|
Do'stlik haqida she'rlar
|
|
|
Peshqadam
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
7162
Holati:
|
Atrofim to’la do’stlar Ko’paymoqda borgan sari Lekin mani bir dard qiynar Man hohlagan inson qani?
|
|
|
Peshqadam
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
7162
Holati:
|
Bormisiz bu dunyoda mani aziz insonim, Izlayverib, ahtarib qolmadi-ku madorim. Qayerda bo’lsangiz ham bahtimga omon bo’ling, Telefon qilmasangiz ham, shunchaki eslab qo’ying.
|
|
|
Peshqadam
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
7162
Holati:
|
Hayot shodliklarin shavqi boshqacha, Do’stlar kulgusining zavqi boshqacha. Do’st-u, birodarlar ko’p-u, va lekin, Sizdek qadrdonning o’rni boshqacha!!!
|
|
|
Peshqadam
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
7162
Holati:
|
Men shunday armon bo'laman Tosh yuraklar aylanar qumga. Men shunday armon bo'laman Muz yuraklar aylanar suvga.
|
|
|
Peshqadam
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
7162
Holati:
|
Shukr, manga do'st berding Alloh, Rizq-nasiba, tuz berding Alloh. Rahmatini aytgani sanga, Shirin kalom - so'z berding Alloh.
|
|
|
Peshqadam
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
7162
Holati:
|
Xaddan ziyod ortsa g`amu-g`ussangiz, Diydor ko`rishmoqni umid qilsangiz. Xatto unitmoqni xayol qilsangiz, Men hamon do`stizman shuni bilsangiz.
|
|
|
Peshqadam
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
7162
Holati:
|
Dunyoda hammaning tutgan yo'li bor, Kimlardir yolgiz-u, kimning jufti bor. Barcha totlining ham achchiq, sho'ri bor, Sevgida shu bari TUMONAT, do'stim. Birov hijronidan kuyadi bugun, Kimdir razolatdan olay deydi hun.
Sen nolib sorama: "AZOBLAR NECHUN ?” Muhabbatga kerak MATONAT, do'stim. Kozlarni yuvadi o'rtangan yoshlar, Gohida SEVGIGA otilar toshlar. Bo'ysinib egilur ne MAG'RUR boshlar,
Sevgini anglash ham MATONAT, do'stim. Sevgan muhabbatdan oladi saboq, Muzlagan yurakni qiladi qo'rqoq. Sen ham sevib qolsang, hayotga tik boq, Bilsang, muhabbat ham JASORAT, do'stim.
Tunlar uyqularing olib ketadi, Oshiqni yo yetuk, yo xor etadi. Ko'zga intizorlik solib ketadi, Ishq maqtov, gohida HAQORAT, do'stim. Sevgining qo'lidan tutgancha mahkam,
Dardli yuragingga so'rasang malham. Shunda qo'yajaksan birinchi qadam, MUHABBAT-KO'NGILGA HALOVAT, do'stim. Kimlardir sevgidan ichadi sharob, Kimningdir qalbida tomchilar zardob. Yana kim uni deb xoru zor, harob, Muhabbat gohida RAZOLAT, do'stim.
Hissiz yuraklarga sing'dirib mehr, Ayovsiz yetkazar sinash-chun Sabr. Sevgi g'ururlidir, lek suymas kibr, Uni tuymoq mushkul BAG'OYAT, do'stim...
|
|
|
Peshqadam
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
7162
Holati:
|
Do'stim
Gohida yuragim to`lib ketganda, Bevafo dunyodan to`yib ketganda, Dushmanlar ustimdan kulib ketganda, Sizni eslayman qadirdon do`stim. Gul uzsam qo`limga tikon kirganda, Yulduzli tun o`tib, tongalar otganda, Mudragan dilimni ishq uyg`otganda, Faqat sizni eslayman qadirdon do`stim!!!!
|
|
|
Yahshi tajribali
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
141
Holati:
|
ISTAYMANKI BU CHEHRALAR KO`RMASIN HECH G`AM, ISTAYMANKI BU KO`ZLAR BO`LMASIN HECH NAM. ISTAYMANKI BU ISTAK BO`LMASIN BARBOD, ISTAYMANKI BU DO`STLIK QOLSIN UMRBOD...
|
|
|
Yahshi tajribali
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
141
Holati:
|
Ey do`st sening bilan o`tgan har kunim, Nahotki aylandi bir chaqmoq tushga. Kecha bunda eding,yo`qsan sen bugun, Endi seni eslab,kelolmam hushga.
Deyman umr charhi aylandimi tez, Yillar lahzalarga aylandimi-yo, Bohoriy bog`larga kelga hazonrez Yoki shamollarda sovrildi dunyo.
Tiriklik dunyoda mangumas hech qast O`tgan kunlar umr sanalmas tayin. O`lim hayot uchun bir nuqta emas, Mangulik boshlanar o`limdan keyin.
Qorlar erib borar unar boychechak, Yana bahor kelar,gullaydi o`rik. Mening hotiramda sen bir pok chechak, Ey do`st men tirikman,demak sen tirik...
|
|
|
Yahshi tajribali
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
141
Holati:
|
DO'STLIK O'ZI BIR OYNA SINSA ASLO TUZALMAS AGAR DO'STLIK CHIN BO'LSA UNI XECH KIM BUZOLMAS
|
|
|
Yahshi tajribali
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
141
Holati:
|
Do'stlik o'zi bir shisha. Sinsa aslo tuzalmas. Do'stligimiz chin bo'lsa Uni hech kim buzolmas.
|
|
|
Yahshi tajribali
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
141
Holati:
|
Do`stlik bo`lar bir kunlik, Do`stlik bo`lar o`n kunlik, Lek men do`stlashdim sen bilan Do`st bo`lay bir umrlik
|
|
|
Yahshi tajribali
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
141
Holati:
|
Дустим, энди айлангиз сабр, Майли, эсланг охларингизда. Тугамайди шу билан умр, Маъюс боккан нигохларизда. Хиёнатни жойидир кабр, Яшар балким гунохларизда. Тан олмоклик накадар огир, Яшаб колинг савобларизда
|
|
|
Yahshi tajribali
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
141
Holati:
|
Baxtli kunimda baxtni baxam ko'radi. G'amgin kunimda g'amimga sherik bo'ladi Yig'lasa yig'laydi,kulsam kuladi Eng yaxshi do'st sizday bo'ladi.
|
|