayollardir.
Ikkinchi toifa esa, erlariga tillari bilan ozor yetkazgan ayollardir.
Uchinchi toifa erining ruxsatisiz birovlarning go‘daklarini emizgan ayollardir.
To‘rtinchi toifa erining ruxsatisiz uyidan chiqqan va hayzu nifosdan keyin g‘usl qilmaydigan ayollardir.
Beshinchi toifa ayollar erkaklarga o‘zini ziynatli qilib ko‘rsatgan va g‘iybatchi xotinlardir.
Oltinchi toifa o‘zini nomahram erkaklarga tanitgan va o‘zidagi ziynatiga qaragan har qanday nomahramni yaxshi ko‘rgan ayoldir.
Yettinchi toifa namoz va ro‘za amallariga qodir bo‘lib, lekin biror marta tahorat qilmagan, hayzdan poklanib boshini sajdaga qo‘ymagan ayollardir.
Sakizinchi toifa chaqimchi va yolg‘onchi xotinlardir. To‘qqizinchi toifa o‘z eriga yuzini tirishtiradigan, g‘azab qiladigan ayollardir",
|
|
| |