RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 1
  • 1
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
BMT maxfiy qamoqxonalar xususida taftish o'tkazmoqchi
MoniKaDate: Shanba, 28-Mar-2009, 07:02 | Message # 1
Yangilardan
Group: Foydalanuvchi
Messages: 12
Status:
BMTning inson huquqlarini poy-mol etilish hollarini taftish qiluvchi guruh bir yillik yangi kampaniya boshlab, jahon bo'ylab yashirin qamoqxonalarni aniqlamoqchi. Guruhga ko'ra, 2001 yil 11 sentyabr xurujlaridan so'ng bunday pinhona maskanlardan foydalanish hollari ko'paygan. Xususan BMT tergovchilari AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasining mahbuslarni so'roq qilish maqsadida ularni maxfiy tarzda uchinchi mamlakatga ko'chirish amaliyotini sinchkovlik bilan o'rganmoqchi.

Binyam Muhammad 2002 yili Pokistonda qo'lga olinib, AQSh agentlari tomonidan Marokashda qiynoqlarga solinganini aytadi. "Ba'zida qiynoqlar haftalab, ba'zida oylab qo'llanilar edi" deydi Guantanamo qamoqxonasi mahbusi. U Britaniya razvedkasini AQShdagi hamkasblariga uni so'roq qilishga yordam berganlikda ayblaydi.

"Menga 7 yil davomida shunday munosabatda bo'lgan odamlarning javobgarlikka tortilishini istardim. Agar ularni o'z holiga tashlab qo'ysangiz, qiynoqlar va kamsitishlar uchun eshikni katta qilib ochib beramiz," deydi u.

BMT tergovchilariga ko'ra, mahbuslarni maxfiy qamoqxonalarda ushlab turishdan maqsad ularni qonun himoyasi va odil sud xizmatidan ayirish.

BMTning qiynoqlarni taftish qilish bo'yicha maxsus tergovchisi Manfred Novakning aytishicha, maxfiy qamoqxonalar, mahbuslarni majburan chetga ko'chirish va qiynoqlar bir-biri bilan chambarchas bog'liq.

"Latin Amerikasida bu hol ko'p uchraganiga guvoh bo'lganmiz. 11 sentyabr voqealaridan so'ng esa bu narsa hech kimni ajablantirmay qo'ydi," deydi Novak.

BMT guruhi Markaziy Razvedka Boshqarmasining mahbuslarni Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqqa maxfiy tarzda ko'chirish holatlarini taftish qilmoqchi. Manfred Novak Bush ma'muriyati davrida keng qo'llanilgan bu usulni keskin tanqid qiladi.

"Guantanamodagi so'roqlar samara bermagach, mahbuslarni "yaxshiroq" so'roq qilish uchun chetga olib chiqishgan. Ayniqsa qiynoqlar bilan tanilgan mamlakatlarga," istehzo bilan so'zlaydi BMT rasmiysi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti prezident Barak Obamaning Guantanamodagi qamoqxonani yopish, qiynoqlar va mahbuslarni chetga chiqarish hollariga chek qo'yish qarorini tahsinga sazovor deydi.

BMTning terrorizm bo'yicha maxsus tergovchisi Martin Sheyninning aytishicha, Obamaning bu yo'nalishdagi harakatlari diqqat bilan kuzatiladi.

"O'zgarishlar haqiqiy bo'ladi va mahbuslarga bunday muomala qilish amaliyoti to'xtaydi degan umid bor," deydi u.

Pokiston parlamenti a'zosi Sanaulla Baloch BMT tergovchilari nafaqat AQSh, balki Pokiston kabi davlatlarni ham elakdan o'tkazishi kerak deydi.

"Pokistonda joylashgan Osiyo inson huquqlari komissiyasiga ko'ra, mamlakatda 52 ta maxfiy qamoqxona noqonuniy tarzda ishlaydi. Mening fikrimcha, BMTning Pokistonga yordami va u bilan hamkorligi inson huquqlari masalalariga bog'langan bo'lishi kerak," deydi pokistonlik deputat.

BMT tergovchilariga ko'ra, qiynoqlar yordamida muhim ma'lumotni olsa bo'ladi, biroq ko'p hollarda ma'lumot noto'g'ri bo'lishining ehtimoli katta, bu esa o'ylanganidan teskari natijaga olib kelishi mumkin. Nima bo'lganda ham, deydi ular, qiynoqlarga solish xalqaro qonunga ziddir.

Mutaxassislar bir yillik taftish davomida ushbu masala bo'yicha ko'p narsalarni oydinlashtirmoqchi, ammo bu bilan qiynoqlarni kelajakda butunlay to'xtatib bo'lmaydi, deb tan oladi ular.



Jonim Sizga Fido Bo'lsin Yo Rasululloh!
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: