IBRATLI HIKOYALAR
|
|
SAKINA | Date: Dushanba, 03-Iyun-2013, 17:47 | Message # 61 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Davomi...
Qiz poyezdga kech qolgan kun avtobusdan tushib, u bilan xayrlashdiyu uyiga shoshdi. Bugun u juda xursand edi. Tug'ilgan kuni juda ajoyib ötardi. Oilasi davrasida haqiqiy bayram qilib nishonlashdi. Tug'ilgan kun torti, sovg'alar... Mehmonlarni kuzatib, charchagan köyi örniga yotarkan qiz bugungi sovg'alar ichida eng ajoyibini qöliga oldi. Bu yurakcha shaklidagi bejirim tumor edi. Unga qarab biroz surbetroq, lekin bu öziga juda yarashadigan, kelishgan yigitni öyladi. Lablariga mayin tabassum yugurdi. Tumorni yostig'ining ostiga qöyib qöydi-yu közlarini uyquga yumdi. Ertasiga darsda ötiribdi-yu hayoli özida emas. Poyezd, avtobus... "Nimalar böldi menga? Bir kunda u haqda shuncha öylayapmanmi? Yöq, men sevib qolmadim. Bu sevgi emas..." Lekin qiz nohaq edi. U yigitni sevib qolgandi. Har tunda yostig'i ostidagi tumorni qöliga olib, shirin hayollar qilardi. Bu hayollar esa tobora uni yigitga qattiqroq bog'lab borardi. Ösha lahzalarda qiz yigit uni qidirayotganini sezardi, lekin hech narsa qilib bölmasdi. Kutish kerak. Faqat shu yöl bor edi...
5 oydan söng...
Qiz kunlar ötib, yigitning kelmasligiga ishonch hosil qildi. Qayerdan ham kelardi. Balki butunlay unutib ham yuborgandir. Ayni shu vaqtlarda qizning oilasida uni uzatish haqidagi mavzu kun tartibida turardi. Qiz borgan sari bu talablarga rad javobini berishga qiynalardi. Oxiri hammasini ota-onasining ixtiyoriga tashlab qöydi. Ösha kunning özidayoq qizning uyidan sovchilar rozilik javobi bilan chiqib ketishdi... Ular ketishdi-yu qizni titroq bosdi. Xonasiga kirdi. Tumorni qöliga olib yig'lab yubordi. Negaligini özi anglamasdi. Faqat yig'lagisi kelardi. Chunki u endi kelmaydi... Sovchilar bolalikdagi döstidan edi. Juda yaxshi yigit, lekin... Nimayam qilardi? Taqdiri shunaqa ekan. Haya, taqdir... U yana kimnidir eslatib yubordi. Ösha kuni qiz töyib yig'ladi. Bor hasrati köz yoshlarga qöshilib yuragidan chiqib ketdi.
Bugun qiz unashtirildi. Lekin yuragi hijil. Hamma baxt tilayapti. Qaydam? Töyni kuyovning ishlari tufayli 40 kundan keyinga belgilashdi. Qiz özini chalg'itishga urinardi. Xonasiga kirib har doimgidek qadrdon tumorni qöliga oldi. Unga bir oz tikilib turgach yana joyiga qaytarib qöydi. "Yöq, bugun uni qölimda olib yuraman. Birinchi va sönggi bor...",- qaror qildi qiz. Xiyobonda tumorni mahkam siqib shoshib ketardi. Keyin... Keyin urilib ketdi. Telefoni qölidan tushib sinib ketgan yigitga qaradi-yu qiz qölidagi tumorni qattiqroq siqdi...
|
|
| |
SAKINA | Date: Dushanba, 03-Iyun-2013, 17:49 | Message # 62 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Davomi...
Telefon orqali suhbatlar... Uchrashuvlar... Hammasi chiroyli edi. Qiz ham hammasini taqdir izmiga tashlab qöydi. Chunki uning sevgisi shu qadar kuchli ediki, undan shunchaki köz yumib ketolmasdi. Har uchrashganlarida yana va yana qattiqroq bog'lanib borardi. Faqat yigit har uchrashganlaridan söng qanchalik baxtli kunlarning yaqinligi haqida öylardi, qiz esa yaqin kelayotgan iztirobli voqealarni his qilardi. Shuning uchun qiz hech kimga bildirmasdan köp yig'lardi... Oradan 20 kun ötib yigit qizga sevgi izhor qildi. Qiz esa eshitib turib yig'lab yubordi. Yöq, qiz ortiq faqat özini öylay olmasdi. Hammasini töxtatish, ehtimol tugatish kerak edi. Uni quchib, yig'lama gulim deb shivirlayotgan yigitga e'tibor ham bermasdan yig'lardi qiz...
Ösha kun qiz hammasini oyisiga aytdi. Oyisi esa dadasiga. Ota chuqur öyga toldiyu qizini bir-necha kun yig'lashga majbur qilgan qarorni chiqardi: - Töy böladi! Töy böladi... Yigirma kundan söng... Ertasiga yigit bilan uchrashgach qiz hammasini unga aytmoqchiydi. Lekin, yana ayta olmadi. Yigit ham qanaqadir mahzun kayfiyatda edi. U qizni uzoq bag'riga bosib turdi: - Yig'lama, azizam senga kulish yarashadi... "Nega yig'layapsan" deb söramadi ham... Ösha kun qiz yigitni sönggi bor körib turgandi. Ertasi kun qiz bu safar yigitga hammasini aytish uchun uchrashuv joyiga keldi. Lekin yigit kelmadi. Telefoni öchirilgan. Ikkinchi, uchinchi kun ham. 4-kun yigitdan sms keldi: "Meni kechir... Menga xorijdan yaxshi ish taklif qilishdi. Bilasanmi, mening kelajak rejalarim ulkan. Bu rejada sen ham bor eding, ammo endi hammasi birdaniga özgarib ketdi. Afsusdaman. Baxtli böl..." Qiz öqib közlariga ishonmadi. Qayta-qayta öqidi. "Siz bunday qilolmaysiz.." yig'lardi u. Lekin hammasi ravshan edi. Qiz u bilan ötkazgan shirin 3 haftalik baxtli kunlarini bir-bir xotirladi. Sevaman degandi, endi tashlab ketdi. Alam bilan unga javob yozdi: - Sizga aytolmagan bir gapim bor: Meni turmushga berishyapti... Balki, kelajagizni öylab, tög'ri qilgandirsiz. Ketavering... Umuman qaytib kelmang... Sizi körishni istamayman. Yodizdami, menga yurakchali tumor sovg'a qilgandiz, omad keltiradi deb? Menga soxta yurak hadya qildiz-u haqiqiy yuragimni olib ketdiz öziz bilan. Sizga baribir rahmat. Menga nimalarnidir örgatdiz. Masalan, taqdirga ishona boshladim. Lekin taqdirlarimiz ayro ekan. Yana bir gapni sizga aytolmaganman: Sizi sevaman! Hm... Yomon bölsaizam, bildiz... Nafratlanaman ham... Sms yubordi-yu telefonini suvga otdi. Örindiqda ötirib ezilib yig'ladi. Hammasi tugadi...
Qizning töyi kuni ham keldi. Qiz xonasida közguga qarab ötirardi. Quloqlari ostida esa yigitning unga aytgan hamma gaplari bir-bir jaranglardi: "Poyezdga kech qolganimni kim omadsizlik dedi?" "Kul azizam, kulish senga yarashadi..." "Buni taqdir deydilar..."
Uning yuzlariga yosh dumaladi. Shu daqiqada uning ortida otasi qölida qog'oz bilan ma'yus turardi. Otasi uning peshonasidan öpdi: - Meni kechir qizim...
|
|
| |
SAKINA | Date: Dushanba, 03-Iyun-2013, 17:52 | Message # 63 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Davomi...
20 kun avval... Qizning otasi qizining boshqa yigitni sevib qolganini eshitgach, chuqur öyga toldi. Fotiha bölgan, hamma rozi. Qudalar ham yaxshi odamlar. Nega qanaqadir ön kun ichida qizining bu taxlit özgarib qolganini tushunolmasdi. Buni ötkinchi hoy-u xavas deb qabul qildi va qizini bir necha kun yig'lashga majbur qilgan qarorni chiqardi: - Töy böladi!
Ota ösha yigitni qidirib topdi. Istarasi issiqqina ekan. Lekin endi kech. U bilan ochiqchasiga gaplashib oldi: - Qizim unashtirilgan, 20 kundan söng töyi böladi, shuni bilasanmi? Yigit jim bölib qoldi. Qizning nima sababdan sevgi izhor qilganda yig'laganini tushungan edi. - Hammasiga endi juda kech... Iltimos qilaman sendan, qizimni chin yurakdan sevsang uni tinch qöy, chunki men ikki dunyoda ham töyni töxtatmayman. Qizimni hurmatini saqla, el-yurt oldida isnodga qöyma. Yigit hech narsa deyolmasdi. Qizning otasi uzoq gapirib sözini yakunladi: - Shunday qilki, u sendan nafratlansin. Meni kechir... Shunday qilsang, hammamizga yaxshi böladi... Shunday dedi-yu ketdi. Yigit bölsa joyida turib qoldi... Hozir qizning otasi undan qiz uchun jonini söraganida hech ikkilanmay bergan bölardi. Lekin ayrim narsalarning qadri jondan ziyoda bölarkan. Nima qilish kerak? Yigit uchun shu kun juda og'ir böldi.
Ertasiga qiz bilan uchrashdi. Qiz yana yig'lardi. Yigit undan "nega yig'layapsan" deb söramadi ham. Uni bag'riga bosdi. Ichidan otilib chiqayotgan alami bög'ziga tiqilib qizga shivirladi: "Kul azizam, hech qachon yig'lama..." Yigit shu lahzada qaror qabul qildi: Taqdirga tan berish kerak... Qiz bilan boshqa körishmaslik kerak... Ertasiga yana uchrashuv joyiga otlandi. Yöq, körishmaydi. Uzoqdan kuzatsa bas. U özini kutayotgan qizni uzoqdan kuzatdi. Keyingi kun, undan keyin ham... Shu kun yigitga xorijdan ish taklif qilishdi. Yigit ketishga qaror qildi. Hammasini unutish uchun... Ertasi kun u qizga sms yubordi. Uning öqib yig'laganini uzoqdan kördi-yu qölini yuragi ustiga olib bordi va pichirladi: "Kechir jonim, mendan nafratlanishing kerak..."
Kunlar ötaverdi. Yigitning samalyoti uchishidan bir kun oldin u qizni sönggi bor körish ilinjida uning uyi yaqiniga bordi. Kördi ham. G'amgin gözal qiz... Yigit qizning otasi bilan gaplashib olishi kerak edi.
- Men ertaga tongda Parijga uchib ketaman,- yigit qizning otasi yonida söz boshladi,- mana bu xatni unga berib qöying, iltimos. Sizning iltimosingizni bajardim. Siz ham bajarasiz deb öylayman... Xayr!
Yigit ketdi. "Endi seni körmayman. Kechir meni azizam... Baxtli böl!" Uning közidan sizayotgan yoshlarni hech kim körmasligi uchun közoynak taqib oldi.
Ota maktubni öqib yuragi tölib ketdi. Qizini shu darajada sevarkan, bir og'iz sözini ikki ham qilmadi. Kuyov qilsa arzirdi. Lekin, kechikdi... Tongga qadar hayollar iskanjasida qoldi. Tongda maktubni olib qizining xonasiga kirdi. Qizi judayam gözal. Lekin, uning közlarida yosh bor edi. Ota ortiq bardosh qilolmadi. Qizini bag'riga bosib, peshonasidan öpdi: - Meni kechir qizim...
|
|
| |
SAKINA | Date: Dushanba, 03-Iyun-2013, 17:53 | Message # 64 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Davomi...
Ota qiziga xatni berib, yigit haqida hammasini aytib berdi. Qiz maktubni ochib öqishga tushdi: "" Bugun mendan nafratlanayotgan bölsang kerak. Ishonaver buning hecham ahamiyati yöq menga. Chunki bugun men seni yana hammadan birinchi tabriklayapman. Qanday omadim bora? Sen jinnisan, negaligini bilasanmi? Töying haqida aytmading menga. Lekin meni kimligimni unutib qöyding. Men quvnoq "folbin"manku. Baribir bilvoldim. Xuddi tug'ilgan kuningdagidek... Yodingdami, taqdirga ishonmayman derding. Men esa qölimni avval yuragim ustiga, keyin peshonamga qöyib buni taqdir deydilar derdim. Buning ma'nosini bilasanmi? Bu yurakdagi sevgi uchun taqdirga minnatdorlik.. Ha, men taqdirimdan minnatdorman. Ösha poyezdga kechiktirgani uchun... Seni menga uchratgani uchun... Keyingi 5 oyda aqldan ozayozdim. Seni qidirib. Topganimda esa endi kech bölgan ekan... Meni kechir... Sen baxtli bölishing kerak. Menga öxshagan surbet bilan taqdiring qöshilmagan ekan. Men senga hozir söz beraman. Meni endi hech qachon körmaysan, men esa seni hech qachon unutmayman. Chunki sen bunga loyiqsan. Sen ham menga va'da berishingni xohlayman. Baxtli bölaman deb söz ber. Sizni unutaman deb söz ber. Chunki men unutilishga loyiqman. Seni tashlab ketayotganim uchun ham... Senga bir gapni köp aytishga ulgurmadim. Bugun sönggi bor aytaman: Men seni sevaman! Sen baxtli bölishing kerak. Töying muborak bölsin..."" Qiz yig'lab-yig'lab xatni öqib tugatdi. Otasi qizini yupatdi: - U bugun Parijga uchib ketmoqchi. Bor qizim uni töxtat... Qiz yig'lashdan töxtab, otasiga qaradi. - Köchada taksi kutib turibdi. Ulgurishing kerak. Qolganini menga qöyib ber,- otasi qölini avval yuragi ustiga keyin peshonasiga olib bordida kuldi,- axir buni taqdir deydilar... Qiz otasini quchoqladi: - Rahmat, dadajon... Keyin chopdi. U ketib qolmasligi kerak. Ketishga haqqi yöq. Qölidagi bejirim tumorni mahkam siqib taksiga ötirdi. Taksi aeroport tomon yöl oldi. Qiz esa hamon köz yoshlarini töxtata olmas va shivirlardi: - Iltimos, ketib qolmang, bir martagina mening ham iltimosimni bajaring...
Taksi aeroportga yetib kelgach qiz shoshib ichkariga kirdi. Hamma yoqda odam. Qayerga borishini bilmasdi. Aeroport ichida esa operatorlarning yölovchilarga turli murojaatlari eshitilardi. Qiz nihoyat shoshilib nazorat punktiga keldi. Qöriqchilarning hay-haylashiga qaramay ichkarida ötirgan qizdan shoshib söradi: - Opajon, Parijga samalyot uchmadimi hali? - 347-reys bilan Toshkent-Parij yönalishida samalyot yarim soat oldin uchib ketdi. - ...,- qiz özini yöqotib qöydi,- ketdimi? U yigitning kulib turgan holatini köz oldiga keltirdi. Lekin u chindan kechikkandi. Samalyot allaqachon uchib ketgandi. Qiz odamlar gavjum bölgan kutish zalidagi örindiqlardan biriga borib ötirdi. "U ketib qoldi. Endi uni hech qachon körolmayman..." - Iltimos, tumorimni qaytib ber,- yigitning ovozi eshitildi shu payt,- usiz samalyotga ham kech qoldim. Qiz yigitga qaradi. Qölida bilet, chamadon... Unga kulib qarab turardi. Qiz uning quchog'iga otildi. - Nega ketib qoldiz,- yig'lardi u. - Ketib qoldi deb kim aytdi? Yuragimni tashlab qayerga ham ketardim,- uning sochlarini siladi yigit. - Siz yomonsiz... - Hm. - Surbetsiz... - Hm. - Yana "hm"mi? - Hm. Ular kulib yuborishdi. Aeroportda esa hamma ularga qarardi. Qarayverishsin. AXIR BUNI TAQDIR DEYDILAR...
|
|
| |
DURDON | Date: Payshanba, 20-Iyun-2013, 13:33 | Message # 65 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Кишининг очкузлиги Хайвонларнинг тилини тушунган Хазрати Сулаймон алайхиссалом хузурларига келган киши ёлвориб: - Эй Аллохнинг Набийси, менга хайвонлар тилини ўргатинг. Мен уларни нималар хақида сўзлашишларини билишни истайман, - деди. - Йўқ, сен уларнинг сўзларига сабр қила олмайсан, хикматини тушунмайсан, дедилар. Аммо киши илтимос қилиб сўрайвергач Сулаймон алайхиссалом унга хайвонлар тилини ўргатдилар. Мамнун холда уйига келган киши хўроз билан кўппакнинг сўзлашишига қулоқ тутди. Кучук ёнидаги хўрозга дерди: - Хўроз, дўстим, сен арпа ва буғдойга қорнинг туяди. Ер титсанг сенга емиш кўп, менинг эса қорним жуда очиб кетади. Шу овқат қолдиқларини қолдирсанг бўларди. Хўроз эса: - Сабр қил, эртага бу ерга хўжайиннинг ўлган эшагини олиб келадилар. Тўйганингча гўшт ейсан. Киши бу гапларни эшитгач, шошганича эшакни олиб бозорга олиб бориб сотади. Ўз ўзидан хурсанд бўлиб: - Яхшики хайвонлар тилини тушунаман, бир балодан омонда қолдим, - деган хаёллар билан уйга қайтди. Эртаси куни яна хўроз билан кучукнинг сўзлашувига қулоқ солди. Кучук хўрозга таъна қиларди: - Қани хўжайиннинг эшаги ўлади тўйиб гўшт ейсан дегандинг? Хўроз жавоб берди: - Хўжайиннинг эшаги уни сотиб олган бечора кишининг қўлида ўлди. Хўжайин очкўзлик қилиб уни сотганди. Аммо хафа бўлма, бу сафар хўжайиннинг оти ўлади. Шунда кўп гўшт ейсан, қорнингни тўйдирасан. Киши яна шошганича отини етаклаб бозорга йўл олди. Уни сотиб қайтар экан яна шу фикрлар хаёлидан ўтарди: “Яхшиямки хайвонлар тилини биламан . . .”. эртаси куни яна мароқли сўзлашувнинг гувохи бўлади. Бу сафар кучук хўрозга қаттиқроқ овоз билан таъна қиларди. - Хўроз, сен мени яна алдадинг. Қани хўжайиннинг оти ўлади дегандинг? - Хўжайиннинг оти уни сотиб олган бечоранинг қўлида ўлди. Хафа бўлма, бу сафар ундан хам каттароқ зиёфат мехмони бўламиз. Бу сўзларга кучук ишонқирамай: - Яна менга ёлғон гапираяпсан. Аммо хўроз: - Йўқ, бу гал ёлғон йўқ. Бу галгиси қатъий. Чунки, бу сафар хўжайиннинг вафот топади. Молига келиши керак бўлган бу бало энди ўзининг бошига келади. Унинг ортидан маъракалар қилиниб, ошлар пиширилади, ортганини бизга тўкишади. Бу сўзларни эшитган одам ўзини қўярга жой топа олмай қолади. Ўнгга сўлга ўзини урар экан, бу балони олдини ола олмаслигини тушунади. Шу кеча у хасталаниб тонгга қадар қазо қилади. Унинг ортидан пиширилган овқатлар дастурхонга тортилади. Қолдиқлари эса хайвонларга тўкилади. Бу орада хўроз: - Инсонлар, молларига келган балога афсус чекиб ох урадилар. Афсуски, бундан хам мен учун бир хайр бордир, деб ўйламайдилар хам. Аллохнинг берган тақдирига шукр этмай, ношудлик қиладилар. Сўнгра молларига келган бало жонларига хам келади, аммо пушаймонликдан энди фойда йўқ . . . ! ! ! Фозилжон қори Ёсин хожи ўғли маърузаларидан.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 21-Iyun-2013, 15:18 | Message # 66 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| "Juma tongida onajonimning: "Bugun muborak kun, vaqtli turib ibodatingni qilgin,”degan ovozidan uyg’onib ketdim. O’rnimdan turarkanman, ko’rgan tushimni esalshga harakat qildim. Tushimda mashinani tez haydab ketayotgan ekanman. Birdan ro’paramda ikki yo’l chiqdi. O’ng tomondagi yo’ldan shundayin bir nur taralardiki, hayratda qoldim. Qay tomon yurishni bilmay turganimda onajonim uyg’otib yubordilar. Namozdan keyin nonushta qilgach, ishga jo’nadim. "Yaxshi borib kel o’glim! Doimo Allohni yod et. Hech esingdan chiqazmaginki,doimo u Zot sening madadkoring bo’ladi”, deya fotiha berdi onam. Boshlig’im Baxtiyor aka juda jiddiy, salobatli kishi. Birinchi ko’rganimda u kishini oldilarida ozgina dovdiradim ham. G’alati odam ekan, birovni xafa qilmaydi, maqtamaydi ham. Nima demoqchi ekanini ko’z qarashidan bilaman. Yo’lda ketar ekanmiz, Baxtiyor aka peshin payti uchrashuvi borligini tayinladi. "Xo’p”deyishimga qaramay, meni "Bugun juma, xo’jayinni uchrashuvga olib borsam, juma namoziga ulgurmay qolaman, endi nima qildim?”, degan o’y qiynay boshladi. Belgilangan uchrashuvgaboorish uchun ketayotganimizda oldimda turgan manzarani ko’rib, hayratdan yoqa ushladim: "Axir bu tushimdagi yo’llar-ku! O’ng tomondagisida masjid, to’grida keti ko’rinmas yo’l…”. odamlar masjid tomon oqib ketayotir. "Allohim menga madad ber! Nimaqilay, moshinani masjid tomon buraymi, yoki xo’jayinni manziliga olib boraymi?!” "Yo Parvardigorim, O’zing meni qo’lla”, deya moshinani masjid tomonburdim. Baxtiyor aka xayron bo’lib: "Qayoqqa yurding, to’g’riga ketishimiz kerak-ku?”, dedi. Men: "Baxtiyor aka,bugun juma, shundoq juma namozini o’qib chiqay”, deganimni bilaman u kishining rangi o’zgarib ketdi: "Jinni bo’lganmisan, soatbirda muhim uchrashuvim bor”. Bor kuchimni to’plab: "Baxtiyor aka, mana kalit, men jumaga kech qolamay”, degancha masjid tomon yugurdim.Yelkamdan tog’ ag’darilganday yengil bo’ldim, ta’riflashga til ojiz. Azon aytildi, safga qo’shildim. Ko’zlarim hech narsani ko’rmas, quloqlarim eshitmas edi.Xuddi Rabbimning qarshisida yolg’iz turgandek edim. Bu halovatni tushuntirib berish qiyin. Namozdan keyin ko’zlarimda yosh bilan duo qildim: "Ey, Allohim, meni hech qachon ikki yo’l orasida qoldirma, O’zing to’g’ri yo’ldan adashtirma! O’zingdan boshqaga muhtoj qilma!” Duodan keyin o’zimga kelib, sal narida o’tirgan kishiga ko’zim tushdi. Qo’lidagi uzuk tanish edi.Hayajon ichra uning yuzlariga boqdim. Ne ko’z bilan qarayki, u boshlig’im Baxtiyor aka edi. Juma ayyomi bilan qutlab, meni quchog’iga oldi…” Musulmonlar taqvim kitobidan!
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 30-Iyun-2013, 11:40 | Message # 67 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| 4 аёл қиссаси
Қадим замонларда бир подшоҳнинг тўрт хотини бўлган экан. Подшоҳ тўртинчи хотинини қолганларидан кўпроқ севиб, кўнгли тусаган нарсаларини харид қилар, дунёдаги барча нозу-неъматлар билан сийлар, фақатгина энг гўзал ва ҳарир нарсаларни раво кўрар эди.
Подшоҳ учинчи хотинини ҳам яҳши кўрарди ва доимо қўшни қиролликларга борганида ўзи билан олиб юриб ҳаммага кўз-кўз қилар эди. Лекин учинчи хотини бир куни бошқаси билан қочиб кетишидан жуда ҳам қўрқар эди.
Подшох иккинчи хотинини ҳам суяр эди. Бу хотини жуда ҳам ҳушмуомала, мусибат тушганда ёрдамга келадиган, сабр-қаноатли аёл эди. Қирол бошига мусибат тушганда доимо иккинчи аёлига суянар, у ҳам доимо ёрдам қўлини чўзиб, энг оғир дамларда қиролнинг суянчиғи бўлар эди.
Подшоҳнинг биринчи хотини жуда ҳам вафодор бўлиб, унинг оёққа туришида, қироллигини бошқариб туришида, бойликларини ҳисоб китоб қилишда ва умуман ҳаётда жуда кўп ёрдам берар эди. Лекин подшоҳ биринчи аёлини севмас эди. Аёл подшоҳни жуда қаттиқ севса ҳам, унинг севгиси жавобсиз қолган, подшоҳ унга қиё ҳам боқмас эди.
Кунларнинг бирида подшоҳ қаттиқ ҳасталанди ва ўлими яқин қолганини сезди. Бутун ҳаёти давомида аҳли ва аёнлари билан кўшкона саройларда мазза қилиб ҳаёт сурган подшоҳ ёлғизликда ўлишни истамади ва тўртинчи, энг суюкли хотини ёнига чақирди ҳамда: “Сен мен учун энг севимли эдинг, сени дунёнинг барча нозу-неъматлари билан сийладим. Мана энди мен ўлаяпман ва сени ҳам бирга олиб кетишни ва сен билан бирга бўлишни истайман. Мен билан кетишги розимисан?”, дея сўради. Аёл “Асло йўқ”, деб жавоб бериб, шаҳдам қадамлар билан саройдан чиқиб кетди. Бундай кескин сўзлар подшоҳнинг юрагига ҳанжардек санчилди.
Подшоҳ учинчи аёлини чақириб: “Мен сени ҳаётим давомида севганман. Мана энди мен ўлаяпман ва сени ҳам бирга олиб кетишни ва сен билан бирга бўлишни истайман. Розимисан?”, деб сўради. “Йўқ, – дея сўз бошлади аёл – ҳаёт жуда ҳам гўзал. Сен вафот топган кунинг мен бошқасига тегаман”.
Навбат иккинчи хотинига эди. Подшоҳ унга қарата деди: “Сен ҳаётда менинг маслаҳагўйим эдинг, бошимга мусибат тушганда доим сенинг ёрдамингни сўрар эдим. Мана энди мен ўлаяпман ва сени ҳам бирга олиб кетишни ва сен билан бирга бўлишни истайман”. Аёл эса: “Минг бор узр, лекин бу сафар мен сенга ёрдам бера олмайман. Узоғи билан сени қабргача кузатиб қўйишим мумкин”, дея жавоб қилди.
Шунда “Сен қаерда бўлсанг мен ҳам ўша ердаман”, деган овоз келди. Подшоҳ бошини кўтариб қаради ва биринчи хотинига кўзи тушди. Аёл қаровсиз қолганидан озиб-тўзиб кетган, ҳорғин ҳолатда эди. Подшоҳнинг кўнгли бир лаҳзага ҳушнудланди ва аёлига қарата: “Ҳаётлик чоғимда қўлимда барча имкониятлар бўлганида сенга яҳши қарашим керак эди” дея жавоб қилди.
Аслида, ҳаётда барчамизнинг тўртта хотинимиз бор:
Тўртинчи хотинимиз бу бизнинг жасадимиз. Унга қанча эътибор қаратмайлик, қанча боқиб-парваришламайлик ўлим келган захоти у бизни тарк этади.
Учинчи хотинимиз бу бизнинг бойлигимиз, мансабимиз, обрў-эътиборимиз. Ўлган кунимиз мол-дунё ҳам мансаб ҳам обрў ҳам бошқа одамнинг қўлига ўтади.
Иккинчи хотинимиз бу бизнинг қавм-қариндошларимиз ва ёру-биродарларимиз. Ҳаётда биз уларга ҳар қанчалик суянган бўлсак ҳам, уларнинг ҳар қанча ёрдамлари теккан бўлса ҳам, ўлим келганда бизни қабргача кузатиб қўядилар ҳолос.
Биринчи хотинимиз эса бу бизнинг қалбимиз. Кўпинчи мол-дунё, мансаб ва бойлик ортидан қувиб, биз уни қаровсиз ва эътиборсиз қолдирамиз. Аслида эса айнан қалбимиз бизнинг доимий ҳамроҳимиздир.
|
|
| |
SAKINA | Date: Seshanba, 02-Iyul-2013, 03:45 | Message # 68 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Bir yig'it farzandi yo'qligidan xotini bilan ajrawibdi. anchadan keyin bowqa bir qizga uylanib bolla chaqali bo'lib baxtli yaway bowlabdi. oradan o'n yil o'tib xizmat safari bilan bowqa waxarga ketibdi. iwlarini tugatib avtobusga chipta olib jo'nawiga ikki soat borligi uchun magazin aylanib yursa birinchi xotinini ko'rib qolibdi. anchagaplawib xol axvol so'rabdi. xotini bowqa turmuw qurmagan ekan. xotini bir yordam so'rabdi. bir xujjatli iw bor deb yordam so'rabdi. yig'it soatga qarab yarim soat vaqti qolganini avtobus ketiwini aytibdi. xotin bor yo'g'i oz vaqtda xal bo'liwini aytibdi. yigit rozi bo'libdi. qandaydir bino oldiga kiriwibdi. xotin bir ewikni ochib wu yerda kutiwini aytibdi. yigit ancha kutibdi. soatga qarab avtobus ketganini kechikkanini bilibdi. wunda xotin kirgan ewikni taqillatibdi. xech kim javob bermagach ewikni itarib kiribdi. xona kattagina bo'lib juda xam tawlandiq joy ekan. yigit xonada xech kim yo'qligini ko'rib ajablanib xonadan chiqibdi. bu binodan chiqib ketarkan bino xam juda xaroba bu erda xech qanday insonni anchadan beri qadami yetmaganini tuwunibdi. avtobus bekatiga yetganda birinchi xotinini uyiga boriwga qaror qilibdi. qaynonasi illiq kutib olibdi. qizi bilan ajrawgandan keyin 2 yildan keyin saraton kasali bilan o'lganini aytibdi. yig'it qanday avtobus bekatiga etib borganini bilmay qolibdi. avtobusga chipta olayotib kech qolgan avtobusi baxtsiz voqea sababli tog'da jarlikka qulab xamma odamlar u'lganini ewtib qolibdi...
|
|
| |
SAKINA | Date: Chorshanba, 03-Iyul-2013, 04:25 | Message # 69 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Erni er qiladigan …
Avtokorhonada xaydovchi bo’lib ishlardim. Har kuni direktorni uydan ishga, keyin uyga olib borib qo’yardim. Boshlig’im hushchaqchaq, shirinsuhan, o’zini kamtarin tutadigan, oddiy odam edi. Xullas, ishim ham, hayotim ham risoladagidek edi. Lekin bu hol uzoqqa cho’zilmadi. Boshlig’im boshqarmaga ko’tarilib, o’rniga boshqasi keldi. Yangi boshlig’ni menga nisbatan qo’rsligi tufayli mashinani topshirib, chilangarlik (slesar) kasbiga o’tib kettim. Hammasi ana shundan boshlandi. Ishdan keyin ishxonada qolib “qittay-qittay” qilishar, bordi-yu ziyofat cho’zilib ketsa, o’sha erning o’zida tunab qolishlar odat tusiga kirdi. Uyda ham tinchlik buzildi. Bo’lar bo’lmasga shovqin ko’tarib, bemaza so’zlar bilan ahli ayolimning dilini og’rita boshladim. Bolalarim mendan qochadigan, iloji boricha ko’zimga ko’rinmaslikka harakat qiladigan bo’lib qolishdi. Qo’shnilar ham baqir-chaqirlardan bezor bo’lishdi. Qarindoshlar-ku uyimizdan umuman oyoq uzishdi. Kunlar ketidan oylar, oylar ketidan yillar shu zayilda o’taverdi. Mening kayfu safolarim kundan-kunga avj olaverdi. Vafodor ayolim esa, “miq” etgan tovushni tashqariga chiqarmas, bergan ozorlarimni barchasiga sabr-toqat ila chidab, mehribonlik bilan javob berardi. Biron narsani sindirib qo’ysam: “Mayli achinmang dadasi, salomat bo’lsangiz bo’lgani, buyum topiladi”, deya yupatardi. Shurakayf bo’lib kelishimga qaramasdan : “Nima eysiz, nima ichasiz?” deb so’rar, og’zimdan chiqqan narsani tezda muhayyo qilardi. Ohiri bo’madi. Rafiqam meni ichkilikka mukkasidan ketganlarni davolaydigan kasalxonaga yotqizdi. Har kuni holimdan habar olib turdi. Allohga shukurki menga shifo va insof berdi. Sog’ayib uyimga kelganimdan keyin sevikli va vafodor ayolimning qadriga etadigan va qarindoshlar bilan yaxshi muomala qiladigan bo’ldim. “Erni er qiladigan ham, qaro er qiladigan ham xotin”, deb bejiz aytilmagan ekan.
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 07-Iyul-2013, 06:03 | Message # 70 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Xotinimning ko‘zi yorishadigan kun yaqin qolgan edi. Ayollar maslahatxonasiga borsa, do‘xtirlar homilaning rivojlanish muddati o‘tib ketgani, endi bola kattalashib, tug’ish nihoyatda qiyin bo‘lishini aytib, qo‘rqitishibdi. Ularning tavsiyasiga ko‘ra ayolimni tug’ruqxonaga zudlik bilan yotqizdim. Davolovchi do‘xtir qo‘limga bir necha qimmatbaho ukol va dori-darmonlarning ro‘yxatini tutqazdi. Agar ularni topib, tezda muolaja boshlanmasa, ona-bolaning hayotiga katta xavf borligini, tug’ish nihoyatda og’ir kechib, hatto o‘limga olib borishi mumkinligini yaxshilab tushuntirdi. Ayolim va bolamni hayotini o‘ylasam, shoshilinch dorixonaga chopishim kerak emish. Shifokorlar huzuridan bo‘shashib chiqarkanman, boshim qotdi. Sababi, dori-darmonga pul yo‘q. Anchadan buyon betobligim sababli ishlay olmayman. Ro‘zg’orni uchma-uch arang o‘tkazib turgan edim. Buncha pulni topish amrimahol. Hozirgi paytda kimdan ham qarz so‘raysan, hammaning holi o‘ziga tayin. Shu hayollar bilan uyga qanday kelganimni bilmay qoldim. Yolg’iz qolgan kenjamizni ovqatlantirib, uxlatib qo‘ydim. Keyin har kungi mashg’ulotim – Qur’oni karimni xatm qilishga kirishdim. Boyadan beri miyamni band qilib, ko‘nglimni g’ash qilib turgan hayollar nari ketdi. Buyuk Parvardigorning mo‘‘jiz kalomi ichra g’arq bo‘ldim. Haftasiga bir marta Qur’oni majidni xatm qilaman. Mushafni ochib, kelgan joyimdan tadabbur bilan tilovatni boshladim. O’n uchinchi juzga kelgan edim. Ra’d surasini o‘qishga kirishar ekanman, birdan miyamda yalt etib nimadir chaqnagandek bo‘ldi. Suraning 8-9-oyatlariga kelganimda hayratdan «Subhanalloh!» deya hayqirib yubordim. Beixtiyor ko‘zlarimdan yosh otilib chiqdi. Oyatlar mazmuni quyidagicha edi: «Faqat Allohgina har bir ayolning ko‘tarib yurgan homilasini (o‘g’ilmi-qizmi, rasomi-norasomi, chiroylimi-hunuk ekanini) ham, bachadonlar (muddatidan ilgari) tashlaydigan bolani ham, (to‘qqiz oydan) ortiqroq turib qoladigan bolani ham bilur. U zot dargohida har bir narsa o‘lchovlidir. U g’aybu shahodatni (ya’ni maxfiy va oshkora barcha narsani) bilguvchi buyuk va yuksak zotdir». Suraning shu joyiga kelganimdagi holatimni tasvirlashga til ojiz, qalam noqis. O’zim Qur’onni necha bor o‘qib, hamma narsa Allohning hikmat-irodasi bilan bo‘lishiga imon keltirsam-u, ojiz bir bandaning gapidan vahimaga tushib, qayg‘g’urib, iztirob chekib o‘tirsam?! Imonim bu qadar sustlashib ketganiga istig’for aytdim. Joynamozni yoyib ikki rakat namoz o‘qidim. Duoga qo‘l ochib, Allohdan ayolimning ko‘zi yorishini oson qilishini, ikki jonni O’z panohida asrashini so‘rab yolbordim, iltijo qildim. Duoda Ra’d surasining boyagi oyatlarini bir necha marta qaytarib, Allohdan najot, omonlik so‘radim. Yolg’iz O’ziga tavakkul qilib, xotirjam uyquga ketdim. …Ertasiga nonushtadan keyin xotinimdan xabar olgani borgan singlim hovlimizga suyunchi so‘rab, xursand kirib keldi: «Akajon, o‘g’illi bo‘libsiz, pahlavon o‘g’il tug’ilibdi. Ona-bolaning ahvoli yaxshi!»«Alhamdulillah» deb Allohga hamd-shukrona aytdim. Zotan, bundan boshqa so‘zga hojat ham yo‘q edi…
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 14-Iyul-2013, 04:02 | Message # 71 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Бир қария чўпон қўй-сигирларини боқиб, эрта сахардан то кечгача яйловда юрар эди. Аксар холларда тепаликка яқин ўсган олма дарахти тагида дам олар, олмалари пишган махал ўша дарахт билан сухбатлашар эди: - Қани болам, мендай бир қариянинг олмасини бериб юбор-чи, - дер эди. Худди ўша пайт мазаси сўз билан таърифланмайдиган даражада ширин бўлган, хиди хам ўзгача уфуриб турган бир олма - тўп этиб ерга тушар эди. Қария эса ўша ғарқ пишган олмани олиб, қўлидаги кичкинагина қаламтароши билан тилим-тилим қилиб кесар эди-да, халтасидан айронинини чиқариб, енгилгина тамадди қилиб олар эди. Сўнг, отасидан қолган Қуръони Каримини авайлабгина қўлига олиб, аста-секин ўқий бошларди. Чўпон ота ушбу олма кўчатини бундан қарийб йигирма йиллар илгари эккан. Ўша вақтда кўчатни тез-тез суғориб турар эди. Бундан ташқари, намоз учун тахорат олганида обдастадаги ортиб қолган сувларини хам яхши ниятда кўчатга қуйиб юрди. Қарияниг юзи ювилган тахорат сувида хам хикмат бордир, ким билсин. Хулласи калом, Аллох инояти билан халиги олма кўчати тезда кўкариб, гуркираб ўса бошлади. Орадан кўп вақт ўтмай мева хам беришга тушди. Чўпон ота у пайтларда ёш бўлгани учун қайсидир чиройли олмага кўзи тушса, дархол қўлини чўзиб олаверарди. Ха . . . Аммо, орадан йиллар ўтди, халиги қирчиллаган ёшгина йигитча - қариб, бели букилиб, мункиллаган чол бўлди. Олма дарахти эса, аксинча, кун ўтган сайин бўй чўзиб, гўёки чинор дарахтидай баланд бўлиб бораверди. Олма дарахти қанчалар ўсиб- улғаймасин, барибир чол учун у ёшгина боладай эди. Хали хануз уни “Болам” дея эркалатарди. Йиллар ўтиб анчагина қариб қолган чол ўз боласидай бўлиб қолган олма ёнига келиб, силаб-сийпар эди-да, сўнг: - Қани болам, шохингдан бугунги насийбамни хам тушир-чи, дер эди. Худди айтганидай: хеч қанча вақт ўтмай бир олма тўп этиб тушарди. Айни холат бир неча йиллар бўйи узлуксиз, бирдай такрорланиб турди. Хақиқатан, чол сўраган вақтда олманинг тушмай қолиши – бирор маротаба хам юз бермаган эди. Қишлоқ ахли қариянинг бундай ғайритабиий кароматларини бир неча бор кўргач, “чўпон ота авлиё экан” деган гап хам тарқатиб юборишди. Кунларнинг бирида чўпон ота яна халиги олма дарахти соясида ўтириб, бироз мизғиб олди. Озгина дам олган бўлиб, сўнг намозини ўқиди. Кейин олмага қараб, хар доимгидай: ўша кунги олмасини сўради. Лекин, нимагадир олма мевалари ғарқ пишиб турса-да, қариянинг қўлига бирорта хам олма тушмади. Қария хайрон . . . Бироз кутиб, ўз хохишини такрор ва такрор билдирса хам қўлига ақалли битта хам олма тушмади. Кутди, кутди. Охири натижа бўлмагач, қария бу холатдан жуда қаттиқ таъсирланди: кўзлари ёшга тўлди, киприклари-ю соқоллари йиғидан хўл бўлиб кетди. Сўнг, қўйлари томон охистагина юриб кетди . . . Мевага кирганидан буён бу дарахт чолнинг қўлини бирор марта хам бўш қайтармаганди-я! Нима бўлди экан?! Ўй-хаёли, фикри-зикри фақат шунда бўлди. Ўйлайвериб, ўйига етолмади. Қайғуга ботди, дили ғаш бўлди. Худди дарахтдан кўнгли қолгандай бўлди. Чол ўзини бўйи яна-да кичрайиб, бели букилиб, мункиллаб қолгандай чорасиз хис қилди. Шу алфозда аллақанча вақт юриб, молларини қайтарди-да, қишлоғи сари йўлга отланди. Бир пайт масжид томондан азон айтилаётганини эшитиб қолди. Бу азон жуда ўзгача, таъсирли айтилаётган эди. Гўё азоннинг ортида қандайдир бир хурсандчилик, қувонч хислари хам яширингандай. Бироз хаяллаб, ўйга чўмган қария – бирданига хаёлини жамлади, ўзини қўлга олди. Тўсатдан хурсанд бўлиб, йўқотган нарсасини топгандай, табассум қилиб жилмая бошлади. Шубхасиз, хаёлига қандайдир ўй келган эди. Халигина ғам-қайғу ёшлари оққан кўзидан энди қувонч ёшлари оқаётган қария шоша-пиша олма дарахти томон йўлга тушди. Дарахт ёнига етиб келган захоти уни эркалаб, кенг қулочи билан қучоқлай бошлади. Ва: - Болам . . . Болагинам. Узр. Менинг вафодор дарахтим. Ахир, хамма нарса ёдидан кўтарилаверадиган мендек чолни хафа қилмасдан билдирсанг бўлмасмиди?! Мен бўлсам тушунмабман-а . . . Ахир, бугун - рўза ойининг биринчи куни экан-ку . . . ! !
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 18-Avg-2013, 08:42 | Message # 72 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Бир киши мардикор бозорига борди. "Хожатхонани кўчиргандик. Бир уюм нажас бор. Челаклаб ташиш керак. ". . . Эээ . . . Хамма ўгирилиб кета бошлади. Иккинчи куни яна борди. "Йўғ-е, бунақа иш қилмаймиз. Юклаб тушириш, ташиш бўлсайкан, бошқа гап дейишди. Ундан кўра, шу ерда кунни кечлаймиз". Учинчи куни бир йигит рўпара бўлди. "Майли ака. Розиман хар қандай ишга. Пулга жуда мухтожман. Аёлим рўза тутган, уйда егани нон йўқ!". Ука", - деди халиги одам, -"Мана бу 500 минг сизга. Хеч қанақа иш йўқ. Закот беришга хақиқий мухтожни қидирдим. Аллох сизлардан рози бўлсин . . . ! ! !
|
|
| |
DURDON | Date: Chorshanba, 04-Sen-2013, 22:28 | Message # 73 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Сафар" Кунларнинг бирида бир инсон ўзининг хотини ва фарзандлари билан кўп ўринли машинасида узоқ сафарга чиқишди. Йўлда кетаётиб улар йўл ёқасида турган бир шахсга дуч келишди ва ундан сўрашди: – Сен кимсан? – Мен Пулман, – деб жавоб берди ҳалиги шахс. У хотини ва болаларидан сўради: – Бу шахс биз билан бирга боришига нима дейсизлар? – Ҳа, албатта. Чунки биз Пул билан ўзимиз хоҳлаган ҳамма нарсани қила оламиз ва ўзимизга ёққан ҳамма нарсани ола биламиз, – биргаликда жавоб беришди хотини ва болалари. Улар Пулни олиб сафарларини давом эттиришди. Машина йўлида давом этар, улар эса ўзларини янада бахтиёр ҳис қилиб боришарди. Шу пайт ҳалиги одам йўл ёқасида яна бир шахсга дуч келди ва ундан сўради? – Сен кимсан? – Мен Куч-қудратман, – деб жавоб берди ҳалиги шахс. У хотини ва болаларидан сўради: – Бу шахс биз билан бирга боришига нима дейсизлар? – Ҳа, албатта. Чунки Куч-қудрат билан ўзимиз хоҳлаган ҳамма нарсани қила оламиз ва ўзимизга ёққан ҳамма нарсани ола биламиз, – биргаликда жавоб беришди хотини ва болалари. Улар Куч- қудратни олиб сафарларини давом эттиришди. Шу тарзда улар йўлларида давом этишди ва ўзлари билан Роҳат, Орзу-ҳавас ва Ҳавойи нафс каби шахсларни йўлдан бирма-бир олиб кетишди. Йўлда улар яна бир шахсга дуч келишди. Отаси у шахсдан сўради: – Сен кимсан? – Мен Иймонман, – жавоб берди ҳалиги шахс. Ҳалиги одам, хотини ва болалари бир овоз билан жавоб қайтаришди: – Йўқ, ҳали вақти эмас. Биз бу сафаримиздан маза қилиб роҳатланишни хоҳлаймиз. Сен эса бизларни бу нарсалардан чеклайсан. Биз эса бунга дош бера олмаймиз ва натижада сенга садоқатли бўла олмаймиз. Бу - биз учун оғир юк. Машинамизда эса сенга етарли жой йўқ. Лекин сенга ваъда бериб айтамизки, биз кўп ўтмай сени олиб кетиш учун олдингга қайтиб келамиз. Улар уни йўлда қолдириб сафарларини давом эттиришди. Ҳеч қанча юрмасларидан туриб, йўл четида “Тўхта” деб ёзилган белгига дуч келишди. Белги ёнида бир шахс турарди. У шахс машинадаги одамга туш дегандек ишора қилди ва олдига чақириб деди! – Сеннинг сафаринг тугади. Қани, мен билан юр! У одам қўрқувдан дағ-дағ титради ва бир сўз ҳам айта олмади. – Мен сенинг машинангдан Иймонни излаяпман. У сизлар биланми? – гапини давом эттирди ҳалиги шахс. – Йўқ, биз уни сал орқароқда қолдирдик, агар рухсат бера олсанг, биз уни бориб олиб келардик. – Сенда орқага қайтишнинг имкони йўқ. Сафар тугади! – Лекин менда Пул, Куч-қудрат, Роҳат, Орзу-ҳавас бор… – Улар сенга фойда келтира олмайди ва сени Унинг олдида ҳимоя қилолмайди. Ақалли биттаси ҳам! Сен бу сафаринг ниҳоясида уларнинг ҳаммасини ташлаб кетасан, фақат Иймондан ташқари! Ҳа! Сал орқада ташлаб кетганинг – Иймондан ташқари. – Сен ўзи кимсан? – Мен Ўлимман! Сен сафар давомида ёдга олмаган ва эътибор бермаган – Ўлимман! У одам тўрт-беш қадам ташлаб машинасига қаради. Машинада сафарни давом эттиришга ҳозирлик кўраётган хотини, болалари ва “содиқ” ҳамроҳларини кўрди-ю, қўлидан ҳеч бир иш кела олмаслигини ўйлаб, Ўлим билан бирга кетди…
(Инглиз тилидан Ёлқин таржимаси, 2013)
|
|
| |
DURDON | Date: Payshanba, 05-Sen-2013, 00:07 | Message # 74 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Chaqimchilik jazosi Abubakr ibn Abdulloh shunday hikoya qiladi: Bir podshohning dono vaziri bor edi. Har kuni podshohning yoniga kirganda: «Yaxshilik qilganga yaxshilik qil, badkorga o‘zining badkorligi kifoya»,— derkan. Podshoh u vazirni hurmat qilardi. Ammo mulozimlardan biri u dono vazirni ko‘rolmasdi. Bir kun u hasadchi mulozim podshohga aytdi: — Vaziringiz doimo sizni yomonlab: «Podshohning og‘zidan badbo‘y, sassiq hid keladi, yaqiniga borishga aslo toqat qila olmayman»,— deydi. Podshoh hasadchidan: — Bu so‘zingga dalil ko‘rsata olasanmi?—deb so‘radi. Hasadchi: — Vazirni huzuringizga chaqiring, burnini tutib kirsa, to‘g‘ri so‘zlaganimni bilasiz,— dedi. Nobakor mulozim podshoh yonidan chiqib, vazirning yoniga bordi, uyiga ziyofatga taklif qildi. Vazir mehmon bo‘lib kelgach, uni sassiq sarimsoq qo‘shilgan ovqat bilan ziyofat qildi. Vazir ziyofat tamom bo‘lgandan keyin hasadchining uyidan chiqib, to‘ppa-to‘g‘ri podshohning yoniga bordi. Podshoh: «Yaqinroq kel!» degach, vazir «tag‘in podshoh sassiq sarimsoq hididan behuzur bo‘lmasin» deb burnini tutib podshohga yaqinroq bordi. Podshoh buni ko‘rgach, mulozimning so‘zi to‘g‘ri ekaniga ishondi. Podshohning bir odati bor edi: kimga iltifot yoki g‘azab qilsa, xat yozib muhrlab: «Bu xatimni mening saroyim boshlig‘i qo‘liga ber»-—deb xatni u kishiga topshirardi. Saroy boshlig‘i xatni o‘qib podshoh nima buyurgan bo‘lsa, uni amalga oshirardi. Podshoh odati bo‘yicha xat yozib, muhrlab vazirga berdi, saroy boshlig‘iga topshirishni buyurdi. Vazir xatni olib ketarkan, yo‘lda hasadchi mulozim uchrab qolib vazirdan: — Bu nima xat?—deb so‘rab qoldi. Vazir: «Podshoh menga qimmatbaho libos in’om qildi»,— dedi. Chindan ham u shunday o‘ylagandi. Mulozim vazirga yalinib-yolvorib: — Ikkimizning yaxshi tanishligimiz hurmati xatni menga bering, libosni men olay, bu esa sizning qilgan zo‘r iltifotingiz bo‘ladi, bu iltifotingizni hech vaqt unutmayman,— dedi. Vazirning rahmi kelib, xatni unga topshirdi. Hasadchi sevinib, xatni olib borib saroy boshlig‘iga topshirdi. Saroy boshlig‘i xatni o‘qib ko‘rib mulozimlariga: — Bu odamni o‘ldiringlar, podshoh shunday buyuribdi, podshoh amrini darhol bajo keltiring!— dedi. Saroy boshlig‘ining buyrug‘ini eshitib, hasadchi: — Bu xat vazirga berilgan xat edi, men undan tilab olgandim!—deb dod-faryod qila boshladi. Saroy boshlig‘i bu voqeani podshohga ma’lum qildi. Podshoh buni yaxshilab taftish qilgach, hasadchining sarimsoq qo‘shgan taom bilan vazirni ziyofat qilgani, vazir ehtiyot yuzasidan burnini tutgani podshohga ma’lum bo‘ldi, vazirning gunohsiz ekanini bilib, uning martabasini yana oshirdi. Hasadchiga esa qattiq jazo berdi. Podshoh vaziriga: — Har kuni yonimga kirganingizda birinchi so‘zingiz «yaxshilik qilganga yaxshilik qil, badkorga o‘zining badkorligi kifoya» deguchi edingiz, haq ekansiz, hasadchining badkorligi uning o‘z boshiga yetdi,— dedi.
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 08-Sen-2013, 02:51 | Message # 75 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Таъсирли хикоя Бир бадавлат, бой инсонни жуда окила, намозхон, фаросатли... Хуллас хавас килгудек, иймони бут ахли аёли бор эди. Аёл уйни курки, фариштаси эди. Лекин эри унинг акси эди. Ичкиликка муккасидан кетган эди. Аёлини хар доим тахкирлар, намоз укиётганида доимо жойнамоз устидан утиб кетар ва масхара килар эди. Хуллас аёлини Диндан чикаришга ва Аллох йук диб исботлашга харакат киларди. Аёл эрининг барча ситамларига чидаб, Аллохдан унга доимо инсоф сураб намозларида дуо киларди. Тез орада улар угил фарзандлик булишди. Угил асосан уйда онаси билан купрок булгани учун, Онаси унга уйда Намоз укишни, Аллохни танитишга харакат киларди. Бир куни Эр уйига келса 3 ёшлик жажжи угли Онасини олдида намоз харакатларини кайтаришга харакат килиб, тасбех угирар эди. Ширакайф Отани жахли чикиб, Онани роса урдида, углини у ердан судраб чикиб уз хонасига олиб кетди. Уша куни 3ёшлик угли канча каршилик килмаса хам, Отаси билан 1-кадахини ичишга мажбур булганди. Шу тарика Отаси хар куни 1шиша билан келар ва угли билан бирга ичишга мажбурлар эди. Хатто Ота Боласига Васият хам килган эди: АГАР УЛСАМ КАБРИМ УСТИГА ХАР КУН КЕЛИБ 1СТАКАН КУЙИБ КЕТАСАН диб. Афсуски шу тарзда Бола Отасидан хам баттар ичкиликка муккасидан кета бошлади. Орадан анча йиллар утиб Ота ишлаб пул топишга кучи колмаганини тушуниб етиб, углига пул топишни айтди. Угил эса уша куни роса жанжал килиб, Отасига шарт куйди: БУГУНДАН МАНГА ХАР КУНИ 1ШИША ОЛИБ КЕЛАСАН деб. Отани бора-бора мадори куриб ётиб колди. Аёли атрофида хозир-у нозир, угли кайфу- сафода эди. Отанинг дарди огирлашди. Аёл тез ёрдам чакирди, эри керак эмас деди чунки тиббий ходимлар учун маълум пул тулаш керак эди, уйдаги бор маблагни угил йук килиб булган эди. Лекин аёл барибир чакирди ва тез ёрдам учун охирги йигиб куйган бор тангаларини олиб чикиб Эрига берганди. Шу пайт эшикдан угил кириб келди ва Отасини кулидаги пулни куриб роса сука кетди: МАН АРОККА ПУЛ ТОПОЛМАЙ КУЧАДА ХОРМАН, САН БУСЕН ПУЛНИ БЕКИТИБ ЁТИБСАН диб пулни олиб куйди. Онанинг шунча йигиси, оху-ноласи афсуски угилга таъсир килмади. Шундагина Эр хаётда кандай катта хато килганини тушуниб етди. Тез ёрдам етиб келиши биланок Ота оламдан куз юмди. Энди фарзанд кимдан пул сурашни билмасди, Онасидан сураса насихатдан нари утмасди. Шунинг учун у энди кучадан келмай куйганди. Отаси васият килганидек хар куни КАБР устига 1шиша Арок куяр эди. Буни бир куни Кабристон ичидан утиб кетаётган Имом куриб колди. Болани канча урушмасин, фойдаси йук эди. Бола шу тарика кучада хатто пул хам тополмай колди. Бир кун кеч махал Кайфи зур кетаётганда жуда чанкади, ичай деса хеч каерда сув йук. Караса факат Масжид томонда чирок бор. Лекин у ердаги Онамга ухшаган ахмок, акли йукларни олдига кирмайман диб кетмокчи эди, барибир чанкок кучлилик килди ва ортига кайтди. Секин кириб сув ичиб, кайтаман хеч ким курмайди дедида. Ичкарига кириб кетди. Масжид ичида ги чиройли фонтандан сув ичаман деб Кайф зурлигидан фонтан ичига тушиб кетди. Кайф хам таркаб кетди. Караса хеч ким куринмайди. Шунда кизикиб хоналар ичига деразадан муралаб, булар нима киларкан диб уйлади. Караса хамма бир текисда туриб, тартибли харакатда Саждага бош куярди. Хайратдан анча анграйиб турди. Намоздан сунг Имом анчадан бери кузатаётган Болани куриб, у билан анча гаплашиб колди. Болада негадир бу инсонга нисбатан сехрлангандек мехр уйгонди. Кейин шогирд тушишни хохлади. Шу тарика уша кундан бошлаб бола бутунлай узгарди. Исломни, Куръонни, Намозни, Аллохни таниб, анча саводи ошди. Анча вакт утди Хайит Намози хам якинлашиб кела бошлади. Хайит намози укилди, кейин Устозини табриклади ва Онасини Аллохни таниганидан бери курмаганлигини устозига айтиб, Ок фотиха беришларини ва Оналарини куриб келишни суради. Устоз албатта деб кузатиб юбордилар. Фарзанд йулда уйлаб кетар эди. Хозир уйда Онам мани бу ахволда куриб роса хурсанд буладилар, ич-ичларидан севиниб кетадилар, оёкларини упиб кечирим сурайман, розиликларини олиб, олдиларида Куръон хатм килиб бераман, Хайит билан табриклаб, энди бошка Онамни хафа килмайман деб суз бераман деди. Йулда 4та нон ва каймок олиб Онаси томон ошикар эди. Нихоят мана уша эшикка етиб келди уйга юраги тулиб, югуриб кириб келди. Ойижон дея бакирди. Ичкари хонада Она жойнамоз устида утирар эди. Угил югуриб бориб Онасини оёкларидан упиб, Она багрига узини отди. Негадир Онанинг багри совук ва индамай турар эди. Афсуски Она 1 соат олдин жойнамоз устида Хайит намозини укиб булиб, бу дунёни тарк этган эди... (ОТА- ОНАМИЗНИ БОРИДА КАДРИГА ЕТАЙЛИК БИРОДАРЛАР ! Утганларига эса Аллох Жаннат эшикларини аллакачон очиб булган булсин).
|
|
| |
DURDON | Date: Payshanba, 12-Sen-2013, 01:34 | Message # 76 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Ibratli hikoyaBECHORA Bir kuni er xotin dasturxon atrofida choy ichib o'tirishganda,eshik taqilladi. Ayol o'rnidan turib eshikni ochdi - U yerda bir bechora inson ozgina suv va non so'radi. Ayol ichkarida umr yo'ldoshiga - unga ozgina non beraylik, Hudoga shukur bizda xama narsa yetarli, U esa och ekan dedi. - Shu vaqt erning jaxli chiqib - Men o'z nonimga o'zim pul topayapman, U xam qorni uchun ishlasin non yo'q deb xaydavor uni. Ayol noiloj non yo'q deya eshikni berkitdi. Shundan keyin u oilada ko'ngilsizliklar, Ish yurishmasligi, Urish janjallar boshlandi va ular ajrashishga qaror qilishdi. - Vaqt o'tib ayol boshqa boy- badavlat kishiga turmushga chiqdi. Bir kuni dasturxon atrofida o'tirisharkan eshik taqilladi. Ayol ochdi u yerda bir bechora turardi... Turmush o'rtog'i - Azizam unga non, choy va biroz shirinlik ber bechora ochdir qornini to'yg'azsin - dedi. Ayol eshikni yopib ko'zlari yoshlandi.... -Azizam nega yig'layapsan u seni xafa qildimi? -Yo'q, bilasizmi u kim edi? -Kim? -Meni birinchi turmush o'rtog'im edi -Bilasanmi men kimman? -Kim? -U xaydagan o'sha BECHORA..
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 16-Sen-2013, 13:17 | Message # 77 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Bir yigit bor edi. Uning iymoniga va taqvosiga ko'p musulmonlar havas qilishardi. U yigit juda aqlli bo'lib, diniy ilmlar bilan dunyoviy bilimlarni ham teng olib ketishga harakat qilardi. Vaqtlar kelib yigitni onasi uni uylantirmoqchi bo'ldi va o'g'li orzu qilgan qizlarni qidira boshladi. Nomzodlar topildi ham lekin ular onaizorga rad javobini berishardi. Sabab: --- Sizni o'g'lingizni juda yaxshi bilamiz va havas qilamiz. Lekin dunyoviy sabablar chiqib qoldi. --- Ayting hammasini qo'ldan kelgancha bajaramiz. --- Bilasizmi... haligi.... Ularni ko'rsatayotgan sabablarida jon bor edi. Yigit otasiz o'sgan, yolg'iz onasi unga parvona edi. --- Bizni qizimiz keng hovlilarda o'sgan qiz, "dom" da siqilib qoladi, agar hovli olsangizlar albatta qizimizni beramiz deyishdi hamma sabablarni bitta qilishib. Bu gaplardan yigit va onasini ko'ngli og'rirdi lekin na iloj. Yana bir soliha, oilasi ham islomiy (huddi yigit orzu qilganday) qiz topildi. Ular xursand bo'lib sovchilikka otlanishdi, qalblarida bir dunyo orzu havaslar. Lekin bir ma'lumot ularni yana o'ylantirib, joylarida tek qotib qoldilar. Bu qiz ham avvalgilardan ham keng hovlilarda katta bo'lgan va badavlatroq katta oilani farzandi edi. Yigitni oilasi buni aksi bo'lib ko'pchilik shu sababdan qizlarini bergisi kelmayotgan edi. Sovchilar avvaliga rosa ikkilanishdi: --- Borsakmikin yoki bormay qo'ya qolsakmikin. Tavakkal qilamiz inshaAlloh. Borishdi, qiz ham otasiz o'sgan edi. Onasi juda oqila ayol edi. Sovchilarga yigit bilan ko'rishib gaplashmoqchiligini aytdi. Yigit bo'lg'usi qaynona bilan suxbatlashish uchun tashrif buyurdi. Savol-javob boshlandi, uzoq va mazmunli suxbat qurildi. Ertasiga sovchilar natijani bilish uchun yana kelishdi: --- O'g'limizni ko'rdingizmi, sizlarga yoqdimi? --- Ha albatta, agar sizlarga ham meni qizim yoqqan bo'lsa men to'yga roziman. --- Haligi... eshitgan bo'lsangiz kerak o'g'limni otasiz katta qilganman... --- Ha eshitdim, meni ham qizim otasiz katta bo'lgan, inshaAlloh ularga ikkalamiz ham ota ham ona bo'lamiz. --- Keyin biz dom da yashaymiz, buni ham avvaldan aytganmiz. --- Eh qudajon, buni menga hecham qizig'i yo'q, agarda o'g'lingiz kapada (palatkada) yashaydigan bo'lganda ham men qizimni albatta bergan bo'lardim. Dunyo mollari o'tkinchi, hali inshaAlloh kattakon hovlilarda yashaysizlar. To'y kuni belgilandi. Qizni onasi shunday kuyov nasib qilganiga judayam xursand edi. Tinmay farzandlari uchun solih va soliha juftlar so'rab qilgan duolari ijobat bo'lganiga Robbisiga bexisob shukronalar aytardi. Kuyov taraf ham bundan juda mamnun edilar. ---- Onajon, nega shuncha sovchilarga rozilik bermasdan bu yigitga birdan rozilik berib yubordiz- dedi qiz tortinibgina onasiga. ---- Qizim, o'zimni nuridiydam, avvalo sendan ruxsat so'ramaganim uchun uzr so'rayman lekin iymonim komilki bu yigit huddi sen orzu qilganingdek. Ya'ni seni Robbisini jannati tomon etaklaydigan yigit. Men u bilan suxbat qurganimda bunga guvox bo'ldim va o'sha kuni kechasi tush ko'ribman. Tushimda sen, men va o'sha yigit juda go'zal va yorug' bo'lgan yo'lda gaplashib birga ketayotgan emishmiz. Bu inshaAlloh yaxshilik alomati. Qiz onasiga to'liq ishonardi va shuning uchun to'liq ixtiyorini topshirib qo'ygandi. --- Onajon, men sizni yaxshi ko'raman, siz meni va akalarimni yolg'iz katta qildiz. Siz hech qachon bizga yomonlik ravo ko'rmaysiz. Agar siz bu nikoxga rozi bo'lsangiz men ham roziman. Nikox o'qilyapti, ikkala tarafdan guvoxlar va kelin bilan kuyov. Nikohni bir olim kishi o'qimoqda. Maxr so'raladigan fursat kelganida kelin past ovozda: --- Men Zavjim bo'lmishni ilmlarini va hamisha meni ham o'zini ham to'g'ri yo'ldan adashmasdan olib ketishini maxr sifatida so'rayman. --- InshaAllohu Robbil A'lamiyn!!! bu kuyovni javobi edi.
|
|
| |
SAKINA | Date: Juma, 20-Sen-2013, 13:19 | Message # 78 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Антиқа мушк
Кун авжига олиб қиздиради. Кўчалар бўм-бўш. Ҳамма ўзини соя салқинга олган. Фақат навқирон бир йигит қўлидаги матоҳини мақтаб кўча кезади. Аллоҳнинг берганига рози, камбағалликдан шикоят қилмайди. Аксинча қўлидан келган ишни қилишга тиришади. Мана ҳозир ҳам маҳаллаларни айланиб, арзон нарсалар сотиб юрибди. Бирор эшик очилса умид билан қарайди. Ҳашаматли хонадон соҳибасининг эса қилар иши йўқ. Кунни қандай ўтказишни билмайди. Ҳар кунгидек бозорга чиққиси келади. Ўша ерда излаганини осонгина топади. Лекин иссиқни ўйлаб фикридан қайтди. – Уйда нима қиласан? Ёлғиз ўзинг зерикиб ўтиргандан кўра мени айтганимни қилавер!- Шайтон аврашда давом этиб: - сен ҳали ёш ва гўзалсан! Бир ишва билан ҳар қандай эркакни ўзиннга ром қилаоласан. Неча йиллардан бери айтганимга кириб кам бўлдингми?! Турсангчи ўрнингдан!? Иблиснинг ёшлик ва гўзаллик ҳақидаги гапи ёлғонлигини билсада, бу ёлғон унга жуда ёқарди. Лекин бу гал соя-салқин ёқимлироқ кўринди. Унинг шашти қайтганини кўриб Иблис талвасага тушди. Ахир бу аёл унинг энг унумдор тузоғи. Бу тузоқ билан қанча-қанча кишиларни домига илинтириб, Аллоҳнинг раҳматидан узоқлаштирди. Бугун эса ... бошқа тузоқ излагани ҳам дурустга ўхшайди, бунинг ёши ўтиб қолябди.. – Кийим сотаман! Арзонгина... Иккаласи ҳам хурсанд бўлиб кетишди. Ана ов ўз оёқлари билан келябди. Эшиклардан бири очилганини эшитиб сергакланди. Ҳов анави эшикдан бир аёл қўлини чиқариб чақирябди. Бой одамнинг уйига ўхшайди. Ишқилиб бирор нарса олсинда. Шоша-пиша ўша эшикка келиб молларини мақтай кетди. – Ичкари киринг салқинга! Офтобда яхши кўринмаябди! Бу таклифдан хурсанд бўлиб кетди, ахир мана неча соатдан бери кўча кезади, ҳеч соя йўқ. Ичкарига кираркан эшикни танбаланганини эшитди. Хайрон бўлди: бу нимаси? Хаёлига бирор ечим келмасдан уй бекаси молларини қаерга қўйишини айтди: - тўхтанг! Нарсаларингизни шундоқ сўрига қўяверинг. - Бунча ишвали гапирмаса бу хотин! Хуллас ўша ишвали овоз таклиф киритди. - Йўқ! Бўлиши мумкин эмас! – хаёлидан олган тарбияси, олган билимлари ўтаверди. – Аллоҳдан паноҳ сўрайман! – юраги орқага тортиб кетди. Бир онли лаззат кетиб, умр бўйи надоматда қандай яшайди. Зинодан лаззатланган ҳамма аъзолари қиёматда унга қарши гувоҳликка туришганда нима қилади. Оёғи, қўли, тили, ҳар бир тола, жисмининг ҳар бир бўлаги унга гувоҳлик берса! Дўзах ўти!.. Аллоҳнинг бундайларга таёрлаган азоби!.. Фаришталар зинокорларни оёқларидан осиб қўйишиб, темир қамчилар билан савалашаркан. Раҳм тилаб нола қилишса: - бу нолалар ўйнаб кулганингда қаерда эди? Ўшанда Аллоҳдан қўрқмагандинг-ку! Уялмагандинг-ку!- дейишаркан. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламдан ривоят қилинган ҳадисларни эслайди: - Эй уммати Муҳаммад! Аллоҳ жуда ғаюр! Ҳеч бир эркак ёки аёл бандаси зино қилишини истамайди! Агар сизлар мен билган нарсаларни билганингларда кам кулиб кўп йиғлаган бўлардинглар! Бошқа бир ҳадисда келишича Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам тушларида Жаброил алайҳис-салом келдилар. Бирга йўлга тушдилар. Йўлда бир жойдан ўтишди. Тандирга ўхшаб оғзи тор, ичи кенг, ичи яланғоч эркак ва аёлларга тўла. Ҳаммалари қий-чув билан дунёни бошларига кўтаришади. Бирдан пастдан олов кўтарилиб уларни ҳам тандирни оғзигача олиб чиқади. Оловнинг иссиғидан дод-войлари янада кучаяди. – Эй Жаброил булар ким? – сўради Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам. – Булар зинокорлар! Булар қиёматгача шундай азобланишади. Нафси бир марта қилсанг ҳеч нарса бўлмайди, кейин дарров тавба қиласан деб гиж-гижлайди. – Йўқ! қандай қилиб Аллоҳ ташлаган пардани йиртаман. Менга ҳалол бўлмаган аёлга қандай қарайман?! Йўқ! Ахир Аллоҳ устимизда.. у ҳамма нарсани кўриб туради.. одамлардан беркиниб, Аллоҳ олдида очиқ гуноҳ қилиш.. Йўқ! Бўлиши мумкин эмас! Бу ўйлар миясида яшин каби ўтди. Чора излаб дарвозага қаради, қулф урибди, қочиб чиқа олмайди. Ғафлат босган Шайтон қули унинг охирги ўйини уқа олди, холос. – Агар унамасанг дод соламан. Маҳаллани йиғиб шарманда қиламан! – дўқ урди хотин. Энди аввалги ишвали овоздан дарак ҳам қолмаганди. – Майли мен розиман. Фақат бир ҳожатга кириб чиқсам дегандим, майлими? – Бемалол, бемалол. Мана бу ёқда! – дўқи иш берганидан хурсанд йўл кўрсатади. Йигит ҳожатхонага кириб режасини амалга оширишга киришди. Аввал қазоиҳожат қилди кейин нажосатдан олиб устиларига суркади. Обдон суркади. Шу аҳволда ҳовлига чиқди. Унинг холини кўрган аёл ақлдан озаёзди. Матосини бетига отиб уйдан қувиб солди. Йигит хотиржам уйига равона бўлди. Шайтон буни кўриб шундай кичрайди, шундай кичрайди! Бир ўспиринни тузоғига тушира олмаганидан қаттиқ ғазабланди. Йўловчилар йигитга хайрон боқишади. Ёш болалар орқасидан чопишади: - Жинни.. Жинни.. Йигит уларга бепарво хурсанд уйига кетади. Уйида яхшилаб ювиниб, таҳорат олди. Тоза кийимларини кийиб намозга отланди. Намоздан сўнг намозхонлардан бири чақириб қолди: - Кечирасиз, мушкни қаердан олдингиз? Жуда хушбўй экан. Илтимос менга хам олиб келиб бера олмайсизми? Сизнинг ҳаққингиз ҳам нақд! Хаётини охиригача шундай таклифлардан қутила олмади. Ибнул Жавзийнинг Мавоиз китобидан олинди.
|
|
| |
SAKINA | Date: Seshanba, 24-Sen-2013, 00:33 | Message # 79 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Ривоят килишларича бир подишони вазири бор экан подишох касал буладими нима холат юз берса хам вазир Эе подшохим буни хикмати бор дер экан кунлардан бир куни подишох бармогини кесиб олибди ва буни курган вазир буни хам бир хикмати бор деиши билан шохни жахли чикиб бу вазирни зиндонбант килинглар деб фармон берибди бир куни Шох яка узи овда юрса уни Одамхурлар ушлаб олиб уни уз кароргохига олиб борибди шунда уларни Катталари куриб бу Одам нокис экан бизни санамларимизга атаб суйиб булмайди буни Куйиб юборинглар дебди шунда Шох уз кароргохига бориб Вазирни озод килиб вазирга сен доим бунда Оллохни хикмати бор дер эдинг хакикатан хам хар Одамга келадиган мусибатида хикмат бор экан мен сендан узир сурайман деса Вазир Эе шохим зиндонбант килишигизни хам хикмати бор эди мен доим кайрга борсангиз бирга борарэдим сиз колиб мени курбондик килишарди. Оллохдан бе амир тикан кирмас
|
|
| |
SAKINA | Date: Seshanba, 01-Okt-2013, 12:51 | Message # 80 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Bir kuni er xotin dasturxon atrofida choy ichib o'tirishganda,eshik taqilladi. Ayol o'rnidan turib eshikni ochdi - U yerda bir bechora inson ozgina suv va non so'radi. Ayol ichkarida umr yo'ldoshiga - unga ozgina non beraylik, Hudoga shukur bizda xama narsa yetarli, U esa och ekan dedi. - Shu vaqt erning jaxli chiqib - Men o'z nonimga o'zim pul topayapman, U xam qorni uchun ishlasin non yo'q deb xaydavor uni. Ayol noiloj non yo'q deya eshikni berkitdi. Shundan keyin u oilada ko'ngilsizliklar, Ish yurishmasligi, Urish janjallar boshlandi va ular ajrashishga qaror qilishdi. - Vaqt o'tib ayol boshqa boy- badavlat kishiga turmushga chiqdi. Bir kuni dasturxon atrofida o'tirisharkan eshik taqilladi. Ayol ochdi u yerda bir bechora turardi. . . Turmush o'rtog'i - Azizam unga non, choy va biroz shirinlik ber bechora ochdir qornini to'yg'azsin - dedi. Ayol eshikni yopib ko'zlari yoshlandi. . . - Azizam nega yig'layapsan u seni xafa qildimi? -Yo'q, bilasizmi u kim edi? -Kim? -Meni birinchi turmush o'rtog'im edi - Bilasanmi men kimman? - Kim? - U xaydagan o'sha BECHORA.
|
|
| |
SAKINA | Date: Chorshanba, 02-Okt-2013, 12:12 | Message # 81 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| “Ўйинни яхши кўрган бола”
Бир бола ўйинни яхши кўрарди. Шу сабабли онаси уни мактабга етказиб қўйиш учун опасини бирга қўшиб берди. Икковлон мактабга кетишаркан, баногоҳ йўлда катта дарахтга дуч келишди. Бола опасига:"мени ҳоли қўйинг, мен шу дарахт соясида дам оламан", деди. Опаси: «менда сени кутиб тургани вақт йўқ! Мен сени мактабга элтиб қўйганимдан кейин бозорга бориб ип сотиб олишим керак»,деди.
Бироз юришгач йўлларида асаларига йўлиқишди. Бола: «кошки мен ари бўлиб қолсам, унинг ҳеч бир қиладиган иши йўқ», деди. «Сен ўйлагандек, ари ишсиз эмас. Балки у гул ва чечаклардан асал йиғади», деди опаси.
Яна бироз юришгач дарахт устидаги чумчуққа йўлиқдилар. Бола: «кошки мен чумчуқ бўлсам, унда қиладиган иш йўқ».
«Бекорларни айтибсан, чунки чумчуқ дарахтга чўп-хашаклар тошиб ўзи ва болалари учун ин ясайди», деди опаси. Улар йўлда давом этишаркан, баногоҳ, йўл чеккасида ётган итга кўзлари тушди. Бола бу ҳолдан қувониб: «кошки мен ит бўлсам», деб гапини тугатмай, бир киши пайдо бўлди. У итга қарата ҳуштак чалди. Ит ўрнидан қўзғолди, эгаси ортидан эргашди ва ўрмонга ов қилиш учун жўнашди. Бу ҳолатларни кўрган бола: «мен энди мактабга бораман ва дарсларим тамом бўлгач, онажонимдан ўртоқларим билан ўйнаш учун рухсат сўрайман», деди ва мактабга кириб кетди.
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 28-Okt-2013, 02:31 | Message # 82 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Хикоя килишларича, бир камбагал киши хайт кечаси кучаларни кезиб юриб, куп одамларни гушт-кабоблар еб утиришганини куриб огзининг суви келиб ичи кизиганича уйига келибди. Овкат пишириб тайерлаб турган аёли "Хайтингиз муборак булсин азизим!" дея дастурхонга сузиб келган таомнинг ичида фул (ловия) дан бошка хеч нарса йук эмиш. Совуккина килиб "сенга хам" дебдию,овкатни ея бошлабди. Ловияларни еб, устидаги пустини айвоннинг деразасидан кучага караб отар ва узига узи: нега энди хамма одамлар маза килиб гушт ейдию,мен эса ловия еб утиришим керак..??? - дея хасрат кила бошлабди. Дунё кузига тор куриниб уйидан кучага чикса деразаси тагида бир бечора одам отилган ловия пустлокларини пуф-пуфлаб чангидан тозалаб еётган эмиш ва "канча-канча бечораларга насиб этмаган ризкни менга берган Аллохимга шукрлар булсин" деб кайта-кайта хамдлар айтармиш... Бу холни курган камбагалнинг кузларига ёш тулиб: "розиман эй Раббим,берган насибангга розиман" деганича уйига кириб кетибди
Хаётда ишонч-умид билан яшанг..чунки Аллох сиз билмаган нарсаларни билгувчидир..сизни узингизга мос шаклдаги хаётни сиз учун чизиб куйгандир!! Барча бошингизга келган кийинчиликларни оркага ташланг ва кунглингиз тусаган нарсалардан тийилишга калбингизни ургатинг..чунки сиз махрум булган нарсаларингиздан нима сабабли махрум булганингизни билмайсиз,аммо Аллох билгувчидир! Хеч качон саждадан бошингизни Аллохга айтадиган дардларингизни айтмай туриб кутарманг!! Аллохнинг берган неъматларига шукр килишни хеч унутманг!!
|
|
| |
SAKINA | Date: Chorshanba, 27-Noya-2013, 11:28 | Message # 83 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Дўстлик ҳурмати Ҳикоя қилинишича бир киши донишмандлардан бирининг ҳузурига келиб, дўстидан шикоят қилибди ва у билан дўстлик алоқаларини узишни ҳамда ундан ўч олиш ниятида эканини айтибди. Шунда донишманд унга: “Сенга насиҳат қилсам унга қулоқ соласанми ёки ғазаб ўтига минганингча қолаверасанми?”, деди. Шунда у: “Йўқ, насиҳатингизга қулоқ соламан”, деди. Донишманд: “Унинг дўстлиги сабабли хурсандлигингиз кўп бўлганми ёки айбу- хатолари туфайли ғам ташвишингиз кўп бўлганми”, деб сўради. У: “Хурсандлигим кўп бўлган”, деб жавоб берди. Донишманд: “У сенга кўп яхшилик қилганми ёки кўп ёмонлик қилганми?” деди. У: “Яхшиликлари кўпроқ бўлган”, деди. Шунда донишманд: “Ундай бўлса, у билан ўтган яхши кунларинг сабабли сен унинг айбларини кечириб юбор ва у билан бўлган хурсандчиликларинг туфайли хурматини жойига қўйгин. Ўрталарингдаги дўстлик ҳурмати сабабли ундан ғазабланиш ва ундан ўч олишни бас қил, зора, шунда фикрингдан қайтсанг. Агар душманчиликда давом этсанг, ўрталарингиздаги адоват кучаяда ва сен ёқтирмаган ишлар содир бўлади”, деди. (“Унвонул баён”дан) Исломдан кейинги энг яхши неъмат яхши дўстдир. Агар бирортангиз биродаридан дўстикни сезса, уни маҳкам тутсин. (Умар ибн Хаттоб р.а.) Агар тоат ибодатинга ёрдам берадиган дўстинг бўлса, унинг қўлини маҳкам тут, чунки дўстни тутиб туриш қийин, ундан ажралиш эса осондир. (Имом Шофеий р.а.) Дўстларимиз биз учун аҳлимиз ва фарзандларимиздан кўра маҳбуброқдир. Чунки аҳлимиз бизни дунё сабабли ёдга оладилар, дўстларимиз эса охират сабабли ёдга олишади. Дўстларнинг сифатларидан бири – улар ўзларидан дўстларини устун қўйишларидир. (Ҳасан Басрий р.а.) Эй ўғилчам, иймондан сўнг энг биринчи қиладиган ишинг содиқ дўст топишингдир. Содиқ дўстнинг мисоли дарахт кабидир. Агар соясида ўтирсанг, сени соясига олади. Агар унинг мевасини есанг, сени тўйғазади. Агарчи у сенга фойда бермаса ҳам, зарар ҳам бермайди. (Луқмони ҳаким)
|
|
| |
DURDON | Date: Payshanba, 02-Yan-2014, 04:17 | Message # 84 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Онамни ким сотиб олади?
Ўзининг тўй кечаси, роса тўй маросими бўлаётган вақитда, тўй сахнасининг тўрисида бўлғуси аёли билан ўтирар эди. Шу вақт келин йигитнинг қулоғига туюқсиз пичирлаб, унга онасини сахнадан тушириб юборишини талаб қилди ва уни ёқтирмаслигини айтди. Шу он йигит ўтирган ўрнидан туриб микрафонни қўлига олиб " ким онамни сотиб олади?" Деди. Йигитнинг бу қилмишидан хамма хайрон бўлди. Йигит саволини уч бор такрорлади. Тўй залида ўтирган одамлар йигитнинг бу гапларидан қаттиқ хайрон бўлиб гангираб қолишди. Сўнг бола қўлидаги узугини ерга улоқтириб " онамни мен сотиб оламан " деди, сўнг ўтирган келинга қараб талоғини берди. Кейин онасини олиб тўй залидан чиқиб кетди. Бу қисса қишлоқда кенг тарқалиб кетган шундай бир вақтда бир киши келди ва йигитга: " қизимни бериш учун сендан кўра олий жаноброқ инсонни топа олмадим" деб қизини хеч қандай иқтисодий чиқим талаб қилмасдан унга никохлаб қўйди.
|
|
| |
DURDON | Date: Seshanba, 07-Yan-2014, 04:47 | Message # 85 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Онам телефон қилдилар. Хар галгидей насихат қилишни бошладила. Нима қилишим кераклигини, қандай қилишим кераклигини. Уже бу сафар гапларини кўтара олмадим: -Она, мен уже 20 ёшдаман. Ёш боламасманку! Хадеб насихат қилавермен!
Шунчалар қизишиб кетганимдан, онамга бақириб берганимни билмай қолдим. Шунчалар ўдагайлаб бердимки, хатто онам индамай қолдилар. Ёнимга акам келдида, бир тарсаки туширди юзимга. Мен телефонни улоқтириб юбордимда, телевизор ёнидаги диванга бориб жойлашдим. Вақт ўтди ва мен жахлимдан тушдим. Шу вақт дўстм телефон қилди ва Онам оламдан ўтганлигини айтди.
Мен унинг гапларини охиригача эшитмадим хам. -Онам! Онажоним! Кўзларимга шашкатор ёш келиб, телефон трубкасини қўйганимча карахт бўлиб қотиб қолдим.
қулогимда эса онамга бақириб жеркиб бераётганим жарангларди. Кўзим олдида эса онагинамни табассумли юзи эди. Мен шу туришимда қотиб қолдим, томогим бўгилиб қолган, қалбим эзилиб, хаёлимда эса онажоним эди.
Ерга тизза чўкдимда, фарйод қила бошладим: - Аллохим, уни қайтариб бер! Жон Аллохим онажонимни қайтариб бер. Мени жонимни олақолгин! Илтимос Аллохим онамни қайтариб бер. Майли мени азобла, истасанг ногирон қилиб қўй. Аллохим онамни қайтиб бер!
Шунчалар бақириб йигладимки хонага акам кириб келди. қўлида телефон трубкасини ушлаб олганича: -Овозингни ўчир! - деб бақирди менга. -Нега ахмоқ каби бақирасан, онамни гапларини эшита олмаяпман!
Онамни? қотиб қолдим. Тезда телефон трубкасини окамни қўлидан тортиб олдимда: -Онажон??? Онажоним! Онам эса хар галгидек хотиржам ва ёқимли овози билан: -Ха болажоним-дедилар. Мен бошқа хеч нарса деёлмай колдим. Кўзларимдан шашкатор ёшлар оқиб кетти.
Дўстим менга телефон қилиб айтганида, унинг онаси ўлган экан. Мен эса чала эшитиб нотўгри тушунганаканман.
Мен хеч нарса деёлмай қолдим. Фақатгина шивирлай олардим холос: -Онажоним,мени кечиринг, қадрдоним, мехрибоним. Онам сўзларимни эшитиб йиглаб юбордилар: -Болагинам, хар нарса бўлсаям фақат сен йигламагин, жоним болам. Сени йиглашингни эштолмайман.
Мен йиглашда давом этардим. Узр сўраб тавба қилардим.
акам қўлимдан телефон трубкасини олиб хонасига кириб кетти. Мен эса хонамга кириб Аллохга ёлворишни бошладим. -Эй Роббим... Мени кечир ва менга ўхшаб онасига озор етказадиганларниям кечир... Онасига озор бериб онасидан айрилиб қолганларниям кечир... Онасини бир бора дийдорини кўришга зор бўлганларниям кечир... Онани қайтиб топа олмаймиз.
Эй йигитлар! Фарзандларингизни тарбия қилаётганда, ўз аёлингизни, онангизни эъзозлашга, хурмат қилишга ўргатинг. Ахир бу ўтар дунёку. Аллох хаммамизни тўгри йўлга бошласин. Амин.
|
|
| |