RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
JAMOAT BILAN NAMOZ O’QISHNI TARK ETMA!
SANJAR80Date: Dushanba, 03-Avg-2009, 15:49 | Message # 1
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
JAMOAT BILAN NAMOZ O’QISHNI TARK ETMA!

Chunki bir jamoat ibodat uchun to‘plansa, ular orasida shafoati qabul qilinadigan Alloh :jl:ning bir valiysi bor bo‘ladi.

Abu Hurayradan rivoyat etilgan, Muslim va Sahihaynda zikr qilingan shunday hadis bor: "Ko‘zi ojiz odam Payg‘ambar yoniga kelib dedi: "Yo Rasululloh, meni Masjidga olib keladigan kishi yo‘q. Namozimni uyimda o‘qisam bo‘ladimi?" Rasuli Akram ruxsat berdilar. Haligi ko‘zi ojiz odam qaytib ketayotganida chaqirdilar va so‘radilar: "Namozga aytilgan azonni eshitasanmi?". "Ha", dedi ko‘zi ojiz kishi. Payg‘ambar marhamat qildilar: "U holda azonga javob ber (jamoatga kel)!" (Muslim. "Masajid" 255, Abu Dovud. "Solat", 46, Nasoiy. "Imomat", 50; Ibni Moja. "Masajid", 17; Ahmad III, 423, IV, 43).

Salafi solihiyn jamoat namozini o‘tkazib yuborishni musibat deb bilishgan. Ulardan birining hayotida shunday voqea sodir bo‘lgan edi: "Bir kuni u xurmo bog‘iga boradi. Ushlanib qoladi. Qaytib kelsa, odamlar asr namozini o‘qib bo‘lishgan ekan. Buni musibat deb bilganidan: «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un. Jamoat namozini o‘tkazib yubordim. Siz guvoh bo‘lingki, shu bog‘im miskinlarga sadaqadir», dedi.

Abdulloh ibn Umar xufton namozi jamoatiga ulgurmadi, biroq buning evaziga o‘sha kecha tonggacha namoz o‘qib chiqdi.

Ubaydulloh ibn Umar al-Qovaririy rahmatullohi alayhning bunday degani naql etiladi: «Biror marta jamoat namozidan qolmagan edim. Bir kuni uyimga mehmon keldi va jamoat namoziga ulgurmadim. Boshqa bir jamoat bilan xuftonni o‘qish umidida tashqariga chiqdim. Ittifoqo hamma masjidlarda namoz o‘qilib, masjidlar berkitilgan edi. Uyimga qaytdim. Tabiiyki, jamoat bilan namoz o‘qiyolmaganim uchun xafa edim. O’z-o‘zimga dedim: «Hadisi sharifda marhamat qilinganki: «Jamoat bilan o‘qilgan namoz yolg‘iz o‘qilgan namozdan yigirma yetti daraja ustundir» (Buxoriy. «Azon», 30; Muslim. «Masajid», 249; Nasoiy. «Imomat», 42; Muvatta. «Jamoat», 1.).
Men xufton namozini yigirma yetti marta o‘qib, keyin yotdim. Tush ko‘rdim. Tushimda bir to‘da otliq va men ham bir ot ustida ekanman. Ular mendan oldinda ketishyapti. Otimni ular orqasidan haydayapman, ammo ularga yetolmayapman. Bittalari menga qayrilib qaradi va: «Otingni bekorga charchatyapsan, bizga yetolmaysan», dedi. Men esa: «Nega endi, ey birodar?» dedim. «Biz xuftonni jamoat bilan o‘qidik, sen esa yolg‘iz o‘qiding», dedi. Uyg‘ondim, tabiiyki, xafa bo‘ldim».

Salafi solihiynlardan ba’zilari bunday deyishgan: «Odam o‘ziga yopishgan bir gunoh tufayligina jamoat namozidan bebahra qoladi».

Ulardan bittalari jamoat namoziga ulgurmasa, o‘zaro yetti kun ta’ziya izhor etishardi.

«Bir rakatiga yetishmasa ham shunday qilishardi», deganlari ham bor. Ilk takbirni o‘tkazib yuborishsa, uch kun motamsaro yurishardi, degan qavl ham bor. Buni ham bil, ey birodari

]Allohim uzin Salafi solihlardan qilgin Allohim uzing iymonimzni butun qilgin Allohim uzing namozlarimizda osoyishtaliklarimizi bergin Allohim jamiiyki muslim birodarlarimizga sabru toqatlar nasib etgin Allohim uzing kuch,qudrat egasisan.


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: