Ertaklar!!!
|
|
DURDON | Date: Payshanba, 08-Sen-2011, 07:30 | Message # 31 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| TEGIRMONCHI
(Ertak) Bir bor ekan, boir yo’q ekan bir tegirmonchi bo’lgan ekan. Tegirmonchining ikkita o’g’li bor ekan. O’g’illarining kattasi dangasa, ishyoqmas ekan. Kichigi mehnatsevar, pishiq, odobli yigit ekan. Bir kuni tegirmonchi ikki o’g’lini yoniga chaqirib : - O’g’illarim, men endi qarib qoldim, - debdi, -bir oyog’im to’rda bo’lsa bir oyog’im go’rda. Mendan sizarga qoladigon manashu hovliyu tegirmon, holos. Ikkalaring hamjihat bo’lib, ahil yashanglar. -Chol shu nasihatni qilgandan keyin bir necha kun o’tgach, vafot etibdi.O’g’illariga tegirmon bilan hovli meros qolibdi. Katta o’g’liga hovli tegibdi, kichigiga tegirmon tegibdi.Kichik o’g’il har kuni odamlarning bug’doylarini tortib, un qilib, uyga u-bu yegulik topib kelar ekan. Ammo akasi unga sira qarashmas ekan. Bir kuni ukasi, aka, keeling, bir bahtimzni sinab ko’ramiz, debdi. Shunda akasi: - Bahtimizni sinash uchun qishloqning boy qiziga uylanamiz, boy qiz ko’pgina sepi bilan kelib bizlarni ham boy qiladi, kel sen topgan pullaringni menga ber, pul yig’aylik, -debdi. Bunday puch gaplarga ukasi ko’nmabdi. O’rtada janjal ko’tarilibdi. Akasi ukasini uydan haydab chiqaribdi.Ukasi tegirmon toshini ham o’zi bilan olib, uydan chiqib ketibdi. Yo’l yuribdi yo’l yursa ham mo’l yuribdi. Qorong’u tushganda bir eski uy yoniga yetib boribdi. Eski uyda tunagani qo’rqib, daraxtning tepasiga chiqib olibdi. Tegirmon toshini ham o’zi bilan daraxtga olib chiqib ketibdi. Yarim tunda daraxtda uhlab o’tirib, qo’lidan toshini tushirib yuboribdi va uyg’onib ketibdi. Uyg’onganida turli sharpalar qochib ketayotganini ko’ribdi-yu, pastga tushgani qo’rqib, o’tiraveribdi. Tong otgach pastga tushsa, tegirmon toshining tagida yotgan yarim qop oltin va atrofga sochilib yotgan qimmat baho taqinchoqlarni ko’ripti. Kechasi o’g’rilar o’g’irlangan narsalarni tashlab qochgan ekanlar. Yigit tosh bilan birga oltin va taqinchoqlarni ham yig’ishtirib, uyga bormoqchi bo’libdi.Ammo akasi bilan yana ko’ngilsiz gaplar bo’lishini o’ylab, boyliklarni ko’targanicha boshi oqqan tomonga ketipti. Akasi bo’lsa, ukasini uydan quvlab chiqargach, qiyinchilik bilan kun ko’ra boshlabdi. Tez kunda yegulik narsa topa olmay, uyini sotibdi. Uyining puli ham tugab,u ko’chada qolibdi va kishlarning xizmatlarini qilishga majbur bo’libdi. O’tin terib, sotib kun ko’ribdi. Kunlar shu tarzda o’taveribdi. U avvalgidan ancha chaqqon bo’lib, qo’lidan ancha-muncha ish keladigon bo’lib qolibdi. Pul yig’ib, ukasini qidirib topishni maqsad qilibdi.. Bir kuni u o’tin terib horib-tolib yurganda bir muhtasham saroy oldidan chiqib qolibdi. Darvozasini qoqib, suv so’rabdi. Ichakaridan 5-6 yoshlardagi bir qizcha chiqibdi. Qizcha ko’ziga issiq ko’rinibdi. Bu uy kimning uyi ekanligini so’rabdi. Qizcha odamlar dadasini ,,tegirmonchi” deb atashlarini aytibdi, dadamlar hozir ishdalar,depti.U tegirmonchi kelishini kutibdi. Tergan o’tinlarini ham shu hovliga olib kelipti. Bir vaqt tegirmonchi ishdan qaytib kelibdi. U o’zining ukasi ekan Aka-uka bir-birlarini ko’rib, sevinganlaridan yig’lab yuboribdilar. Aka-uka bi-birlarini nihoyatda sog’ingan ekanlar. Ukasi akasini so’roqlagan paytda uni uyni sotib ketganini bilgan, topa olmay, nihoyatda hafa bo’lgan ekan.Aka-uka bir-birlaridan hol ahvol so’raptilar, ukasi akasini uyga taklif qilibdi. Uka akasi ham ancha mehnatsevar odam bo’lib qolganini, mehnat bilan kun ko’rib ko’rayotganini anglabdi.Ikkalalari bi bo’lib, otalaridan qolgan hovlini qayta sotib olibdilar. Shu qishloqning odobli xonodoniga sovchi qo’yib, akasini ham uylab qo’yibdi. Akasi o’z qishlog’ida baxtli xayot kechiripti.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 09-Sen-2011, 18:24 | Message # 32 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Tohir va Zuhra
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir podshoh bor ekan. Lekin uning farzandi yo‘q ekan. Kunlardan bir kun o‘ylab, xafa bo‘lib o‘tirsa, o‘ng qo‘l vaziri so‘rabdi: — E podshohi olam, nega xafasiz? Davlatingiz bor. Hamma fuqaro sizning ixtiyoringizda bo‘lgandan keyin, buncha xafagarchilikning nima keragi bor? — Men shuncha davlat-saltanatga ega bo‘lsamu, — debdi podshoh, — xizmatimga shuncha odamlar tayyor tursa-yu, dunyodan farzandsiz o‘tsam, men xafa bo‘lmay kim xafa bo‘lsin? Farzand bo‘lmagandan keyin bu podshohlik va davlatning nima keragi bor? O‘zining befarzandligini eslab, vazir ham oh tortibdi. Podshohga ahvolini bayon qilibdi. Ikkalasi xafa bo‘lib, yig‘lab, bir uyga kirib dardlashib yotibdi. So‘ngra ikkisi befarzand bo‘lib dunyoda yurgandan ko‘ra davlat va izzat-ikromdan kechib, bosh olib ketishni ortiqroq ko‘ribdi. Podshoh bilan vazir butun mol-dunyoning bahridan o‘tib, shahardan chiqib ketishibdi. Yo‘l yura-yura ular oxiri bir boqqa yetishibdi. Ammo unga kirishga iloj bo‘lmabdi. Bog‘da gullar ochilgan, ko‘m-ko‘k maysalar yoyilgan, bulbullar, turli qushlar sayragan. Rayhon, jambil va boshqa xushbo‘y giyohlar gurkirab turarkan. Suvlar sepilgan. Supada gilamlar yozilgan, ko‘rpachalar solingan, yostiqlar qo‘yilgan emish. Bu bog‘ juda chiroyli ekan, qo‘rgan odamning bahri-dili ochilib, g‘am-hasrati, qayg‘u-alamlari ketar ekan. Bog‘ ichi jimjit, hech kim yo‘q ekan. Ikkovlari boqqa kiribdilar va hayron bo‘lib, bir-biriga qarab o‘tiribdilar. Bog‘ning bir burchagidan bir chol chiqib kelibdi: — Ha, bolalarim, nima qilib o‘tiribsizlar? — deb so‘rabdi. Bular darhol o‘rinlaridan turib, salom beribdilar. Podshoh bilan vazir bir-birlariga qarab qo‘yishibdi va befarzand ekanliklari, shu sababdan xafa bo‘lib, mol-dunyodan kechib, shu joyga kelganliklariii gapiribdilar. Chol bularning so‘zini obdon tinglabdi. Keyin qo‘ynidan ikkita qizil olma chiqarib, birini podshohga, birini vazirga uzatib, bunday debdi: — Bolalarim, bu olmalarni olib borib sevgan xotiningiz bilan baham ko‘ringlar, o‘z ishlaringizdan qolmanglar, fuqaroga jabr-zulm qilmay, yurtni obod saqlanglar. Keyin ularga bir shart qo‘yibdi. — Men olmani sizlarga shu shart bilan berdimki, qaysi biringizning xotiningiz o‘g‘il tug‘sa, otini Tohir qo‘ying, qaysi biringizning xotiningiz qiz tug‘sa, otini Zuhra qo‘ying. Ammo ularni bir-biridan ajratmang. Katta bo‘lib voyaga yetganda quda bo‘linglar, esdan chiqarmanglar, — deb kelgan tomonga qarab ketibdi. Podshoh vazirga, vazir podshohga qarabdi. Ular o‘ylashib keyin: — Qani, cholning aytganini ham qilaylikchi, bizdan nima ketdi, — deyishib, orqaga qaytishibdi. Yana podshoh bilan vazir yurt so‘rashda davom etishibdi. Kundan kun, oydan oy o‘tib, vazirning xotini o‘g‘il, podshohning xotini qiz tug‘ibdi. Podshoh bilan vazir ovga chiqib ketishgan ekan. Darhol suyunchiga odam boribdi, u podshohga: — Suyunchi bering, xotiningiz qiz tug‘di, — debdi, so‘ngra vazirga qarab: — Suyunchi beriig, sizning xotiningiz o‘gil tug‘di, — debdi. Xotini qiz tuqqani uchun podshoh g‘azablanib, xabarchiga buyuribdi: — Bor, o‘sha qizpi o‘ldirib, qoniga mana shu ro‘molchani bo‘yab keltir! — deb, bir oq ro‘molchani beribdi-da, keyin qizning o‘ldirilgan, o‘ldirilmaganini so‘ramabdi. Vazir bo‘lsa suyunib ot choptirib ketibdi. Yo‘lda ketayotganida oti toshga qoqilibdi-yu, munkib ketibdi, vazir otidan yiqilib, til tortmay o‘libdi. Bu yomon qora kunlarga qolgan bechora xotin yig‘i-sig‘i qilib, ota yuzini ko‘rmay qolgan yetimchani yaxshilab tarbiyalashga kirishibdi. Kundan-kun, oydan-oy, yildan-yil o‘tibdi. Go‘daklar yo‘lga kiribdi. Kunlardan bir kun podshoh taxtida o‘tirgan ekan, ko‘chada o‘ynab yurgan Tohirga ko‘zi tushib, yonidagi vaziridan: — Bu kimning bolasi? — deb so‘rabdi. — Ey podshohi olam, sultoni bokaram, bu bola avvalgi vaziringizning o‘g‘li Tohir bo‘ladi. Sizning ham qizingiz o‘lmaganda, shunday bo‘lib qolar edi, — debdi vazir. Podshoh qattiq qayg‘uribdi va peshonasiga urib yig‘labdi. Shunda vazir darhol o‘rnidan turib podshoh xotinlaridan birini chaqirib so‘rabdi: — Podshohning qizi tirikmi? — Podshohim bilmasinlar. Qizchalari yo‘rtmachoq bo‘lib qolgan, bildirganimiz yo‘q hali, — debdi xotin. Vazir yugurib kelib: — Ey, podshohi olam, sultoni bokaram, bir qoshiq qonimdan keching, sizga bir suyunchilik xabar aytaman, — debdi. Podshoh yoshga to‘lgan ko‘zlari bilan vazirga qarab: — Ayt, kechirdim, — debdi. Vazir: — Yig‘lamang, podshohim, qizingiz hayot ekan, — debdi. Podshoh suyunib: — Olib keling qoshimga! Tezroq keltiring, hayallamang! — debdi. Qizni olib kelib, podshohga ko‘rsatishibdi. Podshoh suyunib, qizini qo‘liga olib bag‘riga bosibdi, quvonganidan yana yig‘lab yuboribdi. So‘ngra qirq kechayu qirq kunduz to‘y-tomosha qilib beribdi. Qizni yaxshilab tarbiyalay boshlabdilar. Tohir va Zuhra ko‘pincha birga o‘ynab yurar ekanlar.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 09-Sen-2011, 18:28 | Message # 33 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
Kunlardan bir kun Tohir yong‘oq o‘ynab yurganda, otgan yong‘og‘i ip yigirib o‘tirgan bir kampirning charxiga tegibdi. Kampirning achchig‘i kelib, Tohirni qarg‘abdi: — E shum yetimcha! Men bilan o‘ynashguncha, borib Zuhra bilan o‘ynash. Tohir bu so‘zlarni eshitgach, yugurib kelib kampirning qo‘lidan ushlabdi — Buvijon, Zuhrani gapirdingiz. Tag‘in bir qaytarib ayting, jon buvi! — Qo‘yvor qo‘limni, aytaman! — Ayting buvijon, ayting! — Bu so‘zlarni oyingdan so‘ra. — Onam aytmaydi, siz ayting buvijon, — deb kampirning qo‘llarini qattiq qisib so‘rabdi Tohir. Kampir gap o‘rgatibdi: — Uyingga borib, oyingga yig‘la. Non bersa olma, osh bersa yema. Onang seni qarg‘ab urishadi. Hech narsaga qaramasdan yig‘layver. «Nima qilay, nima qilib beray?» deb yeo‘raganda: «Qo‘g‘irmoch qilib bering», degin. Qo‘g‘irmochnn kosada bersa olma, cho‘michda bersa olma, kapgirda bersa olma. «Nimada beray?» desa, «Hovuchingda ber» degin-da, hovuchida berganida qo‘lini mahkam qisib, «menga unashilgan qiz kim, shuni aytib bergin», degin. Shunda aytib beradi. Tohir uyga yugurib kelib, kampir o‘rgatgan gaplarni aytib, oyisini ko‘p xafa qilibdi. Axiri oyisi qo‘g‘irmochni hovuchida beribdi. Tohir oyisining qo‘g‘irmoch ushlagan hovuchini qisib: — Menga unashtirilgan kim? Rostini aytib ber, — debdi. Oyisi: — Qurib ketgur yetimcha! Senga kim o‘rgatdi buni? Voy voy, qo‘lim kuydi, — deb o‘g‘lini qarg‘abdi. — Ayt, oyi ayt! Aytmasang qo‘ymayman, — debdi Tohir. — Qo‘yib yubor, aytaman, aytib bo‘lmasa ham aytaman, — debdi onasi. Ona bechora xafa bo‘lib: «Endi yashirganim bilan foyda yo‘q, mayli ayta qolay», deb eri bilan podshohning quda bo‘lishga va’da qilganini, vazirning o‘g‘il ko‘rganidan suyunib, yo‘lda ketayotganida otdan yiqilib o‘lganigacha bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘g‘liga so‘zlab beribdi va: — Sen yetimchasan, baribir podshoh senga qizini bermaydi. Zuhra — podshoh qizi, sen bir yetimcha kambag‘alsan, — debdi. Tohir: — Mayli, oyijon, bo‘ldi, men shuni bilsam, bas, — deb ko‘chaga chiqib ketibdi. Kunlardan bir kuni maktabda Tohir bilan Zuhra so‘zlashib, kulishib, kitob o‘qimay, domlani qiynabdilar. Domla kelib bu voqeani podshohga aytibdi: — Podshohi olam, sizga arzim shukn, qizingiz Zuhrani Tohir o‘qitgani qo‘ymaydi. Shunda podshoh g‘azablaiib: — Tohirni bo‘lak joyga o‘tqazing, agar unga ko‘nmasa, o‘rtadan devor urib qo‘ying, — debdi. Ikkisining o‘rtasiga devor olibdilar. Sal vaqtdan so‘ng devor buzilib, ikkovi tag‘in gaplashib o‘tiradigan bo‘libdi. Ular katta bo‘lib voyaga yetibdi. Ikkovi ham bir-birini ko‘rmasa, turolmas ekan. Ulamolar: «Podshoh Tohirni yo‘q qilsin», debdilar. Buni podshohga aytibdilar. Podshoh g‘azab bilan ustalarni chaqirib ularga bunday debdi: — Katta bir sandiq yasanglar. Tohirni oqizaman! Bu gapni Zuhra eshitib, bir lagan tillani ustalarga olib borib: — Shu tillani olinglar, sandiq shunday puxta bo‘lsinki, ichiga suv o‘tmasin, toki bechora yetimcha borgan joyida kun ko‘rsin, — deb zor-zor yig‘labdi. Ustalarning Zuhraga rahmi kelib: — Ey malika, agar sandiq siz aytgandan ortiq bo‘lmasa, bergan tnllangizni qaytib oling, — debdilar. Bir kuni Tohir bilan Zuhra ikkisi hasratlashib turganlarida ayg‘oqchilardan biri ko‘rib qolib, podshohga aytibdi. Darhol podshoh Tohirni zindonga solishga buyuribdi. Tohirni zindonga solibdilar. Kunlardan bir kun sandiq tayyor bo‘lganini podshohga aytibdilar. Buni Zuhra eshitib, sandiqni ko‘rib kelibdi. Sandiq Zuhra aytgandan ham ortiq ekan. Podshoh jarchi quyib butun xalqni katta maydonga yig‘ibdi. Xalq Tohirni suvga oqizmaslikni talab qilibdi. Biroq podshoh xalqning talabiga quloq solmabdi, o‘z aytganini qilibdi. Tohirni oqizish payti yetibdi, daryo labi xalq bilan to‘lib-toshibdi. Tohirning onasi g‘am-hasrat bilan dars bo‘yiga zo‘rg‘a yetib borib o‘g‘lini ko‘rib: «Yonida jon bersam koshki edi», deb yig‘layverib hushidan ketibdi. Xalqning g‘azabi qaynabdi. «Podshoh bir qizi uchun bechora yetimchani bunchalik qiynab, azoblaguncha, bir joyga yuborsin, podshoh ham Tohirning onasi kabi qon-qon yig‘lasin. Ana zulm! Ana noinsoflik! Bir qiz uchun shuncha odamni yig‘ib, bir yigitni suvga oqizish jallodlikdir!» Shu payt jarchi jar chaqirib: — Hozir Tohirni olib keladilar! —debdi. Hamma odam Tohir yo‘liga termilib turar ekan. Tohirning onasi bechora o‘g‘lini ko‘rishga zor bo‘lib, boshini toshu tuproqqa urib: — Qani mening begunoh o‘g‘lim, uni bir ko‘ray, — deb faryod qilar ekan. Tohirning qo‘llarini orqasiga bog‘lab, onasi oldiga keltiribdilar. Ona bechora zor-zor yig‘lab, bolasini bag‘riga bosib turib, o‘lib qolibdi. Maydonga yig‘ilgan xalq jim bo‘lib qolibdi. Bir ozdan keyin kimlar yig‘lagan, kimlar baqirgan holda Tohirni olib borib sandiqqa solibdilar. Tohir sandiq ichida Zuhra bilan xayrlashib, shu g‘azalni aytibdi:
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 09-Sen-2011, 18:33 | Message # 34 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
T o h i r Men ketaman ko‘rib qol, Arg‘amchini ushlab qol. Sog‘inganda yig‘larsan, Qoram o‘chmay, qarab qol.
Z u h r a Suv kelar guldur-guldur, Suyganim qizil guldir, Suyganimga bermasa, O‘lganim o‘sha kundir.
T o h i r Suv kelar axta-axta, Sandig‘im temir taxta. Sendan boshqa yor qilsam, Qon yutay laxta-laxta.
Z u h r a Suv kelar tosh ustida, Ro‘molim qosh ustida. Tohir esimga tushsa, Yig‘layman osh ustida.
T o h i r Suv kelar injudayin, Ko‘pirib toshgan sayin. Sendan o‘zga yor desam, Xanjarga sanchilayin.
So‘ngra Tohir Zuhra bilan xayrlashib, oqib ketibdi. Hamma xalq g‘amginlik bilan shaharga qaytibdi. Zuhra Tohirdan ayrilib qolibdi. Tohir suvda oqib-oqib olti oy deganda Xorazmga boribdi. Xorazm shohining ikki qizi bo‘lib, bular har juma kuni daryo labiga kanizlari bilan chiqar ekanlar. Podshoh qizlari daryo labida o‘tirishsa, bir sandiq oqib kelaveribdi: «Kim ushlab oladi? Nima qilamiz?» deyishibdi. Biri: «Oqib kelayotgan narsani kim ushlab olsa, u narsa o‘shaniki», debdi. Sandiq yaqinlashibdi. Katta qiz sochini solibdi, sandiq unga ilashmabdi. Kichigi sochini solibdi, sandiq unga ilashib, yaqin kelibdi. Qizlar sandiqni daryo labiga tortib chiqaribdilar. Endi opa-singil orasida janjal boshlanibdi. Uzoq janjaldan keyin, axiri bir maslahatga kelishibdi. Kattasi: «Sandiqni men olaman», debdi, kichkinasi: «Sandiq ichidan nima chiqsa, shuni men olaman», debdi. Sandiqni ochibdilar. Sandiq ichida bir yigit o‘tirgan emish, dunyoda uning tengi yo‘q emish. Sochi qop-qora, jingalak-jingalak. Qoshlari qop-qora, ko‘zlari shahlo, qaddi-qomati kelishgan ekan. Qizlar uzoq janjallashibdi. Kichik qiz turib: — Nimaga janjal qilasiz? Sandiq ichida nima bo‘lsa uni men olaman, degan edim. Bu maniki bo‘ladi, hech kimga bermayman, — debdi. Podshohga xabar qilibdilar. Podshoh odamlari bilan kelib ko‘rsa, chiroyli bir yigit emish. Podshoh kichik qizining aytganini qilish uchun Tohir rozilik bermasa ham, qirq kechayu qirq kunduz to‘y-tomosha qilibdi. Qizning chiroyi ham Zuhraning chiroyidan qolishmas ekan. Lekin Tohir Zuhraga bergan va’dasini eslab, qizga gapirmas, qizning savoliga javob ham bermas ekan. Oradan bir necha kun o‘tgandan keyin Tohir: — Men bugun daryo labiga chiqaman, otangizga ayting, — debdi. Qiz o‘zida yo‘q sevinib, yugurib yangasining oldiga chiqib. «Kuyovingiz gapirdilar, suyunchi bering, suyunchi! Otamga aytinglar kuyovlari daryo labiga chiqarmish», debdi. Podshoh bu xabarni eshitib juda so‘yunibdi, daryo labiga tezdan sayl chaqirtiribdi. Butun shahar xalqi daryo labiga chiqibdi. Saylgoh o‘rtasidan kuyovga joy qilibdilar. Podshoh jarchi qo‘ydiribdi: — Kimki kuyovimning kulganini ko‘rib, yo eshitib menga xabar bersa, boshidan zar to‘kaman! — debdi. O‘zi ham kelibdi. Endi so‘zni Zuhradan eshiting. Zuhra Tohirdan ajralgandan keyin kechayu kunduz oh tortib, g‘am-hasrat chekaveribdi. Uni zolim otasi Qorabotir degan podshohvachchaga beribdi. Qiz g‘am-motam ichida qolibdi. Kunlardan bir kun Zuhra tush ko‘rsa, Tohir bilan bog‘da yurgan emish. Oh urib o‘rnidan turibdi. Axiri, nima qilarini bilmay bir lagan tilla ko‘tarib, karvonsaroyga boribdi; karvonboshiga tillani berib: — Bir odam bo‘lsin, butun dunyoni axtarib, Tohirning bor-yo‘qligini menga bildirsin, — debdi. Karvonboshi tillani olib Tohirni axtargani yo‘lga chiqibdi. U Tohirni juda ko‘p axtaribdi, odamlar orasida Tohirga bag‘ishlab g‘azallar aytsa ham uni topolmabdi. Karvonboshi Zuhra oldidan chiqqaniga qirq kun bo‘ldi deganda, Tohir chiqqan sayilgohga yetib kelibdi va daryo labidagi bir balandlikda kishilar to‘planganini, ularning o‘rtasida bir yigitning o‘tirganini ko‘ribdi. — Shu joyda ham bir g‘azal aytay, zora Tohir shu yerda bo‘lsa, — deb bir g‘azal aytibdi:
Men keldim karvon bo‘lib, Karvonga sorbon bo‘lib. Tohirjonni yo‘qotib, Yuribman hayron bo‘lib.
Bu g‘azalni eshitib, Tohir qah-qah urib kulib yuboribdi. Uni poylab yurgan odamlar podshohga suyunchiga yugurib ketibdilar. Boshqalar esa hayron bo‘lib qolibdi. Tohir karvonboshiga qarab bir g‘azal aytibdi:
E tuya mingan yigit, Orqangga qarab ketgin. Hali aytgan baytingni, Tag‘in bir aytib o‘tgin.
Karvonboshi: Tohir degan sanmisan, Zuhrani tanirmisan? Zuhradan kelsa xabar O‘rningdan turarmisan?
Tohir «Zuhra» degan so‘zni eshitish bilanoq, yugurib borib karvonboshi mingan tuyaning bo‘yniga osilibdi va: — Meni olib ket, men ketaman, borib Zuhramni bir ko‘ray, — deb yolvoribdi. Karvonboshi so‘z boshlab: — Zuhra erga tegib, uyda tinch o‘tiribdi, endi undan foyda yo‘q. Bu yerda shuncha vaqt turding, uylangandirsan. Men yolg‘iz sening bor-yo‘qligingni bilib ketgani keldim, — debdi. Shunda Tohir: — Yo‘q, ketaman, olib ket meni, o‘lsam ham o‘sha joyda o‘lay, — deb yana yolvoribdi. Karvonboshi shuncha nasihat qilsa ham, Tohir unamabdi, karvonboshiga: — Bu yerda podshohning qizini men rozilik bermasam ham zo‘r bilan berdilar. Bugun qirq kundirki, hali ham qizga bir og‘iz gap aytganim yo‘q, yuziga ham qaraganim yo‘q, — debdi. Karvonboshi Tohirga: — E nodon, ketma, shu xotining bilan kun ko‘rib o‘taver, Zuhradan senga hech foyda yo‘q, — debdi. Tohir unamabdi. — Bo‘lmasa bor, umid bilan bir yostiqqa bosh qo‘yganing bilan xayr-ma’zur qilib chiq, — debdi karvonboshi. Tohir xotini oldiga yugurib kelibdi, qiz yasanib o‘tirgan ekan. Unga qarab bir g‘azal aytibdi:
Ey podshohning qizi, Hurmatim baland sizga. Zuhradan keldi xabar, Javob beringiz bizga.
X a d i ch a Suv kelar suzukmidi, Qo‘limda uzukmidi? Uzoqdagi Zuhraxon Bizdanam tuzukmidi?!
T o h i r Suv kelar suzukkina, Qo‘limda uzukkina. Uzoqdagi Zuhraxon Sizdan ham sulukkina —
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 09-Sen-2011, 18:41 | Message # 35 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi.. deb, Xadicha bilan xayrlashib, chiqib ketibdi. Kelin bechora yig‘laganicha qolibdi. Tohir yugurib borib, karvonga yetibdi, tuyaga mingashib, yo‘lga ravona bo‘libdi. Karvon yurib-yurib bir joyga kelibdi. Bu joyda uch yo‘l bor ekan. Biri — «borsa kelmas», biri — «borsa xatar», yana biri — «borsa kelar» ekan. Karvonboshi qaysi yo‘lga yurishni bilmay, o‘ylab qolibdi. Tohir: — Xatarli bo‘lsa ham shunga yuramiz, mayli, Zuhra qoshiga tezroq boraylik, — debdi. Shu bilan ular xatarli yo‘lga yurib ketibdilar. Yurib-yurib bir joyga yetibdilar. Bu joy qaroqchilar makoni ekan. Qaroqchilar bu bechoralarning tuyalarini olib, o‘zlarini zindonga solibdilar. Tohir zindonda yig‘lab-yig‘lab: «kel-e, zora shu joyda bir tanish bo‘lsa, bizni bo‘shatib yuborsa», deb bir g‘azal aytibdi:
Yursam yo‘lim uzundir, Kecha menga kunduzdir. Bizni qo‘ying, jon beklar, Zuhra unda yolg‘izdir.
Tohirning hammaktab o‘rtoqlaridan biri shu yerda ekan, u Tohirga: — Ha, Tahir, haliyam Zuhraning ko‘yida kuylab yuribsanmi-a? — debdi. Keyin zindonbonni chaqirib, unga bir hovuch tilla berib: — Buni qo‘yib yuboringlar, bu o‘zi kuygan qul, buni kuydirib nima qilasizlar, — debdi. Shu bilan Tohirni va u bilan kelayotganlarni zindondan bo‘shatib yubordilar. Bular bir necha kun cho‘l-biyobonlarni kezishibdi. Zuhra dardida yurak-bag‘ri ezilib yurgan Tohir sahar vaqtida Zuhra yotgan uy tagiga yetib kelibdi. Bu paytda Zuhra shirin uyquda ekan. Tohir g‘azal o‘qib, Zuhrani uyg‘otibdi. Zuhra Tohirni ko‘rishi bilan yugura kelib ko‘rishibdi. So‘ngra ikkovlari yashirincha boqqa kirib ketibdilar. Bu voqeadan Qorabotirning singlisi xabardor bo‘lib turgan ekan. Qorabotir kelganda Zuhra uyda yo‘q ekan, u singlisidan: «Zuhra qaerga ketdi?» deb so‘rabdi. Singlisi javob beribdi: — Bugun saharda Tohir keldi, yangam u bilan boqqa kirib ketgan. Qorabotir bu gapni eshitib g‘azablanibdi va podshohga borib Zuhrani chaqibdi. Podshoh tezda Tohirni tutdirib kelib qamabdi. Ulamolarning bergan maslahati bilan podshoh: «Tohirni ikki nimta qilib darvozaga osaman! Uni o‘ldirmasam, qizimni qo‘ymas ekan», debdi. Shu gapdan so‘ng podshoh yana jarchi qo‘yib, shahar xalqini chaqirtiribdi. Maydonga katta-kichik, xotin-xalaj yig‘ilibdi. Zuhra bilan Tohirning qarindosh-urug‘lari ham kelishibdi. Xalq orasida shivir-shivir gaplar tarqabdi. Odamlardan biri: — Tohir nima uchun qaytib kelgan ekan? — deb so‘rabdi ikkinchi bir odamdan. Unisi aytibdi: — Tohirni bu yerga keltirgan narsa uning Zuhraga bo‘lgan muhabbatidir. Shuning uchun bechora yigitni o‘ldirish kerakmi, qonxo‘r podshohga ming la’nat! Jallodlar Tohirning ko‘zlarini bog‘lab, maydon o‘rtasiga olib kelib, qilichlarini qayrabdilar. Zuhra bechora esa zolim otasiga yolvoribdi. Otasi quloq solmabdi. Zuhra o‘z sevganini jallod oldida ko‘rib, hushidan ketib yiqilibdi. Jallod o‘tkir qilichini havoda yarqiratib, zarb bilan Tohir tanasini ikkiga bo‘lib tashlabdi, so‘ng darvozaga osibdi. Hamma yoqni odamlarning dod-faryodi, yig‘isi bosib ketibdi. Tohirning xolasi qattiq oh tortib, podshohga qarab shu g‘azalni aytibdi:
Qonxo‘r jallod qo‘lida, Tilla qilich qayraldi. Tilla qilich damlari Qora qonga bo‘yaldi. Bu havo havomidi? Qor-yomg‘ir yog‘armidi! Qiz uchun yigit o‘lmoq Shahringda davomidi?
Shundan so‘ng Zuhra boshini ko‘tarib, bir g‘azal aytibdi:
Qator-qator tuyalar Qatorlashib o‘tdilar. Xon otamiz davrida Tohir go‘shtin sotdilar. Tohir go‘shti go‘sht emas, Qo‘y go‘shtiga o‘xshamas. Tohirjonni o‘ldirgan. Bu dunyoda yashamas.
— Buni ko‘minglar! — deb buyruq qilibdi podshoh. Odamlar Tohirni ikki nimta qilib darvozaga osilgan joyidan darhol olib, go‘rga ko‘mibdilar. Zuhra sevikli yori Tohirning ta’ziyasini bajo keltirish uchun qora kiyib, qirq kungacha motam tutibdi. Zuhra: «Bugun Tohirning o‘lganiga qirq kun bo‘ldi, otam menga javob bersin, qizlar bilan borib, qabrini ko‘rib kelayin», debdi. Otasi ko‘p qiyinlik bilan ruxsat beribdi. Zuhra ikki cho‘ntagiga marvarid to‘ldirib, qo‘liga oshpichoq olib, Tohir ko‘milgan qabristonga jo‘nabdi. Qirq kaniz uni kuzatib boribdi. Yo‘lda Zuhra kanizlariga qarab bir g‘azal o‘qibdi:
Qizlar, tez yuguraylik, Tohirjonga yetaylik. Tohirjonga yetganda, Marvaridlar sochaylik, —
deb cho‘ntagidan marvarid olib sochib yuboribdi. Qizlar marvaridga ovora bo‘lib o‘sha yerda qolibdi. Zuhra esa qabrga yetmoq uchun shoshilibdi. Marvarid sochish, g‘azal aytish to qabristonga borguncha uch-to‘rt marta qaytarilibdi. Axirida qabristonga yaqinlashganda Zuhra bor marvaridini sochib, o‘zi yugurganicha ilgari ketibdi. Qizlar orqada qolibdi. Zuhra Tohirjon qabriga yetibdi. Boshidan paranjisini irg‘itib tashlab, oshpichoq bilan peshonasiga bir urib: «Ochil, go‘r!» debdi. Go‘r ochilibdi. Zuhra, go‘r ichida gul kabi ochilib, qosh-ko‘zlari mavj urib yotgan Tohirning quchog‘iga otilibdi. Go‘r yopilibdi. Qizlar marvaridni terib yurib, Zuhrani yo‘qotib qo‘yishibdi. Biroq Zuhraning paranjisi, kavushi va bir qonli oshpichoq yerda yotgan ekan. Qizlar har tomonga yugurib Zuhrani chaqirishibdi, hech kim tovush bermabdi. Bu voqea shaharga tarqalibdi. Podshoq va Qorabotir, uning singlisi va Tohirning xolasi mozorga kelishibdi. Tohirning go‘riga qarabdilar. Zuhraning soch piligi go‘rga qisilib qolganini ko‘rib, go‘rni ochibdilar. Qarasalar, ikki oshiq-ma’shuq qizil guldek qizarib, qosh-ko‘zlari suzilib, yonma-yon yotishgan emish. Ularni ko‘rgan kishi shirin uyquda yotibdi deb xayol qilar ekan. Bu holni ko‘rgan Qorabotir: «Zuhradan ajralib men nima qilay», deb o‘zini shu joyda o‘ldiribdi. Qorabotirni Tohir bilan Zuhraning o‘rtasiga qo‘yibdilar, zolim Qorabotir ikki oshiq-ma’shuqni o‘lganida ham tinch qo‘ymabdi. Tohir ustidan qizil gul, Zuhra ustidan oq gul, ular o‘rtasida yotgan Qorabotir ustidan esa qora tikan o‘sib chiqibdi. Gullar o‘sib, tikanlar ham baland ko‘tarilib, bir-biri bilan chirmashib ketibdi.
|
|
| |
OSIYO | Date: Payshanba, 15-Sen-2011, 08:46 | Message # 36 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| Kenja o‘g‘il
Bir chol bor ekan. Uning uchta o‘g‘li bor ekan. Bir kun chol o‘libdi. Choldan bolalariga uchta narsa: keli, kelisop, narvoncha qolibdi. Katta o‘g‘li, kelini, o‘rtanchasi kelisopni, kichigi narvonchani olibdi. Kichik o‘g‘il narvonchani ko‘tarib yetti kunlik yo‘lga tushibdi. Bir joyga borsa, bir boyning uyidan tutun chiqib turgan emish. Narvonchadaa tuynukka chiqib qarasa, bir xotin hadeb har xil ovqatlarni pishirib, yashirib qo‘yayotgan emish. Bola hammasini aniq ko‘rib olibdi. Pastga tushib o‘tiribdi. Bir qancha vaqtdan keyin boy kelibdi. Bolaning bir zaxchasi bor ekan, bola boy kelishi bilan zaxchani turtibdi. Zaxcha «chag‘» debdi. Boy: — U nima? — debdi. Bola: — Bu mening folbinim, — debdi. Boy: — Qani, bir fol ochirib yubor, — debdi. Bola zag‘chani bir urgan ekan zaxcha «chag‘» debdi. Boy: — Nima deyapti? — debdi. Bola: — Bir tovoq palov turibdi. Shuni olib chiqsinlar, deyapti, — debdi. Boy uyga kirib xotiniga: — Bir tovoq paloving bor ekan. Shuni ber, — debdi. Xotini beribdi. Uni olib chiqib bola bilan ikkovi yeyishibdi. Boy «tag‘in ochir», debdi. Bola zag‘chani bir ursa zag‘cha «chag‘» debdi. Boy: — Nima deyapti? — debdi. Bola: — Uyda bir tovoq xasip turibdi. Shuni olib chiqsin deyapti, — debdi. Boy uyga kirib xotiniga: — Xotin, tovoqda xasip bor ekan, shuni ber, — debdi. Xotini hayron bo‘lib: — Kim aytdi sizga? — debdi. — Ey, xotin, qo‘yaver. Bir folbin bor ekan. O’shanga fol ochirayotibman, — debdi. Boy xasipni olib chiqib bola bilan yebdi. Boy: — Tag‘in ochir, o‘g‘lim, — debdi. Bola, tag‘in ochiribdi. Boy. — Nima deyapti? — debdi. Bola: — Uyda bir tovoq chuchvara bor, o‘shani olib chiqinglar! deyapti, — debdi. Yana boy kirib xotiniga: — Chuchvarang bor ekan, o‘shani ber, — debdi. Xotini tag‘in beribdi. Uni ham olib chiqib yeyishibdn. Boy: «Tag‘in ochir, o‘g‘lim!» debdi. Bola: — Ey, ota, qo‘ying endi, aljirab ketadi, — debdi. Boy: — Ochir, ochir, o‘g‘lim! —debdi. Bola yana ochiribdi: — Uyda bir tovoq somsa bor, o‘shani olib chiq, deyapti, — debdi. Boy tag‘in xotini oldiga kirib: «Somsani olib chiq», debdi. Xotini olib chiqibdi. Somsani ham ikkalalari yeyishibdi. Tag‘in boy: — Yana ochir, o‘g‘lim! —debdi. Bola: — Yo‘q, ota, endi ochirsam aljirab ketadi, — debdn. Shu o‘rtada zag‘cha «chag‘» debdi. Boy: — Nima deyapti? — deb so‘rabdi. Bola: — Boy buvamning xotinlarining o‘ynashi bor deyapti, — debdi. Boy hayron bo‘lib: — Shu zag‘chani sotasanmi? — deb so‘rabdi. — Yo‘q, ota, sotmayman. Shu bilan tirikchilik qilib yuraman, — debdi. Boy: — Hech bo‘lmasa uch yilga sot, — debdi. U bola: — Ho, tunov kuni bir boy bir yilga bir tovoq tilla beraman dedi, bermadimu, sizga beramanmi, — debdi. Boy: — Agar to‘rt tovoq tilla bersam uch yilga berasanmi? — debdi. Bola: — Tag‘in bir eshak berasiz-da, — debdi. Boy yaxshi bir eshak, to‘rt tovoq tilla beribdi. Bola ketibdi. Boy uyiga kirib, «o‘ynashing bor ekan», deb xotinini urib-urib chiqib ketibdi. Xotin zag‘chaning kallasini uzib tashlabdi. Boy qaytib kelib zag‘chani so‘rabdi. Xotini: — Qo‘shnimizning xotini mushuk boqqan ekan, zag‘chani o‘sha o‘ldirib qo‘ydi, — debdi. Boy «endi egasi so‘rab qolsa, nima deyman», deb bir kimxob to‘n olib bolaning ketidan yuguribdi, Bola, boy orqamdan zag‘chani qaytarib kelayotibdi, deb o‘ylab eshakning dumini, qulog‘ini qirqib olibdi: — Boy aka, bergan eshagingiz yomon chiqib qoldi, — debdi. Boy: — Mayli, folbining o‘lib qoldi, — debdi, — mana shu to‘nni olib rozi bo‘l! — deganda, bola: — E, e, yaxshi bo‘lmabdi, men borib qaytib olmoqchi edim, — debdi. Boy uyiga ketibdi. Bola yurib-yurib bir yurtga boribdi. Bolalar: «Bu eshakmi, yo boshqa narsami», deb uning orqasidan kulib yurgan emish. Bola: — Qo‘yinglar, bu eshak emas, balogardon, balogardon, — debdi. Bola va uning eshagi haqida podshoga xabar berishibdi. — Bir zar chopon kiygan bola eshakka o‘xshagan — dumi, qulog‘i yo‘q, balogardon degan hayvonni minib yuribdi, — deyishkbdi. Buni eshitib, podsho navkarlaridan biriga: — Darrov mening oldimga o‘sha bolani olib kelinglar, — deb buyruq beribdi. Bolani podshoning oldiga olib borishibdi. Podsho boladan: — Bu nima? — deb so‘rabdi. Bola: — Ey, buni qo‘yavering. Bu qancha dushmaningiz bo‘lsa hammasini yo‘q qilib yuboradi. — debdi. Podshoning bir joyda dushmani bor ekan. O’shanga uch o‘g‘li bilan bir qancha askarlarni yuborgan ekan. Dushman uch o‘g‘li bilan butun askarni nobud qilgan ekan. Dushmandan o‘ch olmoqchi bo‘lib yurgan ekan. Podsho: — Menga shuni sotasanmi? — deb so‘rabdi. Bola: — Men bu balogardon bilan kun ko‘rib yuribman, — deb javob beribdi. Podsho: — Agar shu balogardon rostdan mening yovlarimni yo‘qota olsa, qizimni va podsholigimning yarmini beraman, — debdi. Bola: — Bu balogardonga har kun suv bermay, beda berasiz. Undan keyin dushmanlaringiz kelganda qo‘yib yuborsangiz, hammasini yo‘q qilib yuboradi, — debdi. Podsho bola nima desa o‘shani qilibdi. Dushmanlar kelishi bilan eshakni qo‘yib yuboribdi. Hamma odam: «Ho‘, balogardon kelyapti», deb qocha beribdi. Bir-birining ustiga yiqilib, otlarning tagida qolibdi. Ba’zisi o‘libdp, ko‘plari qochibdi. Eshak chanqab suv izlab yurgan emishu, dushmanlar balogardon kelyapti, deb qocharmish. Podsho bolaga qizini va bir qancha dunyo beribdi. Shunday qilib bola murod-maqsadiga yetibdi.
|
|
| |
OSIYO | Date: Payshanba, 15-Sen-2011, 08:53 | Message # 37 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| Ikki ahmoq
Bir otliq kishi machitning oldidan o‘tib ketayotib, o‘tirgan ikki kishiga salom beribdi. Ikkalasi birdan alik olibdi. Otliq ketgandan keyin ikkala o‘tirgan talashibdi. Biri: «Nega sen alik olding? U salomni menga berdi-ku», deganda ikkinchisi turib: «yo‘q, u salomni menga berdi», debdi. Shu yerda ikkalasi otliqdan so‘ramoqchi bo‘lib, uning orqasidan yugurishibdi. — Siz, salomni kimga berdingiz? — deb so‘rashibdi undan. Shunda salom bergan kishi ichida: «Ha, bular juda ham ahmoq ekan», deb: — Qaysi biring ahmoq bo‘lsang, o‘shaningga berdim, — debdi. Shunda biri turib: — Men ahmoq, — deganda ikkinchisi turib: — Men sendan ham ahmoq, — debdi. Otliq: — Qani bo‘lmasa sen qanaqa ahmoqsanu, sen qanaqa ahmoqsan? — deb so‘rabdi. Biri: — Bir vaqt men maktabda domla edim. Bir kun bolalarim suv turgan xumga qarab aksini ko‘rib: «He... taqsmr, xumning ichiga bolalar tushib, harom qilibdi», deganda, «qaysi biri xumning ichidan chiqsa ura beringlar», deb xumniig ichiga boshimni suqib qarasam, hech narsa yo‘q. O’zim boshimni ko‘targanda, birdan bolalar meni urib ketishdi. Shunda: «Men domlalaring bo‘laman», demagan ahmoqman, —debdi. Ikkinchisi: — Men bir vaqt kasal bo‘lganimda hakim «qirq kungacha go‘sht, tuxum yemasdan parhez qilgin», deb tayinlagan edi. Bir kam qirq kunga qadar sabr qilib, qirqinchi kuni uydagilar tuxumli ovqat qilgan ekan, ha, endi bir kunga hech narsa bo‘lmas deb, bir tuxumni archib, endi og‘zimga solgan edim, haligi hakim kelib qoldi. Men tuxumni lunjimga olib turib qoldim. Tabib mendan: «Nega beting shishib ketdi», deb so‘radi. Men tabibning parhezidan qo‘rqib, «tishimning og‘rig‘iga betim shishib ketdi», dedim. Hakim: «Bay-bay, yomon bo‘libdi-ku», deb yonidan nishtarini olib, betimni kesib, oqni oq, sarigini sariq qilguncha, «tuxum» demagan ahmoqman, — debdi. Undan keyin otliq: «Toza ahmoqlarga yo‘liqqan ekanman. Ikkoving ham chinakam ahmoq ekansan», deb keta beribdi.
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 01-Okt-2011, 23:36 | Message # 38 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Kechirimli bo'laylik (Hikoya)
Bir kuni o'qituvchi litseydagi o'quvchilariga ajoyib taklifni aytdi: - Bir hayotiy tajribada ishtirok etishni istaysizmi? O'quvchilar taklifga rozi bo'lishdi. - Unday bo'lsa, men nima desam, shuni bajarishga so'z bering. O'quchilar so'z bergach: Endi ertangi vazifangizga tayyor turing, dedi o'qituvchi. - Ertaga hammangiz yelim xalta va ko'pi bilan besh kilocha kartoshka olib kelasizlar. O'quvchilar bu qanday "tajriba" ekanini bilmasalar ham? ertasi kuni hamma aytilgan narsalarni olib kelishdi. O'qituvchi shunday dedi: - Endi hozirga qadar siz kechirishni xohlamagan kishi uchun bittadan kartoshka oling-da, uning ismini yozib xaltaga joylang. Bu antiqa va qiziq topshiriqdan so'ng, ba'zilarning xaltasiga uchta, beshta kartoshka kirgan bo'lsa, ba'zi o'quvchilarning xaltasi esa kartoshkadan to'lay deb qoldi Shunda "Bu yog'i qanday bo'larkan?" deb qarab turgan o'quvchilarga o'qituvchi o'zining keyingi topshirig'ini aytdi: - Bir hafta davomida qayerga borsangiz ham, bu xaltalarni doim o'zingiz bilan olib yurasiz. Xoh yotog'ingizda, xoh avtobusda yoki maktabda bo'lsin, har doim xalta siz bilan bo'lishi lozim. Oradan bir hafta o'tdi. O'qituvchilari sinfga kirar-kirmas, topshiriqni bajargan o'quvchilar shikoyat qila boshladilar: - Ustoz, bu og'ir xaltani ko'tarib yurish juda qiyin. - Ustoz, kartoshkalar ayniy boshladi. Odamlar ham menga g'alati qarashyapti. - Ham zerikib ketdik, ham charchadik, ustoz... Shunda o'qituvchi jilmayib turib, o'quvchilariga ibratli bir gap aytdi: - Buni qarang, kechirmasdan aslida o'zimizni jazolayotgan ekanmiz. Ruhimizni mana shunday og'ir yukni tashib yurishga mahkum qilib qo'yibmiz. Kechirimli bo'lishni birovga nisbatan qilinayotgan yaxshilik, ehson deb o'ylaymiz. Aslida, bu eng avvalo, o'zimizga qilingan yaxshilikdir.
|
|
| |
OSIYO | Date: Juma, 07-Okt-2011, 08:56 | Message # 39 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| Til tig‘dan o‘tkir O’tmish zamonda bir mamlakatning podshosi qattiq kasal bo‘lib qolibdi. Mashhur tabiblar ham ko‘rib uni tuzata olmabdilar. Nig‘oyat, bir donishmand chol podsho qoshiga kelib: — Sher sutini ichsangiz tuzalasiz, — debdi. Podsho jar chaqirtiribdi. Hech bir joydan biror kimsa: «Sher sutini men olib kelaman», demabdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, podsho saroyiga bir yigit kelib: — Podshoga sher sutini men keltiraman.— deydi. Podsho: — Sher sutini keltirsang, bosh-oyoq sarpo va tillalar beraman, — debdi. Yigit podshodan to‘rt qo‘zi so‘rabdi. Amaldorlar yigitga to‘rt qo‘zini tutqazishibdi. Yigit to‘rt qo‘zi bilan shahardan chiqib ketibdi. Cho‘l yurib, suvsiz aro yo‘l yurib, bir o‘rmonzorga yetibdi. O’rmonning yonida bir dasht bor ekan. Yigit qo‘zilarini bir joyga qo‘yib, sekin haligi dashtga nazar tashlasa, uzoqda bir ona sher bolalarini emizib issiqda yaslanib yotgan ekan. Yigit ikki qo‘ltig‘ida ikkitadan to‘rtta qo‘zini ko‘tarib o‘rmon oralab sherga yaqinlashibdi. Yigit avval bir qo‘zini sher tomon yuboribdi. Sher bolalari qo‘zini tutib olib birpasda yeb bitiribdilar. Yigit shu tarzda ikkinchi, uchinchi qo‘zini sher tomon yuboribdi. Sher bolalari ularni ham saranjomlab qo‘yishibdi. Nihoyat, yigit to‘rtinchi qo‘zini ko‘tarib to‘g‘ri ona sher oldiga boribdi. Ona sher yigitga tashlanmabdi, balki qo‘zilarni yuborayotgan o‘sha yigit ekanligini anglab jim yotibdi. Yigit kelib bemalol sherning sutini sog‘ib olibdi va iziga qaytibdi. Yigit yo‘lda qaytib ketayotganida uning qo‘l, oyoq va ko‘z, tili o‘zaro janjallashibdi. Quloq: «Men jarchidan eshitdim, shuning uchun yigit bu vazifani bajardi», — desa, ko‘z: «Avval men ko‘rdim, mensiz yigit bu joylarga kela olmas edi», — debdi. Oyoqlari: «Bizlar yurib-yurib shu joylarga olib keldik, bizlarsiz yigit bir qadam ham ilgari siljimas edi», desa, ko‘llar: «Biz avaylab sher sutini sog‘dik, yigit murod-maqsadiga yetadi», — debdi. Indamay turgan til: «Ey og‘aynilar, hammamiz bir jon, bir tanmiz, lekin dunyoda mendan o‘tkir narsa yo‘q. Chunki til tig‘dan o‘tkir, xonasi kelsa, tig‘ni ham qaytaradi», — debdi. Hamma a’zolar o‘zaro janjallashib, talashib, podsho saroyiga yetib kelganini bilmay qolishibdi. Yigit podsho saroyiga kirib, qo‘lidagi ko‘zachani mahkam ushlagani holda, podsho oldiga yaqinlashganini sezmay qolibdi. Podsho atrofida amaldorlar, tabiblar turgan ekan. Podsho yigitdan: — Qanday sut olib kelding? — deb so‘ragan ekan, yigit shoshib qolib: — Echki suti, — deb yuboribdi. Podsho: — Jallod! —debdi. Jallodlar kelib yigitning qo‘l-oyog‘ini bog‘lamoqchi bo‘lganlarida, podshoning dono vaziri: — To‘xtang, taqsir, bu sahroyi yigit, arkoni davlatni ko‘rmagan, shoshib tili tutilib qoldi. Yana bir so‘rang. Qo‘lidagi ko‘zachada nima olib kelganini aytib bersin, — debdi. Podsho yana so‘rabdi. Shunda yigit, es-hushini yig‘ishtirib olib: — Taqsir, men sizga sher sutini keltirdim. Ana oling, — debdi. Vazirlar yigitning qo‘lidan idishni olib, tabiblar tekshirib qarashsa, haqiqatan yigit sher sutini keltirgan ekan. Podsho sher sutini ichib sog‘ayibdi. Yigitning tili so‘zga kirib, boshqa a’zolariga qarab: — Ey og‘aynilar, ko‘rdingizmi? Yigit shoshib qolib, tili g‘uldirab, yanglishib: «Echki suti», deganida bekorga o‘lib ketar edi. Es-hushini yig‘ishtirib, o‘ylab to‘g‘risini aytgani uchun o‘limdan qoldi. Til tig‘dan o‘tkir deb, bekorga aytmaganlar, — debdi
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 11-Okt-2011, 14:39 | Message # 40 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| Qo'lqopcha Bir kishi o'rmonda ketayotib qo'lqopini tushirib qo'yibdi. Sovuq o'rmonda izg'ib yurgan sichqoncha qo'lqopni ko'rib qolibdi. -Uycha, uychajon! Bu uychada kim yashaydi? - deb so'rabdi sichqoncha. Hech kim javob bermagach, u qo'lqopcha ichiga kirib yashay boshlabdi. Bir payt sakrab-sakrab quyoncha kelib qolibdi: - Uycha, uychajon! Bu uychada kim yashaydi? - Men yerteshar sichqoncha. Sen-chi, kim bo'lasan? - Men epchil, chaqqon quyonman. - Kel, birga yashaymiz. Quyoncha bir sakrab qo'lqopchaning ichiga kirib olibdi. Endi ular ikkovi yashay boshlabdi. Bir payt tulkivoy kelib qolibdi: - Uycha, uychajon! Bu uychada kim yashaydi? - Men yerteshar sichqoncha. - Men epchil, chaqqon quyonman. O'zing kimsan? - Men esa tulkicha-singilchaman. - Kel, kiraqol, birga yashaymiz. Ular uchovlon yashay boshlabdilar. O'rmonda izg'ib yurgan bo'rivoy kelib so'rabdi: - Uycha, uychajon! Bu uychada kim yashaydi? - Yerteshar sichqoncha, epchil, chaqqon quyoncha, tulkicha-singilcha. O'zing kimsan? - Men bo'ri-bakovulman. - Kelaqol, birga yashaymiz. Endi to'rtovlon yashay boshlabdilar. Shu orada ayiq polvon kelib qolibdi: - Uycha, uychajon! Bu uychada kim yashaydi? - Yerteshar sichqoncha, epchil, chaqqon quyoncha, tulkicha-singilcha, bo'ri-bakovul. O'zing kimsan? - Men baralla-bo'kiruvchi ayiq polvonman. - Kelaqol, birga yashaymiz. Biroq shu payt itning vovillashi eshitilibdi. Uzoqdan esa bir kishi o'rmonga qarab kelardi. Qo'lqopcha ichidagilar juda qo'rqib ketganlaridan xar tomonda qochib ketibdilar. It bo'lsa qo'lqopchani xo'jayiniga olib borib beribdi.
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 16-Okt-2011, 05:11 | Message # 41 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
|
Uch og'ayni botirlar
Bor ekan, yo'q ekan, bir zamonda bir kishi bo'lgan ekan. Boy ham, kambag'al ham emas ekan. Uning uchta o'g'li bor ekan, uchovi ham o'qigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, o'zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. To'ng'ichi yigirma bir yoshda, o'rtanchasi o'n sakkiz yoshda, kenjasi o'n olti yoshda ekan. Otasi bir kuni ularni oldiga chaqirib, har birining peshanasini silab: — O'g'illarim, men boy emasman, mendan qolgan davlat sizlarning maishatingiz uchun kifoya qilmaydi, mendan ortiq narsa umid qilib o'tirmanglar, o'zimdan keyin baxtsiz bo'lib qolmanglar deb, sizlarni o'qitdim. Yaxshi ot qo'ydim. To'y qildim, voyaga yetkazdim. Buning ustiga sizlarni yana uch narsa bilan tarbiya qildim. Birinchidan, sog'lom vujudli qilib o'stirdim — quvvatli bo'ldingiz. Ikkinchidan, yarog' bilan tanishtirdim - yarog' ishlatishga usta bo'ldingiz. Uchinchidan, qo'rqitmay o'stirdim — qo'rqoq bo'lmay botir bo'ldingiz, yana uchta narsani aytaman, quloqlaringizga olib, eslaringizdan chiqarmangiar. To'g'ri bo'ling — bexavotir bo’lasiz. Maqtanchoq bo'lmang — xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang - baxtsiz bo'lmaysiz. Bundan boshqasini o'zingiz biling. Qora toyni, saman toyni, ko'k toyni asbob-anjomlari bilan tayyorlab qo'ydim. Xurjunlaringizni bir haftalik ovqat bilan to'lg'izdim. Baxtingiz yo'lda, topib olmoq uchun dunyoni ko'rgani yo'lga chiqing, dunyoni tanimay dunyo kishisi bo'lmaysiz. Baxt qushini ushlamoq uchun baxt oviga chiqing. Xayr o'g'illarim, — deb turib ketdi... Uch og'a-ini safarga otlandilar. Yo'lda ular kechasi navbatma-navbat poyloqchilik qilib chiqishga kelishadilar. Birinchi kecha To'ng'ich botir o'zlariga hujum qilmoqchi bo'lgan sherni o'ldiradi. Ikkinchi kecha O'rtancha botir ajdarni yengadi. Uchinchi kecha Kenja botir podshoh xazinasiga tushmoqchi bo'lgan o'g'rilarni qirib tashlaydi. Ertasi kuni botirlar shaharga kirib, bir joyga qo'nadilar. Joy egasi bu botirlarni o'rdaga borishga taklif qildi. Bular piyoda asta-sekin o'rdaga bordilar. Podshoh bularning musofir ekanligini bilib, alohida bir ziynatlangan uyga kirgizib qo'ydi. Boshqa musofir bo'lmaganidan, ularga juda diqqat-e'tibor bilan qarab, sir olmoqni bir vazirga topshirdi. Vazir aytdi: «Bulardan to'g'ridan to'g'ri so'rasak, ehtimol aytmaslar, o'z hollariga qo'yib, tashqaridan quloq solib turamiz, nima desalar so'zlaridan sirini topamiz», dedi. Bu xonada bulardan boshqa hech kim yo'q edi. Bir vaqt dasturxon yozildi, xilma-xil noz-ne'matlar keltirib qo'yildi. Ikkinchi bir xonaning teshigidan podshoh bilan vazir quloq solib jim o'tirdilar. Birozdan keyin uch og'a-ini botirlar o'zaro suhbat qila boshladilar. To'ng'ich botir dasturxondagi ovqatni ko'rsatib: — Shu go'sht qo'zi go'shti ekan, biroq shu qo'zi it emib katta bo'lgan ekan, — dedi. O'rtancha botir aytdi: — To'g'ri aytasiz, podshoh degani it go'shtidan ham qaytmaydi. Saralab yemoq faqirning ishi, qo'yni boqib qo'yibdimi? Men ham bir narsaga hayron bo'lib turibman, mana shu shinnidan ham odam isi keladi.
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 16-Okt-2011, 05:12 | Message # 42 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
Kenja botir aytdi: — To'g'ri, podshohlik — qonxo'rlik demakdir. Qon qo'shilgan bo'lsa, ehtimoldan uzoqmasdir. Lekin yomonning qoni bo'lsa-ku, mayli, begunohning qoni qo'shilgan bo'lmasin. Men ham bir narsaga hayron bo'ldim. Shu nonni taxlagan kishining otasi novvoy ekan, taxlovchi novvoyning o'g'li ekan. — To'g'ri bo'lsa kerak, — debdi To'ng'ich botir. — Podshoh bizni bu yerga o'rda voqeasi bilan chaqirgan. Albatta bizdan savol so'rar, nima deymiz? — Albatta yolg'on so'zlamaymiz, — debdi O'rtancha botir, — bu voqeaga aralashgan bo'lsak, aytmoq lozimdir. Kenja botir: — Uch kunlik yo'lda qanday voqealarni ko'rgan bo'lsak, o'rtaga tashlaydigan vaqt keldi, — dedi. To'ng'ich botir birinchi kechada sher bilan olishganini aytib, belidagi tasmasini o'rtaga olib qo'ydi. O'rtancha botir ikkinchi kechadagi voqeani aytib, nishona uchun tasmani o'rtaga tashladi. Kenja botir uchinchi kechadagi voqeani aytib, olgan narsalarini o'rtaga tashladi. Podshoh bilan vazir sirdan xabardor bo'ldilar. Faqat go'sht, shinni, non to'g'risidagi gaplarni tekshirib ko'rmoqchi bo'ldilar. Birinchi qo'ychivonni chaqirtirishdi. Podshoh qo'ychivondan so'radi: — To'g'risini ayt, kecha so'yilgan qo'zining onasi itmidi? — Podshohim, bir qoshiq qonimdan kechsangiz aytaman. — O'tdim, to'g'risini so'yla! — Qishning o'rtasida bir qo'y tug'ib, o'zi o'lib qoldi, shu vaqtda bir katta itim ham tug'gan edi. Qo'zichoqqa rahmim keldi. Yetim qo'zini och qoldirgim kelmadi. Nochor o'sha itga emizdirib, katta qilgan edim. Boshqa qo'zi qolmagani uchun o'shani yuborgandim, — dedi. Podshoh bog'bonni chaqirib: — To'g'risini ayt, shinniga odam qoni qo'shilganmi? — dedi. — Podshohim, bir qoshiq qonimdan o'tsangiz, bir voqea bo'lgan edi, aytardim, — dedi. — Ayt, o'tdim, — dedi. Bog'bon: — O'tgan yozda, bog'dagi uzumzorga har kecha bir odam o'g'irlikka tushib, sizga olib qo'ygan eng yaxshi uzumdan o'g'irlab olib keta boshladi. Bir kuni agar qo'limga tushsa, o'ldirib, shu tokning tagiga ko'mib qo'yay, deb qasd qildim. Bir kecha poylab yotdim. Yana keldi. Shashvar to'qmoq bilan boshiga urdim. Boshi pachoq-pachoq bo'lib ketdi. Hech kim bilgani yo'q. Shu tok tagiga chuqur kavlab ko'mib qo'ydim, kelasi yili tok kuchlanib, chunon hosil qildiki, bargidan ham uzumi ko'p edi. Lekin mazasida ozgina o'zgarish paydo bo'ldi. Men uzumdan sizga yubormay, butunicha shinni qilgan edim, — dedi. Nonni podshoh o'zi taxlagan edi. Bu shohning otasi novvoy edi. Podshoh haqiqatlar bilinganidan keyin, bularning zakovatiga «ofarin» deb, botirlarning oldiga kirdi. Salom berib ko'rishdi. Hech bir narsa so'ramay: — Sizlarning hamma aytganlaringiz to'g'ri bo'lib chiqdi, mening sizlarga muhabbatim ortdi. Botir mehmonlar, ijozat bersangiz, bir arzim bor edi, agar qabul qilsangiz aytar edim, — dedi. To'ng'ich botir: — Aytganlaringiz to'g'ri kelsa qabul qilarmiz, aytingiz! — dedi. Podshoh: — Mening uchta qizim bor, o'g'lim yo'qdir. Men ertaga butun shaharni to'yga chaqirib, qirq kun osh berib, qizlarimni sizlarga nikohlab bersam, mening o'g'illarim bo'lib, bunda qolsangiz, — dedi. To'ng'ich botir: — Xo'p yaxshi aytasiz, lekin bizning ham shartimiz bor. Bizlar podshoh bolasi emasmiz. Otamiz boy ham emas. Sizning davlatingiz podshohlik bilan topilgan, biz qo'l kuchi bilan tarbiya topganmiz. Elimiz bir bo'lsa ham, tarbiyamiz boshqa. Qanday bo'lar ekan? — dedi. Podshoh: — Men bir iqlimning podshohiman, sizni otangiz qo'l kuchi bilan tarbiya qilib, sizday botirlarning otasi bo'lgan ekan, mendan nima kamligi bor? Haqiqatda mendan ortiqdir. Tarbiyangiz orqasida jahon podshohlari yig'lab oshiq bo'lib yurgan qizlarning otasi sizga o'z qizlarini yig'lab tutadi, — dedi. Bular qabul qildilar. Shaharda qirq kun to'y-tomosha bo'lib, botirlar podshoh qizlariga uylandilar. Qizlar yo'qotgan tillalariga gavhar qo'shib oldilar. Yaxshi tarbiya orqasida yigitlar baxt qushini qo'lga kirgizdilar. Qizlar bilan botirlar ipakdek kelishdilar. Podshoh hamma kuyovidan ham Kenja botirni ko'proq yaxshi ko'rardi. Kunlardan bir kun podshoh bir salqin joyda uxlab yotgan edi, yonidagi ariqdan bir ilon chiqib, podshohga zahar solmoqchi bo'lib turganda, to'satdan kelib qolgan Kenja botir uni ko'rib, belidan qilichini sug'urib, chopib, ikki bo'lib tashladi. Yana qilichini qiniga solib turganida podshoh uyg'onib qoldi. Dilida: «Qizimni berganimga qanoat qilmay, meni o'ldirib, podshoh bo'lmoq xayoli bor ekan», deb shubha qildi. Vazirga chiqib voqeani aytdi. Vazirning botirlarga hasad-adovati bo'lib, qulay paytni kutib yurgan ekan, yaxshi bahona bo'ldi.
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 16-Okt-2011, 05:13 | Message # 43 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
Vazir podshohga: — Shunday bebaho qizlaringizni, mendan bir maslahat so'ramay, yaxshi tarbiya ko'rgan deb, musofirlarga berib qo'ydingiz, endi mana bir uchini sizga ko'rsatdi. Eng yaxshi deb sevgan kuyovingiz sizni o'ldirmoqchi bo'lgan ekan, yana bir kuni boshqacharoq hiyla bilan sizni o'ldirib qo'yar, — dedi. Podshoh vazirning so'ziga ishonib: — Zindonga solinsin! — deb buyurdi. Kenja botirni zindonga soldilar. Kenja botirning qallig'i juda xafa bo'ldi. U botirni nihoyatda yaxshi ko'rardi. Yig'lab-yig'lab, kelinchakning yuzlari so'liy boshladi. Bir kuni qiz otasining oyog'iga boshini qo'yib, yig'lab, qallig'ini afv etishni so'radi. Podshoh qizining yuzidan o'tolmay, Kenja botirni zindondan oldirib keldi. Qallig'i juda sog'inganidan kuyovini quchoqlab, yuzlaridan o'pib, qo'lini yelkasiga tashlab yig'lab turar ekan, podshoh Kenja botirga qarab: — Botir, siz shunday vafosizmisiz? Ko'rmayapsizmi, mening qizim sizga qanday mehribon. Shu qizimni ham rioya qilmay, qay ko'ngil bilan meni o'ldirmoqchi bo'ldingiz? — dedi. Kenja botir podshohga qarab bir hikoya aytdi.
...
Bir zamonda bir poshdoh bor ekan, uning yaxshi ko'rgan bir to'tisi bor ekan. Podshoh to'tisini shunday yaxshi ko'rar ekanki, bir soat ko'rmasa turolmas ekan. To'ti ham podshohga juda mehribon bo'lib, har turli shirin so'zlar aytib, xursand qilar ekan. Bir kuni to'ti podshohdan so'rabdi: — Mening Hindiston degan yurtda ota-onam, aka-ukam, opa-singillarim bor, falakning gardishi bilan sizning dargohingizga kelib qolgan edim. Shukurlar bo'lsin, aql-idrokim, yaxshi xulqim, shirin so'zim orqasida sizday podshohga hamsuhbat bo'ldim. Endi, iltimosim shuki, meni qafasdan bo'shatib, yigirma kunga javob bersangiz, olti kun borishim, olti kim kelishimga ketsa, bir hafta — ota-onam, aka-ukalarimni ko'rib diydoriga to'ymog'im uchun yetar. Podshoh: — Yo'q, senga javob bersam, yana kelmay qolsang, men sog'inaman, juda xafa bo'laman, — debdi. To'ti: — Yo'q, podshohim, sizning menga ko'rsatgan iltifotingiz yomon yo'lga boshlamaydi, qanday bo'lsayam va'da — ulug', muqaddas narsa, uni buzish yaramaydi. Va'dani buzmoq og'ir gunoh. So'z beraman — so'zimda turaman, — debdi. — Xo'p bo'lmasa, agar tezda kelsang ikki haftaga ruxsat beraman, — debdi podshoh. — Xayr, endi qanday bo'lsa ham chiqay, — deb to'ti o'n besh kunga ruxsat olibdi. Devorga qo'nib turib, xayrlashibdi. Janub tomonga qarab uchib ketibdi. Podshoh orqasidan qarab qolibdi. Podshoh to'tining qaytib kelishiga ishonmas ekan. To'ti olti kun deganda Hindiston degan mamlakatga borib, ota-onalarining oldiga yetibdi. Bechora to'ti juda xursand bo'lib, tog'dan toqqa, bog'dan boqqa, shoxdan shoxga sakrab, uchib, o'ynab-kulib, ota-onasining diydoriga to'ydi, qarindosh-urug'iga mehmon bo'lib, uch kunni qanday o'tkazganini bilmay qoldi. Ertasi yana qafas tomonga, tutqunlikka uchmog'i kerak ekan. Ota-onasi, aka-ukalaridan ajralmoq juda og'ir bo'libdi. Bir tarafda va'da bor, va'daga vafosizlik xavfi turadi. Bechora to'tining quvonchi tugabdi. Shodligi g'amga almashibdi. Qanotlari so'libdi. Ikkinchi qaytib kelish yo bor, yo yo'q. Qarindosh-urug'lar bir joyga to'planishibdi. Hammasining ko'zi g'amli to'tida ekan. Qanday bo'lsa ham qaytmaslikni maslahat berishibdi. To'ti aytibdi: — Yo'q, yana qaytmoq uchun va'da berganman, va'daga vafo qilmasa bo'ladimi? Bir to'ti aytibdi: — Va'da bergan podshohingda insof bo'lsa, seni uch yil qamoqda saqlab, faqat ikki haftaga javob berarmidi? Seni sevar ekan, seviklisini qafasda tutmoq yarashadimi? Dunyoga qafasda turmoq uchun keldingmi? Bir kishining xushvaqtligi uchun erkinlikni qo'ldan berma! Podshoh deganning marhamatidan qahri ortiqdir, podshoh bilan sherga yaqin bo'lmoq hikmatdan emasdir. Podshohning to'tisi aytibdi: — Menga bir yo'l ko'rsating, men ham erkinlikka chiqay, ham va'da yolg'on bo'lmasin. Ona to'ti aytibdi: — Shunday bo'lsa men ham bir maslahat beraman. Bizning joyda bir daraxtning mevasi bor, har kim bir donasini yesa, qari chol bo'lsa yigitlik holiga qaytur. Kampir yesa qiz kabi yoshlik holiga kelur. Podshohga shundan uch donasini olib borgin, bu bebaho mevani berib, o'zingning butunlay ozod etilishingni so'ra, shoyad insofga kelib, butunlay ozod etsa, — debdi. Bu gap ma'qul tushibdi. Shu chog'da uch dona meva olib kelibdilar. To'ti uni changalida mahkam ushlab, xayrlashib shimol tomonga qarab uchibdi. Qarindoshlari zo'r umid bilan orqasidan qarab qolishibdi. To'ti olti kun deganda podshohning saroyiga yetib kelibdi. Podshoh bilan ko'rishib, olib kelgan tortiqni unga beribdi, xosiyatlarini bir-bir aytibdi. Podshoh juda xursand bo'libdi. Ozod qilmoqqa va'da beribdi. Bir donasini xotiniga berib, ikki donasini vazirga ko'rsatmoq uchun bir piyolaga solib qo'yibdi. Ertasiga vazirga ko'rsatib, xosiyatlarini aytibdi. Vazirning bunga hasadi kelibdi. Ichida xafa bo'libdi. Ishni boshqacha yo'lga burmoqni ixtiyor qilibdi: — Siz bu parrandaning olib kelgan narsasini yemay turing, oldin bir tajriba qilib ko'raylik, durust bo'lsa yemoq qochmaydi, — debdi. Bu gap podshohga ma'qul tushibdi. Vazir vaqtini topib, piyoladagi ikki dona yoshartiruv mevasiga zahar aralashtirib qo'yibdi. Bir kundan keyin vazir aytibdi: — Endi yoshartiruv mevasini bir tajriba qilaylik. Buning uchun qamoqxonadan ikki nafar odamni olib chiqib yediribdilar. Ikkalasi shu chog'dayoq o'libdi. Vazir aytibdi: — Agar siz yesangiz nima bo'lardingiz? — Men ham o'lardim, — debdi podshoh. Bechora to'tini qafasdan sudrab olib chiqib, kallasini tanasidan uzib tashlabdilar. Bir kuni podshoh bir odamni g'azab bilan o'ldirmoqchi bo'libdi. Bu kishi keksa ekan. Qolgan bir dona mevani yemoqqa buyuribdi. Haligi odam mevani yegan ekan, oqargan sochlari tushib ketibdi, tishlari butun bo'lib, ko'zlarining nuri ortib, yigirma yashar yigit holiga kelib qolibdi. Podshoh vazirdan shubhalanib, piyolani olib kelib qaragan ekan, zahar qo'shilganligini bilibdi. Podshoh vazirni ham o'ldirib yuboribdi. Bechora to'tining begunoh o'lganiga qayg'uribdi, lekin ish o'tgan ekan. To'ti podshohga yaqin bo'lganining «mukofoti»nigina ko'ribdi. — Endi men o'zimning qilgan yaxshiligimni aytay, — debdi Kenja botir va ariqdan chiqqan ilon voqeasini aytibdi. O'sha joyda ikki bo'linib yotgan ilon tanasini olib kelib ko'rsatibdi. Podshoh qilgan ishiga pushaymon bo'libdi. Kenja botirdan uzr so'rabdi.
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 16-Okt-2011, 05:14 | Message # 44 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
Kenja botir aytdi: — Taqsir, endi ruxsat bersangiz, bizlar o'z yurtimizga qaytsak. Podshoh yalinib-yolvorib, qolishlarini so'radi. Qabul qilmadilar. — Biz saroy kishisi bo'lolmaymiz. Biz mehnat bilan, kasb-hunar bilan yashaymiz, — dedilar. Podshoh: — Bo'lmasa qizlarim qolsinlar, — degan edi, qizlari rozi bo'lishmadi. Ular: — Biz kuyovlarimizdan ajralmaymiz, ruxsat bersangiz, biz ham kuyovlarimiz bilan birga ketsak, sizni ko'rgani har yili kelib turamiz, — deyishibdi. Podshoh hayron bo'lib, nochor ruxsat berdi. Butun narsalarini yig'ishtirib, safarga chiqdilar. Botir yigitlar o'z xotinlari bilan ikki yil deganda, otalarining oldiga olti kishi bo'lib keldilar. Botirlar otalari bilan quchoqlashib ko'rishib, xotinlarini tanishtirdilar. Otasi ham, bularning kelishini eshitib, uch bo'lak hovlibog' tayyorlab qo'ygan edi. Har birlari tayinlangan joyga ko'chib kirdilar. Qizlar kuyovlari bilan rohat-farog'atda yashab, murod-maqsadlariga yetdilar.
|
|
| |
OSIYO | Date: Dushanba, 17-Okt-2011, 18:58 | Message # 45 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| Bo'ri va yetti uloqcha
Bir bor ekan, bir yoq ekan, bir echki bor ekan. Uning yettita uloqchasi bor ekan. Hamma onalar singari u ham bolalarining yettovini birdek yaxshi ko'rar va erkalar ekan. Ona echki tez-tez yemish qidirib, o'rmonga borar ekan. Ketayotib uloqchalariga: - Bolajonlarim, siz eshikni mahkam yopib, hech kimga ochmay o'tiring. O'rmonda och bo'ri izg'ib yuribdi. Ehtiyot bo'ling! - deb tayinlarkan. Ona echki o'rmonda o't-o'lan bilan ovqatlanib, muzdek suv ichib, bolalarining oldiga kelarkan. Eshikni taqillatib qo'shiq aytar ekan: - Uloqchalarim, bolajonlarim! Eshikni oching, mehribonlarim! Onangiz sizga sut olib keldi, Yelini to'lib, yerga to'kildi. Bolalari shu zaxoti eshikni ochib onasini kutib olishar edi. Ona echki ularni ovqatlantirib, yana o'rmonga ketar ekan. Bu holni kuzatib turgan bo'ri, echki o'rmonga kirib ketishi bilan uycha yoniga kelib, do'rillab qo'shiq aytibti:
- Uloqchalar, bolachalar! Eshikni oching, Onangiz keldi, Sut olib keldi. Echki bolalari: - Eshityapmiz, eshityapmiz. Ovozing onamizniki emas! Onamiz ingichka ovoz bilan qo'shiq aytadi.Hoy bo'ri bu yerdan yo'qol! Bo'ri o'ylab-o'ylab ovozini o'zgartirish uchun temirchining yoniga ketibti. Ona echki qaytib kelib, eshikni taqillatibdi va kuylay boshlabdi: - Uloqchalarim, bolajonlarim! Eshikni oching, mehribonlarim! Onangiz sizga sut olib keldi, Yelini to'lib, yerga to'kildi.
Echki bolalari eshikni ochishib, o'z onalarini kutib olishibdi. Keyin birin-ketin bo'ri kelgani, ularni aldab yemoqchi bo'lgani haqida so'zlab berishibdi. Ona echki uloqchalarini ovqatlantirib bo'lib, hech kimga eshik ochmaslik haqida qattiq tayinlabdi-da, o'rmonga ketibdi.
Ona echki ketishi bilan bo'ri yana uy yonida paydo bo'libdi. Eshikni taqillatib, ingichka ovozda qo'shiq aytibdi: - Uloqchalarim, bolajonlarim! Eshikni oching, mehribonlarim! Onangiz sizga sut olib keldi, Yelini to'lib, yerga to'kildi. Uloqchalar bo'rini ovozini payqamay eshikni ochib yuborishibdi. Shu on bo'ri uy ichiga otilib kirib, echki bolalarini tiriklayin birin-ketin yutib yuboribdi. Ulloqchalarning faqat eng kichkinasi pechka ichiga kirib omon qoldi.
Ona echki uyga qaytib kelsa, eshik ochiq, hech kim yo'q. Ona echki bolalarini qidira boshlabdi. Uzoq qidirib, chaqiribdi. Hech kimdan javob bo'lmabdi. Pechka ichiga nazar solib qaltirab o'tirgan kichik bolasini topibdi. Ona echki bo'lgan voqeadan xabar topib, achchiq-achchiq kuyinib yig'labdi: - Oh, bolajonlarim, uloqchlarim! Eshikni nega ochdingiz, Bo'ri qo'liga nega tushdingiz?!
