🚨 NOZIMANING ONASI SAIDA MIRZIYOYEVAGA @saida_mirziyoyeva MUROJAAT YO‘LLADI!
Janubiy Koreyada sirli o‘lim topgan Nozima Akmal qizining jasadidagi jarohatlar dahshatga soladi!
Qovurg‘alari singan, burun suyagi shikastlangan, boshi va yuzida og‘ir jarohatlar, butun tanasida ko‘karishlar! Burnidan, og‘zidan va hatto qulog‘idan qon oqqan! Bu holatlar aks etgan fotosuratlar mavjud!
❗️ ENG SHOV-SHUVLI HOLAT!
Jurnalistik surishtiruv davomida «Voqea joyida bo‘lmaganmiz», deb javob bergan shaxslar Nozimaning o‘limidan sanoqli daqiqalar oldin uning uyida bo‘lganini ko‘rsatuvchi aniq kamera videoyozuvlari mavjud!
Nega ular voqea joyida bo‘lganini inkor qilishgan? O‘sha kecha aslida nima sodir bo‘lgan?
Nozimaning onasi Saida Mirziyoyevaga murojaat qilib, qizining o‘limi yuzasidan adolatli va xolis tergov o‘tkazilishiga ko‘mak so‘radi.
Nozima endi gapira olmaydi! Ammo uning onasi bor! U haqiqatni bilishga haqli!
⚖️ ADOLAT TALAB QILAMIZ!
📢 Videoni keng tarqating! Ona murojaati mutasaddilarga yetib borsin!
DALIL.UZ | Jurnalistik surishtiruv