RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Страница 1 из 4
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • »
Модератор форума: DURDON, SAKINA  
SIZ TASIRLANGAN HADIS
SANJAR80Дата: Yakshanba, 18-Okt-2009, 09:57 | Сообщение # 1
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3741
Статус:
Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
«Allohning shunday bandalari borki, Qiyomat kuni ular minbarda o‘tiradilar. Ularning liboslari nur, yuzlari yorug‘ bo‘ladi. Ular payg‘ambarlar ham, shahidlar ham emas, lekin payg‘ambarlar ham, shahidlar ham ularga havas bilan qaraydilar». Shunda sahobalar: «Ular kimlar, yo Rasululloh?» deb so‘rashdi. Payg‘ambar alayhissalom: «Ular Alloh uchun bir-birlarini yaxshi ko‘rganlar, Alloh uchun bir-birlarini ziyorat qilganlar va Alloh uchun bir-birlari bilan o‘tirganlardir», dedilar (Tabaroniy rivoyati).


 
ForwardДата: Dushanba, 16-Noya-2009, 13:13 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 648
Статус:
Anas ibn Molikdan (roziyallohu anhu)rivoyat qilingan hadis.Allohning rasuli sollallohu vasallam shunday dedilar:
Har bir payg'ambarning qabul bo'ladigon duosi bor.Ularning duosi qabul qilindi.Men o'z duoimni qiyomat kuni ummatimni shafoat qilish uchun olib qo'ydim.
(Buhoriy)
 
bushroДата: Dushanba, 23-Noya-2009, 12:28 | Сообщение # 3
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 721
Статус:
Ҳадис
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: “(Ўзида) уч нарса бўлган кимса иймон ҳаловатини тотибди: Аллоҳ ва унинг Расули унга бошқалардан кўра севимлироқ бўлса, бирон кишини Аллоҳ учун яхши кўрса ҳамда куфрга қайтишни Аллоҳ қутқазганидан сўнг, жаҳаннамга ташланишни ёқтирмаганидек ёқтирмаса”
(Муттафақун алайҳ).



 
SANJAR80Дата: Dushanba, 23-Noya-2009, 21:06 | Сообщение # 4
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3741
Статус:
Forward, bushro, Rahmat olloh rozi bo'lsin

 
user_offДата: Chorshanba, 25-Noya-2009, 15:25 | Сообщение # 5
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 519
Статус:
bushro, SANJAR80, raxmat alloh rozi bulsin

 
enjoyДата: Chorshanba, 02-Dek-2009, 14:00 | Сообщение # 6
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 1376
Статус:
• Ҳадис
Адий ибн Ҳотамдан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ с.а.в. : “Сизларнинг ҳар бирингиз билан Раббингиз (Қиёматда) ўртага таржимон қўймай сўзлашади. У киши ўнг томонга қарайди. Қилган амалидан бошқа нарсани кўрмайди. Чап томонга қарайди. Қилган амалидан бошқа нарсани кўрмайди. Олдига қарайди. Рўпарасида дўзаҳдан бошқа нарсани кўрмайди. Шундай экан, ҳурмонинг ярмини (бериб бўлса ҳам) дўзаҳдан сақланинглар. Ким буни ҳам топа олмаса, яхши сўзларни айтиб бўлса ҳам (дўзаҳдан ўзини сақласин)”, дедилар — Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари


 
shaddotДата: Payshanba, 31-Dek-2009, 14:51 | Сообщение # 7
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус:
Пайгамбаримиз С.А.В айтадилар: "Ла илаха иллаллох" деган инсон албатта Жаннатга киради. Агар жуда куп гунохи туфайли Жаханнамга кирса хам, жазосини утаб булгандан сунг "Ла илаха иллаллох" калимаси хурмати учун Жаннатга киради. (Дайламий ибн Аббосдан)

 
shaddotДата: Payshanba, 31-Dek-2009, 15:09 | Сообщение # 8
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус:
Abu Said rodiyallohu anhudan keltirilishicha, Rasululloh sallallohu 'alayhi vasallam shunday deganlar: “Allah yo’lida bir kun ro’za tutgan hech bir banda yo’qki, Allah bu sababdan uning yuzini jahannamdan yetmish yil uzoqlashtirgan bo’lmasin”. (Imom Buxoriy, Termiziy, Muslim, Nasaiy rivoyatlari).

 
shaddotДата: Payshanba, 31-Dek-2009, 15:25 | Сообщение # 9
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус:
Abu Molik Horis ibn Osim al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.) «Poklik iymonning yarmidir. «Alhamdulillah» tarozuni to‘ldiradi. «Subhonallohi
valhamdulillah» yer bilan osmon o‘rtasini to‘ldiradi. Namoz nurdir. Sadaqa hujjatdir.
Sabr ziyodir. Qur’on sening foydangga yoki zararingga hujjatdir. Har kimsa tong ottirib
nafsini savdo qiladi. Bu bilan uni ozod qiladi yoki halok qiladi», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari.


 
shaddotДата: Payshanba, 31-Dek-2009, 15:25 | Сообщение # 10
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус:
Rasululloh (s.a.v.)ning xodimlari va sevimli kishilaridir.) Rasululloh (s.a.v.)ning qizlari
otalari huzurlariga (bir odamni) yuborib: «O’g‘lim o‘lim to‘shagida yotibdi. Bizning
oldimizga keling», dedilar. Rasululloh (s.a.v.) qizlariga salom yo‘llab: «Albatta olish
ham, berish ham Allah uchundir. Har bir narsaning Uning huzurida belgilangan vaqti
bordir. (Qizim) sabr qilsin va savobini umid qilib tursin», dedilar. Qizlari yana odam
jo‘natib, u zot kelishlarini ont ichib so‘radilar. Rasululloh oxiri o‘rinlaridan turdilar. U zot
bilan birga Sa’d ibn Uboda, Muoz ibn Jabal, Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn Sobit va yana bir
qancha kishilar bor edi. Haligi go‘dak Rasululloh (s.a.v.)ga uzatildi. U zot go‘dakni
quchoqlariga oldilar. Go‘dak esa o‘lim talvasasida edi. Buni ko‘rib Rasululloh (s.a.v.)ning
ko‘zlaridan yosh oqdi. Shunda Sa’d: «Ey Allohning rasuli, bu nima? (Ya’ni, yig‘lashdan
qaytarar edingiz-ku!)» dedilar. Rasululloh (s.a.v.) «Bu Allohning rahmati bo‘lib, uni
bandalarining qalblarida paydo qilgandir», dedilar.
Boshqa rivoyatlarida: «Bandalaridan xohlagan kishisining qalbida buni paydo qiladi.
Albatta, Allah rahmli bandalariga rahm qiladi», deb aytilgan. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.


 
shaddotДата: Payshanba, 31-Dek-2009, 15:45 | Сообщение # 11
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус:
Burayda r.a dan
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Men sizlarni uch narsadan qaytargan edim.Endi men sizlarni ularga amr qilurman.Men sizlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim.Bas,endi ularni ziyorat qilaveringlar.Chunki ularni ziyorat qilishda eslatma bor.Men sizlarni teri idishdanboshqadagi ichimliklardan qaytargan edim.Bas, endi barcha idishdan ichavering,faqat mast qiluvchini ichmasangiz bo'ldi.Men sizlarni uch kundan keyin qolgan qurbonlik go'shtidan qaytargan edim.Bas, endi uni yeng va safarlaringizda ham undan huzurlaning ",dedilar."


 
shaddotДата: Payshanba, 31-Dek-2009, 15:55 | Сообщение # 12
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус:
Umar roziyallohu anhu aytadi
"Nabiy sollallohu alayhi vasallamning:
Kim yangi kiyin kiyganda:Avratimni berkitadigan narsamni va hayotimda
yasanadigan narsamni menga kiygazgan Allohga hamd bo'lsin,desa,
so'ngraeskirtgan kiyimini sadaqa qilsa, tirik chog'ida ham,
o'lik chog'ida ham Allohning himoyasida,Allohning muhofazasida
va Allohning satrida bo'lgay ", deganlarini eshitdim.


 
SANJAR80Дата: Payshanba, 31-Dek-2009, 21:08 | Сообщение # 13
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3741
Статус:
shaddot, olloh rozi bo'lsin! biggrin

 
shaddotДата: Payshanba, 31-Dek-2009, 22:14 | Сообщение # 14
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус:
Alloh hammamizdan rozi bo`lsin amiyn

 
enjoyДата: Yakshanba, 10-Yan-2010, 21:41 | Сообщение # 15
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 1376
Статус:
shaddot, aytganingiz kelsin Amiyn

 
  • Страница 1 из 4
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • »
Поиск:
Этот сайт использует файлы cookies для более комфортной работы пользователя. Продолжая просмотр страниц сайта, вы соглашаетесь с Политикой использования файлов cookies.
UzigaBek online