RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Joynamoz
SANJAR80Date: Shanba, 31-Okt-2009, 17:52 | Message # 1
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Tong yaqin...
Charchoqning og'irligi bilan o'yquga ketdi. Bir ingrash ovozidan o'yg'onib ketdi. Atrof qorong'ulik. “Tush edi shekilli”, dedi sekin. Lablari chanqoqlikdan qo'rigandi. Chiroqni yoqmasdan oshxonaga kirdi va qonib qonib suv ichdi va yana yotog'iga qaytdi. Ko'zlarini uyqu bosganida, yanga takror o'sha ingrash ovozini eshitganday bo'ldi. Ammo bu tushmi yoki o'ng farqiga bora olmasdi. Ovoz kelgan tarafga qaradi. G'a, tush ekan, deya o'yladi. Chunki ingrayotgan ovoz sohibi uyidagi birgina joynamozi edi.
G'ayratlangan kishi qo'rquv bilan:
- Ingragan senmiq
- G'a, dedi joynamoz.
- Nega yig'layapsanq
- Seni o'yqungdan uyg'otgan chanqoqlikni, tuyib suv ichib qondirding. Mening chanqog'imni qondiruvchi kimsa yo'q.
- Axir, sening joning bo'lmasa, qanday qilib chanqaysan.
- Bu mening ham ehtiyojim. Ammo mening chanqog'imni tavbakor bandalaringni ko'z yoshlari qondiradi.
- Tushunmadim, dedi kishi joynamozga qiziqish bilan qararkan.
- Yig'layman, chunki Allohning qo'llari qabrdagi azobdan, qiyomatda yorug' yuz bilan tirilishni istaydilaru, lekin kechalari turib tahajjud o'qimaydilar. G'ar kuni senga qarayman, lekin biron marta shukr qilib ikki rakaat namoz o'qiganingni ko'rmadim.
- Meni o'z holimga qo'y, dedi kishi yotog'iga qaytarkan.
Joynamoz davom etti:
- Ey Allohning quli, qara, bomdod namozining vaqti kirdi. Azonda namoz uyqudan xayrlidir, deya seni namozga chaqirmoqda. Oh, tong namozi , tong namozi. Namozlar ichida boshqacha namozdir. Qalb va tanani hayotga qaytargan namozdir bu. Yetmaydimi, kecha kunduz shoshganing, Aziz va Qahhor bo'lgan Allohning chaqirig'ini nega ijobat yetmaysanq!
Odam sekin to'shagidan boshini ko'tarib:
- Ey joynamoz, meni o'z holimga qo'y. Kunduzi ishlab juda charchaganman. Biroz dam olay, deya issiq yotog'iga burkandi kishi.
- Demak, sen dunyoni oxiratdan afzal ko'rasan.
Bu so'zlardan kishining jahli chiqdi:
- Bo'ldi, yetar, boshqa gapirma, deya baqirdi.
Bu so'zlardan so'ng joynamoz biroz jim turdi va yana sekin ovoz bilan:
- Oh, fajr vaqtidagi odamlar, Oh fajr vaqtidagi odamlar, dedi, - sen Payg'ambarimiz s.a.v. ning bu vaqt haqidagi so'zlarini bilasanmiq “G'ar kim quyosh chiqmasdan va botmasdan oldingi namozlarni o'qisa, otashga kirmaydi”, va nihoyat: “Munofiqga eng og'ir kelgan namoz tonggi va kechki namozlardir. (Bomdod va Xufton). Agar bu ikki namozning ajrini bilsalar edi shoshilib ketardilar...”
Bu so'zlarga kishi tushagidan boshini ko'tarib:
- G'aqsan, tonggi namoz haqiqatan juda unumli, dedi.
- Unday bo'lsa, tur o'rningdan, namoz o'qi.
- Ertaga InshaAlloh, bugun juda charchadim.
Joynamoz so'nggi umid bilan:
- Kishi solih amallarning ajrini bilmasa bu amallar unga qiyin ko'rinadi. Qabrda uyquga tuyasan-ku axir. Tur namozingni o'qi, ey Allohning quli!
Bu so'zlarga kishi hech narsa deya javob bermadi. Joynamoz ham bir necha vaqt jim qoldi. Kishi uyqusida davom etti. Chunki u umridagi eng uzun uyquga cho'mgandi. Joynamozning oxirgi so'zlarini eshitish unga nasib bo'lmagandi. Joynamoz esa:
- Ey tavbasini ertaga qoldirgan, ertaga uyqudan turishingga kim kafil.

Dunyo dardida tavbamizni unutib, gunoh ishlaymiz. Tavbalarimizni kundan kunga suramiz, qarib aqlimiz ozishini kutamiz, go'yo. Xuddiki biz avval gunoh ishlab, so'ng qariganda tavba uchun yaratilganmiz. Xuddiki, asli dunyodan kelish maqsadi nima ekanligini unutganday, xuddiki, ertaga biz uchun bor, balki bu ertaga biz uchun kelmas, balki bu biz uchun berilgan oxirgi tavba.



 
enjoyDate: Dushanba, 11-Yan-2010, 08:22 | Message # 2
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status:


 
Arslan1717Date: Chorshanba, 27-Mar-2013, 16:47 | Message # 3
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 606
Status:
Joynomozni boshinggizdek asrang va uni yomon joylaga qoymanglar

 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: