RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Men sening Namozingman!
SANJAR80Date: Shanba, 31-Okt-2009, 17:57 | Message # 1
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Assalomu Alaykum VA Rahmatullohu VA Barakatuhu!

MEN SENING NAMOZLARINGMAN!

Buvisining so’zlari hamon qulog’i ostida jaranglaydi: "O’g’lim, namozni shunchalik ham kechiktirib bo’larkanmi?"

Yetmishni qoralagan edi buvisi. Azon ovozini eshitishi bilanoq yoshiga xos bo’lmagan tarzda chaqqonlik bilan o’rnidan turar, tahorat olib, namoz o’qirdi.

U esa… nafsini hech yengolmaydi. Namozlarini nuqul ortga surgani-surgan, odatda shoshilib-shoshilib o’qiydi.

Ana shular xayolidan o’tib, soatga qaradi. Shom kirishiga o’n besh daqiqa qolibdi. "Yana kechiktiribman namozni", dedi o’ziga-o’zi. Tezgina tahorat olib, yuz-qo’lini artmasdan xonasiga yugurdi. Yana shunday tezlik bilan ibodatini ado etdi. Tasbeh o’girib o’tirarkan, xayolidan buvisi ketmasdi. "Bu holimni ko’rganlarida urishib bergan bo’lardilar. Qanday namoz o’qirdilar-a buvim…"

Duo qilib bo’lgach, ustini qandaydir yuk bosayotganini his qildi va astagina sajdaga uzandi. Ko’zlari yumilib ketayotgan edi. "Rosa charchabman bugun" deb o’yladi. Shu tarzda uxlab qolganini sezmay qoldi…

Qiyomat qoyim… Mahshargohda odam qaynaydi. Kimdir tong qotib qolgan, nima qilishini bilmay harakatsiz turar, kimlardir esa har qayoqqa chopgan, yana kimdir boshini ikki qo’lining orasiga olgancha tiz cho’kkan…

Uning yuragi qinidan chiqib ketguday urar, vujudidan muzdek ter oqardi. Hayotligida qiyomat, savol-javob, tarozi haqida o’qigan, bilgan edi. Biroq Mahsharning bunchalik vahimali bo’lishini hech o’ylamagandi.

Hisob-kitob davom etmoqda. Bir payt uning ismi o’qildi. Hayrat ichida bir o’ngga, bir chap tomonga qaradi. "Mening ismim o’qildimi?" deya titradi lablari. Shu dam olomon ikkiga bo’lindiyu ro’parasida uzun yo’l paydo bo’ldi. Ikki farishta ikki qo’ltig’idan olib, oldinga surgalay boshladilar. Tarozibonning huzuriga yetganlarida farishtalar g’oyib bo’lishgandi.


 
SANJAR80Date: Shanba, 31-Okt-2009, 17:57 | Message # 2
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Butun hayoti ko’z o’ngidan bir-bir o’tayotgan edi. "Shukurlar bo’lsin, – dedi o’ziga o’zi. – Umrim davomida faqat din yo’lida xizmat qilganlar bilan birga bo’ldim. Otam mol-davlatini Islom uchun sarf qildi. Uyda amri-ma’ruflar o’tkazardi, onam esa kelgan mehmonlarni kutib olar, dasturxon tuzardi. Men ham odamlarga xizmat qildim, ularga Allohning dinini tushuntirdim. Namoz o’qidim, ro’za tutdim, nimaiki farz bo’lsa, hammasini bajardim. Haromdan qochdim".

Ko’zlaridan duv-duv yosh to’kilarkan, "Rabbimni sevaman, Rabbimni sevaman", deya takrorlardi. "Nima qilgan bo’lsam, jannatga kirishim uchun yetarli emas, umidim faqat Allohdan".

Hisob-kitob cho’zilgandan-cho’zildi. Uning esa butun vujudi titrar, terlar, xayolida turli fikrlar g’ujg’on o’ynardi. Bir mahal qo’lida qog’oz tutgan farishta olomonga o’girilib, hukmni o’qishga kirishdi. Eng avval uning ismi o’qildi. Oyoqlari tamomila majolsiz edi, yiqiliay-yiqilay deb turibdi, ammo jon qulo’gi bilan farishtaning og’ziga ko’z tikkan.

Olomon bir qalqib tushdi: u jahannamga mahkum etilibdi!

Nima?.. Quloqlariga ishonmadi.

"Bo’lishi mumkin emas!.." baqirdi bor ovozi bilan. Telbalarcha har tomonga yugura boshladi. "Qanaqasiga jahannamiy bo’larkanman? Axir butun umr dinimga xizmat qildimku?!"

Farishtalar yana ikki qo’ltig’idan olishdi. Oyoqlarini yerga tekkizmay olovi osmonga o’rlagan jahannam tomon sudrab ketishdi. U esa tinmay chirpanardi. Lablaridan yarim-yorti so’zlar chiqardi: "Xizmatlarim… Tutgan ro’zalarim… Qur’on o’qiganlarim… Namozlarim… Hech biri qutqarib qololmaydimi meni?"

Baqirib-chaqirib, yolvorishga tushdi. Qani endi farishtalar qulos solsa. Jahannamga juda yaqin kelib qoldilar, hatto olovining tafti sezila boshladi.

Payg’aymbar alayhissalom "Uyining oldidan oqib o’tadigan suvda kuniga besh marta yuvingan odam qanday tozalansa, kuniga besh mahal o’qilgan namoz ham odamni xuddi shunday gunohlardan poklaydi" degan edilar. "Unday bo’lsa, namozlarim meni qutqarib qolmaydimi?" deya o’yladi. "Namozlarim… namozlarim… namozlarim…"

Farishtalar uning yolvorishlariga mutlaqo beparvo edilar. Jahannam o’rasining boshiga kelishdi. Undan chiqayotgan olov tafti yuzlarini yondirib yuborgudek darajada edi. U umid to’la ko’zlari bilan ortiga o’girilib qaradi: yo’q, hech qanday najot yo’q!.. Qo’llaridan tutib turgan panjalar bo’shaldi… va uni jahannam tomonga itarib yubordi…

Xuddi shu mahal kimdir uni qo’lidan tutib qoldi. Boshini ko’tarib yuqoriga qaradi. Oppoq soqolli nuroniy bir chol uni jahannam o’rasidan tortib olayotgan edi.

– Siz kimsiz? – so’radi u dahshat makonidan uzoqlasharkan.

Nuroniy chol kulimsiradi:

– Men sening namozlaringman!

Assalomu aleykum Wa Rahmatullohu Wa Barakotuhu!


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: