Guruh:
IJODKOR
Xabarlar:
2614
Holati:
|
Qarindoshlar orasida eng yaqini ota – ona va farzandlar bo’lganligi uchun boshqa qon – qrindoshlarga nisbatan bularning haqlari va burchlariga oid fikrlar ko’proqdir. Rasululoh sallallohu alayhi va sallam buyuradilar: - Farzand otasining qarzini hech qanaqsiga uzolmaydi. Faqat uni qullikga tushgan holda topsa va sotib olib ozod qilsagina uning haqqini uzgan bo’ladi. - Ota – onaga ehson bermoq va izzat ikrom qilmoq, namoz o’qish, zakot berish, ro’za tutish, hajga – umraga boorish va Alloh yo’lida jihod qilishdan fazilatliroqdir. - Kimki, ota – onasini ma’mnun etgan holda erta bilan o’rnidan tursa, ularga jannatning ikki eshigi ochiladi. Kimki, ota – onasini ma’mnun qilgan holda shomga kirsa ham shunday bo’ladi. Agar birini ma’mnun etsa jannatning bir eshigi ochiladi. Aslo ota – onaga qarshi bormang – zulum o’tkazgan bo’lsalar ham, o’tkazmagan bo’lsalar ham…Kimki ota – oansini ranjitgan holda tong ottirsa, uning uchun jahannamning ikki eshigi ochiladi. Kimki ota – onasini ranjitgan holda kunni kech qilsa ham shunday bo’ladi. Agar birini ranjitsa, do’zaxning bir eshigi ochiladi. Aslo ularga qarshi bormang – zulm o’tkazgan bo’lsalar ham, o’tkazmagan bo’lsalar ham… - Jannatning hidi besh yuz yillik masofadan seziladi. OTA – ONASINI RANJITGAN VA SILA-I RAHM QILMAGAN (ya’ni bir – birlari bilan qarindoshchilik aloqlarini uzgan) kimsa uning hidini sezmaydi. - Onangga, otangga, opangga, singlingga, akangga, ukangga, so’ngra boshqa yaqin qarindoshlaringning hammasiga yaxshilik qil. Abu Homid G’azzoliy “Mukoshafat – ul qulub” (“Qalblar kashfiyoti” I kitobidan)
|