RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
BUYUK SAHOBALAR O'GITLARI
RiderDate: Juma, 26-Okt-2007, 21:29 | Message # 1
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
Abu Bakr Siddiqning o'gitlari

Men ham siz kabi bir odamman. Bilmadim, balki Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, bajara olgan xizmatni menga ham taklif qilarsiz. Vaholanki, Alloh taolo Muhammadni, alayhissalom, butun olamlardan afzal qildi va uni balo-ofatlardan asradi. Men esa tobeman. O‘z bilganimcha harakat qilishga haqqim yo‘q.
To‘g‘ri harakat qilsam, menga ergashing. To‘g‘ri yo‘ldan chiqsam, meni to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ying. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, vafot etayotganlarida ummatlaridan hech kimda bir cho‘p zarrasi qadar ham haqlari qolmagan edi. Mening esa vaqt-vaqti bilan paydo bo‘ladigan bir shaytonim bor. U kelganida mendan uzoqroq turingki, nogahon sizni urib qo‘ymayin yoxud soch-soqolingizni tortmayin.
Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga noma’lum bir umr ichida kun va tunlaringizni o‘tkazmoqdasiz. Agar qo‘lingizdan kelsa, bu hayotingizni solih amallar bilan o‘tkazing. Buni ham faqat Alloh taoloning yordami bilan amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan ishlash fursatini olib qo‘ymasdan turib, imkoniyatlaringizni ishga solib, xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini unutgan, amallarini boshqalarga tashlagan kimsalar ham bordir. Zinhor ular kabi bo‘lmang. Tezroq bo‘ling, Haflatda qolmang. Chunki orqangizdan sizga yetishmoq uchun tez kelayotgan ajalingiz bor. O‘limdan qo‘rqing, otalardan, o'g'illardan, aka-ukalardan ibrat oling. Yashayotgan kishilarga emas, o‘lganidan so‘ng ular ortda qoldirayotgan go‘zal narsalarga havas qiling...”

 
RiderDate: Juma, 26-Okt-2007, 21:31 | Message # 2
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
Abdulloh ibn Abbosning o'gitlari

— Ey gunoh ish qilgan kishi! Qilgan gunohingdan keyingi yomon oqibatdan amin bo‘lma. Hech bir gunoh yo‘qki, uni qilganingdan so‘ng yanada kattasi orqasidan kelmasin. Zero, gunoh qilayotganingda o‘ng va chap tomondagi farishtalardan uyalmasliging, sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Alloh taolo sen haqingda qanday hukm chiqarishini bilmay turib, kulishing qilgan gunohingdan ham kattaroq gunohdir. Fursatni qo‘ldan boy berib, qilolmay qolgan bir gunoh ish uchun xafa bo‘lishing gunohdan ko‘ra kattaroqdir. Gunoh ish qilayotganingda Alloh seni ko‘rib turgani holda, qalbing cho‘chib-titramasdan, shamolning eshik pardasini shitirlatishidan qo‘rqishing sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Xudo xayringni bergur, bilasanmi, Alloh subhanahu va taolo Ayyubning, alayhissalom, qay ishi uchun shunday ko‘p sarvatini oldi va kasalliklarga duchor etdi? Bir bechora bir zolim qo‘lidan qutulmoq uchun uning huzuriga keldi. Ayyub, alayhissalom, esa, unga yordam bermadi va (himoyaga muhtoj) u kimsani zolimning zulmidan himoya qilmadi. Ittifoqo, Alloh ul zotni u katta musibatlarga duchor qildi.

 
RiderDate: Juma, 26-Okt-2007, 21:34 | Message # 3
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
Hazrati Umarning o'gitlari

“Shu yulduzlar ilmidan sizga quruqlik va suv qoronHuliklarida yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘ladigan darajada, tarix ilmidan esa xalqaro munosabatlardan xabardor etadigan miqdorda o‘rganingiz.
Qur’onga Hilof, ilmga manba bo‘ling. Allohdan kunlik rizqingizni so‘rang.
Gunohlariga pushaymon qiladiganlar bilan oshno bo‘ling. Zero, ularning qalbi har narsadan yupqadir.
Allohdan qo‘rqqan kimsa jahl qilmaydi va xohlagan har ishini bajaravermaydi. Agar oxirat bo‘lmasa edi, dunyoni bu tarzda ko‘rmas edingiz.
Haqdan ayrilmangki, sizga haq egalarining joyi ko‘rsatilgay. Har doim faqat haqiqat bilan hukm eting...»

 
RiderDate: Juma, 26-Okt-2007, 21:36 | Message # 4
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
Usmon ibn Affonning o'gitlari

Badr ibn Usmon, roziyallohu anhu, amakilaridan rivoyat qiladi:
“Usmon ibn Affon, roziyallohu anhu, xalifa etib saylangach, masjidga chiqdi. Nihoyatda xafahol va yuzlari so‘lg'in edi. Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlariga chiqib, Allohga hamd, Payg‘ambarimizga salovot aytgach, shunday dedi:
— Siz o‘tkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham o‘tishini kutmoqdasiz. Shu holda hanuz o‘lim kelmay turib, ishlarning eng afzalini qilib olishga shoshiling. Bir qarabsizki, kutilmagan bir soatda ushlanib qolasiz. Unutmangki, bu dunyo yolg‘on va aldov ustiga bino bo‘lgan.
“Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘ymasin va sizlarni aldamchi (shayton) Alloh (kechiraveradi, degan aldov) bilan aldab qo‘ymasin” (Luqmon, 33, mazmuni).
Sizdan avval o‘tgan kimsalarning holidan ibrat oling. So‘ng sa’y-harakat qiling va g'aflatda qolmang. Zero, siz g'aflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira g'aflatga tushilmaydi. Dunyoda ekinlar ekib-o‘rgan, baland koshonalar qurgan va uzoq vaqt zavqu safo surgan dunyoning o'g'illari, birodarlari bugun qaerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham shunday unga berilmang. Oxirat uchun harakat qiling. Alloh subqanahu va taolo dunyo hayoti haqida shunday tamsil qilgan: “(Ey Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi suv kabidirki, Biz uni osmondan yog'dirgach, (bahorda) u sababli yer o‘simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur, so‘ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur”.

 
RiderDate: Juma, 26-Okt-2007, 21:38 | Message # 5
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
Hazrat Alining (r.a.) vasiyati

Hazrati Ali (r.a.) o’g’li Hazrati Hasanga vasiyat qilgan edilar:
-Bilmagan narsang haqida so’zlama;
-vazifang bo’lmagan ishga kirishma, har ishni ahliga qoldir;
-falokat kelishidan qo’rqqan yo’lingni tark et, zero bir ishda falokat sezilganda, unit ark etmoq qo’rquv bilan olg’a surmoqdan hayrlidir;
-o’zingdan kuchli zolimlar orasida sabr etmoqqa o’rgan, zero, haqsizlik qarshisida haq uchun sabr etmoq eng yaxshi axloqdir;
-kishi dunyoda oxirati uchun nima hozirlagan bo’lsa, ertaga shu narsaga erishadi;
-so’z ahli bo’lishdan ko’ra ish ahli bo’lgin.

 
RiderDate: Juma, 26-Okt-2007, 21:41 | Message # 6
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
Abu Umomaning o'gitlari

Sulaym ibn Omirdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: “Abu Umoma bilan Shomda bir dafn marosimida birga edik. Janoza o‘qilgach, mayyitni ko‘ma boshladilar. Shunda Abu Umoma al-Balxiy baland ovozda dedilar:
— Ey insonlar! Bugun siz yaxshilik va yomonliklar ajratib olinayotgan hayot uyida yashamoqdasiz. Va (qabrni ko‘rsatib) juda yaqin bir kunda boshqa uyga, mana bunday qabrga ko‘chib o‘tishga majbursiz. Bu qabr yolg‘izlik, qoronHulik uyidir, bo‘rilar uyidir, siqilish va tanglik-qiyinchilik uyidir.
Bu yerdan esa qiyomatning mushkul, qiynoqli maydonlaridan biriga o‘tasiz va u yerda Allohning amri kelguniga qadar ushlanib turilasiz. Bu uzoq kutish asnosida bir necha yuzlar oqaradi, bir qanchasi esa qorayadi. Shundan so‘ng yana boshqa bir maydonga ketasiz. U yerda sizni qoronHu zulmat bosadi. Keyin nur tarqatiladi. Bu nur faqat mo‘minlarga beriladi, kofir va munofiqlar bu nurdan benasibdirlar. Alloh subhanahu va taoloning Kitobidagi: “Yoki (kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust to‘lqin va uning ustida (qora) bulut qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga o‘xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir: qo‘lini chiqarib (qarasa) uni ko‘ra olmas. Kimga Alloh nur (omonlik) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur yo‘qdir” (Nur, 40, mazmuni) oyati karimasi bunga ishora etmoqda. U kun xuddi ko‘r kimsa ko‘zi ko‘radigan kishining ko‘zidan foydalanolmagani kabi kofir va munofiq kimsalar mo‘minning nuridan foydalana olmaydilar. U kun erkak va ayol munofiqlar mo‘minlarga: “Bizga qaranglar, biz ham sizlarning nuringizdan ozgina olib foydalanaylik”, — deydilar. (Ularga): “Ortingizga qaytib nur istangizlar”, deyilur” (Hadid, 13, mazmuni), Holbuki, bu munofiqlar aldanishlari uchun bir hiyladir. Shundan so‘ng munofiqlar nur tarqatilgan joyga qaytib kelsalar ham, u yerda hech narsa topa olmaslar va yana bir bor qaytayotganlarida: “So‘ng ular bilan mo‘minlar o‘rtasida darvozali bir devor urilurki, uning ichida rahmat, tashqarisida esa azob (do‘zax) bo‘lur” (Hadid, 13, mazmuni).

 
jafarDate: Chorshanba, 02-Apr-2008, 19:54 | Message # 7
Yangilardan
Group: Foydalanuvchi
Messages: 1
Status:
Agar e´tiqod qilayotganingizdek yashamas ekansiz,bilinki yashayotganingizdek e´tiqoddasiz[size=12] Umar ibn Hattob[size=14] Ilmni fursati bo´lganda o´rganaverish kerak chunki ilm zarur bo´lgan paytda fursat topilmaydi[size=12] Abdulloh ibn Masa´ud[size=14]

Message edited by jafar - Chorshanba, 02-Apr-2008, 19:58
 
MASTERDate: Seshanba, 08-Iyul-2008, 23:40 | Message # 8
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
Rider, Rahmat olloh rozi bo'lsin
 
DURDONDate: Chorshanba, 24-Okt-2012, 00:00 | Message # 9
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Ikki eshik orasi
Muslim ibn Bishrdan:
Abu Hurayra, roziyallohu anhu, kasal bo‘lib o‘lim to‘shagida yotar ekan, unsiz yig‘lar edilar. Bir kuni u kishidan: «Nega yig‘laysiz?” deya so‘rashdi. U shunday javob qildi:
— Oldimdagi safar juda uzoq. Ozuqam esa oz. Shu boisdan yig‘layman. Hozir meni ikki eshikning ro‘parasiga keltirishgan: eshiklardan biri jahannamga, ikkinchisi esa, jannatga ochiladi. Meni qaysinisidan ichkariga olib kirishlarini bilmayman.


 
ShohruhbekDate: Chorshanba, 28-Noya-2012, 01:29 | Message # 10
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1247
Status:
Пайгамбаримиз Мухаммад С.А.В вафотидан олдин яъни сунгги сузлари усикум биссола, усикум биссола, усикум биссола яъни намозга ехтиёт булинг, намозга ехтиёт булинг, намозга ехтиёт булинг, умматим, умматим, умматим деган экан!

 
ShohruhbekDate: Chorshanba, 28-Noya-2012, 01:31 | Message # 11
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1247
Status:
[font=Optima]O'qing sizlar uchun bir kuni Payg'ambarimiz S.A.V oldilariga bir kishi kelib ey Rasululloh menga zino qilishga ruhsat bering dedi. Sahobalar u odamni urusha ketdi. Shunda Payg'ambarimiz -yaqinroq kelingchi dedi, u odam yaqinroq keldi, Rasululloh dedilar, -onaga shunday ish qilinishini xoxlaysanmi? -yoq albatta Alloh asrasin... -opagachi..? -Alloh asrasin... -singlingachi, ammagachi, xolagachi..? dedilar u odam har safar Alloh asrasin dedilar Rasululloh dedilar -ana ko'rdingmi demak boshqalar ham hohlamaydi[/font]

 
ShohruhbekDate: Chorshanba, 28-Noya-2012, 01:34 | Message # 12
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1247
Status:
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: «Рамазондан кейин рўзаларнинг энг афзали Аллоҳнинг муҳаррам ойи(да тутилган рўза)дир, фарз намозидан кейинги энг афзал намоз эса тунги намоз – таҳажжуд намозидир» (Саҳиҳи Муслим, 1163-ҳадис)




Message edited by Shohruhbek - Chorshanba, 28-Noya-2012, 01:35
 
ShohruhbekDate: Shanba, 08-Dek-2012, 18:11 | Message # 13
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1247
Status:
Али розияллоху анху кофирни майдонга, яъни бутун халк орасига олиб чикиб калласини танидан жудо килиш учун киличини сугуриб кофирни ёнига борганида, кофин Али розияллоху анхунинг юзларига тупуриб юборади. Шунда хазрати Али розияллоху анху киличини кинига солиб, энди калласини олмайман дейди. Бутун халк, нега бундан килдинг, ё Али, бу гунох устига гунох килди-ку, дедилар. Хазрати Али розияллоху анху дедилар: Аввал Аллох учун уни улдирмокчи эдим, энди улдисам, узим учун, яъни юзимга тупургани учун улдирган булиб коламан. Каранг-а, канчалик риёдан эхтиёткорлик! Агар бизлардан бирортамиз булганимизда эди... Хазрати Али розияллоху анху дедидлар: "Риёкорнинг аломатлари турттадур" 1. Ёлгиз колган вактида ялковдир. 2. Инсонлар билан бирга булганида тиришкокдир. 3. Уни макташса, амални купайтиради. 4. Ёмонлашса, нуксонли килади. Росулуллох соллоллоху алайхи вассаламдан Адий ибн Хотам Тоий куйидаги ривоятн килади: Аллох таоло киёмат кунида бир гурух одамларни жаннатга олиб боришни амр килар экан. Улар жаннатга якинлашганларида жаннатнинг хушбой хидлари димокларига урилиб, жуннатнинг ичидаги гузал манзараларни куришгач, Аллох таоло уларни ортларига кайтаришни ва дузах тамон олиб боришни амр килар экан. Шунда улар Аллох таолога арзланиб, эй Парвардигор, нега бундай килдинг, дер экан. Аллох таоло сизлар нима килган булсангиз, мен хам шуни килдим дер экан. Яъни сизлар у дунёда амални менга курсатиб, калбингизда эса бошкаларга атаган эдингиз. Мен хам сизларга жаннатни курсатдим, лекин уни (жаннатни) бошкаларга атаб куйганман, жаннат мухлис бандаларим учундир. дер экан. Мухлис шундай кишики, ёмонликларни кандай яширса, яхшиликларини хам шундай яширади.

 
OSIYODate: Yakshanba, 16-Dek-2012, 14:43 | Message # 14
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
rahmat
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: