SUPER ADMINKA
Guruh:
Admin yordamchisi
Xabarlar:
10166
Holati:
|
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Kim jannat ne’matlariga yetishishni xohlasa, quyidagi besh narsada bardavom bo‘lishi kerak . Birinchisi: o‘z nafsini gunohlardan qaytarishi kerak, Alloh taolo aytdi: “Endi kim hayoti dunyodalik paytida qiyomat mahshargohda Parvardigorning (huzurida) turishdan (va U zotga hisob-kitob) berishdan qo‘rqqan va nafsni havoyi xohishlardan qaytargan bo‘lsa, u holda, faqatgina jannat (uning uchun) joy bo‘lur (Van-naziot, 40-41).
Ikkinchisi: Dunyoda berilgan ozgina ne’mat bo‘lsa ham, unga rozi bo‘lmog‘i, xabarda rivoyat qilindiki, jannatning qiyomati dunyoni tashlashdir.
Uchinchisi: Toat-ibodatlarga qattiq haris bo‘lishi kerakdir. Toatning hammasiga intiladi. O‘sha toatlar mag‘firat va jannatning vojibligi uchun bir sabab bo‘lib qoladi. Alloh taolo aytadi: “Qilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan janat mana shudir” (Zuxruf, 72). Boshqa bir oyatda: “Ana o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda mangu qolurlar. (Bu) umr qilib o‘tgan amallarining mukofotidir” (Ahqof, 14). Albatta, nimaga erishsalar, toatda ijtihod bilan erishiladi.
To‘rtinchisi: Yaxshilik ahllarini va solihlarni do‘st tutmoqligi, sevmoqligi, ular bilan qo‘shilib ketmoqligi, ular bilan o‘tirmoqligi kerak bo‘ladi. Albatta, ularning bittasi, uning gunohlari kechirilsa, do‘stlariga va og‘aynilariga shafoatda bo‘ladi. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinganidek: “Do‘stlarni ko‘paytiringlar. Albatta, qiyomat kunida har bir birodar uchun shafoat qilish bordir”.
Beshinchisi: Duoni ko‘paytirish, Alloh taolodan jannat bilan rizqlantirishni va uning oxirini yaxshilikka olib borishini so‘rashlikdir. Ba’zi hakimlar aytishadi: Savoblarni bilib turib, dunyoga tayanish ilmsizlikdir, amallardagi savobni bilib turib, o‘sha amallarda harakatni tashlashlik ojizlikdir. Jannatda rohat bor, unga bu dunyoda rohati bo‘lmagan yetishadi. Jannatda boylik bor, unga dunyoning haqir narsalarini tark etgan kishi yetadi va dunyoning ozginasiga qanoat qilgan kishigina topadi. Zikr qilinadiki: “Bir zohid nonsiz, tuz bilan ko‘kat yeyayotgan edi. Bir kishi aytdi: “Shu narsaga qanoat qilasanmi?” Aytgan ekan: “Men dunyoni jannat uchun qildim, sen dunyoni axlat uchun qilding!” Ya’ni yaxshi narsalar yeysan, axlatga aylanadi. Men toat-ibodatga quvvatim yetganchalik yeyman, shoyadki jannati kishiga aylansam!”
|