|
Peshqadam
Guruh:
Muslima
Xabarlar:
1547
Holati:
|
Chunki, qarz beruvchi hech qanday xavf-riskni bo'yniga olmaydi. U hech qanday zararga rozi emas. Allohga eshigini yopishni xohlaydi, toki, Alloh undan olib boshqasiga bermasin. Shunday qilib sudxo'r, qarzni foizli qilib qaytarish sharti bilan beradi-ki , o'zini har qanday zarardan xoli qiladi. agar, qarzdor qarzini to'lay olmas, "hipoteka", deb nomlanuvchi bir narsa orqali, garovga qo'yilgan mol-mulkini yo'qotadi. William Shekeasper buni bir kilo go'sht, deb ataydi.
Mana sizga, Alloh Ribani nega harom qilganining birinchi sababi.
Javob: qachonki, iqtisod Ribaga asoslangan bo'lsa, pul boshqa iqtisodda aylanib yurmaydi. Qachonki, iqtisod ribaga asoslangan bo'lsa, boy odam doimo boy bo'lib qoladi, kambag'al bir umr kambag'al bo'lib qoladi. Boylar doim boyligicha qolaversa, bu zulmdir. Kambag'allar qashshoqligicha qolaversa, bu zulmdir.
"Qiyomatni yolg'on deyuvchilarni bilishni xohlaysanmi," Al-Maa'Un, 1. Shular haqida gap ketyapti!
Zulm.
Islom dunyoni zulmdan qutqarish uchun keldi. Zulm sistemasidan joy olish uchun emas.
xullas, biz bugun savol beramiz: --- Qayerda qoldilar Islom ulamolari? Minbardan turib bizga o'rgatish uchun mavzuni yetarlicha tushunmaydilarmi?
Agar biz bu masalani yetarlicha tushuntirib o'rgatsaydik, dunyo bo'ylab ovozimizni eshittirsaydik, bugungi kunda ochiq-oydin foizli qarz beruvchi bank muassasalari qo'lida qolmagan bo'lardik. Hozir bu bilann hech kimning ishi ham yo'q. Ovqatimizni yeb, hazm qilib yuribmiz, dam olib uxlaypmiz. Allohning urushi bilan kimning necha pullik ishi bor? Kim zarra qadar Alloh va Payg'ambari urush ochgan masala bilan shug'ullanyapti? Hech qaysimiz Alloh ochgan urushda urush qilmayapmiz. Biz musulmonmizmi?
Bu nega Alloh ribani harom qilganining yagona sababi emas. Qur'onda boshqa darslar ham bor, lekin vaqtimiz kam qoldi. Masalan, Al-Rum surasi, 39, "Boshqalarning hisobiga boylik orttirish uchun bergan foizli qarzlaringiz Alloh huzurida sizga hech qanday yordam bermaydi. Lekin, zakot qilib bergan pulingiz Allohga xush keladi va sizga qat-qat savobi bor" (aniq tarjimasi emas!) Alloh Riba va Zakotni bir-biriga qarama-qarshi qilib farqini ko'rsatyapti. Avval, tijorat va ribani qarama-qarshiligini ko'rsatgan edi. Aytilyaptiki, Pulingizni foizli qarz qilib bersangiz, bu dunyoda pulingiz foizi ko'payib foyda qilasiz, lekin Alloh yonida u ko'paymaydi; Agar Alloh yo'lida zakot qilib bersangiz, bu pullar Alloh yonida qat-qat ko'payib u dunyoda sizga qaytarilib beriladi. Agar Alloh rizoligi uchun samimiy sadaqa bersangiz, Alloh uni sizga juda ko'paytirib beradi.
Demak, Riba va sadaqani bir-biridan farqli, qarshi qilgan narsa nima? Nega Riba ta'qiqlangan? Yana bir bor javob berish uchun fikrlashga to'g'ri keladi.
Mukammal xayr-sadaqa qilganda, bir narsa berasiz, evaziga hech narsa talab qilmaysiz; bu saylovlardagidek emas, menga ovoz bersangiz, men sizga shularni va'da qilaman, kabi. Bu xayr emas, odamlarni sotib olishdir.
Haqiqiy xayrli ishda bir narsa berib evaziga hech narsa tama' qilmaysan, hattoki, qattiq so'z ham gapirmaysan; olgan kishini ranjitmasli uchun berganingni eslatmaysan ham.
Alloh bizga al-rum surasida deydi-ki, "siz Xayr-sadaqaning nimaligini tushunsangiz, o'sha payt Ribaning nimaligini tushunasiz". chunki, riba buning teskarisidir.
Mukammal riba shuki, olasiz, olasiz, yana olasiz, evaziga hech narsa bermaysiz. Evaziga hech narsa bermadan olsalar ham go'rga edi, sionistlar dunyoning bank sistemasini boshqaradilar. Siz o'z bankingizni boshqaraman, deb o'ylaysizmi? Uyg'oning, uxlayapsizlar! Dunyodagi butun bank sistemalari, hammasi bitta markaziy boshqarish ostida. Bu markaziy boshqaruv bizning dushmanlarimiz qo'lida. Shunday qilib, dunyodagi barcha bank sistemalari faqat olish bilan mashg'ul, hech narsa qaytib bermaydi.
Ertaga bu quldorlik tuzumiga aylanadi. Hozirgi kunda bu so'zlarni tushuna olmaydiganlar bor. Chunki, g'aflatdalar. "ko'zlari bor, lekin ko'rmaydilar, quloqlari bor, lekin eshitmaydilar". Qalblari bor, lekin tushunmaydilar, hayvonlar singari. Lekin, odamlarning hammasi ham hayvon kabi emas. Fikrlash qobiliyati bor odamlar bor. va ular bizning qulga aylantirilayotganimizni angladilar.
Xo'sh, bizni tamomanqulga aylantirishlaridan oldin bunga qanday javob berishimiz lozim? Shuni eslatish orqali, va bu eslatma hammangizning ko'zingizga yosh keltirishi lozim.
Kirib kelayotgan qullik tuzumiga qaramay, ba'zi kishilar uchun bu allaqachon boshlandi; qanchalik duo qilishimizga qaramay, Alloh Ta'olo buyuradiki, "Alloh bir qavmning holatini o'zgartirmaydi, toki u qavm o'zida bo'lgan narsani o'zgartirmaguncha". Toki siz o'zingizning holatingizni o'zgartirmaganingizcha, holingiz qanchalik ayanchli bo'lishidan qat'iy nazar, Allohning yo'lidan yurish uchun g'ayrat ko'rsatishga boshlamaganingizcha, Alloh sizning sharoitingizni o'zgartirmaydi.
Birinchi navbatda qilishimiz kerak bo'lgan ish --- HECH QACHON FOIZ BILAN QARZGA PUL OLMASLIKDIR. Hatto, bir motosikl ollish uchun bo'lsa ham, hech qachon kredit olmang! Uy-joy, mashina olish uchun bo'lsa ham.
Hech qachon pulingizni banklarning jamg'arma hisob raqamlariga qo'yib foyda olmang!
Hech qachon obligatsiyalar sotib olmang, unda siz qarz beruvchi va foizlardan oilasini boquvchi, shunday qilib o'zi va oilasi qorniga otash to'ldiruvchi sudxo'rga aylanib qolasiz.
Agar avval qilgan bo'lsangiz, tavba qiling, boshqa hech qachon qilmang.
Bu mavzuda ytiladigan yana ko'p gaplar bor.
Ribaning boshqa ko'rinishlari ham bor.
Mana bu ham Riba! Mana bu qog'oz (pul). Lekin, boshqa safar.
Yaqinda, bu yerda (Malayziyada) Riba haqida Xalqaro Konferensiya o'tkaziladi, Oltin Otlar Saroyida, 2012-yil, 26-27- noyabr kunlarida. Birodaringiz (kamina) Islom, Petrodollar, va boshqa mavzularda ma'ruza o'qiydi.
Va bu qog'oz pul bizni qayoqqa yetaklab ketayotganini eshitib hayron bo'lasiz.
28- noyabr, chorshanba kuni Gombak Xalqaro Islom Universitetida mening ustozim "Islom jamiyatining qur'oniy poydevorlari va strukturalari" asari yuzasidan konferensiya o'tkaziladi.
|