RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Страница 1 из 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Модератор форума: SAKINA, DURDON  
Табиий косметика
OSIYOДата: Chorshanba, 06-Iyul-2011, 07:16 | Сообщение # 1
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Ushbu bo'limda tабиий косметикаlarda qanday foydalanishni o'rganamiz.
 
OSIYOДата: Chorshanba, 06-Iyul-2011, 07:18 | Сообщение # 2
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Yuzim tiniq bo'lsin desangiz

Yuz terisining salqib, oqarib qolishi asosan avitaminoz-ya'ni organizmda vitaminlarning yetishmasligi natijasida yuz beradi. Bu asosan qish, bahor fasllariga to'g'ri keladi. Agar yuzingiz rangi tiniq, shaftoli guli singari mayin rangda bo'lishini istasangiz vitaminlarga boy mahsulotlardan ko'proq iste'mol qiling.

Demak,

1. Kuningizni "Go'zallik siri" salati bilan boshlang

Uning tarkibi:
1/3 suli yormasi
1-2 choy qoshiq asal
1 dona limon sharbati
4 dona yong'oq
qirg'ichdan o'tkazilgan olma
0.5 piyola sut

2. Har kuni yangi tayyorlangan sharbat iching. Agar sharbat selderey, sabzi yoki olmadan tayyorlangan bo'lsa yanada yaxshi.

3. Barmoqlaringiz yordamida yuzingizni yengil o'qalang. Bu nafaqat yuzingizda qon yurishini yaxshilab, teri rangiga ta'sir ko'rsatadi, balki barvaqt ajin tushishini ham oldini oladi.

4. Uy sharoitida tayyorlangan niqoblardan foydalaning. Bodring, ko'kat va sut mahsulotlaridan tayyorlangan niqoblar yuz terisiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

5. Jigar va oshqozon-ichak kasalliklardan ehtiyot bo'ling, chunki aynan shu kasalliklar eng avallo terida namoyon bo'la boshlaydi.

Niqoblar:

Agar yuz teringiz yog'li, turli toshmalarga moyil bo'lsa quyidagi niqobni qo'llab ko'ring:

1 oshqoshiq maydalangan bodring
1 oshqoshiq tvorog
1 oshqoshiq pista yog'i
1 oshqoshiq yog'li sut
Barcha masalliqlarni aralashtirib yuzingizga surting va 15 daqiqaga qoldiring.
Suv bilan niqobni yuvib tashlang. Haftada 2 marta bunday niqobdan foydalansangiz tez orada kutilgan natijaga erishasiz.

Agar ko'zlaringiz atrofida mayda ajinlar oralay boshlagan bo'lsa, quyidagi niqobdan foydalanib ko'ring:

Oq nonning yumshoq qismini sutga bo'ktirib, ko'z atrofiga 10-15 daqiqaga surtib qo'ying. Bir oy davomida ushbu niqobdan har kuni foydalansangiz ajinlar yo'qolay boshlaydi.
 
OSIYOДата: Chorshanba, 06-Iyul-2011, 07:54 | Сообщение # 3
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
QURUQ YUZLAR UCHUN NIQOBLAR

QURUQ YUZLAR UCHUN MASKALAR

Teri qaysi turga mansubligidan qat'iy nazar, tozalab olingach, uni parvarish qilish uchun turli maskalardan foydalaniladi. Quruq yuzlar uchun mo'ljallangan maskalarni taqdim etamiz.

Tuxum sarig'i va asalli maska. 1 ta tuxum sarig'iga chorak osh qoshiq asal va 0,5 choy qoshiq suli uni qo'shiladi. Maska yuzga suriladi va 10-15 daqiqadan so'ng iliq suvda chayib tashlanadi.

Tuxum sarig'i va moyli maska. 1 ta tuxum sarig'i 1 choy qoshiq zaytun yoki jo'xori yo bo'lmasa boshqa biror bir o'simlik yog'i bilan aralashtiriladi. Qoshiqning uchida ozgina asal qo'shiladi. Yuzga surilib, 10 daqiqa qoldiriladi. 10 daqiqadan so'ng suv va sut aralashmasi bilan chayib tashlanadi.

