A resized and cropped image
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
sher yozamiz
OishaqizDate: Juma, 13/01/25, 11:48:57 PM | Message # 376
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
RO'ZASIZ O'ZIMGA BEGONA TANAM
IBODAT YURAGIM ALLALAR ONAM
O'ZIMNI QINASAM SIZLARGA NE G'AM
AVVAL O'ZINGIZGA KUYMAYSIZLARMI
MOMIN BO'LISHIMGA QO'YMASIZLARMI
----------------------------------------------
RASULIM YO'LIDA YURGANIM UCHUN
DINIMIZNI YAHSHI KO'RGANIM UCHUN
NAFSIMGA TO'SIQLAR QURGANIM UCHUN
SO'ZBILAN JONIMNI O'YMASIZLARMI
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMASIZLARMI
-----------------------------------------------
KUFIRNI USHLASHGA TOQATINGIZ BOR
SIZNIHAM BIR KUNI SOATINGIZ BOR
AZOBIMDAN OLIB ROHATINGIZ BOR
TANAMNI EZG'ILAB TO'YMASIZLARMI
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI
-----------------------------------------------
ODDIY IBODATIM KO'ZINGIZ YOSHLAR
FUJIR DIYORIGA SILTAYUR BOSHLAR
QIZIMNIG RO'MOLI KO'NGLINGIZ G'ASHLAR
HARKUNI QOVOQNI UYMAYSIZLARMI
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI
------------------------------------------------
KONGLINGIZGA HADIZ YUQMAS NA CHORA
HIDOYAT BIR KUNI YO'QLASA ZORA
O'G'LIM YOSIN BILAR SIZCHI BECHORA
O'ZINGIZNI NIMTA SO'YMAYSIZLARMI
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI
------------------------------------------------
BU DUNYO HAMMANI KIOBIN BITAR
KIMLARDUR BU YERDA INDAMAY KETAR
SABRIM KOSASI KENG SIZGAHAM YETAR
UNGA JAHIL SUVIN QUYMAYSIZLARMI
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI
------------------------------------------------
MENG BOR HALOVAT SIZGA YO'Q GO'YO
MENI TUSH ATAYSIZ O'ZNICHI RO'YO
ANA OLIN SIZGA LANATI DUNYO
UNI YANA BATAR SUYMAYSIZLARMI
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI
-----------------------------------------------
BARIBIR KO'TARMAS SIZLARGA QO'LIM
BIRKUNI HAMMMASI KO'RSATAR O'LIM
ENDI FARQI YO'QDUR ANIQDUR O'LIM
MENI DEVONAGA YO'YMAYSIZLARMI
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI
------------------------------------------------
PES BILAN TUNLARI TOPISHMAY HA DEB
IYMON ESHIGINI QOPISHMAY HA DEB
ITNING HAYOTIGA YOPISHMAY HADEB
MENING HOLATIMI TUYMAYSIZLARMI
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIALARMI
-------------------------------------------------
SO'Z TUGARDA AYTKUM SIZGA MAN O'GIT
BIRKUNI HOSILIM BERGUSI CHIGIT
MENI TINGLANG DO'STIM QIZMI YO YIGIT
BIR UMIR DILINGIZ QINAYSIZLARMI
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI?




Message edited by Oishaqiz - Juma, 13/01/25, 11:50:52 PM
 
DovudDate: Shanba, 13/01/26, 1:59:48 PM | Message # 377
Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status:
Бир куни гузаллар каргайди мени,
Каровсиз мукаббат учун каргайди.
Мен пинак бузмайман, хадик тортмайман,
Онамнинг дуоси мени асрайди.


 
DovudDate: Shanba, 13/01/26, 2:00:09 PM | Message # 378
Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status:
Mo’minu musulmon Olloh bandasi,
Qalbi pok, pokiza kiygan jandasi.
Takror aytadurlar ul Rasululloh,
Haqni so’zlaganni sevguvchi olloh,
G’ofillar bo’lmangiz ahli diyonat,
Birovning moliga etmang xiyonat,
Haromning jomiga bormangiz zotan,
Haromxo’r o’tguvchi asli bevatan.
Jo’shqin, hadisdagi o’qi har bobni,
Qo’lingdan qo’ymagil ushbu kitobni,
Islomning yo’lidir, Ollohning yo’li,
Doimo bo’lgin sen, sen haqning quli.


