DURDON | Date: Dushanba, 12-Avg-2013, 00:27 | Message # 1 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| CHOY O'RNIGA KEROSIN
Hindistonlik buyuk ulamolardan Abdulhay Laknaviy aytadilar: "Men otam Mavlono Abdulhalim huzurida ilm o'rgandim. 17 yoshimda men uchun o'qilishi kerak bo'lgan kitob qolmadi. 17 yoshimdan kitob yozishni boshlaganman." Bu zotning ilmga, kitob yozishga xarisliklari shu darajada bo'lgan ekanki, uylarining o'rtasida xontaxta o'rnatib, shunda doim kitob yozarkanlar. Kitob yozib turganlarida tahorat qistab qolsa, xayol sochilmasin deb, uyning to'rttala tarafida ham bir xil xammom va hojatxona barpo qilgan ekanlar. Tezda tahoratni yangilab, yana kitob yozishga kirisharkanlar. Hazrat 24 soatning 2 soatini uyquga, 10 soatini ilm berishga, qolgan qismini kitob yozish va boshqa ibodatlarga ajratar ekanlar. Shu holatda ham otalari u kishining kam kitob ko'rayotganliklari haqida onalariga shikoyat qilibdilar: - O'glingiz oldingidek kitob o'qimay qo'ydi. Xayoli sochilib qolyapti. - Menimcha bunday emas. O'g'limiz oldingidan ham ko'p kitob o'qiyapti. - U holda buni bir sinab ko'ring. Oldiga choyning o'rniga boshqa bir badbo'yroq narsani quyib bering. Agar o'sha narsani ichayotganida burni badbo'yni sezib, tupurib yuborsa, bilingki, xayoli sochilgan bo'ladi. Odatda hazrat ovqatlanish uchun alohida vaqt sarflamay, oldilariga olib kelinganini yeb, yana kitob yozaverarkanlar. Otalari sinash maqsadida choy o'rniga kerosin quyib, xontaxtaga qo'yib ketibdilar. Abdulhay Laknaviy esa, uni choy deb o'ylab, shartta ichib yuborib, indamasdan yana kitob yozavergan ekanlar. Abdulhay Laknaviy qirqqa kirmay vafot etadilar (dusmanlari o'ldirishadi). 150 dan ortiq kitob yozib qoldirganlar. Alloh u kishidan rozi bo'lsin!
|
|
| |