ASSALOMU ALAYKUM
AZIZ BIRODARLAR VA SAYTIMIZ MEHMONLARI. Komputer saboqlari turkumidan navbatdagi darsimizni boshlaymiz. Biz bugungi darsimizda Microrosoft Companiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dasturlardan biri bo’lmish Microsoft Excel dasturi bilan tanishib chiqamiz. Shu o’rinda yana bir bor eslatib o’tmoqchimanki, ushbu loyiha computer bilan professional darajada foydalanadigan do’stlarmiz uchun emas, balki yangi o’rganuvchilar uchun mo’ljallangandir.
Demak Birinchi darsni boshladik!
Microsoft Excel dasturi bugungi kunda dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida keng tarqalgan dasturdir. Bu degani qayerda computer mavjud-ki, o’sha joyda albatta excel dasturi mavjuddir. Microsoft Excel dasturi asosan hisob-kitob ishlari uchun mo’ljallanib ishlab chiqarilgan mahsus dastur bo’lib, uning ahamiyati bugungi kunda juda kattadir. Excel programmasidan unumli foydalanish orqali insonlarning aqliy mehnatlarini kamaytirish va ancha yengilliklarga erishish mumkindir. Misol qilib shuni aytish mumkinki, bundan bir necha yillar ilgari hisob-kitob schyetlari yordamida yoki kalkuliatorlar yordamida bir necha kunlab bajariladigan hisob-kitob ishlarini 1 necha soatda yoki undan ham qisqa muddat ichida amalga oshirish mumkindir.
Ushbu programma bo'yicha tasavvur hosil qilishimiz uchun quyidagi tayyor bo'lgan hisobotni namuna sifatida taqdim etamiz.