RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Hikmatli latifalar
DURDONDate: Shanba, 13-Avg-2011, 10:58 | Message # 1
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Mavlono Jaloliddin Rumiy uylarida yeydigan hech vaqo qolmaganini xabar bergan ayollaridan qayta-qayta so‘rayveribdilar:
-Hech narsa qolmadimi?
-Yo‘q.
-Og‘izga oladigan hech vaqo yo‘qmi?
-Yo‘q.
-Hech narsa-ya?
-Hech narsa...
-Rostdanmi?!
Xazrati Mavlono shodliklaridan yuzlari gul-gul yonib, qo‘llarini duoga ochdilar:
-Allohim, senga hamdu sanolar bo‘lsinki, uyim Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning xonadoniga o‘xshabdi.


 
DURDONDate: Shanba, 13-Avg-2011, 10:59 | Message # 2
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Bir kishi Hasan Basriy (q.s.) hazratlarining oldilariga kelib: “Falonchi sening haqqingda falonday pistonday noma’qul gaplarni gapirdi”, debdi.
-Qachon?
-Bugun.
-Qaerda?
-Uyida.
-Uning uyida nima qilayotgan eding?
-Ziyofatga boruvdim.
-Ziyofatda nima yeding?
Xaligi kishi sakkiz xil taomning nomini sanadi.
Shunda Hasan Basriy (q.s.):
-O’sha odamning sakkiz xil taomi qorningga sig‘diyu bir og‘iz so‘zi sig‘madimi? Tur, ket bu yerdan! – dedilar va g‘iybatchini dargohlaridan quvib chiqardilar.


 
DURDONDate: Shanba, 13-Avg-2011, 11:01 | Message # 3
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Bir xristian popi o‘lkamizga kelib, yoshgina boladan cherkovning yo‘lini so‘rabdi.
Bola popni cherkovga kuzatib qo‘yibdi. Minnatdor pop debdi:
- Barakalla, o‘g‘lim! Ertaga ham shu yerga kelsang senga jannatning yo‘lini ko‘rsataman.
Bola javob beribdi:
- Cherkovni yo‘lini bilmagan jannatning yo‘lini qaerdan bilardingiz?!


 
OSIYODate: Shanba, 20-Avg-2011, 02:34 | Message # 4
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Sulton nima dedi?
Bir podshoh vazirini huzuriga chorlab, unga bir narsalar dedi. Atrofdagi bir qancha kishi, buni bilolmay, ichlari qizidi. Darhol podshoh huzuridan chiqqan vazirning yoniga borib:
–Sulton bugun falon ish haqida senga nima dedi? – deb so‘rashdi.
Dono vazir:
–Sizga ham yashirin qolmaydi,siz ham o‘rganasiz, – dedi.
Odamlar: – Ammo, sen mamlakatning bosh vazirisan! – dedilar. Senga aytilganlarni bizlarga ochishingni to‘g‘ri topmaydi sulton.
Shunda vazir odamlarga qarab:
–Sulton menga sirini hech kimga ochmasligimni bilgani uchun ham ishonadi. Shunday ekan, siz nega so‘raysiz, mendan? – dedi.

Hikmat

Bo‘lar bo‘lmasga ishonilmaydigan kishilarga sir ochilmaydi. Ochilsa, u ham boshqasiga yetkazadi. Uchinchi kishilar eshitganida, ba’zi bir ishlarga yo‘l ochiladi.
 
OSIYODate: Shanba, 20-Avg-2011, 02:35 | Message # 5
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Keksa pahlavon
Kurash san’atining butun sir-asrorlarini o‘rgangan bir pahlavon bor edi. Bu borada unga teng keladigani topilmasdi. Kurashda uch yuz oltmish xil o‘yin ko‘rsata olardi. Raqiblari uning aql bovar qilmas o‘yinlari qarshisida doim mag‘lub edilar. Bu mohir pahlavonning qo‘lida yaralanishni istagan kurashchilar oz emas edi. Uning bir talay shogirdlari bo‘lib, imkon boricha ularga kurash san’ati sir-asrorlarini o‘rgatar edi.
Vaqt o‘tgan sayin pahlavon ham sekin-asta keksaya bordi. Ammo, u mehnat qilishdan charchamadi. Ayniqsa, bir shogirdi uchun juda ko‘p ter to‘kdi. Chunki bu shogirdi boshqalariga qaraganda juda qobiliyatli, ancha baquvvat edi. O’zi bilgan o‘yin sirlaridan uch yuz ellik to‘qqiztasidan xabardor qildi. Va har ehtimoldan, bitta o‘yin sirini sir saqladi.
Shogirdi kuragi yerga tegmaydigan, eng zo‘r pahlavon bo‘lib yetishdi. U tez-tez kurashlarda qatnashib, o‘ziga quvvat olar, tajribasini boyitar edi. Va nihoyat, yer yuzida unga teng keladigani topilmay qoldi. Shundan so‘ng, u g‘ururga berilib, ustozi bilan olishish uchun jahonda undan ham yaxshiroq kurashchi qolmaganini aytib maqtana boshladi.
Bir kuni podshoh huzurida olib borilgan kurashda u shunday dedi:
–Ustozimning quvvati uning yoshi ulug‘ligi va meni tarbiya qilganligi bilan o‘lchanadi. Kuch-quvvatda men undan kam emasman. Kurashning barcha sir-sinoatini uningdek bilaman.
Bu havoli gaplardan podshoh sira xushlanmadi. Aksincha, unga bir dars berib qo‘yish kerakligini tushundi. Ustozi baribir shogirdini yengishiga ishonchi komil edi. Podshoh ustoz va shogirdning kurashga chiqishlarini istadi. Keksa pahlavon istar-istamas rozi bo‘ldi.
Kurash maydoni hozirlandi. Davlat arboblari va eratroq kelgan tomoshabinlar old qatordan o‘rin oldilar. Butun xalq maydonni o‘rab oldi. Hammaga ovoza bo‘lgan kurashni ko‘rgani kelganlar, katta qiziqish bilan pahalvonlar chiqib kelishini kuta boshlashdi. Bir payt yosh kurashchi o‘kirgan fil kabi maydonga chiqdi. Uning shunday bir haybati bor ediki, xuddi turgan yeridan qalin daraxtlarni ham ildizi bilan qo‘porib olgudek ko‘rinardi. To ustozi maydonga chiqqunicha, nafaslar tin oldi. Keksa pahlavon shogirdining quvvatda yuksalib ketganini ko‘rmagan edi. Uni osongina yiqitaman deb o‘ylagandi...
Yosh kurashchi diqqat bilan ustoziga yaqinlashib kelaverdi. Keksa pahlavon zum o‘tmay, raqibini qopqonga bosdi. Va ancha vaqtdan beri yashirib kelgan uch yuz oltmishinchi usulni o‘yinda qo‘lladi. Shogirdi bu yangi usulning yechimini bilolmay garangsib qoldi. Ustozi uni ikki qo‘llab ko‘tarib oldi-da, oxiri nima bo‘lishini o‘ylab ham o‘tirmay, yosh pahlavonni yerga uloqtirdi. Shogird nima bo‘lganini anglay olmadi. Kuragi yerga tekkanini ko‘rdi, xolos. Atrofida xalqning hayqiriq ovozlari eshitilardi:
– Yasha!.. Yasha, pahlavon!.. Barakalla!..
Podshoh bu natijadan nihoyatda mamnun bo‘ldi. Xursandchiligini yashirmay, tabriklash uchun kurash maydoniga, keksa pahlavonning oldiga keldi. G’olibni qutlab, unga hadyalar in’om qildi. Va havolanib ketgan yosh kurashchiga qarab:
–Hurmat chegarasidan oshib, ustozingni kamsitding. Uyalmasdan u bilan bo‘y o‘lchashga turding va ishni uddasidan ham chiqolmading. Bu senga saboq bo‘lsin!.. – dedi.
Hamma tarqalgach, yosh kurashchi ustozining ortidan bordi. Ustoziga qarab:
–Demak, mendan yana bir o‘yinni sir tutgan ekansiz-da, ustoz? – dedi. To‘g‘risi, bu hech xayolimda yo‘q edi. Bugun, o‘sha o‘yin bilan meni mag‘lub etdingiz...
–Tajriba avloddir! Demak, u o‘yin ham shunday bir kun uchun kerak edi. Donolar, “Do‘stingga senga dushmanlik qila oladigan darajada quvvat berma!” deganlar. O’z shogirdidan aziyat chekkan odamning ham shunday deganini eshitgan edim: “Yo bu olamda vafo yo‘q, yoki bu zamonda har bir odam vafosiz. Biri kamon otish ilmini mendan o‘rgansin-da, oxirida meni nishonga olmasin!”
Shogirdi bu so‘zlarni eshitarkan, o‘z-o‘zidan uyalib ketdi. Ustozining qo‘llarini tavof qilib, undan kechirim so‘radi.

Hikmat

Inson o‘g‘liga, har zamon ishonib bo‘lmas. Kimni zamon sutsiz qila olsa, pastkashlarcha harakatda bo‘la oladi; yaxshilik ko‘rgan odamiga yomonlik qila oladi. Shunday ekan, dunyo ishlarini tadbir ila ko‘rgin.
 
OSIYODate: Juma, 07-Okt-2011, 09:01 | Message # 6
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Bir boy davlatmandligidan kerilib, shayxga debdi:
- Sizga qancha pulu oltin kerak bo‘lsa, mana mendan so‘rang!
- Yo‘q, - debdi shayx. – Men qulimning qulidan narsa so‘ramayman.
- Ie, qanaqasiga sizga qul bo‘lay? – darqaxr bo‘libdi boy. Shayx javob beribdi:
- Nafs mening qulim, sen esa nafsning qulisan!.
 
DURDONDate: Payshanba, 12-Apr-2012, 00:20 | Message # 7
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
- Ikki ahmoq bir olimning ustidan kulmoqchi bo’lib, biri o’ng tarafidan, ikkinchisi chap tarafidan kelishdi va:
-Siz ahmoqmisiz yoki nodonmisiz? – deb so’rashdi.
-Ikkalasining o’rtasidaman, - deya javob berdi olim.


 
SAKINADate: Payshanba, 31-May-2012, 13:55 | Message # 8
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Muallim savol qildi:
-Bolalar, agar Alloh hammamizning jannatga kirishimizni istasa, nega bu dunyoga yubordi?
-Bir o‘quvchi o‘rnidan turib javob berdi:
-Muallim siz ham hammamizning a’lo baholar bilan sinfdan sinfga ko‘chishimizni istaysiz, ammo nega imtihon qilasiz. Barchamizga birday besh baho qo‘yib chiqmaysiz?!
 
SAKINADate: Payshanba, 31-May-2012, 13:57 | Message # 9
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
O’qituvchi keltirgan qant-qursini yashirib darsga kirdi-da, o‘quvchilarga qarab:
-Alloh bor deydiganlar, qani, hozirning o‘zida bergin deb undan biron nima, masalan, qand so‘rashsin-chi, Allohlari ularga berarmikin. Ammo mendan so‘rasangiz shu zahoti berishim mumkin, - debdi. O’qituvchining hiylasini bilib qolgan bir o‘quvchi debdi:
-Muallim, qand menga allergiya beradi, yaxshisi sizdan bitta olma so‘ray qolay...
 
SAKINADate: Payshanba, 31-May-2012, 13:59 | Message # 10
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Najib Fozil kemada kitob o'qib ketayotgan ekan. Muxlislaridan biri yaqinlashib:
- Ustoz, dunyoga payg'ambar yuborishning nima keragi bor edi? Alloh aql berib qo'yibdi, yo'limizni o'zimiz ham topib olardik, - debdi.
Najib Fozil kitobdan bosh ko'tarmay javob beribdi:
- Kemaning nima keragi bor. Dengizdan o'zing suzib o'taver!..
 
SAKINADate: Payshanba, 31-May-2012, 14:05 | Message # 11
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Boyazid Bistomiy hazratlari jinnixona yonidan o‘tayotganlarida, bir tabibning havonchada dori maydalayotganini ko‘rib:
-Behad gunohkorman, - debdilar, - shu kasalimga qarshi doring bormi?
-Tabib boshini ko‘tarib ulgurmasdan, jinnixona panjarasidan qarab turgan bir xasta javob beribdi.
-Tavbaning tomiri bilan istig‘forning yaprog‘ini aralashtir. Qalb havonchasida tavhid to‘qmog‘i bilan tuyib maydala. Insof elagidan o‘tkaz, ko‘z yosh bilan yo‘g‘ir, ishq tandirida pishir va bomdod bilan shom orasida ko‘proq tanovvul qil. Ko‘rasan xastaligingdan asar ham qolmaydi.
Bistomiy hazratlarining ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib debdilar:
-Yo, Robbim! Bu dunyo xastaxonasida ne tabiblaring bor!!!
 
OishaqizDate: Juma, 15-Fev-2013, 15:49 | Message # 12
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
Biz yo‘lda uchrashdik Azon eshitildi.
-Yur, jome’ga – dedim. – Bugun jum’a!
-Masjidga bormasligimni bilasan-ku, - dedi.
-Bilaman-u, ammo qachongacha bormaysan?!
-Nima desam ekan, ruhim to‘g‘ri kelmaydi. Hali tayyor emasman. Qolaversa, shimimning tizzalari titilib, dazmoli buzilishidan ham qo‘rqaman... arzimaydi...
Kulgim qistadi.
-Hazillashyapsanmi?
-Hazil-pazili yo‘q. Oq kiyimni yaxshi ko‘rishimni, dog‘ tushirmasligimni bilasan-ku!
Haqiqatan ham, shunday edi. U ko‘pincha oq kiyim kiyardi. Kiyimlari doim dazmollangan, toza, ozoda edi...
Oradan ikki oy o‘tib, bexos, uning jome’ masjidida ekanligini eshitib qoldim. Yugurdim. Jome’dagi nomoz saflarining eng oldida edi.
Sekin-asta oldiga yaqinlashib past ovozda:
-Qani, og‘ayni, senga nima bo‘ldi? Masjidga bormayman demaganmiding? – deb so‘radim.
Undan sado chiqmadi. Chunki boshdan oyoq oppoq kafanga o‘rangancha tobutda yotar, uning uchun janoza namozlarini o‘qishlarini kutar edi.


 
DesignUzDate: Payshanba, 07-Mar-2013, 17:02 | Message # 13
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 249
Status:
Oishaqiz juda ibratli va tasirli ekan

 
Arslan1717Date: Juma, 29-Mar-2013, 02:05 | Message # 14
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 606
Status:
rahmat

 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: