"Baqlajon salati"
Рецепт матни:
Tayyorlanishi:
Baqlajon mayda qalamcha shaklida to'g'raladi va yog'da qovurib olinadi. Qizil bolgo'ri qalampurini ham uzun uzun qilib to'g'rab yog'da qovurib olamiz. Pomidorni ham uzun qilib to'g'rab, ukrop va sarimsoq piyozni mayda qilib to'g'raymiz va tabga ko'ra tuz solib, so'ng hamma massani aralashtiramiz
Yammi Yammi
*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^**^*^*^*^***^*^**^***^*^*
Kerakli masalliqlar:
2-3 dona mayda baqlajon
1-2 dona qizil bolg'ori
1-2 dona pomidor
2-3 dona sarimsoq piyoz
ukrop
"Dollar" salati
Рецепт матни: 4 ta bodring
4ta tuxum
4 ta pomidor
200gr qaynatilgan go’sht
salat bargi
300gr mayonez
*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^^^*^*^**^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*
TEXNOLOGIYA:
Pomidor, tuxum, bodring va go’sht to’rtburchak to’g’raladi. Salat bargi katta parrak to’g’raladi. Mayonez bilan aralashtiriladi.
"NOZIK" slatai
Рецепт матни: 5-6 kishiga
Kerakli mahsulotlar:
Pishloq - 150 gr
Qizil sabzi - 300 gr
Tuxum -100 gr
Mayonez - 200 gr
Ko’k piyoz -100 gr
Latuk bargi - 50 gr.
*^*^*^*^*****^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^
Tayyorlanishi
Tozalangan sabzini somoncha shaklida to’g’rab, tuz bilan aralashtiriladi. Pishloqni ham yirikroq somoncha shaklida to’g’rab, mayda to’g’ralgan tuxum, mayonez bilan aralashtiriladi va likopchaga uyib solinadi. Salat yuzini mayda to’g’ralgan ko’k piyoz, tuxumdan yasalgan chiroyli gulcha, latuk bargi bilan bezab, dasturxonga tortiladi.
Qulupnay sharbati
Киритилган сана: : 05-Фев-2007 Hits: 129 Рейтинг: 4.0 (1 Овоз) - Деталлари
[Ушбу рецептни баҳоланг]
Рецепт матни:
Yangi terilgan qulupnay - 750 g, shakar - 150 g, suv - 500 g
Tayorlangan qulupnay tozalanadi, qirg’ichdan o’tkazilib, qaynoq suv quyiladi. Keyin shakar qo’shib, 5-8 daqiqa qaynatiladi. Suziladi va sovutiladi
"YONGOQ" salati
Рецепт матни:
50 gr pishloq
3 ta sabzi
2 ta lavlagi
200 gr yong’oq
200gr magiz (suvda ozgina ivitiladi)
300gr moyonez
*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*^*
TEXNOLOGIYA:
Lavlagi suvda pishiriladi. Laganga masalliqlarni quyidagi ketme-ketlida solib chiqamiz:
1.Qirg’ichdan chiqarilgan sabzi
2. Magiz, yong’oq
3. Moyonez
4. Pishloq (qirg’ich)
5. Lavlagi
6. Magiz, yong’oq
7. moyonez;
ustini maydalangan yong’oq bilan bezatiladi.