RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 1
  • 1
TIRNOQLAR SALOMATLIGI
MASTERDate: Dushanba, 04-Noya-2024, 04:49 | Message # 1
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7396
Status:



TIRNOQLAR SALOMATLIGI
Sizning sog‘lig‘ingiz tirnoqlarning holatiga bog‘liqligini bilasizmi? Oq nuqta, pushti chiziqlar, haddan tashqari dag‘allik yoki qora chiziqlar jigar, o‘pka yoki yurak kasalliklaridan darak berishi mumkin – va bularning barchasini tirnoqlardan “o‘qish” mumkin!

RANGPAR TIRNOQLAR
Juda xira tirnoqlar ba’zan qarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ammo bu ham jiddiy kasalliklar: anemiya, yurak yetishmovchiligi, diabet, jigar kasalliklari, to‘yib ovqatlanmaslik belgisi bo‘lishi mumkin.

OQ TIRNOQLAR
Agar tirnoqlar qoramtir lunulali oq rangda bo‘lsa, bu jigar bilan bog‘liq muammolarini ko‘rsatadi, masalan gepatit. Ushbu rasmda safro to‘kilishi belgilari ko‘rsatilgan.

SARIQ TIRNOQLAR
Sariqlikning keng tarqalgan sababi bu zamburug‘li infeksiyalardir. Infeksiyalar rivojlanishi tufayli tirnoq to‘shagi orqaga tortiladi, tirnoqlar yupqalashadi va parchalanadi. Ba’zida sarg‘ishlik qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolarni yoki psoriaz-toshbaqa kasalligini ko‘rsatadi. Tirnoqlardagi to‘q sariq va jigarrang dog‘lar dermatozni ko‘rsatadi. Bu antibiotiklarni tartibsiz ravishda qabul qilishning belgisi bo‘lishi mumkin.

KO’KIMTIR TIRNOQLAR
Tirnoqlarning ko‘kimtir tusli bo‘lishi tanada kislorod yetishmasligini anglatadi. Bu o‘pka infeksiyasini, pnevmoniyani yoki tug‘ma yurak yetishmasligi kasalligini ko‘rsatishi mumkin.

TIRNOQLARDAGI ARIQCHALAR
To‘lqinli/korroziyali tirnoq yuzasi toshbaqa kasalligi yoki yallig‘langan artritning dastlabki belgisidir. Psoriaz 10% hollarda tirnoqlardan boshlanadi.

SINUVCHI YOKI QATLAMLANUVCHI TIRNOQLAR
Quruq, yupqa, tez-tez sinadigan tirnoqlar qalqonsimon bez kasalliklariga ishora qiladi. Sariqlik bilan birgalikda – zamburug‘li infeksiyasining aniq belgisidir.

SHISHGAN QIZIL TIRNOQLAR
Agar tirnoq atrofidagi teri yallig‘langan bo‘lsa, bu tirnoq yallig‘lanishi bo‘lishi mumkin. Bu qizil yuguruk yoki boshqa biriktiruvchi to‘qima kasalligi bo‘lishi mumkin.

TIRNOQDAGI QORA CHIZIQ
Tirnoq ostidagi qoramtir chiziqlar imkon qadar tezroq tekshirilishi kerak. Ba’zida ular teri saratonining eng xavfli turi bo‘lgan melanoma tufayli yuzaga keladi.

TISHLANGAN TIRNOQ
Tirnoqlarni tishlash yomon odat hisoblanadi. Agar siz to‘xtata olmasangiz, buni shifokoringiz bilan muhokama qilganingiz yaxshi.

Tirnoqlarning o‘zgarishi kamdan-kam hollarda kasallikning birinchi belgisidir. Tirnoqlari oq bo‘lganlarning hammasi ham gepatit bilan kasallanmaydi, ammo dermatologga murojaat qilish zarar qilmaydi.
 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: