RAMAZONI SHARIF MUBORAK
|
|
Abdulloh | Date: Dushanba, 01-Sen-2008, 08:26 | Message # 1 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 88
Status:
| Assalomu alaykum aziz birodarlar. Barchalaringizni Muborak oy- Ramazon oyi kirib kelishligi bilan tabriklaymiz! Parvardigor ro'zalarimizni o'z dargohida qabul qilsin, gunohlarimizni mag'firat qilsin, duolarimizni ijobat qilsin! Bu oy mo'min musullmonlar uchun oylarning eng ulug'idir, bu oy Quron nozil bo'lgan oydir hamda bu oyda bir kun borki u Kun ming oydan ham afzaldir. Bu oyning fazilatlari juda ko'pdir. Islom tarixida katta katta o'zgarishlar shu oyda sodir bo'lgan... Parvardigor bu oyni juda ham barokotli qilgan, uning barokotidan barchalarimizga bahramand bo'lishlik nasib qilsin!
Ҳамду сано бутун оламлар ҳожаси Аллоҳ учундир.
|
|
| |
Abdulloh | Date: Dushanba, 01-Sen-2008, 09:01 | Message # 2 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 88
Status:
|
RAMAZON MUBORAK Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan, Bu oy ”Qur’on” nozil bo‘lgan oy ekan, Ro‘za tutgan zot iymonga boy ekan Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro‘za bizga yordam qo‘lin uzatmish, Takabburlar axloqini tuzatmish. Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Miskinlarni boy yedirib ichirsin Arazlashgan bir-birini kechirsin Olloh olov kamzullarni yechirsin Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Bo‘lsang uyda, xoh dalada, adirda, Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda. Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro‘zamizni Olloh uchun tutaylik, Bu dunyodan Iymon bilan ketaylik, Mangu xuzur-xalovatga yetaylik, Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak! Xoldor Vulqon *** *** *** *** ***
Ҳамду сано бутун оламлар ҳожаси Аллоҳ учундир.
|
|
| |
Abdulloh | Date: Dushanba, 01-Sen-2008, 09:35 | Message # 3 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 88
Status:
| RO‘ZA TUTISH (OG‘IZ YOPISH) DUOSI Navaytu an asuma sovma shahri romazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu akbar. Ma’nosi: Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun. Alloh Buyukdir. IFTORLIK (OG‘IZ OCHISH) DUOSI Allohumma laka sumtu va bika amantu va ‘alayka tavakkaltu va ‘ala rizqika aftartu, fag‘firli ya g‘offaruma qoddamtu va ma axxortu. Ma’nosi: Ey Alloh, ushbu ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey gunohlarni afv qiluvchi Zot, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgil. *** *** *** *** *** HADISI SHARIF: Abu Hurayra roziyallouu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Uchta duo rad qilinmas: ro‘zadorning og‘zini ochish paytidagi duosi.. .», dedilar». Imom Ahmad va Imom Termiziy rivoyatlari *** *** *** *** *** Ro‘zadorlarni iftorlikka chaqirib, dasturxon yozgan kishining haqqiga, albatta, duoi xayrlar qilinadi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam iftor qilib bergan kishini shunday duolar bilan xushnud etganlar: «Uyingizda ro‘zadorlar iftor qilsin. Taomingizni yaxshilar yesin. Huzuringizga farishtalar tushsish («Sahihul jome’us-sag‘ir»); «Parvardigoro, meni yedirib-ichirgan bandangni O‘zing yedirib-ichirgin» (Imom Muslim rivoyati); “Parvardigoro, ularga bergan rizqingni barakotli qilgin, gunohlarini kechirgin, rahmatingga olgin” Imom Muslim rivoyati
Ҳамду сано бутун оламлар ҳожаси Аллоҳ учундир.
|
|
| |
Abdulloh | Date: Dushanba, 01-Sen-2008, 09:46 | Message # 4 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 88
Status:
| HADISI SHARIF: Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Har bir ro‘zador bandaning iftori oldidan ijobat qilinadigan duosi bordir. (U) yo shu dunyoda beriladi yoki oxiratga saqlab qo‘yiladi, dedilar». Imom Ahmad va Imom Termiziy rivoyatlari
Ҳамду сано бутун оламлар ҳожаси Аллоҳ учундир.
|
|
| |
Abdulloh | Date: Yakshanba, 07-Sen-2008, 07:37 | Message # 5 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 88
Status:
|
RO‘ZA TUTISH FAZILATI
Alloh taolo aytadi: "Bandalarim sizdan (Ey Muhammad) Men haqimda so‘rasalar, Men ularga yaqinman, Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarning duolarini ijobat qilaman. Bas, haq yo‘lga yurishlari uchun (ular ham) Mening (da’vatimga) ijobat qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar" (Baqara surasi, 186-oyat).
Alloh taolo bundan oldingi oyatlarda insonlarga ro‘za tutishni buyurdi. So‘ngra ushbu oyatlar bilan ularni shukr va duoda bo‘lishga targ‘ib etib, ularning duolarini ijobat qilishni va’da berdi.
Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilib, bunday deganlar: "Har bir duo va osmon o‘rtasida parda bor. Toki Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) salovot aytilmagungacha, duo qabul bo‘lmas. Agar salovot yo‘llansa, u parda kuyib, duo osmonga chiqadi. Agar salovot aytilmasa, duo qaytib tushadi".
Hikoya qilinishicha, solihlardan biri namozda o‘tirar ekan, salovot o‘qishni esdan chiqarib, salom berib yubordi. Shu kuni tushida Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rdi. U zot: "Menga salovot aytishni esdan chiqarding", dedilar. Shunda u kishi: "Yo Rasululloh! Men Allohning ibodati va madhi ila mashg‘ul bo‘lib, sizga salovot aytishni esdan chiqaribman", deb aytdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) unga qarata: "Ayo, sen mening: "Amallar va duolar to menga salovot aytilmagungacha to‘xtab turguvchidir", degan gapimni eshitmaganmisan?! Zero, banda Qiyomat kuni butun dunyo ahlining ezgu amallari mislicha amal bilan kelsa, toki unda menga yo‘llangan salovot bo‘lmas ekan, uning biror yaxshiligi ham qabul qilinmaydi. Balki o‘ziga qaytariladi", dedilar ("Zubdah").
Ҳамду сано бутун оламлар ҳожаси Аллоҳ учундир.
|
|
| |
Abdulloh | Date: Yakshanba, 07-Sen-2008, 07:43 | Message # 6 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 88
Status:
| Muso (sollallohu alayhi vasallam) Rabbiga munojot qilib: "Ey Rabbim! Biror bandangni meni ikrom qilganingchalik ikrom qilganmisan? Axir, Sen menga o‘z kalomingni eshittirding", dedilar. Shunda Alloh: "Ey Muso! Men sen bilan gaplashgan vaqtimda o‘rtamizda yetmish ming parda bor edi. Lekin oxir zamon bo‘lganda Mening shunday bandalarim bo‘lgayki, Men ularni ramazon oyi bilan ikrom qilaman, ularga Men bu muborak oyda judayam yaqin bo‘laman. Ummati Muhammad ro‘za tutib, labi oqarib, ranggi sarg‘ayib iftorlikka o‘tirgan soniyalarda Men shu pardalarni ko‘taraman. Ey Muso! Ramazon oyida qorni och qolib, jigari kuyganlarga jannat bo‘lsin. Men ularni jamolimni ko‘rishdek ulkan baxtga musharraf qilgayman". Shuning uchun ham oqillar bu oyning hurmatini bilishlari va qalbni musulmonlarga nisbatan gina va adovatlardan saqlashlari lozim bo‘ladi. Shuningdek, xavfu rajo orasida ro‘zamiz qabul bo‘ldimi yoki yo‘qmi, degan qo‘rquv turishlari kerak. Zero, Alloh taolo: "Albatta, Alloh muttaqiylardan qabul qiladi", deb marhamat qilgan. Xabarda kelishicha, ro‘zadorlar qabrlaridan chiqib, tutgan ro‘zalarini taniydilar. So‘ng har xil tuhfalar berilgay, dasturxonlarga taklif qilingaylar, shunda ularga: "Sizlar insonlar to‘q bo‘lib, suvga qonib yurgan vaqtda och va chanqoq edilaringiz. Mana endi maza qilib yeb-ichinglar, boshqalar esa hisob-kitobdadir" ("Tanbehul g‘ofiliyn"). Oyisha onamiz (roziyallohu anho) aytdilar: "Kim ixlos bilan e’tikof o‘tirsa, oldingi gunohlari kechiriladi". Yana Oyisha onamiz aytganlarki: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ramazonning oxirgi o‘n kunida e’tikof o‘tirardilar. Vafot etgan yillari ham bu odatlariga rioya qildilar" (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). Shuning uchun u zotning vafotlaridan keyin muhtarama zavjalari ham o‘z uylarida e’tikof o‘tirishdi. Fuqaholar ayollarning uylarida e’tikof o‘tirishlari mustahabdir, deganlar ("Sharhu mashorihul anvor"). "Durratun nosihiyn"dan Manba
Ҳамду сано бутун оламлар ҳожаси Аллоҳ учундир.
|
|
| |