Internetdagi tanishuv!
|
|
MASTER | Date: Yakshanba, 16-Mar-2008, 20:36 | Message # 1 |
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7372
Status:
| Bir kunim yo'qki yig'lamay o'tkizsam.. Xar kuni ko'p martalab o'zimni o'ldirish haqida o'ylab o'tkizaman.. Hayotim umuman meni qiziqtirmaydi.. Xar soatda o'limni orzu qilaman.. Qaniydi umuman tug'ulmaganimda va umuman bu dunyoni bilmaganimda.. Mening boshlanishim judayam kam bo'lgan dugonalarimdan biri bilan edi.. Bir kuni meni uyiga taklif qildi.. U internetdan ko'p foydalanuvchilardan edi.. Bu olamni bilishlikka rag'batimni oshirishlikda asar bo'ldi.. Menga qanday ishlatilishini o'rgatdi.. Va hamma narsa taqriban ikki oy davomida edi.. Uni ko'p ziyorat qiladigan bo'ldim.. Undan CHATning hamma shakllarini o'rgandim.. Undan yangi saytlar qidirish turlarini internet "varaqlash"ni o'rgandim.. Shu ikki oy ichida erim bilan judayam yaxshi muomalada bo'lar edim uyga internet kirigazishlik maqsadida.. U bu masalaga teskari edi.. Hatto judayam qattiq malollanishni sezayotganim bilan to'ydirib yubordim..Biz ahli oilamdan uzoqda yashaymiz.. Hamma dugonalarim internetdan foydalanishlarini aytib talashdim.. U orqali dugonalarim bilan gaplashishimni uni telfon abonentidan arzon ekanligini ro'kach qildim.. Erim rozi bo'ldi.. Qaniydi unday qilmasa.. Xar kuni dugonalarim bilan gaplshadigan bo'ldim.. Shundan so'ng erim mendan hech qanday talablar ham shikoyatlar ham eshitmaydigan bo'ldi.. Ta'n olaman u mening shikoyat-u bezovta qilishlarimning ko'pidan qutuldi.. Xar doim uydan chiqib ketishi bilan jinnidek ehtiros ila kompyuterga yuzlanadigan bo'ldim.. Uzun soatlarni o'tirib o'tkiza boshladim.. Ko'p vaqt uydan tashqarida bo'lishligini orzu qiladigan bo'lib qoldim.. Holbuki avvallari uydan chiqib ketganiga ozgina bo'lgan bo'lsa ham uni sog'inardim.. Men erimni hamma tomonlama yaxshi ko'raman.. U men uchun hech narsani ayamaydi.. Hattoki moddiy taraflama opa-singillarim dugonalarim kabi juda yaxshi bo'lmasa ham.. Mubolag'asiz u qanday yo'l bilan bo'lsa ham menga yordam qilishni istardi.. Kunlar o'tishi bilan internet menga ko'pdan ko'p yordam berayotganini ko'rdim.. Hattoki oila ahlimning oldiga borishga ham qiziqmay qo'ydim.. Avvallari har ikki haftada safar qilardik mening va uning oliasini ko'rish uchun.. Xar safar uyga kirganda birdaniga imkonim boricha tezlik bilan hamma narsani o'chirib qo'yishim uni meni kuzatishga chorladi.. U qarshi emasdi.. balki u meni internetda nima qilishimni ko'rishni istardi.. Balkim unda qiziqish bo'lgandir.. balki rashkdir.. bir kuni yashirishga ulgura olmay qolganim bir ovozli gaplashuvni ko'rgandi.. Shundan so'ng meni kuzatar va : "internet o'rganishlik uchun keng jurnal, vaqt ketkazish emas" derdi. Kunlar o'tar meni chat orqali fitnalarni ko'paytirar edim.. Bolalar tarbiyasini xizmatchi ayolga topshirib qo'ygandim...
Davomi bor...
|
|
| |
MASTER | Date: Yakshanba, 16-Mar-2008, 20:39 | Message # 2 |
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7372
Status:
| Qachon qaytishini bilardim va qaytish vaqtidan ozgina oldin kompyuterni o'chirib qo'yardim.. Shu bilan birga unga judayam e'tiborsiz beparvo bo'lib qoldim.. Avvallari eng chiroyli shaklda bo'lardim.. Ishdan qaytishiga eng go'zal bo'lib ziynatlanardim.. Internetda so'ng bu holat so'na boshladi hatto butunlay yo'qolib ketdi.. Internetga ehtiros bilan qattiq bog'lanib qolgandim... Xattoki uhlaganidan ozgina o'tiboq kompyuter oldiga ketar va turishidan ozgina oldin qaytar edim.. Balkim internetda qilayotganlarimning hammasi vaqtimni bekorchi sarflashdan boshqa narsa emasligini mulohaza qilgandirman.. Lekin oilamdan keyin eng ko'p foydalanadiganim internet edi.. Bolalarga ahamiyat bermasligimdan siqilardi.. O'zimni yig'lagan ko'rsatardim.. "Siz hech narsa bilamysiz uyda yo'q bo'lganingizda nimalar bo'lishidan umuman xabaringiz yo'q" men faqat ularni o'ylayman ular uchun harakat qilaman lekin ular meni charchatishadi" der edim.. Hamma narsaga befarq be e'tibor bo'ldim.. Hatto erimga ham.. Oldin uydan tashqarida bo'lgan vaqtlarida faqatgina ovozini eshitishlik uchun o'n martalab telfon qilardim unga.. Internetdan keyin esa uyga zarur bo'lgan judayam nodir kamchiliklardan boshqa narsa uchun ovozimni eshitmaydigan bo'ldi.. Internet men uchun oilamdan muhimroq zarurroq narsaga aylandi.. Olti oy shu ahvolda o'tdi.. Ayol yoki erkak ekanligini bilmaydilgan ko'p ismlar bilan aloqa o'rnatdim.. Chat orqali kim menga gapirsa shu bilan gaplashib ketaverardim.. Xattoki men bilan gaplashayotgan inson erkak ekanligini bilsam ham gaplashaverardim.. Xatto bir shxsga kattaroq shaklda "ko'rindim". Gap so'zlari, latifalarini sevdim.. Huddi eritilgan yog' kabi edi.. Kun sayin oramizdagi aloqa kuchaya boshladi.. Bu kunlik aloqa taqriban uch oy ichida tuzildi.. Meni asaldek shirin so'zlari girdobiga oldi.. Sevgi va shavq so'zlari... Balkim uning so'zlari bu darajada go'zal bo'lmagandir.. Lekin shayton mening ko'zimga bundanda go'zal qilib ko'rsatardi..Hamma suhbatlarimiz faqat yozuv orqali edi...
|
|
| |
MASTER | Date: Yakshanba, 16-Mar-2008, 20:40 | Message # 3 |
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7372
Status:
| Kunlardan bir kun ovozimni eshitishlikni talab qildi.. Rad etdim.. Bu talabiga qamab oldi.. Meni tark etishi chat va e mailda nazar pisand qilmasligini aytib qo'rqitdi... Bu talabga qarshilik qilishga ko'p harakat qildim qo'limdan kelmadi... Bilmadim nega... Hatto ba'zi shartlar bilan rozi bo'ldim.. Faqat bir martagina gaplashishlikni aytdim.. Ovozda gaplashishlik dasturidan foydalandik.. Bu dastur unchalik yaxshi emasdi.. Lekin uning ovozi judayam chiroyli gaplari judayam yoqimli edi.. Menga: "ovozing internet orqali aniq emas" .. telfon raqamingni ber" dedi. Buni rad etdim.. Jasoratidan ajablandim.. Uzoq muddatgacha u bilan gaplashishga botinolmadim.. Alloh haqqi bilar edim shayton uning ovozini mening nafsim uchun chiroyli ko'rsatayotgan va iffat din va ahloqdan menda nimalar qolgan bo'lsa shularni sochib yuborayotgan edi.. Hatto u bilan telefon orqali gaplashgan kunim kelgunicha.. Va shu yerdan hayotim chetga chiqa boshladi... Judayam buzilib ketdim.... Huddi bir jasaddek bo'lib qoldik.. Ham telefon orqli gaplashib ham chatdan gaplashib o'tirardik... Gapni ko'paytirmayman.. Bu qissamni kim o'qisa ham erim meni haqqimda umuman befarq.. yoki judayam ko'p vaqtini uydan tashqarida o'tkizadigan inson deb his etadi.. Lekin buning aksi.. To'g'risi u ishdan chiqib do'stlarinikiga ko'p ham boravermas edi meni va bolalrimni deb.... Kunlar o'tishi bilan internetga bog'langanimdan so'ng u bilan o'tkizadigan vaqtim 8 dan 12 soatgacha edi bir kunda.. Keyin uyda uni ko'rishlikni yomon ko'ra boshladim.. Buning uchun uni ko'p nadomat qila boshladim.. Hech qachon tugashni istamaydigan qarzlarimizdan qutulishimiz uchun uni kechqurunlari ishlashlikka chorladim.... Fe'lan so'zimga quloq tutdi... Va do'stlaridan birining kichkina qonuniy ishxonasiga sherik bo'lib ishga kirdi.. Shundan so'ng.. Internetda o'tkizadigan vaqtim ko'paygandan ko'paydi,, Do'stim bilan aloqalarim o'zgara boshladi.. Bir necha marotaba ovozimni eshitganidan so'ng o'zimni ko'rishlikni talab eta boshladi.. Balki meni zeriktirib yubordi.. Unga ko'p qarshilik ko'rsatmas yoki telefon orqali aloqalarni uzishlikka harakat qilmas edim.. Balki bu talabi uchun uni ayblar edim.. Balki uni ko'rishlikni undan ko'p intilar edim.. Lekin men undan dimog'dorlik bilan kibrlanardim.. Hech narsa.. Faqatgina qo'rqayotgandim.. Kundan kunga talabini kuchaytirib borardi.. Faqatgina meni ko'rishni istardi undan ortiq hech narsa... Birinchi va oxirgisi mana shu bo'lishligi sharti bilan qabul qildim talabini.. Va'dalashib oldik keyin bozorlardan birida uchrashdik shayton uchinchimiz edi... Haqiqatda birinchi ko'rinishdan meni ajablantirdi.. Balki shayton uni ko'zimga ziynatladi.. Erim hunuk emas.. Lekin shayton haromni ziynatlaydi... Yozishuvlarimizda davom etdik... Shundan keyin uning men bilan aloqasi kuchaya boshladi.. Meni turmushga chiqqanimni... Bolalar onasi ekanligimni bilmasdi.. Undan keyin ko'p martalab meni ko'rdi... Men haqimda hamma narsalarni bildi.. Menga erimni yomon ko'risatishga harakat qildi.. Unga turmushga chiqishligim uchun erimdan taloq olishimni taklif qildi.. Erimni yomon ko'ra boshladim.. Meni taloq qilishi uchun xar kuni muammolar o'ylab chiqara boshladim.. U bunday ahamiyatsiz muammolarga e'tibor bermaslikka harakat qildi.. Ko'p vaqt uyda bo'lmaslikno odat qildi.. Hatto halokat yuz berguncha...........
Davomi bor...
|
|
| |
MASTER | Date: Yakshanba, 16-Mar-2008, 20:56 | Message # 4 |
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7372
Status:
| Ho'jayinim besh kun muddatiga ish safariga ketayotganini aytdi.. Farzandlarim bilan oilam oldiga borib turishlikni taklif etdi.. Mana shu judayam munosib vaqt ekanligini his etdim.. Ahli oilamga borishlikdan bosh tortdim.. U bunga rozi bo'ldi va jum'a kuni safarga ketdi.. Yakshanba kuniga va'dalashilgan edi.. Shayton bilan bozorlardan biridagi bir makonda uchrashishlikka kelishib oldim.. Mashinasiga mindim keyin ko'chalarning chetidan yurib keta boshladi.. Hayotimda birinchi marta begona erkak bilan chiqayotgan edim.. Menimcha u mendan ko'ra ko'proq havotirda edi.. Unga: "Uydan chiqqan vaqtim cho'zilib ketishini hohlamayman, biror narsa bo'lib qolishi yoki erim telfon qilib qolishidan qo'rqaman" dedim. Menga: Agar ering bilsa,, balkim taloq qilar shunda undan qutularding" dedi. Gaplari, ovozi menga yoqmayotgandi. Havotirim kuchaya boshladi.. Ko'p ham uzoqqa ketmasliging kerak uyga kech qolishni istamayman dedim unga.. Yon-atrof so'zlar bilan meni band eta boshladi.. Va birdan men bilmaydigan bir joyda.. Qo'rqinchli dala yoki dachaga o'xshardi... Unga baqira boshladim: "bu qanday joy meni qayerga olib ketayapsan deya. U bir necha soniyalardan boshqasi emasdi..... Mashina to'htaydi.. Va boshqa bir kishi eshikni ochib meni quvvat bilan mashinadan chiqazadi.. Uchinchisi dacha ichida... To'rtinchisini o'tirgan holda ko'rdim.. Va u yerdan kelayotgan g'alati hidlar........... Hamma narsa menga chaqmoq chaqqanday tushayotgandi... Baqirdim, yig'ladim, ularga hayrihohlik qildim... Qo'rquvning kuchliligidan atrofimda nima bo'layotganini tushunmayotgandim.. Yuzimga tushgan shapaloqni, menga baqirayotgan qandaydir ovozni his etdim.. Qo'rquv kuchidan aqlimni yo'qotgan zilzila bo'ldi.. Nima bo'lgan bo'lsa bo'ldi...
Davomi bor
|
|
| |
BAXOR | Date: Payshanba, 18-Avg-2011, 06:44 | Message # 5 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
| Meni qattiq qo'rquv egallab oldi.. Yig'idan to'xtay olmayotgandim... Ko'zlarimni boylashdi.. Mashinaga ko'tarib olishdi.. Va meni uyga yaqin bir joyga tashlab ketishdi.. Uyga tezlik bilan kirdim.. Ko'z yoshlarim qurib bitguncha tinmay yig'layverdim.. Xonamga qamalib oldim.. Bolalarimni ko'rmadim.. Og'zimga bir luqma ham kirmasdi.. O'zimni yomon ko'rdim.. O'zimni o'ldirishga harakat qildim.. Farzandlarimni tanimas.. Bor ekanliklarini sezmasdim ham.. Ho'jayinim safardan qaytdi.. Ahvolim quvvat bilan shifoxonaga olib borish darajasida judayam yomon edi.. Menga tinchlantiruvchi quvvatlantiruvchi dorilar berishdi.. Erimdan eng tez vaqt ichida oilam oldiga olib borishligini talab qildim.. Ko'p yig'lardim.. Oilamdagilar hech narsani bilishmaydi.. Men va erim orasida qandaydir muammo bor deb o'ylashayotgandi.. Otam u bilan kelishib olishga harakat qildi.. Lekin hech qanday natijaga erisha olmadi.. Chunki aslida uning o'zi ham hech narsani bilmaydi.. Hech kim mening yechimimni bilmasdi.. Hattoki oilamdagilar ba'zi qorilarga olib borishdi.. Meni kasal deb o'ylab.. Afsuski... Men ho'jayinim uchun hech qachon mos emasman.. Shuning uchun undan taloq qilishini so'radim.. Alloh haqqi faqatgina uning xurmati uchun.. Ahir men sharafli insonlar orasida yashashga mutlaqo haqli emasman.. Men qo'llarim bilan o'z qabrimni kovladim... Va do'stim (chat) hech kim emasdi.. Chatdan foydalanuvchi qizlarning ovchisidan boshqa.. Erim mening ahvolim uchun kuyundi.. Bir necha kun menga yaqin bo'lishlik uchun ishdan chetlashdi.. Menga taloq berishdan bosh tortdi.. Bechora meni sevardi... Oila uy-joy xosil qilgncha ko'p charchadi.. Uni buzishni istamasdi.. Sirimni ko'ksimda yashirdim.. Har kuni qahrimga qahr ortib boradi.. Yoki o'sha jirkanchlarning jirkanchliligi meni kasal etdi.. Qanday qilib meni jasadimdan hohlaganlaricha foydalanuvchi aroq ichish, narkotik chekish kabilar bilan kun o'tkazuvchi bekorchilar uchun ahlat chuquri bo'lay...... Qanchalar ahmoq edim... Qanday qilib necha necha oylar vaqtimni iffatimni haqli bo'lmagan ablahlar uchun sarf etdim... Va mana men kasallik g'am to'shagidan shi qissani yozayapman.... Qaniydi u o'lim to'shagi bo'lsa...
Qizlar OGOH bo'linglar!!!
|
|
| |
BAXOR | Date: Payshanba, 18-Avg-2011, 06:54 | Message # 6 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
|
ҲАЁТНИНГ ЁЗИЛМАГАН ҚОНУНИ Зебонинг боши қотди. Ёши бир жойга бориб қолганда, қуда-андали, набирали одамларнинг бир-бирларига бундай терс бўлиб юришлари қаддини эгди. Айниқса, уйда келиннинг олдида кўп ҳижолат тортади. Ахир, бу ёшларга уйда қайнота-қайнона ибрат бўлмаса, уларга қандай қилиб насиҳат қилади, билмаганини ўргатади?
Тобора чигаллашиб бораётган тақдир ипи Зебонинг юрагини тимдалади. "қўшнига айтсанг гап, айтмасанг дард", деганларидай, ўрталаридаги совуқ муносабат ҳақида бировга сездирмади. қаноат қилди. Эрига инсоф тилади. Илгари бир-бирларидан аччиқланган пайтларида ўрталаридаги гина-кудурат уч кундан кўпга чўзилмасди. Кўпроқ эрининг инжиқлиги орқасидан келиб чиққани учун аразни биринчи бўлиб ўзи ёзиб юборарди. Бу сафар ҳам Зебо шуни кутди. Бироқ, Баҳромдан сас чиқмади. Унинг қовоқ уйиб юриши, сал нарсага жиғибийрон бўлиб, фарзандларини койийвериши, калтакнинг бир учи Зебога ҳам тегиши алам қилди. Юрак ютиб у билан рўбарў бўлгиси келди. Бироқ, Баҳромнинг важоҳатини кўриб, ёнига яқинлашмади. Ахир, у билан ўрталарида жанжал чиққундай бирор важ бўлгани йўқ-ку! Айби нима? Зебо шуларни ўйлаб, ўйига етолмади. Агар жанжал кўтарса, ундан хафа бўлса, Зебо учун баҳона бор эди. Лекин келини, бўй етган фарзандларининг олдида буни ўзига эп кўрмади. "Эркак киши кўчанинг одами", деди-да, арқонни узун ташлади. ... Ўшанда кечки таомдан сўнг суҳбатлашиб ўтиришганди.
Набирасининг ширин қилиқларидан завқланиб, уни гапга солишди. Шу пайт Баҳромнинг қўл телефони жиринглади. У ўрнидан туриб, даҳлизга чиқиб гаплашди. - Ким экан? - деди Зебо юрагига ғулғула тушиб. - Кундошингиз.., - кулди Баҳром, билса ҳазил, билмаса чин қилиб. - Телефонни бермабсиз-да, мен ҳам саломлашиб қўярдим, - Зебо ҳам буни жиддий қабул қилмади. - Ростданми, ҳалиям бўлса улаб бераман, танишиб оласизлар. Дугонами ёки опа-сингил бўлиб олардинглар, нима дедингиз? - Яхши бўларди. Биргалашиб набира боқардик... Зебо эрининг ҳазиломуз гапларини кўп эшитгани учун парво қилмай, бемалол "кундош"ни қабул қилди. Бироздан сўнг яна телефон жиринглади. Бу сафар Баҳром энди у аёлни Зебо билан гаплаштиришга уринди. - Опангиз сиз билан гаплашмоқчи, мана, беряпман, - дейиши билан телефон узилиб қолди. Орадан ярим соат ўтар-ўтмас телефон такрор жиринглади. Баҳром тиззасида ўйнаб ўтирган болани ерга ўтқазди-да, ташқаридаги йўлакка чиқди. Шундан кейин Зебони шубҳа-гумонлар ўради. Кейин эрининг ортидан чиқиб, секин қулоқ тутди. Бу сафар аёлнинг овози аниқ-тиниқ кела бошлади. Зебо шаҳд билан телефонни эрининг қўлидан тортиб олди.
- Сизга телефонимга пул тушириб қўйинг, дегандим-ку, - аёл кишининг қаҳрли овози эшитилди телефондан. Баҳром Зебонинг қўлини қайириб бўлса ҳам телефонни олишга ҳаракат қилди. "Сен ким бўласан?.." - деяётган Зебонинг гапи оғзида қолди. Зебонинг кўзидан аччиқ ёш сизди. Эрига норози қиёфада қаради. Баҳромнинг юзи докадек оқариб кетганди. Шу пайт ҳеч нарсадан хабари йўқ келин уйга кириб келди-ю, вазият ўзгарди. Лекин Зебо анчагача ички титроқдан ўзига келолмади. Токчада турган дорисидан ичди. Лекин телефондаги нотаниш аёлнинг қаҳрли овози қулоғи остидан кетмади... "Шунча йил рўзғор қилибман-у, бирор марта ундан устун келиб, буйруқ оҳангида уни олиб беринг, буни олиб беринг деб айтмабман-а!" - дея алам қилди Зебога. Уй, оила, бола-чақадан ортиниб, рўзғорга ҳарна ёрдам деб, бир ишнинг бошини тутиб, уни авайлаб, етган жойи шу бўлдими? Зебо сўнгсиз ўйлар исканжасида қолди. "қўрққан олдин мушт кўтарар" деганларидай Баҳромнинг қўрслиги, терслиги-чи, яна. Энди Зебо ҳам тўнини тескари кийди. Эри билан умуман иши бўлмай қолди. Лекин унинг ки-йим-кечаги, парваришини келини, қизи орқали қилдириб юрди. Назаридан четда қолдириб юборишга кўнгли чидамади бари бир... Энди Баҳром аёлининг тунд қиёфасини кўриб, аразини ёзишга ҳаракат қила бошлади. Бироқ Зебо сир бой бермади, балки: " -Дадангга айтиб қўй, мен учун овора бўлмасин", - деди бор гапдан хабар топган ўғли Мансурга. - қўйинг энди, ойи, бўлиб ўтган ўша кунги гапларни унутишга ҳаракат қилинг. Дадамни бир сафар кечиринг... Бу дилхираликдан сўнг Баҳром ўғлини ёнига чақириб, гап бошлади: - Ўғлим, сен мени тўғри тушун. Шу ёшимдаги бундай қилмишим ёш боланинг иши. Фақат онанг мени ҳалиям яхши кўрадими, йўқми, синаб кўрмоқчи эдим. Бу атайлаб уюштирилган эди, холос...
...Шу кундан бошлаб болалар ота-онасини яраштиришга уринишди. Бўлмади. Шундай қилиб, иккаласининг ҳам ғурури бир-бириникидан устун келди. "Мендан ўтди, ди- лингга озор бериб қўйдим, кел, энди кўп диққат бўлаверма", - деб Баҳром узр сўрамади. "Хўп, дадаси, қалтис ҳазилингиз бор бўлсин, қайтиб бундай қилманг", - деб Зебо айтмади. Афсуски, ҳаётнинг ёзилмаган қонунлари борки, бу инсоннинг ғурури билан ҳисоблашмайди. "Эр бермоқ - жон бермоқ", деб бежиз айтишмаган. Гарчи Баҳром Зебога хиёнат қилмаган бўлса ҳам у ич-ичидан эзилаверди. Сиртига чиқармагани билан дард оширди. Туппа-тузук юрган одам бир кунда ётиб қолди. қон босими кўтарилиб кетди. Болалари зир югуриб "Тез ёрдам" чақиришди.
Шифокор зарур муолажаларни қилди-ю, бир неча кун ўрнидан қимирламай ётишни тайинлади. Баҳром эндигина ишга етиб борганди. Бирдан қўл телефони жиринглади. - Дада, бу мен, Мансурман, - деди бироз ваҳимада. - Нима гап, ўғлим?.. - Ойим касал бўлиб қолди. Ҳозир доктор чақириб, кўрсатдим. - Ие, қандай қилиб? Ахир, эрталаб ҳам ишга кетишга тайёргарлик кўриб турганди-ку?! - деди хавотирланиб. - Ҳа... қўққисдан, қон босими ошиб... - Ҳозир бораман, ўғлим, ҳозир... Баҳромни қора тер босди. Ўзини-ўзи койиди. Раҳбарига бор гапни тушунтириб, тез уйига йўл олди. ... Зебо кўзларини ҳиёл очган эди, эри кўзларида ёш билан унинг юзларини силаб, кечирим сўраб ўтирибди: " - Мени кечир, Зебо..." Туйқус Зебонинг кўзларида ҳам ёш айланди. Негадир эрига нисбатан меҳри жўшиб кетди.
У эрининг қўлларини маҳкам ушлади. Шунда Баҳром ўзида дадиллик сезди ва аёли то соғайиб кетгунича ёнидан жилмади. Зебонинг сўна бошлаган қалби эрининг муҳаббати туфайли яна кундай ёриша бошлади...
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 17-Fev-2013, 02:27 | Message # 7 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Netda tanishib uchrashgan aka-singil Virtual muloqotlar, qizlar bilan tanishish, sinovidan o'tmaganlari bilan behayo suhbatlar qurish jon-u dili edi. Toki bir voqea uning hayotida chuqur iz qoldirmagunicha. Xullas, u internetda taniqli aktrisalardan birining suratlarini qo'yib olib, "Guli" degan ismda profil ochgan qiz bilan tanishib qoldi. Uning ham saytdagi ismi boshqa edi. Bir-ikki gaplashganlaridan keyin qizni uchrashuvga taklif qildi. Aytilgan vaqtda, aytilgan joyda o'tirgan yigitning diqqatini uzoqdan köringan qiz öziga tortdi. Uchrashuv joyiga... uning singlisi kelardi... Qiz ham uni ko'rib qoldi... Yigit tiligacha muzlab ketdi... Saytda gaplashganlarida unga aytilgan behayo takliflari, qizning sharmisora javoblari... Shundan beri saytlarga yo'lamaydi... Singlisining esa yuziga ham qaragisi kelmaydi... O'sha "uchrashuv"dan keyin uni qattiq do'pposladi, qo'lidan telefonini olib qo'ygan... Lekin yuragini qandaydir iztirob kemirgani kemirgan... U doim bir narsani öylaydi: "Men singlim bilan tanishgan nechanchi yigit ekanman-a?..."
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 23-Mar-2013, 01:39 | Message # 8 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Бу вокеага якинда роппа -роса бир йил булар экан, дея гап бошлади Султон исмли кахрамонимиз. Ушанда ёшим йигирма саккизда эди. Мен одатдагидай ишга шошилиб турдим. Хатто аёлим тайёрлаган эрталабки чойни ичмай: -Нилуш хафа булма, ишга кеч коляпман. Тагин хамкасбларим, «Рахбаримиз булиб кеч келади» деб карашларини хохламайман… Аёлим огироёк. Ойимларни хай -хайлашлариг а карамай сахарлаб туради. Уйдагилар дастурхон атрофига йигилгунича эрталабки чойни тайёрлайди. Ойимлар билан дарвозахонага чикиб, йулим хатарсиз булиши учун кулини дуога очади. Хуллас Худога шукрки, оиламдан кунглим хотиржам… Ишим эса реклама хизматлари билан боглик. Икки йилдан бери реклама агентлигида бошкарувчи лавозимида иш юритаман. Шунинг учун рулда булсам хам, хаёлан олинган буюртмаларимга ранг бераман. Хамкорларим шартнома тузишса, нималар дейишимни уйлайман, кискаси кандай килиб офисга етиб келганимни сезмайман. Хонамга киргач одатдагидай шахсий компьютеримни интернетга улаб, «Mail Agent» программасини очдим. «Сизга хат». Яна буюртмани кабул килдим. Кун буйи телефон жиринглайди, интернетдан реклама дизайни учун расмлар карайман, тайёр буюртмаларнинг камчиликларни айтаман, вакти келганда асабийлашиб, соат олти булганини сезмай чарчайман… Офисда кадам товушлари камайгач, «Мой мир»га кирадим. Келган хатларга жавоб бериб булгач, «Мои гости» сахифасини очдим. Сахифа очилиши билан, «Qaysar_qiz» «nickname» сохибаси негадир диккатимни тортди. Мен хам иккиланмай унинг оламига ташриф буюрдим. Анкетадан йигирма уч ёшлиги курдим. «Коротко о себе» дарчасида: «Хамма билан самимий, очик булишга харакат киладиган оддий кизман. Аммо узимдаги барча хиссий, инсоний фазилатларни мужассамлаштирган холда сизга сирли туюлишим мумкин…». Беркитмайман, бу сузларни мени бефарк колдирмади. «Фото со мной» папкасини очишга шошилдим. Кош-кузлари кора, истарали, кулгичлари узига ярашган кизалок компьютердан менга жилмайиб турарди. Ишонасизми шу тарика канча вакт утирганимни билмайман. Астафируллох дейман узимга-узим, интернетдаги севгига ишонмасдинг-ку, булмасам бу ерда канчадан -канча кизларни курганман. «Qaysar_qiz» нимаси билан мени узига тортаётган экан ? Ёки истаралилигими ? Уйда гулдай аёлим кутиб утирганида, хаёлларим бир тарафдан узимга кулгилидай туюлди. Коровул билан хайрлашиб машинамга утирдим. Йулда кетяпман -ку, хаёлларим уша кизда. У билан куришмаган, гаплашмаган булсам нимасини уйлайман ? Хозир нима килаётган экан ? Соат хам, алламахал булиб колган. Ухлаяпти, эртага укишга боради. Кизика, ернинг кайсидир бурчагида бир инсон, сиз хакингизда уйлайдию, сиз эса хеч нарсани хис килмайсиз… Хаёллар хам кизик. Мен канчалар уни уйламай десам, янада купрок унга богланаётганимн и сездим. Эртаси куни интернетга кириб «Mail Agent» программасини очдим. «Qaysar_qiz» «onlayn»да утирган экан. Сирли кизга ёзишни бошладим. Аммо хаммаси шунчалик жиддий тус олиб кетишини хаёлимгаям келтирмаганман. Салом-аликдан сунг: -Балки якиндан танишармиз?-дедим мен. -Майли, факат бир -биримизга сирли буламиз. -Нимага сирли ? -Канчалик сирли булсангиз, шунчалик инсонни кизиктирасиз. Кейин интернетда кузим кузизга тушмайди. Муносабатларнинг хаммаси хаёлий. -Исмингиз нима? -Узини «овотти» деб уйламангу, сир була колсин. -Майли, унда исмингиз вактинчалик «Ча» була колсин. -Нимага «Ча» ? -«Ча» хамма нарсага «ча» кушимчасини кушсангиз, уша айтаётган нарсангизни кичкинаси булади. Мен хам сизни каттамас, кичкинарок тасаввур киламан,-деб хазиллашдим. -Мен кичкина эмас, катта булсамчи ? Унда канака исм куясиз ? -Хоп, унда сизни опоки дейман буладими ? -Вой, кичкина опокила хам булади. Сизга коил, мантикан, сухбатдошингизн и сирли булишига карамай, сузидан ушламокчимисиз ? Жуда хам шаддод экансиз -ку. -Исмим Рухсора, танишганимдан хурсандман :) Биринчи сухбатимиз ана шундай кизик хазиллар билан бошланганди. Бора -бора унга урганиб колдим. Рухсоранинг ташки гузаллигиданам, ички олами мени кундан -кунга хайратга соларди. Гап-сузлари, дунё карашининг кенглиги. Оллохга булган мухаббати, самимий тилаклари, дуо килиши хамма-хаммаси…Энди хонамда соатлаб уни «onlayn» булишини кута, тушликни хам эсдан чикарардим. Уйга машинада кетаётиб, иш билан «параллельно» Рухсорани уйлайман. Лекин виждоним икки ут орасида кийналарди. Оилали инсонман. Аёлим огироёк. Нилушга бор мехримни берсам -да, кузига карашга кийналардим. Рухсорани эса бундан хабари йук. Уни хам менга бефарк эмаслигини сезганман. Аммо Рухсорани йукотиб куйишдан жуда-жуда куркардим. Бир куни иккимизнинг сухбатимиз учун янги номер олдим. Иккита кул телефоним булса, бири чунтагимда турарди. Иккинчисини эса, компьютер колонкалари ёнига куйиб куярдим. Сабаби Рухсорадан смс келса, колонкалардан «помех» кетарди. Шунда юрагимнинг уриш пульсини, бармокларимгача хис килардим. Чунки «Рухсорадан смс келяпти»… Бир хафта, мени хаётимни тубдан узгартириб юборди. Ёшим ундан катта булсада, сухбат оркали Рухсорадан куп нарсаларни ургандим…Кейин учрашувга таклиф килдим. Бошида рад этди. Аммо юрагимдаги мухаббатим рост эканлиги, хеч булмаса бир бора куришишимизни илтимос кила кундирдим. Биз учрашдик. Хаётдаги Рухсора расмдаги Рухсорага ухшамасди. У хаётда чиройлирок экан. Кузимиз -кузимизга тушганда хаяжонланиб кетсакда, бир -биримизга бирдирмасликка харакат килардик. Кафега кирганимизда хам мендан кура у куп гапирар, харакатларини, кош чимиришини томоша кила жилмаярдим. Куриниши жиддий булгани билан, жуда шух ва шаддод киз эди. Энди биз тез -тез учрашардик. Куз фасли булгани учун бир зумда кеч тушади. У билан бирга булсам хамма нарсани эсдан чикарардим. Катта шахарни кечгача бирга айланиб, хазиллаша, бакириб кулардик…Бу бахт узокка чузилмаслигини билсамда, хакикатни очиш вакти хали келмади деб нотугри уйлаган эканман… Офисда мажлисни тугатиб, ташкаига чикдим. Кул телефоним жиринглади. Карасам Ойимлар! «Углим табриклайман, кизли булдинг…»
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 23-Mar-2013, 01:40 | Message # 9 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| davomi
Хурсандлигимдан кандай килиб югуриб машинага утирганиму, гул олганимни билмайман. Тезлик билан касалхонага етиб бордим. Палата эшигини очганимда Нилуш хам, хамшира киз хам, кириб келганимни сезишмади. Уларнинг сухбати авжида экан: -Султон акамлар киз тугилса, исмини Рухсора куямиз деганлар…Ия ана узлари хам келдилар -ку… Кулимдаги гулни караватнинг бир четига куйиб кизимга кардим. Кизим, менинг кизим! Нилушнинг кулларида ухлаб ётган жажжигина чакалокнинг кулларидан упдим. Кизим ширин ухлаб ётарди. Кейин нимадир демокчи булиб, хамшира кизга юзландим. Юзландиму, ер устида турганим эсимдан чикиб кетди. Не куз билан карайки, каршимда Рухсора турар эди. Нигохларимиз тукнашди. Хаёлларим остин -устун булиб кетди. Рухсоранинг кузлари ёшга тулишни бошлаган булса-да, негадир узини йукотгани йук. «Сизларни холи колдираман», дея ташкарига отилди. Аёлим эса Рухсорани мактай бошлади. Кизим дунёга келаётганида бош шифокорга ёрдамлашгани, кули енгиллиги, албатта мен хам «рахмат» деб куйишим кераклигини айтди. Ичимдаги огрикни, кандай холатга тушганимни сизга сузлар билан таърифлаб бера олмайман… Касалхонадан чикиб кетаётиб, Рухсора утирадиган хонани топиб эшигини такиллатдим. Хеч ким жавоб бермагач, узим хонага кириб бурчакда йиглаб утирган Рухсорани куриб, шундайин галати холга тушдимки…у эса бошини кутармай, пичирлаб факат бир гапни кайтарарди «Илтимос кетинг…» …Эртаси куни эса почтамда шундай хат турарди: «Мени севасизми ? Унда аёлингизни кунглини олинг. Кизингиз Рухсорани гулдай устириб, бахтини куринг. Сиз узингиз муносиб мехрибон умр ёлдош топган экансиз. Уша куни ховликиб палатага кирганингизда, кузларингизда бахт, юрагингизда оталик туйгуси барк урарди. Сиз ота булдингиз! Худо сизларга фарзанд ато этди. Оллохим мархамат этган эканки, фарзандингизни дунёга келишини курдим. Кизингизни нозик бармокчаларини, кулчаларини упаётганингизда сизларга жудаям хавасим келди. Кейин менга юзланиб нимадир демокчи эканлигингиз эсимда, бирдан нигохларимиз тукнашди. Ичимдан «Сиз ?» деган садо отилиб чикмокчи булганида, узимни зурга ушладим. Сиз хайратлана менга тикилиб турардингиз. Аллакачонок узилган риштани сеза, кузим ёшга тулди. Мен кузимни юмишни истамадим. Ташкарига отилиб чикишни хохлардиму, узимни яна тийдим. Аёлингиз нигохларимизни сезмасин дея палатани аста тарк этдим. Хонамга етиб олгач, боядан бери томогимни занжирлаган огрикни куйиб юбордим. Мен йиглардим, туйиб йиглардим. Бу алам ва севинч ёшлари эди… Бошка сиз билан хатлашмайман, сиз хам хаммасини унутинг. Аёлингизни урнига узимни куйиб курдим. Качондир мен хам кимнингдир аёли буламан. Бу дунё кайтар дунё. Кайтишидан куркаман…Бахтли булинг Султон ака… » Бу киз инсонми ёки инсон киёфасига кирган фаришта ? Хакикатдан хам хаётда севги, мухаббат туйгулари узгача, аммо унданда масъулиятни хис этадиган оила ва фарзанд бор. Мен эса иккисини адаштира Рухсорани дилини огритдим. Минг огрик билан охирги хатимни унга ёлладим: «Кечир мени Рухсора. Нега такдир мени шундай синади ? Нега сени олдинрок учратмадим ? Биласанми сен билан танишганимдан сунг юрагимда сен…кучогимда эса аёлим буларди. Унга вафоли умр йулдош булишга, доимо кулиб туришга харакат килардим. Караб турардиму, ичимдаги огрикдан дод деб бакириб юборгим келарди…Гуё дилим тубида ухлаб ётган энг огир мухаббат тулкини хозир куз ёши билан ташкарига отилиб чикадию…Тамом! Хаётимни остин -устун килиб ташлаши хеч гап эмасдай. Эсингдами, шахар шовкинини согиниб, иккаламиз катта кучаларни кечгача айланардик. Сени жахлингни чикаришни жудаям ёктирардим. Кузларингга караб туймасдим. Бугун иш билан шахарда юрсам, хар бир бурчакдан сенинг овозинг келаётганга ухшади. Овозингни кумсаяпман. Ёлгиз колдим дегунча эса, хаёлимда тинмай сенинг суръатинг гавдаланаверади . Ёнимда тургандай буласан гуё. Каердандир шух овозингни эшитаман. Кузларинг, жилмайишинг…Ё Худо жинни булдимми дейман гохо. Ишон, телба булишнинг масофаси унчалик хам узок эмас экан… Юрагим биргина сени ширин сузингга канчалар талпинишини тасаввур эта олмайсан. Балки яна учрашармиз, армон булган мухаббатимизни такдирнинг буюрган синовларида яна эслармиз. Аммо унутма, сен мени хаётимни ёритган юлдузисан. Сен мени севишга ургатдинг. Биламан хозир йиглаяпсан. Шу сузларни яна бир бор такрорлашимга ижозат бер. Гузалгинам, эркатойим йиглама! Йигласанг, хидоят йулига бошловчи, Раббимиз учун ЙИГЛА…Илтимос мендан рози бул…» Биласизми, мен ушанда Рухсорани севсамда, аёлим билан кизимни калбини ярим килиб кета олмасдим. Менинг айбим билан мухаббат армонга айланди. Азоблана куз ёш тукан севги, аллакачонок жон берган булсада, Аллохдан бир ниятим ижобат булишини доимо сурардим. Эртага у турмушга чикади… шунда у борган кошона нурга тулишини жудаям хохлардим. …Кайси куниям укамнинг монтаж хонасига шошилиб кирдим. Стол устида ёйилиб турган суръатлар орасида, ок либос сохибасига кузим тушди. Маликасини кулида кутариб турган шахзода ва умр ёлдошига табссум хадя этаётган келинчак… У гузал кузларнинг ширин эгаси, Рухсора эди. Юрагим яна бошкача уришни бошлади. Рухсора жудаям чиройли келин булибди! Кулимда бахтли никох курган икки ёшнинг расмини ушлай яна ният килдим: «Уларни, Аллох панохида асрасин…»
|
|
| |
DURDON | Date: Payshanba, 22-Avg-2013, 04:04 | Message # 10 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Odnodan oqqan qon yohud bir qizning ayanchli o'limi..
