|
Peshqadam
Guruh:
Muslima
Xabarlar:
1547
Holati:
|
Imomi Rabboniy qoddasallohu sirruhu, ikkinchi ming yillikning din yangilovchisi. "Semerkand" jurnalining yanvar oyi sonidan olib tarjima qilindi. Maqola muallifi: Ali Yurtgezen Imomi Rabboniy q. s. porloq zakosi, quvvatli xotirasi va o'z yoshidan ancha yuqorida yetuk hatti-harakatlari bilan bolaligidayoq diqqatlarni o'ziga tortdi, yigirma yoshga kirmasdanoq Islomiy ilmlarning har sohasida dars bera oladigan saviyaga ega bo'ldi, Arabcha va Forscha risolalar yozdi. Kitoblar yozib, ulasha olgan har kishiga nasihat etib, insonlarni bid'at va adashishlardan qutqarishga urindi, ularni siroti-mustaqimga chaqirdi. Dinni tahrif etgan, Akbar Shohning ifsodiga (fasadiga) xizmat qilgan olimlar bilan mujodala etdi. Hindistonda 16-asrning ikkinchi yarmi. Boburiylar xonadonidan Akbar Shohning hukm surgan zamonlari. Hindiston odatda bir dinlar mozaikasidir: Musulmonlar, Hindular, Buddistlar, Majusiylar, Xristianlar, Yahudiylardan tashqari yana bir nechta kichik boshqa diniy ishonchdagi inson guruhlari ham yashaydi bu yerda. Aslida musulmon bir oilaga mansub bo'lgan Akbar Shoh, ayniqsa ko'p sonli Hindu aholisini saltanatiga tobe' qilish uchun butun dinlarni birlashtirish kabi bir buzuq bir fikrga yo'naladi. Ilmini iqboliga qurbon etgan ba'zi ko'rinishda din olimlarining ham yordami bilan "Dini - Ilohiy" deb yangi bir din paydo qilishga qaror beradi. Akbar Shoh va oilasi, birinchi tablig'idan buyon ming yil o'tgan Islom dinining endi eski bo'lib zamon ehtiyojlariga javob bera olmasligini iddio etadilar. Vahiyni aql ishi emas deb topadilar, Payg'ambarlar yo'l boshlovchiligiga ehtiyoj yo'qligini so'ylaydilar, oyat va hadislarni hukmsiz hisoblaydilar. Mavjud dinlardan o'z aqllariga ko'ra yoqtirgan bir nechta asoslarni olib aralash bir din qurishni istaydilar. Natijada musulmonlarning boshi gangib, iymoni zadalanadi, istiqomati buziladi. Endi halol-harom ancha unutilib, ibodatlar tark etildi. So'fiylik ham tezlik bilan shariat chizig'idan uzoqlashmoqda, Hindu ishonchlari tasavvufga aralashmoqda. Kashf va karomat hisoblangan istidrojlar (Payg'ambarlarda mo'jiza, ularning vorislari avliyolarda karomat ko'riladi, shayton va jinlar yordamida yuzaga kelgan g'ayritabiiy voqealar - istidrojdir) vahiydan ham, istiqomatdan ham ustun tutilmoqda, bid'atlar ko'paymoqda, oxirat inkor etilmoqdadir. Har kalladan har xil ovoz chiqmoqda, insonlar kimga va nima uchun ishonishni bilolmayapti. Islom, ming yil so'ngra juda buyuk tahrif (dinni o'zgartirish, buzish) tahlikasiyla yuzlashdi. Ko'r taqdirning ishini! Holbuki, Islom eng so'nggi din, insoniyatning so'nggi panohidir. Bu dinning sohibi, rahamtining asari sifatida albatta uni muhofaza etadi, Islomning tahrif qilinishiga yo'l qo'ymaydi. Hind yarimorolida bir qism odamlar dinni nafslariga qurol qilishga urinarkan, Ilohiy Taqdir allaqachon Movarounnahrda Imom Moturidiylar, Imom Buxoriylar, Shohi Naqshbandiylar bilan Islomni yangidan sof holiga qaytardi. Endi bu soflikning Hind tuproqlariga oqishi, bu yerlarda yaxshi bir urug' topib uni yashillantirishiga navbat keldi. Islomni barakali bir bahor kabi yangidan ihyo vazifasini, "faruqiyat" vasfi bilan haqni botildan ayirsin deb, Hazrat Umar naslidan, keyinchalik Imomi Rabboniy ismi bilan eslanadigan Ahmadi Sarhandiyga yuklagan taqdiri ilohiy, uning yetishishi uchun kerakli shartlarni ham hozirladi. 1563 yılda Hindistonninh Panjob viloyatidagi Sarhand shahrida tug'ilgani uchun "Sarhandiy", Hazrat Umar naslidan kelgani uchun esa "Faruqiy" nisbati bilan eslanadigan bu buyuk valiy, olim, mujtahid va mujaddid, undan ham ziyoda Imomi Rabboniy deb taniladigan va Islomning ikkinchi ming yilidagi yangilovchisi, ya'ni "mujaddidi alfi soniy" bo'ladi. Imomi Rabboniy Shayx Ahmadi Faruqiyyi's- Sarhandiy qoddasallohu sirruhu ilk tahsilini olim, fozil va tasavvuf ahli bir zot bo'lgan otasi Shayx AbdulAhaddan olmishdir. Hofizligini yana otasining yonida bitirgandan so'ng davrining eng taniqli olimlaridan hadis, fiqh, tafsir, kalom, falsafa, mantiq kabi ilmlarni o'qidi. Porloq zakosi, quvvali hofizasi va yoshidan ko'ra ko'p yuqoridagi o'zini tutishi bilan diqqatni jalb etardi. Yoshi hali yigirmaga ham bormasdan Islomiy ilmlarning har sohasida dars beradigan saviyaga keldi, arabcha va forscha risolalarni qalamga ola boshladi. Qisqa vaqtda shuhrati Hindistonning har yeriga tarqalgan bu yosh mujtahid, saltanat markaziga, Agraga borishga qaror qildi. Chunki, tahrifat u yerda boshlanmishdi va u yerda to'siq qo'yilishi kerak edi. Agrada Akbar Shohning ifsodiga qurol bo'lgan olimlar bilan mujodala etdi. Kitoblar yozib, ulasha olgan har kishisiga nasihat etib, odamlarni bid'at va adashishlardan qutqarishga harakat qildi, ularni siroti mustaqimga chaqirdi. Bir vaqt juda keksaygan otasining istagi tufayli Sarhandga qaytdi. Bobosi Shayx AbdulAhad, o'zi olishidan oldin o'g'lining hech bir kamchiligi qolmasligini istardi go'yoki. Juda intensiv tasavvuf tarbiyasi nihoyatida unga sayri-sulukini tamomlatdi. Tasavvufning asosiy poydevorlarini o'qitdi: Qodiriyya, Suxravardiyya va Chashtiyya tariqatlaridan ijozat berdi. Naqshbandiyya ijozati berish uchun esa umri yetmadi. Ikki dengizning uchrashuvi İmomı Rabboniy k.s., otasınıng vafotıdan so'ngra haj etish niyatiyla Sarhanddan Dehliga ketdi. Bu yerda tanishib suhbat qiladigan ilm-irfon ahli kishilaridan Buxorodan kelib choponini Dehliga to'shagan bir Naqshiy shayxining madhini eshitdi. Naqshbandiylikka nisbatan avvaldan beri mayli bor edi. Bu yo'lning buyuklarini har vaqt alohida ishtiyoq bilan gapiradigan otasi Shayx Abdul Ahad, juda orzu qilgan naqshini, umri vafo qilmagani uchun o'g'lining qalbiga ura olmagandi. Shunday qilib, yangi bir fursat chiqqandi Imomi Rabboniyning ro'parasiga. Bu ishning markazidan bir usta naqqosh, Shayx Boqi Billoh hazratlari Dehlida, juda yaqinda edi. Qidirganini topganlarning hayajoni bilan yugurdi, shayxning dargohiga bordi. Shayx Boqi Billoh q.s., hazratlari ham uni kutayotgandi zotan. Xoja Muhammad Emkanakiy q.s. hazratlari tarafidan Dehliga Sarhand quyoshini yetishtirish uchun yuborilgandi. Shayx Boqi Billoh, uvaysiy Naqshiy buyuklaridan edi. Davrining bir necha murshididan istifoda ettikdan so'ngra tushida Bahouddin Naqshband q.s. hazratlariga bog'landi. Yana bir tushida Xoja Ubaydulloh Ahror q.s. hazratlarining ma'naviy ishorati bilan Xoja Muhammad Emkanakiyga bordi , u bilan uch kun xilvat holida suhbat etdi. Ta'limotni ham shunday qilib bu xilvat paytida olgandi: Hindistonga borishi kerak, Naqshbandiylikning shariatdan ayrilmagan chizig'ini , vaqti kelganda o'ziga yuboriladigan bir azizga taslim etishi lozim. Avvaliga bir yil Lahorda qoldi. Keyin dargohini Dahliga tashidi. Bu yerdagi irshodi uch yilni to'ldirayotganida kutilgan murid keldi. Shayx Boqi Billoh dargohning eshigidan qadam otgan Imomi Rabboniyni darhol tanidi. U , Islom bog'iga bahorni yangidan keltiradigan Sarhand quyoshi edi va quyoshning farqiga bormaslik mumkin emasdi. tabassumli yuz bilan tik turib qarshiladi uni, iltifotlar bilan yoniga o'tirg'izdi. Shayx Boqi Billoh bilan Imomi Rabboniy bir-birlariga qarshi shu qadar hurmatli edilarki, atrofdagi so'fiylar, bu ikki kishidan qaysining murid, qaysining murshid ekanligiga qaror bera olmadilar. Zero, ular ikki dengizning birlashganini hali bilmasdilar. Dehli endi “mecmaa’l-bahreyn” ya'ni ikki dengizning birlashgan yeri edi va quritilgan baliq kabi mo'min qalblar bu yerda yangidan tiriltilajak, vahdat dengiziga sho'ng'iyajakdi (Muso a.s. va Hizir a.s. qissasi) U shunday bir quyosh-ki... İmomı Rabboniy, Dehlidagi bu ilk uchrashuvda Shayx Boqi Billoh dargohida ikki yarim oy qoldi. Bu qadar vaqt ichida tariqatning usul va arkonini, zikri xofiy (ovozsiz zikr)ni ta'lim olib Naqshbandiy nisbatini oldi. O'zi, hayotining bu eng fayzli zamonini , shayxining vafotidan so'ngra, uning o'g'illariga yozgan bir maktubda, "Boqi Billoh hazratlariga bog'lanish orqali izohlash mumkin bo'lmagan zuhurat va tajallilar bilan qarshilashdim; rang va kayfiyatdan ozod hollar bilan necha nurlar qo'lga kiritdim", deb anglatadi. Sarhandga qaytib keldi, lekin shayxining dargohida topgan ma'naviy tot, ko'p o'tmasdan uni yana Dehliga tortdi. Mirshidini ikkinchi marta ziyorat etdi. Yana uzun-uzun xilvatda bo'ldilar va qaytishida Shayx Boqi Billoh, "Yo'limizning butun ijozatini olding, bor ket mamlakatingda irshod(tarbiya) halqasini qu deyib, xilofat va ijozat hirqasini o'z qo'llari bilan kiydirdi unga . Endilikda mirid yetishtirishga ruxsatli qilinmishti. Hatto, Shayx, tanlangan xalifalarini va muridlarining bir qismini Imomi Rabboniga havola etib u bilan birlikda yubordi.
|