Mòminlar onalari
|
|
BAXOR | Date: Yakshanba, 19-Iyun-2011, 14:37 | Message # 16 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
| Vafoti
Ummu Habiba (roziyallohu anhu) faqat namoz uchun uyidan chiqardi. Madinani faqat haj maqsadida tark etgan. Hijratning 44-yili og‘ir kasal bo‘lib qoldi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, yetmish yoshida vafot etdi. Baqi' qabristoniga dafn etildi. Alloh taolo undan rozi bo‘lsin, uni muborak, mavqeini ulug‘ qilsik. Omin.
"Qahramon mo'mina ayollar» kitobidan "
|
|
| |
BAXOR | Date: Yakshanba, 19-Iyun-2011, 15:02 | Message # 17 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
Maymuna binti Horis r.a.
Hazrati Maymunaning Islomni qabul qilishi din uchun ham musulmonlar uchun ham xayr va barakot vasilasi bo‘ldi. Chunki uning musulmon bo‘lishi uzoqyillardan beri Islomga qarshi urush e'lon qilgan ba'zi kishilardan jaholat pardasini ko‘tardi, kin va kibr bilan to‘la qalblarni tozaladi.
Hazrati Maymuna (roziyalohu anho) Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) uylangan eng so‘nggi ayoldir. U payg‘ambar xonadonida yashagan qisqa davrda ko‘ngilga og‘ir botuvchi hech qanday voqea ro‘y bermadi. Hazrati Paytambarimizning vafotlaridan keyin uning bugun hayoti Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) xotiralariga hurmat va taqvo bilan yashashning go‘zal bir ramzi bo‘ldi.
Nasabi
Mo‘minlar onasi Maymuna (roziyallohu anhu) kurayshning obro‘-e'tiborli kishilaridan bo‘lgan Horis ibn Hilolning qizidir. Onasi Makkaning fazilat va yuksak nasabi bilan mashhur ayollaridan biri bo‘lgan Hind binti Avf bo‘lib, Xolid ibn Validning xolasidir.
Maymunaning Ummul Fazl va Salma ismli qiz qardoshlari bor edi. Nabiyning (sollallohu alayhi va sallam) amakilaridan Abbos ibn Abdulmuttalib (roziyallohu anhu) Ummul Fazlga, shahidlarning ulug‘i Hamza ibn Abdulmuttalib (roziyalohu anho) Salmaga uylangan edilar. Shu bois Abdulmuttalib ibn Hoshim o‘g‘illari bilan Hazrati Maymunaning opa-singillari o‘rtasida avvaldan juda qarindoshlik rishtalari bor edi.
|
|
| |
BAXOR | Date: Yakshanba, 19-Iyun-2011, 15:04 | Message # 18 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
| Tug‘ilishi
Maymuna Nabiyning (sollallohu alayhi va sallam) payg‘ambar bo‘lishlaridan olti yil avval Makkada tug‘ildi.
Islomiyat kelganida hali yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan bir yosh qizcha edi. Johiliyat davrida tug‘ilgani bois o‘zlari yasab olgan buglarga sig‘ingan ota-ona tarbiyasini olib, buzuq e'tiqod va urf-odatlar ta'sirida o‘sib-ulg‘aydi. Ammo u payg‘ambarlik, vahiy va shu mavzudagi boshqa narsalar haqida eshitar, tushunishga harakat qilar edi.
* * *
Balog‘atga yetgach, uni Makkaning ko‘zga ko‘ringan yigitlaridan Mas'ud ibn Amrga uzatishdi. U Abbos ibn Abdulmuttalibning zavjasi bo‘lgan opasi Ummu Fazlning uyiga tez-tez borib turardi. Opasidan Islom dini, musulmon muhojirlar, Badr va Uhud g‘azotlari haqidagi xabarlarni eshitar, bu voqealar uning qalbiga boshqacha ta'sir qilar edi.
|
|
| |
BAXOR | Date: Yakshanba, 19-Iyun-2011, 15:05 | Message # 19 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
| Ajralish
Haybar g‘azoti haqidagi yolg‘on xabarni eshitgan makkalik quraysh mushriklari juda sevindilar. Abbos ibn Abdulmuttalibga (roziyallohu anhu) aziyat beruvchi so‘zlar aytib, masxaralay boshladilar. Abbos (roziyallohu anhu) mahzun holda uyiga kaytdi. Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay, haqiqiy xabar yetib keldi. Musulmonlar jangda g‘alaba qozongan va yahudiylar Haybardan quvilgan edilar.
Abbos (roziyallohu anhu) o‘rnidan turdi, eng chiroyli kiyimlarini kiydi. Xuddi bayramdagidek yasanib, viqor bilan odamlar oldiga chiqqi. Bu safar u mushriklarga gapirdi. Biroz oldin yolg‘on xabarni yoygan kishi uning so‘zlarini tasdikdagach, mushriklar jim bo‘lib, pushaymonda qoldilar.
Abbos musulmonlarning Haybar jangida zafar qozonganini aytayotganida Maymuna opasi Ummul Fazlning uyida edi. Bu xabardan uning ham boshi osmonga yetdi. Uyiga qaytib eri Mas'ud ibn Amrni tushkun holatda ko‘rdi. Mas'ud zavjasining xursandligidan achchiklanib, u bilan tortishib qoldi va oxir-oqibat uni tark etganini aytdi. Maymuna ham ortiq uning oldida qolmay, yana pochchasi Abbos ibn Abdumuttalibning uyiga ketdi.
|
|
| |
BAXOR | Date: Yakshanba, 19-Iyun-2011, 15:06 | Message # 20 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
| Qazo umrasi
Hudaybiya sulhi tuzilganiga bir yil to‘ldi. Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) musulmonlar bilan birga umra ibodatini ado etish uchun Makka tomon yo‘l oldilar. Shaharga yaqinlashgach, barcha musulmonlarni to‘xtashga buyurdilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bu yerda jangdagidek bir usul qo‘llashni rejalashtirib, musulmonlarni ikki kismga ajratdilar. Birinchi kism Ka'bani tavof qilish uchun Makkaga kiradigan, ikkinchi qism esa, qurollangan holatda Makka tashqarisida tayyor turadigan, biror xavf tug‘ilsa, mushriklarga hujum qiladigan bo‘ldilar.
Hammaga vazifalar aniq bo‘lgach, yana yo‘lga chiqishdi. Nihoyat, uzoqdan bir yildirki, ko‘rish istagida intizor bo‘lganlari, ular uchun eshiklari yopilgan Makka ko‘rindi. Uni ko‘rar-ko‘rmas hammayoqni musulmonlarni «Labbayk Allohumma labbayk...» degan ovozlari tutib ketdi.
Musulmonlar ulug‘vorlik va haybat bilan Hazrati Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) atroflarini o‘rab olgan edilar. Hamma bir og‘izdan takbir va tahlil aytardi. Musulmonlarning ovozlarini eshitganlar tog‘larga qarab yugurdilar, darhol shaharni bo‘shatdilar. Chunki ular Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) va ashobi chorasiz kishilardek, necha yillar ilgari qorong‘i tunda Makkani tark etganlaridan so‘ng, quvvatli va haybatli ko‘rinishda, kechqurun emas, kuppa-kunduzi shaharga bemalol kirib kelishlarini tasavvur ham qilolmas edilar.
Makkada faqat erkaklardan bir necha kishi, Alloh taolo va Rasuliga imon keltirgan ayollar qolishdi, xolos.
|
|
| |
BAXOR | Date: Yakshanba, 19-Iyun-2011, 15:07 | Message # 21 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
| Maymunaning taklifi
Maymuna musulmon bo‘lgan, ammo imonini yashirin tutardi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) va ashobi bir quyoshdek Makka ufqlaridan ko‘tarilgach, u jasoratlanib, Allohga imon keltirganini hammaga bildirdi.
Bu xayrli voqeadan so‘ng, Maymuna Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) zavja bo‘lish istagida Abbos ibn Abdulmuttalibni (roziyallohu anhu) elchi qilib yubordi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uning istagini qabul etdilar va unga mahr sifatida 400 dirham berdilar.
Hudaybiya sulhida ko‘rsatilgan uch kunlik muhlat bitdi. Qurayshliklar Nabiyga (sollallohu alayhi va sallam) elchi yuborib:
«Makkada qolish payting tugadi, endi chiqib ket», dedilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kulimsiradilar va:
«Meni o‘z holimga qo‘ying. Undan ko‘ra bir to‘y qilib, siz uchun taom hozirlatsam va to‘yimga siz ham kelsangiz bo‘lmaydimi?" dedilar.
Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) Maymunaga uylanishlari sababli Makkada qolish muddatini uzaytirmoqchi va qurayshliklar bilan qayta bitim tuzishni mo‘ljallagan edilar.
To‘y uchun dasturxon tuzaldi. Kurayshning ulug‘lari taklif etildi. Ular taklifni qabul etmadilar.
- Sening amalingga bizning ehtiyojimiz yo‘q. Tezroq chiqib ket, - dedilar.
Ular bu gaplarni Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) Makkada uch kundan ortiq qolishlaridan qo‘rqishlarini yashirish uchun aytdilar. Zero, Payg‘ambarning (sollallohu alayhi va sallam) ziyoratlari ba'zi kishilarning aqli va ruhiga ta'sir qilgani ko‘rina boshlagan edi. Masalan, Maymuna hammadan yashirib kelgan imonini musulmonlar Makkaga kirishlari bilanoq ochiq e'lon etdi. Ustiga-ustak, Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) zavja bo‘ldi. Bu hol mushriklarni g‘azablantirgan edi.
Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) ushbu majlisda Maymunaga uylanganlarini e'lon qildilar. Ammo Hudaybiya sulhiga amal qilib, jarchini chaqirib, darhol Madinaga qaytishni e'lon qilinshi buyurdilar. Makkadan o‘n mil uzoqliqdagi Saraf degan joyga kelganlarida Maymuna (roziyallohu anhu) bilan go‘shangaga kirdilar.
|
|
| |
BAXOR | Date: Yakshanba, 19-Iyun-2011, 15:07 | Message # 22 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
| Islom yo‘lida xayr va barakotga vasila bo‘lishi Makkadan chiqayotganlarida Maymuna hayqirib qurayshiylarni musulmon bo‘lishga chaqirdi. Uning ovozi qurayshiylarga kuchli ta'sir kildi. Xolid ibn Valid shunday dedi:
«Endi har bir aqli joyida bo‘lgan odamga ochiq ayon bo‘ldiki, Muhammad aslo sehrgar yo shoir emas! U olamlar Robbisining kalomi bilan gapiradi».
Ikrima ibn Abu Jahl uning bu gaplariga qo‘shilmadi, Badrda o‘ldirilgan yaqinlarnin eslab, unga qarshi chiqdi. Xolid ibn Valid unga shunday javob berdi: «Bu so‘zlaring johiliyat ishi va g‘ururidandir. Lekin men, vallohi, haq menga ayon bo‘lgan zamon musulmon bo‘ldim...»
Xolid ibn Valid Amr ibn Os bilan birga Madinaga borib, Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) bay'at qildilar. Ularning musulmon bo‘lishi bilan Islom yanada quvvatlandi.
Shubha yo‘qki, Maymunaning ochiq murojaat etishi qurayshdan bir qancha kshnilarning Islomga kirishlariga katta ta'sir ko‘rsatgan edi.
|
|
| |
BAXOR | Date: Yakshanba, 19-Iyun-2011, 15:08 | Message # 23 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
| Muborak xonadonda Maymuna Madinaga kelganidan so‘ng Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) pokiza xonadonlarida qadrli zavja bo‘lib yashadi. Musulmonlar uchun fazilatli ona bo‘ldi. Itoatli, samimiy, vafodor ayol sifatida zavjalik vazifalarini ado etdi.
Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) unga Hamza ibn Abdulmuttalibdan beva qolgan opasi Salma bilan birga yashashga izn berdilar. Keyinchalik uning turmush qurmagan singlisi Umara ham shu xonadonda qoldi.
Nabiyning (sollallohu alayhi va sallam) katta qizlari Zaynab vafot etgan yili Maymuna hali yigirma besh yoshda edi. U Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) tasalli berib, imkoni boricha dardlariga malham bo‘lish harakat qildi.
|
|
| |
BAXOR | Date: Yakshanba, 19-Iyun-2011, 15:09 | Message # 24 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
| Vafo ramzi
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) vafot etganlaridan so‘ng, Maymuna uzoq yillar sog‘-omon yashadi. Odam o‘g‘illarining sayyidi, hidoyat elchisi va insoniyatning muallimi bo‘lgan Muhammad Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) xotiralarini hurmat qilib, ellik yilcha umrini taqvo bilan o‘tkazdi.
Uning sadoqati, muhabbati shu qadar samimiy ediki, vafot etganidan so‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan turmush qurishgan joyga dafn etishlarini vasiyat qildi. Shunga ko‘ra uni Sarafga dafn etdilar.
Alloh taolo Hazrati Maymuna onamizdan rozi bo‘lsin. Omin. «Qahramon mo'mina ayollar» kitobidan
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 21-Iyun-2011, 18:41 | Message # 25 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status: 
| MALXONNING QIZI UMMU XIROM QISSASI Mana shu Kipr uchun bo‘lgan janglarda ulug‘ sahobai muhtaram, sahoba Ubodat ibni Sobitning xotinlari Malxonning qizi Ummu Xirom shahodat sharafiga noil bo‘lganlar. Ummu Xirom Islomga birinchilar qatori kirgan ansoriylardan edilar. Rasululloh hazratlari u kishining hovlilariga ziyorat etgani keladilar. Masjidil Qubo yaqinidagi xonalarida peshin vaqtlarida uxlab istirohat etardilar. Kunlardan bir kuni Rasululloh hazratlari Ummu Xiromning uylarida kunduzi uxlab dam olayotgan edilar. Uygonib tabassum qilgan holda: «Men tushimda bir guruh ummatimni O'rta Yer dengizida kemada suzib yurganlarini ko‘ribman», dedilar. Ummu Xirom shunda: «Yo Rasululloh, duo qiling, Meni ham OLLOH o‘shalardan qilsun», dsdilar. Rasululloh hazratlari «Sen o‘shalar bilan bir bo‘lasan» dedilar. Keyin yana yotib uxladilar. Bir ozdan so‘ng kulgan hollarida uyg‘ondilar. Kulganlarining sababini Ummu Xirom so‘ragandilar, Rasululloh.: «men tushimda ummatimdan bir guruhining O'rta yer dengizida suzib yurganlarini ko‘ribman», deb javob berdilar. Shunda Ummu Xirom: «Yo Rasululloh, duo qiling men ham o‘shalardan bo‘lay», deganlarida, Rasululloh «albatta, ssn birinchilardan bo‘lasan», dedilar. Ubodat ibni Sobit u muhtaram aslga uylandilar. Keyin o‘zlari bilan birga birinchi dengiz jangiga boshlab chiqdilar. Qirg‘oqqa yetganlarida Ummu Xirom bir eshakka minib olib qirg‘oq bo‘ylab ketardilar. Yo‘lda eshak yerga yiqitib urdi va o‘ldirib qo‘ydi. Mana shu sababli Ummu Xirom Kipr uchun bo‘lgan janglarda eng birinchi shahid bo‘ldilar. U aziza aslning qabrlari Kipr butunlay turk musulmonlari qo‘l ostida bo‘lgan vaqtda musulmonlar ziyorat qiladigan mazor bo‘lib turdi. Keyinchalik Kiprga Markos prezident bo‘lib saylangach, orol ikkiga taqsim qilindi. Ummu Xiromning qabrlari bo‘lgan mavzu nasroniy taqsimiga o‘tib qoldi. Nasroniylar endilikda musulmonlarga mazkur ulug‘ yodgorlikni kelib ziyorat etmoqlikni ma'n etib qo‘ydilar. Endi Misrda bo‘lib o‘tgan voqealarga kelsak, rumliklar bilan bo‘lgan o‘rtadagi ahd buzilgan edi. Iskandariya xakimlari o‘zlarining xorlik chekayotganlarini shikoyat qilib va Iskandariyani bosib olish yo‘llarini ko‘rsatib, qirol Konstantinga maktub yo‘lladilar. Iskandariyada musulmonlarning himoyachilari oz sonli qo‘shindan iborat edilar.
Konstantin lashkarboshisi Emannuel boshchiligida juda katta qo‘shinni Iskandariyani bosib olishga yubordi. Ular osonlikcha bosib oldilar. Kibtiylar rumliklarni yana qaytadan Iskandariyani bosib olganliklardan g‘azablanib xalifaga Amr ibni Osni urushmoq uchun bosh qo‘mondon qilib tayin etishlarini so‘rab xat yozdilar. Usmon Amr ibni Osni hokimiyatdan chetlatgan edilar. Yana qaytadan tayinlab rumliklarga qarshi urishishlikka ijozat etdilar. Amr ibni Os bilan rumliklar o‘rtasida quruqlikda va dengizda juda qattiq dahshatli janglar davom etdi. Ancha davom etgan shiddatli janglardan keyin musulmonlar dushman ustidan to‘la g‘alabaga erishdilar. Dushmanni Iskandariyaga qadar quvlab borib qaqshatgich zarba berib, butunlay tor-mor keltirdilar. Urush musulmonlar g‘alabasi bilan tugagach, Amr jangni to‘xtatishga buyurdilar. Bo‘lib o‘tgan buyuk voqeadan nishona bo‘lib qolishligi uchun «Masjidi rahmat» deb nom qo‘yilgan masjidni qurishlikka amr etdilar.
|
|
| |
DURDON | Date: Payshanba, 07-Iyul-2011, 02:47 | Message # 26 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Hafsa binti Umar ibn Hattob r.a.
Hazrati Hafsa (roziyallohu anhu) bilimli, yuksak axloqli, irodasi mustahkam, sadoqatli bir sayyida ayol edi. U hijratning uchinchi yili Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) oilalariga qo‘shilib, mo‘minlarning onasi bo‘lish sharafiga erishdi.
* * *
Hafsa (roziyallohu anhu) payg‘ambarlik kelishidan besh yil oldin Makkada tug‘ildi. Otasi Islom tarixida adolati bilan mashhur bo‘lgan ikkinchi xalifa Hazrati Umardir (roziyallohu anhu). Onasi Zaynab Usmon ibn Maz'unning singlisi edi. Hafsa otasi bilan birga Makkada musulmon bo‘ldi. Ashobdan Hunays ibn Hazofa (roziyallohu anhu) bilan oila qurdi. Ilk musulmonlar safidan joy olgan bu baxtiyor oila Habashistonga, keyinroq Madinaga hijrat qildi. Hunays (roziyallohu anhu) Abdulloh ibn Hazofaning qardoshidir. Badr va Uhud janglarida ishtirok etgan. Har ikki jihodda ham mardonavor jang qildi. Uhudda qattiq yaralandi. Madinaga qaytgach, shahodat sharbatini ichdi. Hazrati Hafsa juda yosh tul qoldi.
Hazrati Umar (roziyallohu anhu) qizining beva qolishini xohlamas edi. Bir ota o‘laroq, qizini solih bir kishiga uzatishni orzu qilardi. U bu masalani juda ko‘p o‘yladi va Hazrati Hafsaning iddasi tugagach, Hazrati Usmonga (roziyallohu anhu) nikohlash maqsadida uning oldiga bordi. Hazrati Usmon (roziyalohu anho) ham bu paytda yolg‘iz qolgan edi. Zavjasi Payg‘ambarimizning(sollallohu alayhi va sallam) qizlari Ruqayya vafot etgan edi. Abdulloh ibn Umar otasi va Hazrati Usmonning uchrashuvini otasidan shunday naql etadi:
"Usmon ibn Affonning oldiga bordim. Juda g‘amgin kayfiyatda ekan. Ko‘nglini ko‘tarib, tasalli berish uchun unga Hafsadan so‘z ochdim. Xohlasang, Hafsani senga nikohlab beray, dedim. Usmon darhol javob bermadi. Bu haqda o‘ylab ko‘rish uchun muhlat so‘radi. Oradan bir necha kun o‘tganidan so‘ng u bilan yana uchrashdim. Usmon hozircha uylanmasligini aytib, uzr so‘radi".
Hazrati Umar Abu Bakrga (roziyallohu anhu) ham shunday taklif qilmoqchi bo‘ldi. Hazrati Umar:
- Ey Abu Bakr, agar istasang senga qizim Hafsani nikohlab beray, - dedi.
Hazrati Abu Bakr (roziyallohu anhu) indamadilar. Hatto bir og‘iz so‘z ham aytmadi. Bu holatdan Hazrati Umar (roziyallohu anhu) ranjidilar.
Hazrati Umar ikki samimiy do‘stidan ijobiy javob ololmagach, yuragi siqilgancha, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) huzurlariga kirib, shunday dedi:
- Yo Rasululloh! Men Usmonga hayronman. Hafsani unga nikohlamoqchi bo‘ldim, u esa rozi bo‘lmadi. Abu Bakr ham shunday...
Ikki jahon quyoshi Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) tabassum qilib:
- Yo Umar! Hafsa Usmondan, Usmon ham Hafsadan xayrliroq bo‘lgan birisi bilan oila quradi, - dedilar.
Hazrati Umar bugunlay o‘y-xayol ichida qoldi. Usmondan ham xayrli kuyov kim bo‘lishi mumkin? Shu tariqa bir necha kunni o‘tkazdi. Bir kuni Payg‘ambarimiz (alayhissalom) Hafsani o‘zlariga so‘rab, Hazrati Umarga:
- Sen qizing Hafsani menga nikohla. Men esa qizim Ummu GulsumniUsmonga nikohlayman, - dedilar.
Bu xabardan Hazrati Umarning boshi osmonga yetdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bu xabar bilan Hafsani o‘zlariga nikohlash Allohning amri ekanini bildirmoqchi bo‘ldilar. Kisqa fursat ichida to‘y taraddudlari tugallandi. Hijratning uchinchi yili sha'bon oyida Hazrati Hafsa Rasuli Akramga (sollallohu alayhi va sallam) nikohlanib, mo‘minlarning onasi bo‘lish baxtiga erishdi.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bu go‘zal tashabbuslari bilan uch ulug‘ sahobalari o‘rtasidagi do‘stlik-birodarlikni, qarindoshlikni yanada mustahkamladilar. Hazrati Oyishani nikohiga olib, Hazrati Abu Bakrning, Hafsani nikohiga olib esa, Hazrati Umarnint ko‘nglini ko‘tardilar. Har ikkisining ham qizlarini mo‘minlarning onalari bo‘lish baxtiga erishtirdilar.
Hazrati Abu Bakr Hazrati Umar (roziyallohu anhum) bildirgan taklifga aniq javob bermagani uchun ich-ichidan ezilib yurgan edi. Chunki u bir sirni bilar, ya'ni, Hazrati Hafsa bilan Rasuli Akramning (sollallohu alayhi va sallam) turmush qurishlari Hazrati Abu Bakrga ma'lum edi. Bu haqqa gapirish omonatga xiyonat bo‘lardi. Shu sababli sukut saqladi. Nikoh o‘qilgach, Hazrati Abu Bakr Hazrati Umarning oldiga kelib, uzr so‘radi va shunday savol bilan murojaat kildi:
- Hafsaga uylanishimni so‘raganingda, javob bermaganim uchun mendan ranjigan bo‘lsang kerak?
- Ha, - dedi Hazrati Umar. Shunda Abu Bakr (roziyallohu anhu) bo‘lib o‘tgan voqeani gapirib berdi:
- Menga bu masala bo‘yicha gap ochganingda, senga javob bermaganimning sababi shuki, Rasululloh Hafsaga uylanishlarini menga aytgan edilar. Albatta, bu sirni senga oshkor qilolmadim, Payg‘ambarimiz (alayhissalom) Hafsaga uylanishdan yuz kechsalar, shubhasiz unga uylanardim, - deya Hazrati Umarga tasalli berdi.
Kanday nazokat!.. Kanday yaxshi adab!.. Kanday sadoqat!.. Mana haqiqiy Islom odobi!.. Omonat bir sir... Sukut bir xazinadir... Omonatga rioya va sukutni ixtiyor etish insonga amniyat va bezakdir...
|
|
| |
DURDON | Date: Payshanba, 07-Iyul-2011, 02:50 | Message # 27 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Davomi
Hazrati Hafsa Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) xonadonlariga Savda va Oyisha onalarimizdan keyin kelin bo‘lib keldi. Saodat uyiga kelganida u yigirma yoshlarda edi. Savda onamiz Oyisha kabi uni ham buyuk bir ko‘ngil xotirjamligi ichida qarshi oldi. Har ikkisiga ham xizmat qildi. Hafsa yosh bo‘lishiga qaramay, oqila, otasi kabi bir so‘zli, irodasi mustahkam edi.
Xonai saodatda bu ikki yosh onalarimiz Payg‘ambarimizga ( sollallohu alayhi va sallam) xizmat qilishda, go‘yo musobaqalashayotgandek g‘ayrat qilar edilar. Juda yuksak darajada sevgi-hurmat ko‘rsatar edilar. Rasululloh bu ikki yosh zavjalari ikki aziz birodarlarining qizi bo‘lgani bois ham imkon boricha sabr-toqat bilan munosabatda bo‘lar, ayollik zaifiyatlarini, yoshliklari nihisobga olib, yanada marhamatli, yanada shafqatli muomala qilar edilar. Lekin barchalari ahli bashar emasmi, og‘ir kunlari ham bo‘lib turardi.
* * *
Bir kun Rasuli Akram (sollallohu alayhi va sallam) Zaynab binti Jahshning xonasida asal sharbati ichdilar va biroz ushlanib qoldilar. Bu holat ikki yosh zavjalarining diqkatini tortdi va ikkovlari kelishgan holda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) yonlariga borganlarida ul zoti muborakdan sarimsoq hidi kelayotganini aytishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) sarimsoq yemaganini, asal sharbati ichganlarini aytdilar va:
- Demak, asalari sarimsoq yalagan ekan, - deb, bundan so‘ng aslo asal sharbati ichmaslikka qasam ichdilar.
Bu voqea sabab bo‘lib Alloh taolo Tahrim surasining ushbu oyatlarini nozil qildi (mazmuni):
"Ey payg‘ambar, nega siz juftlaringizning roziligini istab, Alloh siz uchun halol qilgan narsani harom qilib olursiz?! Alloh mag‘firatli, mehribondir".
Faxri Koinot Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) zavjalaridan ayrilib, xilvatga yuz burdilar. Bu tadbir bilan yosh zavjalarini tarbiyalamoqchi bo‘ldilar. Biroq ashob orasida Rasululloh zavjalari bilan ajrashibdilar, degan so‘z tarqaldi. Hazrati Umar bu xabarni eshitgach, qizi Hafsadan biror xato o‘tdimikin deb darhol hujrai saodatga yo‘l oldi. Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) ichkari kirishga izn olgach, ko‘ngilga taskin beruvchi shu so‘zlarni aytdi:
- Yo Rasululloh! Zavjalaringiz sababli qanchalik qayg‘u chekyapsiz. Shoyad, ular bilan ajrashsangiz, Alloh ham, farishtalari ham Siz bilan birgadir. Men ham, Abu Bakr ham, mo‘minlar ham Siz bilan birga...
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) tabassum kildilar. Guldek yuzlaridan nur sochildi.
- Zavjalarim bilan ajrashganim yo‘q, faqat xilvatga kirdim, - deya Hazrati Umarning qalbiga orom beruvchi va mo‘minlarni sevintiruvchi so‘zlarni aytdilar.
Hazrati Umar masjidga keldi va musulmonlarga vaziyatni tushuntirib berdi.
* * *
Hazrati Hafsa tabiatan biroz qattiqqo‘l edi. Hazrati Oyisha uni shunday tavsif etadi: "Hafsa tom ma'noda otasining qizidir. Mustahkam irodasi bor. Bir so‘zli va qat'iyatlidir".
Bir kuni Rasuli Akram Hafsa onamiz oldida Hudaybiyada bay'at etgan ashobni eslab:
- Inshaalloh, Hudaybiyada bay'at etgan ashobim jahannamga kirmaydi, - deb marhamat qildilar.
Hafsa (roziyallohu anhu) esa: "Sizlardan har biringiz unga (jahannamga) tushguvchidirsiz. (Bu) Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir", (Maryam, 71) oyatini o‘kidi. Payg‘ambarimiz ham unga: "So‘ng taqvodor bo‘lgan zotlarni (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho‘kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz", (Maryam, 72) oyatini o‘qib, javob berdilar.
Hazrati Hafsa onamiz ibodatda mustahkam edi. Ko‘p namoz o‘qir va nafl ro‘za tutardi. Uning hayoti ham boshqa onalarimiz kabi faqirlikda o‘tdi. Yotoq o‘laroq foydalanadigan birgina sholchasi bor edi. Yoz kunlari uni tagiga to‘shar, qishda esa bir tarafini ostiga to‘shab, bir tarafini ustiga yopardi. Ko‘pincha yeyishga non topolmas edi. Shunday bo‘lsa ham sira shikoyat qilmas, doim shukr qilib yashardi.
U Rasuli Akramga (sollallohu alayhi va sallam) sadoqat va muhabbat bilan bog‘langan edi. O'ziga hadya qilingan narsalarni yeb-ichmay, Rasulullohga iqrom qilardi. Ul zotni doimo o‘z nafsidan yuksak va afzal bilardi. Bir kuni Hazrati Hafsaga bir tulum asal tortiq qilishdi. Rasuli Akram uning xonasiga kirganlarida, Hafsa o‘sha asaldan ikrom etardi.
* * *
Hazrati Hafsa Faxri Koinotning (sollallohu alayhi vasallam) dorulbaqoga irtixollaridan so‘ng ham muhim xizmatlarni ado etdi. Hazrati Abu Bakr davrida Qur'oni karim oyatlari bir yerga to‘planib, Mushaf holiga keltirilgan edi. Bu yagona nusxa Hazrati Abu Bakrda turardi. Vafotidan so‘ng Hazrati Umarning nazoratiga berildi. Hazrati Umar ham yaralanib, shahid bo‘lgach, qizi Hazrati Hafsa onamizga topshirildi. Hazrati Hafsa uni sadoqat bilan muhofaza qildi. Hazrati Usmon davrida bu nusxa ko‘paytirildi.
* * *
Hazrati Hafsa onamiz oltmishga yaqin hadis rivoyat qilgan. Hijratning 45-yili Hazrati Muoviyaning xalifaligi davrida oltmish yoshida vafot etdi. Janoza namozini Madina voliyi Marvon ibn Hakam o‘qidi. Baqi' qabristoniga, mo‘minlar onalari oldiga, abadiy istirohatgohiga qo‘yildi. Alloh taolo Hazrati Hafsa onamizni rahmatiga olgan bo‘lsin. Omin.
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 30-Iyul-2011, 02:44 | Message # 28 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Sauda binti Zaima
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 30-Iyul-2011, 02:46 | Message # 29 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Oisha binti Abu Bakr
|
|
| |
DURDON | Date: Seshanba, 02-Avg-2011, 21:01 | Message # 30 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Hafsa binti Umar
|
|
| |