Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
108
Holati:
|
Agar oyoq kiyimingizdan nam o'tgan bo'lsa, uni quritishning turfa yo'llari bor. Albatta poyabzalni maxsus quritgichda quritgan ma'qul. Lekin qo'l ostingizda quritgich bo'lmasa-chiq Bu holda etik yoki tuflingiz tumshug'iga zich qilib gazeta qog'ozini to'ldirishni maslahat beramiz. Gazeta qog'ozi namlikni o'ziga juda yaxshi tortib olish xususiyatiga ega. g'og'ozni bir necha marotaba almashtirsangiz, oyoq kiyim yanada tezroq quriydi. hech qachon xo'l oyoq kiyimni(shu jumladan bolalar poyabzalini ham) olov yoki pechka yonida, yoki isitgich ustida quritmang. Temperaturaning balandligi oyoq kiyim tikilgan matoni yaroqsiz holatga keltirishi mumkin, ya'ni charm bora-bora qayishqoqligini yo'qotadi, detallarni biriktirib turgan iplar esa uzilib ketadi. Charmdan tikilgan oyoq kiyimdan nam o'tmasligi uchun parafin aralashmasi(3 qism) va zig'ir yog'i(1 qism) aralashtirilib, past olovda isitiladi va shu bilan poyabzal terisi artiladi. Artib bo'lganingizdan so'ng tuflingizni quruq junli mato bilan yaxshilab artib yuboring. Bolaga kiyim va poyabzal qanday tanlanadi Bolalar kiyimiga bo'lgan asosiy talab uning maqsadga muvofiqligidir. Bolalar kiyimi birinchi navbatda juda qulay bo'lishi kerak. Shuning uchun ota-onalar kichkintoyga kiyim tanlayotganlarida, eng avvalo, uning issiqligi, yengilligi va qulayligini hisobga olishlari kerak. Kiyim bolaning harakatiga xalal bermasligi va terining fiziologik vazifasini buzmasligi kerak. Yaxshisi bolaning kiyimi mavsum-bop ip va jun gazlamalardan bo'lgani ma'qul. Ip va jun matodan tikilgan kiyimlar juda qulay, yengil, elastik bo'ladi va issiqni yaxshi saqlaydi. Bolalar ich-kiyimi kunduzi va kechasi kiyilishiga, mavsumga hamda bolaning yoshiga qarab turli gazlamalar (batist, paxmoq gazlama, surp va shu kabi mayin gazlamachar)dan tikiladi. Kichkintoyning barcha kiyimlari yaxshi va oson yuvilishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimlarini oddiy kir sovun bilan yuvish lozim. Sintetik kir yuvish vositalaridan foydalanmagan ma'qul. Bolalar poyabzali yengil, yumshoq, salgina poshnachasi bor bo'lgani ma'qul. Poyabzalni to'g'ri tanlash uchun uni tik turib kiyish, bir necha qadam bosib yurib ko'rish lozim. Oyoq barmoqlari poyabzal ichida siqilmay erkin turishi kerak. Bolaning oyog'i tez o'sadi, shuning uchun har doim botinka yoki tuflining siqish-siqmasligini kuzatib turish kerak. Poyabzal kichik bo'lsa, barmoqlar siqilib shaklini o'zgartiradi, oyoq qavaradi, tirnoqlar egri o'sadi. Keng poyabzal oyoq terisini shiladi, shikastlantiradi. Kichkintoy poyabzali ham mavsumga qarab tanlanadi. Rezina etiklarni faqat yomg'ir yoqqan paytda yupqa jun paypoq (noski) bilan kiyish kerak. Yozda tufli, shippak kiyish tavsiya etiladi. Keyingi paytlarda sport poyabzalini kiyish keng tarqalgan, uni kechgacha kiyib yurishga odatlanmaslik kerak. Tish pastasi o'rniga... sut g'uyidagi maslahatimiz esa milklari qonaydigan, og'zidan yoqimsiz hid keladigan, tishida tosh yig'iladigan va kariyes paydo bo'lgan insonlar uchun. Agar sanab o'tilgan holatlardan birontasi sizda bo'lsa unda tishingizni tish pastasi emas, balki quruq sut bilan tozalab, ijobiy natijaga erishishingiz mumkin. Tishni quruq sut bilan tozalayotganda ham xuddi tish pastasi bilan tozalaganda kabi vaqt sarflashingiz lozim. Tishlarni tozalab bo'lgandan keyin ovqatlanish tavsiya etilmaydi. Go'sht xarid qildingizmi, unda... Bozordan 2 kilo go'sht xarid qildingiz va mahsulotni olib kelib darhol muzlatgichga soldingiz. Shunday ekan, har safar taom tayyorlashdan avval muzlagan go'shni eritib olish uchun ancha vaqt sarflashingiz tabiiy. Bizning sizga maslahatimiz, agar siz go'shtni muzlatgichning muzxonasiga solishdan avval o'zingizga kerakli bo'ladigan bo'laklarga bo'lib chiqsangiz, keyinchalik eritishga uncha ko'p vaqtingiz ketmaydi. Muzlatgichdan chiqarib olib, darhol tovaga yoki qozonga solishingiz ham mumkin bo'ladi, hatto. Sabzavotlar bilan ham xuddi shunday yo'l tutish mumkin. manba.7x7
|