RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Muborak oy fazilatlari, ro'zaga oid oyat va hadislar
AbdullohDate: Dushanba, 01-Sen-2008, 09:12 | Message # 1
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 88
Status:


Assalomu alaykum aziz birodarlar. Barchalaringizni Muborak oy- Ramazon oyi kirib kelishligi bilan tabriklaymiz!
Parvardigor ro'zalarimizni o'z dargohida qabul qilsin, gunohlarimizni mag'firat qilsin, duolarimizni ijobat qilsin!
Bu oy mo'min musulmonlar uchun oylarning eng ulug'idir, bu oy Quron nozil bo'lgan oydir hamda bu oyda bir kun borki u Kun ming oydan ham afzaldir.
Bu oyning fazilatlari juda ko'pdir. Islom tarixida katta katta o'zgarishlar shu oyda sodir bo'lgan...
Parvardigor bu oyni juda ham barokotli qilgan, uning barokotidan barchalarimizga bahramand bo'lishlik nasib qilsin!

*** *** *** *** ***

Bu bo'limda ramazon oyinig fazilatlari haqida, ro'zaga oid oyat va hadisalr haqida yozib, shulardan bahramand bo'lsak hamda bilmaganimizni o'rgansak , savol va mulohazalarimiz bilan o'rtoqlashsak.


Ҳамду сано бутун оламлар ҳожаси Аллоҳ учундир.
 
AbdullohDate: Dushanba, 01-Sen-2008, 09:32 | Message # 2
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 88
Status:

«Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingaii kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi» (Baqara, 183)


HADISI SHARIF: Sizlarga muborak ramazan oyi keldi. Alloh uning ro‘zasini sizlarga farz qildi Bu oyda jannat darvozalari ochilib, jahannam darvozalari yopiladi, shaytonlar zanjirband qilinadi Bu oyda bir kecha borki, u ming oydan yaxshiroqdir. Kim u kechaning yaxshiligidan mahrum qolsa, (ko‘p narsadan) mahrum bo‘libdi.
Imom Ahmad va Imom Nasoiy rivoyatlari.


HADISI QUDSIY: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohi alayhi va sallam aytdilar: Alloh taolo dedi: “Odam farzandining qilgan har bir amali o‘zi uchun. Ro‘za esa Men uchun va uning mukofotini O‘zim beraman».
Imom Ahmad, Imom Muslim va Imom Nasoiy rivoyatlari.



HADISI SHARIF: Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytadilar: “Ramazon ro‘zasini tutgan va uning hududlarini bilgan hamda saqlanish kerak bo‘lgan narsalardan saqlangan odam(ning bu ibodatlari) o‘tgan gunohlariga kafforat bo‘ladi”.
Imom Ahmad va Imom Bayhaqiy rivoyatlari


Ҳамду сано бутун оламлар ҳожаси Аллоҳ учундир.
 
AbdullohDate: Dushanba, 01-Sen-2008, 09:48 | Message # 3
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 88
Status:


RO‘ZADORLAR UCHUN DASTURXON:
Nabiy alayhissalom aytadilar: «Allohning ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va insonning xayoliga kelmagan dasturxoni bor. Uning atrofida ro‘zadorlargina o‘tiradilar»
(Ibn Abu Dunyo rivoyati).
Anas roziyallolu anhu dedilar: «Ro‘zadorlarning og‘zidan mushk ufuradi va ular uchun Arshning ostida dasturxon yoziladi. Odamlar (qiyomatda) hisob berar ekan, ro‘zadorlar ziyofatda bo‘ladilar».



XUSHXABAR:
Makhul rahimulloh deydilar: “Jannat ahli bir hidni his etishadi-da: “Ey, rabbimiz, jannatga kirganimizdan buyon bu hidni hidlaymiz, biz undan shirinroq hidni hech tuymaganmiz” deyishadi. Ularga: “Bu bo‘y ro‘zadorlarning bo‘yidir”, deyiladi”.


Ҳамду сано бутун оламлар ҳожаси Аллоҳ учундир.
 
OishaqizDate: Dushanba, 21-Yan-2013, 22:56 | Message # 4
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
RAHMAT OLOH ROZI BO'LSIN

 
OishaqizDate: Dushanba, 21-Yan-2013, 22:57 | Message # 5
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
Ramazonda shaytonlar

Bog’lanadi, bilingiz

Fursagtni boy bermanglar

Yaxshi amal qilingiz.



Ro’zada fayz, baraka

Doim hukm suradi

Buni his etmaganlar

Hali afsus qiladi



Ramazonda o’rgandik

Ko’pgina yaxshi amal

Unutmaylik ularni

Ramazondan keyin ham


 
DURDONDate: Seshanba, 05-Fev-2013, 20:26 | Message # 6
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Мусофир одам рўза тутиш ёки тутмасликда ихтиёрлидир. Шаръий ҳужжатларнинг зоҳирига қаралса, унинг рўза тутмаслиги, хусусан рўза тутиши қийин бўлса, афзалдир. Чунки Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам шундай деганлар:

«Сафарда рўза тутиш – яхшилик эмас» (Имом Бухорий 1810, Доримий 1709);

«Дарҳақиқат, Аллоҳ гуноҳларининг қилинишини ёқтирмаганидек, рухсатларининг қилинишини суяди» (Имом Аҳмад 5600, 5606, 5866, 5873).

Агар рўза тутиш оғирлик қилмаса, рўза тутган одамга бунинг зарари йўқдир. Бироқ рўза тутиш оғирлик қилса, бундай мусофирнинг рўза тутиши макруҳдир.


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: