O´zbekiston tarihi
|
|
DURDON | Date: Shanba, 13-Avg-2011, 17:40 | Message # 31 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Buxoro amirligining talangan oltinlari
O'z vaqtida yozib qoldirilgan hujjatlar va tarixiy manbalardan, tarixchi olimlarimiz keyingi paytlarda olib borgan jiddiy tadqiqotlardan ayonki, terrorchi qizil imleriya bolsheviklari Buxoro amiri xazinasidan tonnalab qo‘yma oltin va kumush, million-million so‘mlik oltin, kumush tangalar hamda oltin barobar boshqa qimmatbaho boyliklarni tashib ketganlar. Jumladan, olimlarimizdan I. Yo‘ldoshev va N. Haydarovning «Amir Olimxon xazinasi qaerda?» maqolasida («Fan va turmush» jurnali, 1991, 10- son) ta'kidlanishicha, 1914 yildan oldin amir xonadoniga tegishdi oltin, kumush pullar va boshqa qimmatbaho zeb-ziynatlar ro‘yxatini aks ettiruvchi daftarlarning o‘zi taxminan bir yarim olchin (bir olchin 70 sm ga teng) qalinlikda bo‘lgan. Mazkur maqolada Turkiston jadidlarnning otasi ma'rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy muharrirligida chiqarilgan «Oyina» majallasining 1914 yilgi 25-sonida bir ko‘chirma keltiriladi. «Hozir Buxoro amirining tasarrufida bo‘lgan xazinaning ahchasi (oltin va ko‘mush) shu darajada mo‘lki, hech bir davlat xazinasida bu darajada ehtiyot saqlangan oltin va kumush pul yombilar bo‘lmasa kerak. Buxoro amirining saroylarida saqlanayotgan oltin va kumush pullar bo‘yi 50 olchin, eni 20 olchin va balandligi 8 olchin bo‘lgan bir tog‘dan iboratdir. Bu xazinadan tashqari 3 olchin kattalikda yana bir yerto‘la xazinasi bo‘lib, u rus, Buxoro va boshqa bir qancha davlatlarning oltin pullari bilan to‘ldirilgan. Amirning oltin va kumush xazinalari, unga qarashli banklarda ham saqlangan. Masalan, Chorjo‘y bekligida Amirning o‘n pud (160 kg), oltin va ming pud (16 tonna) dan ortiqroq kumush tangalari bo‘lgan. Shu bilan birga, Buxoro amirligida oltin konlar bo‘lib, xazina ulardan asr boshida qazib olingan oliy sifatli oltin evaziga to‘ldirilgan». Endi shu oxirgi jumlaga e'tibor beraylik. Maqolada yozilishicha, Buxoroda haqiqatan ham oltin konlar ko‘p bo‘lgan. Nurota tog‘i yonbag‘irlaridagi Sintob, Zarmiton, Muruntov kabn sakkizta oltin, kumush konlari qadim zamonlardan buyon ma'lum bo‘lgan. Muruntovdagi oltin konidan esa asrimiz boshidagina emas, balki necha yuz yillar avval ham foydalanib kelingan. Ushbu satrlar muallifi kamina Muruntov oltin koni tarixi bilan qiziqib, 1972 yilning bahorida mashhur geolog olim, akademik I. Hamroboevga: «Buxoro tillasi Sovet davridagina ma'lum bo‘ldimi yoki Muruntovni ilgari ham bilisharmidi?» - degan savol bilan murojaat qilganimda, u kishi:
«Buxoroning shuhratini olamga yoygan, amirlik quvvatini oshirgan uning Muruntovdagi tillasi bo‘lgan. Tilla koni VIII asrda arablar bosqini davrida ham ma'lum edi. Faqat u sir tutilgandi. Biz, sovet olimlari, Muruntov konini elliginchi yillardagina aniqlashga muvaffaq bo‘ldik».
«Buxoro amirining oltinlari» sarlavhali maqola mualliflari H. Uzoqov, S. Xolboev jiddiy tadqiqotlar natijasida amir qushbegi tomonidan ro‘yxatga olingan boyliklarni aniqladilar: «Buxoro tillasi- 1,148.380 dona, rus tillasi - 4,365.100 so‘m, yombi holidagi Gamburg tillasi- 1,108 pud (17 tonna 728 kg), yombi holidagi Gamburg kumushi - 2,844 pud (45 tonna 404 kg), rus kumush tangalari -1,385 pud (22 tonna 160 kg), Buxoro xazinasi - 62,834.780 dona, Buxoro mis tangasi - 731 pud (5 tonna 50 kg), rus banki kumushi--864 pud (13 tonna 734 kg) va hokazo, jami 34 nomdagi qimmatbaho narsalar ro‘yxatga olingan.
Amir qushbegi qayd etgan xazina boyligi taxminan quyidagicha baholangan: Buxoro tillasi- 5 milllion 741900 so‘m, rus tillasi - 4 million 378100 so‘m, Gamburg kumush yombilari- 1 million 706400 so‘m, mayda rus kumush tangalari - 346200 so‘m. Buxoro tangasi (15 tiyinligi)-9 million 425217 so‘m, Buxoro mis tangasi 4386 so‘m, tilla kukuni 266592 so‘m, tilla buyumlar (20458 dona)-9 million 883214 so‘m, turk tilla lirasi - 90420 so‘m. Chet el tillalari - 18254 so‘m, 150 karat brilliantlar - 1 million 730600, qizil yoqutlar - 209176 so‘m. marvaridlar - 9 million 500 ming so‘m, brilliant uzuklar va boshqalar - 230400 so‘m. Gamburg kumush yombilari 746590 so‘m, tilla parchalari-150 ming so‘m, kumush parchalari - 50 ming so‘m, jami 73 million 252 ming 380 so‘mni tashkil etadi.
Amir va uning oilalariga tegishli buyumlar qiymati: brilliantlar - 522 ming so‘m, buyumlarga qadalgan brilliantlar - 1 million 730950 so‘m, qimmatbaho toshlar - 1 million 34140 so‘mnn tashkil etadi».
Shuni aytish kerakkn, Buxoro amirligi hukmdorlari: bosh vazir hisoblangan qushbegi, qozikalon, rais, xazinabonlar, boy savdogarlar va boshqa amaldorlarning ham katta jamg‘armalari bo‘lgan. Mazkur maqolada Buxoro amirligining qozikaloni Burhoniddinning shaxsiy boyligi «tovar» ishida to‘plangan hujjatlar asosida hisoblangan, u quyidagicha:
Gamburg tillasi yombilari 38 pud (608 kg), tilla buyumlar 85 pud (1 tonna 360 kg), kumush buyumlar - 30 pud (1 tokna 440 kg) kumush yombilar- 14 pud (224 kg), brilliantlar - 920 karat, kimmatli toshlar- 14 pud. Rus tilla tangalari - 86500 so‘m, chet el tilla tangalari - 4468 to‘plam (1 to‘plamda bir necha - 10, 20, 50, 100, hatto 1000 tanga ham bo‘lishi mumkin). Buxoro tillalari 286014 to‘plam, Buxoro tangalari- 7 million to‘plam, Rus banki kumushlari- 128987 so‘m (O'z MDA, OF 243-ish, 2-bet). «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi, 1992, 33- son.
Bu birgina qozining jamg‘armasi, xolos. Amirlik davrida hukmron bo‘lgan katta-kichik amaldorlar, darbor ahlining har birida million-million oltin tanga pullari, zeb-ziynat va qimmatbaho boyliklari borligini yozuvchi Sadriddin Ayniy o‘zining «Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar» nomli tarixiy asarida mufassal bayon etgan. Amir g‘azabiga uchragan barcha katta-kichik amaldorlarning mol-mulklari musodara qilinib, amirlik xazinasiga keltirilgan.
Mazkur maqolada maxfiy hujjatning «Praviteli» deb nomlangan sahifalarida Frunze boshliq bolsheviklar bosqini davrida amirning Buxorodagi xazinasidan Moskvaga olib ketilgan oltin, kumush, zeb-ziynatlar, qimmatbaho boyliklar o‘n, o‘n uchtadan kam bo‘lmagan qizil harbiy vagondan iborat bir necha eshelonni tashkil qilganligi qayd etilgan. Darhaqiqat, faqat Buxorogina emas, balki butun ulug‘ Turkiston bolsheviklar bosqini davrida xonavayron bo‘ldi. Yurtning bebaho boyligi markazga tashib ketildi.
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 14-Avg-2011, 08:25 | Message # 32 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi...
Xalqimizning sevimli, ardoqli farzandi Ubaydulla Xo‘ja o‘g‘li Fayzulla Xo‘ja (1896-1938) Buxoroda millioner savogar oilasida dunyoga keldi. Uning savdogar otasi hamda amakisi Latifxo‘ja qorako‘l teri, paxta va boshqa qimmatbaho mahsulotlar bilan Rossiya va xorijiy mamlakatlarda savdo-sotiq ishlarini olib borgan. U o‘g‘li Fayzullaga tijorat sir-asrorlarini o‘rgatib, Moskvada 5 yilcha (1907-1912) tahsil olishiga ko‘maklashgan. Biroq o‘qishni tugatgan yosh Fayzulla otasi xohlagan tijorat yo‘lidan bormay, mehnatkash xalqqa ko‘mak beruvchi ma'rifatparvarlik va isyonkorlik yo‘lini tanlagan. Fayzulla Xo‘jaev otasi orttirgan boylikka boylik qo‘shmadi, to‘g‘rirog‘i, tijorat yo‘li bilan boylik orttirishga qiziqmadi. Fayzulla Xo‘janing otasi Ubaydulla Xo‘ja 1912 yilda Makkaga hajga borishni ixtiyor etadi. U yolg‘iz o‘g‘li Fayzullani va ikki-uch mirzolarini olib, hajga jo‘nar ekan, barcha boyliklarini ukasi Latif Xo‘ja ihtiyoriga topshirib ketadi. Biroq bevafo hayot, bebaho boylik uning o‘ziga va yolg‘iz o‘g‘li Fayzulloga vafo qilmaydi. Xajga yo‘l olgan Ubaydulla Xo‘ja Boku orqali Batumiga yetganida jon taslim qiladi. Ota vasiyatiga ko‘ra, yosh o‘spirin yigit Fayzulla Xo‘jaev ikki-uch mirzolari hamkorligida mehribon otasi jasadini yurtiga otib kelib, Buxoroi sharifga dafn ettiradi. Fayzulla Xo‘jaev ota meros boyliklarining bir qismini Buxoroning ma'rifatparvar jadidlariga xarj etadi. Jadidlar tomonidan xorijga o‘qishga yuborilgan yoshlarga va yangi uslubdagi jadid maktablari, maorif va matbuot ishlari rivojiga yaqindan moddiy ko‘mak berib boradi.
Dovyurak inqilobchi, davlat va jamoat arbobi, komandarm, O'zSSR Xalq Komissarlari Sovetining birinchi raisi (1925-1938), yurt farzandi Fayzulla Xo‘jaevning otameros boyligi to‘g‘risida turli gaplar yuradi. Ba'zilarning aytishicha, F. Xo‘jaevning otasi Ubaydulla Xo‘jadan qolgan bebaho boylikning bir qismi xorijda, Shveytsariya bankida saqlanar emish. Bu gapda qanchalik haqiqat borligi bizga qorong‘i. Biroq, Buxoro inqilobidan ikki-uch yil ilgari, 1917 va 1918 yillarda Buxoro amiri Sayid Olimxon ma'murlari tomonidan Fayzulla Xo‘jaev uni talon-toroj qilinganligi to‘g‘risida adib Sadriddin Ayniy o‘zining «Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar» nomli asarida ancha batafsil ma'lumot bergan. Bu gaplarni F. Xo‘jaevham o‘z maqolalarida muxtasar yozib ketgan.
Ona-Vatan fidoyisi, xalqimizning sevimli farzandi Fayzulla Xo‘jaev va uning oilasi boshiga tushgan fojialar to‘g‘risida o‘quvchilar ushbu satrlar muallifining «Fayzulla Xo‘jaev» kitobidan («O'zbekiston» nashriyoti, 1990) batafsilroq bilib olishlari mumkin. Darvoqe, mashhur chex adibi Egon-Ervin Kish Fayzulla Xo‘jaev haqida: «Hokim g‘animlar Fayzulla Xo‘jaev boshi evaziga shunchalik ko‘p oltin va'da qilgan edilarki, dunyodagi biror bosh bunchalik yuqori narxlanmagan edi», - deb yozgandi.
Taniqli yozuvchi Dushan Fayziy «Bormisan, erkinlik» nomli maqolasida («Guliston», 1991,4-son) Buxoro vohasida bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan inqilob tufayli yurt boyligi talon-toroj qilinganligi, mehnatkash xalqning iqtisodiy ahvoli nochor holga tushib qolganligi to‘g‘risida yozadi: «Sarkarda Frunzening harbiy qismlari shaharni to‘pga tutar ekan, qo‘mondonning o‘zi Kogon shahridagi suv taqsimlovchi minora tepasida turib, durbin orqali Buxoroning ayanchli ahvolini, kuli ko‘kka sovurilayotgan shahar Arki, madrasayu machitlarni, changi osmonga chiqayotgan uy-joylarni, xalqning ohu faryodini tomosha qilib turardi. Bu qanaqa «xaloskorlik?» Oktyabr inqilobining «ozodlik» nurlari deganpmiz shumi?! Ertasi kuni (1920 yil 3 sentyabr) tongotarida dumiga 13 ta yuk vagoni tirkalgan parovoz Kogon temir yo‘l bekatidan Peterburgga qarab yo‘l oldi. Bu vagonlarda Buxoro Arkidan, amirlik xazinasidan talab olingan oltin va oltin buyular, tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan qimmatbaho ashyolar ketayotgan edi».
Yosh Buxoro Sho‘rolar Jumhuriyati uchun 1921 -1923 yillar har tomonlama og‘ir davr bo‘ldi. Buxoroda zo‘rlik bilan amalga oshirilgan inqilobdan, «yangi hur» hayotdan odamlar norozi edilar. V. I. Leninning shogirdi, Turkiston fronti qo‘mondoni M. V. Frunze buyrug‘i bilan Buxoro 12 ta samolyotdan bombardimon qilinib, to‘pga tutilib, vayronaga aylantirildi, amir xazinasi talandi. Sovet mamlakatidagi iqtisodiy tanglik, o‘lkani xarobaliklarga aylantirgan inqilob va fuqarolar urushining vayronagarchiliklari bu yerda ham o‘zining salbiy asoratini qoldirgan edi. Ana shunday nqtisodiy qiynnchilik davrida markaz tashabbusni o‘z qo‘liga oldi, V. Lenin gumashtalari Buxoroga, Turkistonga yuborildi. Buxoroning sobiq amiri Said Olimxon Arkni tark etib, Afg‘on yurtiga o‘tib (1921 yil fevralida) ketganidan keyin amirdan qolgan juda katta xazina eshelonga ortilib, Moskvaga olib ketildi. Eshelonga yuklangan oltin-kumushlar, qorako‘l teri va qimmatbaho buyumlar, boyliklar xorijdan parovoz, vagonlar sotib olishda, xo‘jalik vayronaliklarini tiklashda qo‘l keldi. Markazga tashib ketilgan bu boyliklar miqdori hamon sir tutilmoqda.
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 14-Avg-2011, 08:27 | Message # 33 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Sovet hukumati og‘ir kunlarni boshidan kechirayotgan NEP - yangi iqtisodiy siyosat davrida jamoat arbobi Fayzulla Xo‘jaev tashabbusi bilan Buxorodan Toshkentga temir yo‘l sostavi yuboriladi. Buxoro hukmdori amir Olimxon Frunze, Kuybishev boshliq bolsheviklar hujumidan qochib yurtnni tark etgandan keyin 1921 yilda amir xazinasidagi katta boylik ana shu eshelonda Toshkent orqali Moskvaga olib ketiladi. Bu bebaho boylik o‘lkadagi xarobalik, ocharchilikka qarshi kurashda katta yordam beradi (Qarang: Fayzulla Xo‘jaev, Tanlangan asarlar, 1-jild, «Fan» nashriyoti, 1976, 40-bet). Fayzulla Xo‘jaevning uzoq vaqt Sibir surgunlari azobini tortgan yolg‘iz qizi Viloyat Xo‘jaeva 1984 yil 15 iyunda kamina bilan qilgan suhbatda hikoya qilishicha, F. Xo‘jaevning otasi Qosimxo‘ja o‘g‘li Ubaydulla Xo‘jadan, amakisi Latif Xo‘jadan qolgan katta boylik uning vorislariga vafo qilmagan. Amir Olimxon 1917 yil mart oyida jadidlar - yosh buxoroliklar bilan to‘qnashuv vaqtida va 1918 yilda F. Kolesov boshchiligidagi bolsheviklarning Buxoroga hujumi paytida Fayzulla Xo‘jaevning uyini tintuv qildirib, uning barcha boyliklarini amaldorlari, ruhoniylariga talon-toroj ettiradi. Amirga qarshi bosh ko‘targan Fayzulla Xo‘jaevning o‘zi esa quvg‘in qilinadi. Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, Buxoroda Fayzulla Xo‘jaev oilasidan tashqari Muhiddin Maqsudov, Ubaydulla Xo‘ja Qosimov, Latif Xo‘ja, Jo‘rabek Arabov, Narzullobek Yoqubov, Azizov kabi o‘nlab yirik boy savdogarlar bo‘lgan. Ishonchli hujjatlarda (MDA--F-R, 46. 1-ro‘yxat, 122-delo, 2-varaq) yozilishicha, Buxoro xalq inqilobi g‘alabasidan keyin Fayzulla Xo‘jaevning uyi amir Said Olimxon ma'murlari tomonidan talon-toroj qilinib, butun boyligi xazinaga o‘tkazilgan. Otameros boyliklardan 25 pud quyma oltin, 4,8 million tilla tanga (1914 yil pul hisobida), 5 pudga yaqin kumush tanga, 7 million atrofida qarz-kredit va boshqa qimmatbaho mol-mulkni Fayzulla Xo‘jaev Sovet huqumati ixtiyoriga topshirgan. Uning boyliklaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib bo‘lgan bolsheviklar mulk egasi bo‘lgan Fayzulla Xo‘jaevning o‘zini 1938 yil 15 martda otib o‘ldirdilar.
Inqilobdan avval Turkiston general-gubernatori Fon Kaufman Qo‘qon xoni Xudoyorxonning qirqta aravadagi xazina boyliklarini tortib olib, o‘zini Orenburg turmasiga qamaganini eslang. Fayzulla Xo‘jaevning taqdiri ham shunga o‘xshash bo‘ldi. Buxoro amirining bekliklardagi, jumladan, Chorjo‘ydagi maxsus xazinalarida saqlanayotgan boyliklari inqilobning dastlabki kunlaridanoq «Buxoro jumhuriyatini muhofaza qilish komissiyasi» ixtiyoriga o‘tkaziladi. Bu komissiya qo‘lida to‘plangan oltin, kumush, boshqa qimmatbaho metall za toshlar ko‘p o‘tmay bir necha vagonda Rossiyaga jo‘natiladi.
Buxoro amiri chet davlatlar bilan olib boriladigan savdo-sotiqdan keladigan daromadlarning katta qismini ham oltin va kumush tangalarga aylantirib, o‘z xazinasiga to‘plagan. Masalan, amirlikda har yili o‘rtacha 2 million donagacha qorako‘l teri chet ellarga sotilgan, shu savdodan keladigan daromadning 50-60 foizini oltin va kumush tangalar tashkil etgan.
Bundan tashqari asrimiz boshida Buxoro amirligi hududida oliy sifatli oltin qazib olinadigan maxsus konlar bo‘lib, ulardan olingan oliy sifatli oltin yombilar xazinadagi maxsus sanochlarda saqlangan. Xo‘sh, bu xazinalarning taqdiri nima bo‘ldi? Ularning kichik bir qismi amir Said Olimxon tomonidan chet ellarga yuborib turildi. «Qutulish» ro‘znomasining 1920 yil 2 iyul sonida e'lon qilingan «Fuqaroning molini sovurmanglar» sarlavhali maqolada shunday deyiladi: «...Janobi oliy Hindiston orqali Londonga 200 tuya qorako‘l teri yuborgan. Ushbu terilar bilan ma'lum miqdorda oltinlar, qimmatbaho narsalar yuboradi. Bu qimmatbaho mollar va oltinlarni To‘raqul dallol, Qora Mizrob Miroxo‘r, Qori Muhiddin, Qorovulbegilar Londonga olib ketadilar. Fuqaro molidan bo‘lgan bu narsalarny amir yurtidan qochirmoqda».
Buxoro amiri o‘z xazinasidagi qimmatbaho narsalardan Mashhadga ham yuborib turgan. Masalan, 1920 yil iyul oyi boshlarida Said Olimxon bu yerga uch tuya oltin, 16 tuya kumush, 25 tuya qimmatbaho narsalarni yuboradi. Inqilob arafasida ilg‘or mahalliy ziyolilar Buxoro xazinasining chet elga yuborilishiga qarshi chiqqan edilar. Shunday kishilardan biri Abdulvohid Munzim «Qutulish» ro‘znomasida boeilgan maqolasida: «Buxoroning oltin, kumush, qorako‘l terisi va shunga o‘xshash boyliklari chetga chiqarilmasin»,- deya talab qiladi («Fan va turmush», 1991, 10-son, 10-11 betlar). Yurt farzandlari F. Xo‘jaev, A. Fitrat ham xalq boyligini chetga chiqarishga qarshilik ko‘rsatadi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida Gubarevich-Radobilskiy «Ekonompcheskiy ocherk Buxari i Tunisa» (SPB. 1905) kitobida: «Amirlikning umumiy daromadi va xarajatlari 7 million so‘m bo‘lgan, shundan xazinaga 4 million so‘m tushgan»,- deb yozadi. S. Ayniyning «Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar» kitobida aytilishicha, amirlikning umumiy daromadi 1912 yilda 30 million so‘mni tashkil etgan. Inqilobga qadar amirning 6 ming sarbozi uchun 1 million so‘m, ming nafar el navkarlari uchun taxminan yuz ming so‘m mablag‘ sarflangan. D. N. Logofetning «Buxarskoe xanstvo pod russkim protektoratom» (SPB. 1869.) kitobida yozilishicha, daromadlar 18 million so‘mni, xarajatlar esa, 2,5 million so‘mni tashkil etgan. Biroq Buxoroda Rossiya siyosiy agentligi to‘plagan ma'lumotlarga qaraganda, 1869 yilda Buxoro amirligi xazinasida 7349,5 million so‘m bo‘lgan. Amir qushbegining ma'lumotiga ko‘ra esa, amirlikning yillik o‘rtacha daromadi 3 million 345 so‘mni tashkil etgan. Bu va boshqa biri ikkinchisiga zid ma'lumotlardan ayonki, Buxoro amirligi xazinasining muayyan hisob-kitobi saqlanmagan. Buxoro hukmdorligi xazinasidan biror-bir obodonchilik, maktab, suv chiqarish, maorif va sog‘likni saqlash ishiga mablag‘ ajratilganligi haqida ma'lumot yo‘q. O'z davrining ma'rifatparvar olimi Ahmad Donish Buxoroning suvsiz yerlariga kanal orqali Amudaryodan suv chiqarish uchun xazinadan mablag‘ ajratishni taklif etganida amir unga rad javobini qilgan. Mashhur yozuvchi va olim Abdurauf Fitrat «Hind sayyohining qissasi»da Buxoro hududida sog‘liqni saqlash, maorif ishlari ayanchli ahvolda ekanligini kuyunib yozib, Buxoro hukmdori xalqning xayrli ishlariga xazinadan mablag‘ ajratmaganidan afsuslanadi.
Davomi..
Ma'lumki, inqilobiy to‘ntarishdan ilgari chor Rossiyasi qaramligida bo‘lgan amirlik hududida rus banklari, savdo-sotiq tarmoqlari, Rus-Buxoro shirkatlari aktsiyadorlarining ta'siri kuchli edi. Rossiya hukumati Buxoro amirligini iqtisodiy tomondan yanada mahkamroq jilovlash maqsadida bu yerda qog‘oz pul chiqarishni talab qiladi. Biroq Buxoroning so‘nggi hukmdori Said Olimxon ruslarning navbatdagi aldoviga uchmadi. U qog‘oz pul chiqarishga shoshilmadi. V. I. Lenin yo‘llagan M. Frunze, V. Kuybishev boshliq bolsheviklar 1920 yil 2 sentyabrda Buxoroni harbiy kuch bilan bosib olib, vohada Sovet tuzumi barpo etganlaridan keyingina qog‘oz pullar, zayomlar chiqarildi. Buxoro Xalq Qommissarlari Sovetining raisi Fayzulla Xo‘jaevning tashabbusi bilan 10 yilga (1923-1933) mo‘ljallangan 3 million so‘mlik tilla zayom chiqarildiki, xalq xo‘jaligini rivojlantirishda, xalq farovonligini oshirishda uning ahamiyati katta bo‘ldi.
Professor H. Sobirov Buxoro amirining oltinlari xususida shularni yozadi: «...Buxoro Sho‘ro Respublikasnning og‘ir ahvoliga qaramasdan, RSFSR markaziy hukumati buyrug‘i bilan tashib ketilgan oltinlar va boshqa boyliklar Buxoro Respublikasi ixtiyoriga qoldirilganda, uning 3 yil davomida ketma-ket tuzilgan davlat byudjetlari kamomadsiz yoki oz kamomadli bo‘lishi, maorif va sog‘liqni saqlash tadbirlarigagina emas, balkn uyg‘onayotgan milliy iqtisodiy poydevorni mustahkamlashga keskin ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin edi. Afsuski, bu mablag‘larga RSFSR hukumati egalik qilib, yosh respublika nmkoniyatlarini cheklab qo‘yadi». («O'zbekiston adabiyoti va san'ati», 1992, 44-son).
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 14-Avg-2011, 08:31 | Message # 34 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
Taassufki, tarixda bunday adolatsizliklar, zo‘ravonliklar har doim salbiy iz qoldirgan. Biz ham Buxoro amirligining oltinlari xususida foydali mulohazalar yuritgan tadqiqotchilar fikriga qo‘shilgan holda aytmoqchimizki, sovet davrida keyingi 74 yil ichida markazga tashib ketilgan bebaho oltinlar, behisob boyliklar taqdiri to‘g‘risida ham o‘ylashimiz kerakdir. Buxoro amiri Said Olimxon o‘zining «Buxoro xalqining xasratli tarixi» nomli (T., 1990) risolasida, «Amir Olimxon xotiralari» - «Xotiraxoi Amir Olimxon» (Dushanbe, «Adib», 1992) deb nomlangan kitobchasida Buxoroning tabiiy jo‘g‘rofiyasi, vohaning tabiiy boyliklari xususida shularni yozadi: «Tabiiy boyliklari - oltin, kumush, qo‘rg‘oshin, mis, temir Buxoroda ko‘p miqdorda topiladi. Xususan. sharqiy qismlarida 1 ma'danlar, yer moyi borki, ular to shu mahalgacha ishlab chiqarilmagan tabiiy boyliklar ichida teri, jun, ko‘mir, gugurt, nashatir bor. Savdo-sotiq ishida teri, jun, shoyi, gilamlar mamlakatning tashqariga chiqadigan asosiy mollarini tashkil etadi. Buxoro mevalari dunyoga mashhurdir. Buxoro otlari, xususan, qorabayir zoti 1914 yilgi urushda ahamiyat qozonib, yaxshiligini isbotladi. Buxoro amiri qancha minglab otlarni Rossiya davlatiga berdi» (Amir Said Olimxon. «Buxoro xalqining xasratli tarixi. T., «Fan», 1990. 27-bet). Ko‘rinib turibdiki, Buxoro amiri saltanatining dovrug‘ini boy oltin, kumush, ma'dan konlari va boshqa yer osti qazilma boyliklari taratgan.
Buxoro Sozet Jumhuriyati 1920 yil 2 sentyabr inqilobidan keyin ilm-fanga, maorif, yoshlarni o‘qitishga jiddiy e'tibor berdi. Buxoroning iste'dodli siymolari Fayzulla Xo‘jaev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abdulzohid Munzim (Burxonov), Qori yo‘ldosh Po‘latovlar buxorolik va turkistonlik yoshlarning Turkiya, Germaniyaga borib o‘qishlariga alohida ahamiyat beradilar. Fayzulla Xo‘jaev, Abdulvohid Munzim va Abdurauf Fitrat tashabbusi bilan 50 dan ortiq buxorolix yosh 1921 yilda Olmoniyaga o‘qishga yuboriladi. Buxoro hukumati ularning 9-10 yillik o‘qish xarajatlari uchun olmon bankiga oltin hisobidan pul o‘tkazdiradi. Biroq, ming afsuski, 1924 yilda Buxoro Sho‘rolar hukumati tugatilgach, buxorolik talabalarning Olmoniyada Rus-Buxoro bankida saqlanayotgan puli Moskva ochqo‘zlari tomonidan tortib olinadi. Moddiy tomondan qiynalgan talabalarning bir qismi nochor ahvolda SSSRga qaytib keladi. Xorijdan qaytgan talabalar «nemis josusi» va «antisovet millatchi», «xalq dushmani» sifatida qattiq jazolanadilar. Ular surgun va qamoqlarda shahid bo‘lishadi. Buni xorijda yashayotgan keksa vatandoshlarimiz, jumladan, taniqli olim va jamoat arbobi Vali Qayumxon shunday hikoya qiladi: «1924-1925 yillarda Moskva elchisi barchaning yurtga qaytishini buyuradi. Talabalar uchun bankka qo‘yilgan aqchalar va Buxoro tijorat vakolatini, barcha ashyo va sarmoyasini, Buxoro xukumatining uylarini tortib oladi («O'zbekiston adabiyoti va san'ati», 1922 iil 24 aprel). Xalq mulkiga ko‘z olaytirish, milliy boyliklarni zo‘rlik bilan tortib olish bilan suyagi qotgan bolshevistik tuzum hukmdorlari turli bahona va bo‘htonlar bilan qanchadan-qancha begunoh odamlarning yastig‘ini quritdi.
Amirlikning nufuzli amaldorlaridan tashqari xorijiy o‘lkalarning savdogarlari, amaldorlari, beklar tomonidan amirga qilingan tortiqlar, sovg‘a-salomlar amirlikning tashrifot xodimlari tomonidan qabul qilinib, amir xazinasiga joylashtirilardi. Sadriddin Ayniyning «Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar» asarida yozilishicha, 1917 yil martda amirga qarshi islohot o‘tkazish davrida ham 1918 yilning bahorida F. Krlesov boshliq bosqinchi bolsheviklarning amir saltanatiga hujumi davrida ham, o‘rmonga o‘t ketsa, ho‘lu quruq barobar yonganidek, ming-minglab begunoh odamlar qoni to‘kilgan. Buxoro shahri va Buxoro amirligiga qarashli viloyat va tumanlarda ham mnng-minglab oddiy odamlar, badavlat savdogarlar, amaldor va boylar turli bahonalar bilan o‘ldirilib, ularning butun bor mol-mulki musodara qilingan. Fayzulla Xo‘jaevning uyi ham ayni shu paytda (1918-1919 yillarda) bir necha marta tintuv qilinib, barcha boyliklari olib ketilgan edi.
Frunze, Kuybishev boshliq bolsheviklar Buxoroda inqilobiy to‘ntarish uyushtirgan paytda (1920 yil kuzida) Buxoro amiri Said Olimxon oltin-kumush va boshqa boyliklarini o‘zi bilan chet elga olib ketganligi to‘g‘risida har xil fikrlar mavjud. Tarixchi olimlardan N. Yo‘ldoshev, N. Haydarov, S. Xolboevning maqolalarida ta'kidlanadiki, Amir Olimxon o‘zi bilan yuz aravada oltin va boshqa qimmatbaho boyliklarni olgan, shundan 25 aravasi G'ijduvon tumanidagi Eshonko‘prik yonida 3. Kujalo otyadi bilan bo‘lib o‘tgan jangda bolsheviklar qo‘liga o‘tadi. Qizil armiya bundan tashqari amirlikka qarshi inqilobiy yurishlari davomida Nurota, Xatirchi, Karmana bekliklarida saqlanayotgan 1013 pud oltin va kumush tangalarni, gavhar, yoqut hamda boshqa qimmatbaho metallarni musodara qiladi.
Chor Rossiyasi davrida, inqilobdan keyingi qizil bolsheviklar imperiyasi davrida (1840-1991) butun Turkiston mulki bosqinchilar tomonidan talon-toroj qilib kelindi. ChK, GPU, NKVD, KGB to‘plagan ma'lumotlarga qaraganda, Amir Olimxon bolsheviklar hujumidan Buxoroni tashlab chiqib ketishi paytida xazinasidan 2000 karat brilliant va oltinni, jami 18 qop boyligini o‘zi bilan birga olib ketgan. («O'zbekiston adabiyoti va san'ati». 1992 yil 14 avgust).
«Tovar» nomli ishda bir haqiqat bor, - deb yozadi «Buxoro amirligining oltinlari» nomli maqola mualliflari.- O'rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishini o‘tkazish vaqti (1924yil)da mahalliy turkiy halq qo‘yni puch yong‘oqqa to‘ldiriladi - amirlik mulkiga merosxo‘r Buxoro Sho‘ro Sotsialistik Jumhuriyati tugatilmasdan ancha oldinroq, endi targ‘ibot, tashviqotishlari boshlangan bir paytda Moskvada markaziy sho‘ro hukumatining katta chinovniklari tomonidan xazina boyliklari haqida qaydnoma tuziladi, ushbu hujjatda Buxoro Sho‘ro Sotsialistik Jumhuriyatidan olingan oltin, kumush va har xil qimmatbaho osori-atiqalar Davlat xazinasi (Gosxran) tomonidan quyidagilar qabul qilib olingan va saqlangan. Bu yerda jami 9 ta qaydnomadagi ma'lumotlar umumlashtnrilgan holda keltiriladi:
1. 332-qaydnomada: oltin yombilar - 5 pudu 12 funt, jami oltin hisobida- 112233 so‘m 36 tiyin.
2 520-qaydnomada: oltin - 2 pudu 12 funt, jami 35 ming 687 so‘m 29 tiyin, oltin parchalari va oltin buyumlar - 4 pudu 15 funt, jami oltin hisobida - 46997 so‘m 16 tiyin, mardon - 34 funt (summasi aniq emas).
3. 500 va 519-qaydnomalarda: kumush buyumlar - 224 pudu 01 funt, jami oltin hisobida - 61996 so‘m 77 tiyin.
4. 519 va 520-qaydnomalarda: buyumlarga qadalgan qimmatbaho toshlar, jami oltin hisobida - 152831 so‘m 8 tiyin.
5. 322-qaydnomada: rus oltin tangalari, jami 239693 so‘m 91 tiyin; Buxoro oltin tangalari 54 ming 331 so‘m 72 tiyin.
6. 327 va ZZ1-qaydnomalarda: Buxoro tangalari - 199 pud 39 funt (narxi ko‘rsatilmagan) va boshqalar, yuqoridagilarning hammasi oltin pul hisobida 3 million 168 ming 172 so‘m 42 tiyinni tashkil etadi.- OF 243 sht, (29-bet).
Taniqli tarixchi olim Haydarbek Bobobekovning yozishicha, o‘sha qimmatchilik kezlarida bir pud un 95 tiyin, guruch 1 so‘m 20 tiyin, arpa 60 tiyin, uzum va turshak 3 so‘m 80 tiyin, yong‘oq 1 so‘m 70 tiyin, pista vz nok 35 tiyin, bodom 70 tiyin, bir bosh semiz qo‘y 2 so‘mgacha bo‘lgan. Yuqorida sanab o‘tilgan oltin, kumush, zeb-ziynatlar va mislsiz boyliklarning oltin pul hisobidagi bahosini shunga qiyos qilib bilib olaverish mumkin. Ularning qadr-qimmati o‘sha davrdayoq yuksak bo‘lgan, hozir ham o‘z qiymatini yo‘qotgan emas. Bu o‘rinda yaqinroqda Buxoro amiri xazinasiga taalluqli yana bir yangi ma'lumot tarqalganligini aytib o‘tish mavridi keldi. «Trud» gazetasi 1992 yil 2 iyun sonida «Xazina topildi» sarlavhali xabar e'lon qildi. Qozog‘iston jumhuriyatining Almati shahrida chiqadigan «Osiyo» ro‘znomasi amir xazinasi to‘g‘risida shov-shuv bo‘ladigan yangilik bosib chiqardi.
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 14-Avg-2011, 08:36 | Message # 35 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
Ro‘znomaning yozishicha, Frantsiya banklaridan birida 70 yildan ko‘proq vaqtdan beri Buxoro amirligining xazinasi saqlanayotgan ekan. Yevropada amir xazinasiga qiziqish susayish o‘rniga borgan sari kuchayib boryapti. Xazina bir qismining taqdiri annq: Afg‘onistonda muhtojlikda yurgan amir Sayid Olimxon 1928 yilda o‘sha vaqtda 180 million oltin frankda baholanadigan xazinasini qaytarishlarini so‘rab, Frantsnya hukumatiga murojaat etganida Parijdan: «Pullar faqat Buxoro xalqi talab etgan taqdirdagina qaytariladi», - degan annq va qisqa javob oladi. Bordi-yu, «Osiyo» gazetasining xabari haqiqat bo‘lsa, unda Buxoroning so‘nggi hukmdori Said Olimxonning bu boy oltin xazinasi endilikda Buxoro mehnatkashlariga nasib etmog‘i lozim. Shuni ham ta'kidlash lozimki, amir qushbegi tomonidan ro‘yxatga olingan oltinlar ichida amirning Frantsiya bankiga qo‘ygan 180 million tilla haqidagi ma'lumotni uchratmaymiz. Ayni vaqtda H. Uzoqov va S. Xolboevning Buxoro amirining oltinlari to‘g‘risidagi maqolasida ham bu to‘g‘rida hech narsa deyilmaydi. Shunday ekan, amirning Frantsiya bankiga qo‘ygan oltinlari xususidagi gap-so‘zlar izlanishni, chuqur tadqiqotni talab etadi. Yuqoridagi bayon yuzasidan haqli bir savol tug‘ilishi mumkin: Buxoro amirligi shunchalik behisob boylikni: oltnn, kumush, zeb-ziynatlar va qimmatbaho mol-mulkni qaerdan to‘pladi za qaysi bir oltin konidan qazib oldi ekan?
Gap mang‘it amirlarining so‘nggi sulolasi Said Olimxon ustida ketayotgan ekan, uning zamondoshlari Fayzulla Xo‘jaev, Abdurauf Fitrat, Mustafo Cho‘qay, -Sadriddin Ayniy va Abdulvohid (Manzum) Burhonovlarning yozishlaricha, Said Olimxon ovrupocha savdo-sotiq yuritishda mohir tadbirkor va iqtisodchi tejamkor savdogar bo‘lgan. U o‘z muzofoti boyliklarini jahon bozoriga chiqarib, eng avvalo Rossiya o‘lkalari bilan ochiq savdo-sotiq ishlarini keng yo‘lga qo‘ygan ishbilarmon va tadbirkor hukmdor bo‘lgan. Fayzulla Xo‘jaevning ta'kidlashicha, Buxoro iqtisodiy jihatdan ozroq hunarmandchilik ishlab chiqarishiga va urushdan (1914 yilgi jahon urushi) oldingi vaqtda ancha rivojlangan savdo-sotiqqa ega bo‘lgan agrar-chorvachilik o‘lkasi edi. Buxoroda aholining 10 foizi savdo (asosan mayda va qisman yarimulgurji savdo-sotiq) bilan shug‘ullanib kelgan bo‘lib, yigirmaga yaqin paxta tozalash zazodining asosiy maqsadi eksport qilinadigan paxtani tashish uchun o‘ng‘ayroq holga keltirishdan, ya'ni toylashdan iborat edi.
Amirlik iqtisodiy jihatdan o‘z xo‘jalik tizimining soddaligi va ravshanligi bilan yaxshi ajralib turgan. Buxorodan Rossiyaga qilinadigan eksport 88 foizni, import esa 90 foizni, 1850-1860 yillarda 30-40 ming dona qoraqo‘l terini tashkil etgan bo‘lsa, 1911 - 1914 yillarda 1,5 million dona qorako‘l teri eksport qilindi. F. Xo‘jaev xo‘jalik iqtisodiyotiga doir maqolalarida ko‘rsatishicha, Buxoro amiri va uning amaldorlari savdo-sotiq ishlariga yiliga 1 million so‘mga yakin qarz berib turganlar. Bulardan tashqari, Buxoroda ishlab turgan yettita xususiy bank eksport-import operatsiyalarini yiliga 40 million so‘mlik kredit bilan ta'minlab turgan (F. Xo‘jaev. Buxoro Xalq Respublikasining iqtisodiy ahvoli. «Buxoro turmushi» jurnali. Moskva, 1924 yil, 1-2-son, aprel-may).
Yangi Buxoro-Kogonda 1894 yilda ochilgan davlat banki 90 million so‘mlik sarmoyaga ega edi. Shundan keyin to 1917 yilgi inqilobiy to‘ntarishga qadar Kogonda Rus-Osiyo birlashgan banki, Moskva hisobidagi Azov-Don birlashgan xorijiy savdo banki, Rus-Buxoro banki, O'rtoqlik, Katta Yaroslav manufaktura savdo uyi za boshqa bank va savdo-sotiq tarmoqlari ishlab turgan. Shuningdek, Qogonda Shlosberg, Potelyaxoz Vadilni, Modviga Gabenek va Danila, Nikolaev manufaktura markazi, savdo uylari aholi xizmatida bo‘lgan. Buxoro inqilobiga qadar Rossiyaning Buxorodagi diplomatik vakillari Miller, Vvedenskiy, Shulga kabilar mahalliy boy va amaldorlardan katta pora olib, million-million pullari, zeb-ziynatlarini Rus-Buxoro banklarida saqlanganlar. Yozuvchi S. Ayniy «Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar» nomli tarixiy asarida, «Esdaliklar» kitobida Qogondagi rus agentligi ish faoliyati to‘g‘risida yaxshigina ma'lumotlar keltirgan. Buxoro Xalq Sho‘ro Sotsialistik Jumhuriyati iqtisodiy, xo‘jalik va savdo-sotiq ishlariga katta ahamiyat bergan. Fayzulla Xo‘jaev 1923 yildayoq o‘n yilga rejalashtirilgan (1923-1933) oltin zayom chiqargan edi. Besh foizlik bu zayom 20-30-yillarda yengil sanoat, xalq xo‘jaligini rnvojlantirishda, mehnatkashlarning turmush darajasini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Fayzulla Xo‘jaev Buxoro amiri qo‘shni Eron, Hindiston, Afg‘oniston, Angliya, Olmoniya mamlakatlari bilan keng ravishda savdo-sotiq ishlari olib borib, o‘z xazinasini boyitganligini shunday ifodalaydi: «Amir faqat davlat rahbari, islom dinining boshlig‘i bo‘libgina qolmasdan, shu bilan birga katta savdo-sanoat mulkiga ham ega edi. U xalq butunlay huquqsiz bo‘lib qolgan sharoitda o‘zining hokimi mutlaqlik mavqeidai ommani shafqatsiz ezishda keng foydalandi. Vazirlar va katta amaldorlar ham bu sohada undan qolishmasdilar.
Amir million-million so‘mlik mablag‘larni savdo sohasida temir yo‘l kompaniyalarida, rus va chet el firmalarining sanoat korxonalarida ishga soldi. Amir o‘z xususiy mulkini davlat va xazina mablag‘laridan hech qachon ajratgan emas. Mamlakatning butun boyligi amirning mulki, davlat xazinasi deb hisoblanar edi. U o‘zini xalqning mulkdori, doimiy hukmdori deb bilardi.
Amir o‘z shaxsiy maqsadlari yo‘lida foydalanib kelgan mablag‘lar naqadar katta bo‘lganligini faqat zeb-ziynatlarga, saroy xarajatlariga, rus amaldorlarini pora berib sotib olishga, Rossiyadagi podsho xonadoniga sovg‘a-salomlar yuborishga qilingan sarf-xarajatlarni, shu bilan birga boshqa kirim-chiqimlarni podsho hukumatining Buxoro hukumati huzuridagi amaldori (Rossiyaning Buxorodagi agenti - M. H.) P. Vvedenskiyning biz amir arxivlaridan topgan va unchalik to‘la bo‘lmagan hisobotidagi quyidagi ma'lumotlar ham ko‘rsatib turibdi. Bu hisobot amirlik ag‘darilmasdan bir necha oy muqaddam, 1920 yilning boshida amir hukumatining talabi bilan tuzilgan edi. Mana shu hisobotga qaraganda, Fayzulla Xo‘jaev yozganidek (uch tomlik tanlangan asarlariking 1-tomi), o‘sha vaqtda rus kapitalistlarining savdo va sanoat korxonalariga amir tomonidan berib qo‘yilgan mablag‘lari quyidagicha bo‘lgan (aynan ko'chirma).
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 14-Avg-2011, 08:38 | Message # 36 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
Janobi oliylarining rus korxonalaridagi ishtiroki
I. Naqd kapital 1. Rus-Buxoro aktsiyasi jamiyatida: a) Naqd paxtaning qimmati — 4608800 so‘m. 2. Shuning o‘zi Rus-Osiyo aktsiyasi jamiyatida — 25000000 so‘m. 3. Shuning o‘zi Buxoro bankida — 500000 so‘m. 4. Shuning o‘zi ip yigirish korxonalarida — 30.000000 so‘m. 5. Shuning o‘zi temir yo‘lda— 111250 so‘m. Jami: 3861250 so‘m.
II. Tovarlardan iborat kapital 1. Rus-Buxoro aktsiyadorlari jamiyatida: a) Mavjud paxtaning qimmati — 4008000 so‘m. b) Jun —361500 so‘m. 7. Ik mesh— 186000 so‘m. g) Qorako‘l teri — 635000 so‘m. d) Saxtiyon — 184000 so‘m. e) Boshqa tovarlar va materiallar — 80000 so‘m. Jami: 62007500 so‘m.
Janobi oliylarining yarim ulushi ishtirokida — 303750 so‘m. 2 Rus-Osiyo paxtachilik jamiyatida: a) Mavjud paxta — 31180900 so‘m. b) Chigiti olinmagan paxta— 1144200 so‘m. v) Urug‘lik — 3696355 so‘m. g) Lint —245400 so‘m. d) Mato —72190 so‘m. e) Kop-qanor — 57:450 so‘m. j) Sim — 237600 so‘m. z) Kanop ip— 106000 so‘m. i) Tola— 151511 so‘m. k) Urug‘lik — 318820 so‘m. l) Materiallar — 200000 so‘m. Jami: 62295075 so‘m. Janobi oliylarining yarim ishtiroki — 3145538 so‘m.
III. Umumiy yakun 1. Naqd kapital — 38612500 so‘m. 2. Aktsiyali ikki jamiyat. Janob oliylarining yarim ulushi ishtirokida — 62151288 so‘m.
ESLATMA: Rus-Buxoro aktsiyadorlar jamiyatn va Rus-Osiyo paxtachilik jamiyatining tovarlardan iborat sarmoyasi, banklarga to‘planadigan qarzlar va boshqa xarajatlar chiqarib tashlanmagan. Kapital uzil-kesnl ajratib olinganidagina bularni chiqarib tashlash mumkin.
IZOHNOMA: 1. Janobi olinlarining Buxoro bankiga qo‘ygan sarmoyasi bo‘yicha belgilangan shartga binoan foiz to‘lanishi lozim. 2. Ip yigirish korxonasiga qo‘yilgan sarmoya bo‘yicha kafolatlangan 7 foiz to‘lanishi yoki kamida 7 foiz dividend berilishi kerak. 3. Buxoro temir yo‘liga qo‘yiltan sarmoya bo‘yicha dividend yoki kafolatlangan foizlar to‘lanishi kerak.
Mazkur jamiyatlar va korxonalardan tashqari rezidentlikda, sobiq viloyat ozuqa boshqarmasida va rus banklarida ham Buxoro hukumatining sarmoyalari bor. 1. 1910—1917 yilga qadar bo‘lgan vaqt ichida turli mansablar uchun Buxoro hukumatidan rezidentlikka tushgan mablag‘larning ro‘yxati ushbuga ilova qilinadi. Ko‘pgina hisob varaqlar bo‘yicha qaytarib berilishi kerak bo‘lgan qoldiqlar mavjud. 2. Sobiq viloyat ozuqa boshqarmasi hisobidagi kanitallar to‘g‘risida ushbuga ma’lumotkoma ilova qilinadi. 3. Buxoro sarmoyalari to‘g‘risida banklarning ro‘yxatlari ushbuga ilova qilinadi.
ESLATMA: Mirzo Mustafo Mirzaxurning sarmoyalari va mulki to‘g‘risidagi ma’lumotlar: Mirzo Mustafoning 1918 yili taqdim etilgan hujjatlari bo‘yicha uning Pyatigorskdagi va boshqa joylardagi rus banklariga qo‘ygan pullari bor.
Sobiq qushbegi Mirzo Nasrullobek tomonidan Rossiyaga yuborilgan oltin zaxirasi to‘g‘risida menda hech qanday ma’lumot yo‘q, Mirzo Nasrullobek davrida Buxoro hukumati bu mablag‘larining shirkatlari to‘g‘risida banklar bergan ma’lumotlar ushbuga ilova qilinadi. Bu ma’lumotlar Mirzo Nasrullobek mablag‘larining qaerga yuborib qo‘yilganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
P. Vvedenskiy, 1920 yil 26 fevral (Fayzulla Xo‘jaev. Tanlangan asarlar, 1-jild. Toshkent, 1976, 225— 226-betlar).
Yirik davlat arbobi Fayzulla Xo‘jaev ayni bir paytda Buxoroning ijtimoiy-siyosiy tarixini yaxshi bilgan va Buxoro tarixiga doir qator asarlar yozgan mohir muarrix olim edi: «Buxoro hukmdori Said Olimxon banklarda va tovarlar tariqasida saqlayotgan mablag‘lar 100 million so‘mdan ko‘proqdir. Vaholanki, bu hali hammasi emas, — deb yozadi Fayzulla Xo‘jaev o‘zining «Tarixiy yubiley» asarida. — Masalan, tovarlar tariqasida, asosan paxta va qorako‘l tariqasida katta mablag‘lar 1919 yilda, 1920 yilning boshida Angliyaga yuborilganligini va amirning frantsuz banklarida saqlab qo‘ygan mablag‘lari borligini bilamiz. Amir qochib ketayotganida kam deganda qariyb 10—15 million so‘mni o‘zi bilan olib ketdi».
Buxoro amiri Said Olimxon saltanati davrida amirlik xazinasidagi hadsiz boyliklar, million-million so‘mlik oltin-kumushlar xususida Fayzulla Xo‘jaevdan tashqari Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Abdulvohid Manzum kabi siymolar ham ko‘plab yozganlar. Ayniqsa, S. Ayniyning «Doxunda» romanida bu davrdagi hayot ajoyib badiiy talqinini topgan.