Oqsilli maska 1. 1 ta ko'pirtirilgan tuxum oqi 1 osh qoshiq asal va 2 choy qoshiq un bilan aralashtirililadi. Tayyor maska yuzga suriladi va 10 daqiqa qoldiriladi. So'ng issiq suv bilan yuvib tashlanadi.

Oqsilli maska 2. 1 ta ko'pirtirilgan tuxum sarig'i 1 osh qoshiq sut va 1 choy qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Yuzga suriladi va 15 minutdan so'ng issiq suv bilan yuviladi.

Asalli-tvorogli maska. 1 osh qoshiq asal 2 osh qoshiq suyuqroq tvorog bilan aralashtiriladi. Bu mahsulot yuzda 30 daqiqa davomida ushlab turiladi. Vaqt o'tgach, iliq suv bilan yuvib tashlanadi. Protsedura terini ajoyib oziqlantiradi.

Asalli-sulili maska. 2 osh qoshiq suli (овсянка) yormasi, 1 osh qoshiq asal, 30 g sut, 1 osh qoshiq zaytun yog'I va 3 tomchi limon soki yaxshilab aralashtiriladi. Bu komponentlar aralashmasi yuzga surilgach, 20 minut davomida turadi.

Limondan maska.20 g limon soki, 10 g asalari mumi (пчелиный воск), 10 g quruq yuzlar uchun oziqlantiruvchi krem, 5 g 96 ° spirt birgalikda aralashtiriladi. Tayyor aralashma yuzga surilib, 20-30 daqiqaga qoldiriladi. So'ng iliq suvda yuviladi. Bu jarayon har 2 kunda 1 marta qaytarilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Piyozli maska. 2 bosh piyoz pishiriladi va 2 osh qoshiq asal qo'shib, yaxshilab eziladi. Tayyor holga kelgach yuzga 20 minutga suriladi. 20 minutdan so'ng ho'llangan qog'oz salfetka bilan tozalab tashlanadi.

Unli maska. 30 g bug'doy uni, 20 g suv va 50 g asal aralashtiriladi. Mahsulotlar yaxshilab aralashtirilgach, tayyor holiday 20 minutga yuzga suriladi. Uy haroratidagi suvda yuvib tashlanadi.

Agar teri po'st tashlasa (sho'ralasa), u holda asal va lipa daraxti guli qaynatmasi yordam beradi. U ½ stakan suv, 2 osh qoshiq lipa daraxti (jo'ka) guli va 1/3 choy qoshiq asaldan tayyorlanadi. Yuz u bilan har kuni yaxshilab artib turilsa, sho'ralash asta-sekin yo'qolib boradi.

Kechqurun esa quyidagi jarayon foydali: 1 choy qoshiq asal tuxum oqi bilan ko'pirtiriladi. Aralashma qo'l kaftiga qo'yiladi va po'st tashlagan joylarga yopishqoq holdagi ushbu aralashma suriladi. Maska romashka yoki yalpiz qaynatmasi bilan yuvib tashlanadi. Shundan so'ng xoh yuzga, xoh qo'lga oziqlantiruvchi krem suriladi.
 
OSIYOДата: Payshanba, 07-Iyul-2011, 14:48 | Сообщение # 4
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
TOZALOVCHI VOSITALAR


Teri sog'lom ko'rinishga ega bo'lishi uchun uni avvalo tozalash lozim va buni also unutmaslik kerak, shunda parvarishimizning samaradorlagi va foydaliligi oshadi. Shu sababli dastlab terini tozalovchi vositalar retseptlarini keltirib o'taman.
Asalli suv. Asalli suv tayyorlash uchun 2 stakan iliq suvga 1 osh qoshiq asal aralashtirilib, eritma hosil qilinadi. Bu asalli eritma bilan yuz kechqurun yuviladi va 5-7 daqiqadan so'ng sovunsiz iliq suvda chayib tashlanadi. Asalli suv terini ajoyib oziqlantiradi va tozalaydi, uni silliq va tekis qiladi.

Spirtli maska. 2 osh qoshiq spirt va suv aralashtirilib, 100 g past olovda yengil qizitilgan asal qo'shiladi. Komponentlar bir xil massaga kelguncha aralashtiriladi. Maska 10-12 daqiqaga yuzga suriladi. U yuz terisini tozalaydi, dezinfeksiyalaydi, shu bilan birga yumshatadi.

Tozalovchi krem. Keramik idishga 6 g vosk, 0,5 g buri, 24 g shaftoli yog'I, 4 g glitserin va 16 ml suv solinadi. Hamma mahsulotlar baland bo'lmagan olovda eritiladi, keyin esa aralashtirilib sovutiladi, Sovugandan keyin terini tozalovchi vosita sifatida foydalanish mumkin.

Asalli molochko. 1 stakan iliq sutda 1 osh qoshiq asal eritiladi. Undan sezuvchan terilarni tozalashda foydalanish mumkin.

Oqsilli-asalli maska. 1 osh qoshiq asal, 0,5 choy qoshiq shaftoli moyi va 2 ta ko'pirtirilmagan tuxum oqi aralashtiriladi. Bir xil massaga keltiriladi. Unga 2 osh qoshiq suli uni qo'shiladi. Tayyor bo'lgan maska yuzga suriladi, 20 daqiqa turgandan so'ng, qaynatilgan suvga botirilgan tampon bilan tozalanadi. Maska terini tozalaydi, shu bilan birga teridagi suv balansini yaxshilaydi.
 
OSIYOДата: Payshanba, 07-Iyul-2011, 14:50 | Сообщение # 5
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Olma va qulupnayli nigob



40 YOSHDAN OSHGAN AYOLLAR YUZ TERISI UCHUN

Olma archiladi,yuviladi va qirg'ichning mayda tishidan o'tkaziladi. Qulupnay esa, yog'och qoshiqda eziladi. Mevalar bir- biri bilan yaxshilab aralashtirilgach ,ustiga yarim shoy qoshiqdan asal va zaytun yogi guyiladi. Engil aralashtirilgach, niqob 10-15 daqiqaga yuzgas surtiladi.

Turpli niqob

Uncha katta bo'lmagan turp qirgichning mayda tishidan o'tkaziladi .Unga 1 choy qoshiqdan Smetana hamda asal qo'shiladi .Yashi aralashtirilgan niqob yuzga qalin qilib surtiladi 10 daqiqadan so'ng yuvib tashlanadi .

Tuxum sarig'i dan tayyorlangan nigob

Tuxum sariqi iylangach, 1choy qoshiq asal ,bir nesha tomchi limon sharbati bilan aralashtiriladi .Unga yana 1choy qoshiq javdar uni qo'shiladi .Barcha komponentlar yaxshilab aralashtirilgach ,10-15 daqiqaga bo'yin hamda yuz terisiga surtiladi .

Greyfrutli niqob

2 osh qoshiq yog'siz qaymoq va 1 osh qoshiq greyfrut sharbati 1 choy qoshik asal bilan aralashtiriladi.Niqob bo'yin hamda yuz terisiga 10-15 daqiqaga surtilganidan so'ng iliq suv bilan yuvib tashlang.
Tvorogli niqob

1 osh qoshiq tvorog,1choy qoshiqdan asal va limon ( po'sti bilan qirg'ichning mayday tushidan o'tkazilgani) yaxshi aralashtirilgach, 10-15 daqiqaga bo'yin hamda yuz terisiga surtiladi.
 
BAXORДата: Juma, 08-Iyul-2011, 00:50 | Сообщение # 6
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус:


sut va asalli niqob: bir osh qoshiq asalga bir osh qoshiq sut yoki qaymoq aralshtiriladi. Aralashma tayyor bulgach yuzga surtib quriguncha turiladi. (niqob quruq yuzlar uchun)



 
ROBIYAДата: Shanba, 06-Avg-2011, 00:48 | Сообщение # 7
Группа: Muslima
Сообщений: 2503
Статус:


soch uchun davo : 1 piyola qatiq 1 ta uy tuxumi sarimsoq suvi va limon suvi hammasini aralashtirib sochga surtiladi . 20 daqiqadan keyin yuviladi . keyin 3 litr suvga 10 osh qoshiq uksus solinib shu suvni yana soch ustidan quyiladi keyin sochiqda artilmeydi shu holatda quritiladi . bu davo bilan soch mustahkam va yaltirab tokilme qoladi haftasiga 2 marta qilinsa natijasi tez boladi . sinalgan


chiroylik imzo coyaman yaqinda
 
OSIYOДата: Shanba, 06-Avg-2011, 08:01 | Сообщение # 8
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Yuz parvarishi



Krizis paytida qimmat kosmetikaga mablag’ yo’q. Yuzga banan, limon, uzum, olma yoki bodring sutkab qo`ysa qanday bo`larkan?

- Bodring : Kengaygan yuz teshiklarini toraytirib, oqartiradi. Qarigan va so’ligan teriga foyda.

Hususiyatlari: Bodring suvini losyon sifatida ishlatsa bo`ladi.

Retsept: Agar yuz terisi yog’li va teshiklari keng bo’lsa, bodring atalasini ko’pirtirilgan tuxum oqi bilan yoki bir-ikki tomchi limon kislotasi bilan aralashtiring. Teri quruq bo’lsa, bodringga 2 osh qoshiq yangi qaymoq qo’shing.

- Kartoshka: Ajinlarni tekislaydi.

Hususiyatlari: Xom paytida ko’z ostidagi shishlarga juda foydali. Yangi kartoshka suvi yallig’lanishning oldini oladi.

Retsept: Pishgan kartoshkani sut bilan aralashtirib yuzga surtamiz. 1choy qoshiq glitserin qo’shish ham mumkin. Maskani yuzga iliq holda surtib pergament qog’ozi bilan berkitamiz. 15-20 daqiqadan so’ng iliq suv bilan chayib tashlaymiz.

-Olma: Terini namlantirib yallig`lanishlarning oldini oladi.

Hususiyatlari: Olmada yallig`lanishlarni davolovchi moddalar ko`p, shuning uchun uni teri yallig`lanishida ishlatish mumkin.

Retsept: Yarimta olma qirg’ichdan o’tkazilib, 1choy qoshiq asal, 1ta tuxum sarig’i, 1osh qoshiq olma sirkasi, 1choy qoshiq o’simlik yog’I bilan aralashtiriladi.

-Limon: Yuz terisi teshiklarini toraytirib, oqartiradi.

Hususiyatlari: Limon suviga doim suv qoshish kerak.

Retsept: 1osh qoshiq tvorogni 1-2tomchi limon suvi bilan aralashtiring. Bu maska ajinlarni yaxshi tekislaydi.

Oqartirish uchun: 1ta limon suvi 2osh qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Dokani shu aralashmada ho’llab yuzga 15-20 daqiqaga qo’yish kerak. Bu aralashmani muzlatgichda 1hafta saqlash mumkin.

-Pomidor: Yuzni tozalaydi va hujayralarning tez bitishiga yordam beradi.

Hususiyatlari: Tomat suvi tualet suti (tualetnoye molochko) o’rnini bosadi.

Retsept: Yaxshi oziqlantiradigan va erta qarishni oldini oladigan maska:1ta pomidor, 1ta tuxum sarig’i, 1osh qoshiq kraxmal aralashtiriladi.

-Banan: Terini tekislaydi va yumshatadi.

Hususiyatlari: Banan maskalari ayniqsa uzoq vaqt havosi quruq joyda bo’lganingizda yordam beradi. Ularni muhim uchrashuv oldidan ekspress modda sifatida ishlatish mumkin.

Retsept: Yarimta bananni vilka bilan ezib, nozik qilib yuzga surtish kerak.

E’tibor bering:

- Hamma maskalar yangi mevalardan faqat bir marta foydalanish uchun tayyorlanishi kerak.

- Har qanday maskani yuvganda 2-3 marta choy, losyon yoki bodring suvida ivitilgan paxta bilan artib olish yetarli.

- Normal va quruq teriga maska haftada 1-2marta, yog’li yuzlarga esa 2-3marta surtiladi. Bo’yinga ham surtishni unutmang, ahir bo’yin terisi haqiqiy yoshingizdan xabar berib turadi. Bir kurs 15-20 muolajaga teng. 2 oydan so’ng yana qaytarish mumkin.

Juda muhim : Agar teri yog’li bo’lsa sizning o’simliklaringiz – qizil smorodina, brusnika, karam.

Teringiz quruq bo’sa – o’rik, uzum, qovun, olxo`ri, banan.

Tarvuz, bodring, apelsin va qulupnay har qanday teriga to’g’ri keladi.
 
ROBIYAДата: Yakshanba, 07-Avg-2011, 01:52 | Сообщение # 9
Группа: Muslima
Сообщений: 2503
Статус:
YUZNI OQARTIRISH UCHUN : 1 LITR QAYNAGAN SUVGA 1 TA PETRUSHKANI SOLIB 5 SOATDAN KEYIN UNI SUVIDA YUZ ARTILSA YUZNI OQ BOLISHIGA YORDAM BERADI NATIJASI TEZ ( SINALGAN )

chiroylik imzo coyaman yaqinda
 
OSIYOДата: Chorshanba, 17-Avg-2011, 03:28 | Сообщение # 10
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Қовоқли ниқоб



Таркиби:

2 ош қошиқ (буғда пишган ва эзилган) қовоқ

1 чой қошиқ зайтун ёғи

1 чой қошиқ асал

1 дона тухум сариғи

Тайёрланиши:

Юқоридаги масаллиқларни, буғда пишган ва эзилган қовоқ, зайтун ёғи, асал ва тухум сариғи аралаштирилади.

Тайёрланиши:

Маска юзга сурилади. 10-15 минутдан кейин ювилади. Юзни ёшартириб, ажинларни текислайди. Қуруқ тери учун. Шўралаган юзларга фойдали.
 
OSIYOДата: Chorshanba, 17-Avg-2011, 03:32 | Сообщение # 11
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Творог, тухумли ниқоб

Таркиби:

1 ош қошиқ творог

1 дона тухум

1 чой қошиқ ёғ



Тайёрланиши:

1 дона тухум оқини кўпиртирамиз. Уни устидан творог солиб аралаштирамиз. 1 чой қошиқ зайтун ёғи соламиз.



Қўлланиши:

Тайёр бўлган маскани тоза терига суртамиз. 10-15 минутдан кейин илиқ сувда ювиб ташаймиз. Бу маска ёғли ва ўрта юзларга тавсия этилади. Юзни оқартиради ва бурун юзасидаги қораларни ёпади.
 
OSIYOДата: Chorshanba, 17-Avg-2011, 03:41 | Сообщение # 12
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Ловияли никоб

Ушбу ниқоб ёрдамида юз терингиз гулғунча каби нозик ва мулойим бўлади. Ювилган ловия уч соат совуқ сувда ивитилади. Ивитилган ловия икки соат давомида пиширилади. Сўнгра у бўтқа ҳолига эзғиланади.
Бир ош қошиқ сут аралаштириб, юзингизга 20 дақиқага суриб қўйинг. Ниқобни илиқ сувда ювиб ташланг. Бу ниқобни тайёрлаш кўп вақтни олсада, лекин юзингизга термулиб кетказган вақтингизга афсус қилмайсиз.
 
SaodatДата: Seshanba, 04-Okt-2011, 09:21 | Сообщение # 13
Yangilardan
Группа: Ishonchli
Сообщений: 955
Статус:
Гўзаллик ҳадя этувчи неъматлар

Помидор
Помидор юз терисини тозалашда ёрдам беради, уни юмшатиб, майинлаштиради.
Помидорли ниқоблар
1. Бир дона катта помидор майда тўғралгач, 1 чой қошиқ зайтун мойи билан аралаштирилади. Юзга суртилгандан 15-20 дақиқа ўтгач, илиқ сув ёрдамида ювиб олинади.
2. Помидор эзилиб, бўтқа ҳолига келтирилади ва юзга суртилади. 15 дақиқа тургандан сўнг қайнатилган совуқ сув ёрдамида ювилади. Сўнг сут ва сув аралашмасига ботирилган салфетка билан юз териси артилади.
Бодринг
Барчага таниш бодринг косметика соҳасида қўлланиладиган энг машҳур табиат неъматидир. Қадимдан бодрингдан ажраладиган шарбат сепкилларни ва ҳаво ўзгариши билан (масалан ёзда) терида пайдо бўлувчи турли хил тошмалар, доғларни йўқотишда, юз терисини оқартиришда кенг қўлланиб келмоқда. Марҳамат , юз терисини парваришлаш борасида қўлланиладиган бир неча бодрингли воситалар билан танишинг:
Бодрингли лосьон
25 гр. қирғичдан ўтказилган бодринг ва 100 мл. спирт ва сувнинг аралашмаси бир неча кун давомида қопқоқли идишда, қоронғи ҳамда салқин хонада сақланади. Қўллашдан аввал 1:1 нисбатда қайнаб чиққан совуқ сув қўшилади.

Бодрингли сут
Пўстлоғидан ажратилган бодринг майда тўғралиб, устидан қайноқ сут (1:10 нисбатда) қуйилади. Қўллашдан аввал сув қўшилади. Бодрингли сут билан юз терингизни эрталаб ва кечқурун артиб олишингиз тавсия этилади.

Бодрингли ниқоб
Қирғичнинг майда тишларидан ўтказилган бодринг, тухум оқи ва бир неча томчи лимон шарбати аралашмасидан тайёрланадиган ушбу ниқоб асталик билан юзга суртилади, қуригандан кейин салфетка ёрдамида эҳтиёткорлик билан артиб олинади.

Бодрингли крем
3 дона бодринг ва 1 дона лимон гўшт қиймалагичдан ўтказилгач, 1 стакан спирт ва сувнинг бирикмасига қўшилиб, 1 кун давомида совуқ ва қоронғи хонада турганидан кейин ярим стакан камфор спирти қўшилади. Сўнг обдон аралашган суюқликка 3 дона тухум сариғи ҳамда 20 гр. асал қўшилади. Бундай крем ёғли ва нормал юз терисига эга аёлларга тавсия этилади.
Сабзи
1. Бир чой қошиқ қирғичдан ўтказилган сабзи, майда тўғралган селдр барглари ҳамда кашнич, бир ош қошиқ қатиқ обдон аралаштирилиб, ҳосил бўлган ниқоб юзга суртилади ва 15-20 дақиқадан кейин илиқ сув ёрдамида чайилади. Ушбу ниқоб юз терисини керакли витаминлар билан тўйинтириб, юз терисини парваришлайди.
2. Ёғли юз терисига эга бўлган аёлларга эса сабзидан тайёрланадиган қуйидаги ниқобни тавсия этамиз. Қирғичдан ўтказилган сабзи, тухум сариғи ҳамда 2 чой қошиқ сметана аралашмасидан тайёрланган ниқоб юз ва бўйинга суртилгач, 20 дақиқадан сўнг аввал илиқ, кейин совуқ сув ёрдамида ювилади.

Картошка
Аёл ёшини фош этувчи «сотқин» бўйин яна олдинги ёш ҳолига қайтишини истасангиз, картошкадан фойдаланинг. Картошка бўйин терисини нафақат парваришлайди, балки ажинларни йўқотиб, терини таранглаштиради.
Картошкали ниқоб
Икки дона картошка тозаланмаган (арчилмаган) ҳолда сувда пиширилгандан сўнг пўстлоғидан ажратилиб, эзилади. Қайноқ картошка бўтқасига бир чой қошиқдан глицерин ва зайтун мойи (ёки ўсимлик мойи) билан аралаштирилади. Тайёр бўтқа докага сурилади ва бўйин шу дока билан ўралади. Тушиб кетмаслиги учун иккинчи дока рўмол билан жипс боғланади. 15-20 дақиқадан кейин дока олиб ташланиб, бўйин илиқ сув билан ювилади. Ушбу ниқобдан сўнг оддий тўйинтирувчи крем суртиб олсангиз, кўзлаган мақсадингизга янада қисқа муддатда эришишга муяссар бўласиз.
 
DURDONДата: Payshanba, 13-Okt-2011, 06:22 | Сообщение # 14
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:


Sepkillardan qanday xalos bo'lish mumkin?

Har gal ko'zguga boqqaningizda, go'zalligingizga raxna solib turgan sepkillaringizni ko'rib, kayfiyatingiz tushadimi? Sira tashvishlanmang, bugun sahifamizda sepkillardan qanday xalos bo'lish mumkinligi haqida maslahatlar beramiz.
* 2-3 dona aspirin tabletkasini 1 stakan qatiq bilan aralashtiring. Niqobni uyquga yotishdan oldin 20 daqiqaga surtasiz va so'ngra iliq suv bilan yuvib tashlaysiz. Muolaja muddati - bir oy.
* Tuzlangan karam suviga botirilgan salfetkani bir necha daqiqaga yuzga qo'yish ham yaxshi foyda beradi.
* Bir siqim qoqio'tni 1 stakan qaynagan suvga solib, tindiring. Yuzingizni mana shu damlama bilan ertalab va kechqurunlari chaying.
* Petrushkani ildizi bilan suvda qaynatib, damlamaga dokani botirib, yuzingizga qo'ying.
Yuqorida keltirilgan niqoblar sizga sepkildan qutulishingizda yordam beradi, degan umiddamiz. Darvoqe, tushkunlikka tushishingizga hojat yo'q! Bilsangiz, franstuz ayollari uchun sepkil yoshlik ramzi hisoblanadi. Ular navqiron ko'rinish uchun hatto yuzlariga qalam yordamida soxta sepkillarni chizib olishar ekan!


 
OSIYOДата: Seshanba, 18-Okt-2011, 08:12 | Сообщение # 15
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Yuz teringiz qaysi turga mansub?



Yog’li yuz terisi bir muncha qalin va dag’alroq bo’lib, odatda boshqa yuz terilariga qaraganda, tashqi muhitning har xil ta’sirlariga chidamliroq bo’ladi. Yog’li teri o’zidan zo’r berib sekret chiqarib turadi. Ortiqcha chiqqan yog’ yog’ bezlarining yo’llarining og’zini kengaytirib, ularni berkitib qo’ydi. Natijada qon yaxshi aylanmaydi. Shuning uchun ham boshqa yuz terilarga qaraganda yog’li yuz terisiga ko’proq husnbuzarlar toshadi, qora nuqtalar paydo bo’ladi. Lekin bunday yuz terisining yaxshi tomonlaridan biri, u tashqi muhitga umuman ta’sinchan hisoblanmaydi.



QURUQ YUZ TERISI





Quruq yuz terisi yog’li yuz terisiga qaragandabirmuncha yupqa, silliq va nozikdir. Har bir quruq yuz terisi turlicha ko’rinishga ega bo’ladi. Yoshlikda bu teri u qadar muammoli hisoblanmasada, tashqi muhit, ya’ni shamol, sovuq, issiq, oftob nuri, turli xil parfyumeriya vositalari bunday teriga salbiy ta’sir qiladi.





Bu teri vaqti-vaqti bilan namlantirib va oziqlantirib turilishi lozim. Aks holda yuzga erta ajin tushishi, tortishib qolishi, yallig’lanishi mumkin. Ertalab yuzni 1 litr suvga 1 stakan sut qo’shib yuvish afzal hisoblanadi. Yuz terisining haddan tashqari qurib ketishi organizmda A,S va RR vitaminlarining yetishmasligi yoki jigar va oshqozon osti bezi xastaliklaridagi yog’ almashuvining buzilishidan darak beradi.



MO’TADIL YUZ TERISI



Mo’tadil yuz terisi o’rtacha yog’li, qora nuqtalarsiz va bilinar-bilinmas mayda teshiklarga ega. Bunday yuz terisi toza, tekis, shuningdek, tarangligi va elastikligi bilan boshqa terilardan ajralib turadi. Qon aylanishi me’yorida bo’lganligi uchun bu teri doim pushti rangda bo’ladi. Bunday yuz terisiga alohida parvarish talab qilinmasa-da, uni vaqti-vaqti bilan oziqlantirib turish lozim.
 
  • Страница 1 из 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Поиск: