MoniKa | Date: Shanba, 28-Mar-2009, 06:58 | Message # 1 |
Yangilardan
Group: Foydalanuvchi
Messages: 12
Status:
| Bolalar nigohida sevimli Toshkent shahrining o‘tmishi va buguni qanday aks etadi, o‘g‘il-qizlarimiz uning kelajagini qanday tasavvur qiladi? Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “Ekologiya xabarnomasi – Ekologicheskiy vestnik” jurnali hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazining mamlakatimizdagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan “Jonajon shahrim ekologiyasi – Toshkent 2200 yoshda” bolalar rasmlari ko‘rgazmasida ana shu savollarga javob topish mumkin. Tanlovni o‘tkazishdan maqsad – o‘sib kelayotgan yosh avlod e’tiborini, dunyoning boshqa yirik shaharlaridagi kabi, Toshkentda ham mavjud bo‘lgan ekologik muammolarga qaratishdangina iborat emas. Balki ushbu muammolarning yechimini topishga, bolalarni tabiat resurslari va atrof-muhitga yanada mas’uliyatliroq yondashishga da’vat etishdir. Sharq durdonasi deb ulug‘lanadigan Toshkent shahri yanada yorqin ranglarda jilolanishi uchun nimalar qilish mumkinligi haqida bolalarning rasmlar vositasida aks ettirilgan fikrlari biz, kattalarni jonajon shahrimizga yangicha nazar bilan boqishga, uning betakror qiyofasining yangi qirralarini ko‘rishga imkoniyat yaratadi. Tanlov shartlariga ko‘ra, unda 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘zlarining akvarel bo‘yoqlarda va rangli qalamlarda chizgan ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Jumladan, yosh rassomlarga “Kelajak shahri – ekologik jihatdan toza shahar”, “Jonajon shahrimning bugungi tabiati”, “Men va mening shahrim” kabi mavzular taklif etilmoqda. Ishlarni baholashda mavzuning to‘laqonli yoritilishi va ijroning o‘ziga xosligi asosiy mezon hisoblanadi. Tanlov natijasi 5 iyun – Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni e’lon qilinadi.
Jonim Sizga Fido Bo'lsin Yo Rasululloh!
|
|
| |