Majid Hasaniyning “Yurt bo‘ynidagi qilich yoki istilo” (Toshkent. «Adolat». 1997) kitobidan olindi.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 19-Avg-2011, 00:50 | Message # 37 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Yurtimiz boyliklarining talon-toroji: madaniyatimizning dunyoga sochilgan durdonalari
Tarixdan ma'lumki, Turkiston inglizlar, olmonlar, Xitoy va boshqa imperialistik mamlakatlar uchun o‘lja manbai bo‘lib kelgan. O'rta Osiyoga yashirin yo‘l bilan turli maqsadlarni ko‘zlab kelib-ketgan ilmiy, harbiy ekspeditsiyalar, sayyohlar, tijorat vakillarini eng avvalo Osiyoning qimmatbaho, betakror boyliklari qiziqtirardi. 1931-1933 yillarda «Ost-Ind» kompaniyasining zobiti-leytenant Aleksandr Boris ma'lum vaqt Buxoroda yashab, 200 dan ziyod oltin, kumush tangalar, qimmatbaho taqinchoqlarni yig‘ib Britaniya muzeyiga taqdim etgan. Buxorodan olib ketilgan osori-atiqalar hozirda bebaho hisoblanib, bizning milliy boyligimiz Angliya mulki bo‘lib turibdi. Bu yaqin o‘tmishimizda diyorimizda ish olib borgan xususiy shaxs qilmishlaridan birgina misol. Qadim tariximizda va bizning davrimizda qilingan bunday o‘g‘riliklar va talonchiliklarni aytib ado qilish qiyin. Harholda shu hususda bir oz fikr yuritishga harakat qilib ko‘raylik. XIII asrda chingiziylarning O'rta Osiyoga bosqini davrida Turkiston o‘lkasi vayron etilib, mamlakat boyligi talon-toroj qilingan bo‘lsa, 1740 yilda Eron shohi Nodirshoh istilosi natijasida xalqimiz mulki yana talab ketildi. Bosqinchi Nodirshoh Samarqanddan ko‘plab o‘ljalar qatori Sohibqiron Amir Temur qabri ustidagi toshni, muqaddas kitob-Qur'oni Karimni, Shohizinda darvozasini va jahongirning maqbarasi ichiga qo‘yilgan oltin sopli nayza va qilich-qalqonlarni, shahardan talab olingan boshqa qimmatbaho boyliklarni Eronga olib ketadi. Nodirshoh Sohiqironning qabrtoshini tezda o‘z joyiga qaytaradi.
O'rta Osiyodagn boyliklarga azaldan ko‘z olaytirib kelgan Rossiya podsholigi bu yerdagi milliy davlatlar-uch xonlikning yer osti, yer usti boyliklarini turli yo‘llar bilan qo‘lga kiritish uchun cheksiz xunrezliklar ko‘rsatdi. Rossiya imperiyasi Turkiston bosqini (1850-1916 yillar) davrida O'rta Osiyo xonliklari, jumladan, Samarqand, Buxoro, Xiva va Xo‘jand kabi ko‘hna shaharlar xazinasida to‘plangan boyliklarga maxfiy rejalar asosida ega bo‘lishga harakat qildi. Shu bois Rossiyadan Turkiston o‘lkasiga jug‘roflar, savdogarlar, tarixchilar, sharqshunoslar, boshqa turli soha mutaxassislari har xil qiyofada va turli vazifalar bilan birin-ketin jo‘natilib turildi. Peterburgdagi Osiyo muzeyi direktori X. D. Fren 1834 yili Sharq allomalari yordamida O'rta Osiyoda izlab topilishi mumkin bo‘lgan 103 ta nodir asarning tadrijiy ro‘yxatini tuzib chiqadi. Rossiya moliya nozirligi va barcha daxldor tashkilotlar Turkistonni bosib olish jarayonida talon-toroj qilingan jamiki boyliklarni Peterburg va Moskva shaharlariga tashib ketish va joylashtirish uchun askar va zobitlarning qo‘llariga maxsus tavsiyanomalarki topshiradilar. Shunga binoan ular O'rta Osiyoning Buxoro, Xiva, Samarqand, Qo‘qon, Xo‘jand, Toshkent kabi shaharlari va xonliklaridan oltin, kumush, amaliy san'at namunalari, qo‘lyozma kitoblar, tarixiy hujjatlar, muhrlar, tamg‘a, tug‘, tangalar, antiqa buyumlar, so‘zanalar, xurjun, qop, gilamlar, zargarlik, misgarlik buyumlari, nodir metallar, egar-jabduq, yoqut, dur-gavhar toshlar va boshqa barcha qimmatbaho buyumlarnn o‘lja olishib, Peterburg, Moskva muzeylari, kutubxonalariga maxsus karvonlar orqali yuborib turganlar. Turkistonning birnnchi general gubernatori K. P. Fon Kaufman (1867-1883) 1869 yili qadimiy Samarqand shahridan musulmon dunyosining bebaho muqaddas kitobi - VIII asr qo‘lyozma yodgorligi bo‘lgan «Usmon Qur'oni»ni Petsrburgga Rossiya imperatori hazrati oliylariga jo‘natgan edi. Shukrki, kufiy yozuvidagi bu nodir kitob - «Usmon Qur'oni» keyinchalik O'zbekistonga qaytarildi.
Chor Rossiyasining bosqinchi generallari 1870 yili Buxoro amirligi fuqarolarining qo‘zg‘olonini bostirish bahonasida Shahrisabz va Kitob bekliklariga qarashli joylarni vayron qilib, o‘lja olingan 97 jilddan iborat noyob qo‘lyozma kitobni Peterburg, Moskva shahriga olib ketadilar. Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Xo‘ja Ahror, Ahmad Yassaviy, Mirzo Ulug‘bek, So‘fi Olloyor, Sulaymon Boqirg‘oniy, Alisher Navoiy kabi daholariing qo‘lyozmalariga ahamiyat berish zarurligi harbiy sharqshunos olim A. P. Kun tomonidan alohida ta'kidlab tayinlanadi. Eng qimmatbaho buyumlarni (qo‘lyozma kitob va boshqalarni) qo‘lga kiritgan har bir rus va kazak askari, zobiti Turkiston general-gubernatori Fon Kaufmanning faxriy va maxfiy maslahatchisi bo‘lgan A. P. Kuning ko‘rsatmasiga ko‘ra, unvonlar, mukofotlar bilan rag‘batlantirib turilganlar. O'z davri tarixiy voqealarining ishtirokchisi bo‘lgan xorazmlik shoir va mohir muarrix Muhammad Bayoniyning yozishicha, Xiva xonligi bisoti - sandig‘ida saqlanayotgan 300 dan ziyod arab, fors-tojik, turk-o‘zbek tillarida yozilgan qo‘l: yozma kitoblar, xonlik asravxonasi-arxivida saqlanayotgan ming-minglab tarixiy hujjatlar, xonlik kutubxonasida asralayotgan nodir kitoblardan tortib to hattotlik san'ati bilan bezatnlgan miniatyuralar, bezaklargacha Peterburgdagi Rossiya imperatori kutubxonasiga olib ketilgan. Bosqinchilar tashib ketgan nodir qo‘lyozma kitoblar orasida Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Narshaxiy, ibn Sino, Jayxoniy, Yassaviy, Abu Rayhon Beruniy, Ogahiy, Munis va Bayoniylarning asarlari bo‘lgan. Hozirda yuritimizning bu qimmatbaho boyliklari Saltikov-Shchedrin nomidagi Sankt-Peterburg davlat kutubxonasida qarovsiz holda yotibdi. Bayoniyning guvohlik berishicha, general Kaufman boshliq Rossiya armiyasining askar va zobitlari 1873-1874 yillari Xiva xoni taxtini tag-tugi bilan Moskvaga ko‘chirib olib ketganlar. Rus olimi V. V. Stasov hozir Moskvadagi qurol-aslaha palatasidan joy olib turgan bu taxtni ilmiy tavsif etib: «Xiva xonligining taxti Xiva hunarmand ustalari mahoratining cho‘qqisi, ya'ni metallga gul solish hunarining betakror mahsuli hisoblanadi», - deb yozadi.
Avvallari O'rta Osiyoning yer osti va yer usti boyliklarini rus mustamlakachilari ot, arava, tuyalarda tashib ketgan bo‘lsalar, keyinchalik temir yo‘l orqali, inqilobiy to‘ntarishdan keyingi 70 yil davomida esa «qizil imperiya» tashmachilari quruqlik, suv va havo transportining barcha turlari bilan chumolidek bearmon tashib ketdilar, Bu hol mamlakatimiz o‘z mustaqilligini e'lon qilguniga qadar davom etdi.
Muhammad Yusuf Bayoniy asarlarida va bir qator tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Xiva xoni saroyidan talon-toroj qilingan o‘ljalar orasida pul yasaydigan 200 ta qolip, xonlikning 25 ta tilla va kumush muhri, 200 dan ortiq qadimiy tanga, XV asrga oid o‘ta qimmatbaho zargarlik buyumlari, kiyim-kechaklar, ro‘zg‘or ashyolari va ko‘zga ilinadigan boshqa boyliklar Peterburg va Moskva shaharlariga olib ketilgan. Mehnatkash xalqning bu bebaho durdonalari Ermitajda, Krasnoe seloda, Moskvadagi Etnografiya hamda Politexnika muzeylarida va boshqa joylarda saqlanmoqda. «Mulk o‘z egasini kutib xori zor bo‘lib yotibdi», - deb yozadi tarixchi olima Nafisa Sodiqova «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» haftaligining 1991 yil 10 iyul sonida chop etilgan «Talon-toroj qilingan mulk» maqolasida.
Turkistondagi ilm-fan, madaniyat, ma'naviyat yodgorliklarini rejali, ilmiy asosda qo‘lga kiritish bobida Peterburgda tashkil etilgan Rus jug‘rofiya jamiyati katta rol o‘ynadi. Bu jamiyatga a'zo bo‘lgan podsholikning nufuzli knyazlari, harbiy tarixchilari, arxeolog, etnograf, topograf, sharqshunos va o‘lkashunos olimlari, jumladan, P. I. Lerxe, N. P. Kun, V. V. Stasov, M. S. Andreev, V. A. Ivanov, N. V. Veselovskiy, S. M. Dudin, N. P. Ostroumov, V. Minorskiy, V. Rozan, A. G. Tumanskiy, S. Vopin, M. Ye. Masson, Ye. F. Kol, X. D. Fren, V. V. Radlov, V. N. Dorn, K. G. Zalman, F. V. Oshanin, V. L. Vyatkin, V. V. Bartold, I. Yu. Krachkovskiy, V. A. Jukovskiy, S. P. Tolstov kabilar O'rta Osiyoning moddiy va ma'naviy boyliklari Moskva va Peterburgga tashib ketilishida juda katta xizmat ko‘rsatganlar.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 19-Avg-2011, 00:52 | Message # 38 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
Sharqshunos olimlardan P. I. Lerxe va A. L. Kun Turkistonni bosib olish jarayonida mahalliy xalqlarning mol-dunyosi, shaxsiy mulki va xonliklar xazinasidan qanday yodgorliklarga, qaysi buyumlarga e'tibor berish zarurligi to‘g‘risida dastur ham ishlab chiqadilar. Dasturda Sharqning buyuk olimlari va allomalari, payg‘ambar va aziz avliyolar, valiylar haqidagi qo‘lyozma kitoblarga e'tibor berish zarurligi ta'kidlanadi.
Samarqand shahrini bosib olib, xalq mulkini talon-toroj qilishga farmon bergan general K. P. Kaufman 1869 yilda musulmonlarning yuqorida aytib o‘tilgak muqaddas kitobi - Qur'oni Karimning noyob nusxasi bilan birga Hadisi sharif va boshqa nodir qo‘lyozma kitoblarni Sankt-Peterburgga jo‘natadi. Harbiy maslahatchi vazifasnda ishlagan sharqshunos A. L. Kun 1873 yilda Xnva xonligi bosib» olinganidan keyin xon saroyidagi qimmatbaho buyumlar qatori arab, fors za turkiy tillarda yozilgan noyob kitoblarni Moskva, Peterburg shaharlariga yuborib turadi. U Rossiya imperiyasining Turkiston bosqini davrida O'rta Osiyo hududidagi xazinalar ayovsiz talon-toroj qilinganligini ishonchli manbalar, arxiv hujjatlari asosida haqqoniy yoritib bergan. Olimning yozishicha, chor Rossiyasining bosqinchi generallari, talonchi chor chinovniklari, ochko‘z va g‘addor askar va zobitlari bosib olingan O'rta Osiyo va Qozog‘iston o‘lkalarida vahshiylarcha begunoh qon to‘kkanlaridan tashqari faqat xonliklar xazinasinigina emas, balki bekliklar, tumanlar va qishloqlar, hatto boy va amaldorlar, savdogarlarning mol-mulknnn ham talon-toroj qilganlar. Uyma-uy yurishib, har bir xonadondagi ko‘zga yaqin narsalarni va, ayniqsa, eski arab yozuvidagi qo‘lyozma kitoblarni yig‘ishtirib olganlar. «Devonbegi Matmurodning uyidan,- deb yozadi. N. Sodiqova yuqoridagi maqolasi davomida,- tillodan yasalgan ikki sandiq buyumlar, qimmatli toshlar olib ketilgan».
Xiva yurishidagi boy o‘ljalar haqida Amerika elchixonasining kotibi Skaylor bilan Rossiyaga kelib, Fon Kaufman boshchilik qilgan Xiva yurishida qatnashgan Amerikaning «Nyu-York gerald» gazetasi muxbiri Artur Mak-Gaxan ham «Oksusdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi» degan asar yozib, 1875 yilda Peterburgda nashr ettiradi. Mak-Gaxan xon saroyi xazinasini batafsil tasvirlaydi. Bu yerda ko‘rgan narsalari butun dunyodan keltirilgan san'at durdonalari ekanligini, behisob Xitoy chinni idishlari, Eron, turkman ipak gilamlari, Kashmir ro‘mollari, ajoyib liboslar za qurol-aslahalarni ta'riflaydi. «Faqat XVII-XIX asrlarga oid Xitoy chinni buyumlarining o‘zi 1000 dan ortiq bo‘lib, ular rus zobitlariga o‘lja bo‘ldi», deydi Mak-Gaxan. Maqolada ta'kidlanganidek, Xiva bosqini davrida Rossiyaning ulug‘ knyazi Nikolay Konstantinovich Romanov va boshqa qator rus amaldorlari, generallari, chinovniklari, sudxo‘rlari va zobitlari, korchalon savdogarlari Xivada behisob o‘ljalarni qo‘lga kiritdilar. Talab olingan qimmatbaho buyumlarni kim oshdi savdosiga qo‘yib, xorijlik aktsiyachilar, savdogarlarga sotib yuborishdi. Bu xil misollar behisob. Muhammad Bayoniyning yozishicha, Xorazm yerlari bilan tutash bo‘lgan turkman o‘lkasiga yurish davrida ham chor Rossiyasining bosqinchi generallari, zobitlari va amaldorlari beadad tekin o‘ljani qo‘lga kiritganlar. Ayniqsa, Ko‘ktepa, Dinglitepaga hujum davomida bosqinchilar ming-minglab begunoh odamlarni qirib tashlab, turkman gilamlari, o‘tovlari, zotli otlari, tuya va chorva mollarini ochko‘zlarcha talaganlar. Qotil bosqinchilar qilichidan o‘lgan va ular dastidan qochib ketgan kishilarning 12000 ta egasiz o‘tovidagi turkman gilamlari, kigizlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qimmatbaho taqinchoqlari va hattoki it-mushuklarini o‘tovlari bilan qo‘shib talab ketishgan.
Haqiqatan ham Rossiya imperiyasi hujumkor armiyasining eng dahshatli jangi Turkmanistonning Ko‘ktepa va Dinglitepa qal'alarida bo‘lganligidan shu voqealar xususida yana bir oz to‘xtalishga to‘g‘ri keladi. Tarixchi Muhammad Yusuf Bayoniyning «Xorazm tarixi» asarida hamda Garteveldning «Ko‘char qumlar va kesilgan boshlar» deb nomlangan Turkiston safariga bag‘ishlang‘an ocherkida bu tengsiz fojia tafsiloti keng bayon etilgan. Dushmanga jasorat bilan qarshi turgan bahodir turkman xalqini mahv etib, mayib-majruh qilib, faryod chekib, qoniga bulg‘anib yotgan ota-onalar, yosh bolalar ko‘zi oldida xalq boyligini talashlar murdalar ko‘zini cho‘qiyotgan kalxatlarni eslatadi. Bunday vahshiylikni jahon xalqlari kamdan-kam ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Dahshatli bu tarixiy voqealarni ko‘z o‘ngingga hayolan keltirar ekansan, beixtiyor boshing g‘uvillab, badanlaring uvishib ketadi. Bu manzarani tasvirlashga qalam ojizlik qiladi. Mol-dunyo yig‘ish uchun begunoh insonlarni yoppasiga qirib, ularning huvillab qolgan yurtlarida barcha g‘alamisliklarni qilishga qodir bosqinchilar o‘zlarini madaniyatli sanab, bu qilmishlarini esa qonuniy deb hisoblashlari hech bir mantiqqa, insof-diyonatga to‘g‘ri keladimi axir?!
O'zlarini Turkistonning yarim podshosi, ho‘jayini deb hisoblagan rus generallari o‘zlarini o‘zga xalqlarni zor qaqshatib, begunoh qon to‘kish hisobiga egallagan jannatmakon yurtlarda yashovchi jannatilar deb hisoblardilar. Bunday «jannati» zobitlar, knyazlar, chinovniklar, barcha amaldorlaru sazdogarlar uchun hamma shart-sharoitlar muhayyo edi. Rus hukmdorlari bu yerda o‘zlarini mangu xo‘jayindek his etardilar. Kavkaz, Sibir, Orenburg general-gubernatorlarining oylik maoshlari 20-30 ming so‘mdan oshmagani holda Turkiston general-gubernatori 40-50 ming so‘m maosh olardi. Mahalliy xalq tilini o‘rganganligi, uning urf-odatlarini «hurmat qilganligi» uchun rus zobitlariga qo‘shimcha haq to‘lanardi. Bu ham Turkistonning Rosspya uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligndan dalolat berardi. Xullas, bosqinchi kelgindilar bu yerda o‘zlarini jannatning naq o‘rtasida sezardilar.
«1875-1876 yillari rus qo‘shinlari Ko‘qonga yurish qiladi va xon kutubxonasidan 130 dan ortiq nodir qo‘lyozmalar olinib, Peterburgga, imperator kutubxonasiga jo‘natiladi», - deb yozadi Gartezeld yuqoridagi kitobida.
Tarixiy manbalarda yozilishicha, Buxoro Rossiya tomonidan bosib olinganiga qadar rus savdogarlari, sayyohlari, diplomatlari, har xil qiyofada va turli maqsad bilan kelib-ketadigan shaxslar, guruhlar o‘z manfaatlarini ko‘zlab, Buxoro amirligi hukmdorlariga, mahalliy xalqqa yaxshi madaniy munosabatda bo‘lishgan. Masalan, rus savdogarlari Buxoroga qimmatbaho sovg‘a-salomlar keltirishga alohida ahamiyat berganlar. Biroq Rossiya imperiyasi Turkistonni, jumladan, Buxoroi sharifni harbiy kuch bilan bosib olganidan keyin mahalliy xalqqa, hukmdorlarga muomala, munosabat butunlay o‘zgarib ketadi. Shundan keyin o‘zlarini O'rta Osiyoda hukmdor bilgan rus general-gubernatorlari, chinovniklari va ayniqsa chor Rossiyasining josus diplomatlari, savdogarlari endi Buxoroga sovg‘a-salomlar keltirish o‘rniga bu yurtlarning barcha boyliklarini bosqinchilarcha tashib ketishga kirishadilar. Buxorodan o‘lja olingan qimmatbaho sovg‘a-salomlarni talonchilar Toshkentdagi rus va chet el millionerlari va kollektsiyachilariga yanada qimmatroq sotish ishi bilan mashg‘ul bo‘ladilar.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 19-Avg-2011, 00:53 | Message # 39 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
Rossiya chinovniklari, ma'muriy amaldorlari, generallari, viloyat, shahar hokim-to‘ralari o‘z mustamlaka qo‘li ostidagi O'rta Osiyo xonliklarining amalodorlaridan, savdogarlar va fuqarolardan turli yo‘llar bilan katta-katta pora olib turganlar. Zullisonayn (ikki tklda ijod etuvchi) adiblardan Sadriddin Ayniy va Abdurauf Fitrat Buxoro tarixiga doir asarlari, maqolalarida yozishlaricha, Buxoro amiri Said Olimxon hukmronligi (1910-1920) davrida yangi Buxoro-Kogon shahrida faoliyat olib borgan Rossiya imperiyasining siyosiy agentliklari Buxoro amirligining amaldorlaridan muntazam ravishda pora, qimmatli sovg‘a-salomlar olishga odatlanib qolishgan. Masalan, S. Ayniy «Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar» (Moskva, 1926) nomli tarixiy asarida yozishicha, Rossiya hukumatining Buxoro (Kogon)dagi siyosiy agentlari Vvedenskiy, Shulga kabilar buxorolik qozikalonlar, qushbegi, darbor ahlidan muntazam pora olib turganlar. Xiva va Qo‘qon xonliklaridagi chor chinovniklari, generallari, barcha amaldorlari turkistonlik mahalliy boylar, amaldorlar ham ulardan qolishmagan. Xiva xonligida yashovchi ayrim amaldorlar, boy savdogarlar 1913 - 1916 yillar orasida oq podshoning ko‘plab amaldorlariga turli yo‘llar bilan pul hamda xalq boyligi bo‘lgan qimmatbaho buyumlardan iborat sovg‘a-salomlar yetkazib berib turganliklari haqida tarixiy hujjatlar saqlanib kolgan. Masalan, Xiva xoni Said Bahodir Asfandiyorxonning rus polkovnigi Volkovga 1916 yil 16 oktyabrdagi qabul chog‘ida bergan izohida quyidagilarni o‘qiymiz: «Polkovnik Kolosovskiyga pul bergan vaqtlarimni aniq yozib qo‘ymaganman, lekin daftarchamdagi yozuvlarda aks etganlarini og‘zaki bayon qilaman. 1915 yil boshida polkovnik Kodosovskiyga Matvafo orqali 5000 so‘m pul berdim. O'sha orqali Kolosovskiyga yana 5000 so‘m jo‘natdim. 1915 yilning ikkinchi yarmida Matvafo ishdan bo‘shatilgach, Toshkentdan qaytgan polkovnik Kolosovskiyga Abdullaxon orqali 5000 so‘m berib yubordim. 10 kundan keyin esa Matvafoni birinchi vazir sifatida qayta mansabga tayinlaganimdan keyin polkovnik Kolosovskiy mendan yana pul olish istagini bildirdi va u 1916 yilning iyunida shaxsan o‘zimdan 10000 so‘m pul oldi. Matvafo polkovnik Kolosovskiyning mendan tulpor (ot) olish xohishi borligini xabar qildi. Shunda Matvafoga barcha otlarimni unga ko‘rsatishni buyurdim. U o‘ziga ikki otni oldi. 1916 yilning qishida men rus armiyasi zobitlari va askarlarnga po‘stinlar sovg‘a qilgan chog‘imda Matvafodan polkovnik Kolosovskiyga nimani tortiq qilish lozimligi haqida so‘raganimda u Kolosovskiy narsa (sovg‘a-salom) dan ko‘ra pulni afzal ko‘rishini aytdi. 1915 yilning noyabrida bo‘lsa kerak, polkovnnk Kolosovskiy xotini bilan oldimga kelganida ularning har biriga po‘stin uchun 2000 so‘mdan, hammasi bo‘lib 4000 so‘m tutqazdim.
Matvafoning maslahatiga ko‘ra, polkovnik Kolosovskiyning xotini uchun Moskvadan brilliant isirg‘alar buyurtirdim va shaxsan o‘ziga topshirdim. Isirg‘alar 4000 so‘mga tushdi. Polkovnik Kolosovskiyning xotini o‘sha 1915 yili ketadigan bo‘lganida unga yo‘l harajati deb 1000 so‘m tutqazdim.
Matvafodan Kolosovskiy mening oldimga kelib-ketib, xafaqon bo‘lib yurganligini eshitib, 1915 yil oxirida unga 5000 so‘m berib yubordim. 5-6 kun o‘tgach, Kolosovskiyga shaxsan o‘zim 5000 so‘m berdim. O'n kundan so‘ng yana 5000 so‘m tutqazdim. Bir necha kundan keyin Matvafodan Kolosovskiyning mendan yana umidvor ekanligini bilib, polkovnikka 5000 so‘m berdim. Bir necha kundan keyin Matvafo menga polkovnik Kolosovskiy oz miqdordagi pulga qanoat qilmaganligini aytgach, polkovnikka shaxsan o‘zim 20000 so‘m tutqazdim.
Shu 1916 yilning boshida yovmut (turkman)dar Xiva qal'asi ostonasida jang qilayotganlarida men Kolosovskiyning iltimosiga ko‘ra shaxsan unga 5000 so‘m pul topshirdim. General Galkin turkmanlarnn tinchlantirib, Xivadan jo‘nab ketgach, polkovnik Kolosovskiy Matvafoning ukasi Abdurahmon orqali menga o‘zining bu yerda bo‘lishidan foyda ko‘rish niyatini aytgandan so‘ng men unga Abdurahmon Baqqolov orqali 30000 so‘m yubordim. Kislovodskga ketishidan ikki kun ilgari polkovnik Kolosovskiyga ikki bog‘lam (pachka) pul: birida 25000 so‘m, ikkinchisida 50000 so‘m - hammasi 75000 so‘mni Abdurahmon Baqqolov orqali jo‘natdim. 1916 yilning yozida Kavkazga ketishimdan bir kun avval polkovnik Kolosovskiy oldimga xotini va qizi bilan xayrlashuvga kelganida uning qiziga 3000 so‘m sovg‘a qildim. Hammasi bo‘lib 187000 so‘m».
Ushbu hujjatga imzo chekkanlar: Maxfiy politsiya boshlig‘i polkovnik Volkov, tarjimon Mamedov (qarang: O'zbekiston tarixi. 8-sinf darsligi. T., 1994, 344-345-betlar).
Yuqorida takror aytganimizdek, O'rta Osiyo xonliklari xazinasi kirim-chiqimida, jumladan, Buxoro amirligi xazinasi haqida qayd etilgan hujjatlar ko‘rsatmasida xilma-xilliklar mavjud. Masalan, Buxoro amirining vaziri - qushbegi Mirzo Nasrulloning inqilobga qadar shaxsan o‘zi ro‘yxatga olgan boyligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: Buxoro tillasi 114838 dona, rus tillasi 4365100 so‘m, yombi holidagi Gamburg tillasi-1108 pud (17 dona - 728 kg) kumush - 45 tonna, rus kumushi- 1385 pud (22 tonna- 160 kg) Buxoro tangasi - 62834780 dona, Buxoro mis tangasi - 731 pud (5 tonna 696 kg), tilla kukuni- 16 pud (1 tonna 56 kg), rus banki kumushi - 864 pud (13 tonna 724 kg), yirik brilliantlar - 3482 karat, buyumlarga tikilgan brilliantlar - 968 karat, kimmatbaho toshlar - 8617 karat bo‘lgan. Buxoro amiri Olimxon (1914-1920) qo‘lidagi rus sanoat banklari aktsiyalarining qiymati 33 million so‘m edi. Uning xazinasida 100 million Rossiya puli bo‘lgani ham qand etilgan.
«Xonliklardan, boy va savdogarlardan tortib olingan yoki ulardan arzon-garovga yoxud sovg‘a tarzida olingan qimmatbaho buyumlar, qo‘lyozma kitoblar bilan keyinchalik faqat Turkiston general-gubernatorining shaxsan o‘zi shug‘ullanishga qaror qiladi. Natijada keyinchalik sovg‘ani faqat general-gubernatorning o‘zi olishga kirishadi»,-deb yozadi olima N. Sodiqova. Turkiston general-gubernatori Rozenbaxning xotini Olga Ivanovna juda nahang bo‘lib chiqdi. U xonlar va amirdan undirilgan qimmatli, noyob, bebaho sovg‘alarni Toshkent shahrida kimoshdi savdosida sotib, hisobsiz pul jamg‘arardi, shu tariqa xalqimizning nodir san'at yodgorliklari chet ellik xaridorlar mulkiga aylanardi. Buxorodagi qushbegilar, qozikalonlar, rais, muftiy a'lam, devonbegi, dodho, qorovulbegi va boshqa amaldorlar xonadonidagi hamda ma'rifatparvar ziyolilar, kitobsevarlarning shaxsiy kutubxonalaridagi qulyozma kitoblarni rus savdogarlari va sharqshunos missionerlari savdo yo‘li bilan qo‘lga kiritgan bo‘lsalar ham, lekin Buxoro amirligining boy kutubxonasiga xorijlik shaxslar kiritilmay, undagi asarlar uzoq vaqt rus va chet el sharqshunoslari ko‘zidan yiroq tutildi. Biroq chet ellar, jumladan Rossiya bilan olib borilgan savdo-sotiq ishlari bir qadar rivoj topgach, Buxoro bozorlarida, ayniqsa Buxorodagi bozori shab - tungi bozorda turli-tuman tangalar, taqinchoqlar, qo‘lyozma kitoblar, gilamlar, zargarlik buyumlari, uy bezaklari bemalol sotilardi. Buxoroda qorako‘l teri, suvsar, mo‘yna bilan savdo qilishdan tashqari, noyob qo‘lyozma kitoblar savdosi keng avj olgandi. Buxorolik kitob savdogari Mulla Najmiddinning Buxoro va Qarshida kitobfurushlik do‘konlari bo‘lib, ularda arab, fors-tojik, turkiy tillardagi noyob qo‘lyozma kitoblar sotilardi.
Buxoro, Qarshi va boshqa shaharlarda bozorlar, kitob do‘konlaridan arzon-garovga olingan durdona buyumlar za qo‘lyozma kitoblar rus sharqshunos olimlari tomonidan sotib olinib, xorijdagi kitobsevarlarga oshirib pullangan. Sadriddin Ayniy «Qisqacha tarjimai holim» (1940) va «Esdaliklar» (1941-1954) nomli asarlarida inqilobdan avval Buxoro, Qarshi, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Shahrisabz kabi shaharlarla bir qancha kitob do‘konlari bo‘lib, bozordagi kitobfurushlardan tashqari ajoyib va g‘aroyib kitoblar va oynomalarni savdogarlar ham sotganliklarini yozadi. Yozuvchining o‘zi Buxorodagi kitob bozorlaridan Hofiz Sheroziy, Soib, Bedil va Navoiy devonlarini sotib elganligini hikoya qiladi. Sadriddin Ayniyning 1920-21 yillarda o‘zbek tilida yozilib, Nazir To‘raqulov so‘z boshisi bilan Moskvadagi SSSR xalqlari nashriyotida 1926 yilda chop etilgan «Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar» nomli tarixiy asarida yozilishicha, Buxoroda amir Abdulahad va Said Olimxon hukmronligi davrida ko‘pgina qimmatbaxo buyumlar, nodir qo‘lyozma kitoblar amirzodalarning qimor o‘ynashlari evaziga rus va chet el savdogarlari qo‘liga o‘tib ketgan. Buxoro, Samarqand, O'ratepa, Xo‘jand va boshqa shaharlarda nodir kitoblar borligini sezgan xorijliklar turli yo‘llar bilan ularni qo‘lga kiritishga harakat qilganlar. Turkiston o‘lkasi butunlay Rossiya tasarrufiga o‘tgach, O'rta Osiyo yer osti va yer usti boyliklari o‘zini ikkinchi podsho deb hisoblagan Turkiston general-gubernatori ixtiyoriga o‘tadi. Mahalliy xalqlar qo‘lidagi qimmatbaho buyumlar, noyob qo‘lyozma kitoblar, chinni idishlar, koshinlar kollektsiyasini osonlikcha qo‘lga kiritish niyatida Turkiston general-gubernatori vaqti-vaqti bilan Toshkent shahrida ko‘rgazmalar uyushtirib turadi. Ana shunday ko‘rgazmalardan biri 1890 yili Toshkentda (hozirgi «Mehrijon» istirohat bog‘ida) qishloq xo‘jalik, san'at, hunarmandchilik mahsulotlariga bag‘ishlab o‘tkazildi.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 19-Avg-2011, 00:55 | Message # 40 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Ohiri..
Mazkur ko‘rgazmada O'rta Osiyo va Qozog‘iston o‘lkalarining turli shaharlaridan xalq xo‘jaligi, sanoat mollari, zardo‘zlik, kashtachilik, zargarlik, kandakorlik, gilam, duxoba, so‘zana singari buyumlar, nodir kitoblar namoyish etiladi. Shaxsan Turkiston general-gubernatori tomonidan uyushtirilgan bu ko‘rgazmaga keltirilgan barcha qimmatbaho buyum-ashyolar va noyob kitoblar uning ixtiyorida qoldiriladi. «Shu tariqa,- deb yozadi N. Sodiqova, - chor Rossiyasi O'rta Osiyoni bosib olgandan keyin Turkiston diyoridagi xalqlarning milliy mulki bo‘lgan xon saroyidagi kutubxonalarni, arxivlarni, shaxsiy qo‘lyozma xazinalarini, tangalar, muhrlar, qoliplar, nishonlar va boshqa mahalliy hunarmandlarning yuksak mahorati va nozik didi samarasi bo‘lmish boshqa qimmatbaho buyumlarni o‘marib-o‘g‘irlab ketdilar».
Bundan xulosa shuki, hatto eng ilg‘or vatandoshlarimizda hayrat uyg‘otgan o‘sha ko‘rgazmalar ham bir tomondan, Rossiya kuch-qudratini namoyish qilish, ikkinchi tomondan, eng noyob boyliklarimnzni tanlab olkb ketish yoki xorijga sotib yuborish maqsadida uyushtirib turilgan. Biz ba'zan kaltafahmlik qilib, yuqorida nomlari keltirilgan rus olimlari, sayyohlarining ilm sohasidagi xizmatlarini bir tomonlama baholab, keragidan ortiq ta'rif va tavsif etamiz. Lekin ularning ilmlari eng avvalo kimlar va nima uchun amalga oshirilganligi va qanday maqsadlarga xizmat qilganligi to‘g‘risida o‘ylab ham o‘tirmaymiz.
Qaysi bir mashhur olimimiz, ijodkorimizning qo‘lyozma yoki ko‘chirilgan hamda kam chop etilgan asarlarini o‘qib, ular ustida tadqiqot olib bormoqchi bo‘lsangiz, ularning asl nusxalarini, albatta, xorijiy o‘lkalardan - Frantsiya milliy kutubxonasi, Britaniya muzeyi, Sankt-Peterburg yoki Turkiya kutubxonalari va muzeylaridan topasiz. Mamlakatimizning milliy boyligi bo‘lgan kitoblar, oltin, kumush, ma'dan, qimmatbaho buyumlar turli davrlarda har xil yo‘llar bilan chetga olib chiqib ketilgan bo‘ladi. 1994 yilning 25 mayida «Trud» gazetasnda «Rus oltiilari qaytarilsin» («Vernut russkoe zoloto») sarlavhali maqolada bolsheviklar o‘margan 93,5 tonna quyma oltin xususida gap ketadi. Inglizlar hujumini qaytarish va Antantani mag‘lub etish uchun terrorchi qizil bolsheviklar 1918 yili Germaniyaga 93,5 tonna oltin yuborgan ekanlar. Maqolada Rossiyaning bu boyligi Frantsiya orqali Yaponiyada maskan topganligi to‘g‘risida ma'lumot berilib, u o‘z vatani-Rossiyaga qaytarilishi qat'iy talab qilinadi.
Chor Rossiyasining O'rta Osiyoga tijorat bahonasida, ekzotika izlab kelgan sayyohlari, sharqshunoslari Buxoro va Xiva shaharlarida bo‘lib, Osiyo muzeyi uchun XII-XIII asrlar tarixidan hikoya qiluvchi noyob qo‘lyozma va bosma kitoblarnn o‘lja oladilar. Masalan, peterburglik sharqshunos olim A. N. Samoylovich 1902, 1806, 1808 va 1916 yillari Turkistonga safar qilib, ko‘pgina qo‘lyozma kitoblar, etnografik yodgorliklar va qimmatbaho tangalarni o‘z vataniga olib ketadi. Rus Sharqshunoslaridan yana biri V.A. Ivanov 1915-1916 yillarda Buxoroda ikki marotaba bo‘lib, 1057 jilddan iborat arab, fors-tojik za turkiy tillarda yozilgan nodir kitoblarni Peterburgdagi Osiyo muzeyiga olib borib topshiradi.
Narshaxiyning o‘tmish madaniyatimiz tarixidan hikoya qiluvchi «Tarixi Narshaxiy» («Buxoro tarixi») noyob asari ham sarson-sargardonlikda jahon kezgan kitoblar jumlasiga kiradi.
«Ushbu asar, - deb yozadi tarixchi olim A. Muhammadjonov «Qadimda obod Buxoro» maqolasida («Fan va turmush» jurnali, 1991, 6-son), - Yevropa va Rossiya sharqshunosligida o‘tgan asrning 30-40-yillaridan boshlab ma'lum bo‘ldi. Dastavval 1832 yilda Buxoroda bo‘lgan «Ost-Sheril» kompaniyasining vakili A. Beris tomonidan uning dastlabki qo‘lyozma nusxasi olib ketildi. So‘ngra 1841 yilda Rossiyadan Buxoro xonligiga yuborilgan K. Busheev boshliq missiyaning ittifoqchisi N. Xonikov, 1858 yilda Xiva va Buxoro shaharlarida bo‘lgak N. Ignatev missiyasining a'zosi sharqshunos P. Lere tomonidan «Buxoro tarixi» kitobining to‘rtta qo‘lyozma nusxasi Sankt-Peterburgga olib ketildi».
Ma'lumot uchun aytib o‘tish joizki, Jahon sharqshunosligi va tarixshunosligida keng shuhrat topgan bu asar 1892 yilda Ch. Shedger tomonidan Parijda, 1894 yilda Yangi Buxoro-Kogonda, 1904 yilda Mullo Sulton tomonidan yana Kogonda va 1939 yilda Mudarris Rizoviy tomonidan Tehronda nashr etildi. Fors-tojik tilidan N. Likoshinning rus tiliga tarjimasida akademik V. V. Bartold tahriri ostida Toshkentda bosilib chiqdi. Amerikalik sharqshunos olim R. Frayning mufassal izohlari ilova etilgan inglizcha tarjimasi 1954 yilda Kembrij dorilfununida nashr etildi.
«Buxoro tarixi»ning o‘zbekcha nashri 1966 yilda Toshkentda, yangi imlodagi tojikcha nashri esa 1979 yilda Dushanbeda bosmadan chiqdi.
Umuman, Sankt-Peterburg muzeylarining O'rta Osiyo bo‘limlarini tomosha qilar ekansiz, Turkiston xalqlari ming yillar davomida yaratgan madaniy merosimizning noyob namunalarini, nodir me'morchilik, hunarmandchilik yodgorliklari, oltin, kumush, yoqut, gavhar, olmos va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni, turli-tuman bezaklar berilgan patgilamlar, turli davrlarga doir qurol-aslahalarni ko‘rib bir jihati qalbimizni qadimiy boy madaniyatimizdan g‘ururlanish tuyg‘usi egallasa, ikkinchi tomondan, borlig‘imizni achinish, alam tuyg‘usi qamrab oladi. Chunki bu boyliklarning asl Vatani Turon zamini - Turkistondir. Ularning tufar joyi ham shu yerda bo‘lmog‘i lozim.
Majid Hasaniyning “Yurt bo‘ynidagi qilich yoki istilo” (Toshkent. «Adolat». 1997) kitobidan olindi.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 26-Avg-2011, 19:01 | Message # 41 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Turkiston tarixining eng qonli sahifalari Chor Rossiyasi istilochilari 1877-1878 yillari rus-turk urushi bilan band bo‘lishiga qaramay, 70-yillarda Xivani zabt etgach, asosiy kuchni Turkmanistonni, Akltaka vodiysida joylashgan Dinglitepa va Ko‘ktepa qal'alarini bosib olishga qaratdilar. Bosqinchi rus generallari Skobelev, Lomakin, Golovachev, Lazerev, Grodekov, Kuropatkin, Fon Kaufmandan iborat harbiy qo‘shin avval katta kuch bilan Dinglitepa qal'asiga hujum qiladi. Turkman himoyachilarining qattiq qarshiligiga uchragan rus bosqinchilari Kavkaz tomon chekinishga majbur bo‘ladilar. Lekin istilochilik rejalaridan voz kechmagan oq imperiyaning kallakesar generallari bir yil o‘tgach, 1879 yilning 28 avgustida katta harbiy kuch bilan yana Dinglitepa va Ko‘ktepaga hujumga o‘tadilar. Qal'a himoyachilari - turkman xalqining botir o‘g‘lonlari Tiqma Sardor, Kochar Sardor, Murodxon Sardor, Mahtumqulixon, Nurberdixon sardorlar boshliq yovmutlar, takaturkmanlar rus bosqinchilariga qaqshatqich zarba beradilar. Imperiya bosqinchilari ikkinchi marta mag‘lubiyat alamini totadilar. Vatanparvar, botir turkman xalqining qaqshatqich zarbasiga uchragan, katta talafotlar ko‘rib mag‘lub bo‘lgan bosqinchi generallar, zobitlar rus podshosidan qo‘shimcha harbiy yordam: askar, qurol-aslaha, harbiy mutaxassislar so‘rashadi. Shu alpozda chor Rossiyasi bosqinchilari yana ikki yil zo‘r tayyorgarlik ko‘radilar. Turkiston eli esa dushmanga qarshi kurashda o‘zaro birlasha olmaydi. Bosqinchilik urushlarida bag‘ritoshligi, vahshiyligi bilan dong taratgan general Skobelev boshchiligida Lomakin, Golovachev, Kuropatkin kabi generallar qo‘l ostidagi ming-minglab rus, kazak zobitlari va askarlari har tomonlama qurollanib, turkmanlar yurtiga, eng avvalo Dinglitepa, Ko‘ktepa qal'alariga yana hujum qiladilar. Dushman Qo‘qon, Xiva xonliklarini yakkalab yengadi. Ularning birlashishlariga, o‘zaro yordamlashishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Chor generali Lomakin 16 yarim batareya, 20 ta yuzlik eskadron. 20 to‘p-zambarak qurilmasi bilan, ikkinchi bir rus generali Kuropatkin esa 540 piyoda rus, 318 kazak askarlari, 2 tog‘ to‘pi, 2 raketa qurilmasi bilan birlashadi. Har ikkala general qo‘l ostidagi askarlar, qurolli kuchlar general Skobelevning umumiy qo‘mondonligida 45 ta rota, 11 eskadron, 74 to‘p, 11 ta raketa qurilmasi, 8000 rus va kazak askarlari bilan 40 mingdan ziyod turkman himoyachilariga qarshi dahshatdi urush boshlaydilar. Bosqinchi dushman hujumiga qarshi yetti yashardan yetmish yoshgacha bo‘lgan jamiki turkman botirlari Vatan himoyasida turadilar. Aslida imperiya shunchalik katta harbiy kuchi bilan yarim Yevropani zabt etishi mumkin edi. Lekin Ko‘ktepa qal'asini 6 oygacha ololmagach, chor bosqinchilari hiyla ishlatishga o‘tadilar. Ular himoyachilar kuzini shamg‘alat qilib, qal'a devori ostiga lahm qazib borishadi va juda ko‘p miqdorda portlovchi modda joylab, yarim tunda portlatadilar. Dushman bilan qo‘rg‘on himoyachilari o‘rtasida misli ko‘rilmagan jang bo‘ladi. Rus bosqinchilariga qarshi turgan 40 mingdan ziyod botir himoyachining 20 mingdan ortig‘i jangda halok bo‘ladi, ko‘plari yaralanadi.
Shu tariqa 1881 yil 12 yanvarda Dinglitepa va Ko‘ktepa qal'alari chor Rossiyasi istilochilari tomonidan zabt etiladi. General Skobelevning farmoni bilan rus kazak-askarlari g‘alabani uch kun shodiyonalik bilan nishonlaydilar. Rus harbiy tarixchilari va mahalliy tarixchilar, jumladan, Muhammad Yusuf Bayoniyning yozishicha, oq podsho bosqinchilari qal'a ichida tirik qolgan himoyachilarni ham bitta quymay qilich damidak o‘tkazganlar. Chor bosqinchilari butun turkman elini vayron etib, mulkini talon-toroj qilganlar. Xalqning barcha boyliklari, chorva mollari, otlari, tuyalari, o‘liklarning taqinchoqlari va hatto itlarigacha Sankt-Peterburgga olib ketiladi. 5 mingga yaqin mahalliy xotin-qizni zo‘rlab bosqinchilik urushidan mast-alast kayfu safoda bo‘lgan rus, kazak zobitlari va askarlariga tortiq qiladilar. Ko‘ktepa bosqini misli ko‘rilmagan vahshiylik bo‘lganligi to‘g‘risida rus halqining ilg‘or vakillari, jumladan, Lev Tolstoy ham cheksiz g‘azab va nafrat bilan yozgan. Hatto Sovet hokimiyatining dastlabki davrlarida bu oshkora e'tirof etib kelindi. Masalan, 1931 yilda Moskvada chop etilgan «Kichik sovet entsiklopediyasi»ning 897-915-betlarida qonxo‘r jallod Skobelevning qilmishlari shunday ta'riflangandi: «Turkiston istilosi aqlga va hayolga sig‘mas darajadagi bir zulmlar shaklida sodir bo‘ldi. Masalan, Ko‘ktepa ishg‘olidan keyin xalq mudofaachilaridan minglarchasi general Skobelev amri bilan qilichdan o‘tkazildi. Shahidlar soni bir necha o‘n minglab bo‘lgan». Bu xil badbaxtlik, qotillikdan so‘ng, 28 yanvarda Ashgabad jangsiz olinadi. Mana sizga «oq imperiya»ning Sharq xalqlariga, jumladan, Markaziy Osiyo-Turkiston o‘lkasini zo‘rlik bilan egallash bobida ko‘rsatgan harbiy siyosatidan bnr shingil qonli tafsilot. Shunisi taajjubliki, chor Rossiyasining manfur bosqinchilari Kuktepa qal'asi olingan 1881 yil 12 yanvar kunini g‘alaba bayrami sifatida nishonlab kelganlar.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 26-Avg-2011, 19:07 | Message # 42 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
SSSR nomli qizil imperiya parchalanib, qardosh turkman xalqi 1991 yilda mustaqillikni qo‘lga kiritganidan buyon o‘sha ayanchli 12 yanvar har yili milliy xotira kuni sifatida nishonlanib, shahidlar xotirasi yod etib kelinmoqda. Ko‘ktepa qal'asi o‘rnida Ona-Vatan fidoyilariga bag‘ishlab yodgorlik o‘rnatildi, go‘zalligi, sig‘imi jihatidan aqlni lol qoldiradigan jome' masjidi bunyod etildi.
Butun Turkiston, jumladan hozirgi O'zbekiston hududidagi qator shahar va qishloqlarda ham bunday qurbonlar juda ko‘p bo‘ldi. Umuman olganda, juda yuzaki, to‘liq bo‘lmagan ma'lumotlarga qaraganda, butun O'rta Osiyoda xalqimizning 500 mingdan ortyq asl farzandlari chor Rossiyasi jallodlari qo‘lida jon bergan. Biroq biz fidoyi farzandlarimiz xotiralarini abadiylashtirishni o‘ylayotganimiz yo‘q.
Akademik Bo‘riboy Ahmedov «O'zbeklar» maqolasida yozganidek, oq podshoning Turkistondagi ma'muriyati va rus sanoatchilari millatfurush mahalliy feodallarning ko‘magiga tayanib, o‘lkaning zahmatkash, mo‘min xalqinn bearmon talagan. Muallifning ta'kidlashicha, Turkistonning kelajagi 1886 yili qabul qilingan «Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risida nizom» bilan belgilab berilgan. Chor Rossiyasi ma'muriyati tez orada Turkistonda quyidagi tadbirlarni amalga oshirdi:
1. O'sha paytlarda Rossiya qishloqlarida vujudga chelgan qiyinchiliklarni bartaraf qilish va dehqonlarning g‘alayonlarini bostirish maqsadida o‘ta «tinib-tinchimas» rus dehqonlarining bir qismini Rossiyaning ichki tumanlaridan Turkiston o‘lkasiga ko‘chirdilar. Ular asosan o‘lkaning Yettisuv, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlariga olib kelib joylashtirildi. Mahalliy dehqonlar azaldan foydalanib kelgan yerlar majburiy tortib olindi, ya'ni ekspropriatsiya qilindi va ko‘chib kelganlarga taqsimlab berildi. 1891 yilga kelib Sirdaryo viloyatida, Avliyoota va Toshkent uezdlarida 19 ta rus qishlog‘i (aholisi 1238 kishi) tashkil etildi, 1896 yili Xo‘jand uezdidagi 6 ta rus qishlog‘ida 1000 ga yaqin rus yashardi. Shaharlar ham ruslashtirila boshlandi. Masalan, inqilobdan avvalgi Toshkentning bir qismiga rus aholisi joylashtirildi, ular uchun Marg‘ilonning yonginasida Skobelev (hozirgi Farg‘ona) shahri bunyod etildi.
2. Turkiston o‘lkasining shaharlarida Rossiya sanoat korxonalarining, asosan to‘qimachilik firmalarining maxsus vakolatxonalari, agentliklari, omborxonalari tashkil etildi. Ular oldiga Turkistonda Rossiya sanoati uchun zarur xom ashyo (paxta, pilla, jun, teri va hokazo.) yig‘ish, Rossiya korxonalari ishlab chiqargan gazlama va boshqa mollarni pullash vazifasi qo‘yilgan edi.
3. Rossiya sanoatining ehtiyojlarini qondirish va boshqa harbiy-siyosiy maqsadlarni ko‘zlab Turkistonda shitob bilan temir yo‘l va sanoat qorxonalarini qurish boshlandi.
1906 yili Orenburg Toshkent bilan bog‘landi, faqat 1900-1910 yillar orasida o‘lkamizda 233 korxona qurilib, ishga tushirildi. Bular asosan paxta tozalash, pillakashlik, ko‘nchilik, yog‘-moy ishlab chiqaro‘vchi zavodlar edi. 1914 yilga kelib bunday zavod va fabrikalar soni qariyb ikki baravar ortdi, ya'ni 425 taga yetdi. Bu korxonalarning ko‘pchiligi rus za chet el kapitalistlariga qarar edi.
4. Chor hukumati Rossiya to‘qimachilik korxonalari taraqqiyotining muhim xom ashyo manbai hisoblangan paxtachilikni rivojlantirishga alohida e'tibor berdi. Buning uchun eng avvalo qadimdan ekib kelinayotgan jaydari g‘o‘za o‘rniga paxtaning serhosil Amerika navlari joriy etildi. Bundan tashqarn, paxta maydoni tez sur'atlar bilan kengaytirildi. Masalan, bu ekin ekiladigan yerlar 1900-1915 yillar orasida Farg‘ona viloyatida 188 ming 400 desyatinadan (bir desyatina 1,09 gektarga teng) 250 ming desyatinaga, Samarqand viloyatida 17 ming desyatinadan 29 ming 300 desyatinaga, Sirdaryo viloyatida 15,5 mingdan 67 ming desyatinaga, Turkiston o‘lkasida hammasi bo‘lib 346 ming 100 desyatinadan 496 ming 100 desyatinaga ko‘paydi. Paxta asta-sekin boshqa ekinlarni surib chiqara boshladi. Masalan, 1885 yili Farg‘ona viloyatida paxta ekin maydonlarining faqat 14 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 1913 ynlga kelib 44 foizga yetdi. Shu davr ichida makkajo‘xori ekiladigan maydonlar 22 foizdan 11 foizgacha, beda 15 foizdan 8 foizga, sholi 16 foizdan 7 foizga tushib qoldi (qarang: «Muloqot» jurnali, 1991, 1-son, 59-60-betlar). Tarixchi olimlarimizdan B. Ahmedov, A. Asqarov, H. Ziyoev, R. Shamsutdinov, H. Sodiqov, I. Habibullaev, Sh. Karimov, F. Jumaboev, H. Bobobekov kabilarning qator ishlari qishloq xo‘jaligida «paxta yakkaxonligi» tarixiga bag‘ishlangan. Zahmatkash olim Haydar Bobobekov Qo‘qon xonligi davridagi xalq harakati va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga bag‘ishlangan ajoyib kitobida («Narodnne dvijeniya v Kokandskom xanstve i ix sotsialno-ekonomicheskie predposыlki», T., 1990).
Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoga yurishi faqat xalq boyliklarinigina emas, balki ma'naviy boyliklar, o‘tmish osori-atiqalari va qadimiy Ulug‘ ipak yo‘lini ham vayronaga aylantirganliginn ishonchli misollar asosida ko‘rsatib bergan. Masalaning bu tomonlarini millatparvar adiblarimiz M. Behbudiy, M. Abdurashidov, Fitrat va Cho‘lpon ham o‘z asarlarida keng yoritganlar. Inqilobdan keyingi davrlarda va hatto 20-40-ynllarda nashr etilgan tarix kitoblarida, darsliklar va barcha adabiyotlarda O'rta Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olnnganligi va uning mustamlakasiga aylantirilganligi to‘g‘risida ko‘p aytilgan va yozilgan edi. Biroq 50-yillarning ikkinchi yarmiga kelib «pardali» diplomatiya, qorani oq, oqni qora deb aytish yo‘liga o‘tib olindi. Natijada uzoq yillar davomida O'rta Osiyo Rossiyaga ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan degan bema'ni, yolg‘on gaplarni aytib va yozib keldik. Sovet tarixchi olimlari zamonasozlik bilan bor haqiqatni ochnq-oydin ayta olmay, insof-diyonatga xilof ravishda bor tarixiy haqiqatni yashirdilar yoki buzib ko‘rsatdilar.
Majid Hasaniyning “Yurt bo‘ynidagi qilich yoki istilo” (Toshkent. «Adolat». 1997) kitobidan olindi.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 09-Sen-2011, 17:18 | Message # 43 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich o‘ynatib qo‘shib olish siyosati
Jahon tarixida rus imperiyasi nisbatan ancha yosh imperiya hisoblanadi. Podsho Petr Birinchi 1721 yilda Rossiyani imperiya deb e'lon qilgan bo‘lsa, 1917 yilgi oktyabr to‘ntarishini amalga oshirishi bilan V. I. Lenin bu saltanatning vorisi, yanada dahshatliroq davomchisi bo‘lgan qizil imperiyaga asos soldi. Holbuki, paydo bo‘lgan kunidan boshlab (hatto hali g‘oya darajasida bo‘lganida ham) butun dunyoda to‘ntarish yasab, tanho hukmron bo‘lish niyati bilan insoniyatga dag‘dag‘a qilib kelgan o‘sha «qizil imperiya» egallab turgan behad katta hududda qadimda ko‘plab imperiyalar hukmronlik qilib yoki ta'sir o‘tkazib kelganlar: Rum, Yunon, Germaniya, Vizantiya imperiyalari, Polsha, Litva, Shved qirolliklari, qator Osiyo, ya'ni Fors, Xitoy, Turk imperiyalari shular jumlasidandir. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, turkiy xalqlarning ota-bobolari o‘tmishda o‘n olti buyuk imperiya ko‘rganlar: Buyuk Xun, Boti Xun, Ovrupo Xun (eramizning IV asrida Atoma Ovrupoda barpo etgan turkiy davlat), Ko‘kturk, Avar, Hazor, Uyg‘ur, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Buyuk Saljuqiylar, Xorazmiylar, Oltin O'rda, Buyuk Temur, Bobur, Usmoniylar imperiyalari. Bu o‘rinda rus xalqi uch yuz yilga yaqin davr mobaynida mo‘g‘ul-tatar xonliklari qaramligida bo‘lganligini ham unutmaslik kerak. Lekin yer yuzida mavjud bo‘lgan boshqa imperiyalarning birortasi Rossiya imperiyasi va uning bevosita davomi bo‘lgan qizil imperiya singari, birinchidan, butun dunyoga hukmdorlik da'vosini o‘ngida ham, tushida ham zo‘ravonlik bilan ilgari surmagan, ikkinchidan, o‘z tasarrufidagi xalqlarni, har bir insonni butun turish-turmushi, ruhiyati-ma'naviyati bilan to‘liq o‘ziga bo‘nsundirishga, ustiga-ustak shu qilmishlari to‘g‘riligini jumlai jahonga zo‘rlab ma'qullatishga bor kuch-qudratini sarflamagan.
Oltin O'rdaning Sohibqiron Amir Temur tomonidan parchalab tashlanishi rus va boshqa xalqlarni tatar-mo‘g‘ul zulmidan ozod etdi. Erkinlikka chiqqan rus knyazliklari birlashib, taraqqiyot yo‘liga tushishlariga imkon yaratdi. Birinchi rus hukmdorlari sulolasidan bo‘lmish Yurikovichlar podsholigi paytida ko‘p millatli Rossiya davlati barpo etildi. Romanovlar sulolasidan (1613-1917) bo‘lgan Pyotr Birinchi XVIII asr boshlarida Rossiya tarixida ilk bor imperiya tuzdi. Shu davrdan boshlab ruslar bosqinchilik siyosatini yurgizib, duch kelgan tomonga - g‘arbu sharqqa, janubu shimolga harbiy yurish qila boshladilar.
Imperiya go‘yoki o‘zining «tabiiy chegaralariga chiqish»ga intilardi, bu chegaralar esa g‘arbda Boltiq dengizini, sharqda Tinch okeanini o‘z ichiga olishi lozim edi. Jasoratli tarixchi olim Abdurahmon Avtarxonov «Kreml saltanati» nomli kitobida yozganidek, Rossiya dunyo ummonining diltortar kengliklariga chiqish imkonini beruvchi janubiy dengizlarga ham yo‘l izlay boshladi. Bu xususda muallif shunday yozadi: «Markazlashgan rus davlatini barpo etgach, Rossiya Volga, Sibir, O'rta Osiyo va Kavkazdagi musulmon xalqlarini bo‘ysundirishga kirishdi. Bu oson ko‘chadigan ish emasdi, shuning uchun mazkur yurtlarning xalqlarini qaram qilish jarayoni ancha uzoqqa cho‘zildi. Bu yerda nafaqat ikki dunyo (Ovrupo va Osiyo) bir-biriga qarshi turardi, balki ikki din (nasroniylik va islom) yuzlashgan edi.
Ikki tomon ham urushga milliy-diniy tus berardi: bosqinchi rus qo‘shinlari pravoslavlik bayrog‘i ostida hujum qilsalar, himoyalanayotgan musulmonlar islomning yashil bayrog‘i ostida «o‘lgan shahid, o‘ldirgan g‘oziy», deya «muqaddas urush» («g‘azovat») olib borar edilar. Barcha musulmon xalqlari Rossiya bosqiniga uzoq vaqt qurolli qarshilik ko‘rsatdilar. Qozon (1552 y.) va Ashtarxon-Astraxon (1556 y.) xonliklari Ivan Grozniy IV davridayoq zabt etilgan bo‘lsa, Yekaterina II davrida Qrim xonligi (1772 y.) bosib olindi. Kavkaz xalqlarining tobe etilishi XIX asr davomida kechdi - 1813 yilda Prussiya urushidan keyin Ozarbayjon qo‘lga kiritildi, 1859 yilda Dog‘iston va Checheniston, 1864 yilda cherkaslar yurti bosib olindi. Chechenlar bilan 60 yil jang qilindi. XIX asrning ikkinchi yarmida O'rta Osiyodagi musulmon davlatlarini zabt etish boshlandi. Sal ilgariroq chor hukumatiga bo‘ysundirilgan tatar va boshqirdlarni zo‘rlab cho‘qintirish, ya'ni nasroniy (xristian) diniga kiritish snyosati olib borildi. Tarixda, hatto uch yuz yilga yaqin ruslar ustidan hukmronlik (qilib kelgan Chingizxon va chingiziylar ham ruslarinng dini, urf-odatlariga daxl qilmagan edilar. Musulmonlarni pravoslavlikka cho‘qintirish xato bo‘lganligini ko‘pchilik musulmonlar (tatar, boshqird, qozoq, qoraqalpoq va boshqalar) qatnashgan Yemelyan Pugachyov qo‘zg‘olonidan keyingina tushunishdi. Rossiya hukmdori Yekaterina II, nihoyat, islom dinini oshkora tan oldi.
«Dunyo slavyanlarniki, slavyanlar esa Rossiyaniki», deb o‘zgalar yurti ustida qilich o‘ynatgan qonxo‘r rus generallari Perovskiy, Verevkin, Chernyaev, Kaufman, Kuropatkin, Skobelev va ularping ming-minglab maslakdoshlari Kavkaz, Kavkazorti, Sibir, Uzoq Sharq, O'rta Osiyo va Qozog‘iston o‘lkalarini bosib olib, Rossiya mustamlakasiga aylantirdilar. Sibir o‘lkasi hamda Turkistondagi bitmas-tutanmas yer osti va yer usti boyliklariga ko‘z olaytirgan chor ma'murlaridan biri - Rossiya imperiyasining moliya vaziri Vishnegorodskiy «O'rta Osiyo - rus tojidagi eng qimmatbaho dur», deb yozganida Rossiyaning kelajakdagi iqtisodiy yuksalishi O'rta Osiyoga bog‘liq ekanligini nazarda tutgan edi.
Biroq o‘sha davrdayoq turli bahonalar bilan yer yuzi uzra bosqinchilik niyatlarini amalga oshirayotgan Rossiya imperiyasining urushqoqlik siyosatini qattiq qoralovchi kuchlar ham bor edi. Bu eng avvalo oddiy rus xalqining o‘zi edi. Ikkinchidan, ilm-ma'rifat namoyandalari, aql-zakovat egalari chorizmning istilochilik yurishlarini qoraladilar va la'natladilar. Kavkazda chor hukumatining 200-280 ming kishilik qo‘shini bilan (1813-1859) tog‘liklar qonini to‘kayotgan Yermolov, Fadeev kabi rus generallarining vahshiyona yurishi haqida A. S. Pushkin:
Yurishlaring qora marazday Qavmlarni o‘ldirdi, qirqdi... degan satrlarni bitdi.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 09-Sen-2011, 17:30 | Message # 44 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| davomi.. Rossiya imperiyasi O'rta Osiyoga qancha kuch bllan bostirib kelgan edi? Hisob-kitoblarga qaraganda, kuchlar soni Kavkaz urushida qatnashgan askarlardan bir necha baravar ko‘p va qirg‘ini ham dahshatliroq bo‘lgan. O'rta Osiyo va Qozog‘istonga yurish davrida Farg‘ona general-gubernatori: «Bir ming sart bir rus askari etigining poshnasiga arzimaydi». - deb yozgan bo‘lsa, ularning boshqa biri-Turkiston general-gubernatori Fon Kaufman: «Amir (Buxoro amri) isyonkorlaridan (1868 y.) birortasi ham asir olinmasin. Qo‘lga tushganlarning hammasi, hattoki yaradorlar ham otib tashlansin»,-deb farmon bergan edi.
Harbiy tarixchilar A. Terentev, M. Ivanin, 3. Kastelskaya Qozog‘istondagi shahar, qishloqlarni, O'rta Osiyoning madaniy markazi bo‘lmish Toshkent shahrini vayron etib, ming-minglab begunoh oddiy odamlar qonini daryo qilib oqizgan generallar Chernyaev, Skobelev, Ionov, Kuropatkin, Ivanovlarni qattiq qoralashgan. «Chernyaev ashaddiy shovinist edi. Uning nazarida, Qo‘qon xonligida yashagan o‘zbeklar, qirg‘izlar, qipchoqlar va boshqa xalqlar faqat to‘n (chopon) kiyganliklari uchungina qirib tashlashga loyiq»,- deb yozgan edi tarixchi zobit Kastelskaya.
«Skobelev Ivanovni zug‘umga olgach,- deb yozadi B. Nalivkin,- u qo‘l ostidagi askarlarini hujumga boshlab, emizikli bolalargacha chopib tashladi»...
Rossiya imperiyasiniig Kavkaz va O'rta Osiyoda olib borgan bosqinchilik siyosatini, hatto jahon yo‘qsillarining dohiylari ham qoralagan edilar.
V. I. Lenin «Turkiston mustamlakachilikning eng yorqin namunasidir», deb yozgan bo‘lsa, F. Engels va Karl Marks Chor Rossiyasining O'rta Osiyodagi mustamlakachilik va talonchilik snyosatini o‘z asarlarida qattiq tanqid ostiga oldilar:
«Shunday bir axloq o‘rnatish mumkinki, bu axloqqa muvofiq madaniy va talovchi davlatlarning qoloq xalqlarga qilayotgan hamma sharmandali kirdikorlarini, hatto Rossiyaning Turkistondagi yirtqichliklarini ham to‘g‘ri qilib ko‘rsatsa bo‘ladi», - deb yozadi F. Engels «Anti-Dyuring» asarida (T., O'zdavnashr, 1957, 125-bet).
Rus imperiyasi islohotchi, tadbirkor harbiy taktik va strateg Petr 1 ning Sharqni egallash mo‘ljali, eng avvalo O'rta Osiyo va Qozog‘iston o‘lkalarini zabt etish rejalari asosida ish ko‘rgan Rossiya imperiyasining hukmdorlari harbiy kuch bilan bosib olish mumkin bo‘lgan hududlarda zudlik bilan katta-kichik harbiy istehkomlar va tayanch punktlarini bunyod qilishga kirishdilar. Sharqdan, O'rta Osiyodan ertayu kech ko‘zini uzmagan, iloji bo‘lsa, Turkiyani tor-mor etib, Hindistonni ham zabt etishga hoziru nozir turgan podsho Petr I bu uzoqni ko‘zlagan rejalarini eng avvalo tezda yaqin-atrofdagi qo‘shnilarning yerlarini bosib olishdan boshlab yubormoq zarur, deb bildi. Rossiya hukmdori shu maqsadda O'rta Osiyodagi mavjud xonliklarga turli qiyofadagi josuslar, ayg‘oqchilarni yuborib, turli-tuman katta-kichik ekspeditsiyalarni yo‘llab turdi. Bu yovuz niyatni amalga oshirish maqsadida imperator Petr I o‘z hukmronligi davrida, XVIII asrda birgina Qozog‘istonning o‘zida 140 dan ortiq katta-kichik istehkomlar, harbiy qal'a va tayanch punktlarini qurdirdi. Juda katta mablag‘lar evaziga barpo etilgan bu istehkomlarda urush uchun zarur bo‘lgan qurol-aslaha, oziq-ovqat zaxiralari, bosqinchilik yurishlarida qo‘l keladigan barcha zaruriy ashyolar tayyorlab qo‘yiladi. Ayni vaqtda Orenburg harbiy okrugi O'rta Osiyo va Qozog‘iston yerlarini nazorat qilib turadi. Harbiy qismlar tayyorgarligi va harbiy-taktik mashqlar olib boriladi. Ayni bir paytda turkum harbiy ekspeditsiyalar uyushtirib turiladi.
Rossiya Sharq mamlakatlariga, birinchi navbatda Afg‘oniston, Hindiston, Xitoy, Turkiya, Eron, O'rta Osiyo, Kavkaz o‘lkalariga yaqinlashishga urindi. Bu maqsadlariga erishish uchun turli bahonalar bilan avvalo Kazkaz, Kavkazorti o‘lkalariga suqilib kirib, so‘ngra ularni to‘liq zabt etmoq lozim edi. Kavkazda ruslar 200-280 ming kishilik askar bilan ozod tog‘liklarga qarshi bosqinchilik urushini olib bordi. Kavkaz xalqi o‘z qahramonlari-qozi mulla Hamzatbek va imom Shomil (181?-1859) boshchiligida chor Rossiyasining bosqinchi armiyasiga qarshi shiddatli kurashdilar. Kavkaz, Turkistonda va boshqa o‘lkalarda rus bosqinchilari boshlagan urush tufayli ko‘plab qon to‘kildi, shahar, qishloqlar vayron bo‘ldi. Sharq olamida quyoshli o‘lka - O'rta Osiyodagi oltin, ma'dan, kumush, temir, rangli metall, yoqut, paxta, qorako‘l kabi yer osti va yer usti boyliklarini qo‘lga kiritish niyati Pyotr I va undan keyingi rus podsholariga aslo tinchlik bermadi.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 09-Sen-2011, 17:32 | Message # 45 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
Pyotr I hukmronligining ilk davridanoq O'rta Osiyoni Rossiyaga qaram qilish to‘g‘risida o‘ylay boshlaydi. XVII asr boshlarida metallurgiya sanoatini rivojlantirish zaruriyati qistovida rus hukmdorlari va tadqiqotchilari bu o‘lkaning ma'dan qatlamlari, jumladan, shu davrdayoq ovozasi chiqqan Ulug‘tovning boy konlari taqdiri bilan astoydil qiziqadilar: O'rta Osiyoda to‘lib-toshib yotgan oltin sochmalari haqidagi ma'lumotlar hukumatning alohida e'tiborini tortadi va natijada Pyotrning shaxsan o‘zi o‘zbek xonliklari hududiga kirib borish rejasini ishlab chiqadi. Shu rejaga asoslangan tajovuzkor siyosatni bevosita amalga oshirishga kirishib, u O'rta Osiyoga 1714 yilda Preobrajenskiy polkining poruchigi knyaz Alekeandr Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida. 1715 yilda kapitan Ivan Buxgolts rahbarligida Xivaga va Yorkentga bir necha ming kishilik harbiy otryadlar yuboradi. Jamoatchilik fikrini chalg‘itish uchun otryadlarning maqsadi O'rta Osiyo, Afg‘oniston orqali Hindiston bilan savdo-sotiq aloqalarini kengaytirish hamda Xiva xonligi bilan totuv munosabat o‘rnatishdan iborat deb belgilanadi. Buxgolts boshchiligidagi otryad Balxash ko‘liga yetib kelib, u yerda harbiy istehkom quradi. Ammo otryad qiyinchiliklarga duch kelib, tezda iziga qaytadi. Knyaz Bekovich-Cherkasskiy boshliq harbiy ekspeditsiya otryadi esa 3727 piyoda, 617 ta otliq, 2000 kazak askarlar, 230 dengizchi va 22 ta to‘p-zambarak (hammasi bo‘lib 6 mingdan ziyod askar) bilan Xorazm tomon yo‘l oladi. Harbiy otryad ikki oy mashaqqatli yo‘l bosib, yo‘l-yo‘lakay qishloq va ovullarni vayron qilib, 1717 yilning kuzida Xorazm chegaralariga yetib keladi. Chor askarlari chaqirilmagan mehmon bo‘lib, yovuz niyat bilan kelganliklarini sezgan Xiva xoni vatanparvar inson Sherg‘ozixon bu harbiy otryadni yuqotish payida bo‘ladi. Shunday xushyorlik natijasi o‘laroq u otryadni turli tumanlarga bo‘lib joylashtirishga Bekovich-Cherkasskiyni ko‘ndiradi. Shu yo‘l bilan xivaliklar bad niyatli rus otryadini maqsadiga yetkazmasdanoq tezda qirib tashlaydilar. Bekovich-Cherkasskiy hamda uning yordamchisi bulgan Zamonovskiyning kesilgan kallalari Xiva bozori darvozasiga ilib qo‘yiladi. Otryadning o‘limdan qochib qolishga muvaffaq bo‘lgan a'zolari bu kutilmagan: fojia tafsilotini podsho Pyotr I ga ma'lum qiladilar. Dastlabki yurishlar muvaffaqiyatsiz tugaganiga qaramay, Pyotr I hukumati O'rta Osiyoga tahdid solishdan, uni to‘liq egallab, Rossiya kuch-qudratini oshirishga xizmat qildirish maqsadidan voz kechmaydi. Italiyalik: Florio Benevelini Buxoroga elchi qilib jo‘natarkan, unga «oltin sochmalari» makonini, u yerga borish yo‘llarini yaxshilab o‘rganish to‘g‘risida maxsus topshiriq beradi. Beneveli haqiqatan ham bu diyor tarixi, jo‘g‘rofiyasi va etnografiyasiga doir juda ko‘p- qimmatli ma'lumotlar to‘playdi. Uning fikricha, bu ma'lumotlar o‘rganilgach, u yerlarda hukmron bo‘lib o‘rnashib olish uchun birgina kuchli hamla kifoya ekan. Benevelining safari ham muvaffaqiyatsiz yakunlanadi, u Buxoro amiri g‘azabidan zo‘rg‘a qochib qutulib, 1725 yilda, Petr I vafotidan keyin Rossiyaga qaytib keladi.
Chor hukumati ulug‘ Petr siyosatini davom ettira borib, rus-turk munosabatlariga e'tiborini qaratadi. Tashqi siyosat eng avvalo Qora dengiz sohillarini kuch bilan bosib olish asosiga quriladi. O'zbek xonliklari bilan munosabatda esa dastlab tinch yo‘l bilan o‘lkaga kirib borib, uni har tomonlama o‘rganib olish yo‘li tutiladi. Xonliklar bilan Qozog‘iston orqali savdo aloqalarini o‘rnatish shu rejaga kirardi. Bu ham puxta o‘ylangan hiyla edi.
Gap shundaki, XVIII asr boshlarida har uchala Juz qozoqlari qalmoq-jungarlarning doimiy bosqini ostida qolgan edi. 1723 yilga kelib qozoq eli og‘ir ocharchilikni boshidan kechirayotgandi va nihoyatda zaiflashganligidan u endi o‘z mustaqilligini saqlab qola olmaydigan ahvolga tushgan edi. Oqibatda Katta juzjunlarlarga siyosiy qaram bo‘lib qolgandi. O'rta juz Buxoroga ko‘chib borib, Buxoro xonligiga bo‘ysundi. Qalmoqlar xataridan saqlanish va o‘z hokimiyatini mustahkamlash ilinji Katta juz hamda Kichik juz xoni Abulxayrxonni chor hokimiyati bilan yaqinlashuvga undardi...
Abulxayrxon 1730 yilda Juzni rus fuqaroligiga qabul qilishlarini so‘rab, Ufaga elchi yuboradi. Rossiya hukumati O'rta Osiyoga hujum qilish uchun ishonchli istehkomga ega bo‘lish hamda o‘z mustaqilligi yo‘lida kurashayotgan boshqirdlarning qozoqlar bilan ittifoq tuznshining oldini olish maqsadida xonning iltimosini kechiktirmay qondiradi. Ko‘pchilik qozoq oqsoqollarining qarshiligiga qaramay, 1730 yilda Kichik juz bilan birga Semekxon boshchiligida O'rta juzning bir qismi ham Rossiya imperiyasiga tobe bo‘ladi. Qozoqlarning Rossiya fuqaroligiga o‘tishi chor hukumatining O'rta Osiyoga bundan keyingi yurishlari uchun katta imkonnyatlar yaratib beradi. Petr I ta'biri bilan aytganda, Sharq bilan aloqada Qozog‘iston kalit, darvoza rolini o‘ynaydi.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 09-Sen-2011, 17:36 | Message # 46 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
XIX asrning ikkinchi yarmida (1853-1856) bo‘lib o‘tgan Rossiya bilan Qrim urushi, shundan keyin xalq xaloskori Imom Shomil boshchiligida davom etgan Kavkaz janglari ham chor Rossiyasining O'rta Osiyoga harbiy yurishiga, mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishiga ma'lum muddat to‘sqinlik qilib turdi. Biroq Rossiya imperiyasi podsho Petr I belgilab ketgan reja asosida O'rta Osiyoga harbiy yurishni hech to‘xtatmay, shiddat bilan amalga oshirishni maqsad qilib qo‘yadi.
Aslida bu ishga imperator Nikolay I hukmronligi davrida-o‘tgan asrning 1830-40-yillaridan boshlab kirishiladi. Rossiya imperiyasi turli yo‘llar, bahonalar bilan Orenburg va O'rol orqali asta-sekin Qozog‘iston va O'rta Osiyo o‘lkalariga kirib kela boshlaydi.
Rossiya Qozog‘iston yerlarida harbiy istehkomlar qurishga mablag‘ni ayamay sarflaydi. 1734 yilda Orenburg guberniyasining kotibi I. Kirilovning zimmasiga qal'alar qurish, avval Buxoroga, keyinchalik Hindistonga savdo karvoni olib borish bahonasida tevarak-atrof va yo‘llar xaritasini chizish, ruda va oltin qidirishni yo‘lga qo‘yish kabi qator vazifalar yuklanadi. 1742 yilda qurilgan Orenburg shahri o‘zbek xonliklari hududiga kirib kelish yo‘lida ham harbiy, ham iqtisodiy istehkom bo‘lib xizmat qiladi. Turkistonni harbiy kuch bilan bosib olish niyatida Rossiya imperiyasi faqat XVIII asrning o‘zida Qozog‘iston hududida yuzdan ortiq katta-kichik harbiy istehkomlar, tayanch dargohlari qurdiradi. Shimoli-sharqiy Kaspiybo‘yi yerlarida o‘z mavqeini mustahkamlash maqsadida Novo-Aleksandrovsk (hozirgi To‘rtko‘l) harbiy istehkomini barpo etadi. Imperiyaning Sibir tomondan harakatga tushgan qo‘shinlari yaqin atrofda bosh ko‘targan qozoq, boshqird, tatar, qirg‘iz hamda qozoq xalq xaloskori Sulton Kenisar Qosimov boshliq millatparvarlarni tor-mor qilish uchun Jenier Og‘ochga polkovnik Gorskiy boshchiligida qo‘shin yuboradi. Orenburg tomondan turli hujum va bosqinlarga chek qo‘yish va turli yo‘llar bilan asirga tushgan daydi, qochoq ruslarni ozod qilish bahonasida general Perovskiyning to‘p-zambaraklar bilan qurollangan 51 ming 217 kishilik qo‘shini Xiva tomon yurish qiladi. Oqbuloqda Xiva xonligining 24 ming sarbozi rus bosqinchi jangarilari bilan 1,5 oy davomida jang olib boradi. Vatan himoyachilaridan 80 dan ortiq kishi, istilochilardan esa 5 kishi qurbon bo‘ladi. Lekin bu yurish ham ruslar mag‘lubiyati bilan tugaydi. Biroq Rossiya imperiyasi Angliya, Xitoy hujumidan xavfsiragan holda O'rta Osiyo va Qozog‘iston o‘lkalarini tezroq bosib olib, o‘z mustamlakasiga aylantirish niyatidan qaytmay, harbiy izlanishlarini tinimsiz davom ettiradi.
Petr I tomonidan imperiya deb e'lon qilingan Rossiya o‘z iqtisodiy va harbiy qudratini mustahkamlash hamda taraqqiy, ettirish niyatida o‘zga yurtlar, mamlakatlar yerlarinn asta-sekin egallab, buning hisobiga o‘z qaddini rostlab boradi.
XVIII-XIX asrlarga kelib, Rossiya imperiyasi tarkibida Boltiqbo‘yi, Ukrainaning o‘ng dengnz sohili, Belorussiya, Polshaning bir qismi, Bessarabiya, Shimoliy Kavkaz, Finlyandiya, Kavkazorti, Uzoq Sharq, Sibir, Qozog‘iston, O'rta Osiyo, Pomir kabi o‘lkalar bo‘lib, ularning umumiy maydoni 22,4 million kvadrat kilometrga barobar edi. V. I. Lenin ta'biri bilan aytganda, «xalqlar turmasi» bo‘lmish chor Rossiyasi hududidagi 81 guberniya, 20 viloyat, 931 shaharda yashayotgan 100 dan ortiq g‘ayrirus xalqlar va elatlar mamlakat aholisining 57 foizini tashkil qilardi.
1738 yil avgustda rus tarixchisi V. N. Taxtishchev poruchik Miller boshchiligidagi karvon tarkibida Toshkent shahri tomon yo‘lga chiqadi. Unga Buxoroning bir qancha shaharlaridagi hamda Toshkentdagi siyosiy ahvol to‘g‘risida va yana boshqa xil ma'lumotlar to‘plash topshirilgandi. Bu karvonning ham omadi chopmadi, uni O'rta juz qozoqlari tor-mor qiladilar.
Yekaterina ikkinchi hukumati XVIII asrning 70-yillari oxirida O'rta Osiyo bilan ruslar uchun har tomonlama foydali bo‘lgan savdo-sotiq masalalariga katta e'tibor bera boshlaydi va XIX asrning birinchi choragidayoq o‘zbek bozorlarida ruslar mustahkam mavqega ega bo‘lib oladilar. Chunonchi, Buxoro amiri Shohmurod Ernazar otaliqni Peterburgga elchi qilib jo‘natadi. Buning sharafiga Yekaterina Ernazar elchi madrasasi qurilpshiga 134 ming so‘m ajratadi.
Ovrupodagi taranglashayotgan xalqaro vaziyat, 1805-1307 yillardagi Napoleonga qarshi kurash, 1806-1812 yillardagi rus-turk urushi, 1808--1809 yillardagi rus-shved urushi, 1805-1813 yillardagi rus-fors urushi, 1812 yilgi Vatan urushi chor hukumatining O'rta Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosatini olib borishiga uzoq yeeqtgacha yo‘l bermay turadi.
Nikolay ikkinchi hukumati O'rta Osiyo bozorlarini Rossiyaga butunlay qaram qiling maqsadida Turkistonni bosib olishni tezlashtirish ustida bosh qotira boshlaydi. Chunki Rossiya Hindistonni egallagan inglizlar tezda Afg‘oniston va Turkistonni ham zabt etishlari mumkinligidan xavfsirar adi. O'rta Osiyoni bosib olish ishtiyoqmandlari ichida bosar-tusarinn bilmaydigan Orenburg harbiy gubernatori general-mayor V. A. Perovskiy ham bo‘lib, 1840 yil noyabr oyi oxirlarida 2 ta zambarak, 40 ta arava, hamda 5 ming piyoda askar bilan 10 ming tuyadan iborat karvonga bosh bo‘lib O'rta Osiyo tomon yuradi. Og‘ir ob-havo sharoiti, yonilg‘i, oziq-ovqat tanqisligi, kiyim-kechaklar yaroqsizligi oqibatida qo‘shinining ma'lum bir qismini yo‘qotgandan so‘ng Perovskiy Xivaga yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ladi. Istilochilar 1841 yilda Xonikov yetakchiligida Buxoroga otlanishadi. Bu yurish natijasida Butenev ikki xonlikni qurol kuchi bilan bosib olish imkoniyatlari, yo‘llari, maqsadga erishishga qaratilgan harakat rejalari kabi ma'lumotlarni jamlab noma yozadi. 1847 yilga kelib mustamlakachilar Sirdaryo etaklarini bosib olish rejasini tuzishadi va u yerda Raim istehkomini barpo etadilar. 1853 yilda general Blaramberg otryadi Oqmachitni (hozirgi Qizil o‘rdani) hujum bilan zabt etadi. Ayni paytda G'arbiy Sibirdan Semipalatinskga qadar bo‘lgan oraliqda ham shimoli-sharq tarafdan yurishlar boshlanib ketgandi.
1850-1854 yillar ichida podsho qo‘shinlari Iliorti (Zaili) o‘lkasini egallaydilar, 1854 yilda esa Verniy (hozirgi Almati) istehkomi qad ko‘taradi. Shundan so‘ng Nikolay hukumati Qrim urushiga (1853- 1856) chalg‘iganligi tufayli O'rta Osiyoga bosqinchilik qisqa muddat to‘xtab qoladi. Bu urush tugagach, Kavkaz janglari Nikolayning qo‘lini bog‘lab qo‘yib, u o‘zbek xonliklariga qarshi oshkora bosqinchilik siyosatini yuritolmaganligidan, Buxoro hamda Xiva xonliklari birlashuviga imkon bermaydigan ayrim choralar ko‘rish bilan chegaralanadi.
Shundan keyin chor Rossiyasini O'rta Osiyoga nisbatan jadal mustamlakachilik siyosatini yurgizishga harbiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli majbur qiladi. Uning rivojlanayotgan yengil sanoati uchun paxta, pilla, qorako‘l teri va boshqa xil xom ashyolar zarur edi. Buning ustiga fuqarolar urushi (1861 - 1862 yillar) oqibatida Amerikadan olinadigan paxta miqdorining kamayib ketganligi ham o‘zbek paxtasiga bo‘lgan talabni oshirib yuboradi.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 09-Sen-2011, 17:38 | Message # 47 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
Yengil sanoatdagi bo‘xronlar, uni arzon xom ashyo bilan ta'minlash zaruriyati podsho hukumatnni bezovta qila boshlaydi. Orenburg general-gubernatori Katenin tashqi ishlar vaziriga yozgan xatida «O'rta Osiyo mulkiga hukmronligimizni o‘rnatishimiz uchun albatta Turkiston va Toshkentni egallashimpz shart», deb ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha, Toshkentni qo‘lga kiritish Buxoro mulkiga qurolli kuchlar bilan borish uchun ham zarur edi. 1862 yilda «Russkiy vestnik» jurnalida O'rta Osiyoni bosib olishni qat'iy yoqlovchi qator shovinistik maqolalar bosiladi. «Golos» nomli liberal jurnal esa Hindistonni zabt etgan inglizlardan o‘rnak olib, «Kaspiyni rus dengiziga aylantirish, O'rta Osiyoning ko‘chmanchi elatlarini o‘troq yashashga o‘rgatish, bu sahroyilar bilan pachakilashib o‘tirmay, ularni hattoki terror qilish»ga chaqirdi. Harbiy yurishlarning doimiy tarafdori bo‘lgan harbiy vazir D. A. Milyutin 1864 yil okgyabrida tashqi ishlar vazirligi tomonidan podshoh uchun tayyorlangan ma'ruza matnini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu matnda, jumladan, Rossiyaning Sharqqa sirli, lekin tiyiqsiz intilishi haqida, yarim yovvoyilar qabilasi bilan to‘qnashilgan damda o‘ta tinchliksevar siyosatni saqlab qolish imkoni yo‘qligi xususida, Qo‘qon xonpligining tabiiy boyliklari bo‘lmish paxta, ipak, qimmatbaho ma'danlar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Shunday qilib, oltmishinchi yillar boshida O'rta Osiyoni bosib olishga g‘oyaviy tayyorgarlik ko‘rib bo‘linadi, endi bu istiloni amalga oshirish navbati kelgandi.
Imperiya xorijiy o‘lkalar, Turkiya bilan bo‘lgan urushda bandligiga qaramay, 1810-1860 yillarda Sibir va Orenburg harbiy safarbar kuchlarini ishga solib, Qozog‘iston va O'rta Osiyo yerlari tomon harbiy yurish boshlaydi. Bunday bosqinchiliklarda katta tajriba orttirgan Rossiyaning yuzlab bosqinchi generallari va zobitlarining tinch Turkistonga yurishi dahshatli tus oladi. (Bu kuchlar tafsiloti kitobchamizga ilova qilinayotgan ma'lumotnomada tuliq bayon etilgan. M. H.) Shu maqsadda tashlangan katta kuch Markaziy Osiyo xalqlarini so‘zsiz taslim qilishga yoki bu o‘lkalarning kulini ko‘kka sovurib bo‘lsa ham to‘liq zabt etishga «so‘ngra Sharqdagi istilochilikni yanada davom ettirishga qaratilgan edi. 1909 yilda Toshkent shahrida Turkiston harbiy okrugi tipolitografiyasi tomonidan juda oz nusxada, faqat harbiy zobitlar uchun nashr ettirilgan bu to‘plam «O'rta Osiyoning bosib olinishi haqida tarixiy tadrijiy ma'lumotnoma. Georgiy Xochi sohiblari va «jasorati uchun» oltin qurol bilan taqdirlanganlar ro‘yxati ilovasi bilan» deb ataladi. Turkistonning chorizm tomonidan bosib olinishiga doir bu eng ishonchli manbada o‘sha jarayonning qanday davom etganligi to‘g‘risida to‘liq ma'lumot berilgan. Kitobchada bosqinchilik yilnomasi harbiy mahkama ma'lumotlari asosida ishtirokchilar, ularning qurol-yarog‘lari soni, amalga oshirgan harbiy xunrezliklari bilan birga yilma-yil, oyma-oy, kunma-kun aniq va xolis ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari o‘sha kitobcha nashr qilingan yilga qadar hisoblaganda qariyb bir asrcha davom etgan mazkur bosqinchilik, talonchilik urushida mahalliy xalqni yakson qilishda «qahramonlik» ko‘rsatgan 200 ga yaqin rus generallari, zobitlari qachon, qaerda va qanday «jasoratlari» uchun Rossiya imperiyasining oliy mukofotlari bilan taqdirlanganliklari aniq, lo‘nda va serma'no jumlalarda ifodalab berilgan. Ular orasida biz yaqin-yaqinlargacha shahar va qishloqlarimizga, ko‘chalarimizga nomlari taqilgan, tarix kitoblarida hadeb O'rta Osiyoni Rossiyaga «ixtiyoriy qo‘shib olish»da fidoyilik ko‘rsatgan xalq qahramonlari sifatida ta'riflab kelingan Fon Kaufman, Chernyaev, Skobelev, Kuropatkin, Trotskiy singari generallarni ham, bizga kamroq ma'lum bo‘lgan yuzlab general va zobitlarni ham ko‘ramiz.
Bu o‘rinda shuni ham alohpda aytib o‘tish kerakki, bunday oliy mukofotlarga faqat harbiylar emas, balki ko‘klarga ko‘tarib maqtab kelingan ijodkorlar: rassom, iste'fodagi michman Vasiliy Vasilevich Vereshchagin (bir qo‘lida qurol, bir qo‘lida mo‘yqalam bilan o‘z vatandoshlari amalga oshirgan qonxo‘rliklarni hayolan boshqa xalqlarning milliy qahramonlariga, jumladan, Sohibqiron Amir Temurga nisbat berib rasmlar chizgan bu jangchi-rassom 1904 yilda Petropavlovsk zirxli kemasida fojiali halok bo‘lgan) va taniqli rus yozuvchisi va rassomi, o‘qchi batal'on shtab kapitani Karasin sazovor bo‘lgan. Eng qizig‘i shundaki, Rossiya imneriyasining din peshvolari: ruhoniy ota Andrey Maloz, ruhoniy ota Gavril Shiryaev, ruhoniy ota Sedachyovlar ham chor hukumatining O'rta Osiyoni zabt etishida qatnashgan. Qo‘lidagi but-xochni o‘pib, rus zobitlari, askarlarini mahalliy xalq erku ozodligini poymol qilish uchun qonli urushga undagan bu ruhoniylar «halol» xizmatlari evaziga Georgiy nishoni tasmalariga taqiladigan xoch-nishon (napersnыe) bilan taqdirlanadilar.
Hatto Rossiyani va uning yaqin atrofidagi ko‘plab mamlakatlarni istilo qilib, necha asrlar ezib kelgan Chingizxon ham urushga dinni aralashtirmagan edi. Chingiziylar bosib olgan o‘lkalari xalqlarining e'tiqodi, urf-odatlarpga halal yetkazmagandilar. Rus podshosi esa O'rta Osiyoni bosib olishda har qanday siyosatdan ustun turishi lozim bo‘lgan dinni ham ishga soldi, xristian dini arboblarini yuksak mukofotlar, yorliqlar bilan ilhomlantirib, yovuz maqsadlariga xizmat qildirdi.
Inqilobdan ilgari yashab, faoliyat ko‘rsatgan rus tarixchilari, shuningdek chor Rossiyasining harbiy yilnomachilari va mahalliy xalqdan chiqqan Fozilbek, Bayoniy, Ahmad Donish, Salimiy, Muhammad Solih singari voqeanavis tarixchilarimiz asarlarida, o‘sha davr arxiv hujjatlari, davriy matbuot sahifalarida chor imperiyasi O'rta Osiyo va Qozog‘iston o‘lkalarini beadad qonlar to‘kib bosib olib, o‘z mustamlakasiga aylantirganligi, saxiy Turkiston mulki bosqinchilar tomonidan ayovsiz talon-toroj qilinganligi aniq misollar asosida ko‘rsatib berilgan.
Shu manbalardan ayonki, Rossiya imperiyasi yana o‘sha inglizlar yaqin orada O'rta Osiyo va Qozog‘iston yerlarini bosib olish xavfi bor, degan nuqtai nazardan kelib chiqib, harbiy harakatlarini shiddat bilan olib boradilar. Istilochilar buning uchun mablag‘larni ham, qurol-aslahalarni ham ayamaydilar. Chor Rossiyasi hukumati butun Kavkaz va Sibirda, Volga bo‘ylarida bosqinchilik urushlari bilan band bo‘lishiga qaramay, Turkistonni ham qo‘ldan chiqarmaslik uchun bu yerda istilochilik faoliyatini to‘xtatmadi. Turkistondagi shu voqealar qatnashchisi, rus harbiy tarixchisi general M. A. Terentev «O'rta Osiyoni bosib olish tarixi» nomli 3 jildlik kitobida yozishicha, Rossiya imperiyasi O'rta Osiyo yerlarini bosib olishda hech narsani ayamagan. Mamlakatdagi iqtisodiy tanglikka qaramay, kambag‘al xalq rizqidan qiyib, O'rta Osiyo va Qozog‘istonga harbiy yurish qilishga 1839 yilda 1 million 800 ming so‘m mablag‘ ajratiladi. Birgina Xiva xonligini zabt etish uchun Turkiston harbiy okrugiga 287300 so‘m, Orenburg harbiy okrugiga 200000 so‘m mablag‘ ajratilgan. Harbiy bosqinchilik urushi olib borish uchun shaxsan Turkiston general-gubernatori Fon Kaufman ixtiyoriga 400000 so‘m pul berilgan. Xiva xonligiga na boshqa xonliklarga qarshi harbiy yurishda qatnashgan ko‘p minglab askar, zobitlarning oziq-ovqatlari, kiyim-kechaklari uchun hamda harbiy yurishlar davomida mahalliy xalqdan tortib olnngan ot, ho‘kiz, eshak, xachir va tuyalarga yem-xashak sotib olishga 465414 so‘m 64 tiyin mablag‘ ajratilgan. Shuningdek, urushda zarur bo‘lgan qo‘tos, xachir, eshak, ot, tuyalar, aravalar sotib olish hamda yo‘l harajatlari uchun 513551 so‘m 40 tiyin pul mablag‘i ajratilganligini ko‘ramiz. Artilleriya, to‘p-zambarak zaxira qismlari, ta'mirlash uchun texnik uskunalar, shuningdek, tibbiy dori-darmonlar hamda lazaretlar unun 94285 so‘m pul mablag‘i, ko‘priklarni tuzatishga, arava (brichka)larning g‘ildirak zaxiralarini va boshqa zaruriy ashyolarni sotib olishga 1475558 so‘m 68 tiyin pul mo‘ljallangan. (Qarang: M. A. Terentev «Istoriya zavoevaniya Sredney Azii» Spb. 1806. 153, 283-betlar). Shunga o‘xshash ishanchli dalillarni rus bosqinni generallari, zobitlari, harbiy mutaxassislarining kundaliklari va esdaliklarndan ham ko‘plab keltirish mumkin. Shu o‘rinda kitobxonlarimizni bir narsadan ogoh qilishni xohlardik. Nazarimizda, rus bosqinchilarining Turkistondagi vahshiyliklari to‘g‘risidagi ko‘pgina manbalar noyob kitoblar, risolalar, esdaliklar, kundaliklar yo‘qolib ketayotganga o‘xshaydi. Tarixning ayanchli saboqlari unutilib, bugungi va kelajak avlodlar o‘tmish xatolarini takrorlamasliklari uchun bu manbalarning saqlanishini alohida nazoratga olish, imkon boricha ularni qayta nashr qilish zarur.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 09-Sen-2011, 17:42 | Message # 48 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
Chor Rossiyasining ma'murlari, harbiy gubernatorlari tub yerli xalqni qattiqroq ezish maqsadida mahalliy amaldorlar, boylar, qozilar, savdogarlar, sudxo‘rlar bilan til biriktirib harakat qildilar. Xonliklar oliy hukmdorlarining boshini makkorlik bilan silab, o‘zlari tomon og‘dirishga intildilar. Chunonchi, Rossiya podshosi Buxoro hukmdori amir Said Muzaffarxonga (1860-1885) general-ad'yutant yuksak harbiy unvonini, Buxoro amirlari Abulahad va Sayid Olimxonga general, Xiva xoni Muhammad Rahimxonga (1865-1910) general-mayor harbiy unvonlarini berdi. Mustamlakachilar bunday unvonlar va arzimas sovg‘a-salomlar evaziga mahalliy xalqni bemalol ezish ixtiyorinigina emas, uning rahbarlari xaq-huquqlarini ham sotib olgan edilar. Bu ham kamlik qilganday chorizm istilosiga qarshilik ko‘rsatganliklari uchun Buxoro va Xiva xonliklari Rossiya harbiylariga millionlab so‘m jarima to‘lashga majbur etiladilar. Masalan, bosqinchilarning otryadlari 1868 yil 23 iyunda Buxoro amirligini mag‘lubiyatga uchratgach, Zirabuloqda imzolangan bitimga ko‘ra, Buxoro Rossiyaga 500 ming so‘m urush tovoni to‘laydigan bo‘ldi. Bu xil noqonuniy tovonlar, jarimalar Xiva, Qo‘qon xonliklaridan ham undirib olindi. Tabiiyki, ularning yuki mehnatkash xalq gardaniga tushadi. Chorizmning Turkistonga ikkinchi yurishi 1853 yilda general Perovskiy boshliq ikki mingdan ziyod askar va zobitlarning Oqmachit (Qizil O'rda)ga hujumidan boshlandi. Bir necha kunlik hayot-mamot jangida bosqinchilardan 25 kishi o‘lib, 46 kishi yaralanadi. Oqmachit himoyasiga chiqqan butun mahalliy aholidan esa atigi 74 kishi omon qoladi, xolos. Chor qo‘shinlari qurolsiz xalqni rahmsizlarcha qirg‘in qiladi. Toshkentdan hokim Sabdalxo‘ja boshchiligida 8 ming askar va ko‘ngilli Oqmachitni qayta qo‘lga olish uchun qattiq jang olib boradi. Biroq istilochilar urush tajribasiga ega bo‘lishlari bilan birga tish-tirnog‘igacha qurollangan edilar. Vatanparvarlar jangda 192 kishidan ayrilib, yaralangan 92 jangchini tuya, ot, arava va eshaklarga ortib g‘azab va alam bilan orqaga chekinishga majbur bo‘ladilar. Qo‘qon xonligi Oqmachitni rus bosqinchilaridan qaytarib olish uchun yana qo‘shin yuboradi. 1853 yilning oxirida Yoqubbek qo‘mondonligida 13000 kishidan iborat yurt himoyachilari g‘animlar bilan qattiq jang olib boradilar. Atoqli tarixchi olim H. Ziyoev «Chorizm istilosi» degan maqolasida («Sharq» yulduzi», 1990, 8-son; «Muloqot», 1991, 3-son) yozganidek, bosqinchilar 55 kishini yo‘qotganlari holda yurt himoyachilaridan ikki mingga yaqin kishi o‘ldirildi va yaralandi. Chor Rossiyasnning istilochi qo‘shinlari 1860 yildan boshlab 6-7 yil mobaynida zo‘r berib avval Pishpek, so‘ngra To‘qmoq qal'asiga hujum qilib, zambarak va miltiqlardan o‘q yog‘dirib, qurolsiz, himoyasiz, bechora tinch aholini zor qaqshatib, begunoh qon to‘kadilar. Butun O'rta Osiyo xalqlari bosqinchilik urushi yo‘lini to‘sish uchun oyoqqa turishadi. Toshkent hokimi Qanoatshoh boshchiligida urushga otlangan o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz, tojik va qoraqalpoqlardan iborat 20 mingga yaqin fidoyi vatanparvar Pishpek ostonasida shiddatli jang olib boradi. Chor Rossiyasi general va zobitlari buyrug‘i bilan himoyachilarga qarshi otilgan 2051 ta snaryad, 31879 ta miltiq va 63 ta to‘p o‘qidan 1500 vatanparvar o‘ldirilib, ko‘plari yaralanadi, bandi qilinadi. Pishpek uchun bo‘lgan qirg‘inbarot jangida 574 himoyachi asir olinadi. Ular orasidagi 82 savdogar, 92 ayol va bolalar taqdiri ham achinarli bo‘ldi. Bosqinchilar bandilarga nihoyatda yomon munosabat ko‘rsatadilar. Har bir o‘ldirilgan chor Rossiyasi askarining xuni uchun mahalliy xalqdan shafqatsiz o‘ch olish odat tusiga kirib boradi. Rus bosqinchilari shu yo‘l bilan vatan himoyachilari qalbiga qo‘rquv va g‘ulg‘ula solishga harakat qiladilar. Chor Rossiyasining harbiy mutaxassislari, general, zobitlari Avliyoota (Jambul), To‘qmoq, Pishpekni egallashga jon-jahdlari bilan harakat qiladilar. Kitobchaga ilova qilinayotgan ma'lumotnomada yozilganidek, polkovnik Simmerman otryadi 6 ta rota, 6 ta yuzlik kazaklar, 2 ta yuzlik qirg‘izlar hamda 12 ta og‘ir to‘p-zambarak, 4 ta raketa stanogi, 8 ta martir bilan 5 ming kishilik qo‘qonlik fidoyilarni yakson etib, To‘qmoq va Pishpek qal'alarini buzib tashlaydilar. U yerda Olatov harbiy okrugi barpo etiladi. Ayni vaqtda 1864 yilning kuzida podpolkovnik Kolpakovskiy (qirg‘indagi «jasorati» uchun general unvoni berilgan) boshliq harbiy otryad-3 ta rota, 2 ta yuzlikdan iborat va 6 ta zambarak, 2 ta raketa qurilmasi bilan qurollangan chor askarlari Uzunog‘ochda Vatan himoyachilari bilan yuzma-yuz jangga kiradilar. 20 mingdan ziyod vatanparvar Rossiya imperiyasining zamonaviy harbiy texnika bilan qurollangan bosqinchi askarlari hujumiga dosh bera olmay, chekinishga majbur bo‘ladi. Bosqinchilar maqsadlariga erishish uchun Turkiston hududida yuzlab harbiy istehkomlar qurishni davom ettiradilar. Ularga markazdan doimiy harbiy yordam kelib turadi. Avliyootani qayta qo‘lga olish uchun Qo‘qon xonligidan 1500 kishidan iborat xaloskor 1864 yilning bahorida chorizm jallodlari bilan yana to‘qnashadi. Bu gal ham qurol-aslaha bobida ustun bo‘lgan dushman qo‘li baland keladi. Bu jangda vatanparvarlar 307 jangchisidan ajraladi va 390 sarboz majruh bo‘ladi. Chor Rossiyasining makkor general va eobitlari al-dash, qo‘rqitish, hiyla ishlatish yo‘li bilan oddiy va soddadil mahalliy xalqlarni asta-sekin bo‘ysundira boradilar. Buning uchun ular «Bo‘lib tashlab, hukmronlik qil» qabilida ish tutib, musulmon diniga mansub turkiy xalqlarni birlashishga qo‘ymaslik uchun ularni bir-biriga gijgijlash usulndan ustalik bilan foydalanadilar.
Hududiy jihatdan keng maydonga ega bo‘lgan Qo‘qon xonligi mulkini bosib olish uchun chor Rossiyasi qo‘shinlari (1864-1865 yillari) asosiy hujumnn Verniy (Almati), Turkiston va Chimkent shaharlarini ishg‘ol etishga qaratdi.
Bosqinchi rus generallari Verevkin, Chernyaev, Lerxe, Debu, Kolpakovskiy boshliq jangari zobitlar va as-karlar 1864 yilda Turkiston, Chimkent shaharlarini bosib olish uchun Qo‘qon xonligining lashkarboshisi (amirul-lashkari) Alimqul sarbozlari bilan hayot-mamot jangi olib bordi. 1864 yilning kuzida Turkiston tomondan general Chernyaev, Avliyoota tomondan general Lerxe qo‘mondonligidagi chor Rossiyasining a'lo-darajada qurollangan qo‘shinlari qo‘qonlik vatanparvarlarga qarshi shafqatsiz jang qilishdi. Chimkent va Iqon ayovsiz to‘pga tutilib, shahar va qishloq butunlay vayron qilindi. Amirul-lashkar Alimqul qo‘mondonligidagi Qo‘qon xonligi mudofaatchilari yovuz dushmanga qarshi mardonavor kurash olib bordilar. Biroq bu jangda kuchlar teng emasdi. Taktik va strategik jihatdan jangni uyushtirish, askarlarni hujumga shaylash, safarbar qilish tajribasiga, uyushqoqliq, jangovarlik holatiga ega bo‘lgan chor askarlari hujum qurollaridan to‘g‘ri va aniq foydalannsh san'atini egallagan edilar. Doimo o‘z safini yangi kuchlar bilan to‘ldirib borgan chor qo‘shinlari mag‘lubiyat ko‘rmay, g‘alaba sari intildilar.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 09-Sen-2011, 17:46 | Message # 49 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
Boz ustiga turkistonlik vatanparvar ximoyachilar zamonaviy qurol-aslahalarga ega emasdilar. Oddiy xalq qurol ishlatish, dushmanni mo‘ljalga olib otish mashqidan yiroq edi. Urushish harbiy san'ati yetishmasdi. Turkiston, Chimkentdagi dahshatli jangni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan shoir Husayn Shayx (adabiy taxallusi «Kamina») bir she'riy tarixiy manzuma yozdi.
Shoir vatan himoyachilari qo‘llaridagi quroldan to‘g‘ri va mohirona foydalana olmaganliklari tufayli urushda begunohlar qoni daryo bo‘lib oqayotganligidan afsuslanib shunday yozadi:
Musulmon o‘q otsa, o‘rusga tegmas, O'ruslar otgan o‘q xato ketmas. Haqiqatan ham turli yurtlardagi bosqinchilik va talonchilik urushlarida mahorati oshgan rus generallari, zobitlari va askarlari, shoir Kamina yozganidek, mo‘ljalga bexato urib, hammayoqni qonga botirdilar. Qo‘liga qurol ushlamagan, uning bilan muomala qilish ilmini egallamagan oddiy xalq esa dushman muljaliga nishon edi. «Biz qurol ushlashni va otishni bilmaydigan yarim yovvoyi odamlarni qo‘yni otgandek otib o‘ldirardik», - deb faxr va g‘urur bilan mahalliy aholiga nisbatan nafratinn yashira olmay yozadi rus zobitlaridan biri o‘z kundaliklarida.
Chor hukumati mahalliy xalqni har qanday yo‘llarni ishlatib bo‘lsa ham, hatto eng muqaddas tuyg‘ulariga tajovuz qilish bilan qo‘rqitib bosh egdirishga harakat qildi. Masalan, general Chernyaev Turkiston shahri taslim bo‘lmasa, shaharning ko‘rki va yuragi bo‘lgan, xalqning aziz ziyoratgohi hisoblanmish Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasini to‘pga tutajakligini e'lon qiladi. Va bu faqat po‘pisa bo‘lib qolmasdan, polkovnik Verevkin guruhi shundai qabih ishni chindan ham amalga oshiradi. Shu tariqa ular insoniyatning yuksak aql-zakovati bilan barpo etilgan shaharlar, tarixiy obidalar kulini ko‘kka sovurdilar. Bosqinchilarning bundan ko‘zlagan maqsadlari aniq edi. Boy qadimiy madaniyatimizni yo‘q qilib, biz o‘tmishda hech narsa ko‘rmagan va yaratmagan yovvoyi bir olomon bo‘lganmizu, butun madaniyatni bizga ular olib kelganligiga o‘zimizni ham, boshqalarni ham ishontirish va evaziga doimo minnatdor bo‘lib, qulluq qilib, itoatda yashashga majbur etish - mana ular ko‘zlagan va keyinchalik ma'lum darajada erishgan maqsad. Turkistonni zabt etib, Chimkent va keyin Toshkent shahri tomon yurish niyatida bo‘lgan general Chernyaev boshliq bosqinchilar yo‘lini to‘smoq zarur edi. Toshkentlik voqeanavis muarrix Muhammad Solih qori o‘zining «Tarixi jadidi Toshkent» («Toshkentning yanti tarixi») nomli qo‘lyozma asarida (Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutidagi 5732 raqamli qo‘lyozma) yozishicha, Qo‘qon xonligiga qarashli jami qishloq va shaharlardan askarlar, ko‘ngillilar va vatanparvarlar xonlikning jasur lashkarboshisi Alimqul boshchiligida Chimkent himoyasiga otlanadilar. Biroq general Chernyaev bosh bo‘lgan, bosqinchi qo‘shinlar 1864 yil 22 sentyabrda ko‘plab to‘p miltiq, zambaraklardan tinimsiz o‘q yog‘dirib, yurtimizning ming-minglab; farzandlarini nobud qilib, Chimkentni ishg‘ol etadi.
Professor H. Ziyoev «Chorizm istilosi» maqolasida Toshkent mag‘lubiyati haqida shularni yozadi:
«Toshkent shahri uchun bo‘lgan ayovsiz jangda chor askarlari 72 soldatini yo‘qotgan bo‘lsa, mudofaachilardan o‘n mingdan ko‘prog‘i o‘ldiriladi, yaralanadi, ko‘plari Sibirga surgun qilinadi. General Chernyaev qo‘mondonligida 1865 yilning yanvar oyida yurtning 8-9-ming himoyachi farzandini nobud qilish hisobiga Qo‘qon xonligi ixtiyoridagi Chimkent shahrini qo‘lga kiritish bilan bosqinchilar avval boshida ko‘zda tutgan maqsad uzil-kesil amalga oshadi. Qattol va jallod rus lashkarboshisining endigi hujumi Toshkentga, undan keyin Buxoro, Qo‘qon va Xivaga qaratilgan edi».
1864 yilning kuzida Chernyaevning Toshkentni bosib olishga birinchi urinishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. 1865 yilning yozida u Toshkentning suvboshisi bo‘lmish Niyozbek qal'asini egallab olgach, shaharga navbatdagi yurishini boshlaydi. Chernyaev avvalo anhorning suvini bo‘g‘ib olib, Toshkentni qirq ikki kun davomida suvsiz qoldiradi. Ruslar bostirib kelayotganliklari to‘g‘risidagi xabarni eshitgan toshkentliklar Qo‘qon xonligiga qaram bo‘lganliklari uchun xondan yordam so‘raydilar. Shahar dorug‘asi Alimqul Toshkent aholisini o‘z erklari uchun kurashga chorlab otashin nutq so‘zlaydi. Qo‘qondan yordam kelgach, Toshkent himoyachilarining soni 30 ming kishiga yetadi. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, rus soldatlari 1950 nafar bo‘lgan. Tartib va tashkilotchilikning yo‘qligi, kerakli harbiy texiika bilan ta'minlanmaganlik sababli xonlik qo‘shinining son jihatidan ustunligi ham to‘qnashuvda foyda bermaydi. Chernyaev hal qiluvchi harakatni janubdan - Temur-darvozasi tarafdan boshlaydi. Bu bilan u Qo‘qon yoki Buxorodan kelishi mumkin bo‘lgan yordamchi kuchlarga xalaqit berishni mo‘ljallaydi. Ilk to‘qnashuv 1865 yilning 9 mayida bo‘lib o‘tadi. Chernyaev Alimqul halokatidan keyin shahar taslim bo‘lar, degan ilinjda hujumni xiyol to‘xtatib turadi. Buxoro amirining qo‘shini yaqinlashib kelayotganidan xabar topgach, 15 mayga o‘tar kechasi shaharga hujum boshlashga qaror qilinadi. 16 va 17 may kunlari ham ko‘cha janglari davom etadi.
General Chernyaev boshliq jallodlar Toshkent shahri istilosi kunlari 12 mingdan ortiq begunoh odamlar qonini daryo qilib oqizdilar.
17 may kuni Toshkent a'yonlari qarshilikning behudaligini hisobga olib, shaharni topshirish uchun muzokaraga kirishadilar. Orenburg general-gubernatori Krjijanovskiy 1865 yilning sentyabrida mahv qilingan Toshkentga kelib, uni muxtor qaram mulk deb e'lon qiladi.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 09-Sen-2011, 17:49 | Message # 50 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
Chernyaev shu yilning kuzidayoq Jizzaxga yurish boshlaydi, Ammo 1866 yil mart oyida Chernyaev Peterburgga chaqirib olinadi va uning o‘rniga yuborilgan general Romanovskiy 8 may kuni Yerjarda amir qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratadi, 24 may kuni Xo‘jandda ham ruslarning qo‘li baland keladi. Avgust oyida Krjijanovskiy Toshkent, Xo‘jand va Chirchiqorti o‘lkasini Rossiyaga qo‘shib olish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. Amir bilan muzokaralarda kelisha olmagach, 2 oktyabrda Buxoroga qarashli O'ratepa qal'asini, 18 oktyabrda esa Jizzaxni istilo qiladi. Bosib olingan yerlarda 1867 yilda favqulodda Turkiston general-gubernatorligi tuziladi. Injener-general K. P. Kaufman bosh qilib tayinlangan bu gubernatorlikning markazi etib Toshkent belgilanib, Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari ham uning tarkibiga kiritiladi.
Toshkent shahrida zo‘r harbiy istehkom barpo etgan Rossiya imperiyasi vatandoshi Bekovich-Cherkasskiy boshliq harbiy otryadlari safarining fojiali yakuni uchun o‘ch olish maqsadida birin-ketin Xorazm, Qo‘qon va Buxoroga qonli yurishini davom ettiradi...
Rus generallaridan Fon Kaufman. Fonder Flit, Bardovskiy, Tronkiy, Kolpakovskiy, Verevkin, Lomakin, Golovachev, Grodekov, Meller-Zakomelskiy, Konstantinovich boshliq harbiy kuchlar 1873 yilda Xivani egallab, chor Rossiyasi hukumatining oliy mukofotlarini oladilar. Yangi tuzilgan Turkiston general-gubernatorligi Toshkentni o‘ziga qarorgoh etib, Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklariga qarashli barcha yerlarni tezroq bosib olish bosh rejalarini tuzib chiqadi.
Rus qo‘shinlari bosqinchilikni avj oldirib, 1868 yil 1 may kuni Samarqandning Cho‘ponota tepaligida Buxoro qo‘shinlarini yengishadi, 2 mayda esa Samarqand shahri taslim bo‘lishga majbur qilinadi. Rus askarlari Samarqanddan Buxoro tomonga chiqishlari bilan shaharda g‘azovat boshlanib ketadi. 2 iyun kuni shahar devorlari tagida Shahrisabz qo‘shini paydo bo‘lganida ozodlik qo‘zg‘oloni avjiga chiqadi. Umarxo‘ja va Jo‘raboy bo‘linmalari hech bir qarshiliksiz Samarqandga kirib kelishadi, bu yerda ularga shahar ahli ham qo‘shiladi. 650 kishidan iborat rus garnizoni askarlari qo‘rg‘onga kirib yashirinadilar. Mujohidlar 5 kun davomida ular ustiga hujum uyushtirishadi. 8 iyunda esa Kaufman qo‘shini shaharga bostirib kiradi va uning barcha himoyachilari qatl etiladi. Buxoro va atrofidagi shahar, qishloqlarpi egallash yo‘lida chor Rossiyasinint bosqinchi askar va zobitlari Zirabuloq tepaligida Buxoro amiri Muzaffarga qarshi turadilar. Amirning 15 ming otliq, 6 ming piyoda va 14 ta to‘pdan iborat kuchlari general-gubernator K. P. Kaufman qo‘shinlari bilan nihoyatda og‘ir jangga kirishadi. Bu jangda Rossiya bosqinchilari ustun kelayotganligini sezgan amir Muzaffar butun muzofotni g‘azovat urushiga da'vat etadi (Qarang: «Sharq yulduzi» jurnali. 1990, 8-son, 185 -187-betlar). Biroq Zirabuloqdagi mag‘lubiyat, Samarqand qo‘zg‘olonining bostirilishi Buxoro bilan bo‘ladigan urush taqdirini hal qilib qo‘ygan edi va amirga Rossiya bilan tuzilgan bitimga imzo chekishdan boshqa chora qolmaydi. Bitim shartlari 1868 yil 23 iyunda quyidagicha edi: Buxoro Rossiyaga vassallikni tan oladi va 500 ming so‘m urush tovonini to‘laydi. Samarqand va Kattaqo‘rg‘on viloyatlari Rossiyaga biriktiriladi. Buxoro chet davlatlar bilan aloqa qilish va mustaqil bog‘lanish huquqidan mahrum bo‘ladi. Shu yilning kuzidayoq Abdumalik boshchiligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olon ham istilochilar tomonidan shafqatsizlik bilan bostiriladi.
1870 yili Iskandarko‘lda ruslar uyushtirgan harbiy yurish natijasida Zarafshon tizmasi ham ular qo‘liga o‘tadi. O'rta Osiyoni bosib olish tarixidagi navbatdagi bosqich Xiva xonligini zabt etish edi. 1873 yil may oyi o‘rtalarida Turkiston, Orenburg va Kazkaz gubernatorlarining guruhlari Xivaga yaqinlashadilar. Rossiya qo‘shinini qaytarishga uringan xivaliklar tor-mor etilib, rus qo‘shini shaharga deyarli jangsiz kirib keladi va xon amaldorlari bilan muzokara olib boradi. Tinch yo‘l bilan tuzilgan bitimga ko‘ra, Xiva xoni Muhammad Rahim 1873 yilning 12 avgustidan e'tiboran mustaqil tashqi aloqalar olib borishdan mahrum etiladi. Ayni paytda xonlik Rossiyaga 22 million so‘m urush tovonini to‘lashi shart qilib qo‘yiladi. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, xonlik poytaxtiga yaqin joyda tashkil etilgan Petro-Aleksandrovsk qo‘rg‘oni (hozirgi To‘rtko‘l) yanada mustahkamlanadi. Xiva xoni qaramlikda ushlab turilgan bir paytda general Golovachev boshchiligidagi jazo to‘dasi turkmanlarni qirib, tor-mor qilishni davom ettiradi.
Qo‘qon xoni Xudoyorxonning og‘machilik siyosati tufayli uchinchi o‘zbek xonligi ham o‘z mustaqilligini oegina muddat saqlab turoldi, xolos. 1874-1876 yillarda marg‘ilonlik Ishoq mulla Hasan o‘g‘li boshchiligidagi qo‘zg‘olon natijasida Qo‘qon mustaqillikdan mahrum qilindi. Voqea tafsiloti bunday. 1872 yilda bir guruh norozi feodallar Xudoyorxonning qarindoshlaridan bo‘lgan Po‘latbekni taxtga ko‘tarmoqchi bo‘ladilar. U taxtdan voz kechgach, fitnachilar roziligi bilan Po‘latbek ismini olgan Isxoq mulla g‘azovatning boshida turadi. 1873 yilda unga Abdurahmon oftobachi, Qo‘qonning sobiq hukmdori Musulmonqulning o‘g‘li, bundan tashqari Xudoyorning to‘ng‘ich o‘g‘li Nasriddin, Andijon xokimi va uning akasi Murodbek kelib qo‘shiladnlar. Ko‘zg‘olonni bostirishga ojizligini payqagan Xudoyorxon «pushtipanoh imperator hazrati oliylari»ning qudratiga suyanadi va Fon Kaufmanga do‘stona murojaat qilib, iloji boricha tezlik bilan Ko‘qonga rus qo‘shini va zambaraklarini yuborishini so‘raydi. Yurtni sotganligi uchun Xudoyorxon va yaqinlariga qarshi g‘azovat e'lon qilinadi. Xurdoyorxon 1875 yil 2 iyul kuni o‘z oilasi bilan Toshkentga, rus elchixonasi panohiga qochib boradi. Tarixchi olim H. Bobobekov «Qo‘qon xazinasi qaerda?» sarlavhali maqolasida («Xalq so‘zi» gazetasi, 1991 yil 20 fevral) yozishicha, 1875 yilning yozida Qo‘qon xoni Xudoyorxon 70 kishilik ahli ayoli, 500 ga yaqin hamrohlari, 40 arava xazina bilan Toshkentga Turkiston general-gubernatori Fon Kaufman huzuriga panoh tortib keladi. Kaufman shu 40 arava xalq boyligini olib, Xudoyorxonning o‘zini Orenburgga surgun qiladi. Keyinchalik xon Orenburg tutqunligidan qochadi. Toshkentdan chiqqach, rus guruhi qo‘qonliklarni Makaram qal'asida mag‘lubiyatga uchratadi va 29 avgustda Kaufman Qo‘qonga g‘olib sifatida kirib boradi. Qo‘qon a'yonlari Xudoyorning o‘g‘li Nasriddinbek boshchiligida undan afv so‘raydilar. 22 sentyabrda Kaufman bilan bitim tuziladi. Bu bitimga ko‘ra Qo‘qon xoni o‘zini Rossiya imperatorining quli deb tan oladi va general-gubernator ruxsatisiz hech qanday tashqi aloqalar yoki harbiy harakatlar qilmaslikka rozi bo‘ladi. Shunday qilib, Qo‘qon feodallari yurtning erkini boy berib, jonlarini saqlab qoladilar.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 09-Sen-2011, 17:53 | Message # 51 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Davomi..
Xonning sharmandali qochishi haqidagi xabar yangi qo‘zg‘olonga sabab bo‘ladi. Bu gal uning markazi Andijon edi. Qo‘zg‘olonchilar Po‘latxon nomi bilan yurgan Ishoq mullani xon deb e'lon qiladilar. Po‘latxonga qarshi jo‘natilgan Kaufman otryadi Andijon ostonasida mag‘lubiyatga uchraydi. 1875 yilning 7 oktyabrida esa qo‘zg‘olonchilar xon qo‘shinini yengib, Qo‘qonni egallaydilar. Xo‘jandga, ruslar panohiga kochgan isyonchilar 11 noyabrda Baliqchi yaqinida general Skobelev askarlari tomonidan tor-mor etiladi. Skobelev yo‘l-yo‘lakay qishloqlarga shafqatsizlarcha o‘t qo‘ydirib, yakson qildirib, olg‘a boraveradi. Andijon shahrini ayovsiz to‘pga tutdirib, vayron qildiradi, uning o‘z so‘zlariga qaraganda, uch ming chog‘li odam vayronalar tagida qolib ketgan. 9 yanvarda Skobelev xaroba Andijonga kirib borganida Po‘latxon qolgan-qutgan kuchlari bilan Uchqo‘rg‘on qal'asiga chekingandi. 1876 yilning 28 yanvaeiga o‘tar kechasi Skobelev tomonidan yuborilgan otryad Uchqo‘rg‘onni egallaydi, barcha himoyachilar o‘ldiriladi. Bu yerdan qochib ulgurgan Po‘latxon ko‘p o‘tmay Marg‘ilonda qo‘lga tushadi.
Kaufman bir amallab xalq harakatini bostirgach, Ko‘qonni mustaqilligidan mahrum etshiga ahd qiladi, 1876 yilning 19 fevralida Qo‘qon xonligi tugatilib, uning o‘rniga Farg‘ona viloyati tashkil qilinadi. Bo‘ysunmas qo‘qonliklarni shafqatsiz qiyratgan jazo ekspeditsiyasining boshlig‘i general Skobelev esa harbiy gubernator qilib tayinlanadi. Xullas, Po‘latxon qo‘zg‘oloni o‘zbek xalqining o‘z mustaqilligini saqlab qolish yo‘lidagi kurashining so‘nggi bosqichi bo‘ldi va shundan so‘ng uchala o‘zbek xonligi ham rus podsholigiga to‘la qaram bo‘lib qoldi.
O'n mingdan ortiq muridi bo‘lgan Dukchi Eshon boshchiligidagi Andijon xalq qo‘zg‘oloni (1898 y.) ham yaqinlargacha diniy pardaga o‘rab, uning sinfiy mohiyati yashirib kelindi. Aslida esa bu chorizmning dahshatli zulmiga qarshi olib borilgan milliy ozodlik harakati va isyonkorlik kurashi ediki, uning natijasida qurbon bo‘lgan, yaralangan va Sibirga surgun qilingan xalqparvarlarning aniq soni ma'lum emas. Ayrim manbalarda mazkur qo‘zg‘olon qon bilan bostirilgach, 226 kishi o‘lim, 777 kishi esa qamoq jazosiga buyurilganligi yozilgan, boshqa bir hujjatda 380 vatanparvar o‘limga hukm etilib, 208 kishi Sibirga surgun qilinganligi aytiladi . Mustabid chor Rossiyasi zulmiga qarshi andijonlik Dukchi Eshon boshchiligida bo‘lib o‘tgan xalq qo‘zg‘oloni bir jihati bilan Rossiya tarixidagi Yemelyan Pugachev qo‘zg‘olonini eslatadi.
O'zbek xalqining asl va vatanparvar o‘g‘li, yetuk olim Fozilbek Otabek o‘g‘li Qoziev zolim va mustabid rus bosqinchilarining qonxo‘rligi va vahshiyligini fosh etib, «Dukchi Eshon voqeasi» (O'zdavnashr, Toshkent 1927 - Samarqand) nomli tarixiy asar yozdi. Muallif o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, bilgan voqealarini xolis bir muarrix sifatida qalamga olgan. Kntobning «Mingtepa qishlog‘i», «Eshonning shakli va hunari», «Karomatli mehmonxona», «O't-olovsiz osh pishirish», «Chor hukumatining qarshilik harakati», «Eshonning hujumga hozirlik ko‘rishi», «Xalqning qo‘zg‘olonga chiqishi», «Andijon yangi shaharidagi soldatlarga hujum», «Oq do‘ppi ila salla halokati», «Eshonning qo‘lga tushishi», «Asir bo‘lg‘onlar va qamalg‘on bechoralar», «Dor tagida», «Hukm kunlari», «O'lim jazosi», «Kafan kiydirish», «Mingtepani to‘pga tutish», «O'likfurushlar», «Vayrona va «marhamat» istibdodining o‘limi» mabi bob va bo‘limlarda chor Rossiyasining Turkistondagi va Andijondagi istilochilik tarixi batafsil bayon etilgan.
Muallif begunoh odamlarni o‘ldirish, qamash, urib mayib qilish, mo‘‘min bechoralarni haqoratlab, sazoyi qilish voqeasini shunday tasvirlaydi: «Eshonga qarashli» deb kimni tutib bersa, beso‘rog‘ qamaydilar. Xususan, tog‘lardan Elatiya kattalarini ushlab kelib, harbiy boshlig‘i har kun besh-oltitasini turmadan olib chiqib, o‘rtaga yotqizib kaltaklaydilar. Uzun qamchi sopidek tut-qayrag‘och shoxlari bilan bandilarni olib chiqib, askarlar o‘rtasida yalang‘och qilib, lo‘ngga yetqizib, to‘rt soldat bosib turadi. To‘rtovi o‘shal kaltak bilan orqasiga uradir. Agar kaltak sinib ketsa, boshqasini olib uradir. Qirq-ellik marta urgancha «dod» deb turadir, bundan so‘ng ovozi chiqmaydi, behush bo‘lg‘ondan keyin ikkinchisini yotqizadir, boshqalari qarab turadir. Shu xilda hammasini urib bo‘lub, ulgani bo‘lsa, boshqa qo‘yub, tirik bo‘lsa, zo‘r bilan yurg‘izib, turmaga olib kiradir». (Fozilbek. Dukchi Eshon voqeasi. O'zdavnashr, Toshkent-1927- Samarqand.Xullas, erk va ozodlik deb chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmiga qarshi chiqqan himoyasiz, huquqsiz, qurol-yarog‘siz bechora xalqni chor chinovniklari, amaldorlari, bag‘ritosh va berahm zobitlari, askarlari ana. shunday beayov jazolaganlar, tahqirlaganlar. Ularni oddiy haq-huquqlardan mahrum qilganlar. Turkiston o‘lkasining qaerida bo‘lmasin, Rossiya imperiyasining bosqinchilik va talonchilik siyosatiga qarshi ko‘tarilgan har qanday kuch o‘n va yuz barobar ortiq harbiy kuch zarbasiga uchrar edi. Yana bir misol sifatida Turkmanistonning Ko‘ktepa qal'asidagi qonli fojiani eslaylik. Yana bir misol sifatida sal orqaroq qaytib, Rossiyaning O'rta Osiyoni bosib olishi tarixidagi so‘nggi va eng qonli sahifani - Turkmanistonning Ko‘ktepa aa Dinglitepa qal'alaridagi mislsiz fojialarni eslaylik.
Majid Hasaniyning “Yurt bo‘ynidagi qilich yoki istilo” (Toshkent. «Adolat». 1997) kitobidan olindi.)
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 18-Sen-2011, 08:41 | Message # 52 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| To'maris (mil. avv. VI asr)
Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” (mil. avv. V asr) asarida yozilishicha, Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II mil. avv. 530-yilda Turonga bostirib kirganida, To‘maris massagetlar qabilasining malikasi bo‘lgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) bo‘ylari va Qizilqumda yashashgan. To‘maris massagetlar podshosining xotini bo‘lib, u erining vafotidan so‘ng davlatni boshqargan. Erondan kelgan bosqinchilar qo‘shini bilan massagetlar o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lgan. Dastlabki jangda To‘marisning o‘g‘li Sparangiz (Sparganis) boshchiligidagi massagetlar g‘olib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yo‘li bilan Sparangiz va ayrim massagetlarni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Sparangiz o‘zini o‘ldirgan. To‘maris o‘g‘lining halokatidan esankirab qolmay, o‘z xalqining manfaatini o‘ylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini so‘raydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki o‘rtada ayovsiz jang bo‘lgan. Gerodot massagetlar va forslar o‘rtasidagi jang tafsilotlarini o‘z asarida quyidagicha tasvirlaydi: “Mening bilishimcha, bu jang varvarlar o‘rtasidagi barcha janglardan ham dahshatli bo‘lgan. Avval har ikkala qo‘shin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan o‘qqa tutdilar. Kamon o‘qlari tugagach, ular nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzoq vaqt davom etdi. Ko‘p qon to‘kildi. Nihoyat, massagetlar g‘alaba qozondilar. Fors qo‘shinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok bo‘lgan. U to‘liq 29 yil shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (To‘maris)ning buyrug‘i bilan uning kesilgan boshi inson qoni bilan to‘lg‘azilgan meshga solingan”.
|
|
| |
DURDON | Date: Seshanba, 20-Sen-2011, 18:57 | Message # 53 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Farasman Siyovushiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazm podshosi (mil. avv. IV asr). Farasman haqida uzuq-yuluq ma‘lumotlar saqlanib qolgan. Mil. avv. 328-yil Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga yurish chog‘ida Farasman 1500 kishilik otliq qo‘shini bilan Aleksandrning qarorgohi joylashgan Baqtra shahriga kelgan va u bilan ittifoqchilik bitimi tuzgan. Farasman Aleksandrga Shimoliy Qora dengiz sohillariga, u yerdan Kolxidaga birgalikda harbiy yurish uyushtirishni taklif qilgan, biroq uning loyihasi qabul qilinmagan.
|
|
| |
DURDON | Date: Seshanba, 20-Sen-2011, 19:13 | Message # 54 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Afrig‘ Ofrig‘
Milodiy IV asr boshida Xorazmda hukmronlik qilgan xorazmshoh, afrig‘iylar sulolasi asoschisi. Qadimgi Xorazmdagi ko‘plab qal`alarning bunyod etilishi Afrig‘ nomi bilan bog‘liq. 305-yilda xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Kat shahriga ko‘chiradi. Kat qayta tiklanib, Al-Fir qal`asi ichida shoh o‘ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Xorazmning Afrig‘iy shohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil bo‘lib oladilar.
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 01-Okt-2011, 23:12 | Message # 55 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Nuh ibn Asad
Somoniylardan bo‘lgan Samarqand hokimi. Tohiriylardan Abdulla ibn Tohir bilan birga xalifalikdan mustaqil siyosat yurgazishga intilgan, Istaxriy va Ibn Havqallarning yozishicha, xalifa Mu’tasim (833-842) bundan norozi bo‘lib Abdulla ibn Tohirga noma yuborib, uni koyigan. Abdulla bu xatni Samarqandga jo‘natgan. Nuh ibn Asad o‘zining javobida Movarounnahrda 300 ming qishloq borligini, har bir qishloq bitta sarboz va bitta navkar berishga qodir ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Bu bilan u xalifadan qo‘rqish kerak emasligi, chunki faqat Movarounnahrning o‘zigina 600 ming sarboz va navkardan iborat qo‘shin to‘play olishini bildirgan. Bu davrda ko‘chmanchi turkiy qabilalar Shoshga ko‘p hujum qilib turardi. Shosh Yah’yo ibn Asad ixtiyorida edi. Uning iltimosiga ko‘ra, Nuh ibn Asad 840-yil Isfijobning turkiy qabilalaridan bo‘lgan hokimiga qarshi qo‘shin tortgan. Bu urush Nuh ibn Asadning g‘alabasi bilan tugagan. Balozuriyning yozishicha, bu vaqtda Nuh ibn Asad ekinzorlar, tokzorlar, bog‘lar, qishloqlar va shaharlarni ko‘chmanchilarning hujumidan saqlaydigan katta mustahkam devor qurishni buyurgan.
Nasr I ibn Asad Somoniy Ahmad ibn Asad
817-yildan Farg‘ona va 842-yildan Samarqand amiri bo‘lgan. Somonxudotning nabirasi. Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni paytida Ahmad ibn Asad o‘z birodarlari Nuh, Yahyo va Ilyoslar bilan Sug‘dda qo‘zg‘olonni bostirishda xalifalikka katta yordam bergan. Buning evaziga xalifa Ma’munning ko‘rsatmasiga ko‘ra Xuroson hokimi G‘asson ibn Abbod (813-821) 817-yilda Ahmad ibn Asadni Farg‘onaga, akasi Nuh ibn Asadni esa Samarqandga, Choch va Ustrushonaga Yahyoni, Hirotga Ilyosni amir qilib tayinlaydi. Akasi Nuh vafotdan keyin (842) Ahmad ibn Asad Samarqand amiri bo‘lib qoldi. 875-yilda xalifa Mu’tamid (870-892) Ahmad ibn Asadning o‘g‘li Nasr ibn Ahmadni butun Movarounnahr amiri etib tayinlaydi. Ahmad o‘z nomidan mis chaqalar zarb etadi. Ahmad Somoniy asta-sekin Movarounnahrni o‘z oilasi boshchiligida birlashtirishga kirishadi. Tohiriylar Ahmadning bu faoliyatiga qarshilik ko‘rsata olmadilar.
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 08-Okt-2011, 01:12 | Message # 56 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Nuh ibn Nasr Amiri Hamid, Abu Muhammad (?- Buxoro - 954) (943-954)
Somoniylar davlati amiri, amir Nasr II ibn Ahmadning o‘g‘li. Otasi 30 yil hukmronlik qilgach, tiriklik paytida taxtni unga topshirgan (943-yil 10-aprel). Buxoro qozisi, fiqh ilmining bilimdoni Abulfazl Marvaziy (946-yil vafot etgan) uning vaziri bo‘lgan. Nuh ibn Nasr mamlakatda keng yoyilgan qarmatiylar harakatini bartaraf etish choralarini ko‘rgan. Movarounnahrdagi bu harakat rahbari Muhammad ibn Ahmad Narshabiyni Buxoroda dorga ostirdi. Biroq Somoniylar davlatining moliyaviy ahvoli og‘irlashganligi uchun u soliq va turli turmushlarni ko‘paytirishga majbur bo‘lgan. Mamlakatda isyon va g‘alayonlar kuchaygan. Narshaxiyning yozishicha, hatto uning amakisi Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad Iroqdan kelib, Nishopur amiri Abu Ali Sag‘oniy yordamida Buxoro taxtini egallab olgan (947). Oradan ko‘p o‘tmay Nuh ibn Nasr Samarqanddan qaytib, taxtni qaytarib olgach, markaziy hokimiyatga qarshi isyon ko‘targan qarindosh-urug‘larini jazolagan, Marvdagi isyonlarni ham bostirgan. Ammo u Abu Alini avval Chag‘oniyon, so‘ngra Xurosonga hokim qilib (952) tayinlashga majbur bo‘lgan. Somoniylar davlati inqirozini to‘xtatishga harakat qilgan. Narshaxiy o‘zining “Buxoro tarixi” asari (943-944)ni unga bag‘ishlagan. Og‘ir kasallikdan so‘ng Buxoroda vafot etgan.
Abdumalik ibn Nuh Amiri Rashid (944-961) (954-961)
Somoniylar amiri. Otasi Nuh ibn Nasr vafot etgach 10 yoshida taxtga o‘tirgan. Nuh ibn Nasr davrida buvayhiylar bilan boshlangan urush Abdumalik ibn Nuh davrida (956) yarash bilan yakun topadi. Abdumalik ibn Nuh davrida davlatni idora qilishda lashkarboshilarning mavqei baland bo‘lgan. Masalan, hojiblik mansabiga tayinlangan Alpteginning obro‘si oshib ketganidan xavfsirab, uni mansabidan chetlamoqchi bo‘lgan, biroq uddasidan chiqa olmagan. Abdumalik ibn Nuh chavgon o‘ynab, otdan yiqilib halok bo‘lgan.
Mansur ibn Nuh I Abu Solih, Amiri Sadid (?-976) (961-976)
Somoniylar davlatini boshqargan hukmdor. As-Sadid (“dono”, “tadbirkor”) laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Davlatni mustahkamlash maqsadida bir qator tadbirlarni oshirgan. Bu ishda unga vazirlari Bal’amiy va Utbiylar yordam bergan. Buvayhiylar, Ziyoriylar bilan kurash olib borgan. Buvayhiylar ustidan qozongan g‘alabasi uning shuhratini oshirgan. Uning topshirig‘iga ko‘ra, Bal’amiy Tabariyning “Tarix ul-anbiy va-l-r-rusul va-l-mulk va-lxulafo” (“Payg‘ambarlar, podshohlar va xalifalar tarixi”) nomli asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan va boyitgan.
|
|
| |
DURDON | Date: Payshanba, 13-Okt-2011, 05:39 | Message # 57 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Abu Ibrohim ibn Nuh Amiri Muntasir (? - 1005) (1000-1005)
Somoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan somoniylar amiri. Sulolaning oxirgi hukmdori Abdulmalik ibn Nuh (999-1000)ning birodari. Qoraxoniylarga qarshi muvaffaqiyatsiz kurash olib boradi. Somoniylarning so‘nggi vakili bo‘lgan Muntasir somoniylarning avvalgi shon-shuhratini tiklay olmaydi. Muntasir Sulton Mahmudning noibi Mahruyning buyrug‘i bilan o‘ldiriladi. Al-Utbining yozishicha, bu voqea 1005-yilning boshlarida ro‘y beradi va u Maymurg‘ qishlog‘ida ko‘miladi.
Nasr ibn Ali Nasr Eloqxon (?-1012, O‘zgan) (999-1012)
Movarounnahr ilik xoni. Qoraxoniylardan. Hokimiyat tepasida rasman hukmdor akasi Ahmad ibn Ali Arslonxon edi. 996-yilda qoraxoniylarning Movarounnahrga hujum qilganida boshchilik qilgan. Buxoroni egallash bilan Movarounnahrning bosib olinishini nihoyasiga yetkazgan (999-yil oktabr). Somoniylar amiri Abdumalik ibn Nuh va uning qarindosh-urug‘larini asir qilib, O‘zgandagi zindonga tashlangan. Shu tariqa qudratli bo‘lgan somoniylar sulolasi qulagan. 1000-1005-yillarda ilik Nuh ibn Ali somoniylar hokimiyatini tiklashga harakat qilgan Muntasirga qarshi kurashgan va g‘alaba qilgan. 1000-yil Mahmud G‘aznaviy Nuh ibn Ali bilan o‘z yerlari o‘rtasidagi chegaralarni belgilash to‘g‘risida bitim tuzgan, unga ko‘ra, Amudaryo asosiy chegara qilib belgilangan. Natijada somoniylar davlati o‘rnida ikkita yangi davlat tashkil topgan: birinchisi – Qashqardan Amudaryogacha cho‘zilgan, Sharqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Farg‘ona va qadimgi Sug‘d hududini o‘z ichiga olgan qoraxoniylar; ikkinchisi – Shimoliy Hindiston chegarasidan tortib Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha cho‘zilgan, hozirgi Afg‘oniston va Shimoli-Sharqiy Eron viloyatlarini o‘z ichiga olgan G‘aznaviylar davlati. Biroq Nasr ibn Ali Xurosonni bosib olish niyatidan butunlay voz kechmagan edi. 1006-yil va 1008-yillarda qoraxoniylar Xurosonga ikki marta yurish qilganlar. 1006-yildagi yurish chog‘ida Mahmud G‘aznaviy Hindistonda edi. Qoraxoniy qo‘shinlari Balx, Tus va Nishopurni bosib olganlar. Biroq Mahmud Hindistondan qaytib kelib, ularni quvib yuborgan. 1008-yildagi Balx yaqinidagi jangda Mahmud qo‘shinida 500 ta fil bor edi. Nasr ibn Ali qo‘shini tor-mor etilib, qoraxoniylarning Amudaryoning janubidagi hududlarini egallash yo‘lidagi harakatlari shu tarzda to‘xtatilgan. Nasr ibn Ali nihoyatda jasur va dovyurak, imon, e‘tiqodli shaxs bo‘lib, u haqda ko‘plab rivoyatlar to‘qilgan. Jamol Qarshiyning yozishicha, Nasr ibn Ali buyuk nomdor xoqon, juda ko‘p fazilatlar sohibi bo‘lgan va hijriy 402-yil (1011-1012)da O‘zganda vafot etib, o‘sha yerda dafn etilgan.
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 15-Okt-2011, 01:20 | Message # 58 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Alitegin ibn Husayn (?–1035) (1025-1034)
Movarounnahr ilikxoni. Qoraxoniylardan. Movarounnahrni samoniylardan tortib olishda ishtirok etgan (999-1012). Nasr ibn Ali vafoti (1013)dan so‘ng taxt uchun kurash chog‘ida arslonxonlardan Muhammad ibn Ali tomonidan asir olingan. Taxminan 1025-yilda asirlikdan qochib Buxoroni egallagan va saljuqiylardan Arslon ibn Saljuq bilan ittifoq tuzgan. Aliteginga qarshi ilikxon Mansur ibn Ali qo‘shin tortib kelgan, biroq mag‘lubiyatga uchragan. Shundan so‘ng Alitegin Mavorounnahrni markaziy qismi (Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo vodiysi) ilikxoni bo‘lgan. Aliteginga qarshi Mahmud G‘aznaviy va qoraxoniylarning Sharqiy Turkistondagi xoqoni Qodirxon Yusuf harbiy ittifoq tuzib (1025) Samarqand yaqinida Alitegin qo‘shini bilan to‘qnashgan. Alitegin Samarqand va Buxoroni tashlab cho‘lga chekingan, xotini va qizi raqiblari qo‘liga asir tushgan. Biroq Mahmud G‘aznaviyning asli maqsadi Aliteginni zaiflashtirish bo‘lgani sababdan biroz vaqtdan so‘ng Movarounnahrni tashlab chiqqan. Alitegin yana o‘z mulkini qaytarib olgan. 1032-yil xorazmshoh Oltuntosh sulton Mas’ud G‘aznaviyning topshirig‘iga ko‘ra, Alitegin yerlariga hujum qilib Buxoroni egallagan, biroq Dabusiya yaqinidagi jangda yarodor bo‘lib, vafot etgan. Xorazm qo‘shini sulh tuzib yurtiga qaytib ketgan.
Ibrohim ibn Nasr Bo‘ritegin, Tamg‘achxon Ibrohim (?-taxminan 1070) (1040-1070)
Movarounnahrdagi G‘arbiy qoraxoniylar xoqonligi asoschisi. Qoraxoniylardan. Otasi Nasr ibn Ali. Iloq hokimi (1017-1021). U yerda Bo‘ritegin, amir va malik unvonlari bilan tangalar zarb ettirgan. Qoraxoniy beklaridan Alitegin turkmanlar yordamida Movarounnahrni bosib olgan paytda (1025) Ibrohim ibn Nasr uning farzandlari qo‘liga asir tushgan. 1037 yilda asirlikdan qochib Xo‘jandni egallagan. Biroq, akasi, Farg‘ona hukmdori Muhammad bilan chiqisha olmay, janubga yo‘l oldi va 1038-yilda Amudaryo bo‘yi viloyatlari Xuttalon, Vaxsh va Chag‘oniyonni bosib oldi. U yerda kuch to‘plab Movarounnahrni markaziy hududlariga bostirib kirgan va Kesh, Samarqandni egallagan(1040). Ko‘p vaqt o‘tmay u Movarounnahrni va Farg‘onani o‘ziga bo‘ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi: Biri poytaxti Bolosog‘unda bo‘lgan Sharqiy qoraxoniylar, ikkinchisi markazi Samarqandda bo‘lgan Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati edi. Ibrohim ibn Nasr o‘zini Tamg‘achxon deb e’lon qilgan va mustaqil davlat birlashmasi - G‘arbiy qoraxoniylar xoqonligiga asos solgan. Bu g‘alabalardan so‘ng Ibrohim Tamg‘ach “bug‘roxon” unvoniga sazovor bo‘ladi. Ibrohim ibn Nasr 1041-1042 yillarda Buxorni egallagan. 1043-yilda Chag‘oniyonni g‘aznaviylar, so‘ngra bir oz vaqtdan keyin saljuqiylar bosib olgan. Ibrohim ibn Nasr saljuqiylar bilan Termiz va Balxga egalik qilish uchun kurashgan. XI asr o‘rtalarida Sharqiy xoqonlikni qamrab olgan o‘zaro janjallar, nizolardan foydalanib Ibrohim ibn Nasr Farg‘ona, Shoh, Isfijob, Taroz va hatto Qoraxoniylarning Chu vohasida joylashgan asosiy poytaxti Bolasog‘unni ham egallab olgan. Biroq, shunga qaramasdan u Samarqandni o‘z poytaxtligicha qoldirgan. Umrining oxirida falaj bo‘lib qolgan Ibrohim hokimiyatni og‘li Shamsumulkka topshirgan. Tamg‘achxon Ibrohim o‘qimishli, aqlli va tadbirkor xoqon bo‘lgan. O‘z siyosatida ulamolarga tayanib ish yuritgan. U Samarqandda tartib-osoyishtalik o‘rnatish va uning xavfsizligini ta’minlash tog‘risida alohida g‘amxo‘rlik qilgan, og‘rilik va talonchilik uchun qattiq jazolagan. Qurilish ishlariga katta e’tibor bergan. Masalan, 1066-yilda uning buyrug‘i bilan Qusam ibn Abbos maqbarasiga yaqin joyda madrasa qurilgan, shuningdek, Samarqandda qasr ham qurdirganligi ma’lum.
|
|
| |
DURDON | Date: Seshanba, 18-Okt-2011, 20:33 | Message # 59 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Arslonxon Muhammad ibn Sulaymon (?-1130) (1102-1130)
Qoraxoniylardan bo‘lgan Movarounnahr hukmdori. To‘liq ismi Muhammad ibn Sulaymon Dovud Kuchtegin ibn Tamg‘achxon Ibrohim. Barqiyoruq vassali Sulaymonteginning o‘g‘li. 1102-yil Samarqand taxtiga Arslonxon unvoni bilan o‘tqazilgan. 12 ming mamlukdan iborat qo‘shin tuzib Dashti Qipchoqqa bir necha bor harbiy yurishlar qilgan. Umrining oxirida falaj bo‘lib qolgani tufayli taxtni o‘g‘illari - dastlab Nasr, so‘ng Ahmad bilan boshqargan. Samarqand saljuqiylar tomonidan egallangach (1130-yil 13-mart), Arslonxon Balxga jo‘natilgan va o‘sha yerda ko‘p o‘tmay vafot etgan. U Marvdagi o‘zi qurdirgan madrasaga dafn etilgan. Arslonxon davrida madaniy hayot birmuncha rivojlangan. Buxoro va uning viloyatida ko‘plab binolar qurilgan. Masalan, Jarqo‘rg‘on minorasi va Masjidi kalon yonidagi minora hozirgacha saqlangan.
Qutbiddin Muhammad (? - 1127) (1097-1127)
Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazm hukmdori. Anushteginning o‘g‘li. Yoshligida Marvda yaxshi ta’lim olgan, ilmi adab va din ilmlarini o‘rgangan. Otasi vafotidan keyin saljuqiylarning Xurosondagi isyonkor noibi amir Dodbek Habashiy tomonidan Xorazm noibi etib tayinlangan va xorazmshoh unvonini olgan (1097). Anushteginiylar - xorazmshohlar sulolasining tarixi aslida Qutbiddin Muhammaddan boshlanadi. 1100-yil saljuqiylar sultoni Barqiyoruq va ukasi Sanjar Dodbek Habashiy isyonini bostirgan. Sanjar Xurosonni qo‘lga kiritgach, Qutbiddin Muhammadni Xorazm hokimligi mansabida qoldirib tasdiqlagan. Qutbiddin Muhammad sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qilgan, har yili ikki marotaba shaxsan sulton saroyiga borib turgan, Sanjar olib borgan janglarda o‘z qo‘shini bilan qatnashib, xiroj, o‘lponlarni o‘z vaqtida to‘lab turgan. Qutbiddin Muhammad olimu fuzalolarga homiylik qilgan adolatli hukmdor bo‘lgan. Jurjoniyning tabobatiga oid “Zahirayi xorazmshohiy” asari Qutbiddin Muhammadga bag‘ishlangan.
|
|
| |
DURDON | Date: Payshanba, 03-Noya-2011, 07:57 | Message # 60 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Otsiz ibn Qutbiddin Muhammad ibn Anushtegin (1097-1156) (1128-1256)
Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazm hukmdori. Otasi vafotidan so‘ng taxtga o‘tirgan, saljuqiylar sultoni Sanjarning vassali bo‘lgan. Lekin u Xorazmni mustaqil davlatga aylantirishga intilgan. Otsiz Sanjarning ruxsatisiz avvalo Jand va Mang‘ishloqni egallab va Turkistonning ichkari tumanlariga yurish qilish bilan o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgan. Shundan so‘ng u o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan, Biroq 1138-yil Hazorasp yaqinida Sanjar qo‘shini tomonidan mag‘lubiyatga uchrab, mamlakatdan quvg‘in qilingan. Sanjar o‘zining jiyani Sulaymon bin Muhammadni xorazmshoh etib tayinlagan, lekin kelasi yili Otsizni Xorazm aholisi chaqirib olgan, shahzoda esa quvib yuborilgan. 1141-yil mayda Otsiz Sanjarga tobelik izhor etib, umrbod unga sadoqat bilan xizmat qilishga qasam ichgan, lekin bir necha oydan so‘ng Sanjar qoraxitoylardan yengilgach (1141-yil 9-sentabr), qasamini buzgan. Otsiz o‘sha yili kuzida kuchli qo‘shin bilan Xurosonga yurib Marvni egallab olgan; kelasi yil bahorida Nishopurni tobe etgan, biroq Sanjar tomonidan darhol quvib yuborilgan. 1143-44-yillarda Sanjar yana Xorazmga yurish qilgan, Otsiz kuchi ozligi tufayli unga tobelik izhor qilgan. Shundan so‘ng bir oz vaqt o‘tgach, Otsiz 3-marta isyon ko‘targan va Sanjarning elchisini (shoir Adib Sobir) Amudaryoga tashlab yuborishni amr qilgan. 1147-yil noyabrda Sanjar 3-marta Xorazmga yurish uyushtirgan, 2 oylik qamaldan so‘ng Hazorasp shahrini olgan va Gurganjga yaqinlashgan, 1148-yil iyunda sulton bilan shaxsan uchrashuv chog‘ida garchand o‘zini takabburona, gerdaygan holda tutgan bo‘lsa-da, Otsiz sultonga tobelik bildirgach, o‘z lavozimida qoldirilgan. 1153-yil Sanjar o‘g‘uzlar qo‘liga asir tushib qolgan. Otsiz bu safar sultonning sodiq xizmatkori va himoyachisi sifatida yana Xurosonga yurish qilishga shaylangan va o‘ziga Amul shahrini berishni talab qilgan, biroq rad javobini olgan. 1156-yil u Nisoga kelib asirlikdan qochgan Sanjarga o‘z sadoqatini bildirgan, lekin shu yilning 30-iyulida Habushon (hozirgi Kuchan)da 59 yoshida vafot etgan. Otsiz Kaspiy dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o‘rta oqimiga qadar bo‘lgan yerlarda, keyinchalik buyuk davlat sifatida shuhrat topgan Xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etgan edi.
|
|
| |