• Page 1 of 1
  • 1
Umar Hayyom-Умар Хайём
MASTERDate: Payshanba, 04-Iyul-2024, 11:34 | Message # 1
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7300
Status:

Umar Hayyom (taxallusi; asl ism-sharifi Gʻiyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy) (18.05.1048-yil, Nishopur - 04.12.1131-yil, Nishopur) — matematik, astronom, faylasuf, hakim va mutafakkir shoir.

Nishopurda boshlangich maʼlumotni olgach, Balx, Buxoro va Samarqandda tahsil koʻrgan. Malikshoh va Nizomulmulk (1019—92) daʼvati bilan 1074 yilda Isfahonda rasadxona qurdirgan va unga rahbarlik qilgan. Yulduzlar jadvali (zij), 1079-yilda yangi isloh qilingan taqvim (kalendar) tuzgan. Bu taqvim Yevropada undan 500 yil keyin joriy qilingan Grigoriy kalendaridan ham aniqroq boʻlgan.

Umar Xayyom ilmda ham, ijodda ham oʻzini shayx urrais Abu Ali ibn Sinoning hassos va sadoqatli shogirdi hisoblagan. Ibn Sino asarlarini tushunmagan kishilar ularni izohlash va sharhlashni undan soʻraganlar. U ustozining bir qator asarlarini arabchadan forschaga tarjima qilib, sharhlab bergan, uning gʻoya va qarashlarini davom ettirgan hamda targʻib qilgan. „Risolat ul-kavn vat-taklif“ („Koinot va uning vazifalari haqida risola“), „Risola fil vujud“ („Borliq haqida risola“), „Risola fi kulliyoti vujud“ („Borliqning umumiyligi haqida risola“) kabi falsafiy asarlarida Ibn Sinoning vorisi va izdoshi sifatida namoyon boʻlgan.

Uzoq vaqt davomida Umar Xayyom ijodkor sifatida unutilgandi. 1857-yilda uning ruboiylari yozilgan daftar ingliz tarjimoni va shoir Edvard Fitsjerald qo'liga tushib qoladi. Ruboiyoti biroz muddat odamlar e'tiborini tortmagan bo'lsa-da 1869-yildan boshlab butun Yevropani lol qoldiradi.

Olim va shoir Umar Hayyom 1131-yil 4-dekabrda Nishopurda vafot etadi.
Attachments: 0585794.jpg (30.9 Kb)
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: