|
sher yozamiz
|
|
| Oishaqiz | Date: Juma, 13/01/25, 10:01:50 AM | Message # 361 |
|
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status: 
| ALLOH GO`ZAL Orazi gul, husni hilol, Alloh go`zal, Alloh go`zal. Mutloq kamol, mutloq jamol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Arsh arkida sulton o`zi, Beaybu benuqson o`zi. Poyiga cho`k, ul Zuljalol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Diydori bir shirin umid, Azal vujud, abad vujud. Kimga ayon, kimga xayol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Nahri zilol, bag`ri bahor, Gul chehra yor, nur chehra yor. Oromijon, oshuftahol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Tuproqqa jon etmish ato Momo havo, Odam Ato, Loydan odam yasar kulol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Shoir tilak-ta’bim o`shal, Ruhim o`shal, Rabbim o`shal, Allohu akbar, ey Bilol, Alloh go`zal, Alloh go`zal!.
|
| |
|
|
| Oishaqiz | Date: Juma, 13/01/25, 10:03:38 AM | Message # 362 |
|
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1743
Status: 
| Ey, do‘st, unut g‘amingni, In’om bil har damingni. O‘lchab bos qadamingni, Guvohingni unutma! Ey, do‘st, qo‘rqma yomondan, Yo hiylagar shaytondan, Shart shuki, har zamonda Panohingni unutma!
Ey, do‘st, andak ko‘kdan tush, Kelmagay Tangrimga xush. Savobingni qilmay pesh Gunohingni unutma!
Ey, do‘st ber bir qultum may, Ko‘ngling yig‘laydi tinmay. Kimsam yo‘q deb xo‘rsinmay Hamrohingni unutma!
Ey, do‘st, xushlaring qayda? Izg‘ivermay har joyda, Otangdan qolgan uyda Chirog‘ingni unutma!...
Ey, do‘st, sezmaysan, esiz! Ortingda yo‘q bitta iz... Kim bo‘pti Abdulaziz, Ollohingni unutma!..
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Juma, 13/01/25, 11:19:25 PM | Message # 363 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| G’AZAL
Bugun Haqdin najot keldi, menga sen yor, namozimsan, Riyozatni tilab ko’nglim bo’lur bedor, namozimsan.
Yaratganga ibodatning ajib sehrin bilib oldim, Azon, sajda va ruku’ga bugun men zor, namozimsan.
Go’zal oyat qiroat-la bo’lur malham bu qalblarga, Senga oshufta bo’lgan bo’lmagay hech xor, namozimsan.
Iqomat, tasbehu niyat yarashgay xo’p musilmonga, Egam farz aylagan tole’ abad poydor - namozimsan.
Asl imon musulmonga haqiqiy farz ekan, do’stlar, Ibodatlar ichinda ko’p o’zing sardor – namozimsan.
Dilim Parvardigor zikrin qilib tolmaydir, albatta, Va besh bora burib qibla tomon diydor, namozimsan.
Muazzinlar nidosiga quloq tutgim sahar to kech, Seni yetkazgan Allohga shukr ming bor, namozimsan.
Asosing asli Qur’ondir, yurakka nuri darmondir, Bihisht – jannatga imkondir safo bisyor, namozimsan.
Darig’o, kech bilibsan bul salot qadrin, banda, Judo qilma meni endi, Egam, zinhor namozimdan.
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Juma, 13/01/25, 11:20:20 PM | Message # 364 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Mo'min mo'minga ko'zgu
Hayot degan maktabda, Ham ahloq, ham adabda, Go'zal suhbatda,ta'bda, Mo'min mo'minga ko'zgu.
Yuzlarda nur porlasa, Yahshilikka chorlasa, Ko'ngilni bahorlasa, Mo'min mo'minga ko'zgu.
Ham kuchda,adolatda, Har kungi ibodatda, Jon chiqar bir holatda, Mo'min mo'minga ko'zgu.
Taqvoda,olimlikda, Poklikda,salimlikda, Rasul (s.a.v)day halimlikda, Mo'min mo'minga ko'zgu.
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Juma, 13/01/25, 11:20:53 PM | Message # 365 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Singiljonlar!!!
Ko’rarga ko’z quvonsin, komil bo’lsin iymonlar, Sof qo’shig’in tinglasin, asli dorulmakonlar. Tubsiz jarlik oldida tebranib turibmizk, Xamzalarni dunyoga keltiring Singiljonlar! Saodat shamolini yeldiring Singiljonlar!
Xar kimga ma’lum mashxur oyatu-dalil, xadis. Lek ko’ngillar negadir ma’siyatlarga xaris. Og’zi yumuq ummatga taqdim eting bu darris, Mus’ablarni dunyoga keltiring Singiljonlar Saodat shamolini yeldiring Singiljonlar!
Sifatdan darak bering, shart emas millionta son, Daraxtdan uzilgan barg – atalar baribir «xazon» Qora yuzli bo’lsa ham aytolsin qo’rqmay azon, Bilollarni dunyoga keltiring Singiljonlar! Saodat shamolini yeldiring Singiljonlar!
Islom ummati unga tilasin shon-sharaflar! «Alloh ulug’» - deganda titrasin to’rt taraflar. Qonidan mahzum bo’lib, dod ko’tarsin musxablar, Usmonlarni dunyoga keltiring Singiljonlar! Saodat shamolini yeldiring Singiljonlar!
Bugun shamol singari yelar farzandlar kerak, Jonini sherigiga tilar farzandlar kerak, Jangohlarda uyqusi kelar farzandlar kerak, Alilarni dunyoga keltiring Singiljonlar! Saodat shamolini yeldiring Singiljonlar!
Umid sizgadir bugun, maydonda shay ko’rining. Sizdan yordam bittadir, xox turtinib surining, Tug’sangiz gar ming yillik dostonlarga urining. Umarlarni dunyoga keltiring Singiljonlar! Saodat shamolini yeldiring Singiljonlar!
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Juma, 13/01/25, 11:21:14 PM | Message # 366 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| NAJOT MA'RIFATDADIR
Yaxshiyamki zulmatlarni yoritguvchi oftob bor Kungillardan qahratonni aritgvuchi bir Tob bor Xoliq zotni tanitguvchi Qur'on degan Kitob bor Tanimoqchun ul Kitobda "O'qi" degan xitob bor Taniganga visol istab hech tuganmas shitob bor
O'z Xojamga isyon qilgan osiy qulman, na qilay O'z jonimga zulm qilgan omiy qulman, na qilay Dushmanimning aldoviga rozi qulman na qilay Shukrlarkim zulmatlarni yoritguvchiOftob bor Xoliq zotni tanitguvchi Qur'on degan kitob bor
Mahshar kuni yuzlashmoq bor gunoh hadsiz yuz qayda Namozimda xushu' yo'qdir xayol qayda o'z qayda "Tavba" derman istigfordan bo'lak yana so'z qayda Ming shukrkim zulmatlarni yoritguvchi oftob bor Umid ulki qullariga mehribon ul Tovvob bor
Bir g'anim bor O'zariydan o'zib ketmoq istagi Kungil nomli pok ka'bamni buzib ketmoq istagi Vohid bo'lgan Haq vaslidan to'sib ketmoq istagi Hadsiz shukr zulmatlarni yoritguvchi oftob bor Najot uchun RAHMON Zotdan "O'qi!" degan xitob bor
Haqiqatni tanitguvchi QUR'ON degan Kitob bor!!
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Juma, 13/01/25, 11:21:26 PM | Message # 367 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| СИЗ БИЗГА КЕРАКСИЗ...
Мастура аёллар, гўзал аёллар, Сизга кўз тушганда хапқирар юрак. Кибрга берилмай сурсак хаёллар Сиз бизга кераксиз, сизга биз керак!!!
Кўнгиллар пойида арзир чўксак тиз, Худога лойиқдир яшамак ёлғиз. Баъзан сиз заифа, баъзан биз ожиз, Сиз бизга кераксиз, сизга биз керак!!!
Мозийдан тизилиб келар минг хабар, «Аёлга эхтиёж сезмиш пайғамбар!! Фарзандлар нигоҳи кулса баробар Сиз бизга кераксиз, сизга биз керак!!!
Биримиз сув бўлсак, биримиз чўғдир, Агар бирга бўлсак, кўнгил ҳам тўқдир. Билинг, орамизда афзаллик йўқдир, Сиз бизга кераксиз, сизга биз керак!!!
Сизга насиб этсин энг гўзал тилак, Нафас олгунича қизарган юрак, Ҳаёт саҳнасида ўрнимиз бўлак Сиз бизга кераксиз, сизга биз керак!!!
Қувончдан ёш кўрсин йиғласа ёноқ, Бу дунё азалдан уч кунлик қўноқ, Қадримиз топтамай яшайлик иноқ Сиз бизга кераксиз, сизга биз керак!!! [Yaxshi Post]
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Juma, 13/01/25, 11:21:54 PM | Message # 368 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| KUZINGNI OCH BRODARIM!!!
MEHMONGA KELDIK BU DUNYOGA BIZ BIR KUNI BARIBIR KETAR HAMMAMIZ 5 KUNLIK DUNYOGA E’TIBOR BERMAY BORAR JOYIMIZNI DO’ZAX QILYAPMIZ
BOYLIK ORTTIRISHDA POYGA O’YNAYMIZ MA’SIYTGA BOTIB JUDA QUVNAYMIZ HALOL HAROM NIMA EKANIN BILMAY AHIR AYTING QAYOQLARGA KETIB BORAMIZ
HAR DOIM O’YLAYMIZ FAQAT O’ZIMIZ NIMALARNI KO’RMADI BU KO’R KO’ZIMIZ IYMON DEGAN LAZZAT QALBGA JOYLAMAY OXIR MANZILIMIZ BARBOD QILYAPMIZ
BILIMLAR OLYAPMIZ OLIM BOLYAPMIZ DINGA ASLO YETMAS TAFAKKURIMIZ BIR KUN FONIY DUNYO TUGASHIN BILMAY TAYORGARLIK QILMAY O’TIB BORYAPMIZ
ALLOH BUYUKLIGIN KO’P TAKRORLAYMIZ NECHUN KALOMINI HAQ DEB BILMAYMIZ OYATLAR MA’NOSIN TO’LIQ ANGLAMAY TOZA BO’LSA BO’LDI DEYMIZ QALBIMIZ
YOQDIR HATTO 5 VAQT FARZ NAMOZIMIZ NECHUN OCHIQ YURAR AYOLLARIMIZ QALB TOZA ALLOHGA ITOAT QILMAY ANA ENDI BIZ QANDAY BANDAMIZ
BIZ UCHUN AZIZDIR QIZU-O’G’LIMIZ ULAR UCHUN BERAMIZ JONU DILIMIZ NAMOZ O’QIMASA E’TIBOR BERMAY QAYOQQA ULARNI OLIB BORAMIZ
TIKAN KIRISHIDAN AXIR ASRAYMIZ GAR KIRSA DARDIDA BIZ HAM KUYAMIZ GULHANLARDA KUYISH OLDINI OLMAY QIZLARGA SHIMLARNI OLIB BERAMIZ
OMON QOLISH YO’LIN KO’P ESHITAMIZ BIROZ O’YLAYMIZU YANA QAYTAMIZ TUZUKROQ BAHONA O’YLAB TOPOLMAY HAMMA NE BO’LSA BIZ HAM SHU DEYMIZ
GUNOHNI O’ZGAGA YUKLAY OLAMIZ QACHONGACHA SHUNDAY YASHAY OLAMIZ O’ZIMIZDAN HECH-HAM AYIB TOPOLMAY O’TINLIKKA MUNOSIB BO’LIB BORAMIZ
MANA ENDI KELDI O’LAR KUNIMIZ PUSHAYMONGA TO’LDI JASAD HOLIMIZ BIROZ BO’LSA HAM TINIM NE BILMAY OLOVLAR ICHRA YASHAYAPMIZ BIZ
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Juma, 13/01/25, 11:22:29 PM | Message # 369 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| MISSIONERLARGA
Ko’zizda ma’no yo’q so’ziz tutruqsiz Yana shior emish sizga xaqiqat Yolg’onni xaq deysiz, qanday maxluqsiz Sizga kor qilarkan qanday nasixat
Masihiy da’vosin qilib turasiz Missionerlar, qani-mudaongiz ne Og’zingiz ko’pirib lofdan urasiz "Hudo birmas uni faqat uchta de"
Agar oqil dirsiz o’ylab ko’ring bir Dunyo injillarin bir yerga yig’ib Qani o’qib ko’ring xabarimi bir Xabarlar zid-ma zid qoladi chiqib
Lof bilan islomga xujum qilasiz O’ziz ishonmagan faktlar keltirib Boshqa yo’l yo’qligin aniq bilasiz Ma’nosiz gaplariz o’ylang o’ltirib
Barcha xabarlar Bibliyada bormish Xatto qo’zg’alonlar, xatto qirg’inalar Dinizdan o’zgaga bu dunyo tormish Emishki jannatda "din"ga kirganlar
Ushbu gaplar ekan agar xaqiqat Dunyo xabarlari aks etsa unda Bir o’ylab ko’ringchi qilmay nasixat Mustafo xaqida xabar yo’q bunda
Shoqoldek o’lja deb dunyni kezib Ov qilib yurasiz iymonsizlarni Agarchi pul bersa dinizdan kechib Do’stizga deyasiz: tinch qo’y bizlarni
Ko’zizda ma’no yo’q so’ziz tutruqsiz Masihiy da’vosin qilib turasiz Vijdoningiz yo’q, ey, qanday maxluqsiz Dunyo deb dindorga lofdan urasiz
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Juma, 13/01/25, 11:23:32 PM | Message # 370 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Qiyomat yaqin
Qiyomat yaqinlab qoigani ayon,ayollar erlarni libosin kiymish. Avratu hoyoni kuchasin toptab.hatto mayin bulib suzlamay qolmish. Rasullulloh(sav) birkun qurqib suzlagan,kunlar boshimizda turipti qarang. Atrofning yolongoch turgan holiga,kutaramiz hatto boshimiz arang. Tuyaning urkachin tasvirlab guyo,Jannatning hididan vos kechgan ayol, Nahot umri buyi vaqt topib birkun,uziga bir bora bermagan savol. Hoy men kimman uzi jinsim ne erur,yarasharmi menga shu yovuz hilqat Ayollik libosin bir chetga otib,asl guzallikdan ayrildim faqat. Bolamning nigohi menga yovqarash,erimning kunglidan yuqolgan hohish. Men qancha urinmay aslimdan shuncha uzoqlashib kettim tinganday tovush. Ovozim erkakcha yurishim galat,shimning urtasida yiglaydi hayo Ajabo shunchalik horlik bulurmu,tubanlik bulurmu dustlar ajabo. Ayolning kunglida insofi bulsa usbu savollarnin berardi birkun. Hechqumsa uzidan qochib borayotgan ugillari u-n qizlari u-n. Afsus ushbu holga faqat ayolmas balki erlarning ham ayblari bordur. Rashk utin uchirgach,zinoyu fahshila dayuslik kasbiga kurar taraddud. Dardidan boishini kutara olmay ayollarga turmush yukulagan qopin Odamdan yahshilik kurmoqchilarga ayturmiz olimlar aytgan hitobin Ular uzlarini erkak desalar bulurlar dunyoda eng katta kazzob Chunki nikoph kuni bergan ahtiga qilmishlar hiyonat berolmay javob
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Juma, 13/01/25, 11:24:10 PM | Message # 371 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| ИСЛОМ АҲЛИМАН!
Бугун миллатчилик, маҳаллийчилик Балоси дунёни қуршаблар олмиш. Ўзини Муҳаммад аҳлиман деган Инсонлар қалбида дўстлик йўқолмиш.
Бири «Мен фалоний мазҳабиман» дер, Бошқасин раъйини буткул санар ёт: «Қуръонда бўлса ҳам сенинг сўзларинг, Бизга ундоқ ишни айтмаган устод».
Турли жамоалар, турли фирқалар Очиқ кўролмаслик порлар зуҳрда Аниқки, дўст тутиб куфр аҳлини Мусулмон қавмини айблар куфрда.
Тағин тинмай ўқир саҳобийларни Ҳазрати Билолга тасаннолар, деб. Ака-ука бўлган мусулмонларнинг Айбини эртадан то кеч ахтариб.
Салмони Форсийга шогирдмиз, дебон Ҳайқирганлар ҳолин кўринг халафда. Масжидлар бегона, сўзлашувлар йўқ, Намоз ўқимаслар туриб бир сафда.
Мутаассиб қалби ҳар кун жўш уриб, Иймон ҳаловатин тепкилаб кулар. Имомга намозин топшириб туриб Унинг орқасидан ғийбатлар қилар.
Ҳайҳот, бу умматнинг ҳар кун дарсида Тахминан шундайин ривоят янграр: «Али шамолласа, Усмон ҳам касал, Абу Убайдага йиғлаган Умар».
Аммо ҳикоятлар қолар ўтмишда, Дарслар тугаб-битган замона ғийбат: «Эшитдингми дўстим, фалон одамни... Бармоқ кўтаришни демоқда суннат.
Илми ҳам йўқ эди ўзи тузукроқ Ўзича нимани қилмоқда даъво? Ундан кўра намоз ўқимасайди Қалби пок бўларди, кўнгли мусаффо!!!»
Мана шундай гаплар бугунгиларда Ҳар кимнинг ўзича ҳақ каломи бор. Фалон қори агар шундай демаган, Демак, бошқаларнинг аҳволи афгор.
Кўнглим бир сесканиб кетди бу ҳолдан, Кўриб ғафлат ичра зор қотганларни. Эшитганмидингиз бирор миллатда Ака-укаман деб тош отганларни.
Бу қандай ғаразгўй уммат бўлдики, Хуснизон қилишдан ҳар дам тонарлар. Ҳатто бирор инсон дин етказса ҳам Унга турли номни қўйиб оларлар.
Шу зайл ўтмоқда кунимиз, дўстлар Ихтилофлар ила завқланиб кўнгил Фахш амал эгаси даъватсиз қолиб Мусулмонни ғийбат қилиш касби – тил!
Мен бунга сира ҳам чидай олмасман Кечмагум ҳаттоки тилнинг заҳридан. Танишиб қўяйлик, шеърни ёзган мен Оддий бир мўминман – ислом аҳлидан!
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Juma, 13/01/25, 11:24:24 PM | Message # 372 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| КЕЧИР!
Қуёш ғарбга кетди шўнғиб, Ухлолмадим, кечир раббим! Силтадилар: "йиғлагин", деб Йиғлолмадим, кечир раббим!
Кўкка нолон нидо қилдим, Чок-чок бўлган кўксим тилдим, Ўзимни гуноҳкор билдим, Йиғлолмадим, лекин Раббим!
Кимнинг иши тушса гар, бас, Ёрдамим тутдим ҳар нафас, Яхшиликдан бошим чиқмас, Йиғлолмадим, лекин Раббим!
Кўзимда нур, ёвуз кулгу, Қалбимда ишқ тўла туйғу, Ҳар кун бошим меҳробда-ю, Йиғлолмадим, кечир Раббим!
Ишим менинг саҳоватдир, Билмаганим - ҳаловатдир, Бу қандайин мусибатдир: Йиғлолмадим, кечир Раббим!
Ёмғирпўшдан топиб паноҳ, Ёмғирда ҳам қилдим гуноҳ. Ҳушъу менга ёт бўлди, оҳ... Йиғлолмадим, кечир Раббим!
Кўкка порлаб чиққач офтоб, Сенга нолон қилдим хитоб... Бир қатра ёш бўлди камёб, Йиғлолмадим, кечир Раббим!
Истадим-у, қалбимда ғам, Дод-вой солди тоғ-у, тош ҳам, Вале айлаб кўзимни нам, Йиғлолмадим, кечир Раббим!
Раббим, сокин ухлат мени, Бағрим ўйиб тиғлат мени Не қилсанг ҳам йиғлат мени... Йиғлолмадим, кечир Раббим!
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Juma, 13/01/25, 11:24:42 PM | Message # 373 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Amalsizlik
Ba'zilar yoshlikni g'animat bilib, Ilm o'rgandilar, kitob ko'rdilar. Amalga kelganda beparvo bo'lib Olgan ilmlarin chetga surdilar
Bundaylar oydin va to'lishgan kunda Ko'zni bog'lab, tunni kutgan kabidir. Bu xuddiki yerni haydabon unga Urug' sepmay, meva kutgan kabidir
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Juma, 13/01/25, 11:24:53 PM | Message # 374 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Дарёдек шошади югурик умр, Куним тунларимни қувлаб келади. Тақдир бирда оғу, бирда бол тутиб, Бахтни бахтсизликга улаб келади ...
Дарёдек шошади югурик умр, Куним тунларимни қувлаб келади. Тақдир бирда оғу, бирда бол тутиб, Бахтни бахтсизликга улаб келади.
