RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
AFORIZMLAR
DURDONDate: Yakshanba, 27-May-2012, 02:39 | Message # 1
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Bu bo'limga har hil AFORIZMLAR yozib qoldiramiz, bilganlarimizni bir-birimiz bilan baham ko'raylik!

 
DURDONDate: Yakshanba, 27-May-2012, 02:41 | Message # 2
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Insonlar qilgan ishlaridan zavq olmasalar, kamdan kam holda muvaffaqiyatga erishadilar...
'Deyl Karnegi'


 
ROBIYADate: Yakshanba, 27-May-2012, 15:18 | Message # 3
Group: Muslima
Messages: 2503
Status:
aforizm nima degani

chiroylik imzo coyaman yaqinda
 
DURDONDate: Yakshanba, 27-May-2012, 15:42 | Message # 4
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Hikmatli sozlardaqa

 
DURDONDate: Dushanba, 23-Iyul-2012, 23:05 | Message # 5
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Kishi ilm o‘rganishda davom etayotgan pallada olimdir. «Olim bo‘ldim, endi bas», deb xulosa chiqargan chog‘idan boshlab johildir.
Abdulloh ibn Muborak


 
SAKINADate: Shanba, 06-Okt-2012, 03:49 | Message # 6
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:
1. Ilm - ko'p gapirish emas, Ilm bu alloxdan ko'p qo'rqish demakdir (Abdullox Ibn Mas'ud)

2. Kichik uyga ey do'st ayla qanoat, kattasin qurmoqqa yetmaydi fursat (Iohann Pholfgang fon Goethe)

3. Og'izlaringizga harom luqma kirishidan ko'ra tuproq solingani afzaldir (Abu Hurayra)

4. Haqiqatni odamlarga qarab tanima, balki avval haqiqatni topib ol, shundan keyin uni axlini tanisan (Hazrati Ali)

5. Ilmni fursat bo'lganda o'rganaverish kerak, chunki ilm zarur bo'lgan paytda fursat topilmaydi (Abdullox ibn Mas'ud)

6. Ko'zingizni hayotta kattaroq oching-ki, o'layotganda hotirjam yumasiz(Alovuddin Bashar)

7. Sadaqa berib rizqingizni ko'paytiring, zakot berib mol-mulkingizni asrab qoling (Jafar Sodiq)

8. O'g'lim dinning boshi va oxiri bo'lmish bir narsani boy berib qo'yma, bu - namozdir, uni barpo etish bilan dinga kiriladi, tashlashlik bilan dindan chiqiladi(Umar Ibn Hattob)

9. Temirni, toshni ko'tarib ko'rdim, biroq qarzdan ko'ra og'irroq narsani ko'tara olmadim (Luqmoni Hakim)

10. Dunyodagi eng og'ir yuk - otaning yelkasidagi farzand tobutidir
 
SAKINADate: Dushanba, 08-Okt-2012, 01:32 | Message # 7
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:
O'lim dunyoning bor-yo'g'ini ochib tashladi, aql egasi uchun unda biror bir quvonch qoldirmadi (Hasan Basriy)

Alloxni chin sevgan kishi odamlarga tanilmaslikni yaxshi ko'radi(Muxammad ibn A'lo)

Mo'min xam yaxshi amallar qiladi, xam Alloxdan qo'rqib turadi. Munofiq xam yomon amallar qiladi, xam hotirjam turadi(Hasan Basriy)

Men dunyo tarihini o'qib bir xulosaga keldim, dunyo podshohlari to'plagan jamiki saltanatu-boylik, qasrlaru-saroylar Muxammad alayhissalomning yamoq yaktaglariga ham arzimas ekan (Goethe)

Kim ichkarisin o'nglasa, Allox taolo uning tashqarisini o'nglaydi (Umar ibn Hattob)
 
SAKINADate: Dushanba, 08-Okt-2012, 01:34 | Message # 8
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:

Tortinchoq bilan mutakabbir ilm ololmaydi.

Bir soat ilmning mashaqqati-xorligiga sabr qilmagan kimsa bir umr jaholat horligida qoladi

Odamlarni rozi qilish hech qachon amalga oshmaydigan orzudir

Alloxning eng ulug' ne'matlaridan biri - shubxasiz sizni hamisha haqqa chaqirib turadigan do'stingizdir.

Kimning kechasi turib o'qidigan namozlari ko'paysa, kunduzi yuzi chiroyli bo'ladi.
 
SAKINADate: Dushanba, 08-Okt-2012, 01:37 | Message # 9
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:
Yaxshi amallar yuzga ziyo, rizqqa mo'l-ko'llik va odamlar qalbiga yaxshi amala egasiga nisbatan muxabbat ato etadi.

Islomiy fikrlarimizni quvvatlash uchun Alloxning rasuli (s.a.v) hamda sahobai ikromlar tomonidan aytilgan so'zlarni misol qilamiz, ammo nimagadir hayotimizning quvvati uchun ularning hayotini misol qilishga odatlanmayapmiz.

Odamlarga ular biladigan, tushunadigan narsalarni so'zlang. Nima, siz Allox va rasulining yolg'onchiga chiqarilishini xoxlaysizmi?(Ali ibn Abi Tolib)

Yil yildan yomonroq bo'lib boraveradi. Men bu gapni nabiylaringizdan eshitganman. (Anas ibn Molik)

Sen menga nuqul atrofni ko'rsat deb xarhasha qilasan. Ho'p ko'rsataman, faqat avval sen tomga chiqqin. (Goethe)
 
SAKINADate: Dushanba, 08-Okt-2012, 01:40 | Message # 10
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:
Eng yaxshi kun - Juma, eng yaxshi oy - Ramazon, eng yaxshi amal - vaqtida ado etilgan namoz.(Abdullox ibn Abbos)

Islom dini insonlarni bu dunyoda xam u dunyoda xam bahtli-saodatli bo'lishlarini istaydi. (Imom Rabboniy)

Olimlardan tashqari xamma o'likdir, ilmiga amal qiluvchilardan boshqa barcha olimlar sarxushdirlar, ixloslilardan boshqa barcha amal qiluvchilar aldangandirlar, ixlosli kishi esa oqibati nima bilan tugashini bilgunicha xavfdadir.(Sahl ibn Tustariy)

Kim dunyo muxabbati bilan holiqning muxabbatini bir qalbda jamladim desa, aniqki u yolg'on so'zlabdi. (Imom Shofeiy)

So'z axli bo'lishdan ko'ra ish axli bo'lgin(Abi ibn Abi Tolib)
 
SAKINADate: Dushanba, 08-Okt-2012, 01:48 | Message # 11
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:

Sizlar hohlaganingizcha ilm o'rganaveringlar, Alloxga qasamki, amal qilmaguningizcha Allox sizlarga uning uchun ajr bermaydi. Axmoqlar ximmati rivoyat qilish, ulamolar ximmati rioyat qilishdir. (Hasan Basriy)

Ey odam farzandi, agar senga namozing qadrsiz bo’lsa, u holda diningdagi qaysi narsa sen uchun aziz? Holbuki, sen Qiyomat kunida birinchi bo’lib namozingdan so’ralasanku. (Hasan Basriy)

Mo’minlar shaytondan panox topish uchun uchta qo’rg’on bor: masjid, Alloxni zikr qilish va Qur’on o’qish. (Ka’bul Axbo)

Allox taolo boylarga mollaridan faqirlarga nasiba berishni farz qildi. Agar birorta faqir och qolsa, birorta boyning xasisligi tufaylidir. Allox taolo albatta ularni bu haqda so’roqqa tutadi. (Ali ibn Abi Tolib)

Sunnatdagi ehtiyotkorlik – bid’atdagi ishtixoddan afzaldir.(Abdullox ibn Mas’ud)
 
SAKINADate: Dushanba, 08-Okt-2012, 01:50 | Message # 12
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:
Menga dunyoni tasvirlab bering deysan, avvali – tashvish, oxiri – yo’qlik, xaloli uchun xisob bermoq, haromi uchun azob olmog’i tayin bo’lgan va boylarni fitnalab, kambag’al, bechoralarni g’amga botiradigan bu dunyoning nimasini so’raysan? (Hasan Basriy)

Odamlarning kim bilan yurganlariga e’tibor beringlar, ular o’zlariga o’xshaganlar bilan birga bo’ladilar. (Abdullox ibn Mas’ud)

Xalqni to’ydirishdan ko’ra shaxslarni to’ydirish mushkulroqdir. (Sanaka)

Ikki kishi hech qachon o’z yumushiga to’ymaydi: ilm tolibi ilmga, dunyo talabgori dunyoga.

Do’stingizni tez-tez ziyorat qilib turing, zero yurilmagan yo’llar ustini tikan va bo’talar qoplaydi.(Hakim)
 
SAKINADate: Dushanba, 08-Okt-2012, 01:55 | Message # 13
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:
Dunyoda olimlarning xushomadgo’yligi bo’lmaganida, zolimlar zulmga jur’at qila olmas edilar.(Abdulfattox Afandi)

Ilmiga amal qilmagan olim - boshqasini kiyintirgan xolda o’zi yalang’och qolgan ignaga o’xshaydi. (Imom G’azzoliy)

Joxilning bilaman deyishi huddi ko’rning ko’raman deyishiga o’xshaydigan holat. (Muxammad Kamol)

Asalarilar xam o’z jinsidan bo’la turib, ishlamay kuvadagi asalni bekorga yeb yotadigan ishyoqmaslarni o’ldirib tashlar ekanlar.(Beruniy)

Namozni zoe qilgan odamga islomda ulush yo’qdir. (Umar ibn Hattob)
 
SAKINADate: Payshanba, 11-Okt-2012, 15:24 | Message # 14
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:

Ko'zni yumgil,ko'zga aylansin ko'ngil,
Ko'z bo'lurmi Haqni ko'rmas bo'lsa ul?
Jaloliddin Rumiy.

Yolg'onchilik kishini adolatdan yuz o'girtiradi.
Abu Rayhon Beruniy

Bilimsiz kishilarning ko'ngli xurofotga moyil bo'ladi.
Beruniy

Xorlik istasang xiyonatchi bo'l.
Motrudiy

Odamiy ersang demagil odamiy, Oni kim yo'q din g'amidin g'ami.
A.Navoiy

JAVHAR TO`LA SANDIQQA QUM-SHAG`AL SIG`MAGANDEK,HIKMAT TO`LA QALBGA GUNOHLAR SIG`MIYDI

Poklik kambag'allikning, shukr ne'matning, sabr baloning,halimlik ilmning, o'zini past tutish shogirdning, ko'p yig'lash Allohdan qo'rqishning, minnat qilmaslik ehsonning, hushu' namozning ziynatidir.
Abu Bakr Siddiq

Men nima uchun rizqimni quvayki, u mendan boshqasiga nasib etmasa. Men nima uchun uni kelmaganidan afsuslanayki, u meniki bo'lmasa.
Hasan ul Basriy

Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofaza qiladi, molni esa, sen qo'riqlaysan. Ilm hokim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan kamaysa, ilm ziyoda bo'ladi.
Ali ibn Abu Tolib

Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Donishmand debdikim: "Aql bilan qara, ko`z xoindir. Qalbing bilan eshit, quloq yolg`onchidir."
AQL VA OQIL, Tohir MALIK domla

Kimki, Allohim, demishdir har kuni,
Oqibat, bandam, degay Alloh uni...

Jaloliddin Rumiy
 
SAKINADate: Payshanba, 11-Okt-2012, 15:29 | Message # 15
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:
Ming o'qi, gar yetmasa Haqdin karam,
Xotirangda qolmagay bir nuqta ham.
Jaloliddin Rumiy

Har so'zning o'z joyi bor,
Har nuqtaning makoni.
S.Sheroziy

Oldin bilib olib, keyin so'zlagil,
Zarni topib, so'ngra xarjin ko'zlagil.
Ganjaviy

"So'zlagan vaqtimda og'zimdan yomon so'zlar ham chiqib ketishi mumkin. Dushmanim esa og'zimdan chiqqan yomon so'zlarnigina terib oladi. Chunki dushmanning nazari yomondan bo'lakka tushmaydi."
Sa'diy

Agar Yaxshilik O'n Qisimdan Iborat bo'lsa,To'qqizdasi sukut qilishdadir..
Umar Ibn Hattob

-Har kim ham inson bo'lavermaydi.Inson-ilmi va odobi bilan inson.
Aflotun

Ey Inson,Zamon sendan.Sen Yaxshi Bo'lsang,Zamon Ham Yaxshi Bo'ladi.Agar Aynisang,Zamon Ham Ayniydi.
Muoviy IBN Abu Sufyon

Sevish-bu bir-biriga qarash emas, birgalashib bir tomonga qarashdir.

Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringanin kabi bo'l.Jaloliddin Rumiy
 
Search:
This site uses cookies for better user experience. By continuing to browse the site you agree to the Cookie Policy.
UzigaBek online