Uning ovozini bo'ri eshitib: - Eh, echkijon! Senga rahmim kelyapti. Bolalaringni men yeganim yo'q, - debdi. Ona echki esa uni shoxi bilan shunday suzibdi-ki, bo'rining qorni yorilib, ichidan uloqchalar sakrab-sakrab chiqib, onalari oldiga yugurgilashibdi. O'shandan beri uloqchalar yanada hushyor va tinch-totuv yashar ekanlar.
|
|
| |
OSIYO | Date: Shanba, 10-Dek-2011, 19:19 | Message # 46 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| ARIQCHA VA CHO‘PON Bir qishloqda unchalik katta bo‘lmagan ariq oqib o‘tar ekan. Qishloq odamlari undan suv ichib, kun kechirisharkan. Bir kuni mollarni o‘tlatgani olib ketayogan qishloq cho‘poni ariq suvining ifloslanib oqayotganini ko‘rib qolibdi. Ariq uning ko‘ziga xuddi yig‘layotgandek ko‘rinibdi. – Ariqcha, hoy ariqcha, senga nima bo‘ldi? Nima uchun ifloslanib oqayapsan? Yoki yig‘layapsanmi?– so‘rabdi cho‘pon. Ariqcha suvlarini uyon-buyonga urib, tilga kiribdi: – Nega axir yig‘lamay? Ahvolimga bir qara, qirg‘oqlarimni axlat bosib ketdi-ku. Axlatning ko‘pligidan oqib o‘tar yo‘llarim ham to‘silib qolayapti,– javob qilibdi ariqcha. Ariqchaning javobini eshitgan cho‘pon shu zahotiyoq qishloqqa qaytib, odamlarni to‘plabdi. Hashar qilib, ariq va uning atrofini tozalashibdi. Shundan so‘ng cho‘pon yana ariqcha bilan gaplashgan joyiga boribdi. Qarasa, u tiniq bo‘lib, to‘lib-toshib, o‘ynab-quvnab oqayotgan ekan. Bu voqeadan keyin cho‘pon bilan ariqcha do‘stlashib qolishibdi va tez-tez suhbatlashib turadigan bo‘libdilar.
|
|
| |
OSIYO | Date: Juma, 16-Dek-2011, 09:04 | Message # 47 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| QIZG‘ANCHIQ Salimaga oyisi yarmi qizil, yarmi sariq, kopto‘k olib bergan edi. Salima kopto‘kni qo‘ltiqlab ko‘chaga chiqsa, o‘rtoqlari quvlashmachoq o‘ynashayotgan ekan. Salimaning qo‘ltig‘idagi kopto‘kni ko‘rishdi-yu, og‘izlari ochilib, birin-ketib oldiga kelishdi.
— Vo-oy! — debdi Zamira, — buncha chiroyli?
Muborak esa:
— Yap-yangi ekan, — debdi havas bilan. Ularning orasida Salimaning singlisi Lola ham bor edi, yangi kopto‘kni ko‘rib, quvonchdan ko‘zlari porlab ketibdi. — Ke, o‘ynaymiz, — dedi u koptokga qo‘l cho‘zib. Salima cho‘chib tushdi. Munchoqdek kichikina ko‘zlarini pirpiratib, o‘zini chetga oldi.
— Yo‘q, — dedi qo‘rqa-pisa, — o‘ynayman, koptok yerga tegsa eskirib qoladi. Lola opasining gapidan o‘rtoqlari oldida izza bo‘lib, qizarib bo‘zarib:
— Koptokni nimaga chiqargan, bo‘lmasa, — dedi, — o‘ynaganimi!?
Qizlar kulishdi.
— O‘ynamaysanmi? Bo‘lmasa qo‘ltiqlab yuraver.
Salima lip etib uyiga kirib ketdi-yu, eshikni yopdi, ko‘ngli biroz joyiga tushdi.
— Opang qizg‘anchiq ekan, — deyishdi qizlar chuvillashib Lolaga.
— Qo‘yaveringlar, — dedi Lola jo‘rtaga ovozini baland qilib, — xali uxlaganida, olib rossa o‘ynayman. Salimani vahima bosdi. Rost, Lola o‘jar, aytganini qiladigan qiz. Uxlaganimda olib o‘ynasa, bilib o‘tirib manmi?! Vahima qo‘rquvga aylandi-yu, kopto‘kni qayerga yashirishni o‘ylab boshi qotdi. Yostiqning ostiga qo‘ygan edim, yostiq do‘ppayib qoldi, karavotning tagiga yumalatib ko‘rgan edi, hayolida engashib olayotgandek bolaverdi. Buvisining oldiga borib: «jon buvi, shuni sandiqga solib qo‘ying», — degan edi, ninaga ip o‘tkazolmay, xunob bo‘lib o‘tirgan buvisi ko‘z oynakning ustidan g‘alati qarab:
— Voy tavba, koptokni ham sandiqqa soladimi?! — dedi. — Bolam, hayoling joyidami?!
Salima bo‘shashib hovliga chiqdi. O‘tinxonaga kirib, ikki palvon o‘tinning tagiga yashirdi, ko‘ngli xotirjam tortib, tashqariga chiqti-yu, lop etib hayoliga kelgan fikrdan boshshib ketdi. Hali oyisi tandirga olov yoqqanda Lola albatta, oldiga kiradi, topib olsa-chi? Salima darrov kopto‘kni olib, o‘ylab ko‘rsa, bu yer ham nobop ekan...
Xullas, ming joyga yashirib, ming joydan, oldi. Nihoyat, Lola o‘ylasa, tushiga ham kirmaydigan joy deb, darvozaning oldidagi axlat yashik ichiga tashlab, ustiga xazon tashlab qo‘ydi-yu, horib-charchab uxlab qoldi.
Shu kuni kechasi bilan kopto‘k tushiga kirib chiqdi: Lola koptokni topib olib, o‘rtoqlari bilan o‘ynagani — ko‘chaga chiqib ketayotgan emish. Salima dod desa, ovozi chiqmasmish. Erta bilan kasal odamga o‘xshab uyg‘ondi-yu, kopto‘kni qayerga yashirganini o‘zi ham eslay olmay, rosa boshi qotdi.
Kechgacha yuz o‘ylab ming o‘ylab arang esladi. Darvozaning oldiga yugurib bordi-yu, axlat qutisini bo‘sh ko‘rib:
— Oyi! Oyi, axlat qutidagi xazonni nima qildingiz? — dedi.
— Erta bilan axlat mashina o‘tgan edi, tashlab yubordim, qizim, — dedi oyisi.
— Essiz kopto‘k-a! dedi Salima afsuslanib
|
|
| |
ROBIYA | Date: Shanba, 24-Dek-2011, 13:10 | Message # 48 |
Peshqadam
Group: Muslima
Messages: 2502
Status:
| TUZ Bir bor ekan bir yoq ekan qadim qadim zamonda juda olis tomonda bir podishoh bor ekan u podishohning 4 ta qizi bor ekan kunlardan bir kun podishoh qaysi qizi otasini koproq yaxshi korishini sinab kormoqchu bulibdi wa qizlarini bira bir chaqqiribdi .. eng katta qizi kiribdi . PODISHOX ; qizim meni qanday yaxshi korasan ? QIZI : otajon men sizni qiyomday yaxshi koraman " debti ota hursand bulib ikkinchi qizini chaqiribdi PODISHOX : qizim meni qanday yaxshi korasan ? " QIZI " otajon men sizni shakarday yaxshi koraman " debti yana hursand bulib uchinchi qizini chaqiribdi wa sorabdi " qizim meni qanday yaxshi korasan ? " QIZ " otajon men sizni shokoladdek yaxshi koraman debti ota yana hursand bulib kenja qizini chaqiribti wa " qizim meni qanday yaxshi korasan ? QIZI " otajon men sizni TUZ day yaxshi koraman desaaaa ota qattiq g'azablanib kenja qizini ormonga tashlab kelishlarini buyuribdi wa askarlar kenja qizni ormonga tashlashibdi bechora qiz bir daraxtni ustida otiribdi kiyimlari yirtilib yiglab otirsa bir shaxzoda kelib olib ketibdi keyin ularni toyi bubdi baxtli bulishibdi wa kunlarni birida kenja qiz otasi wa opalarini mehmonga chaqirmoqchi bubdi wa judayam chiroyli shirin taom wa narsalar shirinliklar pishiribdi wa hamma narsaga bittayam TUZ qoshmabdi wa otasi wa opalari kelishib kenja qizni korib hursand bulishibdi wa taomlardan totib korishsa bittasidayam TUZ yoq ular hayron bolib nimaga bularni ichida TUZ yoq deb sorashibdi keyin kenja qiz aytibdi men otajon sizni tuzday yaxshi koraman deganimda hafa boludiz lekin men tuz hamma narsani lazzatli qilgani uchun aytudim debti ota yiglab kechirim sorabdi wa murod maqsadiga yetishibdi
chiroylik imzo coyaman yaqinda
|
|
| |
nurislom95 | Date: Shanba, 28-Apr-2012, 23:24 | Message # 49 |
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 141
Status:
| Ertaklar yahshilikka etaklar!
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 25-Sen-2012, 04:27 | Message # 50 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
|
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, uzoq o‘tmishdamas, yaqin zamonda bir qizcha bo‘lgan ekan. Uning xayollari ham o‘ziga o‘xshamagan g‘aroyib ekan. Qizchaning bu dunyoda yakkayu yagona yaqini – uning dadasi ekan.
Dadasi uzun oqshomlar unga har kuni ertak va rivoyatlar aytib berar, qizcha esa: “Yana aytib bering”, – deb tinglayverishni xush ko‘rarkan. Dadasining ertaklari hech tugamagani kabi qizchaning yuragi ham ertakka to‘ymas ekan. Ertaklari cho‘zilgandan-cho‘zilar, qizcha esa hech uxlay demaskan. “Uxla!”, – deyilgan xitobga “Uyqum kelmayapti”, – deb xarxasha qilishdan charchamas ekan. Ana shunday sirli oqshomlarning birida tuyqus uyquning qanday bo‘lishi haqida o‘ylay boshlabdi.
– Dada, dadajon, uyqu qanday odam? U yosh shahzodami, yo oppoq soqollari uzun, oq yaktak kiyib olib, salla o‘ragan chol-bobomi? – deb so‘rabdi qizcha.
– Mana shu chiroyli ko‘zchalaringni yumsang, uning qanday ekanligini ko‘rib-bilib olasan, – debdi otasi.
Qizcha otasining javobidan qanoatlanmabdi, uni yana savolga tutibdi: – Uyqu bobo qayerdan keladi: mashinadanmi, uchar otdanmi yoki piyoda?
Qizcha hali savollariga javob olib ulgurmasdan, yana bir necha savolni qalashtirib tashlabdi: – Agar u piyoda keladigan bo‘lsa, yer yuzida qancha bolalar bor, hammasining yotog‘iga bir kechada kirishga ulgurmaydi-ku?! Uning chiroyli etikchasi bo‘lsa kerak-a, agar kelsa, albatta so‘rab olardim, – deya qizcha shirin xayollarga berilibdi.
Qizcha har kecha shunday, uyqu boboni kutarkan, ertalab uyg‘ongach, uni ko‘rolmay uxlab qolganiga qattiq o‘kinarkan. Qizining tobora kam uyqu bo‘lib borayotganini ko‘rgan dadasi bir kuni shunday debdi: – Qizim, agar shunday – quloqsizlarcha Uyqu boboni kutib, uxlamay yotaversang, u sendan qattiq xafa bo‘ladi. Chunki u o‘zini poylayotgan bolalarni xush ko‘rmaydi. Xafa bo‘lgach bizning uyga umuman kelmay qo‘yadi.
– Kelmay qo‘ysa, nima bo‘ladi? – xavotirlanib so‘rabdi qizcha.
– Kelmasa, sochlaring, bo‘ying ham o‘smaydi. A’lo baholar ololmaysan. Hatto quyosh, Oy, Yulduzlar ham sendan arazlab qoladi. Chunki ular Uyqu bobo bilan juda qadrdon-da.
Oradan kunlar, oylar va hatto yillar o‘tibdi. Qizcha biron marta ham Uyqu boboni uchratmabdi. Uning sehrli etikchasini olish haqidagi shirin xayollari esa aslo tark etmaydi. Qizcha haliyam Uyqu boboni ko‘rish orzularidan voz kechmay yashayotgan ekan.
|
|
| |
gulnoz | Date: Payshanba, 18-Okt-2012, 16:36 | Message # 51 |
Orta tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 66
Status:
| RAXMAT
|
|
| |
OSIYO | Date: Yakshanba, 25-Noya-2012, 05:29 | Message # 52 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| Masha bilan ayiq
Bobo bilan buvi yashagan ekan. Ularning Mashenka ismli nabiralari bor ekan. Dugonalari malina, maymunjon va qo'ziqorin terish uchun o'rmonga otlanishibdi. Ular Mashenkani ham o'zlari bilan ola ketmoqchi bo'lishibdi. - Bobojon, buvijon, - debdi Mashenka, - dugonalarim bilan o'rmonga borishimga ruxsat beringlar! - Mayli, boraqol, - deyishibdi chol bilan kampir ruxsat berib, - faqat dugonalaringdan orqada qolib yurma, yoqsa adashib qolasan. Qizlar o'rmonga borishib, qo'ziqorin va mevalar tera boshlashibdi. Mashenka u daraxt ostidan bu daraxt ostiga, u buta ostidan bu buta ostiga yugurib, meva tera-tera dugonalaridan uzoqqa ketib qolibdi. Qancha baqirib-chaqirmasin, qizlar Manechkaning ovozini eshitishmabdi. Mashenka yura-yura adashib, o'rmonning eng xilvat, quyuq chakalakzor joylariga borib qolibdi. Qarasa, bir uycha turgan emish. Mashenka uycha eshigini taqillatibdi, biroq hech kim javob bermabdi. Eshikni asta itargan ekan, u ochilib ketibdi. Mashenka uychaga kirib, deraza yonidagi kursichaga o'tiribdi. Bu uychada bahaybad ayiq yashar ekan. Shu paytda u o'rmonda yurgan ekan. Kechqurun uychaga qaytgan ayiq Mashenkani ko'rib quvonib ketibdi. - Aha, - debdi u - endi seni hech qayoqqa qo'yib yubormayman. Menikida yashaysan. Pechka yoqasan, bo'tqa qaynatib, meni parvarish qilasan. Mashenka xafa bo'lib, qayg'uribdi, ammo nailoj. U ayiqning uychasida yashay boshlabdi. ayiq Mashechkaga uychadan hech qayoqqa chiqmaslikni tayinlab, kun bo'yi o'rmonda yurar ekan. - Uychadan ketib qolsang, - der ekan ayiq, - seni topaman-da, yeb qo'yaman. Mashenka ayiqning qo'lidan qutulish yo'llarini o'ylay boshlabdi. U o'ylay-o'ylay qutulish chorasini topibdi. Bir kuni ayiq o'rmondan qaytib kelganda, Mashenka unda: - Ayiq, ayiq, menga bir kunga qishlog'imga borib kelishimga ruxsat ber, bobom bilan buvimga tuhfalarimni tashlab kelaman, - debdi. - Yo'q, - debdi ayiq, - sen o'rmonda adashib qolasan. Sovg'alaringni bersang, o'zim ularga yetkazaman. Mashenkaga aynan shu kerak ekan. U somsalar pishiribdi-da, katta savatga solib ayiqqa tutqazib, debdi: - Mana qara, men mana bu savatga somsa soldim. Uni bobom bilan buvimga eltib berasan. Yodingda tut: yo'lda savatni ocha ko'rma, somsalarni ezib yuborma. Men eng baland daraxtga chiqib, ortingdan kuzatib turaman. - Mayli, savatni ber, - debdi ayiq. Mashenka unga: - Tashqariga chiqib qara-chi, yomg'ir yog'mayaptimikan, - debdi. Ayiq eshikka chiqishi bilan, savat ichiga tushib, pishirgan somsalari solingan idishni boshiga qo'yib olibdi. Ayiq kirib qarasa, savat tayyor emish. Savatni orqalab, qishloq tomonga yo'l olibdi. Ayiq archalar va qayinzorlar oralab, qir va o'rlar oshib, yo'l yuribdi, yo'l yursa ham mo'l yuribdi. Oxiri charchab o'ziga-o'zi debdi:
- Tonkaga o'tiraman, Somsani yeb qo'yaman.
Buni eshitgan Mashenka savat ichidan shunday debdi:
- Ko'rayapman, ko'rayapman, To'nkaga o'tirmagin, Somsaga ko'z tikmagin. Olib borgin bobomga, Eltib bergin buvimga.
- Buning ko'zi namuncha o'tkir bo'lmasa, - debdi ayiq, - hamma narsani ko'radi-ya! Ayiq savatni ko'tarib, yana yo'lida davom etibdi. Yo'l yurib, yo'l yursa ham mo'l yuribdi. Oxiri bir joyda to'xtabdi. O'ziga-o'zi debdi:
- Tonkaga o'tiraman, Somsani yeb qo'yaman.
Buni eshitgan Mashenka savat ichidan shunday debdi:
- Ko'rayapman, ko'rayapman, To'nkaga o'tirmagin, Somsaga ko'z tikmagin. Olib borgin bobomga, Eltib bergin buvimga.
Ayiq hayron bo'lib: - Namuncha ayyor bo'lmasa bu qiz. Balandda o'tirib, uzoq-uzoqlarni ham ko'radi-ya! Ayiq o'rnidan turib, ildam-ildam yurib ketibdi. U hademay bobo va buvi yashaydigan qishloqqa kirib kelibdi. - Eshik qulfini ochinglar. Sizlarga Mashenkadan sovg'alar keltirdim. Kuchuklar ayiqni sezib qolishib, unga tashlanibdilar. Qo'shni hovlidagi itlar ham vovullashib, yugurib kela boshlashibdi. Qo'rqib ketgan ayiq savatni eshik ostonasiga qo'yibdi-da, orqasiga qaramay, o'rmonga qochibdi. Shu payt bobo bilan buvi eshikni ochishibdi. Qarashsa, savat turgan emish. - Savatda nima bor ekan? - debdi buvi. Bobo savat qopqog'ini ko'tarib, o'z ko'zlariga ishonmabdi: savatning ichida Mashenka sog'-salomat o'tirgan emish. Bobo bilan buvi o'zlarida yo'q sevinib ketishibdi. Mashenkani bag'rilariga bosib, yuzlaridan o'pib, aqlli qizim deb alqashibdi.
Message edited by Osiyo11 - Yakshanba, 25-Noya-2012, 05:31 |
|
| |
OSIYO | Date: Shanba, 15-Dek-2012, 04:35 | Message # 53 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| Podachi haqida hikoya
O'tgan zamonda bir karvonchi boy bo'lgan ekan. Uning aqlli bir o'g'li va nihoyatda chiroyli bir qizi bor ekan. Kunlarning birida bu karvonchi safarga bormoqchi bo'lib, o'g'lini ham o'ziga hamroh qilib olibdi. Qizini esa unga saboq berayotgan domlasiga omonat qilib topshiribdi. Ular safarga ketgach, ikki oydan so'ng domlaning xotin, bola-chaqalarini podshohning xotini ziyofatga chaqiribdi. Ular bilan birga qiz ham safarga tayyorlana boshlabdi.
O'tgan zamonda bir karvonchi boy bo'lgan ekan. Uning aqlli bir o'g'li va nihoyatda chiroyli bir qizi bor ekan. Kunlarning birida bu karvonchi safarga bormoqchi bo'lib, o'g'lini ham o'ziga hamroh qilib olibdi. Qizini esa unga saboq berayotgan domlasiga omonat qilib topshiribdi. Ular safarga ketgach, ikki oydan so'ng domlaning xotin, bola-chaqalarini podshohning xotini ziyofatga chaqiribdi. Ular bilan birga qiz ham safarga tayyorlana boshlabdi. Buni ko'rgan domla: — Siz, — depti qizga, — birovning omonati, men to'yga borishingizni ma'qul ko'rmayman.
Qiz noiloj domlaning uyida qolibdi. Tushga yaqin domla qizni chaqirib: — Uydagilar qaytmadi. Siz menga tahorat uchun suv hozirlab bersangiz, - debdi. Qiz oftobada suv keltirgan ekan, domla oftobadagi suvni olmay, qizning bilagidan tutib: — Meni qiynamang... - debdi.
Qiz qo'lidagi oftoba bilan domlaning peshanasiga tushirgan ekan, uning peshanasi yorilib ketibdi. U qon bilan ovora bo'lib qolibdi. Qiz fursatni g'animat bilib, domlaning qo'lidan qochib o'z hujrasiga kirib olibdi. Shu kuniyoq domla qizning otasiga: «Sizning qizingiz buzilib ketdi. Endilikda mening gapimga kirmay qo'ydi. O'zingiz bir chora ko'ring...» — deb xat yozibdi. Xatni olgan karvonchi o'z o'g'liga: «Borib singlingni o'ldirib, bir qoshiq qonini olib kel!..» — deb buyuribdi. Yigit kelib singlisini cho'lga olib chiqibdi, biroq o'ldirishga ko'zi qiymay:
— Singlim, sen o'z joningning g'amini ye. O'z kuningni o'zing ko'r. Men sening o'rningga birorta kuchuk topib, o'ldirib qonini olib boray, — deya uni qo' yib yuboribdi. Qiz cho'l kezib ketibdi.
Endi so'zni boshqa yerdan eshitaylik. Shu yerga yaqin bir shahar podshosining kelishgan bir o'g'li bor ekan. U vazirning o'g'li bilan ovga chiqib, qush solsa, qush uchib kelib bir buloq boshidagi chinorga qo'nibdi. Shahzoda buloq boshiga kelib qarasa, bir sohibjamol qiz yashirinib turgan emish. Shahzoda qizning qoshiga kelib:
— Siz odamzotmi yoki parizotmisiz? Bu yerga qanday kelib qoldingiz? — deb so'rabdi. Qiz boshidan o'tganlarni aytib beribdi.
— Undoq bo'lsa, — debdi shahzoda, — men sizga qiyomatlik yoldosh bo'lay.
Bu gap qizga ma'qul bo'libdi. Shahzoda qizni shaharga olib borib, qirq kecha-yu qirq kunduz to'y qilib uni o'z nikohiga olibdi. Oradan besh yil o'tibdi. Ular ikki farzand ko'rishibdi. Bir kuni qiz devorga chiqib qarasa, bir to'p karvon o'tib borayotgan ekan. Uni ko'rgan qiz otasini eslab yig'lay boshlabdi. Shu payt hovliga kirib kelgan shahzoda:
— Nega yig'layapsiz? — deb so'rabdi.
— Mening sizga tekkanimga besh yil bo'ldi. Siz bir bora ham mening otamni eslamadingiz. Otamni ko'rgim kelib qoldi, — deb javob beribdi qiz.
— Unda tayyorgarchilik ko'ring. Men vazirning o'g'lini sizga hamroh qilay, — debdi shahzoda. Uch kundan so'ng shahzoda vazirning o'g'li bilan malikani baquvvat navkarlar himoyasida otasining yurtiga kuzatib qo'yibdi. Ular bir hafta yo'l yurishibdi. Bir kuni tahorat olgani chiqqan vazirning o'g'li chodirning ichida o'tirgan malikaga ko'zi tushib, unga oshiq bo'lib qolibdi. Shu zahotiyoq niyati buzilib, kunni ming azobda kech qilibdi. Oqshom chog'i ular qo'nalg'aga qo'nishgach, malikaga odam qo'yibdi.
Malika: — Ikki bolam bor, ularning yuziga oyoq qo'yib nomusimni bulg'amayman, — debdi. Vazirning o'g'li bu kunni g'am bilan o'tkazib, keyingi qo'nalg'aga borganlarida kechasi malikaning chodiriga kiribdi. Malika ikki o'g'lini ikki yoniga olib yotgan ekan. U vazirning o'g'lining talabiga ko'nmagach, to'ng'ich o'g'lini bo'g'izlab o'ldiribdi. Yana qiyin qistovga olsa ham malika unamabdi. Vazirning o'g'li uning ikkinchi o'g'lini ham o'ldiribdi, malika hasrat o'tida yonib, oxiri bunday deb so'z beribdi:
— Bugun men tunni ikki o'g'limning motami bilan o'tkazay, ertaga sizning ixtiyoringizga o'tay.
Vazirning o'g'li chorasiz qolib, «ma'qul» deb, qaytib chiqib uyquga ketibdi. Malika ikki o'g'lini chodirning ichiga ko'mib, o'zi erkakcha kiyinib qochibdi. Vazirning o'g'li uyg'onib chodirga odam kiritsa, malika yo'q. Navkarlari bilan uni har qancha izlasa ham topa olmay, oxiri shahzodaning huzuriga qaytib:
— Sizning xotiningiz bir kechasi bizni uxlatib qo'yib, ikki o'g'li bilan yo'qolib qoldi. Har qancha izlasak ham topa olmadik, — debdi.
Shahzoda bu gapga ishonmay, qizni izlash taraddudiga tushibdi. Yana unga vazirning o'g'li hamroh bo'libdi. Shahzoda qizning otasi yashab turgan shaharning nomini eslab, uni so'rab-so'roqlab topib borgunicha oradan ancha vaqtlar o'tibdi. Nihoyat qizning otasi yashab turgan shaharni topib borib, bo'lgan voqealarni gapirib beribdi. Hammalari yig'i-sig'i qilganlaridan keyin, ovqatlangani o'tirishibdi. Qiz ham qochib kelib, otasining podachisiga uchrabdi. Oti bilan erkakcha libosini podachiga yechib berib, o'zi podachining liboslarini kiyib, uni ozod qilib yuboribdi. Otasiga sezdirmay poda boqib yurgan ekan, otasi unga ziyofat uchun bir qo'y keltirishni buyuribdi. Qizning otasi shu kungi ziyofatga podshoni, domlani chaqirgan ekan. Bazm rosa qiziganida o'tirganlar ertak talab qilishibdi. Na boydan, na podshodan bir ertak chiqmabdi. Ziyofatda pishir-tushirga qarashib yurgan podachi suratidagi qiz buni ko'rib:
— Shohimiz ma'qul ko'rsalar, men bir ertak aytib bersam, — debdi.
— Mayli, ayta qol, eshitib ko'raylik, — debdi podsho.
— Eshitganimni aytaymi, ko'rganimnimi? — debdi malika.
— Ko'rganingni ayt.
Malika boshidan o'tgan savdolarni ayta boshlabdi. So'z savdogarga yetganda, savdogar o'z ko'nglida «menga o'xshagan yana boshqa birov shundoq qilgan ekan shekilli», deb o'ylabdi. Domla ham, vazirning o'g'li ham, shahzoda ham shundoq deb o'ylashibdi. Oxirida qiz o'zini oshkor qilgan ekan, podsho vazirning o'g'li bilan domlani dorga osishga hukm qilibdi.
|
|
| |