Odno sabab bir qiz o'z joniga qast qildi yoxut wantaj tufayli o'z joniga qast qildi...!!!
Singlimiz dilidegi dardlar…!!! Feruza 5 oy oldin turmushga chiqdi. To'yidan oldin internetni asosan odnoklassniki saytini asiriga aylangan edi. Xar kuni do'stlari va dugonalari bilan shu saytda yozishardi gaplashardi. To'yi arafasida profilini udalit qildi. Buni Feruzani bo'lajak eri buyurgan edi. Yo'q ular odnoda tanishmagan, faqat bo'lajak eri profili borligidan habardor edi. Feruza to'yidan keyin faqat eri va yangi uyi uchun yashadi. Umuman internetga kirmadi.
Lekin to'yidan 5 oy o'tgach bir dugonasi Feruzani ko'rgani keldi va seni nomingdan kimdur profil ochibdi dedi. Feruza qani ko'rsat deb qistagach dugonasi saytga kirib u profilni ko'rsatdi. Ismi familyasi hullas butun anketasi to'g'ri yozilgandi. Glavniyda Feruzani fotosi turardi. Feruzani badanida titroq turdi. Xammasidan daxshati bu emas edi.
O'sha profilni statusida shunday yozilgandi: MAN MUXTOROVA FERUZA G'IRT FOXISHAMAN, KIMGA KERAK BO'LSAM SHU ADRESDAMAN... Adresga eri bilan yashaydigan uyi yozilgandi. Daxshat!!! Profil ochilganiga bir oy bo'libdi. Profilni ochgan odam fotolarni statusni joylaganu qaytib kirmagan. Login parol esidan chiqqan. Feruza dugonasini kuzatib qo'ydi. U yig'lardi. Kim bu ishni qildi? Kim uni shantaj qilyabdi? Nega? Axir u umuman rasmini saytga qo'ymagandiku. Yo'q!!! Esladi. O'tgan yili u odnoda Jalil ismli bola bilan tanishgandi. Rosa chiqishib ketishgan edi. Jamshid rasmingni bitta ko'ray Feruza deyaverardi. Oxri bir daqiqaga Feruza faqat Jalil ko'radigan qilib rasmini saytga qo'ygandi. Yo'q yo'q o'ylamang Jalil bunaqa shantaj qiladigan iflos bola emas. Jalil yarim yil oldin avtoxalokatda halok bo'lgan. Feruzaning rasmi esa Jalilning telefonidan kimlargadur yetib borgan. Usha kimlardur Feruzani ko'rolmaydigan odam bo'lgan. Feruza xonasiga kirib olib dod deb yig'ladi. Kechga yaqin eri kirib keldi. Feruza yotog'ida bir qo'lida pichoq bilan qonga belanib yotardi. Feruza isnotga quruq tuxmatga dosh berolmadi. Odnoda bir daqiqaga faqat bir kishiga faqat bir marta faqat bitta rasm qo'ygani uchun jazolandi!!! Ps. admindan: Qadirli qizlar, bu voqeani o'qib badaningizda titroq turgani aniq. Chunki xammangiz qachondur loaqal bir marta rasmingizni odnoklassniki saytiga qo'ygansiz. Yoki hozir ham fotongiz profilizda turibdi! Qadirli qizlar, zamonamiz odamlari wunaqangi razil bo'lib ketmoqda. Siz akam, do'stim deb o'ylaganingiz ertaga duwman bo'lib qoliwi hech gap emas. Rasmizni bitta ko'ray deb sizga cho'qinsa rasm qo'ymang.
Kollej, litsey va institutdagi gurpadowlarizni telefonida aslo rasmga tuwmang! Xech kimni telefonida fotongiz bo'lmasin! To'g'ri ular do'stingiz, ular sizga yomonlik qilmaydi. Lekin hikoyada Jalil ham Feruzaga do'st ediku. Jalil wantaj qilmadiku. Wuning uchun extiyot bo'ling. Xatto qo'lingizdagi telefonda ham rasmingizni saqlamang. Dunyo bewavqat dunyo razolatga to'la. Xulosa o'rnida aytar so'zim faqat bir gap. OGOX BO'LING! Xudo yor bo'lsin!
manba: UzIslom.Net
|
|
| |