RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Duo ham ibodatdir!
SANJAR80Date: Shanba, 31-Okt-2009, 17:18 | Message # 1
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v): “Duo eting, chunki duo ibodatning o‘zagi va mag‘zidir”, deganlar. Bandaga yarashgan ish o‘zining ojiz, Allohning yordamiga muhtoj ekanligini bilish va Allohning marhamat eshigiga bosh urib, Uning muruvvatidan umidvor bo‘lish va qo‘lini duoga ochishdir. Duo faqatgina namozda yoki diniy marosimlarda emas, balki har yerda qilinishi mumkin. Duoning zamoni va makoni yo‘qdir. Duo juda baland ovoz bilan qilinmaydi. Alloh Taolo Qur’oni Karimda: “Rabbingizga maxfiy va iltijo bilan duo qiling”, deb buyuradi. Alloh qalbdagi yashirin va oshkora har narsani, yaxshi niyat bilan duo qilganlarni ham, xohlamay duo qilganlarni ham biladi. Qalbingizni barcha gumonlardan xoli etib, pokiza ko‘ngil bilan iltijo qiling.

Sahobai kiromlar Rasulloh (s.a.v)dan so‘radilar:

— Ey, Allohning rasuli, Rabbimiz bizga uzoqmi yoki yaqin? Agar yaqin bo‘lsa ovoz chiqarmay yolvoraylikmi yoki uzoq bo‘lsa Unga nido etaylikmi?

Ushbu savolga javob sifatida “Baqara” surasidagi shu oyat nozil bo‘ldi: “Ey, Muhammad! Qullarim sendan men haqimda so‘rasalar, men ularga yaqinman. Menga duo qilgan payt duogo‘ylarning duosini ijobat qilaman. Bas, haq yo‘lga yurishlari uchun (ular ham) mening (da’vatimga) javob qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar”.

Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilinishiga ko‘ra, Rasululloh shunday dedilar: “Uch kishining duosi shubhasiz qabul qilinadi:

1. Mazlumning duosi.

2. Yo‘lovchining duosi.

3. Ota-onaning farzandi haqiga qilgan duosi”.

Shuningdek Rasuli Akram quyidagi holatlarda ham duo qabul bo‘lishini marhamat etganlar:

— Otaning duosi tez vaqt ichida qabul bo‘ladi.

— Musulmon kishining boshqa musulmon haqiga qilgan g‘oyibona duosi albatta qabul qilinadi. Duo qilayotgan insonning boshi tepasiga bir farishta kelib: “Omin va senga ham shunday bo‘lsin”, der ekan.

— Alloh uchun sevishganlarning bir-birlari uchun qilgan duolari qabul qilinadi.

— Sen bir bemorning yoniga borgan vaqting undan seni duo qilishini so‘ra, chunki bemorning duosi farishtaning duosi bilan tengdir.

O‘zingiz uchun emas, balki o‘zgalar uchun ham duo qiling. Sizni tanigan-tanimaganlar, sizga zarradek yaxshiligi tekkan-tegmagan bandalar haqiga duo qiling.

Rasululloh (s.a.v.) buyuradilar: “Ey, sahobalarim! Sizlar gunohsiz og‘zingiz bilan duo qiling”.

Shunda sahobalar:

— Yo, Rasululloh (s.a.v), gunohsiz og‘iz qanday bo‘ladi? — deb so‘radilar.

Rasuli Akram:

— Hammaning og‘zi o‘zi uchun gunohkor, faqat boshqa uchun gunohkor emas, — deb javob berdilar.

Haq Taolo Muso (a.s)ga:

— Ey, Muso! Bir din birodaringga yaxshilik qilginki, u sening haqingga duo qilsin. O‘zi gunohkor bo‘lsa ham gunohi o‘zi uchundir. Uning duosini qabul qilaman, — deb buyurgan.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deb duo qilardilar: “Allohim, shu to‘rt narsadan Sendan panoh tilayman:

1. Foyda bermagan ilmdan.

2. Qo‘rquvni his qilib bo‘ysunmagan qalbdan.

3. To‘ymagan nafsdan.

4. Eshitilgan, lekin qabul qilinmagan duodan”.

Hazrati Iso alayhissalom buyuradilar: “Ko‘zlaringiz yoshlanguncha duo qiling”.
Ko‘pchilikni “Qaysi vaqtda duo qilgan ma’qul?” degan savol qiziqtiradi. Avvalo, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ixlos bilan qilingan duo har qanday paytda ham ijobat bo‘ladi.

Duo qabul bo‘ladigan vaqtlar haqida ikki jahon sarvari Muhammad (s.a.v.) marhamat qiladilar:

— Ikki vaqt bordirki, u vaqtlarda osmon eshigi ochiq bo‘ladi. Rad etilgan duolar deyarli bo‘lmaydi. Birinchisi — azon aytilgan vaqt, ikkinchisi — dushman bilan yuzma-yuz kelgan payt.

Kechasi shunday bir vaqt borki, bir musulmon bu vaqtda duo qilsa, dunyo va oxirat uchun Alloh Taolodan nimaniki so‘rasa, albatta so‘ragani beriladi. Bunday muborak soat har bir kechada bordir.

Tunning yarmida osmon eshiklari ochiladi va bir nido keladi: “Duo qilgan bormi? Duosi qabul bo‘ladi. Bir narsa istagan bormi? Istagani beriladi”. Bu vaqtda zino qilgan va birovning haqini nohaq yeydiganlardan tashqari hamma musulmonning duosi qabul bo‘ladi.

Juma kuni shunday bir soat borki, ushbu soatda musulmon kishi Allohga duo qilib, nimani so‘rasa, albatta, duosi qabul bo‘ladi. Shuningdek, Arafa kuni qilingan duo ham tezda ijobat bo‘ladi.

Ramazon oyida Allohni ko‘p zikr etgan musulmonning gunohlari kechiriladi va duolari qabul bo‘ladi.

Allohdan istagi bo‘lgan inson farz namozidan so‘ng Allohga duo qilsin.


 
ShohruhbekDate: Juma, 30-Noya-2012, 22:58 | Message # 2
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1247
Status:
Бир гунохим бор мени, Тавба килсам колрами энди. Билиб килсам гунохни, ОЛЛОХ кечира оларми энди. Шоятки кечира олсайди, Охиратим берсайди. МУХХАММАД пайгамбаримиз мени умматим дейолсайди. ОЛЛОХ айткан иноятин, Саклар МУХАММАД умматин. Одам билса хурматин, Килар зийода охиратин.

 
ShohruhbekDate: Shanba, 08-Dek-2012, 18:05 | Message # 3
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1247
Status:
bu dunyoda iymon bn nurga cho'mgan bir ummat bor. ul ummatning yo'li kengdur barchasida ming rahmat bor. hayotida hotirjamlik vafotida ming hikmat bor. rozi bb taqdiriga tutar 2 enlik xat bor. rosululloh vafot etdi yana qanday musibat bor. kimdur o'lar kimdur nafas olmog' ekanligin anglab yetdik. o'znamangu davo qila go'ristonni manzil etdik. oling mana dunyo sizga biz habibla birga ketdik endi. endi bizga na go'zallik va na sokin halovat bor. rosululloh vafot etdi yana qanday musibat bor. holatingiz ko'rdik maxzun asliyatga tezroq qayting. ajal o'qi aniq erur unga boqmang kulib haydang. dunyo ostin ustin bo'lib ketmaydimi endi ayting. yelkangizda qolib ketgan o'lim digan omonat bor. rosululloh vafot etdi yana qanday musibat bor. otangiz ham onangiz ham bir kun sizni tashlab ketmish. yuraklarni tilka pora aylabon zor g'ashlab ketmish. ko'zlaringiz balki namlab songigacha yoshlab ketmish. ajal kelsa siz qochguchi qandayin bir imorat bor. rosululloh vafot etdi yana qanday musibat bor. chakki tomgay endi aslo yamab bo'lmas bu uy tomin. oynasi parchalanmish o'rnatmog' na singan romin. qiyomatga qarab yo'lin tutib bo'lgach soqov zamin. ayting to'sib qolar qay kuch va qandayin tumonat bor. rosululloh vafot etdi yana qanday musibat bor. barchamizning qalbimizda dunyoga bor muhabbat bor. muhabbatdan hosil bo'lgan razillik bor qaboxat bor. oxirlamish so'zim mening hitobimda nadomat bor. ayo ummat bu dunyoga nechun qattiq sadoqat bor. rosululloh vafot etdi yana qanday musibat bor.


 
DURDONDate: Payshanba, 22-Avg-2013, 03:07 | Message # 4
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Payg‘ambarimiz Muhammad
(s.a.v): “Duo eting, chunki duo
ibodatning o‘zagi va
mag‘zidir”, deganlar. Bandaga
yarashgan ish o‘zining ojiz,
Allohning yordamiga muhtoj ekanligini bilish va Allohning
marhamat eshigiga bosh urib,
Uning muruvvatidan umidvor
bo‘lish va qo‘lini duoga
ochishdir. Duo faqatgina
namozda yoki diniy marosimlarda emas, balki har
yerda qilinishi mumkin.
Duoning zamoni va makoni
yo‘qdir. Duo juda baland ovoz
bilan qilinmaydi. Alloh Taolo
Qur’oni Karimda: “Rabbingizga maxfiy va iltijo bilan duo
qiling”, deb buyuradi. Alloh
qalbdagi yashirin va oshkora
har narsani, yaxshi niyat bilan
duo qilganlarni ham, xohlamay
duo qilganlarni ham biladi. Qalbingizni barcha
gumonlardan xoli etib, pokiza
ko‘ngil bilan iltijo qiling.
Sahobai kiromlar Rasulloh
(s.a.v)dan so‘radilar:
— Ey, Allohning rasuli,
Rabbimiz bizga uzoqmi yoki
yaqin? Agar yaqin bo‘lsa ovoz
chiqarmay yolvoraylikmi yoki
uzoq bo‘lsa Unga nido
etaylikmi?
Ushbu savolga javob sifatida
“Baqara” surasidagi shu oyat
nozil bo‘ldi: “Ey, Muhammad!
Qullarim sendan men haqimda
so‘rasalar, men ularga
yaqinman. Menga duo qilgan payt duogo‘ylarning duosini
ijobat qilaman. Bas, haq yo‘lga
yurishlari uchun (ular ham)
mening (da’vatimga) javob
qilsinlar va Menga iymon
keltirsinlar”.
Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat
qilinishiga ko‘ra, Rasululloh
shunday dedilar: “Uch
kishining duosi shubhasiz
qabul qilinadi:
1. Mazlumning duosi.
2. Yo‘lovchining duosi.
3. Ota-onaning farzandi
haqiga qilgan duosi”.
Shuningdek Rasuli Akram
quyidagi holatlarda ham duo
qabul bo‘lishini marhamat
etganlar:
— Otaning duosi tez vaqt
ichida qabul bo‘ladi.
— Musulmon kishining boshqa
musulmon haqiga qilgan
g‘oyibona duosi albatta qabul
qilinadi. Duo qilayotgan
insonning boshi tepasiga bir
farishta kelib: “Omin va senga ham shunday bo‘lsin”, der
ekan.
— Alloh uchun
sevishganlarning bir-birlari
uchun qilgan duolari qabul
qilinadi.
— Sen bir bemorning yoniga
borgan vaqting undan seni duo
qilishini so‘ra, chunki
bemorning duosi farishtaning
duosi bilan tengdir.
O‘zingiz uchun emas, balki
o‘zgalar uchun ham duo qiling.
Sizni tanigan-tanimaganlar,
sizga zarradek yaxshiligi
tekkan-tegmagan bandalar
haqiga duo qiling.
Rasululloh (s.a.v.) buyuradilar:
“Ey, sahobalarim! Sizlar
gunohsiz og‘zingiz bilan duo
qiling”. Shunda sahobalar:
— Yo, Rasululloh (s.a.v),
gunohsiz og‘iz qanday bo‘ladi?
— deb so‘radilar. Rasuli Akram:
— Hammaning og‘zi o‘zi
uchun gunohkor, faqat boshqa
uchun gunohkor emas, — deb
javob berdilar.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
shunday deb duo qilardilar:
“Allohim, shu to‘rt narsadan
Sendan panoh tilayman: 1. Foyda bermagan ilmdan. 2. Qo‘rquvni
his qilib
bo‘ysunmagan qalbdan. 3. To‘ymagan nafsdan. 4. Eshitilgan, lekin
qabul
qilinmagan duodan”.Duo qabul bo‘ladigan vaqtlar
haqida ikki jahon sarvari
Muhammad (s.a.v.) marhamat
qiladilar: — Ikki vaqt bordirki, u
vaqtlarda osmon eshigi ochiq
bo‘ladi. Rad etilgan duolar
deyarli bo‘lmaydi. Birinchisi —
azon aytilgan vaqt, ikkinchisi
— dushman bilan yuzma-yuz kelgan payt. Kechasi shunday bir
vaqt borki,
bir musulmon bu vaqtda duo
qilsa, dunyo va oxirat uchun
Alloh Taolodan nimaniki
so‘rasa, albatta so‘ragani
beriladi. Bunday muborak soat har bir kechada bordir. Tunning
yarmida osmon
eshiklari ochiladi va bir nido
keladi: “Duo qilgan bormi?
Duosi qabul bo‘ladi. Bir narsa
istagan bormi? Istagani
beriladi”. Bu vaqtda zino qilgan va birovning haqini
nohaq yeydiganlardan tashqari
hamma musulmonning duosi
qabul bo‘ladi. Juma kuni shunday bir soat
borki, ushbu soatda musulmon
kishi Allohga duo qilib, nimani
so‘rasa, albatta, duosi qabul
bo‘ladi. Shuningdek, Arafa
kuni qilingan duo ham tezda ijobat bo‘ladi. Ramazon oyida Allohni
ko‘p
zikr etgan musulmonning
gunohlari kechiriladi va
duolari qabul bo‘ladi. Allohdan istagi bo‘lgan inson
farz namozidan so‘ng Allohga
duo qilsin.


 
DURDONDate: Dushanba, 09-Sen-2013, 00:47 | Message # 5
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Дуо ҳам ибодатдир…

Инсон ҳамиша яратган Парвардигорга муҳтож, Унинг раҳмат ва мағфиратига умидвор. Одамизод ҳаётдаги турли воқеа-ҳодисалар, мушкуллик ва синоатлар, бало-офатлар қаршисида ожиз қолганида дарров дуога қўл очади, Роббига илтижо қилиб, ундан мадад ва нажот сўрайди.

Дуо ҳам бир ибодат, инсоннинг Аллоҳ билан орасини боғловчи бир ришта. Дуо-бутун оламларнинг Парвардигорини зикр этиш ва бу орқали Унинг розилигини топиш, савоб ва ажрга мушарраф бўлиш. Мўминларнинг тириклар ва ўликлар ҳаққига қилган дуолари Аллоҳ ҳузурида мақбул ва маҳбубдир.

Аллоҳ таоло Қуръони каримда шундай марҳамат этади:

«Бас, Мени эслангиз, Мен ҳам сизларни эслайман ва Менга шукур қилингиз ва Менга куфр келтирмангиз» (Бақара,152)

«(Эй Муҳаммад алайҳиссалом), бандаларим сиздан Мен ҳақимда сўрасалар, Мен (уларга) яқинман. Менга дуо қилган пайтларида дуогўйларнинг дуосини ижобат қиламан». (Бақара, 186)

Яна бир ояти Каримада Аллоҳ таоло айтади: «Вадъуҳу хавфав ватомаъан инна роҳматаллоҳи қорийбун минал муҳсинин».

Роббингизни қўрқув ва умид ила дуо қилинг. Шубҳасиз муҳсинларга Аллоҳнинг рахмати яқиндир.

Дуо қилишнинг фазилатлари, қоида-тартиблари ҳақида жаноби Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламдан бир неча ҳадиси шарифлар ворид бўлган. Улардан айримларини келтириб ўтамиз:

Дуо ҳам бир ибодат бўлиб, у инсон билан Аллоҳнинг орасини боғлайди. Инсон ўз ҳаётидаги ҳодисалар ва мушкулликлар қаршисида кўпинча ожиз қолиб, дуога қўл очади ва шу орқали Аллоҳга илтижо қилиб, Ундан мадад сўрайди. Бу билан Аллоҳ ҳузурида бандаликни, қулликни бўйнига олади.

Дуо қилмоқнинг, Аллоҳни зикр этмоқнинг фазилатлари ҳақида Аллоҳ таоло Қуръони мажиднинг «Бақара» сурасида (152-оят) шундай марҳамат қилади: ﻲِﻧوُﺮُﻛْذﺎَﻓ ﻢُﻛْﺮُﻛْذَا ْ وُﺮُﻜْﺷاَو ﻲِﻟ ﻻَو َ نوُﺮُﻔْﻜَﺗ

Яъни: (Эй бандаларим), мени эсланглар, зикр қилинглар, мен ҳам сизларни зикр қиламан (мукофотлайман) ва менга шукр қилинглар, куфрони неъмат билманглар. Яна бир ояти каримада Аллоҳ таоло шундай амр қилади: َﻦﻴِﻨِﺴْﺤُﻤْﻟا هﻮُﻋْداَو ُ ﺎًﻓﻮَﺧ ﺎًﻌَﻤَﻃَو نإ َّ ﺔَﻤْﺣَر َﷲِ ﺐﻳِﺮَﻗ ٌ َﻦِﻣ

Яъни: Қўрқув ва умид ила Роббингизга дуо қилинг. Шубҳасиз муҳсинларга Аллоҳнинг раҳмати яқиндир.



 
DURDONDate: Dushanba, 09-Sen-2013, 00:48 | Message # 6
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:
'Rasululloh sallallahu alayhi vasallam:
"Duoning eng ishonchlisi:'Allahim! Sen Robbimsan! Men bandangman. Men o'z-o'zimga zulm qildim va gunohimni tan oldim. Sendan o'zga gunohlarni mag'firat qilmas. Robbim, meni mag'firat qilgin' deyishingdir", - dedilar".


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: