Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning �Al-Jomi�- a
|
|
MASTER | Date: Chorshanba, 09-Iyul-2008, 00:08 | Message # 1 |
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
| Hadisi sharif [b]Odam bolasi ikki vodiy to`la mol-dunyosi bo`lsa ham, mol-dunyo to`la uchinchi vodiyni orzu qiladi. Uning qornini faqat tuproqgina to`ldira oladi. Alloh taolo tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qilgaydir.
*** Bu mol-dunyo degan narsa hayvon ko`zini o`ynatadigan ko`m-ko`k, shirin o`t-o`lan kabi fusunkor va lazzatlidir. Kimki nafsini tiyib, ehtiyojiga yarashasini olsa, barakali bo`ladi va kimki ochko`zlik qilib, ehtiyojidan ortig`ini olsa, bebaraka bo`ladi. Bunday odam mechkay hayvon kabidir, mehnat qiladigan qo`l tilamchi qo`ldan yaxshidir.
*** Halollik yo`qolib ketganda qiyomat bo`lmog`ini kutavergil!
*** Haqiqiy boy � nafsi to`q odamdir.
*** Olloh taolo o`z rahmatini yuz bo`lak qilib yaratib, to`qson to`qqiz bo`lagini o`zida saqlab qoldi. Uning bir bo`laginigina yerga nozil qildi. Olloh taoloning yerga nozil qilgan ana shu bir bo`lak rahmati tufayli butun borliq o`zaro rahmdillik qilg`aydir. Hattoki ot ham bolasini mayib qilib qo`yishdan cho`chib, tuyoqlarini ehtiyotkorona ko`tarib boradi.
*** Har bir ezgu amal sadaqadir.
*** Mo`min mo`min uchun bir-birini suyab turagan ikki bino yanglig` bo`lmog`i zarur.
*** Oralaringizda eng yaxshingiz � xulqi go`zalingizdir.
*** Olloh taolo biror bandasini (qilgan amali solihlari tufayli) sevgaydir. Jabroil alayhissalomga nido qilib: �Olloh falon bandasini sevdi, sen ham uni sevgil!� � degaydir. Jabroil alayhissalom ham o`shal bandani sevgaydirlar. So`ng Jabroil alayhissalom osmon ahliga nido qilib: �Olloh taolo falon bandasini sevdi, siz ham sevingiz!� � degaydir. Osmon ahli ham o`shal bandani sevgaydir. Shundan so`ng yer ahlida unga nisbatan muhabbat paydo bo`lgaydir.
*** Musulmon odamning so`kmog`i � buzuqlik, urushmog`i � kofirlikdir.
*** Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir.
*** Har bir qo`pol, quruq, gerdaygan, beqanoat va dimog`dor odam ahli do`zaxidir.
*** Hech bir yokim hech narsa o`ziga yetadigan aziyatga Olloh taolodek sabr qila olmagay! Mushriklar uning o`g`li bor, deb da�vo qiladilar, ammo u ularni ofiyat qilib, rizq ato qilg`ay.
*** Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz, xotirjam qilingiz, bezdirmangiz!
*** Mo`min odam o`zini bir kavakdan ikki marta ilon chiqib chaqmog`iga yo`l qo`ymas.
*** Kishi jannatda o`ziga suyukli odam bilan birga bo`ladi.
*** Ish noloyiq odamlarga topshirilganda qiyomat bo`lmog`ini kutaver.
|
|
| |
YusufUlugbek | Date: Shanba, 26-Iyul-2008, 20:34 | Message # 2 |
Yangilardan
Group: Foydalanuvchi
Messages: 13
Status:
| Rasululoh s.a.v. aytgan ekanlar: Agar yahshi tush ko'rsangiz bilingki u Allohdandir. Yomon tush ko'rsangiz bilingki u shaytondandir. Yahshi tush ko'rsangiz Allohdan "Ey Robbim bu ko'rgan tushim O'zingdan bo'lsa yahshiligini ko'rsat" deb duo qilib so'rang va yaqinlaringizga ayting, yahshiligini ko'rasiz. Agar yomon tush ko'rsangiz shaytonning yovuzligidan Allohdan panoh so'rang, xech kimga aytmay, chap tomoningizga uch marotaba tuflang, yomonligini ko'rmaysiz.
|
|
| |
zokirjon | Date: Dushanba, 28-Iyul-2008, 19:08 | Message # 3 |
Yangilardan
Group: Foydalanuvchi
Messages: 5
Status:
| * Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta, amallar niyat bilandir. Har bir kishi niyat qiluvchidir. Kimning hijrati Alloh va rasuli uchun bo’lsa, bas, Alloh va rasuli uchun hijrat qilibdi. Kimning hijrati dunyoga yetishish yoki xotinga uylanish uchun bo’lsa, uning hijrati o’sha narsaga bo’libdi».
|
|
| |
zokirjon | Date: Dushanba, 28-Iyul-2008, 19:13 | Message # 4 |
Yangilardan
Group: Foydalanuvchi
Messages: 5
Status:
| * Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bizning ishimizda yangilik qilsa, bu undan bo’lmasa, bas, u rad qilingandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
|
|
| |
donyor | Date: Seshanba, 02-Sen-2008, 04:09 | Message # 5 |
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 654
Status:
| Payg‘ambar o‘zi sizlarga ato etgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar va Allohdan qo‘rqinglar! (Hashr surasi, 7-oyat). Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deb aytdilar: «Sizlarni tark etib ketgan vaqtim davomida (ya’ni Qiyomatda uchrashgunimizga qadar) mening vasiyatlarimga amal qilinglar, chunki sizlardan oldingilar o‘z payg‘ambarlariga osiylik qilib halokatga uchraganlar! Men sizlarni nimadan qaytargan bo‘lsam, qilmanglar va nimani amr qilgan bo‘lsam, imkoningiz qadar ado etinglar!» (Imom Buxoriy rivoyatlari) manba
|
|
| |
donyor | Date: Seshanba, 02-Sen-2008, 04:31 | Message # 6 |
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 654
Status:
| ]Abdulloh ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. «G’azotlardan birida Payg‘ambar alayhissalom o‘ldirilgan ayol kishini ko‘rib achindilar va ayol kishilarni va yosh bolalarni o‘ldirishni man qildilar». (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari) Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Badgumon bo‘lmanglar, badgumonlik eng yolg‘on so‘zdir, tirnoq ostidan kir qidirmanglar, bir-biringizga hasad qilmanglar, bir-biringizdan arazlamanglar va nafratlanmanglar, aka-uka tutinib, Allohning (solih) bandalari bo‘linglar», dedilar». (Imom Buxoriy rivoyatlari) Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘l bo‘yida o‘tirishdan saqlaninglar», dedilar. Shunda sahobalar: «Buning chorasi yo‘q, ey Rasululloh, chunki biz o‘tirib suhbatlashamiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bunga ko‘nmasanglar, o‘tiringlaru faqat yo‘lning haqqini ado etinglar», dedilar. Sahobalar: «Ey Rasululloh, yo‘lning haqqi nima?», deyishganida Rasululloh: «Ko‘zni nomahramlarga qaratishdan tiyish, o‘tuvchilarga aziyat bermaslik, salomga alik olish, yaxshilikka buyurib, yomonliklardan qaytarish», dedilar». (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari) Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki zaifning - ayolning va yetimning molidan uzoq bo‘lishingizni vasiyat qilaman», dedilar». (Imom ibn Moja rivoyatlari) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zini odamlardan chetga olib, xilvatda zohidlik qilishdan man etganlar. (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari) Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar. «Biz hazrat Umarning huzurlarida o‘tirgan edik, u kishi: «Bizlar zimmamizga ortiqcha ish (vazifa) olmoqdan qaytarildik», dedilar». (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari) manba
|
|
| |
donyor | Date: Seshanba, 02-Sen-2008, 19:58 | Message # 7 |
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 654
Status:
| Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo sizlarni otalaring nomi bilan qasam ichishdan qaytaradi». (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari) Abdulloh ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir odamning boshqa bir odamni turg‘izib, o‘rniga o‘zi o‘tirib olmog‘ini man qildilar. Ammo janob Rasululloh shunday dedilar: «Nariroq surilib joy bering va biroz siqilishib o‘tiring», denglar». (Imom Buxoriy rivoyatlari) Abdulloh ibn Yazid al-Ansoriy (r.a.) rivoyat qiladilar. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam birovning molini zo‘rlik bilan tortib olishdan va birovga vahshiyona (quloq, burun va boshqa a’zolarini qirqib) azob berishdan qaytardilar». (Imom Buxoriy rivoyatlari) Abdulloh ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nazr qilmoqdan qaytardilar va: «U baloning oldini ololmaydi, u orqali baxildan biror narsa undirib olingaydir, xolos», dedilar». (Imom Buxoriy rivoyatlari) Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga taqlid qiluvchi erkaklarni va erkaklarga taqlid qiluvchi ayollarni la’natladilar». (Imom Buxoriy rivoyatlari)manba
|
|
| |
donyor | Date: Seshanba, 02-Sen-2008, 20:09 | Message # 8 |
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 654
Status:
| Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam cho‘rilarning badanini pullab, tirikchilik qilishni man etdilar». (Imom Buxoriy rivoyatlari) Abu Hurayradan va Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Hech bir banda: «Men Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman», demasligi lozim», dedilar». (Imom Buxoriy rivoyatlari) Abdulloh ibn Zam’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odam ichidan chiqadigan narsa (el)ga kulmoqdan qaytardilar». (Imom Buxoriy rivoyatlari) Abu Said Abdulloh ibn Mug‘affaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (qo‘l bilan) mayda toshlarni otib o‘ynashdan man qildilar va: «Bu bilan ov ham qilib bo‘lmaydi, dushmanni ham o‘ldirib bo‘lmaydi, faqat u ko‘zni chiqarib, tishni sindiradi, xolos», dedilar». (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror joyda vabo borligi bilinsa u yerga kirishdan, biror joyda turilganda vabo boshlangani eshitilsa, o‘sha joydan chiqishdan qaytarganlar». (Imom Buxoriy rivoyatlari) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safardan o‘z uyiga kechasi bemahal kirib kelishni man qilganlar. (Imom Buxoriy va muslim rivoyatlari) Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlarni Qur’on (ya’ni Mushaf) bilan dushman yeriga safar qilmoqdan qaytardilar». (Bu yerda Qur’on deyilgani bilan Mushaf deb tushunmoq kerak. Chunki Qur’on og‘zaki tarzda nozil qilingan bo‘lib, dushman uni qalblardan tortib olib, oyoqosti qilolmaydi). (Imom Buxoriy rivoyatlari)Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (biror narsaning baxtsizlik keltirishiga ishonib) irim-sirim qilishdan qaytarganlar». (Imom Buxoriy rivoyatlari) Ummu Atiyya rivoyat qiladilar: «Biz ayollar o‘likka uch kundan ortiq aza tutmoqdan qaytarilgan edik, er o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutmoq mumkin edi... Biz ayollar janozaga ergashmoqdan ham qaytarilgan edik». (Imom Buxoriy rivoyatlari)
|
|
| |
YusufUlugbek | Date: Yakshanba, 28-Sen-2008, 06:33 | Message # 9 |
Yangilardan
Group: Foydalanuvchi
Messages: 13
Status:
| Assalomu alaykum do'stlar. Ushbuda sizlaayh Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil Al-Buxoriy (Ollo taolo rahmatrga Sqilganlig'i etiborga oling'usidir.[size=8]h hqilsin) Al-Jomiy As-sahih (ishonarli to'plam) ini 1-jildidan namunalar berib boramiz. Arabchadan Zokirjon Ismoil tomnidan tarjima qilingan bu kitob Sizlarga Yaratuvchimizga qurbat (yaqinlik) qilishingizda ko'makchi bo'ladi deb umid qilamiz. Omin Bismillahir Rahmonir Rahiym. 1-bob.Yahyo ibn Said rivoyat qiladilar: Umar ibn al-Xattob minbarda turganlrida: "Rasululloh sallalohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman",-dedilar: "Darhaqiqat , barcha amallar niyatga yarasha bo'lg'usidir.Kimki hijratdan niyati dunyo topmoq ersa ,dunyog erishgusi, kimki hijratdan niyati xotin olmoq ersa, xotinga nikohlangusidir. Demak,ne niyatda xijrat qilganlig'i etiborga oling'usidir". [/b][b][/b][b][/b][b][b][/b][size=10][size=9][b]
|
|
| |
YusufUlugbek | Date: Yakshanba, 28-Sen-2008, 06:35 | Message # 10 |
Yangilardan
Group: Foydalanuvchi
Messages: 13
Status:
| Assalomu alaykum do'stlar. Ushbuda sizlaayh Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil Al-Buxoriy (Ollo taolo rahmatrga Sqilganlig'i etiborga oling'usidir.[size=8]h hqilsin) Al-Jomiy As-sahih (ishonarli to'plam) ini 1-jildidan namunalar berib boramiz. Arabchadan Zokirjon Ismoil tomnidan tarjima qilingan bu kitob Sizlarga Yaratuvchimizga qurbat (yaqinlik) qilishingizda ko'makchi bo'ladi deb umid qilamiz. Omin Bismillahir Rahmonir Rahiym. 1-bob.Yahyo ibn Said rivoyat qiladilar: Umar ibn al-Xattob minbarda turganlrida: "Rasululloh sallalohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman",-dedilar: "Darhaqiqat , barcha amallar niyatga yarasha bo'lg'usidir.Kimki hijratdan niyati dunyo topmoq ersa ,dunyog erishgusi, kimki hijratdan niyati xotin olmoq ersa, xotinga nikohlangusidir. Demak,ne niyatda xijrat qilganlig'i etiborga oling'usidir".[b][size=10]
|
|
| |
Hurshida | Date: Yakshanba, 11-Okt-2009, 01:13 | Message # 11 |
Eng tajribali
Group: Banned
Messages: 276
Status:
| MASTER, zokirjon, donyor, Alloh rozi bolsin raxmat
Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!
|
|
| |