«Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingaii kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi» (Baqara, 183)
HADISI SHARIF: Sizlarga muborak ramazan oyi keldi. Alloh uning ro‘zasini sizlarga farz qildi Bu oyda jannat darvozalari ochilib, jahannam darvozalari yopiladi, shaytonlar zanjirband qilinadi Bu oyda bir kecha borki, u ming oydan yaxshiroqdir. Kim u kechaning yaxshiligidan mahrum qolsa, (ko‘p narsadan) mahrum bo‘libdi.
Imom Ahmad va Imom Nasoiy rivoyatlari.
HADISI QUDSIY: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohi alayhi va sallam aytdilar: Alloh taolo dedi: “Odam farzandining qilgan har bir amali o‘zi uchun. Ro‘za esa Men uchun va uning mukofotini O‘zim beraman».
Imom Ahmad, Imom Muslim va Imom Nasoiy rivoyatlari.
HADISI SHARIF: Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytadilar: “Ramazon ro‘zasini tutgan va uning hududlarini bilgan hamda saqlanish kerak bo‘lgan narsalardan saqlangan odam(ning bu ibodatlari) o‘tgan gunohlariga kafforat bo‘ladi”.
Imom Ahmad va Imom Bayhaqiy rivoyatlari
Ҳамду сано бутун оламлар ҳожаси Аллоҳ учундир.