Турмуш ярми қора, ярмиси оқдир, Ҳаёт – муҳораба, умр – жанггоҳдир. қалбимда инқилоб қилиб туйғулар, Эзгулик сориға унаб келади.
Лекин, мудом эмас дилдаги хушлик, Зимнида жанг қилар мухолиф кучлар. Зеро, унда бир кун «булбул сайраса», Баъзида «бойқушлар тунаб» келади.
Демак, ғофил бўлма сен эй, мукаллаф, Гуноҳ майин ичма, ҳарчанд-ки, зорсан! Маҳшарга жиноят кўтариб борсанг, Кўзлардан ёш эмас, хуноб келади!
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Juma, 13/01/25, 11:25:21 PM | Message # 375 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Yurak sanchib tez urarga o’tdi birdan Halovatdan asar ham qolmadi do’stlar. Alangladim yon-atrofga havotirdan, Ibodatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ming haqqini yutib qo’ydi musulmonlar, Qorinlari ko’proq to’ydi musulmonlar, Riyokorlik to’nin kiydi musulmonlar, Itoatdan asar ham qolmadi do’stlar. Tirik murda to’ldi, ammo tobut yo’qdir, Gunoxlardan asraguvchi sovut yo’qdir, Avom tugul peshvolarni subut yo’qdir, Sadoqatdan asar ham qolmadi do’stlar. Tilda bolu, qilgan ishi g’irt zaxardir. Munofiqlik bir emas ming kech sahardir, Kim ko’p yolg’on desa, o’sha savdogardir. Tijoratdan asar ham qolmadi do’stlar. Bir birlarin g’ajib yetmish hatoyi deb, Nom olmishlar bulbul honish sadoyi deb, Tajvidlarin to’g’irlarlar xudoyi deb, Tilovatdan asar ham qolmadi do’stlar. Hammasiga ko’niking siz, qonlar yutmang. Foyda yo'qdir rivoyat deb kitob titmang, Namozxonin qizlaridan hayo kutmang, Hijolatdan asar ham qolmadi do'stlar. Lafz izlamang bir taloq ming taloq bo'ldi, Topgan-tutgan fatvolari gunoh bo'ldi, Tamaki-yu, nos tupurish muboh bo'ldi, Karohatdan asar ham qolmadi do'stlar. Allohni bir degan inson qilsa riyo, Oyat-hadis turushinda bo'lsa ro'yo, Saharlarda bulbul zikr qilar ammo, Tarovatdan asar ham qolmadi do'stlar. Jamoatlar firqalarga bo’lindilar, Dum patlari ko’k tovuqdek yulindilar, Vujudla bir qalban qatl qilindilar, Muhabbatdan asar ham qolmadi do’stlar. Bu ummatning faqiri gar bir lof ursa, Tog’lar qular bu kibrga qarshi tursa, Fir’avnni hayron aylar qasr qursa, Sahovatdan asar ham qolmadi do’stlar. Hech biri “ne bo’lar” demas qiyomatda, Hiyonatlar ho’p ko’paymish omonatda, Pora halol hisoblangan bu ummatda, Diyonatdan asar ham qolmadi do’stlar. Er deganlar ertayu-kech uyda uxlar, Ayolidan na hijolat, na qalb tig’lar, Qiz juvonin axvoliga maymun yig’lar, Balog’atdan asar ham qolmadi do’stlar. Qulab kulga aylandi-ku hiyvalari, Chorvasida qo’ydan kichik tevalari, Don eksalar dondan kichik mevalari, Barokatdan asar ham qolmadi do’stlar. Birontasi kechar bilmas molu jondan, Alloh uchun boshqarmas xonadondan, Munofiqni ajratolmam musulmondan, Farosatdan asar ham qolmadi do’stlar. Bir tarafni aylaydilar karvon bozor, Bir tomonda masjid bo’lar qadim mozor, Pirga qo’lin berarlaru, Xudo bezor, Murruvatdan asar ham qolmadi do’stlar. Mo’min bo’lib maqsadlari kayf bo’ldi, Saxobalar siyratlari xayf bo’ldi, Olimlarga bu diyorlar toif bo’ldi, Muhammaddan asar ham qolmadi do’stlar. Gapirsalar shariatdan kulgim kelar, Ming turlanish yuzlarini yulgim kelar, Kas jonlarin olar qotil bilgim kelar, Dalolatdan asar ham qolmadi do’stlar. Birisida botirlik bor, farosat yoq, Birisida qo’rqoqlik bor, jasorat yoq. Muhammadiy ummatiga ko’p qilmang do’q. Shijoatdan asar ham qolmadi do’stlar. Gapirdik ko’p amallardan ketdi hayot, Uzoqlarga qochib ketmish bizdan najot. Qiyomatda yig’lab turar bo’lsak hayxot. Shafoatdan asar ham qolmadi do’stlar. Do’stimizni qatl etdilar, sharxlolmadik, Mo’minlikning qiymatini narxlolmadik, Xarom birla halol ko’rsak, farqlolmadik, Nadomatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ming yaxshidan afzal o’tmish yomonlarim, Xov, qaylarga qochdingiz o’ng tomonlarim, Kitoblarga jilo bo’lgan zamonlarim, Hilofatdan asar ham qolmadi do’stlar. Qayga boqmang g’anim o’tliq, yov g’olibdir, Mo’min degan to’rt tarafga ho’p nolibdir, Hamma birdek gumroxlikni tan olibdir. Xikoyatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ey g’or nafsim hotirjamsan, tinmay uxla. O’tmish o’tdi, sen moziyni shiftga mixla. Ali Usmon davirlarin eslab yig’la, Matonatdan asar ham qolmadi do’stlar. Savdo demish qutlug’ yo’lda berarlar jon, Lek bomdodga ochilmas ko’z, topib imkon. Topib bering Alloh deyar bitta inson. Layoqatdan asar ham qolmadi do’stlar. Yoddan ketmish bu dunyoning xisoboti, Xaddan ziyod moddiy bo’ldi inson zoti, Yigirma birinchi asr kashfiyoti, Rivoyatdan asar ham qolmadi do’stlar. Manga alam Chingizlarni so’ljaytirgan, Botularning o’ng yo’lini so’lg’aytirgan, Termiziyni, Buxoriyni ulg’aytirgan, Saltanatdan asar ham qolmadi do’stlar. Dinim deya, yanoqlari namlar qani? Odamlarni uxlatmagan g’amlar qani? Har qishlog’i olim bergan damlar qani? Ul shavkatdan asar ham qolmadi do’stlar. Xofizlardan tanga yiqqn shoirlar ko’p, Pishmay turib suvin siqan shoirlar ko’p, To’rt qatorni she’r deb chiqqan shoirlar ko’p, She’riyatdan asar ham qolmadi do’stlar. Arab sori safar qilmang, ming yuviqsiz, Din nomidan nom topurlar haloyiqsiz, Mazxabiga yurmasangiz munofiqsiz, Risolatdan asar ham qolmadi do’stlar. Bashar o’g’li muammoga ho’p yo’liqmish, Bunda nafsi ulush qilgan dardni yig’mish, Lek har tizim manfaatdan kelib chiqmish, Adolatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ko’ring bunda tabiblikka da’volarni, O’ylab chiqib turlik tuman balolarni, So’ngra e’lon qilarlar ming davolarni, Tabobatdan asar ham qolmadi do’stlar. Hamma bilar, yolg’onchi so’z zaxar, maydir, Uni mo’min o’z do’stiga ichirmaydir, Taqvodori va’da bersa, bajarmaydir, Omonatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ilmlisi ko’p kulodir otib handa, O’zgalarning axvoloti parokanda, Haq so’zga joy qolmagan bu gul makonda, Hidoyatdan asar ham qolmadi do’stlar, Suvlari ters oqqan kunlar halak bo’ldi, Sxobalar hodisoti ermak bo’ldi, Valiylarni ko’rgan damlar ertak bo’ldi, Karomatdan asar ham qolmadi do’stlar. Aytishardi jannat asli erur Vatan, Ul manzilga to yetguncha yo’lllar tikan, Ko’rdim mano bu dunyo xo’p sotqin ekan, Bu rohatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ey Hayrulloh hayr seni tark etmasdan, Xudo uchun ish qilib qol jon ketmasdan, Qara telba dunyo seni qaritmasdan, Farog’atdan asar ham qolmadi do’stlar
|
| |
|
|