 
OishaqizDate: Shanba, 13/01/26, 2:09:31 PM | Message # 379
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
Dunyo ko'p qirrali qirrasiga boq,
Bugun tirikmizu ertaga tuproq.
Go'zal umrimning shirin kunida,
Hech narsa topmadim sendan azizroq


 
OishaqizDate: Shanba, 13/01/26, 2:10:14 PM | Message # 380
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
Qalbimda nolalarim oh urar unsiz,
Senga talpinaman kechayu kunduz.
Balki sen yasharsan go'zalim mensiz,
Men qanday yashayman dunyoda sensiz?


 
OishaqizDate: Shanba, 13/01/26, 2:11:52 PM | Message # 381
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status:
Muhabbat ko'zdan beradi belgi,
Har qanday insonda bo'ladi sevgi.
Sevgini umrbod o'chirib bo'lmas,
Ko'ngildan ko'ngilga ko'chirib bo'lmas


 
AsadullohDate: Shanba, 13/01/26, 11:15:56 PM | Message # 382
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
O'limning Vafsi

Shoxlar o‘z taxtidan tushganin ko‘rdik,
Harobaga do‘nmish bog‘lar ham so‘lim.
Oxiri barchamiz xulosa qildik:
"Eng katta mav’iza aslida o‘lim!"

U ustun bo‘larkan, yengilmas ekan,
Istagan paytida buyurar tashrif.
Faqat o‘lib ketgan insonlargina
Unga aytolurlar xolis bir ta’rif.

Bu ta’rif shundayki, unda yo‘q aldov,
U birovga kelmas ikki bukilib.
O’lim dunyodagi eng noqulay yov,
U urush ochmagay vaqt e’lon qilib.

Qur’onda ta’rifi kelganidek, u
Faqat oldimizdan qarshi chiqarkan.
Dunyoning yuz karra chempionin ham
Oddiy bir zarb bilan yerga yiqarkan.

O’limni o‘ldirib bo‘lmas yoronlar,
U bizga tegishli bo‘lmagan olam.
Indamay bosh egmish sohibqironlar,
Biz bilmas tezlikda o‘lim kelgan dam.

O’lim kelganida qolmay bittamiz,
Hammasi yo‘q bo‘ldi g‘animatlarning.
O’lim sharbatini totmog‘ligimiz
Haqiqatrog‘idir haqiqatlarning.

O’lim bir kularkan, bir yig‘lar ekan,
Mo‘min huzurida ko‘zida kulgu.
Baqirtirib jonni sug‘urganida
Kofir yuzlaridan sapchiydi qayg‘u...

Odam Ato tushgan davrdan buyon
O’lim savdosiga izn berilgan.
Qanday mavqelarda yashamasinlar,
Barchasi qabrga bir-bir terilgan.

Alloh elchilari o‘ldilar, shuning
O’zi yetarli bir hikmatdir bizga.
Kuniga qabrga kirayotganlar
Eng katta ma’ruza, ibratdir bizga.

Agar biz o‘limdan ibrat ololsak,
Boshqa bir da’vatning bo‘lmas keragi.
O’limdan nasihat olmaganidan
To‘xtasa yaxshidir inson yuragi... !!!
 
AsadullohDate: Shanba, 13/01/26, 11:17:05 PM | Message # 383
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
MUNOJOT

Xoliqo!
Qoyilman o'z nuqsonima,
Ko'b jafo qildim o'zumni jonima.
Zoti pokingdan inoyat bo'lmasa,
Hech ishonchim yo'q amal qilg'onima.

Xoliqo!
Qildim faoli kundani,
Qilmog'il rasvo mani - sharmandani.
Sen agar rahmat niqobin yopmasang
Aybi ko'b,nuqsoni ko'bdur bandani.

Xoliqo!
To'ktum ibodat tosini,
San tuzarsan bandani kam-ko'sini.
Qo'llaring bulg'onsa isyon loyig'a
Oqizursan mag'firat daryosini.

Xoliqo!
Qildim gunohi beadad,
Jon berar holatda san bergil madad.
Nafsi shayton ilkidin qutqormasang,
Bo'ldi mushkul holimizg'a,yo ahad!

Xoliqo!
Yo avvalo,yo oxiro,
Nafsi shayton jonima bo'ldi balo.
Garchi Olloyor O'tarchidur yomon,
Qo'ymog'il dushman qo'lida mubtalo.

Xoliqo!
Tutdim farog'at xobini,
Istadim doyim jahon asbobini.
Garchi Olloyor erur g'arqi gunoh,
Och ango o'lganda rahmat bobini.

Xoliqo!
Umr ayladim foniy bilan,
Endi bandang zor yilor joni bilan.
Garchi Olloyor erur zoru zabun,
Jonin ol niri imoni bilan.

Xoliqo!
Poishlarim bosh aylasang,
Xirmani rahmat mango chosh aylasang.
Munda tavfiqim,chirog'im qo'lga ber,
Onda imonimni yo'ldosh aylasang.

Xoliqo!
Afv ayla o'tgan yoshima,
Yaxshi qullarni ato qil qoshima.
Go'r ichinda kelsa ikki so'rg'uvchi
Onda sen rahm ayla yolg'uz boshima.

Xoliqo!
Diydamg'a ashki zori ber,
Ko'ngluma doim muhabbat yori ber,
Obi kavsardin mani serob etib,
Ham mang'a ko'pruk o'tarda yori* ber.

Xoliqo!
Lutf et gadoyi zoring'a,
Bandadurman,zorman har bir koring'a.
Mag'firat daryosig'a g'arqob etib,
Ko'zlarim shoyasta qil diydoring'a.

Xoliqo!
Tuz aylagaysan rohimiz,
Mustajob etgil duoi ohimiz.
Tongla hayron bo'lsa xalq o'z holig'a,
Mustafoni qil shifoatxohimiz.
 
AsadullohDate: Shanba, 13/01/26, 11:17:35 PM | Message # 384
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Bu Jahon ulkan saroy, karvonlari o'tguvchidir
Keldi-ketdi bunda bir, mehmonlari o'tguvchidir.
Bir go'zalning vasliga, olamni kim bermoqqa shay
Lek bu davron qisqadur, jononlari o'tguvchidir

Ne olib kelding jahonga va ketarsan ne olib?
Barchasi qolg'ay sabil, sarsonlaring o'tguvchidir
O'tdi Iskandar bahodir, o'tdi Chingiz ot minib
Yildirim turk, yoki Temur, xonlar o'tguvchiidir

Qayda noshud oqsoqol, o'z xalqini be tig' so'yar
Baribir el-yurt qolur, sultonlari o'tduvchidir
Keksayib qolding birodar, ertadan uzma umid
Goh yetib, goh yetmagan, armonlaring o'tguvchidir.
 
AsadullohDate: Shanba, 13/01/26, 11:18:55 PM | Message # 385
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Mendan o'tsa neki o'tdi, tinglangiz iqrorimni
Alloxga xamd yakka dedim ul parvardigorimni
Umr bo'yi qilgan bo'lsam birgina savobli ish
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Neki yomonlik fe'limda, ko'cha ko'yga bir xavas
Dilozorlik keng xovlimga zinxor tegishli emas
Qay kun yo'lning bir chetidan olib o'tgandim bir xas
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Extimol men gox suxbatni g'iybatga burorim bor
Xar narsani nafsim ila tinglabon ko'rorim bor
Axvoli tang mendek g'arib sizdan bir so'rorim bor
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Yoshligimdan xar ko'ngilga xasadim yo'qdir sira
Sizda borin mening ko'nglim qilmaydi also xira
Taxajjudga turar vaqtda mening xaqqimdan ko'ra
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Allox xaqqi men ulardan olgandirman andoza
Asli ota-onamniki neki bor menda toza
Din axkomin yetkazdi deb elga qilmay ovoza
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Elning og'zin yopib bo'lmas, juda yaxshi bilaman
O'z axvolim ko'rib ba'zan yig'layman, gox kulaman
Men sizning xaqqingizga tinmay duo qilaman
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni !!!
 
AsadullohDate: Shanba, 13/01/26, 11:19:33 PM | Message # 386
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Xajnoma

Ey, shaxri Makka, tuprogi tillo,
Baytul muqaddas, xonayi Ollo,
Bir bor ko'ray dib, xaqqa tavallo
Qildim yetishdim, alhamdulilloh!

Ey, uy muborak- dardimga darmon,
Yording necha yil konglimga armon,
Pokiza maskan, ey, qoni iymon,
Senga yetishdim, alhamdulilloh!

Tangri Toollo qodru xoliq,
Qaddimni kordi exromga loyiq,
Armonda qoldi qancha xaloyiq
Senga yetishdim, alhamdulilloh!

Og'zimga tegdi suv- Obi"zam-zam".
Bo'ldi quvonchdan yuzu-kozim nam,
Olib boroyin dostlarimga ham,
Senga yetishdim, alhamdulilloh!

Ey, pok Madina-ikkinchi xaram,
Rasul tufayli bolding muxtaram,
Parvardigorim korsati karam
Senga yetishdim, alhamdulilloh!

Berdim salomlar Rasulillohga,
Shukurlar etdim yiglab Ollohga,
Bermam bu kunni zarga, tilloga
Senga yetishdim, alhamdulilloh!

Men bir Xudoning xas bandasiman,
Xasu g'ubordan pst bandasiman,
Baxtidan bu kun mas bandasiman
Senga yetishdim, alhamdulilloh!

Yeglab kelgandim, kulib qayturman,
Iymon nuriga to'lib qayturman,
Go'dak kabi pok bolib qayturman
Senga yetishdim, alhmdulilloh!

Qilding musulmon ey xaq, Xudoyim,
Ikki xaramni nasit et doim,
Pizqimni yana qo'shgin iloyim
Senga yetishdim, alhmdulilloh!

Xamdu sinolar Ollohga mudom,
Senga yo'llayin duoyi alom,
...... xondan bu ojiz kalom
Senga yetishdim, alhamdulilloh!
 
AsadullohDate: Shanba, 13/01/26, 11:19:57 PM | Message # 387
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Бил, Худонинг раҳмати бор
Ҳар ишнинг бир заҳмати бор,
Заҳматга Ҳақ раҳмати бор.
Шукр қилсанг Яратганга,
Сенга турли неъмати бор.
Ақоидлар ўқиб чиқдим,
Маъносини уқиб чиқдим.
Ҳар қайга бошимни суқдим,
Бил, Худонинг раҳмати бор.
Юрар йўлимиздир замин,
Ғурабонинг егил ғамин.
Худо бергай бўлса каминг,
Бил, Худонинг раҳмати бор.
Тоат қилиб, тутгил рўза,
Ҳаромдан қоч, ичма бўза.
Нафсингни тий, нафсингни тий,
Бил, Худонинг раҳмати бор.
Йўқ унда махлуқ сифати,
Ҳар ишга етар қудрати.
Асло туганмас ҳикмати,
Бил, Худонинг раҳмати бор.
 
AsadullohDate: Shanba, 13/01/26, 11:20:12 PM | Message # 388
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
O'lim xayol emas, erur haqiqat!

O'lim haqida nogahon gapirsa tillar,
Qo'rquvdan titraydi bu gumroh dillar.
So'ramasdan o'tmoqda qanchalab yillar,
O'lim xayol emas,erur haqiqat.

Ajal kelsa demaydi u yosh,bu qari,
O'limni totguvchi tirik jon bari.
O'limga yaqinmiz ulg'aygan sari,
O'lim xayol emas,erur haqiqat.

Soatlab seriallarni ko'z uzmay ko'rib,
Ibodatlar qildikmi Allohdan qo'rqib.?
Bilaman ushbu gapim tushmaydi yoqib,
O'lim xayol emas,erur haqiqat.

Peshonaga bitilganin bilolmas hech kim,
Yashaymiz taqdirga bo'yin egib jim.
Tillar ham bu borada deyolmas lom-mim,
O'lim xayol emas,erur haqiqat.

Ajal kelib qolsa qamchisin öynab,
Aytolmaslar ba'zilar Tavhidni qiynab.
Bosaylik bizlar endi qadamni o'ylab,
O'lim xayol emas,erur haqiqat.

Tog'larchalik mol to'plab,qoldiramiz-ku,
Dunyo deb oxiratni kuydiramiz-ku.
Keladi kun ushbu gapni suydiramiz-ku,
O'lim xayol emas,erur haqiqat!
 
AsadullohDate: Shanba, 13/01/26, 11:20:26 PM | Message # 389
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Eng yaqin DO'ST

Olis hayot yo’llarimda Hamrohim
Yaxshi yomon kunlarimda Panohim,

Dardu alamlarda Guvohim,

Chin do’stimdan ayirmagin Allohim!

Bir tomchi suvdan favvora bo’lmas,
Do’sti bor insonlar bechora bo’lmas,
Ishonin so’zlarim rostdur yolg’onsiz,
Dunyoda hech bir do’st sizdek bo’lolmas!

Hayot hayotligin qilsa nogahon,
Sendan yuz o’girsa jumlai jahon,
Dos’tlaringdan qolsa bir nafar inson,
Bilginki shu do’sting o’zimman har on!

Orzular bag’rida cho’milsam,
Baxtimdek tuyulsa hatto armonim.
Doimo baxtli bo’l, menga shu kerak,
Qayerda bo’lsang ham Aziz insonim!

Alloh bo’lsin robbingiz,
Jannat bo’lsin uyingiz,
Bu o’tkinchi dunyoda,
O’zim bo’lay DO’STingiz!

Har bir narsani yaratgan Alloh,
Har bir bandasiga bo'ladi panoh,
Yaxshi do'st bo'lish ham katta bir savob,
Men ham sizga do'stman insha Alloh!
 
AsadullohDate: Shanba, 13/01/26, 11:20:41 PM | Message # 390
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Juma ayyom Muborak!

Umr berdi Allohim shukurlar bo'lsin,
Islomda yaratdi zikrlar bo'lsin,
Qalbingiz ilmu hunarga to'lsin,
Juma ayomingiz muborak bo'lsin!

Umr maftunkordir ISLOM-la o'tsa..
O'lim ajoyibdir IYMON-la o'tsa..
Yanada go'zal bo'lur jumangiz agar,
TOAT-la,HAYR-la, DUO-la o'tsa.

Bo’lsin qalbimizda sunnatla qur’on,
Yashaylik hayotda islomla har on,
Bugun hursandchilik kunidir bir bor,
Jumangiz muborak aziz qadrdon!

Kimga erta kimgadir kech kelar davron,
Kimlargadir shu kunlar ham bo’lgan armon.
Sinovlarga sabr qilmoq qanday go’zal,
Shunda o’zi qo’llar bizni buyuk Rahmon.

Ushbu kun Allohning inoyatidir,
Barcha duolarning ijobatidir,
Hamrohingiz bo’lsin eng ezgu tilak,
Aziz insonimga Juma Muborak!

Allohning rahmati bo’lsin bizlarga,
Qalbimiz hidoyat nuriga to’lsin!
Shukr kim yetkazdi qutlug’ kunlarga,
Juma ayyomingiz muborak bulsin!

Jamiki mavjudod bilsaydi agar,
U kunning nash’asi go’zal qanchalar,
Malaklar shodlikdan qilsalar bayram,
Allohning rahmati yog’ilgan shu dam!

Robbi Alloh, Dini Islom,
Tilagi Iymon, Kitobi Qur’on,
Tilida kalimai-saodati bo’lgan Inson!
Alloh Taolo rozi bo’lsin,
JUMA ayyomi muborak bo’lsin!
Bugun to'kiladi falakdan savob,
Bugun ushaladi orzu va istak,
Bugun balki qiyomatdir bilmasman ammo,
Derman barchangizga Juma Muborak!
 
Search: